9-sinf uchun olimpiada savollari 1-variant


Download 23.04 Kb.
Sana14.10.2023
Hajmi23.04 Kb.
#1702644
Bog'liq
9-sinf Ona tili va adabiyot @talimiy hujjatlar


9-sinf uchun olimpiada savollari
1-variant
1.Qaysi qo’shma gapdagi yasama so’z paronimiga ega?
A)Atrof jim-jit, go’yo borliq uyquga ketgan
B) Kim chaqqon bo’lsa, yutuq o’shaniki bo’ladi
C)Bilganim shuki, sog’inch va umid uning hamrohi bo’ldi
D) Maslahatim shuki, betashvish yashang
2. Yaxshi xislati bor: oppoq soqoli bilan farzandlarini ham, nevaralarini ham, qo’shni o’g’il-qizlarini ham-xullas, barchani sizlab gapiradi. Ushbu gap haqida berilgan noto’g’ri hukmlarni belgilang.
1)bog’lovchisiz qo’shma gap 2)uyushiq bo’laklar qatnashgan 3) kiritmalar qatnashgan 4)umumlashtiruvchi bo’laklar qatnashgan 5) ikki nuqta uyusiq bo’laklardan oldin kelgani uchun 6) umum lashtiruvchi bo’lak qatnashgan sodda gap
A) 1,2,3,4 B) 5,6 C) 1,3 D) 1,3,5.6
3. 1. Bo’lsa, esa so’zlari 2.goh…,goh.., dam.., dam.., 3. –u ,–yu,-da, 4. Ammo, lekin. Biroq. Ushbu bog’lovchilardan qaysilari orqali bog’langan qo’shma gaplar ma’nodoshligi hosil qilinadi?
A) 1,2,3 B) 3,4 C) 2,3,4 D) 1,3,4
4. Qaysi gapda qismlar zidlov bog’lovchisi vazifasida kelgan vosita orqali bog’langan?
A) Shundoq dedi-da, quchog’ini ochib Abu bakr tomon kela boshladi B) Soni ko’p, lekin salmog’I yo’q
C) Ba’zilar hordiq chiqarishga kirishadilr-u, ba’zilar podalari ketidan cho’lga qarab ketdilar
D) Jahl – dushman, aql esa do’stdir
5. Polvonlar epchilikda bir-biridan o’tadi, kurashda goh unisi, goh bunisi yutadi. Ushbu gap qo’shma gapning qaysi turiga mansub?
A) bog’langan qo’shma gap B) bog’lovchisiz qo’shma gap.
C)qismlari uyushgan qo’shma gap. D) sodda gap
6. Qo’shma gap berilmagan qatorni toping
A) Umuman, odam bolasi tug’ilibdiki, nimanidir himoya qilib yashaydi
B) Kuchli shovqin nafaqat katta yoshdagi kishilar, shuningdek, o’quvchilar faoliyatiga ham zarar keltiradi
C) Yigit-qizlarimiz O’zbekistonning, insoniyatning bolasi bo’lsa, hamma faxrlanadi
D) Komila ,nihoyat, tavakkaliga bir qovunni uzdi-da, hidlab olib chiqdi
7. Quyidagilardan qaysilari bog’lovchi vazifasidagi vositalarga kiradi ?
1.deb 2.-lek 3. –da 4. Go’yo 5. Shuning uchun 6.-sa 7. Esa
A) 1,2,5,7 B) 1,2,4,6,7 C) 1,2,5,6,7 D) 1,3,5,6,7
8. Ergashtiruvchi bog’lovchilar yordamida qo’shma gapning qaysi turlari bo’g’lanadi?
A) Kesim ergash gap,hol ergash gap. B) hol ergash gap
C) hol, to’ldiruvchi, aniqlovchi ergash g. D) hol. To’ldiruvchi ergash g.
9. Berilgan birliklarning qaysilari ham so`z birikmasi, ham turg`un birikma sifatida qo`llanishi mumkin?
1) boshiga yetmoq; 2) qulog`iga quymoq; 3) o`z yog`iga qovurilmoq;
4) yaxshi ko`rmoq; 5) to`nini teskari kiymoq; 6) ko`nglidan o`tkazmoq
A) 2,3,4,5 B) 1,2,3,4,5,6 C) 1,2,3,4,5 D) 2,4,5
10. Quyida keltirilgan fe’llardan qaysilari orttirma nisbat shaklida
1) bitirmoq; 2) qizarmoq; 3) qochirmoq; 4) tushirmoq; 5) solishtirmoq;
6) surishtirmoq; 7) uyg’otmoq ; 8) yupatmoq; 9) oshirmoq:
A) 1,4,5,9. B) 1,3,4,9. C) 2,8,9 D) 3,6,7,9.
11. Men tukcha boshlabon rivoyat , qildim bu fasonanani hikoyat. Ushbu bayt Navoiyning qaysi dostonidan olingan?
A) “Farhod va Shirin” B) “Layli va Majnun” C) “Hayrat ul-abror” D) “Saddi Iskandariy”
12. Z.M.Boburning robiylari nechta?
A) 260ta B) 231ta C) 400 ta D) 186 ta
13. Boburning hayotsevarligi ayniqsa qaysi g’azallarida aks etgan?
A) “Yoz fasli, yor fasli”, “Topilmas” B) “Mening ko’nglimki…”, “Jahondin menga g’am bo’lsa..”
C) “Yoz fasli, yor fasli”, “Topmadim” D) “Mening ko’nglimki…”, “Yoz fasli, yor fasli”
14. 2. Ma’shuqasining husnini bashariyat tarixidagi eng go’zal inson bo’lmish misrlik Yusuf(a.s.)dan ustun qo’ygan shoir kim? A) Ogahiy B) Mashrab C) Furqat D) Bobur
15. “Yig’lar yuragimda Vatanim”, “Men g’olibman, buyuk lashkarman, Bosib oldim sevgi yurtini”,- deya o’z tuyg’ularini go’zal va ta’sirchan ifodalagan ijodkor kim?
A) M.Yusuf B) To’ra Sulaymon C) Cho’lpon D)Usmon Nosir
16. Furqatning Vatanni qo’msash, do’stlar sog’inchi Navoiydagi kabi maktub shaklida ifoda etilgan asari qaysi?
A) “Bir qamar siymoni..” B) “Bormasmiz” C) “Manam sho’rida bulbul” D) “Sabog’a xitob”
17. Qaysi shoir “yuzi qizil-oq, ostidagi tayloqi o’ynoqlab turgan”,”asli qalmoq, zoti qirg’iz, lola paypoqli” sahroyi bo’tako’z qizlarni madh etadi?
A) Navoiy B) Furqat C) Ogahiy D) Mashrab
18. “bir nafsning ishini yetmish shayton qilolmaydi” deb qaysi asarda yozilgan?
19. Kim chaqqon va tez harakat bo’lsa, yutuq o’shaniki bo’ladi. Ergashgan qo’shma gap turini toping.
20. “Ravshan” dostonidagi qaysi qahramon “juda mergan edi” deb tasvirlangan?
21. “Alpomish” dostonida Barchinning sepi nechta tuyaga yuk bo’ladi?
22. Endi g’alaba bizniki, do’stim! Gapning kesimi qaysi so’z turkumi bilan ifodalangan?
23. O’ktam bu mavzu ustida uzoq ishladi. Ushbu gapda nechta so’z birikmasi mavjud?
24. 1). ko'chmoq; 2) tikmoq; 3) sog'moq; 4) chiqmoq; 5) egmoq
Ushbu fe'llardan o'tgan zamon sifatdoshi yasalganda ularning qaysi biri fonetik qoida (yozuv) asosida yoziladi?_______________________________________________________
25. Sendek menga bir yori jafokor topilmas, Mendek senga bir zori vafodor topilmas. Misralardagi badiiy san’atni toping.
26. ” Mening maktab aro buldur murodim, Xatimdek chiqsa imlo-yu savodim”, deb to’qqiz yoshida she’r yozgan shoir kim? A) Ogahiy B) Mashrab C) Furqat D) Bobur
27. Qo’shma gapning sodda gap bilan ma’nodoshligi noto’g’ri berilgan qatorni toping
A) Kim ko’p o’qisa, u ko’p biladi. Ko’p o’qigan ko’p biladi
B) Shuni bilingki, kengga keng, torga tor dunyo. Dunyoning kengga keng, torga torligini bilib oling
C) Siz kimga ishonch bildirsangiz, men uni sherik qilib olishim mumkin. Men siz ishonch bldirgan kishini sherik qilib olishim mumkin
D) Shunga xursandmizki, bolalar o’z yo’lini topib ketishdi. Bolalar o’z yo’lini topib ketishganidan xursand bo’ldik
28.1. Shu narsa aniqki, tarixni yaxshi bilmagan odam oxir oqibatda qul sifatida kun kechiradi
2. Aravalar qaysi yo’lga yursa, bolalar ham xuddi shu yo’ldan yurishdi 3. Bilib qo’yki seni Vatan kutadi. 4.Kim chaqqon va tez harakat bo’lsa, yutuq o’shaniki bo’ladi. 5. O’z ishiga usta shunaqa odamlar borki, ularning mahoratiga havas qilasan. Qo’shma gap turlarini toping
A) 1,4-ega ergash gap; 2,5- hol ergash gap; 3-to’ldiruvchi ergash gap
B) 1-ega ergash gap; 2,5-anilovchi ergash gap; 3-to’ldiruvchi ergash gap ; 4- kesim ergash gap.
C) 1- ega ergash gap; 2,5- hol ergash gap; 3- to’ldiruvchi ergash gap; 4- kesim ergash gap
D) 1,4-ega ergash gap; 2- aniqlovchi ergash gap; 3- to’ldiruvchiergash gap; 5- hol ergash gap
29. Ko’makcili qurilmalar yordamida bog’langan qo’shma gaplar tarkibida bosh gapning o’rni qanday bo’ladi?
A) Ergash gapdan oldin keladi B) ergash gapdan keyin keladi
C) ergash gapdan oldin ham, keyin ham kelishi mumkin D) ko’makchili qurilmalar qaysi gap tarkibida kelishiga bog’liq
30. Qaysi qo’shma gap qismlari nisbiy so’z yordamida birikmagan?
A) Siz Hindistonda neniki ko’rgan bo’lsangiz, shularning barchasini jam etib, bir kitob yozmog’ingiz darkor.
B) Qalandarov yugurdagini “Eshon, hoy!”, deb chaqirganda Saida qanchalik xursand bo’lgan bo’lsa, buni ko’rib, ta’bi shunchalik tirriq bo’ldi
C) Kimning ko’ngli to’g’ri bo’lsa, uning o’zi ham to’g’ri bo’ladi
D) Yerga mehringni bersang, u senga rizq beradi
31. Derazaning ochiq tabaqasidan kirayotgan shamol darpardani homushgina silkitardi.
Ushbu gapda nechta fe’lli birikma mavjud?
A) 3 B) 4 C) 5 D)2
32. Qaysi javobda Alisher Navoiyning Odam Atoning loydan yaratilganiga ishora qilingan g’azali keltirilgan?
A) “Jonga chun derman: Ne erdi o’lmakim kayfiyati?” B) “Deyin”
C) “Bo’ldim sanga” D) “Qilg’il”
33. Alisher Navoiyning ushbu mashhur bayti qaysi asaridan olingan?
Boshni fido ayla ato boshig’a,
Jismni qil sadqa ano qoshig’a.
Tun-kuningga aylagali nur fosh
Birisin oy angla, birisin quyosh.
A) “Farhod va Shirin” B)“Hayrat ul-abror”
C)“Mahbub ul-qulub” D)“Saddi Iskandariy
34 .To’ldiruvchi tobe gapli qo’shma gapni toping
A) Shohga bildirdilarki, navkarlar beklar xizmatiga o’tib ketadi.
B) Yutug’imiz shundaki,har bir xodim o’z vazifasini yaxshi biladi.
C) Qay vaqt uyga kirmay , uni ko’raman.
D) Qayerda intizom bo’lsa , tartib kuchli bo’ladi.
35. Tasavvufda nafsoniy xuruj, shaytoniy istaklar jamlangan voqelik qanday atalgan?
A) nafs B) kofir C) dunyo d) rafiq
36. Qaysi shoir suvni suzuk deb sifatlash orqali adabiyotda yangilik qildi?
A) Navoiy B) Mashrab C) Ogahiy D)Bobur
37. “Dahr uyi bunyodkim, su uzradir, mahkam emas” Ogahiyning ushbu she’rining janri…
A) tarji’band B) muxammas C) G’azal D) masnaviy
38. Alisher Navoiyning quyidagi qaysi she’riga “bosh omon bo’lsa, do’ppi topiladi” maqoli mos keladi?
A) “Yo’q” radifli g’azali B) “Kamol et kasbkim, olam uyidin”
C) “Ulki, iflosdin ayog’inda…” D) “Jonga chun derman: “Ne erdi o’lmakim kayfiyati?”
39. Suhbatning oqibati shu bo’ldiki, Qalandarov tumanga qaytdi. Qo’shma gap turini toping
A) ega ergash gap B) to’ldiruvchi ergash gap C) kesim ergash gap D) aniqlovchi ergash gap
40.Matnda bosh gap ergash gap bilan qanday tinish belgisi bilan ajratiladi?
A) faqat ohang yordamida B) vergul yjrdamida C) vergul, nuqta yordamida D) tire, vergul yordamida

Javoblar


9-sinf 1-variant



1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

A

B

B

C

B

B

D

B

C

B

B

B

A

C

C

D

D

18. “Qissasi Rabg’uziy”
19. Kesim ergash gap.
20. Ersak
21. 60 ta
22. olmosh
23. 3ta
24. 2,4
25. tarse’, tazod, tardi aks



26

27

28

29

30

31

32

33

34

35

36

37

38

39

40

C

D

B

B

D

A

D

B

A

C

C

A

C

C

B

Download 23.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling