9-sinf huquq fanidan test savollari. II variant


Download 113 Kb.
bet1/2
Sana05.01.2022
Hajmi113 Kb.
#229764
  1   2
Bog'liq
9-sinf huquq fanidan test savollari


9-sinf huquq fanidan test savollari. II - variant

1.O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining II bo`limi qaysi muammoga bag`ishlangan?

a) insonning asosiy huquq va erkinliklariga

b) inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari

c) fuqarolarning burchlariga

d) a, b, c javoblar to`g`ri

2. Vijdon erkinligi- fuqoralarning quyidagi huquqlaridir

a) istalgan dinga mansub bo`lish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik

b) istalgan mafkuraga ishonish yoki hech qanday mafkuraga ishonmaslik

c) ish va yashash joyini tanlash erkinligi

d) barcha javoblar to`g`ri

3. O`zbekiston Respublikasida din va diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgandir, bu narsa quyidagini anglatadi:

a) davlatning bu tashkilotlar faoliyatiga aralashmasligini

b) diniy tashkilotlar davlatning vazifalarini bajarmaydilar

c) davlatda diniy tashkilotlar taqiqlangan

d) hamma javoblar to`g`ri

4. Konstitutsiyaga muvofiq Respublikada fikrlash erkinligi cheklanganmi?

a) yo`q


b) ha, hukumat orgalarini tanqid qilish taqiqlangan

c) ha, agar bu narsa davlat siridan iborat bo`lsa

d) to’g`ri javoblar a va c

5. Jinoiy javobgarlik qaysi yoshdan boshlanadi?

a) 18 yoshdan

b) 21 yoshdan

c) 16 yoshdan, ayrim jinoyatchilar uchun 13 yoshdan

d) 13 yoshdan ayrim jinoyatchilar uchun 12 yoshdan

6. Apatridlar – bu:

a) fuqoroligi bo`lmagan shaxslar

b) mamlakatning tub ahliga mansub bo`lmagan aholisi

c) fuqorolikni qabul qilgan boshqa davlatdan ko`chirilganlar

d) ikkinchi fuqorolikni qabul qilgan ajnabiy fuqorolar

7. Qaysi hujjat fuqorolik mavjudligini tasdiqlaydi?

a) shaxs guvohnomasi

b) pasport

c) tug`ilganlik to`g`risadagi guvohnoma

d) to`g`ri javoblar b va c

8. Ombudsmon – bu:

a) BMTning O`zbekistondagi vakili

b) OliyMajlisning inson huquqlari bo`yicha vakili

c) barcha xalqaro tashkilotlarning O`zbekistondagi vakili

d) Prezidentning inson huquqlari bo`yicha vakili

9. Fuqorolik – bu:

a) insonning o`zi yashaydigan davlat bilan siyosiy va iqtisodiy aloqalari

b) insonning o`zi yashaydigan davlat bilan faqat iqtisodiy aloqalari

c) insonning o`zi yashaydigan davlat bilan siyosiy va huquqiy aloqalari

d) insonning millatiga bog`liq holda davlatga mansubligi

10. Xorijiy davlat fuqaroligiga ega bo’lgan shaxs O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinishi mumkinmi?

a) xorijiy davlat fuqaroligidan vos kechishi sharti bilan

b) O’zbekistonga kelib yashash sharti bilan

c) mumkin emas

d) To’g’ri javob yo’q

11. Qaysi hollarda fuqarolikdan chiqishga yo’l qo’yilmaydi.

a) agar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan bo’lsa

b) agar fuqarolikdan chiqish davlat xavfsizligi manfaatlariga zid bo’lsa

c) agar shaxs oilasi bilan ajrashgan bo’lsa

d) a va b javoblar to’g’ri


12. Konstitutsiyaga muvofiq insonning shaxsiy huquq va erkinliklari jumlasiga kiradi:

a) yashash huquqi

b) shaxsiy daxlsizlik huquqi

c) ta’lim olish huquqi

d) a va b javoblar to’g’ri

13. Ko’rsatilganlardan qaysi biri insonning siyosiy huquqlariga kiradi.

a) erkin kasb tanlash huquqi

b) davlat ishlarida ishtirok etish huquqi

c) bir joydan ikkinchi joyga ko’chish huquqi

d) mulkdor bo’lish huquqi

14. Hokimiyat organlari mitinglar yig’ilishlar yoki fuqarolar namoyishlarini o’tkazishni taqiqlashga haqlimi?

a) ha, xavfsizlik nuqtai nazardan

b) O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga barcha hollarda so’z erkinligi kafolatlangan

c) yo’q, also

d) to’g’ri javob yo’q

15. O’zbekiston Respublikasida Konistitutsiyaviy tuzimni ag’darib tashlash, davlat yaxlitligi va xavfsizligiga tahdid solish maqsadlariga ega bo’lgan maxfiy tashkilotlar tashkil qilishga ro’xsat beriladimi?

a) ha

b) yo’q


c) faqat O’zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun

d) faqat davlat xizmatida bo’lmagan shaxslar uchun

16. Kim fuqarolarning konstitutsiya va qonunlar bilan mustahkamlab qo’yilgan huquq va erkinliklarini ta’minlaydi?

_____________________________________________________________________________

17. Kim O’zbekiston Respublikasi fuqarolari huquq va erkinliklari kafili sifatida ish ko’radi?.

_____________________________________________________________________________

18. Qaysi yoshdan boshlab bolaning fuqarolikni o’zgartirishga yozma roziligi talab etiladi?

____________________________________________________________________________

19. “O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi to’g’risida” gi qonun qachon qabul qilingan?

____________________________________________________________________________

20. O’zbekiston Respublikasi Konistitutsining XI bobi qanday nomlangan?

_____________________________________________________________________________

21. Bilim olish, malakali tibbiy hizmatdan foydalanish insonning qaysi huquqlari jumlasiga kiradi?

_____________________________________________________________________________

22. O’zbekiston Respublikasi Konistitutsi loyihasini tayyorlash bo’yicha Konstitutsiya komissiyasi qachon tuzilgan?

_____________________________________________________________________________

23. Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi qachon ochilgan?

____________________________________________________________________________

24. Inson huquqlarini himoya qiluvchi organlar?

_____________________________________________________________________________

25. Siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalariga uyushish huquqi insonning qaysi huquqlari jumlasiga kiradi?

_____________________________________________________________________________





Download 113 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling