Zardushtiylik - Vikipediya

Sana01.01.1970
Hajmi
#93344
Bog'liq
Zardushtiylik - Vikipediya
фанига кириш. Диннинг ибтидоий, Zardushtiylik - Vikipediya, Buddizm - Vikipediya, Buddizm - Vikipediya, лойиҳалар самарадорлиги кўрсаткичлари, уларн , ADOBE, 576788, Seryoz, Seryoz, “BBB”-metodi, Такдимот Маъруза № 20 Хатоликларни аниқлаш ва тузатиш Циклли кодлар, Такдимот Маъруза № 20 Хатоликларни аниқлаш ва тузатиш Циклли кодлар, фффф, фффф


Zardushtiylik
Zardushtiylik, zoroastrizm — miloddan
avvalgi 7—6asrlarda vujudga kelgan
din.
[1]
Asoschisi — Zardusht deli. Soʻnggi
tadqiqot xulosalariga qaraganda, Oʻrta
Osiyo, xususan, Xorazm 3. vatani boʻlgan.
Oʻrta Osiyo, Eron, Afgʻoniston, Ozarbayjon
hamda Yaqin va Oʻrta Sharqning bir
necha mamlakatlarida tarqalgan. Qad.
paxlaviy tilida "Zardusht" soʻzi "Magupta"
deb atalgan. Paxlaviy tilidagi
yodgorliklarni arab tiliga tarjima qilgan


olimlar uni "majus" shaklida qoʻllagan.
Natijada oʻrta asrlardan beri "Zardusht"
"majus", "zardushtiylik" esa "majusiylik"
sifatida qoʻllanib kelingan. Z.da "otash" va
"quyosh" tangri Ahuramazdanmng oʻgʻli
deb hisoblangan. "Hyp", "otash" Z.ning
ramzi, timsolidir. Z.da Ahuramazda oliy
xudo hisoblanganligi uchun 3. —
mazdaizm yoki mazdaiylik deb ham
atalgan. 3. taʼlimoti uning muqaddas
kitobi — Avestoda bayon etilgan. 3.
taʼlimoti dunyodagi hamma tartiblar
yaxshilik va yomonlik, yorugʻlik va
qorongʻulik, hayot va oʻlim oʻrtasidagi
kurashga bog'liq, deb tushuntiradi.
Olamdagi hamma yaxshiliklarni
Ahuramazda, yomonliklarni Anxramaynu


ifodalaydi. Anxramaynu Ahuramazdaga
qarshi kurashadi, lekin uni yengishga
ojizlik qiladi. Bu kurash abadiy davom
etadi. Yaxshilik bilan yomonlik oʻrtasidagi
kurash olam dagi jarayonlar mazmunini
tashkil etadi. Odam bu kurashda tanlash
erkinligiga ega boʻlgan, oʻz faolligi bilan
dunyoda adolat tantanasiga taʼsir eta
oladigan shaxsdir. Avestoda
koʻchmanchilik va dehqonchilik hayot
tarzi oʻrtasidagi qaramaqarshilik bayon
etiladi, koʻchmanchilikka hamma
yovuzliklarni keltirib chiqaradigan hayot
tarzi deb qaraladi va u qoralanadi,
dehqonchilik esa yaxshilik belgisi sifatida
ragʻbatlantiriladi. Zardushtlik dinida olov
gunoxlardan tozalovchi sehrli kuch deb


qaraladi. Zardushtlikning axloqiy taʼlimoti
"ezgu fikr", "ezgu soʻz" va "ezgu amal" dan
iborat muqaddas uchlik (axloqiy
triada)da oʻz ifodasini topgan.
Zardushtning talabiga koʻra, har bir inson
tangrining yakkayu yagonaligini eʼtirof
etishi, xoh erkak, xoh ayol boʻlsin ilm
oʻrganishi, turli kasblarni egallashi,
chorvachilik, dehqonchilik, bogʻdorchilik
bilan shugʻullanishi, kanal qazishi, yer
ochishi lozim. Eng asosiysi —
Zardushtlikda eʼtiqod erkinligi mavjud
boʻlgan. Zardusht insonlarni tenglikka,
hamjihatlikka, birbiriga yaxshilik qilishga,
yer yuzida tinch-totuv hayotni taʼminlash
uchun kurashga chorlagan, unda maʼrifat
zulmatga, adolat zulmga qaramaqarshi


qoʻyilgan. Zardushtlikda har bir inson
butun kuchini oʻzini kamolatga yetkazish
yoʻliga sarf etmogʻi lozim. Zardushtlik
murdani tuproqqa koʻmish yoki
kuydirishni taqiqlaydi. Bu din jonning
oʻlmasligini, uning abadiyligini tan oladi,
jannat va doʻzaxni ham eʼtirof etadi.
Otashkada zardushtiylarning
ibodatxonasi hisoblanadi. Zardushtlik
ruhoniylari alohida tabaqa sifatida
ajratilib, ularga maxsus imtiyozlar
berilgan. Zardushtlik arshakiylar va
sosoniylar podsholigi davrida hukmron
dinga aylangan. Zardushtlik 13 yuzyillik
davomida ajam mamlakatlarida asosiy
din boʻlib kelgan. Arablar 7-asr oʻrtalari —
8-asr boshlarida Eron va Oʻrta Osiyoni


bosib olgandan keyin islom dini hukmron
dinga aylangach, zardushtiylar quvgʻin
qilindilar. Zardushtiylar Hindiston va
Eronda hozir ham mavjud. Eronning Yazd
va Gilon viloyatlarida ularning soni 100
mingdan, Hindistonning Maharashtra,
Gujarot shtatlarida 115 mingdan ziyodni
tashkil qiladi.
Tadqiqotchilar o'rtasida Zardushtning
tarixda bo'lgan yoki bo'lmaganligi
borasida turli fikrlar mavjud. Baʼzilar uni
tarixiy shaxs deb bilishsa, yana boshqalar
uni afsonaviy shaxs deb hisoblaydilar.
Manbalarning xabar berishicha, u
eramizdan avvalgi, taxminan, 570 yillarda
tug'ilgan ilohiyotchi, faylasuf, shoirdir.


Zardusht O'rta Osiyodagi ko'pxudolikka
asoslangan qadimiy diniy tasavvur va
eʼtiqodlarni isloh qilib yangi dinga asos
soldi. Zardushtning tug‘ilgan va ilk diniy
faoliyatini boshlagan joyi to'g'risida ikki
fikr mavjud: birinchisi «G'arb teoriyasi»
bo'lib, unga ko'ra Media (hozirgi Eron
hududida) Zardushtning vatani va
zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi
hisoblanadi. Bu fikr tarafdorlarining dalili
— birinchidan zardushtiylikning Qadimiy
Eron hududlarida keng tarqalganligi
bo‘lsa, ikkinchidan zardushtiylikning
muqaddas kitobi sanalmish Avestoning
bizgacha yetib kelgan nusxasi qadimiy
eron-pahlaviy tilida yozilganligidir.


Yana bir boshqa fikr «Sharq teoriya»si
bo‘lib, bunga ko'ra Zardusht vatani va
zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi
Xorazm hisoblanadi va ko'pchilik
manbashunoslar shu teoriya
tarafdoridirlar. Xorazm birinchi bo'lib
Zardushtiylik muqaddas olovi «Atar —
xurra» yoqilgan va Axuramazda Zardusht
bilan bog'langan joy hisoblanadi.
Zardushtiylikning asosiy manbasi
hisoblangan Avestoda: "birinchi bor
muqaddas olov «Atarxurra» «Eran-vej»
(baʼzi manbalarda «Ayrian vedja»)da
yoqildi" deyiladi.
«Eran-vej»ning geografik va iqlimiy tavsifi
Xorazmnikiga to'g'ri keladi.


Avestoda Axuramazda tomonidan
berilgan «Barokot va najot» sohibi bo‘lgan
bir qator mamlakatlarni zikr etiladi va
ularning eng birinchisi deb, «dunyoda
hech narsa uning chiroyiga teng kela
olmas Eran-vej», keyin «odamlar va
chorva podalariga mo'l» Sogd (Sug'd),
«Qudratli va muqaddas» Mouru (Marv),
«Baland ko'tarilgan bayroqlar mamlakati»
Batxi (Baktriya) zikr etiladi.
Avestoda, shuningdek, Zardusht tug'ilgan
va o'z faoliyatini boshlagan yurt haqida
ham maʼlumot beriladi. Aytilishicha,
«Shunday mamlakatni ko'p sonli
lashkarlarni botir sarkardalar
boshqaradilar, baland tog'lari bor, yaylov


va suvlari bilan go'zal, chorvachilik uchun
barcha narsa muhayyo, chuqur, suvga
mo'l ko'llari bor, keng qirg'oqli va kema
yurar daryolari o'z to'lqilarini Iskata
(Skifiya), Pauruta, Mouru (Marv), Xareva
(Ariya) Bava (Sug'd hududida),
Xivayrizima (Xorazm) mamlakatlari
tomon elituvchi daryolari bor».
Shubhasiz, «Keng qirg'oqli, kema yurar
daryolar» bu Amu va Sirdaryo bo‘lib,
Avesto tasvirlagan mazkur shaharlar
O'rta Osiyo shaharlarining bu ikki daryo
qirg'oqlarida joylashganlaridir.
Shunga asoslanib, biz Zardushtning
vatani, Zardushtiylikning ilk makoni va
Avestoning kelib chiqish joyi deb Xorazm,


Sug'd, Farg'ona yoki Baktriyani ayta
olamiz.
Avestoning «yasht» qismida bayon
etilishicha, Zardushtning vatandoshlari
unga ishonmaydilar va uning taʼlimotini
qabul qilmaydilar. Zardusht vatanni tark
etib, qo'shni davlatga ketadi, u yerning
malikasi Xutoasa va Shoh Vishtaspaning
xayrixohligiga erishadi, ular Zardusht
taʼlimotini qabul qiladilar. Natijada qo'shni
davlat bilan urush boshlanib, Vishtaspa
g'alaba qozonadi. Shundan so'ng bu
taʼlimot xalqlar o'rtasida keng tarqala
boshlagan.
Shoh Vishtaspa farmoniga binoan
Zardushtning 1200 bobdan iborat


pandnomasi Avestoning qadimiy qismi
«Gotni» yozib shohning otashkadasiga
topshirgan.
1. Hamidjon Homidiy. OʻzME. Birinchi
jild. Toshkent, 2000-yil
Makovelskiy A. O., Avesta, Baku, 1960;
Meri Boys, Zoroastriysi, M., 1988;
Avesto (Askar Mahkam tarjimasi). T.,
2001; Avesto (Mirsodiq Ishoqov
tarjimasi), T., 2001; Homidov H., Avesto
fayzlari, T., 2001; Boboyev H., Hasanov
Manbalar
Adabiyot


Last edited 3 years ago by Bek98  
S, Avesto — maʼnaviyatimiz
sarchashmasi, T., 2001.
Wikimedia Commonsda Zardushtiylik
mavzusiga oid turkum mavjud.
Zardushtiylik arxivlari  
(rus.)
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Zardushtiylik&oldid=194475
0
" dan olindi 
Havolalar


Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).

Download

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling