9-sinf. Oqsillar va nuklein kislotalar. 14. 04. 2020


Download 29 Kb.
Sana24.08.2020
Hajmi29 Kb.
#127552
Bog'liq
Zuhra opa 14.04.2020


9-SINF. OQSILLAR VA NUKLEIN KISLOTALAR. 14.04.2020.

1. Oqsil tarkibida vodorod necha foizni tashkil etadi? A) 21-23 B) 0,5 C) 50-54 D) 6,5-7,3

2. Treonin, izoleysin, gistidin, glitsin, prolin, valin, tirozin, leysin. Ushbu aminokislotalar ichida asiklik aminokislotalar necha foizni tashkil etadi? A)62,5 B) 75 C) 50 D) 37,5

3. Yumaloq oqsillarga misol bo‘la oladigan oqsillar oqsilning nechchilamchi strukturasiga misol bo‘ladi? A) Uchlamchi B) Ikkilamchi C) To‘rtlamchi D) A va C to‘g‘ri

4. Radopsin oqsili oqsilning qaysi funksiyasiga misol bo‘ladi? A) Himoya B) Harakat C) Signal D) Qurilish

5. DNKning tuzilishi qachon qaysi olimlar tomonidan kashf etildi? A) Misher; 1869 B) Gekkel, Betson; 1972 C) Uotson, Krik; 1935 D) Krik, Uotson; 1953

6. Amilazaning kraxmal ta‘sirini o‘rganish uchun yodning necha foizli eritmasi tayyorlanadi? A) 1% B) 1,5% C) 2% D) 0,5%

7. Tarkibida aminokislotalardan tashqari boshqa oqsil bo‘lmagan murakkab modda uchraydi- gan oqsillarni aniqlang. A) Albumin, globulin B) Lipoprotein, globulin C) Xromoprotein, nukleoprotein D) Albumin, xromoprotein

8. Valin, serin, lizin, tirozin. Ushbu aminokislotalarning birgalikda uzunligini necha nm ga teng? A) 1,05-1,11 B) 1,4-1,48 C) 1,7-1,85 D) 1,3-1,65

9. Oqsil tarkibida kislorod necha foizni tashkil etadi? A) 18-19 B) 21-23 C) 16-20 D) 6,5-7,3

10. DNK qo‘sh spirali orasidagi masofa necha nm atrofida bo‘ladi? A) 0,34 B) 0,37 C) 2 D) 4

11. Noto‘g‘ri fikrni aniqlang. A) Tuxum oqsilining o‘z holiga qaytishi denaturatsiya deyiladi B) Odam muskuli, ipak qurti ipagidagi oqsillar tolasimon oqsillar hisoblanadi C) Qushlarning eritrotsitlarida gemoglobin oqsili bo‘ladi D) Glutamin kislota, leysin, metionin - halqasiz aminokislota hisoblanadi

12. Meyozning qaysi bosqichida xromosomalar to‘plami 1 DNK li diploid bo‘ladi? A) Telofaza l B) Metafaza l C) Anafaza ll D) Telofaza ll

13. Gametogenezning qaysi bosqichida hosil bo‘lgan jinsiy hujayralarning ma‘lum shaklga va hajmga ega bo‘lishi bilan amalga oshadi? A) O‘sish B) Shakllanish C) Yetilish D) Ko‘payish

14. Ayol jinsiy hujayralarida 22 ta autosoma, shu jinsiy hujayra normal spermatozoid bilan qo‘shilganda qanday belgilar kuzatilmaydi? 1.Klaynfeltr sindromi 2. Daun sindromi 3. Shershevskiy-Terner sindromi 4. X-trisomiya 5. Mikrosefaliya 6. Tabiiy abort 7. Qiz jins A) 1,2,3,5 B) 2,5,4,3 C) 1,2,4,5 D) 2,7,1,5

15. O‘rtacha 175 ta aminokislotadan iboratbo‘lgan oqsilning molekular og‘irligi qanchaga teng? A) 24150 B) 20400 C) 21000 D) 22200

16. To‘g‘ri fikrni aniqlang. A) Oqsilning uchlamchi strukturasi hosil bo‘lishida faqat peptid bog‘ ishtirok etadi B) Energiya almashinuvining aerob bosqichida hosil bo‘lgan energiyaning 55,4%i ATFda to‘p- lanadi C) Fotosintazning mahsuldorligi barglarning 1m2 maydoniga soatiga taxminan 15 gr organik moddani tashkil etadi D) DNK molekulasidagi nukteotidlar tarkibi shaklida yozilgan axborotni i-RNKga ko‘chirib ol- gandek o‘tishiga translyatsiya deb ataladi

17. Nuklein kislota qaysi olim tomonidan nimadan topilgan? A) Misher tomonidan eritrotsit yadrosidan B) Betson tomonidan leykotsit yadrosidan C) Misher tomonidan leykotsit yadrosidan D) Uotson tomonidan trombotsit yadrosidan

18. Transpozaza, nukleazalar oqsilning qaysi funksiyasiga misol bo‘ladi? A) Signal B) Himoya C) Katalizator D) Harakat

19. Quyidagi fikrlarning nechtasi xato hisoblanmaydi? 1. O‘zgaruvchanlik tashqi sharoitlar bilan ham belgilanadi 2. Rahmonqulov Umid, Sulton, Mang‘it-1 turlarini yaratdi 3. Kartoshkaning Nimrang navi cho‘zinchoq, pushti, ertapishar navi 4. Go‘za kolleksiyasini Mirzayev yaratdi 5. Suv yong‘og‘ining suv osti barglari patsimon, qirqilgan bandsiz bo‘ladi A) 3 B) 4 C) 2 D) 1



20. Bitta nukleotidning o‘rtacha molekulyar massani nechaga teng? A) 330 B) 138 C) 345 D) 120

OMAD YOR BO‘LSIN !!! 😁
Download 29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling