Abduvali

Sana01.01.1970
Hajmi
#92364
Bog'liq
Abduvali
00186705-89cc39db, Фарду, AUTODESK INVENTOR, Abduvali, Мир исскуства, 1-ma'ruza, lab1, Mamayusupova mustaqil ish, Biz baxorga oshiq boldik, Kurs ishi mavzulari, 2-hafta topshirig'i essey, ON, 1-amaliy mashgulot mavzusi, 8-amaliy


Korrupsiya (Lotincha: corrumpō — aynish, poraga sotilish) — mansabdor shaxsning oʻz mansabi boʻyicha berilgan xuquqlarni shaxsiy boyish maqsadlarida bevosita suiisteʼmol qilishidan iborat amaliyot. Mansabdor shaxslarni sotib olish, ularning poraga sotilishi qam K. deyiladi. K. davlat apparati va parlament faoliyatida ayniqsa, avj oladi. Saylanadigan lavozimlarga nomzodlar saylov kampaniyasini oʻtkazish harajatlarini koʻtarish K. koʻrinishlaridan biridir (saylangan kishi turli imtiyozlar, yordam, xizmatlar koʻrsatib "oʻz qarzini" qaytaradi). Aksariyat K. lobbizm (monopoliyalarning qonunchilik organlari va amaldorlarga tazyiq oʻtkazish bilan shugʻullanadigan muassasa va agentlari tizimi) bilan bogʻlangan. Xalqaro darajada 1970-yillarda Yaponiyaga samolyotlar sotishda kompaniya tomonidan oliy davlat amaldorlarini sotib olish boʻyicha "Lokxid ishi" eng yirik K. koʻrinishlariga misol boʻladi. Porani xaspoʻshlash uchun yirik bitishuvlarda koʻproq "xizmat haqi" toʻlash amaliyotidan foydalaniladi.
Makroiqtisodiy tadqiqotlarga binoan, korrupsiya iqtisodiy oʻsish va taraqqiyotga xalal beruvchi eng katta omildir.


Korrupsiya bilan qanday kurashish lozim? Samarali usullar va xorijiy tajriba
Oddiy xalq orasida korrupsiya deganda koʻpincha davlat amaldorlarining shaxsiy boylik orttirish hamda davlat, jumladan xalq manfaatlari va resurslariga ziyon yetkazish maqsadidagi poraxoʻrligi tushuniladi. Gap xususiy soha toʻgʻrisida ketayotgan boʻlsa, unda odatda yirik koʻlamdagi poraxoʻrlik yoki xususiy korxona mulkini talon-taroj qilish nazarda tutiladi.

Aslini olganda korrupsiya tushunchasi anchayin keng boʻlib,quyi tabaqadan tortib to yuqori tabaqagacha boʻlgan aholining deyarli barcha ijtimoiy qatlamlari, nafaqat davlat, balki xususiy sohalarni ham qamrab oladi.


Mazkur tushunchaga aynan nima kiradi? 2003 yilda qabul qilingan va 2008 yilda Oʻzbekiston qoʻshilgan Korrupsiyaga qarshi BMT konvensiyasida keltirilgan taʼrifga koʻra, korrupsiya davlat amaldoriga shaxsan yoki boshqa shaxslar orqali lavozim majburiyatlari doirasida qandaydir harakat yoki harakatsizlikni amalga oshirishi uchun mansabdor va boshqa shaxs uchun gʻayriqonuniy boʻlgan imtiyoz vaʼda berish, taklif qilish yoki taqdim qilish hisoblanadi. Bunday taʼrif maʼlum bir lavozim majburiyatlariga ega xususiy shaxslarga nisbatan ham qoʻllaniladi.


Korrupsiya harakatlariga: (1) amaldor, huquqni muhofaza qilish, sud, soliq, bojxona, taʼlim, tibbiyot yoki maʼmuriy muassasalar, shuningdek, har qanday xususiy korxonaning mansabdor shaxsiga pora berish, (2) mahalliy yoki chet el amaldori va xalqaro tashkilot amaldorini pora berish orqali sotib olish, (3) davlat mansabdor shaxsi tomonidan mulkni talon-taroj qilish, gʻayriqonuniy oʻzlashtirish yoki undan maqsaddan tashqari foydalanish, (4) shaxs tomonidan shaxsiy boylik orttirish yoki uchinchi shaxsning boyishi maqsadida oʻz obroʻsi yoki xizmat mavqeidan foydalanish, (5) korrupsiya harakatlaridan daromad olish, (6) oshna-ogʻaynigarchilik yoki urugʻ-aymoqchilik misol boʻla oladi.


Korrupsiyada doim kamida ikki tomon ishtirok etadi: bunda bir tomondan noqonuniy yoʻl bilan boylik orttirayotgan (oʻzi yoki uchinchi shaxs uchun) mansabdor shaxs va boshqa tomondan mansabdor shaxsdan aktiv yoki passiv usulda uning manfaatini koʻzlovchi qaror qabul qilinishini kutayotgan shaxs.








Download

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling