9-sinf adabiyot fanidan 3-chorak testi


Download 28.72 Kb.
Sana12.05.2022
Hajmi28.72 Kb.
#667494
Bog'liq
9-sinf adabiyot 3-chorak
6.Aynan chin, aynan yolg’on va bajariluvchi formulalar, 3-амалий математика. Экуб ва Экук. Ўзаро туб сонлар, G‘afforov Rustam, 2 5467816491082585819, 1-304-2022-00220UA ru, 286-published, 8-синф она ти канс, MATN REDAKTORLAR

9-sinf adabiyot fanidan 3-chorak testi
1.Odil Yoqubovning ilk asari nomi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan ?
A.Studentlar ” B.“Tengdoshlar ” C.“Chin muhabbat” D.“Tortiq”
2.Odil Yoqubovning 1956-yilda bosilib chiqqan nasriy asarlar kitobining nomi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan ?
A.“Ikki muhabbat ” B.“Tengdoshlar ” C.“Chin muhabbat” D.“Larza ”
3.Abdulla Oripovning birinchi she’rlar to‘plami nomi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan ?
A.“Qushcha ” B.“Mitti yulduz” C.“Mitti qushcha” D.“Onajon”
4.Abdulla Oripovning tanlangan asarlari necha jildlik edi ?
A.Besh B.Sakkiz C.Uch D.To‘rt
5.Omon Matjonning ilk she’ri qachon bosilib chiqqan edi ?
A.1960 B.1956 C.1957 D.1958
6.Men she’r yozsam,endi uni qog‘ozga emas,
Anov yal-yal yonayotgan o‘tga yozaman.
Ushbu misralar muallifi kim ?
A.Halima Xudoyberdiyeva B.Abdulla Oripov C.Omon Matjon D.Shavkat Rahmon
7.“Mening anchagina asarlarim,jumladan, “Bir o‘rim soch tarixi”, “Sayram baxshi aytimlari”,“Hindiqushdan nola keldi” she’rlarim,“Ilinj” dostonim aynan onayizorim ta’sirida bitilgandir ”Ushbu so‘zlar kimning tarjimayi holidan olingan
A.Halima Xudoyberdiyeva B.Omon Matjon C.Shavkat Rahmon D.Usmon Nosir
8.Halima Xudoyberdiyevaning birinchi she’rlar majmuasi nomi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan ?
A.“Ikki muhabbat ” B.“Ilk muhabbat” C.“Chin muhabbat” D.“Sadoqat ”
9. Halima Xudoyberdiyeva salkam o‘n yil mobaynida qaysi jurnalda bosh muharrir lavozimida ishlagan ?
A.“Saodat” B.“Mushtum” C.“Yoshlik” D.“Gulxan”
10.“Hulvo”, “Uyg‘oq tog‘lar”,“Gullayotgan tosh” kabi asarlar muallifi kim ?
A.Halima Xudoyberdiyeva B.Abdulla Oripov C.Omon Matjon D.Shavkat Rahmon
11.Shavkat Rahmon Federiko Garsia Lorka she’rlarini nechanchi yilda rus tilidan o‘zbekchaga ag‘darib, “Saylanma” nomi bilan chop ettirgan ?
A.1979 B.1986 C.1981 D.1978
12.Odil Yoqubov qalamiga mansub roman nomi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan ?
A.“Adolat manzili ” B.“Tengdoshlar ” C.“Chin muhabbat” D.“Billur qandillar ”
13.Abdulla Oripov qachon Alisher Navoiy nomidagi davlat mukofotini olgan ?
A.1989 B.1994 C.1998 D.1995
14.Omon Matjonning harbiy xizmatdaligidagi she’rlari qachon bosilib chiqqan ?
A.1965 B.1986 C.1981 D.1978
15.Xudoyberdi Doniyorovga bag‘ishlangan asarni belgilang !
A. “Vatan mehri ” B.“Eng so‘nggi xazina” C.“Begim sizni tabiat ” D.Jangda o‘lmas biror bahodir”
16.Halima Xudoyberdiyeva 1991-yil qanday unvon bilan taqdirlangan ?
A.“O‘zbekiston xalq shoirasi” B.“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi”
C.“O‘zbekiston Qahramoni” D.“Buyuk xizmatlari uchun” ordeni
17.Abdulla Oripovning ilk she’riy to‘plami qachon bosilib chiqqan ?
A.1967 B.1964 C.1963 D.1965
18.“Ardaxiva” asari muallifi kim ?
A.Halima Xudoyberdiyeva B.Abdulla Oripov C.Omon Matjon D.Shavkat Rahmon
19.Omon Matjon kimning g‘zaliga muxammas bog‘lagan ?
A.Mashrab B.Nodira C.Lutfiy D.Alisher Navoiy
20. Halima Xudoyberdiyevaning “Beliye yabloki ” asari qachon chiqqan edi ?
A.1979 B.1969 C.1973 D.1976
21.Dantening“ Ilohiy komediya ” asarini o‘zbekchaga kim o‘girgan ?
22.“Karvon qo‘ng‘irog‘i” asari muallifi kim ?
23.“Quyosh soati” asari muallifi “iqbolning buyuk kaliti” deb nimani ta‘riflagan ?
24.Lorkaning ,,Eng qayg'uli shodlik'' asarini kim tarjima qilgan ?
25.Shavkat Rahmonning “Saylanma” kitobi qachon nashr qilindi ?

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

B

A

B

D

D

C

A

B

A

D

A

A

B

A

B

A

D

C

D

A

21.Abdulla Oripov 22.Omon Matjon 23.Vatan mehrini 24.Shavkat Rahmon 25.1997
Download 28.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling