9-sinf O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/19
Sana10.03.2020
Hajmi1.76 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19

 

 
 
18-Toshkentda vabo isyoni (31) 
Testlar 
1. Qachon Afg’onistonda vabo kasalligi tarqaldi? 
A) 1892-yil martida 
B) mayi 
C) 1892-yil apreli 
D) 1892-yil fevralda 
2. 1892-yil bahor faslining oxirlarida qayerda vabo kasalligi qayd qilingan? 
A) Samarqand viloyatining Jizzax uyezdida 
B) Samarqand viloyatining Urgut uyezdida 
C) Toshkentda 
D) Afg’oniston 
3. 1892-yilning 7-iyunida qayerda vabo kasalligi tarqaldi? 
A) Samarqand viloyatining Urgut uyezdida 
B) Samarqand viloyatining Jizzax uyezdida 
C) Afg’oniston 
D) Toshkentda 
4. Toshkent shahar ma’muriyati vabo kasalligiga qarshi tadbirlar qatorida shahardagi necha 
qabristonni yopib qo’ydi? 
A) 13 ta 
B) 11 ta 
C) 10 ta 
D) 12 ta 
5. Toshkentning Eski shahridagi xalqparvar, mustamlakachilarga yoqmaydigan oqsoqolni aniqlang. 
A) Yusufxoji 
B) Rahmonqulixoji 
C) Inog’omxo’ja Umriyoxo’jayev 
D) Mirkarimboy To’raxo’ja o’g’li 
6. Toshkentda ko’tarilgan «Vabo isyoni »ga sabablar xato berilgan javobni aniqlang. 
A) aholi o’rtasida mustamlakachi ma’murlar suvni, shifokorlar esa bemorlarni qasddan 
zaharlayotgani, murdalarning qabrdan chiqarib tashlanayotgani to’g’risidagi mish-mishlar 
B) Toshkent oqsoqolining vabo kasali bilan og’rib vafot etgan odamni vabo uchun ochilgan shahar 
chekkasidagi qabristonga ko’mishni buyurgani 
C) sanitariya tadbirlari xalqqa ishonarli qilib tushuntirilmadi 
D) shifokor-feldsherlar yetishmasligi sababli bemorlarni tekshirish ko’pincha 3 yo 4-kuni o’tkazilar 
edi 
7. 1892-yildagi Turkistondagi norozilik harakatlarini keltirib chiqargan asosiy sabab, birinchidan.... 
A) amaldorlarning o’z mansablarini suiistemol qilishi, poraxo’rligi 
B) xalq ommasining og’ir ahvoli, hunarmand kosiblar va mardikorlarning ayovsiz ishlatilishi 
C) mahalliy aholiga nisbatan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan mustamlakachilik jabr-zulmining 
tobora kuchayib borayotganligi 
D) istemol mahsulotlari narxlarining to’xtovsiz oshib borishi 
8. 1892-yildagi Turkistondagi norozilik harakatlarini keltirib chiqargan asosiy sabab, ikkinchidan.... 
A) amaldorlarning o’z mansablarini suiistemol qilishi, poraxo’rligi 
B) istemol mahsulotlari narxlarining to’xtovsiz oshib borishi 
C) xalq ommasining og’ir ahvoli, hunarmand kosiblar va mardikorlarning ayovsiz ishlatilishi 
D) mahalliy aholiga nisbatan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan mustamlakachilik jabr-zulmining 
tobora kuchayib borayotganligi 
9. 1892-yildagi Turkistondagi norozilik harakatlarini keltirib chiqargan asosiy sabab, 

 
uchinchidan.... 
A) istemol mahsulotlari narxlarining to’xtovsiz oshib borishi 
B) amaldorlarning o’z mansablarini suiistemol qilishi, poraxo’rligi 
C) mahalliy aholiga nisbatan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan mustamlakachilik jabr-zulmining 
tobora kuchayib borayotganligi 
D) xalq ommasining og’ir ahvoli, hunarmand kosiblar va mardikorlarning ayovsiz ishlatilishi 
10. 1892-yildagi Turkistondagi norozilik harakatlarini keltirib chiqargan asosiy sabab, 
to’rtinchidan.... 
A) mahalliy aholiga nisbatan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan mustamlakachilik jabr-zulmining 
tobora kuchayib borayotganligi 
B) xalq ommasining og’ir ahvoli, hunarmand kosiblar va mardikorlarning ayovsiz ishlatilishi 
C) amaldorlarning o’z mansablarini suiistemol qilishi, poraxo’rligi 
D) istemol mahsulotlari narxlarining to’xtovsiz oshib borishi 
11. « Vabo isyoni» qachon va qayerda bo’lib o’tdi ? 
A) 1878-yil-Mingtepa 
B) 1898-yil-Andijon 
C) 1885-yil-Andijon 
D) 1892-yil-Toshkent 
12. “Vabo isyoni”ning yana bir nomi qanday ataladi? 
A) “sapyorlar voqeasi” 
B) “sharq fojeasi” 
C) “uzun pichoqlar tuni” 
D) “toshotar voqeasi” 
13. “Vabo isyoni” nomini olgan qo’zg’alon Toshkentda qachon boshlandi? 
A) 1892-yil 24-iyul 
B) 1892-yil 24-iyun 
C) 1892-yil 24-sentyabr 
D) 1892-yil 24-avgust 
14. “Vabo isyoni” qo’zg’alonchilari asosan kimlardan iborat edi? 
A) dehqonlar va savdogarlar 
B) dehqonlar va hunarmandlar 
C) hunarmandlar va chorvadorlar 
D) mardikorlar va hunarmand kosiblar 
15. “Vabo isyoni” qo’zg’aloni qaysi voqeadan keyin boshlandi? 
A) mahalliy aholining noinsof, poraxo’r va so’dxo’rlarga, hokimiyatni suiistemol qilish bilan 
tanilgan Toshkent shahri bosh oqsoqoliga noroziligi bilan boshlandi 
B) Toshkent aholisining to’g’ridan to’g’ri rus askarlariga hujumidan 
C) Toshkent aholisining o’lgan odamlarni dafn qilinishi uchun yana bir qabriston ochilishini so’rab 
murojatidan 
D) vabo kasalidan norozi bo’lgan aholining rus hukumatiga yo’llagan maktubining e’lon 
qilinishidan 
16. “Vabo isyoni” ni o’z ko’zi bilan ko’rgan zamondoshi bu voqea haqida aytgan gaplari xato 
berilgan javobni toping. 
A) “olomon taxminan 500 kishi atrofida edi” 
B) “olomonda o’qotar yoki zamonaviy qurollar yo’q edi” 
C) “olomon Putinsev huzuriga chora ko’rish to’g’risidagi talab bilan yo’lga tushdi” 
D) “qo’zg’alonchilarning maqsadi bo’layotgan kamsitilishlarni to’xtatishga erishish edi” 
17. “Vabo isyoni” boshlanishi davrida Toshkentning Eski shahrida oqsoqol kim edi? 
A) Mirkarimboy 
B) Putinsev 
C) Muhammad Yoqub 
D) Inog’omxo’ja Umriyoxo’jayev 

 
18. Orenburgdan Toshkentga qadar temiryo’l qachon qurib bitkazildi? 
A) 1888-yil 
B) 1890-yil 
C) 1905-yil 
D) 1889-yil 
19. 1888-yil dastlabki poyezd Turkistonning qayeriga keldi? 
A) Buxoro 
B) Samarqand 
C) Toshkent 
D) Andijon 
20. Raim qal’asi qachon qurildi? 
A) 1845-yil 
B) 1831-yil 
C) 1847-yil 
D) 1840-yil 
21. Raim qal’asining yana bir nomi? 
A) Qizilo’rda 
B) Gorgan 
C) Kaspiy 
D) Orol 
22. Xivada Muhammad Aminxon madrasasi qachon qurildi? 
A) 1852-1858-yillar 
B) 1851-1855-yillar 
C) 1850-1855-yillar 
D) 1851-1856-yillar 
23. 1853-yil....... 
A) Qo’qonda Xudoyorxon saroyining qurilishi boshlandi 
B) Ernazarbiy boshchiligida qoraqalpoqlar qo’zg’aloni bo’lib o’tdi 
C) Rus imperatori Aleksandr II Qo’qon xonligini bosib olish to’g’risida qaror qabul qildi 
D) Orenburg general-gubernatori Perovskiy tomonidan Oqmachit qal’asi egallandi 
24. “Vabo isyoni” boshlanishi davrida Toshkent shahar boshlig’i kim edi? 
A) Putinsev 
B) Muhammad Yoqub 
C) Inog’omxo’ja Umriyoxo’jayev 
D) Mirkarimboy 
25. Olomondan qo’rqib ketgan Eski shahar oqsoqoli Muhammad Yaqub yordam so’rab kimning 
huzurida bekinishga majbur bo’ladi? 
A) Rozenbax 
B) Putinsev 
C) Duxovskoy 
D) Korolkov 
26. “Vabo isyoni” davrida Toshkent xalqi kimni do’pposlab, mahkamani ostin-ustun qilib 
tashlashadi? 
A) Putinsev 
B) Rozenbax 
C) Korolkov 
D) Duxovskoy 
27. Toshkentdagi “Vabo isyoni”ni bostirish uchun qanday harbiy qismlar chaqirildi? 
A) kazaklar polki va 1 vzvod askar 
B) kazaklar polki va 11 eshelon askar 
C) kazaklar polki va 1 rota askar 
D) dashnoqlar va 11 eshelon askar 

 
28. Turkistonda kuchga kirgan “Harbiy holatda deb e’lon qilingan joylar haqida Qoida” qachon 
joriy etildi? 
A) 1892-yil mart 
B) 1892-yil 7-iyun 
C) 1892-yil 17 iyun 
D) 1892-yil 18-iyun 
29. Turkistonda kuchga kirgan “Harbiy holatda deb e’lon qilingan joylar haqida Qoida” joriy 
etilgach Turkiston general-gubernatori ega bo’lgan vakolatlarni ko’rsating. 1.majlis-yig’inlarni 
tarqatish 2.savdo-sanoat korxonalarini yopish 3.matbuot organlarini taqiqlash 4.istalgan odamni 
surgun qilish 5.jarima solish 6.chet el bilan aloqa qilish 7.askar to’plash 8.savdo bojini ko’paytirish 
9.aholini sud qilish 
A) 5,6,7,8,9 
B) 1,3,5,7,9 
C) 1,2,4,6,8 
D) 1,2,3,4,5 
30. Turkistonda “favqulodda muhofazada” deb e’lon qilingan joylarda butun hokimiyat kimning 
qo’liga o’tdi? 
A) general-gubernator 
B) A va C 
C) imperator 
D) bosh noib 
31. Qachon Ernazarbiy boshchiligida qoraqalpoqlar qo’zg’aloni bo’lib o’tdi? 
A) 1854-1855-yillar 
B) 1857-1858-yillar 
C) 1856-1857-yillar 
D) 1855-1856-yillar
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
 
19-Andijon qo'zg'oloni (47) 
Testlar 
1. Rus hukumatining qaysi hujjatining asosiy maqsadi Turkiston o’lkasida yer masalasini rus 
mustamlakachilik manfaatlariga moslashtirish bo’lgan? 
A) 1886 yilgi “Nizom” 
B) 1865 yilgi “Nizom” 
C) “Yer to’g’risida Dekret” 
D) 1867 yilgi “Nizom” 
2. Podsho ma’murlari mahalliy xalqqa tegishli yerlarning katta qismini tortib olib, Rossiyadan 
ko’chib kelganlar uchun yer fondi tashkil etdi.Bunday siyosat ayniqsa qaysi hududda aholining 
ahvolini yomonlashtirib yubordi? 
A) Farg’ona 
B) Xiva 
C) Toshkent 
D) Buxoro 
3. Turkistonda aholi zich joylashgan, sug’orma ekin maydonlari kam bo’lgan hududni aniqlang. 
A) Toshkent viloyati 
B) Farg’ona vodiysi 
C) Qashqadaryo vohasi 
D) Zarafshon vodiysi 
4. Qachon Rossiyadan Farg’onaga ko’plab aholi ko’chirib kelindi? 
A) 1892-yil 
B) 1893-yil 
C) 1891-yil 
D) 1890-yil 
5. XIX asr oxirida Turkistonda din peshvolarining keskin noroziligini keltirib chiqargan rus 
hukumatining siyosatini aniqlang. 
A) vaqf yerlarining tugatilishi 
B) vaqf yerlari katta qismining davlat yerlariga aylantirilishi 
C) A va B 
D) vaqf mulklarining qisqartirilishi 
6. Andijon qo’zg’aloni qachon bo’lib o’tdi? 
A) 1885-yil 
B) 1898-yil 
C) 1878-yil 
D) 1892-yil 
7. 1898-yilgi Andijon qo’zg’aloni haqida xato ma’lumotni toping. 
A) Dukchi Eshon mutaasib dindorlardan edi 
B) Dukchi Eshon 1845-1898-yillarda yashab o’tgan 
C) Dukchi Eshonning haqiqiy ismi Muhammad Ali edi 
D) qo’zg’alonga Dukchi Eshon rahbarlik qildi 
8. XIX asrda Turkistonda rus ma’murlariga qarshi ko’tarilgan qo’zg’alon rahbarlaridan qaysi biri 
oddiy fizikaviy holatlardan foydalanib, sodda xalq o’rtasida mo’jizalar ko’rsatgan? 
A) Yetimxon 
B) Darvishxon 
C) Dukchi Eshon 
D) Mirkarimboy 
9. Qachon Farg’ona vodiysining turli joylarida Muhammad Ali boshchiligida qo’zg’alon bo’lishi 
haqida gaplar tarqaldi? 

 
A) 1898-yilning yozi 
B) 1898-yilning kuzi 
C) 1898-yilning bahori 
D) 1898-yilning qishi 
10. Andijonda mahalliy aholining mustamlakachilik jabr-zulmiga qarshi norozilik harakatlarining 
oshkora qo’zg’alon ko’rinishida boshlanib ketishiga nima sabab bo’ldi? 
A) 1898-yil 19-may kuni Muhammad Ali o’z odamlari orqali atrofidagi qishloqlarga xabar tarqatib
qo’zg’alon ko’tarish vaqti kelganligini e’lon qilishi sabab bo’ldi 
B) 1898-yil 17-may kuni Muhammad Ali o’z odamlari orqali atrofidagi qishloqlarga xabar tarqatib, 
qo’zg’alon ko’tarish vaqti kelganligini e’lon qilishi sabab bo’ldi 
C) 1898-yil 19-may kuni Muhammad Ali va talabalarning ustiga madrasa minorasining ruslar 
tomonidan qulatilishi sabab bo’lgan 
D) 1898-yilning 27-may kuni Muhammad Alining rus askarlari tomonidan asir olinishidan keyin 
11. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilar qaysi qishloqdagi telegraf simlarni qirqib 
tashlashdi? 
A) Asaka 
B) Tojikqishloq 
C) Qo’yli 
D) Qutchi 
12. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilar qayerning pristavini o’ldirdilar? 
A) Asaka 
B) Qo’yli 
C) Qutchi 
D) Tojikqishloq 
13. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilar ikkiga bo’linib, ularning biriga kim rahbarlik 
qiladi? 
A) Yetimxon 
B) mingboshi G’oyibnazar 
C) Ziyovuddin mahsum 
D) Muhammad Yoqub 
14. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilar qaysi qishloqqa borganlarida ularning 
saflariga yana 200 kishi qo’shildi? 
A) Asaka 
B) Tojikqishloq 
C) Qo’yli 
D) Qutchi 
15. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilar qaysi qishloqqa borganlarida ularning 
saflariga mingboshi G’oyibnazar o’z odamlari bilan qo’shildi? 
A) Asaka 
B) Qo’yli 
C) Qutchi 
D) Tojikqishloq 
16. Qachon Muhammad Ali o’z odamlari orqali atrofidagi qishloqlarga xabar tarqatib, qo’zg’alon 
ko’tarish vaqti kelganligini e’lon qildi? 
A) 1898-yil 18-may 
B) 1898-yil 20-may 
C) 1898-yil 19-may 
D) 1898-yil 17-may 
17. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilar Qutchi qishlog’iga borganlarida ularning 
saflariga qancha kishi qo’shildi? 
A) 300 kishi 
B) 200 kishi 

 
C) 400 kishi 
D) 100 kishi 
18. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilar Qo’yli qishlog’iga borganlarida ularning 
saflariga kim o’z odamlari bilan qo’shildi? 
A) Ziyovuddin mahsum 
B) Yetimxon 
C) mingboshi G’oyibnazar 
D) Muhammad Yoqub 
19. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilar qayerdagi rus harbiy kazarmasiga hujum 
qilishdi? 
A) Tojikqishloq 
B) Andijon 
C) Qutchi 
D) Qo’yli 
20. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilarning Andijondagi rus harbiy kazarmasiga 
hujumi tafsilotlari xato berilgan javobni toping. 
A) qo’zg’alonchilarning 9 tasi yarador qilindi 
B) kazarma jangchilarining 22 tasi o’ldirildi 
C) qo’zg’alonchilarning 11 tasi halok bo’ldi 
D) kazarma jangchilarining 22 tasi yarador bo’ldi 
21. Muhammad Ali qo’zg’aloni Andijonning qaysi qismida ayniqsa vahima uyg’otdi? 
A) Yangi shahar 
B) Eski shahar 
C) zardo’zlar mahallasida 
D) Pichoqchilar mahallasida 
22. Muhammad Ali qo’zg’alonidan qo’rqib, ko’chaga chiqmay o’z uyidan telefon orqali harbiy 
kuchlarni chaqirgan tumanboshi kim? 
A) Putinsev 
B) Konshevskiy 
C) Korolkov 
D) Vrevskiy 
23. Muhammad Ali qo’zg’alonini bostirish uchun rus harbiy qismlari necha soat ichida Andijonga 
yetib kelishdi? 
A) 3 soat 
B) 5 soat 
C) 2 soat 
D) 4 soat 
24. Muhammad Ali qo’zg’aloni boshlangan paytda Turkiston general-gubernatori kim edi? 
A) Korolkov 
B) Kaufman 
C) Duxovskoy 
D) Vrevskiy 
25. Andijondagi 1898-yil qo’zg’alonidan keyin Nikolay II Turkiston general-gubernatori general-
leytenant …….ni lavozimidan chetlatdi? 
A) Kaufman 
B) Duxovskoy 
C) Korolkov 
D) Vrevskiy 
26. Andijondagi 1898-yil qo’zg’alonidan keyin Nikolay II Turkiston general-gubernatori general-
leytenant Vrevskiyni lavozimidan chetlatib, bu vazifani vaqtinchalik kimning zimmasiga yukladi? 
A) Duxovskoy 
B) Vrevskiy 

 
C) Korolkov 
D) Kaufman 
27. Quyidagi xato javobni toping. 
A) 1898-yilgi qo’zg’alondan keyin Nikolay II Turkiston general-gubernatori Vrevskiyni o’z 
lavozimidan chetlatdi 
B) Korolkov zimmasiga qo’zg’alonchilarni batamom yo’q qilishga qaratilgan jazo ekspeditsiyasiga 
shaxsan rahbarlik qilish topshirildi 
C) 1898-yilgacha Korolkov Samarqand viloyatining harbiy gubernatori edi 
D) 1898-yilgi qo’zg’alondan keyin Nikolay II Turkiston general-gubernatori vazifasini vaqtinchalik 
Korolkovga topshirdi 
28. Korolkov 1898-yil 20-may kuni qo’zg’alon ko’tarilishining oldini ololmagani uchun qaysi 
viloyat harbiy gubernatori va bir qancha amaldorlarini lavozimidan bo’shatdi? 
A) Turkiston 
B) Sirdaryo 
C) Samarqand 
D) Farg’ona 
29. Korolkov qachon qo’zg’alon ko’tarilishining oldini ololmagani uchun Farg’ona viloyat harbiy 
gubernatori va bir qancha amaldorlarini lavozimidan bo’shatdi? 
A) 1898-yil 17-may 
B) 1898-yil 22-may 
C) 1898-yil 25-may 
D) 1898-yil 20-may 
30. Muhammad Ali qo’zg’alonini bostirilgach qancha kishi hibsga olindi? 
A) 2000 kishi 
B) 3000 kishi 
C) 4000 kishi 
D) 1000 kishi 
31. Muhammad Ali qo’zg’alonini bostirilgach qo’zg’alonchilardan qancha kishi o’lim jazosiga 
hukm qilindi? 
A) 480 kishi 
B) 580 kishi 
C) 380 kishi 
D) 280 kishi 
32. Qaysi harbiy vazir Turkiston general-gubernatori Duxovskoyga qo’zg’alonchilarni o’ldirish 
ko’paymasligi to’g’risida telegramma jo’natdi? 
A) Konshevskiy 
B) Vrevskiy 
C) Korolkov 
D) Kuropotkin 
33. 1898-yilda vaqtinchalik Turkiston general-gubernatorlik vazifasi topshirilgan Korolkov kim 
edi? 
A) Turkiston viloyati harbiy gubernatori 
B) Samarqand viloyati harbiy gubernatori 
C) Amudaryo bo’limi harbiy gubernatori 
D) Sirdaryo viloyati harbiy gubernatori 
34. Dukchi Eshon qo’zg’alonchilar safida qancha kishiga o’lim jazosi berildi? 
A) 21 kishiga 
B) 23 kishiga 
C) 22 kishiga 
D) 20 kishiga 
35. Duxovskoyga Andijon qo’zg’alonchilariga berilgan o’lim jazosini katorga va qamoq jazosiga 
almashtirish haqida ko’rsatmani kim bergan? 

 
A) Saratov gubernatori 
B) Orenburg general-gubernator 
C) harbiy vazir 
D) imperator 
36. Quyidagi xato javobni toping. 
A) Andijon qo’zg’alonchilaridan 3 ming kishi hibsga olindi 
B) Andijon qo’zg’alonchilaridan 380 kishi o’lim jazosiga hukm qilindi 
C) Andijon qo’zg’alonchilariga berilgan o’lim jazosi katorga va qamoq jazosi bilan 
almashtirildi.Ammo 22 kishiga berilgan o’lim jazosi o’z kuchida qoldi 
D) Dukchi Eshon va uning safdoshlari sudsiz osib o'ldirildi 
37. Muhammad Ali qo’zga’lonidan keyin yana qachon Farg’ona vodiysida yangi qo’zg’alon bo’lib 
o’tdi? 
A) 1899-yil 10-iyun 
B) 1899-yil 20-iyul 
C) 1899-yil 10-iyul 
D) 1899-yil 20-iyun 
38. Rossiya imperiyasi uchun eng notinch, to’xtovsiz norozilik harakatlari va qo’zg’alon bo’lib 
turgan hududni aniqlang. 
A) Sibir 
B) Xiva 
C) Kavkaz 
D) Turkiston 
39. Dukchi Eshon qo’zg’aloni yengilish sabablari xato berilgan javobni aniqlang. 
A) qo’zg’alonchilar yaxshi qurollanmagan edilar 
B) qo’zg’alon o’lka bo’ylab keng tarqalmadi 
C) zamonaviy qurollar bo’la turib, undan foydalana bilishmadi 
D) qo’zg’alonda mahalliy aholining barcha tabaqalari ishtirok etmadi 
40. Chibil bo’lis qayerdagi qo’zg’alonchilarga boshchilik qildi? 
A) Ketmontepa va Urgut 
B) Ko’gart va Urgut 
C) Ajinatepa va Ko’gart 
D) Ketmontepa va Ko’gart 
41. Dukchi Eshon qo’zg’aloni yengilish sabablari xato berilgan javobni aniqlang. 
A) qo’zg’alonda barcha tabaqa ishtirok etsa ham , ba’zi tabaqalarning ruslar tomoniga o’tib ketishi 
B) qo’zg’alonda qat’iy tartib va intizomning yo’qligi 
C) qo’zg’alonning tarqoqligi, aniq reja ishlab chiqilmaganligi 
D) Chibil bo’lisning ayricha faoliyati 
42. Dindorlar orasida obro’ qozongan diniy rahnamo unvoni bu..... 
A) dukchi 
B) mutavalli 
C) kustar 
D) eshon 
43. Forscha yig, dug ma’nolarini anglatadigan so’z bu…. 
A) mutavalli 
B) dukchi 
C) kustar 
D) eshon 
44. Kazarma so’zi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni anglatadi? 
A) lotincha-harbiy ish 
B) italyancha-uycha 
C) inglizcha-bino 
D) fransuzcha-askarlar to’planadigan joy 

 
45. Jinoyatlar uchun og’ir mehnat sharoitida jazoni o’tash joyi bu…. 
A) qamoq 
B) turma 
C) surgun 
D) katorga 
46. Harbiy qism joylashtirilgan maxsus bino bu…. 
A) posad 
B) kazarma 
C) qal’a 
D) rekrut 
47. Charxning yigirilayotgan ,ip o’rab boriladigan qismi.Duk yasovchi hunarmand …..deyilgan. 
A) dukchi 
B) arqonchi 
C) g’alvirchi 
D) ipchi
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
20-21-Milliy-ozodlik harakati ahamiyati va Qoraqalpoqlar XIX asr o'rtalarida 
(29) 
Testlar 
1. XIX asrning II-yarmida Turkistonda bo’lib o’tgan milliy-ozodlik harakatlarida qatnashgan 
qatlamlarini aniqlang. 
A) qishloq oqsoqollari, mingboshilar, qozilar 
B) barcha javoblar to’g’ri 
C) katta mulk egalari, savdogarlar 
D) dehqonlar, hunarmandlar, din ulamolari 
2. XIX asrning II-yarmida vatanimiz tarixida milliy-ozodlik harakatlariga bosh bo’lgan yetakchilar 
nomlari xato berilgan javobni aniqlang. 
A) Muhammad Yaqub 
B) Po’latxon, Qurbonjon Dodxox 
C) Muhammad Ali 
D) Yetimxon, Darvishxon 
3. Tarixan qoraqalpoqlarning yashagan hududlari ketma-ketlikda berilgan javobni aniqlang. 
A) Orol atrofi-Volgabo’yi-Ural-Sirdaryoning quyi oqimi 
B) Sirdaryoning quyi oqimi-Ural-Volgabo’yi-Orol atrofi 
C) Ural-Volgabo’yi-Orol atrofi-Sirdaryoning quyi oqimi 
D) Volgabo’yi-Ural-Orol atrofi-Sirdaryoning quyi oqimi 
4. Qoraqalpoqlar qachondan muqim hayot raziga o’ta boshladilar? 
A) XX asr boshlari 
B) XIX asr oxirlari 
C) XIX asr boshlari 
D) XIX asr o’rtalari 
5. Qoraqalpoqlar nima sababdan Xiva xonligi fuqaroligiga o’tdilar? 
A) goh tojiklar, goh qirg’izlar hujumlariga uchrab 
B) goh afg’onlar, goh qirg’izlar hujumlariga uchrab 
C) goh qozoqlar, goh ruslar hujumlariga uchrab 
D) goh qozoqlar, goh turkmanlar hujumlariga uchrab 
6. XIX asr boshlarida qoraqalpoqlar qayerda muqim hayot tarziga o’ta boshladi? 
A) Sirdaryo havzasi, Orolning janub va janubi-g’arb tomonlarida 
B) Amudaryo havzasi, Orolning shimol va shimoli-g’arb tomonlarida 
C) Amudaryo havzasi, Orolning janub va janubi-sharq tomonlarida 
D) Amudaryo havzasi, Orolning janub va janubi-g’arb tomonlarida 
7. Qoraqalpoqlar o’troq hayot tarziga o’ta boshlagach, qaysi soha qoraqalpoqlar hayotida asosiy 
o’rinni egallay boshladi? 
A) hunarmandchilik 
B) baliqchilik 
C) dehqonchilik 
D) chorvachilik 
8. Qoraqalpoqlar hayotida yetakchi sohalardan biri bo’lib qolgan sohani aniqlang. 
A) dehqonchilik 
B) baliqchilik 
C) hunarmandchilik 
D) chorvachilik 
9. XIX asr o’rtalarida qoraqalpoqlar soni qancha edi? 
A) 300 ming 
B) 200 ming 
C) 400 ming 

 
D) 100 ming 
10. Qoraqalpoqlar haqida xato ma’lumotni aniqlang. 
A) Qoraqalpoqlarda chorva xususiy mulk bo’lmagan, unga urug’ tamg’asi urilgan 
B) Qoraqalpoqlar urug’larga bo’lingan 
C) Qoraqalpoqlarda yerdan foydalanish jamoa shaklida kechar edi 
D) Qoraqalpoqlarda urug’lar sug’orish kanallari qurilishi uchun mas’ul bo’lishgan 
11. “Qoraqalpoq ulusi”ni shakllantirgan Xiva xonini aniqlang. 
A) Rahimqulixon 
B) Olloqulixon 
C) Muhammad Aminxon 
D) Muhammad Rahimxon I 
12. Qoraqalpoqlarda urug’lar va qabilalar ancha yirik guruhlarga birlashtirilib, ularni boshqarish 
uchun xon saroyining oliy amaldorlari-…..tayinlangan. 
A) oqsoqol va beklarbegi 
B) otaliq va biy 
C) otaliq va beklarbegi 
D) beklarbegi va biy 
13. Qoraqalpoqlarda Xiva xonlarining alohida homiyligida bo’lgan mansab egalari xato berilgan 
javobni aniqlang. 
A) ulusbegi 
B) qoraqalpoq eshonlari 
C) qoraqalpoq ruhoniylari 
D) aholining nufuzli kishilari 
14. Qoraqalpoqlarda qozilar kimlarning nazorati ostida bo’lishgan? 
A) oqsoqollar 
B) ruhoniylar 
C) biylar 
D) eshonlar 
15. Qoraqalpoqlar orasida sudlar turini aniqlang. 
A) oqsoqollar sudi, biylar sudi 
B) qozilar sudi, biylar sudi 
C) qozilar sudi, dala sudi 
D) qozilar sudi, oqsoqollar sudi 
16. Qoraqalpoqlar qachondan o’troqlashib, dehqonchilik ular hayotida asosiy o’rin egallay 
boshladi? 
A) XIX asr oxiri 
B) XIX asrning II-yarmi 
C) XIX asrning I-yarmi 
D) XIX asr boshlarida 
17. Qoraqalpoqlarda dehqonchilik va chorvachilikdan tashqari muhim o’rin egallagan sohalarni 
aniqlang. 
A) baliqchilik va ovchilik 
B) savdo va hunarmandchilik 
C) baliqchilik va hunarmandchilik 
D) ovchilik va hunarmandchilik 
18. Qaysi hududlarda baliqlar serob bo’lib, Qoraqalpoqlar oilalari va urug’lari uchun asosiy 
tirikchilik manbai edi? 
A) Amudaryo bo’ylari va Orol dengizi atrofidagi ko’llar 
B) Sirdaryo bo’ylari va Orol dengizi atrofidagi ko’llar 
C) Sirdaryo bo’ylari va Qora dengizi atrofidagi ko’llar 
D) Amudaryo bo’ylari va Kaspiy dengizi atrofidagi ko’llar 
19. Qoraqalpoqlarda guldor namatlar nimadan to’qilgan? 

 
A) qo’y junidan 
B) ipakdan 
C) tuya junidan 
D) kanopdan 
20. Qoraqalpoqlar qaysi sohada qo’li gul usta bo’lishgan? 
A) kashtachilik va suyakka ishlov berish 
B) yog’och va suyakka ishlov berish 
C) me’morchilik va ganchkorlik 
D) yog’och va ipak matolar to’qish 
21. “O’n to’rt urug’”ni tashkil qilgan qoraqalpoq qabilalari xato berilgan javobni toping. 
A) mang’it 
B) shulluk 
C) xitoy-qipchoq 
D) kenegas 
22. Qoraqalpoqlarda Aris qo’ng’irotlar qaysi qabilalarni birlashtirgan? 
A) xitoy-qipchoq 
B) yuz-mo’yten 
C) shulluk va joungur 
D) qiyot-qo’ng’irot 
23. Qoraqalpoqlarda harbiy kuch borasida II-o’rinda turgan urug’ni aniqlang. 
A) yuz-mo’yten 
B) shulluk va joungur 
C) qiyot-qo’ng’irot 
D) xitoy-qipchoq 
24. Qoraqalpoqlarda yer-suv mulki va chorva mahsulotlarining katta ulushini tasarrufiga olgan 
tabaqalar xato berilgan javobni aniqlang. 
A) eshonlar 
B) biylar 
C) ruhoniylar 
D) urug’ oqsoqollari 
25. Qoraqalpoqlarda qachon tabaqalanish jarayoni kuchaydi? 
A) XIX asrning I- yarmi 
B) XIX asr oxiri 
C) XIX asr boshlari 
D) XIX asrning II-yarmi 
26. Qoraqalpoqlarda urug’larni boshqarish kimlarning qo’lida bo’lgan? 
A) otaliq va oqsoqollar 
B) otaliq va beklarbegilar 
C) biy va beklarbegilar 
D) biy va oqsoqollar 
27. Beklarbegi lavozimi qachon ta’sis etilgan? 
A) XIX asr boshlari 
B) XIX asr oxiri 
C) XIX asrning I- yarmi 
D) XIX asrning II-yarmi 
28. XIX asrning II-yarmida qoraqalpoqlarda tabaqalanish jarayonining kuchayishini yanada 
tezlashtirgan sababni aniqlang. 
A) yer-suv mulkining xalq qo’lida bo’lishi 
B) qoraqalpoq yer-suv mulki , chorva mahsulotlarining katta ulushi urug’ oqsoqollari, ruhoniylari 
va biylarning qo’lida to’planishi 
C) qoraqalpoqlarda dehqonchilikning rivojlanishi 
D) qoraqalpoqlarning Xiva xonligi fuqaroligiga o’tishi 

 
29. XIX asrning II-yarmida butun qoraqalpoq urug’larini boshqarish, soliqlarni undirish, harbiy 
xizmatni o’tash majburiyatlariga doir ishlarni tartibga solish maqsadida qanday lavozim tayin 
etilgan? 
A) beklarbegi 
B) inoq 
C) biy 
D) yoshulli
Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling