9-sinf uchun bayon matni


Download 15.13 Kb.
Sana07.12.2020
Hajmi15.13 Kb.

9-sinf uchun bayon matni.

Vatan nima?

Odamning shakl - u shamoyili, bo’y- basti, ko’rinishi, jussasi, tusi, ko’z qarashlari, yurish- turishi, ovozi , tarovati, xullas, ichki va tashq dunyosi u tavallud topgan, unib- o’sgan va kamolotga yetgan joyga monand bo’ladi. Yetti iqlim kishilari yetti xildir. Olis shimoliy o’lkalarning aholisi sayyoramizning belbog’I bo’lmish Yer ekvatori mintaqalarida yashovchilardan farqlanadilar.Hatto bir irqqa mansub - u turli mintaqalarda yashovchi millatlar ham ko’rinishdan farqlanadilar. Masalan, ozarbayjonlar bilan uyg’urlar tashqi qiyofalari jihatidan ham tafovut qiladilar. Demak, odam o’z Vatanining bir zarrasidir.

Xo’sh, Vatan nima? Nima uchun ona – Vatan deyiladi ? Bizningcha , kurrayi zaminimiz butun Yer yuzida yashayotgan yetti milliarddan ziyod xalqlar uch un Vatan bo’lsa , har bir xalq uchun taqdiran va tarixan ato etilgan hamda chegaralangan hudud ona – Vatandir.



Vatan atamasi aslida arabcha bo’lib, ona yurt ma’nosini bildiradi. Vatan tushunchasi keng ma’noda va tor ma’noda ham qo’llaniladi. Bir xalq vakillari jamuljam yashab turgan ,ularning ajdodlari azal- azaldan istiqomat qilgan hudud nazarda tutilsa , bu keng ma’nodagi tushunchadir. Kishi tug’ilib o’sgan uy , mahalla, qishloq nazarda tutilsa , bu tor ma’nodagi tushunchadir. O’zbeklarda falonchi vatanli bo’ldi , deyilganda o’sha odam uy – joyli , boshpanali bo’ldi , degan ma’no anglashiladi. Hazrat Alisher Navoiy Vatan tushunchasini ona yurt , o’rin, tug’ilib o’sgan joy , maskan, manzil ma’nolarida ishlatganlar. Shuningdek , Vatan kalimasi badiiy adabiyotda ko’chma ma’noda ko’ngil mulkining maskani tarzida ham qo’llaniladi.

Vatan tushunchasi tarix davomida ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyot bilan o’zgarib , kengayib , rivojlanib ,boyib ketgan. Masalan , ibtidoiy jamoa tuzumi sharoitida muayyan qabila yashagan joy o’sha qabilaning yurti sanalgan. Jondosh va tildosh qabilalarning uzviy ittifoqidan elat paydo bo’lgan, elat yashagan hudud el deb atalgan. Masalan, o’zbek xalq dostonlarida Chambil eli iborasi ko’p uchraydi. Muayyan hudud doirasida markaziy boshqaruvning paydo bo’lishi bilan Vatan tushunchasi elat ya’ni xalq va davlat tushunchalarini o’ziga qamrab olgan. Xalqning tili , madaniyati , iqtisodiy turmushi , ruhiy va ruhoniy ,ma’rifiy va ma’naviy ravnaq topa borishi natijasida shu xalqqa mansub kishilar orasida mushtaraklik shakllanadi. Xalq bilan millat o’rtasidagi birinchi va birlamchi farq shundaki , millat vakillarida uyushqoqlik ,jipslik , birdamlik ,hamjihatlik , maslak va e’tiqodda yagonalik ,o’zaro manfaatdorlik , bog’liqlik ,va aloqadorlik , bugungi turmush va kelgusi maqsadlarda uzviylik xalq vakillaridagidan ko’ra kuchli va qudratli bo’ladi. Kishilik taraqqiyotining bugungi bosqichida ijtimoiy guruhlarning eng rivoj topgan bo’g’inlari - bu millatdir. Shuning uchun ham hozirgi kunda o’ziga jahondagi 202 davlatni birlashtirgan eng nufuzli xalqaro uyushma Birlashgan Millatlar Tashkiloti deb ataladi. O’zbekiston Respublikasi o’zbek millatining vatanidir. Bu o’rinda davlat va Vatan ayni bir ma’noni ifodalaydi ,ya’ni O’zbekiston Respublikasi deganimizda Vatanimizni tushunamiz. Vatan deganda O’zbekiston Respublikasini idrok etamiz.
Download 15.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling