1-MAVZU: Pulning zarurligi, mohiyati, funktsiyalari va roli
1.1. Pulning vujudga kelishi va zarurligi
1.2. Pulning rivojlanish tarixi
1.3. Pulning funktsiyalari
1.4. Pulning turlariga umumiy tavsif
1.1. Pulning vujudga kelishi va zarurligi
Pulning vujudga kelishi kishilik jamiyati tsivilizatsiyasining buyuk kashfiyotlaridan
hisoblanadi. ”Pul” deb nomlangan maxsus tovarning paydo bo‘lishi natijasida odamlar o‘rtasida
ayirboshlash bilan bog‘liq ziddiyatlar va «ehtiyojlarning bir – biriga mos kelmasligi» kabi
muammolar barham topdi.
Pulning vujudga kelishi,
uning evolyutsion rivojlanishi, nazariyasi, mohiyati va
funktsiyalari haqida xorijiy
va mahalliy iqtisodchi olimlar, nazariyachilar, mutaxassislar juda
ko‘p
ilmiy asarlar, maqolalar va tadqiqot ishlari yaratgan. Hozirgi kunda ham ushbu jarayon
davom etmoqda. Iqtisodiy adabiyotlarda pulning vujudga kelishi va uning hozirgi kundagi
ko‘rinishi haqida yagona yondashuv mavjud emas.
Pulning vujudga kelish sababini bilish uchun qadimda odamlar o‘rtasida ro‘y
bergan
ayirboshlash munosabatlarini amalga oshirish jarayoniga e’tibor qaratish lozim. Chunki, aynan
mana shu tabiiy ayirboshlash jarayoni hozirgi kunda siz bilan biz kundalik hayotda va hisob –
kitoblarda foydalanib kelayotgan pulning vujudga kelishiga zamin yaratgan. Xususan, pulning
vujudga kelishiga quyidagi omillar asos bo‘lib xizmat qiladi:
- qadimgi davrda odamlar o‘z ehtiyojidan ortib qolgan iste’mol
mahsulotlari turib
qolmasligi va saqlashning imkoniyati bo‘lmaganligi bois ularni o‘zlariga yaqin yoki tanish
odamlarga bergan, bu o‘z – o‘zidan odamlar o‘rtasida stixiyali ravishda bir tomonlama
ayirboshlash munosabatlari vujudga kelishiga sabab bo‘lgan;
-
keyinchalik odamlarning ongi, dunyoqarashi va hayot kechirish tarzi rivojlanganligi
natijasida, ikki tomonloma ayirboshlash munosabatlari vujudga kela boshladi. Bu davrda,
kishilarda o‘ziga zarur bo‘lmagan buyumning o‘rniga
nimadir olish evaziga, ikkinchi kishiga
berishi lozimligini anglay boshladilar.
Bularning barchasi dastlab stixiyali ravishda sodir etilib, bu odamlarning kundalik uchun
zarur bo‘lgan buyumlar, oziq –
ovqatlar, kiyim – kechaklar va boshqa ehtiyojlarini qondirish
natijasida ro‘y bergan. Bu davr ishlab chiqarish usulining natural xo‘jalik tuzumi davriga borib
taqaladi. Ma’lumki, natural xo‘jalik tuzumidan ilgarigi davrda har bir kishi kunlik ehtiyoj uchun
zarur bo‘lgan mahsulotni mustaqil ravishda ishlab topgan (yaratgan)ligi bois, ular o‘rtasida
ayirboshlash munosabatlariga ehtiyoj mavjud bo‘lmagan.
Yuqorida qayd etilgan ikki omil, kishilar o‘rtasida ayirboshlash
munosabatlarining
shakllanishiga zamin yaratdi, natijada odamlar ixtiyoridagi ortiqcha mahsulotni o‘zi uchun zarur
bo‘lgan boshqa mahsulotga ayirboshlashga ehtiyoj seza boshladi.