9-sinf O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/19
Sana10.03.2020
Hajmi1.76 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19

 
 
15-Turkistonda harbiy-politsiya tartibotining o'rnatilishi (16) 
Savollar va javobi 
1. Turkiston o’lkasida mustamlaka tartiboti......g asoslangan edi. 
 harbiy kuch va keng tarmoqlangan politsiya tizimi 
2. Dastlabki poyezd qachon Samarqandga keldi? 
 1888-yil 
3. Qaysi yili temiryo’l Toshkent orqali Andijongacha qurib bitkazildi? 
 1899-yil 
4. Rossiya qurolli kuchlarining asosiy harbiy bazalari qayerda joylashgan edi? 
 Kavkaz 
5. Krasnovodskdan Andijongacha bo’lgan masofa qancha? 
 3 ming km dan ziyod 
6. Turkistonda XX asr boshlarida temiryo’llarning nafaqat harbiy balki iqtisodiy ahamiyatini 
ko’targan sabablarni aniqlang. 
 A va B 
7. O’rta Osiyoda 1899-yil qurilgan temiryo’l qaysi shaharlarni birlashtirgan edi? 
 Toshkent-Andijon 
8. Rus hukumati tomonidan qachon “Davlat tartiboti va jamoat osoyishtaligini qo’riqlashga 
qaratilgan chora-tadbirlar to’g’risidagi Nizom” e’lon qilindi? 
 1881-yil 
9. Qaysi yillar oralig’i Turkiston “kuchaytirilgan qo’riqlov” va “favqulodda qo’riqlov” holatida 
bo’ldi? 
 1892-1916-yillar 
10. Rus hukumati tomonidan qabul qilingan “Davlat tartiboti va jamoat osoyishtaligini qo’riqlashga 
qaratilgan chora-tadbirlar to’g’risidagi Nizom”ga muvofiq kelmaydigan javobni aniqlang. 
 uyezd politsiyasi boshlig’i har qanday odamni 17 kun qamoqqa olishga yoki jarimaga tortish 
vakolatiga ega bo’lgan 
11. 1882-1884-yillarda Turkiston o’lkasini tekshirgan rus imperatori maxfiy maslahatchisini 
aniqlang. 
 Girs 
12. 1882-1884-yillarda Turkiston o’lkasini tekshirgan Girs o’lkada qancha kishi yashashini 
aniqlagan edi? 
 2404000 kishi 
13. Turkiston aholisini armiyaga chaqirmaslik siyosatini yoqlab chiqqan amaldor kim? 
 Girs 
14. 1882-1884-yillarda Turkiston o’lkasini tekshirgan Girs o’lkada jami aholining qanchasi erkak 
kishi ekanligini aniqlagan edi? 
 1200000 kishi 
15. Quyidagi qaysi so’z nemischa “ma’muriyat” degan ma’noni anglatadi? 
 politsiya 

 
16. Uyezd politsiyasi boshlig’i bu …. 
 ispravnik
 
 
16-XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkistonda iqtisodiy-ijtimoiy hayot (18) 
Savollar va javobi 
1. Turkistonda ayniqsa qaysi sanoat sohasi uchun paxta yetishtirish ko’paydi? 
 to’qimachilik 
2. Turkistonda rus bosqinidan keyin g’allaning tanqisligiga olib kelgan sababni aniqlang. 
 paxtaning ko’p yetishtirilishi 
3. 1967-1900-yillarda Turkiston general-gubernatorligida qancha sanoat korxonasi ishga 
tushirilgan? 
 175 ta 
4. Turkiston general-gubernatorligi korxonalarida ish kuni necha soat bo’lgan? 
 16 soat 
5. 1967-1900-yillarda Turkiston general-gubernatorligida ishga tushirilgan 175 ta sanoat 
korxonasida qancha ishchi ishlagan? 
 20 ming 
6. Quyidagi xato ma’lumotni aniqlang. 
 Turkiston general-gubernatorligi korxonalarida ish kuni 15 soat bo’lgan 
7. Turkistonda hunarmandlar mahsuloti bozorining kasodga uchrash sababini aniqlang. 
 Rossiya imperiyasining markaziy rayonlarida ishlab chiqilgan sanoat mahsulotlarining o’lkaga 
kirib kelishi 
8. Rossiya imperiyasining Turkiston borasidagi barcha rejalari …..ni rivojlantirishga qaratilgan edi. 
 paxtachilik 
9. Turkistonda chorvachilik va chorva mahsulotlarining kamayishiga olib kelgan sababni aniqlang. 
 paxta maydonlarining kengaytirilishi 
10. Turkistonda chorvachilik va chorva mahsulotlarining kamayishi ayniqsa qaysi hududda yaqqol 
sezilgan? 
 Farg’ona vodiysi 
11. Turkistonda Rossiya imperiyasi uchun paxta yetishtiriladigan eng muhim markazlarni aniqlang. 
 Farg’ona, Sirdaryo, Samarqand 
12. Qaysi yildan Turkistonda paxtaning Amerika navi ekila boshlandi? 
 1884-yil 
13. Sirdaryo magistral kanalini bunyod etish ishlari qachon boshlandi? 
 1911-yil 
14. Sirdaryo magistral kanalini bunyod etish ishlari qachon yakunlandi? 
 1913-yil 
15. Sirdaryo magistral kanali qaysi yillar bunyod etilgan? 
 1911-1913-yillar 
16. Turkistonda sug’orilish ishlarining ko’pi bajarilmay qolib ketgan hududlar xato berilgan javobni 
aniqlang. 
 Sirdaryo viloyati 
17. Rossiya mustamlakachi hukumati uchun Turkiston o’lkasida neft va oltindan keyingi o’rinda 
turuvchi yuqori daromadli xomashyoni aniqlang. 
 paxta 
18. Qaysi yillarda Turkiston general-gubernatorligiga 175 ta sanoat korxonasi sihga tushirilgan? 
 1867-1900-yillar
 
 
17-Turkistonda milliy ozodlik harakatlarining boshlanishi va sabablari (17) 

 
Savollar va javobi 
1. XIX asr oxirida Turkistonda rus hukmronligiga qarshi qo’zg’alonlarning asosiy 
harakatlantiruvchi kuchlarini aniqlang. 
 dehqonlar, hunarmandlar 
2. XIX asr oxirida Turkistonda rus hukumatiga qarshi qo’zg’alonlarda ishtirok etgan aholi 
qatlamlari xato berilgan javobni toping. 
 mingboshilar, ellikboshilar 
3. Yetimxon qo’zg’aloni qachon va qayerda bo’lib o’tdi? 
 1878-yil-Mingtepa 
4. Qachon mahalliy aholi Farg’ona viloyati boshqarmasi binosi oldiga ochiqchasiga norozilik 
bildirib yig’ildi? 
 1879-yilning kuzi 
5. 1879-yilning kuzida nima uchun mahalliy aholi Farg’ona viloyati boshqarmasi binosi oldiga 
ochiqchasiga norozilik bildirib yig’ildi? 
 A va B 
6. 1880-yil noyabrida qayerda qo’zg’alon ko’tarildi? 
 Xo’jand uyezdida 
7. Mingtepa bu hozirgi qaysi tumanga to’g’ri keladi? 
 Marhamat 
8. 1880-yilning noyabrida hamma soliqlarni to’laganlariga qaramay, Xo’jand uyezdi boshlig’i 
Xo’jand va O’ratepa tumanlaridagi aholidan qo’shimcha yer solig’I olinadi deb e’lon qiladi.Sabr-
kosasi to’lgan xalq kimlar boshchiligida uyezd boshlig’ining mahkamasiga borishadi? 
 Rahmonqulixoji, Mirkarimboy 
9. Farg’ona vodiysining qachon va qayerida aholi ma’murlarga qarshi bosh ko’tarib, uyezd 
boshlig’ining uyini o’rab oldilar? 
 1882-yilning boshlari-Namangan 
10. Qachon Farg’ona vodiysida rus ma’mulariga qarshi qo’zg’alonlar avj oldi? 
 1885-yilning yozi 
11. Darvishxon qo’zg’aloni qachon va qayerda ko’tarildi? 
 1885-yilning yozi-Andijon 
12. Kim boshchiligidagi qo’zg’alonda qo’zg’alonchilar kurash usullarini o’zgartirib, boylar va 
volost boshliqlarining qarorgohlariga hujum uyushtirdilar? 
 Darvishxon 
13. Qachon Namangan uyezdining Oqsuv-Shaxrixon volostidagi qishloqlarda aholining 
mingboshilar saylovlaridagi noroziligi oshkora qo’zg’alonga aylanib ketdi? 
 1896-yil 
14. Namangan uyezdining Oqsuv-Shaxrixon volostidagi qishloqlarda aholining mingboshilar 
saylovlaridagi noroziligi oshkora qo’zg’alonga aylanib ketgan qishloqlar xato berilgan javobni 
aniqlang. 
 Yangibozor 
15. 1896-yilda Namangan uyezdining qaysi volostida aholining mingboshilar saylovlaridagi 
noroziligi oshkora qo’zg’alonga aylanib ketdi? 
 Oqsuv-Shaxrixon 
16. Quyidagi xato ma’lumotni toping. 
 mustamlakachilar oddiy fuqarolarni ma’murlarga qarshilik ko’rsatgan taqdirda bevosita 
konstitutsion sudga bera boshladilar 
17. Mustamlakachilar oddiy fuqarolarni qachondan ma’murlarga qarshilik ko’rsatgan taqdirda 
bevosita harbiy dala sudiga bera boshladilar? 
 1892-yil
 
 
18-Toshkentda vabo isyoni (31) 

 
Savollar va javobi 
1. Qachon Afg’onistonda vabo kasalligi tarqaldi? 
 1892-yil martida 
2. 1892-yil bahor faslining oxirlarida qayerda vabo kasalligi qayd qilingan? 
 Samarqand viloyatining Jizzax uyezdida 
3. 1892-yilning 7-iyunida qayerda vabo kasalligi tarqaldi? 
 Toshkentda 
4. Toshkent shahar ma’muriyati vabo kasalligiga qarshi tadbirlar qatorida shahardagi necha 
qabristonni yopib qo’ydi? 
 12 ta 
5. Toshkentning Eski shahridagi xalqparvar, mustamlakachilarga yoqmaydigan oqsoqolni aniqlang. 
 Inog’omxo’ja Umriyoxo’jayev 
6. Toshkentda ko’tarilgan «Vabo isyoni »ga sabablar xato berilgan javobni aniqlang. 
 Toshkent oqsoqolining vabo kasali bilan og’rib vafot etgan odamni vabo uchun ochilgan shahar 
chekkasidagi qabristonga ko’mishni buyurgani 
7. 1892-yildagi Turkistondagi norozilik harakatlarini keltirib chiqargan asosiy sabab, birinchidan.... 
 mahalliy aholiga nisbatan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan mustamlakachilik jabr-zulmining 
tobora kuchayib borayotganligi 
8. 1892-yildagi Turkistondagi norozilik harakatlarini keltirib chiqargan asosiy sabab, ikkinchidan.... 
 xalq ommasining og’ir ahvoli, hunarmand kosiblar va mardikorlarning ayovsiz ishlatilishi 
9. 1892-yildagi Turkistondagi norozilik harakatlarini keltirib chiqargan asosiy sabab, 
uchinchidan.... 
 istemol mahsulotlari narxlarining to’xtovsiz oshib borishi 
10. 1892-yildagi Turkistondagi norozilik harakatlarini keltirib chiqargan asosiy sabab, 
to’rtinchidan.... 
 amaldorlarning o’z mansablarini suiistemol qilishi, poraxo’rligi 
11. « Vabo isyoni» qachon va qayerda bo’lib o’tdi ? 
 1892-yil-Toshkent 
12. “Vabo isyoni”ning yana bir nomi qanday ataladi? 
 “toshotar voqeasi” 
13. “Vabo isyoni” nomini olgan qo’zg’alon Toshkentda qachon boshlandi? 
 1892-yil 24-iyun 
14. “Vabo isyoni” qo’zg’alonchilari asosan kimlardan iborat edi? 
 mardikorlar va hunarmand kosiblar 
15. “Vabo isyoni” qo’zg’aloni qaysi voqeadan keyin boshlandi? 
 mahalliy aholining noinsof, poraxo’r va so’dxo’rlarga, hokimiyatni suiistemol qilish bilan 
tanilgan Toshkent shahri bosh oqsoqoliga noroziligi bilan boshlandi 
16. “Vabo isyoni” ni o’z ko’zi bilan ko’rgan zamondoshi bu voqea haqida aytgan gaplari xato 
berilgan javobni toping. 
 “olomon taxminan 500 kishi atrofida edi” 
17. “Vabo isyoni” boshlanishi davrida Toshkentning Eski shahrida oqsoqol kim edi? 
 Muhammad Yoqub 
18. Orenburgdan Toshkentga qadar temiryo’l qachon qurib bitkazildi? 
 1905-yil 
19. 1888-yil dastlabki poyezd Turkistonning qayeriga keldi? 
 Samarqand 
20. Raim qal’asi qachon qurildi? 
 1847-yil 
21. Raim qal’asining yana bir nomi? 
 Orol 
22. Xivada Muhammad Aminxon madrasasi qachon qurildi? 

 
 1851-1855-yillar 
23. 1853-yil....... 
 Orenburg general-gubernatori Perovskiy tomonidan Oqmachit qal’asi egallandi 
24. “Vabo isyoni” boshlanishi davrida Toshkent shahar boshlig’i kim edi? 
 Putinsev 
25. Olomondan qo’rqib ketgan Eski shahar oqsoqoli Muhammad Yaqub yordam so’rab kimning 
huzurida bekinishga majbur bo’ladi? 
 Putinsev 
26. “Vabo isyoni” davrida Toshkent xalqi kimni do’pposlab, mahkamani ostin-ustun qilib 
tashlashadi? 
 Putinsev 
27. Toshkentdagi “Vabo isyoni”ni bostirish uchun qanday harbiy qismlar chaqirildi? 
 kazaklar polki va 1 rota askar 
28. Turkistonda kuchga kirgan “Harbiy holatda deb e’lon qilingan joylar haqida Qoida” qachon 
joriy etildi? 
 1892-yil 18-iyun 
29. Turkistonda kuchga kirgan “Harbiy holatda deb e’lon qilingan joylar haqida Qoida” joriy 
etilgach Turkiston general-gubernatori ega bo’lgan vakolatlarni ko’rsating. 1.majlis-yig’inlarni 
tarqatish 2.savdo-sanoat korxonalarini yopish 3.matbuot organlarini taqiqlash 4.istalgan odamni 
surgun qilish 5.jarima solish 6.chet el bilan aloqa qilish 7.askar to’plash 8.savdo bojini ko’paytirish 
9.aholini sud qilish 
 1,2,3,4,5 
30. Turkistonda “favqulodda muhofazada” deb e’lon qilingan joylarda butun hokimiyat kimning 
qo’liga o’tdi? 
 A va C 
31. Qachon Ernazarbiy boshchiligida qoraqalpoqlar qo’zg’aloni bo’lib o’tdi? 
 1855-1856-yillar
 
 
19-Andijon qo'zg'oloni (47) 
Savollar va javobi 
1. Rus hukumatining qaysi hujjatining asosiy maqsadi Turkiston o’lkasida yer masalasini rus 
mustamlakachilik manfaatlariga moslashtirish bo’lgan? 
 1886 yilgi “Nizom” 
2. Podsho ma’murlari mahalliy xalqqa tegishli yerlarning katta qismini tortib olib, Rossiyadan 
ko’chib kelganlar uchun yer fondi tashkil etdi.Bunday siyosat ayniqsa qaysi hududda aholining 
ahvolini yomonlashtirib yubordi? 
 Farg’ona 
3. Turkistonda aholi zich joylashgan, sug’orma ekin maydonlari kam bo’lgan hududni aniqlang. 
 Farg’ona vodiysi 
4. Qachon Rossiyadan Farg’onaga ko’plab aholi ko’chirib kelindi? 
 1891-yil 
5. XIX asr oxirida Turkistonda din peshvolarining keskin noroziligini keltirib chiqargan rus 
hukumatining siyosatini aniqlang. 
 A va B 
6. Andijon qo’zg’aloni qachon bo’lib o’tdi? 
 1898-yil 
7. 1898-yilgi Andijon qo’zg’aloni haqida xato ma’lumotni toping. 
 Dukchi Eshon 1845-1898-yillarda yashab o’tgan 
8. XIX asrda Turkistonda rus ma’murlariga qarshi ko’tarilgan qo’zg’alon rahbarlaridan qaysi biri 
oddiy fizikaviy holatlardan foydalanib, sodda xalq o’rtasida mo’jizalar ko’rsatgan? 

 
 Dukchi Eshon 
9. Qachon Farg’ona vodiysining turli joylarida Muhammad Ali boshchiligida qo’zg’alon bo’lishi 
haqida gaplar tarqaldi? 
 1898-yilning bahori 
10. Andijonda mahalliy aholining mustamlakachilik jabr-zulmiga qarshi norozilik harakatlarining 
oshkora qo’zg’alon ko’rinishida boshlanib ketishiga nima sabab bo’ldi? 
 1898-yil 17-may kuni Muhammad Ali o’z odamlari orqali atrofidagi qishloqlarga xabar tarqatib, 
qo’zg’alon ko’tarish vaqti kelganligini e’lon qilishi sabab bo’ldi 
11. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilar qaysi qishloqdagi telegraf simlarni qirqib 
tashlashdi? 
 Tojikqishloq 
12. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilar qayerning pristavini o’ldirdilar? 
 Asaka 
13. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilar ikkiga bo’linib, ularning biriga kim rahbarlik 
qiladi? 
 Ziyovuddin mahsum 
14. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilar qaysi qishloqqa borganlarida ularning 
saflariga yana 200 kishi qo’shildi? 
 Qutchi 
15. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilar qaysi qishloqqa borganlarida ularning 
saflariga mingboshi G’oyibnazar o’z odamlari bilan qo’shildi? 
 Qo’yli 
16. Qachon Muhammad Ali o’z odamlari orqali atrofidagi qishloqlarga xabar tarqatib, qo’zg’alon 
ko’tarish vaqti kelganligini e’lon qildi? 
 1898-yil 17-may 
17. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilar Qutchi qishlog’iga borganlarida ularning 
saflariga qancha kishi qo’shildi? 
 200 kishi 
18. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilar Qo’yli qishlog’iga borganlarida ularning 
saflariga kim o’z odamlari bilan qo’shildi? 
 mingboshi G’oyibnazar 
19. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilar qayerdagi rus harbiy kazarmasiga hujum 
qilishdi? 
 Andijon 
20. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilarning Andijondagi rus harbiy kazarmasiga 
hujumi tafsilotlari xato berilgan javobni toping. 
 qo’zg’alonchilarning 9 tasi yarador qilindi 
21. Muhammad Ali qo’zg’aloni Andijonning qaysi qismida ayniqsa vahima uyg’otdi? 
 Yangi shahar 
22. Muhammad Ali qo’zg’alonidan qo’rqib, ko’chaga chiqmay o’z uyidan telefon orqali harbiy 
kuchlarni chaqirgan tumanboshi kim? 
 Konshevskiy 
23. Muhammad Ali qo’zg’alonini bostirish uchun rus harbiy qismlari necha soat ichida Andijonga 
yetib kelishdi? 
 3 soat 
24. Muhammad Ali qo’zg’aloni boshlangan paytda Turkiston general-gubernatori kim edi? 
 Vrevskiy 
25. Andijondagi 1898-yil qo’zg’alonidan keyin Nikolay II Turkiston general-gubernatori general-
leytenant …….ni lavozimidan chetlatdi? 
 Vrevskiy 
26. Andijondagi 1898-yil qo’zg’alonidan keyin Nikolay II Turkiston general-gubernatori general-
leytenant Vrevskiyni lavozimidan chetlatib, bu vazifani vaqtinchalik kimning zimmasiga yukladi? 

 
 Korolkov 
27. Quyidagi xato javobni toping. 
 1898-yilgacha Korolkov Samarqand viloyatining harbiy gubernatori edi 
28. Korolkov 1898-yil 20-may kuni qo’zg’alon ko’tarilishining oldini ololmagani uchun qaysi 
viloyat harbiy gubernatori va bir qancha amaldorlarini lavozimidan bo’shatdi? 
 Farg’ona 
29. Korolkov qachon qo’zg’alon ko’tarilishining oldini ololmagani uchun Farg’ona viloyat harbiy 
gubernatori va bir qancha amaldorlarini lavozimidan bo’shatdi? 
 1898-yil 20-may 
30. Muhammad Ali qo’zg’alonini bostirilgach qancha kishi hibsga olindi? 
 2000 kishi 
31. Muhammad Ali qo’zg’alonini bostirilgach qo’zg’alonchilardan qancha kishi o’lim jazosiga 
hukm qilindi? 
 380 kishi 
32. Qaysi harbiy vazir Turkiston general-gubernatori Duxovskoyga qo’zg’alonchilarni o’ldirish 
ko’paymasligi to’g’risida telegramma jo’natdi? 
 Kuropotkin 
33. 1898-yilda vaqtinchalik Turkiston general-gubernatorlik vazifasi topshirilgan Korolkov kim 
edi? 
 Sirdaryo viloyati harbiy gubernatori 
34. Dukchi Eshon qo’zg’alonchilar safida qancha kishiga o’lim jazosi berildi? 
 22 kishiga 
35. Duxovskoyga Andijon qo’zg’alonchilariga berilgan o’lim jazosini katorga va qamoq jazosiga 
almashtirish haqida ko’rsatmani kim bergan? 
 harbiy vazir 
36. Quyidagi xato javobni toping. 
 Andijon qo’zg’alonchilaridan 3 ming kishi hibsga olindi 
37. Muhammad Ali qo’zga’lonidan keyin yana qachon Farg’ona vodiysida yangi qo’zg’alon bo’lib 
o’tdi? 
 1899-yil 20-iyul 
38. Rossiya imperiyasi uchun eng notinch, to’xtovsiz norozilik harakatlari va qo’zg’alon bo’lib 
turgan hududni aniqlang. 
 Turkiston 
39. Dukchi Eshon qo’zg’aloni yengilish sabablari xato berilgan javobni aniqlang. 
 zamonaviy qurollar bo’la turib, undan foydalana bilishmadi 
40. Chibil bo’lis qayerdagi qo’zg’alonchilarga boshchilik qildi? 
 Ketmontepa va Ko’gart 
41. Dukchi Eshon qo’zg’aloni yengilish sabablari xato berilgan javobni aniqlang. 
 qo’zg’alonda barcha tabaqa ishtirok etsa ham , ba’zi tabaqalarning ruslar tomoniga o’tib ketishi 
42. Dindorlar orasida obro’ qozongan diniy rahnamo unvoni bu..... 
 eshon 
43. Forscha yig, dug ma’nolarini anglatadigan so’z bu…. 
 dukchi 
44. Kazarma so’zi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni anglatadi? 
 italyancha-uycha 
45. Jinoyatlar uchun og’ir mehnat sharoitida jazoni o’tash joyi bu…. 
 katorga 
46. Harbiy qism joylashtirilgan maxsus bino bu…. 
 kazarma 
47. Charxning yigirilayotgan ,ip o’rab boriladigan qismi.Duk yasovchi hunarmand …..deyilgan. 
 dukchi
 
 

 
20-21-Milliy-ozodlik harakati ahamiyati va Qoraqalpoqlar XIX asr o'rtalarida 
(29) 
Savollar va javobi 
1. XIX asrning II-yarmida Turkistonda bo’lib o’tgan milliy-ozodlik harakatlarida qatnashgan 
qatlamlarini aniqlang. 
 barcha javoblar to’g’ri 
2. XIX asrning II-yarmida vatanimiz tarixida milliy-ozodlik harakatlariga bosh bo’lgan yetakchilar 
nomlari xato berilgan javobni aniqlang. 
 Muhammad Yaqub 
3. Tarixan qoraqalpoqlarning yashagan hududlari ketma-ketlikda berilgan javobni aniqlang. 
 Ural-Volgabo’yi-Orol atrofi-Sirdaryoning quyi oqimi 
4. Qoraqalpoqlar qachondan muqim hayot raziga o’ta boshladilar? 
 XIX asr boshlari 
5. Qoraqalpoqlar nima sababdan Xiva xonligi fuqaroligiga o’tdilar? 
 goh qozoqlar, goh turkmanlar hujumlariga uchrab 
6. XIX asr boshlarida qoraqalpoqlar qayerda muqim hayot tarziga o’ta boshladi? 
 Amudaryo havzasi, Orolning janub va janubi-g’arb tomonlarida 
7. Qoraqalpoqlar o’troq hayot tarziga o’ta boshlagach, qaysi soha qoraqalpoqlar hayotida asosiy 
o’rinni egallay boshladi? 
 dehqonchilik 
8. Qoraqalpoqlar hayotida yetakchi sohalardan biri bo’lib qolgan sohani aniqlang. 
 chorvachilik 
9. XIX asr o’rtalarida qoraqalpoqlar soni qancha edi? 
 100 ming 
10. Qoraqalpoqlar haqida xato ma’lumotni aniqlang. 
 Qoraqalpoqlarda chorva xususiy mulk bo’lmagan, unga urug’ tamg’asi urilgan 
11. “Qoraqalpoq ulusi”ni shakllantirgan Xiva xonini aniqlang. 
 Muhammad Rahimxon I 
12. Qoraqalpoqlarda urug’lar va qabilalar ancha yirik guruhlarga birlashtirilib, ularni boshqarish 
uchun xon saroyining oliy amaldorlari-…..tayinlangan. 
 otaliq va beklarbegi 
13. Qoraqalpoqlarda Xiva xonlarining alohida homiyligida bo’lgan mansab egalari xato berilgan 
javobni aniqlang. 
 ulusbegi 
14. Qoraqalpoqlarda qozilar kimlarning nazorati ostida bo’lishgan? 
 ruhoniylar 
15. Qoraqalpoqlar orasida sudlar turini aniqlang. 
 qozilar sudi, biylar sudi 
16. Qoraqalpoqlar qachondan o’troqlashib, dehqonchilik ular hayotida asosiy o’rin egallay 
boshladi? 
 XIX asrning II-yarmi 
17. Qoraqalpoqlarda dehqonchilik va chorvachilikdan tashqari muhim o’rin egallagan sohalarni 
aniqlang. 
 baliqchilik va ovchilik 
18. Qaysi hududlarda baliqlar serob bo’lib, Qoraqalpoqlar oilalari va urug’lari uchun asosiy 
tirikchilik manbai edi? 
 Amudaryo bo’ylari va Orol dengizi atrofidagi ko’llar 
19. Qoraqalpoqlarda guldor namatlar nimadan to’qilgan? 
 tuya junidan 
20. Qoraqalpoqlar qaysi sohada qo’li gul usta bo’lishgan? 

 
 yog’och va suyakka ishlov berish 
21. “O’n to’rt urug’”ni tashkil qilgan qoraqalpoq qabilalari xato berilgan javobni toping. 
 shulluk 
22. Qoraqalpoqlarda Aris qo’ng’irotlar qaysi qabilalarni birlashtirgan? 
 shulluk va joungur 
23. Qoraqalpoqlarda harbiy kuch borasida II-o’rinda turgan urug’ni aniqlang. 
 shulluk va joungur 
24. Qoraqalpoqlarda yer-suv mulki va chorva mahsulotlarining katta ulushini tasarrufiga olgan 
tabaqalar xato berilgan javobni aniqlang. 
 eshonlar 
25. Qoraqalpoqlarda qachon tabaqalanish jarayoni kuchaydi? 
 XIX asrning II-yarmi 
26. Qoraqalpoqlarda urug’larni boshqarish kimlarning qo’lida bo’lgan? 
 biy va oqsoqollar 
27. Beklarbegi lavozimi qachon ta’sis etilgan? 
 XIX asrning II-yarmi 
28. XIX asrning II-yarmida qoraqalpoqlarda tabaqalanish jarayonining kuchayishini yanada 
tezlashtirgan sababni aniqlang. 
 qoraqalpoq yer-suv mulki , chorva mahsulotlarining katta ulushi urug’ oqsoqollari, ruhoniylari 
va biylarning qo’lida to’planishi 
29. XIX asrning II-yarmida butun qoraqalpoq urug’larini boshqarish, soliqlarni undirish, harbiy 
xizmatni o’tash majburiyatlariga doir ishlarni tartibga solish maqsadida qanday lavozim tayin 
etilgan? 
 beklarbegi
 
 
22-Soliq va majburiyatlar_Xalq qo'zg'olonlari (23) 
Savollar va javobi 
1. Qoraqalpoqlardan olinadigan yer solig’i bu….. 
 solg’ut 
2. Qoraqalpoqlardan ruhoniylar foydasiga olinadigan soliq bu…… 
 ushr 
3. Urush paytlarida qoraqalpoqlar qanday soliq to’laganlar? 
 qozon puli 
4. XIX asrning II-yarmida qoraqalpoqlarda aholidan 40 bosh qoramol uchun pul hisobida qancha 
miqdorda zakot olingan? 
 9 so’m 
5. Qoraqalpoqlarda chorvachilik bilan shug’ullangan har bir oila chorva mollarining qancha qismini 
zakot solig’i tariqasida to’lashgan? 
 1/40 
6. Qoraqalpoqlar qatnashgan ariq qazish majburiyati necha kun davom etgan? 
 12 kun 
7. Qoraqalpoqlarning har bir jamoasi Xiva xonligiga qancha askar yetkazib berishi shart bo’lgan? 
 1000 tadan-2000 tagacha 
8. Qoraqalpoqlarda askar yetkazib bera olmagan jamoalardan qancha miqdorda pul yig’ilgan? 
 180 ming so’mdan 250 ming so’mgacha 
9. 1845-1855-yillarda hukmaronlik qilgan Xiva xonini aniqlang. 
 Muhammad Aminxon 
10. Qoraqalpoqlarning Xiva xonligiga qarshi Ernazarbiy qo’zg’aloni qachon boshlangan? 
 1855-yil 
11. Qoraqalpoqlarning Xiva xonligiga qarshi qo’zg’aloni rahbari Ernazarbiy qaysi qabiladan 

 
bo’lgan? 
 qo’ldovli 
12. Ernazarbiy Rossiya ta’sirida bo’lgan qozoq urug’ boshliqlaridan kimni xon qilib ko’tarish va 
natijada imperiya tobeligiga o’tishga intildi? 
 Zarliq 
13. Xiva taxtiga 1856-yilda kim o’tirgan? 
 Said Muhammad 
14. Ernazarbiy qo’zg’alonini bostirish uchun otlangan Xiva sarkardasi kim? 
 Muhammadniyoz 
15. 1858-1859-yillarda qoraqalpoqlarning Xiva xonligiga qarshi ko’targan qo’zg’alon markazini 
aniqlang. 
 Qo’ng’irot 
16. 1858-1859-yillarda qoraqalpoqlarning Xiva xonligiga qarshi ko’targan qo’zg’alonini qaysi 
sarkarda bostirgan? 
 Otamurod 
17. Bobo Go’klan qo’zg’aloni qaysi yillari bo’lib o’tgan? 
 1881-1891-yillar 
18. Ernazarbiyning o’zi qurdirgan qo’rg’oni qaysi? 
 Qozoqdaryo 
19. Bobo Go’klan qo’zg’aloni qaysi volostlarda bo’lib o’tgan? 
 Biybozor va Nukus 
20. Qoraqalpoq dehqonlarining ahvoli og’irlashuvi oqibatida 1900-yilda qaysi bekliklarda 
qo’zg’alon bo’lib o’tdi? 
 Nukus va Qo’ng’irot 
21. Qachonga kelib qoraqalpoqlar deyarli o’troq turmush kechira boshladilar? 
 XIX asrning 70-yillari 
22. Qoraqalpoqlar Amudaryoning har ikala qirg’og’ini o’zlashtirib, qaysi ekinlarni ekishgan? 
1.sholi 2.bug’doy 3.arpa 4.paxta 5.makkajo’xori 6.tariq 7.javdar 8.kanop 
 1,2,3,4 
23. Ernazarbiy qo’zg’alonidan ajralgan bir guruh qo’zg’alonchilar qaysi qal’adan panoh topishgan? 
 Oqmachit
Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling