9-sinflar uchun Huquq fanidan ii-chorak testlar


Download 16.83 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi16.83 Kb.
#218193

9-sinflar uchun Huquq fanidan

II-chorak testlar

1.O’z. R. Konstitutsiyasining II bo’limi qaysi muammoga bag’ishlangan?

A) insonning asosiy huquq va erkinliklari B )inson va fuqaro huquq hamda erkinliklari kafolatlari C)fuqarolarning burchlari D).to’g’ri javoblar A, B, C.

2. Vijdon erkinligi-fuqarolarning quyidagi huquqidir:

A).istalgan dinga mansub bo’lish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik

B) istalgan mafkuraga ashonish yoki hech qanday mafkuraga ishonmaslik

C) ish va yashash joyini tanlash erkinligi D )e’tiqod va xohish-istaklarga muvofiq ish tutish

3.Kim fuqarolarning Konstitutsiyasi va qonunlar bilan mustahkamlab qo’yilgan huquq va erkinliklarini ta’minlaydi?

A ).Prezident B. )Oliy Majlis C. )huquqni muhofaza qiluvchi organlar D. )davlat

4.Kim O’z. fuqarolari huquq va erkinliklari kafili sifatida ish ko’radi?

A ).Prezident B. )Oliy majlis C. )Oliy sud D). )hokimiyat

5 .Konstitutsiyaga muvofiq Respublikada fikrlash erkinligi cheklanganmi?

A. )yo’q B. )ha, hukumat organlarini tanqid qilish taqiqlangan

C. )ha, agar bu narsa davlat siridan iborat bo’lsa D. )to’g’ri javoblar A va C

6 Qaysi yili Oliy Majlisning inson huquqlari bo’yicha vakili ( ombudsman) lavozimi joriy etildi?

A)1991 B)1995 C)2000 D)2005


7. 15 yoshdan 16 yoshgacha bo’lgan shaxslarning xaftalik ish vaqti necha soatdan oshmasligi shart.

A)12 B)18 C)24 D)40


8.Fuqoroligi bo’lmagan shaxslar davlat xokimiyati organlariga saylanishi mumkinmi?

A)Xa B)Yo’q C) Ba’zan D) Xar zamon


9.Oliy Majlisning vakolat muddati necha yil?

A)3 B)5 C)7 D)Istalgan.


10. Necha yoshga to’lgan shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin?

A)12 B)14 C)16 D)istalgan


11. Necha yoshga to’lgan O’zbekiston fuqorolari xarbiy xizmatni o’tash uchun chaqiriladi?

A)15 B)16 C) 18 D)istalgan

12. O’zbekiston fuqorolari necha yoshga to’lgach siyosiy huquqlarga ega bo’ladi ?

A) 16 B) 18 C) 21 D)istalgan

13. Konstitusiya binoan eng og’ir jinoyat nima?

A) o’g’irlik B) vatanga xoinlik C) inson hayotiga suiqast qilish D) bosqinchilik


14.O’zbekiston fuqorolarini huquq va erkinliklaridan qaysi organ qarorisiz mahrum etish mumkin emas?

A) sud B) prokuratura C})moliya D) advokatura

15.Hokimiyat organlari mitinglar, yig’ilishlar yoki fuqarolar namoyishlarini o’tkizishni

taqiqlashga haqlimi?

A)ha, xavfsizlik nuqtayi nazaridan

B) O’z. R. fuqarolariga barcha hollarda so’z erkinligi kafolatlangan

C)ha, agar ana shunday yig’ilishlar va mitinglarda davlatning ijtimoiy tuzilish tanqid qilinsa D)yo’q, also

16.Fuqarolik-bu:

A ).insonning o’zi yashaydigan davlat bilan siyosiy va iqtisodiy aloqalari

B. )insonning o’zi yashaydigan davlat bilan faqat iqtisodiy aloqalari

C ).insonning o’zi yashaydigan davlat bilan siyosiy va huquqiy aloqalari

D. )insonning millatiga bog’liq holda davlatga mansubligi

17 Ota-onalardan har ikkalasi ham O’z. Rdan tashqarida yashagan, ammo O’zbekiston fuqaroligida bo’lsa, bolaning fuqaroligi to’g’risidagi masala qanday hal etiladi?

A ).bola O’z. R. fuqarosi hisoblanadi

B. )bola ota-onasi u tug’ilgan kunda yashagan davlatning fuqarosi hisoblanadi

C. )bola 7-yoshga to’lganidan keyin o’z xohish-istagiga ko’ra fuqaroligiga ega bo’ladi

D.)12 yoshgacha bolalarning fuqaroligi belgilanmaydi
18.Xorijiy davlat fuqaroligiga ega bo’lgan shaxs O’z. R. fuqaroligiga qabul qilinishi mumkinmi?

A ).xorijiy davlat fuqaroligidan voz kechishi sharti bilan

B. )5 yil davomida respublikada muqim yashaganlik sharti bilan

C. )tirikchiligining qonuniy manbalari mavjud bo’lgan taqdirda

D. ) to ’g’ri javoblar A,B,C
19.Qaysi hollarda fuqorolikdan chiqishga yo’l qo’yilmaydi?

A. ) agar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan bo’lsa

B. )agar shaxs moddiy jihatdan javobgar lavozimni egallab turgan bo’lsa

C.) agar fuqarolikdan chiqish davlat xavfsizligi manfaatlariga zid bo’lsa

D). to’g’ri javoblar A va C
20.Qaysi hollarda fuqarolikni yo’qotish ro’y beradi?

A.)boshqa davlatda harbiy xizmatga o’tgan taqdirda

B.)agar chet elda yashayotgan fuqaro 5 yil davomida konsulik hisobida turmagan bo’lsa

C).agar fuqarolik soxta xujjatlarga ko’ra qo’lga kiritilgan bo’lsa

D). to’g’ri javoblar A,B,C.
21.Konstitutsiyaga muvofiq shaxsiy huquq va erkinliklar jumlasiga kiradi:

A.)yashash huquqi B.)shaxsiy daxlsizlik huquqi

C.)respublikada davlat tuzilishini tanlash huquqi

D). to’g’ri javoblar A va C


22 .Ko’rsatilganlardan qaysi biri insonning siyosiy huquqlari jumlasiga kiradi?

A)davlat ishlarida ishtirok etish huquqi

B)iltimos nomalar va shikoyatlar berish huquqi

C)ommaviy harakatlar va jamoat birlashmalarida ishtirok etish huquqi

D) to’g’ri javoblar A,, B,, C.

23 .Qaysi hujjat fuqorolik mavjudligini tasdiqlaydi?


A. )shaxs guvohnomasi C ).tug’ilganlik to’g’risida guvohnoma B. )pasport D ).B va C

24 .Ombudsman – bu:

A ).BMTning O’zbekistondagi vakili B ).Oliy Majlisning inson huquqlari bo’yicha vakili

C ).barcha xalqaro tashkilotlarning O’zbekistondagi vakili

D. )Prezidentning inson huquqlari bo’yicha vakili

25 Eng yosh siyosiy partiya qaysi va nechinchi yilda tuzilgan?

A)XDP 1991-YIL

B)ASDP 1995-YIL



C)O’z LiDeP 2019-yil

D)Ekologik partiya 2019-yil
Download 16.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling