9-seminar mashg‘uloti Mavzu: O‘zbek xalq maqollari janr xususiyatlari va genezisi Topshiriq


Download 13.14 Kb.
Sana16.06.2020
Hajmi13.14 Kb.
#119137
Bog'liq
9-tooshiriq javoblari. o'zbek folkloridan


9-seminar mashg‘uloti

Mavzu: O‘zbek xalq maqollari janr xususiyatlari va genezisi



Topshiriq:

Hududingizda qo‘p qo‘llaniluvchi o‘z va ko‘chma ma’noli 10 ta maqolni tahlil qiling. Ularning yaratilish asoslarini ko‘rsating.



Javob: Maqol - og‘zaki ijodning eng faol janri. Maqol deb xalqning ijtimoiy-tarixiy, hayotiy-maishiy tajribasi umumlashgan badiiy, obrazli mulohazalardan iborat hikmatli so‘zlarga aytiladi. Maqol o‘zbek tilida maqol, tojiklarda zarbulmasal, ruslarda poslovitsa, arablarda (jonli so‘zlashuvda) naql, turklarda ata so‘zi atamasi bilan yuritiladi. Maqol atamasi arabcha - qavlun - gapirmoq, aytmoq so‘zidan olingan.

Folklorshunos olimlar maqollar va matallarni o‘rganuvchi sohani paremiologiya deb atashadi. Paremiya - yunoncha chuqur ma’noli gap, hikmatli so‘z, ibora, maqol, matal ma’nosini beradi.



Maqollarning janr xususiyatlari quyidagilardan iborat:

1. Maqollarning hajmi qisqa va cheklangan.

2. Maqollar mazmunan serko‘lam va chuqur ma’noni ifodalaydi.

3. Xalq maqollari shaklan she’riy va nasriy bo‘ladi. Ammo nasriy maqollar ham she’riy misralarni eslatadi. Masalan: Ko‘za kunda emas, kunida sinadi.

4. Maqollarda hayotiy voqea-hodisa haqida qat’iy hukm ifodalanadi. Bu hukm musbat yoki manfiy mazmunda aks etadi.

5. Maqol shaxs hayotidagi xususiy vaziyatni xalq, omma, hayot nuqtai nazardan umumlashtiradi.

6. Maqol matni tilshunoslikda shaxsi umumlashgan gap hisoblanadi.

aqollarni tasnif qilishning bir turida mazmun yetakchi hisoblanadi. Unga ko‘ra Vatan, mehnat, xalq, ilm-hunar, mardlik, mehmon, tadbirkorlik, muhabbat va vafo, yaxshi so‘z - jami 30 ga yaqin mavzular qayd etilgan. Ammo bu mavzularni yana ko‘paytirish ham, kamaytirish ham mumkin. Muhimi, mazmun yetakchi bo‘lgan tasnifda masalani har tomonlama ifodalashga urinish aniq seziladi.

Xalq og‘zaki ijodidagi maqollar janri tarixiy hayot davomida son va mazmun jihatdan boyish xususiyatiga ega. Ya’ni maqollar zamon o‘tishi bilan iste’moldan chiqishi va ayni paytda yangi-yangi namunalari vujudga kelishi mumkin.

Maqollarda o‘z va ko‘chma ma’no. Maqollar o‘z va ko‘chma ma’nolarga ega bo‘lishi bilan yana ham diqqatga sazovordir. «Yomon xotin olguncha, bo‘ydoq yurgan yaxshiroq», «Qizi borning nozi bor», «Quda bo‘lguncha, ko‘p sinash, quda bo‘lgach, ko‘p siylash» kabi maqollar o‘z ma’nosida qo‘llanadi. Ayrim maqollar faqat ko‘chma ma’noda qo‘llanadi. «Shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamas», «Egrining omochi yerga botmas», «O‘tin ayirgan bolta maydonda qolar» kabi maqollar bilan tanishganimizda ko‘chma ma’no yashiringanini his qilamiz.

Maqollar tahlili:
1.Hayvon o'lsa, qarg'a shod,

Odam o'lsa, mulla shod.

Bu maqol oz ma'noda turiga kiradi. Bu maqolda qayerlardadur hayvon o'lib qolsa o'laksaxo'r qushlar birpastda uchib kelib uni yeyishini "shod" deb ta'riflanyapti. Biron bir odam o'lib qolsa albatta mulla chaqiriladi. Mullaning ham tirikchiligi shudir, uning ham bola chaqasi bor. Shuning uchun" hayvon o'lsa,qarg'a shod; odam o'lsa mylla shod" deyilgan.



2.Ko'p gap eshshakka yuk.

Bu maqol ko'chma ma'noda kelgan. Xalqimiz bu maqolni kop gapiradigan odamlarga qarata aytadilar. Go'yoki gap eshakka og'irlik qilayotgandek. Ko'p gapirmasdan ishingni qil, ortiqcha gapirib yubording degan ma'noda ishlatiladi.

3.Yaxshi bilan yursang, yetarsan murodga,

Yomon bilan yursang, qolarsan uyatga.

Bu maqol oz ma'noda kelgan. Bu maqolni koproq biz yoshlarga bobo, buvilarimiz kop ishlatishadi. Ya'ni bu maqolda doim yaxshi insonlar bilan do'stlashgin,ular bn birga bo'lgin ana shunda hamma ishlaring doim yaxshi boladi, niyatingga erishasan deyilyapti. Agar yomon odamlar bilan dostlashsang, ular bilan bir ish qilsang bir kunmas bir kun jamoat oldida uyatga qolasan deyilyapti.

Bu maqolda tazoddan foydalanilgan ya'ni zidlantirish-" yaxshi","yomon","murodga","uyatga" so'zlari bir biriga zidlanib kelyapti.

4.Oldingdan oqqan suvni qadri yoq.

Bu maqol ko'chma ma'noda kelyapti. Ya'ni xozir senda bor narsalarni qadriga yetgin,shukur qilgin deyilyapti.Keyin afsus chekib qolasan degan ma'noda kelgan.



5.O'zga yurtda shoh bo'lguncha,

O'z yurtingda gado bo'l.

Bu maqol o'z ma'nosida kelgan. Ya'ni o'zga yurtga borib shoh bo'lsang ham, baribir o'z yurting bu tug'ilib o'sgan yeringdir. Har qachon uni qo'msaysan,sog'inasan va hech qachon o'zga diyorlar o'z ona vataningdek bo'laolmaydi deyilmohchi. Bunga misol qilib Zahiriddin Muhammad Boburni olsak bo'ladi.

Bu maqolda tazod san'atidan foydalanilgan "shoh","gado".

6.It bilan ho'tikni qancha qilma tarbiya,

It bo'lur,eshshak bo'lur,aslo bo'lmas odamiy.

Bu maqol ko'chma ma'no ham o'z ma'noda kelyapti desak ham bo'ladi. Ya'ni o'z ma'no jihatdan tahlil qiladigan bo'lsak it bn eshakni tarbiya qiganing bn odam bomidi deyilmohchi, ko'cha ma'noda esa uqmidigan odamga qancha gap uqtirmagin barbirgayam odam bomidi ya'ni uqmidi,o'zgarmidi o'sha o'shaligicha qoladi demohchi. Bu maqolda mutanosib san'ati qo'llangan- "it, eshshak,ho'tik".



7.Ko'rpacha olsang qo'shningga ol, bir chetida o'zing o'tirasan.

Bu maqol ko'chma ma'noda. Ya'nii qo'shnichilik ming yilchilik, yana bir maqol borku uzoqdagi qarindoshdan,yaqindagi qo'shni yaxshi. Har doim nima bo'lsa birinchi bo'lib qo'shniga yugurib chiqamiz. Qo'shning bilan ahil,inoq bo'l deyilyapti.



8.Bukrini go'r to'g'irlaydi.

Bu maqol ko'chma ma'noda. Ya'ni yomon odamni qancha tarbiyalab to'g'irlamohchi bo'lsang befoyda unga Yaratgandan boshqasi bas kelaolmas. O'lgandagina tavba qilmasa boshqa payt tavba qilmaydi deyilmohchi.



9.It hurar, karvon o'tar.

Bu maqol ko'chma ma'noda kelgan. Ya'ni kimdur senga jahl bilan baqiryaptimi parvo qilma,sen indamay ketaver ozi baqirib baqirib qolaveradi degan ma'no beryapti. Bu maqolning qofiyalari hurar, o'tar.



10. Beshikdan qabirgacha ilm izla.

Bu maqol o'z ma'noda kelgan. Ya'ni butun umring davomida ilm izlagin, ya'ni o'qib o'rgangin doimiy izlanishlarda bo'lgin,ilmli, bilimli bo'lgin deyilgan.



Inson hamisha oqib izlanishi kerak. Ilmli kishi hech qachon hor bo'lmaydi. Maqollar hamisha bizlarni yaxshilikka yetaklaydi.
Download 13.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling