Кимёвий технология ИД 3к 2019

Sana01.01.1970
Hajmi
#97675
Bog'liq
Кимёвий технология ИД 3к 2019
2 5310091410639160770, Кимёвий технология ИД 3к 2019, HFX.8-mavzu, HFX.8-mavzu, Kredit mexanizmi va uning elementlari, Job Part, 8-mart bayramga, 2 5395342237972301071, 611585 1119, ingliz tili oqitish vositalari v, Документ (4), Документ (4), BUXGALTERIYA HISOBI referatI, 9 лаб бажариш бўйича намунаЯЎ Стабилитрон

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI


KIMYO KAFEDRASI

«TASDIQLAYMAN»

O’quv ishlаri bo’yichа prоrektоr v.b. ____________ b.f.n. D.Dehqonov
«___» ______________2019 yil



KIMYOVIY TEXNOLGIYA
fanining


IShChI O’QUV DASTURI
2019/2020 o’quv yili kunduzgi ta’lim shakli, 3-kurslari uchun

Bilim sohasi: 100000- Gumanitar soha


Ta’lim sohasi: 140000- Tabiiy fanlar
Bakalavriat ta’lim yo’nalishi: 5140500- Kimyo

NAMANGAN – 2019
Fanning ishchi o’quv dasturi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 20__ yil «_____» – __________dagi _____ – sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy fan dasturi asosida tuzilgan.
Tuzuvchi: O.G. Abdullayev

Fanning ishchi o’quv dasturi Kimyo kafedrasining 2019 yil ___ - avgustdagi 1– sonli yig’ilishida muhokamadan o’tgan va fakultet Kengashida ko’rib chiqish uchun tavsiya etilgan.


Kafedra mudiri: D.S. Xolmatov
Ishchi o’quv dastur Tabiiy fanlar fakultetining 2019-yil ___-avgustdagi 1 – sonli Kengashida ko’rib chiqilgan va foydalanishga tavsiya etilgan.

Fakultet Kengashi raisi: A.A. Nazarov


Kelishildi:


O’quv- uslubiy bоshqаrmа bоshlig’i v.b.: Z.Mo’minov


O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni

Ushbu dan kimyogarlar, kimyoviy texnologiya sohasida ishlovchi mutaxassislarni tayyorlashda, talabalarni kimyoviy ishlab chiqarish sohasidagi dunyoqarashlarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kimyoviy texnologiya fani sanoatda xom ashyolardan samarali kompleks ravishda foydalanish, ularni qayta ishlashda foydalaniladigan turli asbob-uskuna va qurilmalarning tuzilishi va ishlash printsipi, turli mahsulotlar ishlab chiqarishda boradigan asosiy kimyoviy jarayonlar, hamda ushbu maxsulotlarni qayta ishlash texnologiyalari va kerakli maxsulot ishlab chiqarishni eng mo’’tadil sharoitlarini to’g’risida talabalarga kerakli bilim va tushunchalar beradi.


“Kimyoviy texnologiya” fani ixtisoslik fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 3- va 4-kurslarda o’kitilishi maqsadga muvofiq. “Kimyoviy texnologiya” fani gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar turkumiga kiradi.

O’quv fanining maqsadi va vazifalari


Fanni o’qitishdan maqsad - sanoatda amalga oshiriladigan kimyoviy texnologik jarayonlar, ularning qonuniyatlari, o’ziga xos xususiyatlari, xom- ashyo va issikdik-energiya resurslaridan unumli foydalanish, iktisodiy samaradorligi, ekologik xavfsizligi xaqida yo’nalish profiliga mos bilim ko’nikma va malaka shakllantirishdir.


Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalar, kimyo sanoatida turli mahsulotlar ishlab chiqarish va bunda boradigan jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.



Download

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling