9-sinf O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/19
Sana10.03.2020
Hajmi1.76 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19

 
 
4-5-XIX asr o'rtalarida O'rta Osiyo aholisining madaniy hayot (43) 
Savollar va javobi 
1. XIX asr o’rtalarida xonliklardagi aholining aksariyati qaysi tilda so’zlashgan? 
 o’zbek 
2. XIX asrda O’rta Osiyoda qancha doston mavjud edi? 
 40 ga yaqin 
3. XIX asrdagi eng mashhur dostonlar xato berilgan javobni toping. 
 “Bo’zatov” 
4. Xalq baxshilari tomonidan bayramlar, xalq sayillarida sadoqatli do’stlik va chin muhabbat 
ulug’langan qaysi dostonlar kuylangan? 
 A va B 
5. Xiva xoni Olloqulixon hukmronlik yillarini aniqlang. 
 1825-1842 
6. Olloqulixon farmoyishi bilan Shermuhammad Munis Xorazmning qaysi yilgacha bo’lgan tarixini 
yozgan? 
 1812 yilgacha 
7. Shermuhammad Munisning asl ismi kim? 
 Shermuhammad Amir Avazbiy o’g’li 
8. Xorazmlik qaysi tarixchi 18 mingdan ortiq misrani o’z ichiga olgan devonini avlodlarga meros 
qilib qoldirgan? 
 Munis 
9. 1819-yil Munis kimning qaysi asarini o’zbek tiliga tarjima qilishga kirishdi va bu asarning I-
jildini tarjima qilishga erishdi? 
 Mirxond-“Ravzat-us safo” 
10. Ogohiy Munisning qaysi asarlarining tarjimasini oxiriga yetkazgan? 
 A va B 
11. Ogohiyning asl ismi kim? 
 Muhammad Rizo Ernazarbiy o’g’li 
12. Ogohiy qaysi yillari yashagan? 
 1809-1874 
13. Ogohiy qancha tarixiy, ma’rifiy, tarjima asarlarining muallifi? 
 16 ta 
14. Ogohiyning puxta bilgan tillari xato berilgan javobni toping. 
 uyg’ur 
15. Ogohiy Xorazmning qaysi yillari tarixini yozib tugatdi? 
 1812-1872 
16. Ogohiyning Xiva xonligi tarixiga bag’ishlangan tarixiy asarlari xato berilgan javobni 
ko’rsating. 
 ”Gulshan ul-mulk” 
17. Ogohiyning xalqparvarligi va xalq holiga befarq qaray olmasligi uning qaysi g’azalida yorqin 
ifodasini topgan? 
 “Qish” 
18. Quyidagi shaxslarning qaysi biri yozuvchi, faylasuf, musavvir, ma’rifatparvar bo’lgan? 
 Ahmad Donish 

 
19. Ahmad Donish qaysi yillari yashab o’tgan? 
 1827-1897 
20. Ahmad Donish asarlari xato berilgan javobni toping. 
 “Navodir ul nihoya” 
21. Quyidagi qaysi shaxs Buxoro amiri Nasrulloning elchilari bilan Moskva, Peterburg va boshqa 
Rossiya shaharlariga sayohat qiladi? 
 Ahmad Donish 
22. Ahmad Donish qachon va kimning topshirig’i bilan “Manozir ul-kavokib” nomli astronomiyaga 
oid asarni yozdi? 
 1865-Amir Muazffar 
23. Ahmad Donish qachon Buxoro amiri Nasrulloning elchilari bilan Moskva, Peterburg va boshqa 
Rossiya shaharlariga sayohat qiladi? 
 1857-yil 
24. Ahmad Donishning quyidagi qaysi asari astronomiya faniga oid? 
 “Manozir ul-kavokib” 
25. XIX asrda Qo’qonda kimning hukmronlik davri ilm-fan rivojlanishida muhim o’rin egallagan? 
 Umarxon 
26. Amir Umarxon hukmronligi davrida saroy shoirlari orasida kim ayniqsa ajralib turgan? 
 Fazliy 
27. Quyidagi qaysi shaxs she’riy istedodi tufayli xonning marhamatiga sazovor bo’lib, tez orada 
saroy shoirlarining boshlig’i-“Malik ush-shuaro” nomini olgan? 
 Fazliy 
28. Quyidagi qaysi shaxs 200 nafarga yaqin qo’qonlik shoirlar va olimlar ojodini o’z ichiga olgan 
“Majmuat ush-shuaro” tazkirasini yozgan? 
 Fazliy 
29. Quyidagi qaysi shaxsning ajoyib g’azallarini xonandalar sevib qo’shiq qilib kuylashgan, 
she’rlari tili sodda va nihoyatda ravon, xalq tiliga yaqin edi? 
 Fazliy 
30. XIX asr o’rtalariga borib ayniqsa qaysi xonlikda qurilish ishlari avj oldi? 
 Xiva 
31. Ichan qal’adagi Muhammad Aminxon madrasasi qaysi yillarda qurilgan? 
 1851-1855-yillar 
32. Xivada ark darvozasi qarshisida Muhammad Raximxon madrasasi qachon qurilgan? 
 1871-yilda 
33. Quyidagi qaysi inshoot Ark qarshisida qurilgan? 
 Muhammad Rahimxon madrasasi 
34. Qo’qon xonligida qurilgan inshootlar qurilgan yili xato berilgan javobni toping. 
 Hokim Oyim madrasasi-1868 
35. Qo’qon xonligida qaysi inshoot o’zining bezaklari, naqshlari rang-barangligi, yorqin jilosi bilan 
ajralib turadi? 
 Xudoyorxon saroyi 
36. Toshkentda Baroqxon madrasasi ta’mirlash ishlari qachon boshlandi? 
 1859-yilda 
37. Baroqxon madrasasi qarshisida qaysi inshootlar qurilgan? 
 Mo’yi Muborak madrasasi, Tillashayx jome masjidi 
38. Buxoro amirligida qaysi yozuv uslublaridan binolarni bezashda foydalanildi? 
 hamma javob to'g'ri 
39. XIX asr o’rtalarida ijodkorlar qaysi tillarda ijod qilishgan? 
 fors va o’zbek 
40. Zullisonayn bu….. 
 ikki tilda ijod qilish 
41. Epos bu…. 

 
 xalq og’zaki ijodida qahramonlik va qahramonlar haqidagi dostonlar majmui 
42. Xonaqoh bu….. 
 darvishlar uchun maishiy xona va masjiddan iborat yotoqxona 
43. Truppa bu…. 
 xalq og’zaki ijodida qahramonlik va qahramonlar haqidagi dostonlar majmui
 
 
6-Rossiya imperiyasining O'rta Osiyoni istilo qilishining boshlanishi (84) 
Savollar va javobi 
1. Pyotr I O’rta Osiyoga yuborgan, lekin muvaffaqiyatsizlikka uchragan ekspeditsiya rahbari kim? 
 B.Cherkasskiy 
2. Rossiyaning O’rta Osiyoni istilo qilish uchun qurgan ilk istehkomining 7 tasi qachon va qayerda 
qurilgan? 
 1718-yil-Irtish daryosi sohilida 
3. Rossiyaning O’rta Osiyoni bosib olishni yanada tezlashtirgan omillar xato berilgan javobni 
toping. 
 xonliklarni bosib olib, madaniyat, ilm-fanni rivojlantirish 
4. XIX asrdan boshlab Buyuk Britaniyaning qaysi kompaniyasi strategik ahamiyatga ega bo’lgan 
xonliklarning tabiiy boyliklari, xomashyo mahsulotlariga qiziqishi ortib borgan? 
 “Ost-Indiya” 
5. Angliya tomonidan O’rta Osiyoga 1825-yilda Angliya bilan aloqalarni yo’lga qo’yish uchun kim 
yuborilgan? 
 M.Murkroft 
6. 1832-yilda Buxoraga qaysi ingliz vakili kelgan? 
 A.Byorns 
7. 1843-yilda inglizlar tomonidan Xiva va Buxoroga kim yuborildi? 
 J.Abbot 
8. 1844-yilda O’rta Osiyoga kelgan ingliz vakili? 
 I.Volf 
9. 1825-yilda O’rta Osiyo xonliklarining Angliya bilan aloqlarini yo’lga qo’yish uchun kelgan 
M.Murkroft taqdiri qanday yakunlandi? 
 Buxoroga kelib, qaytib ketayotganida yo’lda 2 hamrohi bilan halok bo’ladi 
10. Amir Nasrullo 1842-yilda qatl qildirgan Ost-Indiya kompaniyasining vakillarini toping. 
 Ch.Stoddort, A.Konnoli 
11. M.Murkroft qachon Buxoroda bo’ldi? 
 1825-yil 
12. A.Byorns qachon Buxoroga keldi? 
 1832-yil 
13. Mayor I.Volf qachon O’rta Osiyoda bo’ldi? 
 1844-yil 
14. Kapitan J.Abbot qachon Xiva va Buxoroda bo’lgan? 
 1843-yil 
15. Amir Nasrullo tomonidan qachon Ch.Stoddort, A.Konnoli qatl etilgan? 
 1842-yil 
16. Qachon o’zbeklar va tojiklar yashaydigan Amudaryoning janubidagi hududlar Afg’oniston 
viloyatiga aylantirildi? 
 1855-yil 
17. Qrim urushi qaysi yillarda bo’lib o’tgan? 
 1853-1856-yillarda 
18. Sirdaryoning orolga quyilish joyida qachon Raim istehkomi qurildi? 
 1847-yil 

 
19. Rossiyaning O’rta Osiyoni bosib olishiga bahonasini ko’rsating. 
 chegara hududlarda yashaydigan Rossiya imperiyasi fuqarolari bo’lgan aholiga talonchilik va 
bosqinchilik qilib turgan guruhlarning hujumlarini bartaraf etish. 
20. XIX asrda nima uchun Rossiyada to’qimachilik sanoati uchun paxta xomashyosiga taqchillik 
yuzaga keldi? 
 AQShda boshlangan shimol va janub o’rtasidagi fuqarolar urushi (1861-1865) 
21. XIX asrning I-yarmida Rossiyaning O’rta Osiyo xonliklarini bosib olishini osonlashtirgan 
sababni ko’rsating. 
 ichki o’zaro urushlar 
22. Rossiya O’rta Osiyoni bosib olishni necha bosqichda amalga oshirdi? 
 4 
23. Rossiya tomonidan O’rta Osiyoning bosib olinishining I-bosqichi qachon bo’lib o’tdi? 
 1847-1865-yillar 
24. Rossiya tomonidan O’rta Osiyoning bosib olinishining II-bosqichi qachon bo’lib o’tdi? 
 1865-1868-yillar 
25. Rossiya tomonidan O’rta Osiyoning bosib olinishining III-bosqichi qachon bo’lib o’tdi? 
 1873-1879-yillar 
26. Rossiya tomonidan O’rta Osiyoning bosib olinishining IV-bosqichi qachon bo’lib o’tdi? 
 1880-1885-yillar 
27. Rossiya tomonidan O’rta Osiyoni bosib olinishining I-bosqichida….. 
 Qo’qon xonligining shimoli-g’arbiy viloyatlari va Toshkent shahri istilo qilindi 
28. Rossiya tomonidan O’rta Osiyoni bosib olinishining II-bosqichida….. 
 Qo’qon xonligi va Buxoro amirligiga qarshi istilochilik harakatlari amalga oshirildi 
29. Rossiya tomonidan O’rta Osiyoni bosib olinishining III-bosqichida….. 
 Xiva va Qo’qon xonligi yerlarini bosib olishdan iborat bo’di. 
30. Rossiya tomonidan O’rta Osiyoni bosib olinishining IV-bosqichida….. 
 turkmanlar bo’ysundirildi 
31. Rossiyaning O’rta Osiyoni istilo qilishining I-bosqichida istilo qilingan hududlarda qanday 
viloyat tuzildi? 
 Orenburg general-gubernatorligiga kiruvchi Turkiston viloyati 
32. Rossiya imperiyasining uzoq davom etgan harbiy tayyorgarligi natijasida qaysi yillar 
bosqinchilik urushlari olib borildi? 
 1864-1885 
33. Rossiya imperiyasining uzoq davom etgan harbiy tayyorgarligi natijasida bosqinchilik urushlari 
necha yil davom etdi? 
 20 yildan ortiq 
34. Rossiya imperiyasining uzoq davom etgan harbiy tayyorgarligi natijasida qaysi yillar 
bosqinchilik urushlari natijasida O’rta Osiyo xonliklari hududining qancha qismini bosib olib, 
mustamlakaga aylantirdi? 
 1583255 kv.km 
35. Rossiya imperatori Aleksandr II hukmronlik yillarini aniqlang. 
 1855-1881 
36. Rossiya imperatori Aleksandr II qachon Qo’qon xonligini bosib olishni davom ettirilishi 
tog’risidagi ko’rsatma berdi? 
 1859-yil 
37. …..ni egallash –bu Rossiya imperiyasining O’rta Osiyodagi harbiy yurishlarini keng qamrovda 
va tayanch hududga ega holda olib borishini ta’minlar edi. 
 Toshkent 
38. Rossiyaning Toshkentni bosib olishda qaysi qal’a harbiy harakatlarning tayanchiga aylandi? 
 Oqmachit 
39. Oqmachit qal’asi to’g’risidagi xato ma’lumotni aniqlang? 
 hujum paytida 3 mingdan ziyod kishidan iborat rus qo’shiniga 400 kishidan iborat Oqmachit 

 
qal’a himoyachilari 19 kun davomida qarshilik ko’rsatishdi 
40. 1864-yilda 3 mingdan ziyod qo’shin bilan Toshkentni bosib olish uchun yo’lga chiqqan 
generallarni aniqlang. 
 N.Veryovkin, M.Chernyayev 
41. Verniy hozirgi qaysi shahar? 
 Almati 
42. Avliyoota hozirgi qaysi shahar? 
 Taroz 
43. Avliyoota qayerda joylashgan? 
 Talas daryosining chap sohilida 
44. Avliyoota qal’asi qachon va kim tomonidan bosib olindi? 
 1864-yil 4-iyun-Chernyayev 
45. Turkiston va Chimkent shaharlari mudofaasiga rahbarlik qilgan Qo’qon amirlashkari? 
 A va B 
46. Alimqulni chekinishga majbur qilgan Veryovkinning ultimatum shartlari xato berilgan javobni 
aniqlang. 
 Alimqulning o’zini tutib o’ldirish 
47. Turkiston qachon va kim tomonidan bosib olindi? 
 1864-yil 12-iyul-Veryovkin 
48. Veryovkin Turkistonni bosib olish uchun necha kun urushdi? 
 3 kun 
49. Rus bosqini davrida Toshkent necha kilometrlik qal’a devor bilan o’rab olingan edi? 
 20 km 
50. Toshkentni bosib olish uchun harbiy harakatga kim qo’mandon etib tayinlandi? 
 Chernyayev 
51. 1864-yil kuzida qaysi shahar Rossiya tomonidan egallandi? 
 Chimkent 
52. Sirdaryo istehkom chizig’ini ko’rsating? 
 Raim qal’asidan-Perovskiy fortigacha 
53. Qayerning egallanishidan keyin Yangi Qo’qon chizig’I asosida qo’lga kiritilgan qal’alar 
birlashtirildi? 
 Chimkent 
54. Chor Rossiyasi bosqini arafasida O’rta Osiyoning siyosiy, iqtisodiy, yirik ma’muriy va savdo-
sotiq markazlaridan birini aniqlang? 
 Toshkent 
55. XIX asrning II-yarmida Toshkentning qancha darvozasi bo’lgan? 
 12 ta 
56. Toshkent darvozalari xato berilgan javobni aniqlang. 
 Otadarvoza, Toshdarvoza, Qo’y, Polvon 
57. Toshkent devorlari ortidagi xandaqlarga qaysi ariqdan suv kelgan? 
 Kaykovus 
58. Toshkent necha dahadan iborat va qaysilar? 
 4 ta-Beshyog’och, Ko’kcha, Sebzor, Shayxontoxur 
59. Toshkent dahalari kim tomonidan boshqarilgan? 
 oqsoqol 
60. XIX asr o’rtalarida Toshkent shahri aholisini aniqlang? 
 80 mingga yaqin 
61. Qaysi rus generali qachon o’zini podshoga yaxshi ko’rsatish uchun tezlik bilan toshkentni 
qo’lga kiritmoqchi bo’ldi? 
 1864-yil 1-oktyabr-Chernyayev 
62. Chernyayev Toshkentga qilgan dastlabki yurishida 70 nafardan ziyod askaridan ajralib qayerga 
chekindi? 

 
 Chimkent 
63. Quyidagi xato ma’lumotni aniqlang. 
 Niyozbek qal’asi uchun jang 29-apreldan boshlanadi va jang 3 kun davom etadi 
64. Niyozbek qal’asi qayerda joylashgan? 
 Chirchiq daryosining chap sohilida 
65. Quyidagi qaysi qo’rg’on Toshkent darvozasi deb nom olgan? 
 Niyozbek 
66. Qaysi qal’aning qo’lga kiritilishi M.Chernyayevga Toshkentni suv ta’minotidan uzib qo’yish 
imkoniyatini berdi? 
 Niyozbek 
67. M.Chernyayev boshchiligidagi istilochilar qachon Toshkentga bevosita hujum boshladilar? 
 1865-yil may 
68. Rus qo’shinlariga Toshkentda kim boshchiligidagi qo’shin qarshilik ko’rsatdi? 
 A va B 
69. Ruslarga qarshi kurashayotgan Toshkent himoyachilarini sarosimaga solib qo’ygan sababni 
aniqlang. 
 Aliqulining yarador bo’lib vafot etishi 
70. Rus qo’shinlari Toshkentga qaysi darvozadan kirib keldilar? 
 Kamolon 
71. Rus bosqini davrida Toshkent uchun asosiy jang qayerda bo’lib o’tdi? 
 Kamolon darvozasidan Xadradagi markaziy bozorga boradigan ko’chada 
72. Toshkent himoyachilari nima sababdan qal’aga o’t qo’yadilar? 
 A va B 
73. Toshkent uchun jang davom etayotganida Chernyayev Toshkentning qaysi darvozasi tomon 
chekingan? 
 Kamolon 
74. Rus bosqini davrida Toshkentdagi yong’inlarni o’z vaqtida o’chirish imkoniyatini bermagan 
sababni aniqlang? 
 suv yo’llarining to’sib qo’yilganligi 
75. 1865-yil 17-iyunda Chernyayev qaysi dahalarning oqsoqollarini yoniga chaqirdi? 
 Ko’kcha, Sebzor, Beshyog’och, Shayxontoxur 
76. 1865-yil 17-iyunda M.Chernyeyev uchrashgan Toshkentning hufuzli kishilari xato berilgan 
javobni aniqlang. 
 Salim oxun 
77. Sibirga surgun qilingan Toshkent vatanparvarlari xato berilgan javobni aniqlang. 
 Salim oxun 
78. M.Chernyayevning shaharni “ixtiyoriy ravishda topshirish” to’g’risidagi sulhni necha oqsoqol 
imzoladi? 
 9 ta 
79. Toshkent ruslar tomonidan bosib olingach istilochilik yurishlari natijasida bosib olingan 
hududlarida qanday viloyat tuzildi va uning gubernatori kim? 
 Turkiston-Chernyayev 
80. “Turkiston viloyatini boshqarish to’g’risidagi Muvaqqat Nizom” qachon qabul qilindi? 
 1865-yil 6-avgust 
81. Ekspeditsiya bu…… 
 lotincha-yurish-maxsus topshiriqqa binoan biror guruhning safari 
82. Ultimatum bu….. 
 lotincha-so’ngi, oxirgi-biror masala yuzasidan bir davlat hukumatining boshqa davlat 
hukumatiga bayon qilgan, hech qanday e’tirozga o’rin qoldirmaydigan qat’iy talabi 
83. Daha bu….. 
 qadimgi so’g’dcha-qishloq-shaharning bir qismi, ma’muriy bo’linma 
84. Rossiya atamasi nima uchun Chor Rossiyasi tarzida talaffuz qilingan? 

 
 rus tilida podsho “sar” deyilgan, shuning uchun ham “Sarskaya Rossiya” podsho Rossiyasi 
deyilgan
 
 
7-Turkiston General-gubernatorligining tashkil etilishi (35) 
Savollar va javobi 
1. Turkiston viloyati qachon tashkil qilingan? 
 1865-yil 
2. Rossiyaning O’rta Osiyodagi harbiy harakatlarni olib borishda markaz sifatidagi rolni bajargan 
viloyat qaysi? 
 Turkiston 
3. Nima sababdan Chor Rossiyasi O’rta Osiyoda alohida general-gubernatorlik tashkil qilishga 
kirishdi? 
 A va B 
4. Turkiston general-gubernatorligi qachon tashkil qilingan? 
 1867-yil 
5. Turkiston general-gubernatorligi bilan birga Turkiston harbiy okrugi ham tuzildi.Uning tarkibiga 
kimlar kiritildi? 
 1847-yildan boshlab harbiy istilochilik yurishlarida ishtirok etgan barcha harbiy qismlar 
6. Turkiston harbiy okrugi tuzilganda undagi harbiylar soni qancha edi? 
 40 ming 
7. Turkiston general-gubernatorligi markazi qayer edi? 
 Toshkent 
8. Turkiston general-gubernatori vakolatlari xato berilgan javobni toping. 
 Turkiston harbiy okrugi qo’mandonining o’rinbosari 
9. I-Turkiston-general gubernatori kim? 
 Kaufman 
10. Fon Kaufman qaysi yillari Turkiston general-gubernatori bo’lgan? 
 1867-1881 
11. Turkiston general-gubernatorligi qaysi hududlarni o’z ichiga olgan? 
 Turkiston viloyati va Semipalatinsk viloyatining janubiy qismi 
12. Dastlab Turkiston general-gubernatorligi ma’muriy jihatdan qaysi viloyatlarga bo’lingan? 
 Sirdaryo, Yettisuv 
13. Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kirgan Sirdaryo viloyatining markazi qayer edi? 
 Toshkent 
14. Sirdaryo viloyatining hududi asosan….dan iborat bo’lgan. 
 1865-yilda tashkil qilingan Turkiston viloyatiga tegishli bo’lgan yerlar va Qo’qon xonligining 
bosib olingan shimoliy hududlari 
15. Yettisuv viloyatiga Semipalatinsk viloyatining qaysi okruglari kirgan? 
 Sergiopol, Kopal, Olatovsk, sobiq Turkiston viloyatining bir qismi 
16. Zarafshon okrugi qachon tashkil qilingan? 
 1868-yil 
17. Amudaryo bo’limi qachon tuzilgan? 
 1873-yil 
18. Farg’ona viloyati qachon tuzilgan? 
 1876-yil 
19. Kaspiyorti viloyati qachon tuzilgan? 
 1881-yil 
20. Quyidagi tashkil qilingan hududlarning qaysi biri sanasida xatolik mavjud? 
 Kaspiyorti viloyati-1882-yil 
21. Zarafshon okrugining markazi qaysi shahar? 

 
 Samarqand 
22. Amudaryo bo’limining markazi qaysi shahar? 
 Petro-Aleksandrovsk 
23. Farg’ona viloyatining markazi qaysi shahar? 
 Yangi Marg’ilon 
24. Kaspiyorti viloyatining markazi qaysi shahar? 
 Ashxabad 
25. Xiva xonligiga qarashli hududlarda tashkil qilingan Amudaryo bo’limining markazi Petro-
Aleksandrovsk hozirgi qaysi shahar? 
 To’rtko’l 
26. Farg’ona viloyatining yangi Marg’ilondan keyingi poytaxti qayer? 
 Skobelev 
27. Skobelev bu hozirgi qaysi shahar? 
 Farg’ona 
28. 1 verst qancha maydonga teng? 
 1,066 kv.km 
29. Rossiyaning O’rta Osiyoda tashkil qilgan viloyatlarning hududiy jihatdan eng kichigi qaysi? 
 Samarqand 
30. Sirdaryo viloyatining hududi Rossiyadagi qaysi guberniyadan katta bo’lgan? 
 Moskva 
31. Samarqand viloyatining hududi Rossiyadagi qaysi guberniyadan katta bo’lgan? 
 Saratov 
32. Samarqand viloyatining hududi qancha bo’lgan? 
 2000 kv.verst 
33. Turkiston general-gubernatorligi qachon “Nizom” loyihasini qabul qildi? 
 1867-yil 
34. Kim xalq orasida “yarim podsho” nomini olgan? 
 Kaufman 
35. Turkiston general-gubernatorligi boshqaruv bo’g’inini ketma-ketlikda joylashtiring? 
 Turkiston general-gubernatori-general-gubernator kengashi-general-gubernator mahkamasi-
maxfiy siyosiy politsiya
 
 
8-Buxoro amirligiga qarshi istilochilik harakatlarining boshlanishi (28) 
Savollar va javobi 
1. Podsho hukumati O’rta Osiyodan Chernyayevni chaqirib olib, kimni Yurkiston viloyatining 
gubernatori qilib tayinladi? 
 Romanovskiy 
2. Rossiyaning Buxoro amirligiga qarshi I-jangi qachon va qayerda bo’lib o’tgan? 
 1866-yil 8-may-Erjar 
3. Romanovskiy Buxoro amirligiga qarshi qachon yurish boshladi? 
 1866-yil 
4. Romanovskiy qanday bahona ostida Buxoro amirligiga qarshi yurish qilishga imperatordan 
ruxsat so’radi? 
 Buxoro amirligi Rossiyaga qarshi urushga tayyorlanayotgani 
5. Quyidagi xato ma’lumotni aniqlang? 
 Erjardagi g’alabadan so’ng Romanovskiy Qo’qon xonligi va Buxoro amirligi o’rtasida 
joylashgan-Toshkent, Qo’qon, Balx, Buxoro bilan bog’lovchi O’ratepaga qarab harakat boshladi 
6. Rossiya qo’shinlari qachon Xo’jandni qamal qilishga kirishdilar? 
 1866-yil 17-may 
7. Rossiya Xo’jandni nechta to’pdan o’qqa tutdi? 

 
 20 ta 
8. Rossiya tomonidan Xo’jandni qamal qilish va o’qqa tutish necha kun davom etdi? 
 2 kun 
9. Rossiya askarlari tomonidan Xo’jand mudofaasi qachon yorib o’tildi? 
 1866-yil 24-may 
10. Toshkent, Qo’qon, Balx, Buxoro shaharlarini bir-biri bilan bog’lovchi qal’ani ko’rsating? 
 Xo’jand 
11. Krijanovskiy kim? 
 Orenburg general-gubernatori 
12. Romanovskiy kim? 
 Turkiston viloyati gubernatori 
13. Turkiston viloyati gubernatori Romanovskiyga kim tomonidan harbiy harakatlarni Qo’qon 
xonligiga qarshi qaratish to’g’risida ko’rsatma berdi? 
 Krijanovskiy 
14. Qo’qon xonligining taqdiri qaysi yili Rossiya tomonidan hal qilingan edi? 
 1866-yil 
15. Rossiya tomonidan….da Qo’qonga qarshi hamma narsa tayyor holatga keltirilgan edi? 
 Xo’jand 
16. Qo’qonga qarshi harbiy harakatga bosh bo’lish uchun Orenburgdan kim keldi? 
 Krijanovskiy 
17. Krijanovskiy Buxoro amirligi vakiliga qanday shart qo’ygan? 
 10 kun ichida 100 ming rubl tovon to’lashni 
18. Rossiya qo’shinlari qachon O’ratepaga qarab harakat boshladi? 
 1866-yilning kuzi 
19. Rossiyaning O’ratepaga qarshi yurish qilgan qo’shini tarkibi xato berilgan javobni toping? 
 29 to’p 
20. Ruslar O’ratepani necha kun to’pdan o’qqa tutdilar? 
 3 kun 
21. Rossiya qayerni qamal qilganida 2 ming nafardan ziyod qal’a aholisi halok bo’ldi? 
 O’ratepa 
22. Rossiya imperiyasi harbiy qo’shinlari O’ratepani egallagandan so’ng qayerga yurish boshladi? 
 Jizzax 
23. Jizzax qachon rus podsho hukumati qo’liga o’tdi? 
 1866-yil 18-oktyabr 
24. Rossiya imperiyasining qayer uchun bo’lgan jangida har tomondan 6 mingdan ortiq kishi halok 
bo’ldi? 
 Jizzax 
25. Rus podsho hukumati Jizzaxni bosib olib, u yerda qoldirgan harbiy kuchlari xato berilgan 
javobni toping. 
 600 arava 
26. Rossiya tomonidan 1864-1866-yillarda bosib olingan hududlarda qanday viloyat tashkil qilindi? 
 Sirdaryo 
27. Rossiya tomonidan qaysi yillari bosib olingan hududlarda Sirdaryo viloyati tashkil qilindi? 
 1864-1866 
28. Rus davlatida o’rta asrlarda krepastnoy dehqonlar orasidan chekka hududlarga qochib borib, 
erkinlikka chiqqan kishilardan tuzilgan qo’shin qanday nom bilan ataladi? 
 kazak
 
 
9-Buxoro amirligi ustidan Rossiya protektorati o'rnatilishi (54) 
Savollar va javobi 

 
1. Rus bosqini arafasida Buxoro amirligining harbiy kuchini zaiflashtirgan omillar xato berilgan 
javobni aniqlang? 
 aholining askarlikka borishdan bosh tortishi 
2. Qaysi rus generali Amir Muzaffarga chegaraning Rossiya mulki foydasiga o’zgartirilgan yangi 
loyihasini tasdiqlashni taklif etdi? 
 Kaufman 
3. Quyidagi xato javobni toping. 
 Kaufmanning Amir Muzaffar qo’shinini Samarqandga to’plagan degan taxmini o’z tasdig’ini 
topdi 
4. Kaufman Cho’ponota tepaligiga qachon hujum boshladi? 
 1868-yil 1-may 
5. Kaufman qachon Samarqandni bosib olishga kirishdi? 
 1868-yil aprel 
6. Qaysi jangda ruslar tomonidan amir qo’shining ilg’or jangovar qismi tor-mor keltirildi? 
 Cho’ponota 
7. Kaufman qancha qo’shin to’plab Samarqandni bosib olishga kirishdi? 
 4 mingdan ziyod 
8. Amir qo’shini va Kaufman o’rtasidagi II-jang qayerda bo’lib o’tgan? 
 Zirabuloq 
9. Qaysi jangdan keyin Rossiya qo’shinlari Samarqandga jangsiz kirib borishdi? 
 Zirabuloq 
10. Kaufman Samarqandga jangsiz kirib borib, Amir Muzaffarga yo’llagan maktubi mazmuni xato 
berilgan javobni toping. 
 Shaxrisabz bekligini vaqtincha Rossiyaga ijaraga berish 
11. Buxoro amirligining qaysi hududi mahalliy aholisi podsho hukumati qo’shinlariga qarshi kurash 
olib bordi? 
 Urgut 
12. Kaufman qaysi generalni Urgutga yubordi? 
 Abramov 
13. Rossiya qo’shinlari Urgutdan keyin qayerni bosib olishga kirishdi? 
 Kattaqo’rg’on 
14. Rossiya imperiyasining harbiy yurishlariga qarshi Samarqanda ozodlik kurashi olib borgan 
Bobobek qayerning hokimi edi? 
 Kitob 
15. Rossiya imperiyasining harbiy yurishlariga qarshi Samarqanda ozodlik kurashi olib borgan 
Jo’rabek qayerning hokimi edi? 
 Shaxrisabz 
16. Rossiya imperiyasining harbiy yurishlariga qarshi Samarqanda ozodlik kurashi olib borgan 
Shaxrisabz hokimi kim edi? 
 Jo’rabek 
17. Rossiya imperiyasining harbiy yurishlariga qarshi Samarqanda ozodlik kurashi olib borgan 
Kitob hokimi kim edi? 
 Bobobek 
18. Jo’rabek va Bobobek qachon samarqandlik qo’zg’alonchilar bilan birga Rossiya imperiyasi 
qo’shinlari garnizoni joylashgan qal’asiga hujum qildi? 
 1868-yil 2-iyun 
19. Quyidagi xato javobni toping. 
 Jo’rabek va Bobobek tomonidan qamal qilingan rus garnizoni 1868-yil 2-iyunda yordam so’rab 
Abramovga murojaat qilishdi 
20. Podsho hukumati tomonidan bosib olingan hududlarda …..dan iborat Zarafshon okrugi tuzildi. 
 Samarqand va Kattaqo’rg’on bo’limi 
21. Zarafshon okrugiga boshliq qilib kim tayinlandi. 

 
 Abramov 
22. Qaysi jangdan keyin Amir Muzaffar o’z mag’lubiyatini tan olib, Kaufmanning Turkiston 
general-gubernatorligi yangi chegaralar haqidagi taklifini qabul qildi? 
 Zirabuloq 
23. Qaysi voqeadan keyin Rossiya imperiyasi istilochilik yurishlarining II-bosqichi yakunlandi? 
 Amir Muzaffar , Kaufmanning Turkiston general-gubernatorligi yangi chegaralar haqidagi 
taklifini qabul qilishi bilan 
24. Kaufman qachon va qayerda Amir Muzaffar bilan Buxoro amirligini Rossiya imperiyasining 
protektoratiga aylantirgan shartnomani imzoladi? 
 1868-yil 28-iyun-Samarqand 
25. 1868-yil 28-iyunda imzolagan Amir Muzaffar imzolagan shartnoma bandlari xato berilgan 
javobi aniqlang. 
 Buxoro amiri abadiy do’stlik belgisi sifatida Rossiya qo’shinlarining harbiy harajatlari uchun 
600 ming rubl to’lanishi e’tirof etildi 
26. 1868-yil 28-iyunda imzolagan Amir Muzaffar imzolagan shartnoma bandlari xato berilgan 
javobi aniqlang. 
 Rossiya savdogarlari tovarlaridan olinadigan boj miqdori 3 % dan oshmasligi belgilandi 
27. 1868-yil 28-iyunda imzolagan Amir Muzaffar imzolagan shartnomaga Toshkentdan 
Samarqandgacha bo’lgan hududlarning barchasi Rossiya imperiyasi ixtiyoriga o’tdi.Bu hududlar 
xato berilgan javobni aniqlang. 
 O’sh, Rishton 
28. Amir Muzaffar Rossiyaga taslim bo’lgach, Samarqandni ozod qilish uchun kurash boshlagan 
vatanparvarlar nomi xato berilgan javobni toping. 
 Abdulahad 
29. Jo’rabek va Bobobek Amir Muzaffarni taxtdan tushirilgan deb e’lon qilib, kimni amir deb e’lon 
qilishdi? 
 Abdumalik 
30. Abdumalik to’ra, Jo’rabek va Bobobek o’z qo’llariga olgan shaharlarni tartib bilan 
joylashtiring. 
 Shaxrisabz, Qarshi, Karmana 
31. Abdumalik to’ra, Jo’rabek va Bobobek qo’zg’alonini bostirish uchun Kaufman kimni yuboradi? 
 Abramov 
32. Nima sababdan Abdumalik to’ra, Jo’rabek va Bobobek egallagan hududlaridan surib chiqarila 
boshlandi? 
 qo’zg’alonchilar zamonaviy qurollar bilan qurollanmaganligi 
33. Ruslardan yengilgan Abdumalik to’ra dastlab qaysi hududga ketadi? 
 Xiva xonligi 
34. Ruslardan yengilgan Abdumalik to’ra Xiva xonligidan qayerga o’tib ketadi? 
 Afg’oniston 
35. Abdumalik to’ra qaysi afg’on amiridan yordam so’radi? 
 Sheralixon 
36. Abdumalik to’ra qachon va qayerda vafot etdi? 
 1909-Peshovar 
37. Nima sababdan afg’on amiri Sheralixon Abdumalik to’raga yordam bermadi? 
 Afg’on amiri Sheralixon Angliya bilan yaqinlashib kelayotgan urushda Rossiyaga tayanishni 
rejalashtirgani uchun 
38. Rossiya imperiyasining O’rta Osiyodagi istilochilik yurishlarining II-bosqichi qaysi voqeadan 
keyin yakunlandi? 
 A va B 
39. Buxoro bilan Rossiya imperiyasi qachom amirlikka o’z vakilini tayinlash huquqini beruvchi 
yangi shartnomani imzoladi? 
 1873-yil 

 
40. Rossiya 1873-yilda amirlikka o’z vakilini tayinladi.Bu vakilning roziligisiz amirlik... 
 biron bir ichki va tashqi siyosiy masalalarni hal qila olmaydigan bo’ldi 
41. Rossiyaning Buxoro amirligiga o’z vakilini tayinlash huquqini beruvchi yangi shartnomaning 
14-moddasida …..deyilgan. 
 “Rossiya hukumatidan ijozat bo’lmagan kim bo’lishidan qat’iy nazar har xil kimsalarni Buxoro 
hukumati qabul qilmaydi” 
42. Rossiyaning Buxoro amirligiga o’z vakilini tayinlash huquqini beruvchi yangi shartnomaga 
ko’ra har kun ertalab vakildan ko’rsatmalarni olib amirga topshirgan mansab egasi? 
 qo’shbegi 
43. Kim Rossiya imperiyasining Buxorodagi I-vakili etib tayinlandi? 
 Lessar 
44. Rus bosqinidan keyin Buxoroning amaldagi norasmiy gubernatori kim bo’lgan? 
 Lessar 
45. Buxorodagi ruslar tomonidan tayinlangan maxsus vakil qayerni o’ziga qarorgoh qilib olgan? 
 Buxorodan 15 km uzoqda joylashgan Kogon shahrini 
46. Qaysi yillari Rossiya imperiyasi tashqi ishlar vazirligi Angliya bilan muzokaralar olib brogan? 
 1869-1870 
47. 1869-1870-yillari Rossiya imperiyasi Tashqi ishlar vazirligi Angliya bilan qaysi chegaralarni 
belgilash to’g’risida muzokaralar olib bordi? 
 Afg’oniston va O’rta Osiyo 
48. 1869-1870-yillari Rossiya imperiyasi Tashqi ishlar vazirligi Angliya bilan Afg’oniston va O’rta 
Osiyodagi chegaralarni belgilash to’g’risidagi shartnomaga muvofiq chegara qaysi tumandan 
o’tkazildi? 
 Panj 
49. 1881-yil 10 dekabrida Eron shohi bilan Rossiya elchisi imzolagan maxfiy shartnomada qaysi 
chegaralar belgilandi? 
 Buxoro amirligi va Eron 
50. 1885-1887-yillardagi ingliz-rus komissiyasi qaysi hududlar chegara chizig’ini belgilashni 
nihoyasiga yetkazdi? 
 Buxoro amirligi va Afg’oniston 
51. Quyidagi xato javobni belgilang. 
 Afg’oniston va O’rta Osiyodagi chegara Amudaryo bo’ylab Vaxsh tumanidan o’tkazildi 
52. Qaysi yili Buxoro amirligi Rossiya protektoratiga aylandi? 
 1868-yil 
53. Protektorat so’zining ma’nosi nima? 
 lotincha-homiy 
54. Yuqori tabaqaga mansub kishi.Xiva xonligida xon qarindoshlari va yaqinlariga beriladigan 
unvon? 
 to’ra
Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling