9-sinf Fizika


Download 41.1 Kb.
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi41.1 Kb.
#1604634
  1   2
Bog'liq
9-sinf Fizika


9-sinf Fizika.

1. Reostatlar nimaga xizmat qiladi?
A) kuchlanishni o‘lchashga B) tok kuchini o‘lchashga
C) tokni rostlashga D) qarshilikni o‘lchashga
2. Tok kuchini o‘lchaydigan asbobni ko‘rsating.
A) voltmeter; B) reostat; C) galvonometr; D) ampermetr.
3. Elektr chiroq spirallari uchun sim qaysi metalldan tayyorlanadi?
A) kumush; B) mis; C) volfram; D) nixrom.
4. Suv molekulasida nechta vodorod, nechta kislorod atomi mavjud?
A) 2 ta vodorod 1 ta kislorod; B) 1ta vodorod 2 kislorod;
C) 1 ta vodorod 1 ta kislorod; D) 3 ta vodorod.
5. Molekulalar konsentratsiyasi formulasini ko‘rsating.
A) T = t + 273; B) M = m0NA;
C) p = nkT; D) n = N/V.
6. Jumlani to‘ldiring. Hajm birligidagi molekulalar soni ________ deb ataladi.
A) mexanik harakat; B) molekulalar massasi;
C) molekulalar konsentratsiyasi; D) nisbiy molekulalar massasi.
7. Bitta molekulaning massasi necha kilogram atrofida bo‘ladi?
A) 10-10 kg – 10-5 kg; B) 10-27 kg – 10-25 kg;
C) 10-8 kg – 10-9 kg; D) 10-7 kg – 10-3 kg;
8. 8 litrli idishda 2,4 ∙ 1024 ta gaz molekulasi bor. Gaz molekulalarini konsentatsiyasini hisoblang.
A) 4 ∙ 1026 m-3 ; B) 7 ∙ 105 m-2; C) 3 ∙ 1026 m-3; В) 2∙105 m-2.
9. Modda miqdorining birligini ko‘rsating.
A) kg; B) m/s ; C) mol; D) kulon.
10. Mineral suvning konsentratsiyasi 3,7 ∙ 1028 m-3 bo‘lsa, 1 litrli idishdagi mineral suvda nechta molekula bor?
A) 4,8 ∙ 106; В) 3,7 ∙ 1025; C) 8,8 ∙ 109; D) 7,7 ∙ 105.
11. Avagadro doimiysining qiymati nechaga teng?
A) 8,31 J/k ∙ mol; B) 6,02 ∙ 1023mol; C) 1,66 ∙ 10-27J/k mol
D) 8,34 J/k ∙ mol.
12. Bitta kislorod molekulasi (O2) ning massasini toping.
A) 5,3 ∙ 10-26 kg; B) 4,4 ∙ 10-26 kg;
C) 8,8 ∙ 10-26 kg; D) 5,4 ∙ 10-26 kg.
13. Molar massa birligini ko‘rsating.
A) mol; B) kulon; C) kg/mol; D) m/s.
14. 5 mol kislorod gazining massasini aniqlang.
A) 0,18 kg; B) 0,9 kg; C) 10 kg; D) 0,16 kg.
15. 8 mol karbonat angidrid (CO2) gazining massasini aniqlang.
A) 0,45 kg; B) 0,94 kg; C) 0,765 kg; D) 0, 352 kg.
16. Usti ochiq turgan 1 litr sig‘imli idish ichida nechta molekula bor? Havo molekulalarining konsentratsiyasi 2,7 ∙ 1025 m-3 ga teng.
A) 2,7 ∙ 1022; B) 2,9 ∙ 105; C) 2,4 ∙ 103; D) A) 2,6 ∙ 107.
17. Temperaturaning o‘lchov birligi nima?
A) gradus; B) amper; C) volt; D) mol.
18. Moddalarning temperaturasi termometrda o‘lchanib termometr rezevuarida nima bo‘ladi?
A) kumush; B) nixrom; C) simob; D) suv.
19. Selsiy shkalasidan Kelvin shkalasiga o‘tish formulasini ko‘rsating.
A) T = t + 273; B) p = nkt; C) N = n ∙ V; D) n = N/V.
20. Suvning temperaturasini o‘lchaydigan termometr qanchagacha darajalangan?
A) 0 dan 100o C; В) 0 dan 90o C;
C) 0 dan 24o C; D) 0 dan 45o C.
21. Odam temperaturasini o‘lchaydigan tibbiyot termometri qanchaga darajalangan bo‘ladi?
A) 38 dan 42o C; B) 34 dan 42o C;
C) 37 dan 41o C; D) 35 dan 42o C.
22. Quyidagi Selsiy shkalasida ifodalangan temperaturani Kelvin shkalasida ifodalang. 127o C.
A) 500o K; B) 400o K; С) 600o K; D) 700o K.
23. Vodorod molekulalarining 0o C dagi o‘rtacha kvadratik tezliklarini aniqlang.
A) vkv(H2) = 1846 m/s; B) vkv(H2) = 1845 m/s;
C) vkv(H2) = 1849 m/s; D) vkv(H2) = 1674 m/s.
24. Karbonat angidrid molekulalarining 0o C dagi o‘rtacha kvadratik tezliklarini aniqlang.
A) vkv(CO2) ≈ 393 m/s; B) vkv(CO2) ≈ 400 m/s;
C) vkv(CO2) ≈ 492 m/s; D) vkv(CO2) ≈ 600 m/s;
25. Kuch ta’sirida silindr porsheni 2 sm ga siljib, gaz ustida 1 J ish bajardi. Porshenga qanday kattalikda kuch qo‘yilgan?
A) 60 N; B) 80 N; C) 40 N; D) 50 N.


Download 41.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling