Epifiz gormonlari preparatlari. Epifiz (g’urrasimon yoki pineal bez) xar-xil biologik faol birikmalar shu jumladan, ko’pincha peptidlar tutadi. Epifizning asosiy gormoni bo’lib melatonin1 xisoblanadi. U epifizning xujayralari (pinealostitlar)da serotonindan xosil bo’ladi., shu sababli uni (triptofan) aminokislotalar xosilasiga mansub deb xisblanadi. - Epifiz (g’urrasimon yoki pineal bez) xar-xil biologik faol birikmalar shu jumladan, ko’pincha peptidlar tutadi. Epifizning asosiy gormoni bo’lib melatonin1 xisoblanadi. U epifizning xujayralari (pinealostitlar)da serotonindan xosil bo’ladi., shu sababli uni (triptofan) aminokislotalar xosilasiga mansub deb xisblanadi.
-
- Melatoninnig asosiy funkstiyasi, chamasi tashqi muxitni yoritilganligi xaqidagi ma’lumotlarni bir kunlik biologik (stirkat) ritmlarni keyingi navbatda boshqa rish uchun qayta ishlashdan iboratdir. Epifizga tashqi yorug’lik informastiyasi quyidagi yo’l bilan tushadi: ko’zning to’r pardasi → gipotalamusning supraxiazmatik yadrolari → bo’yindagi yuqorigi simpatik gangli → simpatik nervlar → epifiz. Insonlarda melotaninni eng ko’p miqdori tunda ishlab chiqaradi. Demak, ko’z to’r pardasini yorug’lik bilan rag’batlantirish susayganda melotaninni sintezi ortadi. Fiziologik va ta’sirotlarga javob beruvchi kunlik boshqa ruvi melotaninni reproduktiv sistema faolligiga mavsumiy ta’sir bilan to’ldiriladi. Melatonin o’rtacha uxlatuvchi, tana xaroratini tushirish, lyuteinlashtiruvchi gormon ajralishini susaytirish ta’siriga ega. Vaqt poyaslarini keskin o’zgarishlarida (masalan, katta masofalarni tayyoralarda bosib o’tilganda), kunlik ritmlarga (ayniqsa uyqu) meyorlashtiruvchi ta’sir melatoninda kuchli ifodalangan. Bundan tashqari unda antioksidantlik va immun tizimiga rag’batlantiruvchi faolliklar aniq langan.
Melatoninni ta’sirlari uni faqat o’ziga xos bo’lgan melatonin resteptorlari (Me1 IA, IB, IC) bilan o’zaro ta’siroti tufayli yuzaga keladi. Ular ko’p miqdorda supraxiazmatik yadrolar, ko’zning to’r pardasida aniq langan. Shu bilan bir qatorda ular talamusning paraventrikulyar yadrolari, oldingi gipotalamus, bosh miyaning ko’pgina qisimlarida, xamda ba’zi periferik to`qimalarda (masalan teri bezlarida), limfostitlarda joylashganlar. - Melatoninni ta’sirlari uni faqat o’ziga xos bo’lgan melatonin resteptorlari (Me1 IA, IB, IC) bilan o’zaro ta’siroti tufayli yuzaga keladi. Ular ko’p miqdorda supraxiazmatik yadrolar, ko’zning to’r pardasida aniq langan. Shu bilan bir qatorda ular talamusning paraventrikulyar yadrolari, oldingi gipotalamus, bosh miyaning ko’pgina qisimlarida, xamda ba’zi periferik to`qimalarda (masalan teri bezlarida), limfostitlarda joylashganlar.
- Melatoninning preparati (m e l a k s e n) uzoq masofalarni tayyoralar vositasida bosib o’tishda bioritmni boshqa rish uchun qo’llaniladi. Bu uyqu – tetiklik stikllarini meyyorlashuvida namoyon bo’ladi. Asosiy natija epifiz gormonal faolligining soatpoyaslarini tez almashinuviga adaptastiyasi (moslashuvi) bilan bogliq. Preparatni kechqurun (ichish yoki til ostiga)1 qo’yish tavsiya etiladi. U ovqat xazm qilish traktidan yaxshi va tez so’riladi. Gematoenstefalik to’siqdan oson o’tadi. Tez parchalanadi (metabolizmi tez kechadi). Noxush asoratlari: uyg’ongandan keyin uyqusirash (mudroq bosish), kuchsizroq darajada, katta bo’lmagan shishlar
Download Do'stlaringiz bilan baham: |