9.SHAHAR ATROF YO’NALISHLARINING POYEZDLAR HARAKAT GRAFIGI VA O’TKAZUVCHANLIK QOBILIYATI
Tayanch so’zlar:
Shahar atrof poyezdlar harakat grafigi, shahar atrof poyezdlari harakat grafigining sifat mezonlari, shahar atrof poyezdlarining tebranma harakati.
9.1 SHAHAR ATROF YO‘LOVCHI POYEZDLARINNG HARAKAT GRAFIKLARI TURLARI
Yo‘lovchilar oqimining shahardan uzoqlashishi bilan kamayishi, uchastkada joylashgan aholi punktlarida keskin kamayishi, shaharatrofi uchastkasini bo‘laklarga bo‘lishga to‘g‘ri keladi va buni zonalar deb ataladi. Bu yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilashga imkon beradi, harakat tarkibini ishlatish samarasini oshiradi va shaharatrofi yo‘lovchilarini tashish tannarxini kamaytiradi.
Umuman zonali bekatlarni joylashishning boshlang‘ich variantlari yo‘lovchilar oqimi keskin kamaygan punktlar belgilanadi (11.3-rasm). Har bir zona bekati harakati tugatgan poyezd uchun aylanish punkti bo‘lib xizmat qiladi.Qulay zonalar sonini tanlash uchun bir necha variantlar bor, bular quyidagi ko‘rsatkichlar bilan taqqoslanadi:
a) yo‘lda yurish va poyezdni kutish uchun yo‘lovchi-soat xarajatlari bo‘yicha;
b) poyezdlarning yo‘l yurish miqdori bo‘yicha;
v) doimiy qurilmalar (zona bekatlari) va harakat tarkibi uchun xarajatlar bo‘yicha;
g) foydalanish uchun sarflangan xarajatlar (shtatga oid, amortizatsiya uchun) va hakozolar bo‘yicha.
Taqqoslash natijalariga ko‘ra uchastkani zonalarga bo‘lishning qulay varianti aniqlanadi.
Shaharatrofi harakati parallel, shaxmatsimon, archasimon yoki noparallel grafiklarini qo‘llash orqali tashkil etiladi.
Parallel grafigida jami shaharatrofi poyezdlari bir xil yurish vaqtlariga va to‘xtash punktlaridagi to‘xtashlarga ega (9.1-rasm). Bu grafik shaharatrofi harakati sonlari kam bo‘lgan uchastkalarda qo‘llaniladi
Do'stlaringiz bilan baham: |