9-sinf uchun. Quyidagilardan qaysi biri yunon-fors rushlaridagi eng yirik jang bo‘lgan?


Download 0.5 Mb.
Sana18.11.2020
Hajmi0.5 Mb.
#147105
Bog'liq
OLIMPIADA-9


OLIMPIADA SAVOLLARI.

9-SINF UCHUN.

1. Quyidagilardan qaysi biri yunon-fors rushlaridagi eng yirik jang bo‘lgan?

A) Fermopil B) Marafon



C) Plateya D) Salamin

2. Quyidagi qaysi davr manzilgohlari aholisi har xil hunarmandchilik, to‘quvchilik, kulolchilikni rivoj toptirishda, zeb-ziynat buyumlarini yasash, qurilish sohasida katta yutuqlarga erishgan?

A) Neolit B) Eneolit



C) Bronza D) So’ngi paeolit

3. Quyidagi qaysi davrda dehqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi hunarmandchilikning shakllanishiga olib keldi?

A) Bronza B) So’ngi paleolit

C) Eneolit D) Neolit



4. 1358-yil may oyida boshlangan Fransiyadagi qo’zg’olonni quyidagilardan qaysi biri bostirganligini aniqlang?

A) Qirolning maxsus tayyorgarlikdan o’tgan qo’shini

B) Baronlar va ruhoniylar C) Yirik feodallar

D) Shaharliklar va dvoryanlar



5. Quyidagilardan qaysi birlari ayni bir vaqtda bo’lganligini aniqlang?

A) Fransiyada toifaviy monarxiya, ya’ni toifa vakillariga tayanadigan, markazlashgan davlat shakllandi, Dehli sultonligida siyosiy tarqoqlik davri boshlandi.

B) Choson iqtisodiy madaniy jihatdan gullab yashnaydi, Oltin O’rda qator xonliklarga bo’linib ketadi

C) Koreyada Silla qirolligining oltin davri boshlandi, Xitoyda Yuan zarb etila boshlandi

D) Barcha javoblar to’g’ri

6. Yaponiyaning quyidagi qaysi shaharlari o’rta asrlarda aholisi zich port shaharlar emas?

1.Sakai 2.Osaka 3.Xyogo 4.Xakata 5.Otsu 6.Nagasaki

A) 1.5 B) 2.4 C) 3.6 D) 2.5

7. Angliyadagi “Erkinlikning buyuk xartiyasi”da kimlarga qirol amaldorlari o’zboshimchaligi va qo’shimcha jarimalardan himoya qilish va’da qilingan edi?

A) Qaram aholiga B) Erkin kishilarga

C) Ruhoniy va abbatlarga D) Barcha javob to’g’ri.

8. Quyidagilardan qaysi biri o’z davrida yirik yer egalarini sodiqlikka qasamyod qabul qildirgan?

A) Vilgelm I B) Aleksey I

C) Innokentiy III D) Xlodvig

9. Quyidagi qaysi omil XII asrda Fransiyada dehqonlarni yerga bo’lgan munosabatini ijobiy tomonga o’zgartiradi?

A) Feodallar o’z yerlarini merosiy ijaraga bera boshlashi

B) Dehqonlar to’lov evaziga ozodlikka chiqa boshlashi

C) Dehqonlar o’zlari yetishtirgan mahsulotlarini bozorda sotish uchun chiqara boshlashi

D) Barcha javoblar to’g’ri

10. Qaysi voqeadan keyin Vizantiya uncha katta bo’lmagan yunon davlatiga aylandi?

A) 100 yillik urushdan keyin

B) 4-salib yurishlaridan so’ng

C) Lotin imperiyasi qulagach

D) Arablar bosqinidan so’ng

11. Quyidagi qaysi omil XI asr oxirida xristian ziyoratchilari ziyoratini tobora xafli tadbirga aylantira boshladi?

A) Karvon yo’llarining janubga tomon siljishi

B) Bu hududlarning musulmonlar tomonidan egallanishi

C) Musulmon hukumdorlarining o’zaro kurashlari

D) Ko’chmanchi qabilalarning bu hududga tez-tez hujumlari

12. O’rta asr Yevropasida davlatning muhim tashkilotiga aylanib, uning siyosiy-iqtisodiy ishlariga aralashib ba’zida sud vazifasini quyidagilardan qaysi bajarganligini aniqlang?

A) Xalq yig’ini B) Qirol Kengashi

C) Cherkov D) Parlament

13. Quyidagi qaysi qit’ada o’rta asrlarda shahar ichida kichkina bozor bo’lib ular ma’lum bir mahsulotni sotishga ixtisoslashar edi?

A) Afrika B) Osiyo

C) Yevropa D) Amerika

14. O’rta asr yevropasida sex boshliqlari kimlardan saylanar edi?

A) Dehqon va hunarmand B) Savdogar va dehqon

C) hunarmand va savdogar D) oqsoqol va ustalardan

15. O’rta asrlarda quyidagi yevropa va osiyo shaharlaridan qaysi birlari ayni bir xil joyda vujudga kelgan?

A) Gamburg va Nagoya B) Xyogo va Myunster

C) Bryugge va Otsu D) Sapai va Strasburg

16. Yevropada qachondan boshlab kitob bosish ancha qulaylashadi?

A) XV asrdan B) XIV asrdan

C) XVI asrdan D) XII asrda

17. Mug’ullarda aholini ro’yxatga olish tugallangan davrda bo’lib o’tgan voqeani aniqlang?

A) Xorazmshohlar davlati keng maydonni egallagan davlatga aylanadi

B) Mugul amaldorlari orasida o’troqlikka o’tish boshlangan

C) Nemislar est va lit qabilalari ustiga yurish qiladi

D) Yevropa qurilishida Roman uslubi vujudga keladi

18. Quyidagi qaysi o’rta asr davlatida Suyurg‘ol egalari xon qo‘shiniga ma’lum belgilangan sondagi jang chilarni jo‘natishdan tashqari, unga aholidan to‘plangan soliqlar ning bir qismini ham yuborgan?

A) Chig’atoy B) Temuriylar

C) Oltin O’rda D) Barcha javoblar to’g’ri.

19. Xuloku va Oltin O’rda quyidagi qaysi hudud uchun kurash olib borganligini aniqlang?

A) Kichik Osiyo B) Eronning sharqiy qismi

C) Kavkaz D) Afg’oniston

20. O’rta asrlarda Xitoyda hukmronlik qilgan qaysi sulola davrida yangi o‘zlashtirilayotgan qo‘riq va tog‘oldi hududlari hisobiga ham kengaygan?

A) Suy B) Sun C) Tan D) Yuan



21. Mug’ullarning hukmronligi quyidagi qaysi ikki davlatda bir vaqtda yakunlangan?

A) Koreya / Saljuqiylar

B) Xitoy / Movarounnahr

C) Xitoy / Koreya D) Rus / Eron



22. Temuriylar davrida quyidagi qaysi hukmdorlar to’qnashuvi Zarafshon daryosi bo‘yida sodir bo‘lgan?

A) Xalil sulton va Amir Xudoydod

B) Amir Temur va Sulton Husayn

C) Ulug’bek va Aloudavla

D) Amir Temur va Tug’luq Temur

23. Abdulatif Ulug’bekning og’ir ahvolidan foydalanib Amudaryodan kechib o’tib quyidagi qaysi hududlarga yurish qilganligini aniqlang?

A) Termiz, Shahrisabz, Xuzor

B) Farg’ona, Toshkent, Xuzor

C) Jizzax, O’ratepa, Farg’ona

D) Termiz, Jizzax, O’ratepa

24. Quyidagi qaysi olim Amir Temur haqidagi birinchi ilmiy tadqiqotni amalga oshirdi?

A) Perandino B) Pero Meksika

C) Klavixo D) Morlo

25. Ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik qaysi davrda vujudga keldi?

A) Neolit B) Mezolit

C) Eneolit D) Bronza

26. Oltin O’rda davlati qachon 15 yilga birlashtirilganligini aniqlang?

A) XV asr boshlarida B) XIII asr 40-yillarida



C) XIV asr oxirida D) XV asr o’rtalarida

27. Rasmda berilgan shahar quyidagi qaysi davlatning poytaxti hisoblanadi?

A) Atsteklar B) Mayyalar

C) Inklar D) Oltin O’rda

28. Quyidagi qaysi amerika xalqlari o’rta asrlarda xo‘jalikda chorvachilikning o‘rni ham muhim bo‘lib, tuyasimon lama va alpakalarni faqat go‘shti va juni uchun boqmasdan, ulardan yuk tashish uchun ham foydalanishgan

A) Atsteklar B) Olmek

C) Inklar D) Mayyalar

29. Quyidagi qaysi davlatda noiblar o’rta asrlarda lashkarboshi, amaldorlarga yer-mulklàr in’om etishgàn?

A) Songai B) Mali



C) Gana D) Aksum

30. Germaniyaning o’rta asr Reyn daryosi bo‘ylab joylashgan shaharlari quyida xaritada berilgan qaysi hudud bilan savdo-sotiq olib bormagan?

A) I B) II C) III D) IV



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling