97-maktab Turayeva Nodira Beshimovna


Download 87 Kb.
bet1/3
Sana22.09.2020
Hajmi87 Kb.
#130865
  1   2   3
Bog'liq
Ch. aytmatov



Sinf

Sana

7-“B”




7-“V”




7-“G”






Mavzu: Chingiz Aytmatovning hayoti va ijodi hamda uning “Oq kema” qissasi ustida ishlash.

Dars maqsadlari:

Ta’limiy maqsad: mavzu haqida tushuncha hosil qilish, tahlillash usullarini o`rgatish;

Tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarning insonni tushuna olish, insoniy qadr-qimmat fazilatlarini tarbiyalash;

Rivojlantiruvchi maqsad: hayoti bilim va ko`nikmalarini rivojlantirish, mustaqil tahlil qobilyatini o`stirish, asarni analiz va sintez qila olishini ta’minlash;

Fanga oid kompetentsiya: mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob

berish;o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish.



Tayanch kompetentsiya: Kommunikativ, axborot bilan ishlash va shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish umummadaniy kompetensiyalarining komponentlarini shakllantirish:

Dars metodi: Interfaol.

Dars metodlari: “Zehn boshqotirmasi”, kichik ma’ruza, bahs, aqliy hujum, “Adashtirdim,topingchi?”, savol-javob, muammoli vaziyat, tadqiqot.

Dars jihozi: Darslik, Chingiz Aytmatov asarlari, “Oq kema” qissasi, kompyuter, rangli qog`ozlar.





Darsdan kutiladi:

1. Erkin fikr bildira olish mahoratini namoyish etish;

2. Faollik;

3. Ijodkorlik;

4. Zarur xulosa chiqara bilish;

5. Insonni tushunish va uning ruhiyatini anglash;



Darsga qo`yiladigan talablar:

1.O`zaro hurmat;

2. Fikrni erkin va ravon ifodalash;

3. O`zgalar fikrini tinglash va hurmat qilish;

4. Adabiy til me`yorlari asosida so`zlash.

Dars borishi. Hech kim o'z-o'zidan yozuvchi bo'lib qolmaydi: yillar sabog'i, qilingan mehnat, badiiy adabiyotga bo'lgan qiziqish va e'tiqod orqali bunga erishish mumkin.

Chingiz Aytmatov

O`tilgan darsda Chingiz Aytmatovning hayoti va ijodi yoritilgan edi. Uy qilib yozuvchi hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishish, 5x15 konspekt usulida mustahkamlash, “Oq kema” qissasi matni bilan tanishib kelish edi.

Hozir esa o`quvchilarga Chingiz Aytmatov hayoti va ijodini qay darajada zehn bilan o`rganganliklarini aniqlash maqsadida ularga “Chala xat” zehn matni beriladi. Unda o`quvchilar o`zlarining sinchkovliklarini aniqlaydilar. Buning uchun o`quvchilar 2 guruhga ajratilib, jamoa sardorlari aniqlanadi. Shundan so`ng har bir guruhga 1tadan zehn matni tarqatiladi. Reglament: 5 minut


Bizning ______________da __________________________ odatiga qat'iy rioya qilinardi. …Bizning Shakar ovulimiz chekkasidagi ____________________ daryosi qirg'og'ida eski, yerga botib borayotgan ________________________ bor. … Bu _________________shunchalik qiziq ediki, u mudrab uxlab qolgan vaqtida ham men uni uyg'otib, ____________ning davomini aytib berishini so'rardim. …19_____-yil mening otam — partiya xodimi, ______________dagi qizil professura institutining tinglovchisi — qatag'on qilindi. Bizning oila ______________ga ko'chib keldi. Oilamizda _______ farzand, men ________________ edim. … Men juda erta ishlay boshladim: _______ yoshimda dehqon mehnatining barcha zahmatini tatidim. … Institutda o'qish davomida badiiy adabiyot meni o'ziga tamoman band etganini aniq sezdim. Shu sabab 19______-yili Moskvadagi ________________________ kursiga o'qishga kirdim. Faqat ________ yilgina davom etgan mazkur kurs menga favqulodda ko'p bilimlar berdi. … Hech kim o'z-o'zidan yozuvchi bo'lib qolmaydi: yillar sabog'i, qilingan mehnat, badiiy adabiyotga bo'lgan qiziqish va e'tiqod orqali bunga erishish mumkin.
Chala xat” zehn matni quyidagicha:

S

hundan so`ng “Oq kemani yasaymiz” savol-javobi bo`lib o`tadi. Unda o`qituvchi 2 tadan a’zosi bo`lgan 2 ta guruh tashkil etadi. Guruhlar o`z savollarini raqib guruhga beradilar hamda kema qismlarini hosil qiladilar. Reglament 5 minut.


1-guruh

1

2

3



4

5


2-guruh

6

7



8

9

10










S


1970- “Oq kema” qissasi yozildi.

1980-“Asrga tatigulik kun” romani yozildi.

1990- “Kassandra tamg’asi” romani yozildi.

1999- Qirg’izistonda Chingiz Aytmatov nomidagi Xalqaro “Oltin medal” ta’sis etildi.

1958-yil “Jamila” qissasi yozildi.

1968-yil Chingiz Aytmatov Qirg`iziston Xalq yozuvchisi bo’ldi

1995-yilda Ch.Aytmatov Markaziy Osiyo xalqalari madaniyati assambleyasi Prezidenti bo’ldi.

1995-yil Ch.Aytmatov O’zbekistonda “Do’stlik” Ordeni bilan mukofotlandi.



1998-yil Ch.Aytmatov O’zbekistonda “Buyuk xizmatlari uchun” Ordeni bilan mukofotlandi
hundan so`ng qisqa tanaffus e’lon qilinadi. Bundan foydalangan holda o`qituvchi tomonidan o`quvchi yon daftari uchun darslikda yo`q ma’lumotlar beriladi.

Download 87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling