A 0 ≤ son ≤ 20 gacha bo‘lgan oraliqda bo‘lsin
Download 18.64 Kb.
|
2 5202193229344148062
1. (Tasodifiy son). Komp'yuter tomonidan quyida keltirilgan shartlarga mos keladigan tasodifiy sonlarni ekranga chop etuvchi dastur tuzing: a) 0 ≤ son ≤ 20 gacha bo‘lgan oraliqda bo‘lsin; b) 10 ≤ son ≤ 20 gacha bo‘lgan oraliqda bo‘lsin; v) 10 ≤ son ≤ 50 gacha bo‘lgan oraliqda bo‘lsin; 2. (Kabisa yil). Foydalanuvchi tomonidan biror bir yil kiritilganda mazkur yil Kabisa yili yoki Kabisa yili emas ekanligini aniqlovchi dastur tuzing. E'tibor bering Kabisa yili har to‘rt yilda bir keladi. Natija quyidagicha bo‘ladi: Kiruvchi ma'lumot: 2008 Chiquvchi ma'lumot: 2008-yil - Kabisa yili 3. (O‘yin. Tanganing ikki tomoni). Tanga tomonini topishni taklif etadigan dastur tuzing. Komp'yuter tomonidan tasodifiy 0 (tanganing old tomoni) va 1 (tanganing orqa tomoni) raqamlari generatsiya qilinadi hamda foydalanuvchidan mazkur generatsiya qilingan sonni topish taklif etiladi, agarda foydalanuvchi kiritgan son generatsiya qilingan songa mos kelsa ekranda “Tanlovingiz mos keldi!” aks holda “Tanlovingiz mos kelmadi!” - satrlari chop etiladi. Natija quyidagicha bo‘ladi: Kiruvchi ma'lumot: Komp'yuter 0, Foydalanuvchi 1; Chiquvchi ma'lumot: Tanlovingiz mos kelmadi! Kiruvchi ma'lumot: Komp'yuter 0, Foydalanuvchi 0; Chiquvchi ma'lumot: Tanlovingiz mos keldi! 4. (Qaysi oyda necha kun). Foydalanuvchi tomonidan oy va yil kiritilganda mazkur oyda necha kun borligini aniqlovchi dastur tuzing. Masalan, foydalanuvchi tomonidan 2 va 2012 kiritilganda ekranda “2012 yil fevral oyi 29 kundan iborat” – satri chop etiladi. 5. (Geometriya: Aylana ichidagi nuqta). Foydalanuvchi tomonidan nuqta koordinatalari (x, y) kiritilganda mazkur nuqta (0, 0) markazli va radiusi 10 bo‘lgan aylananing ichida yotishi yoki yotmasligini aniqlovchi dastur tuzing. Natija quyidagicha bo‘ladi: Kiruvchi ma'lumot: 4 5 Chiquvchi ma'lumot: “Nuqta aylana ichida joylashadi” Kiruvchi ma'lumot: 9 9 Chiquvchi ma'lumot: “Nuqta aylana ichida joylashmaydi” 6. (&& va || operatorlaridan foydalanmoq). Foydalanuvchi tomonidan butun son kiritilganda mazkur son 5 va 6 ga bo‘linishi, 5 yoki 6 ga bo‘linishini hisoblovchi dastur tuzing. Natija quyidagicha bo‘ladi: Kiruvchi ma'lumot: 10 Chiquvchi ma'lumot: 10 5 ва 6 бўлиниши? false; 10 5 ёки 6 бўлиниши? true 7. (Joriy vaqt). 3.1 Laboratoriya mashg‘ulotida joriy vaqtning GMT (Grinvich) da ko‘rsatadigan dasturi ishlab chiqilgan. Mazkur vaqtni 12 soatlik vaqt birligi formatida chop etuvchi dastur tuzing. 4:50:34 AM (misol uchun) 8. (Moliyaviy dastur: Narxlarni taqqoslash). Faraz qilamiz Siz ikki har xil xaltalarda guruch sotib olmoqdasiz. Mazkur gurunchlarning narxlaridagi farqini hisoblovchi dastur tuzing. Dastur foydalanuvchiga guruch xaltalarining og‘irligi va narxini kiritishni taklif etadi va qaysi xaltadagi guruch narxi arzon ekanligini ko‘rsatadi. 9. (Palindrom). Foydalanuvchi tomonidan 3 xonali son kiritilganda, mazkur son palindrom yoki palindrom emasligini aniqlovchi dastur tuzing. Palindrom degani – chapdan-o‘ngga ham o‘ngdan-chapga ham bir xil o‘qiladigan so‘zlarga aytiladi. Natija quyidagicha bo‘ladi: Kiruvchi ma'lumot: 121 Chiquvchi ma'lumot: 121 palindrom Kiruvchi ma'lumot: 123 Chiquvchi ma'lumot: 123 palindrom emas 10. (O‘yin. Tosh, qaychi, qog‘oz). Ommabop bo‘lgan Tosh-qaychi-qog‘oz o‘yining dasturini tuzing. (Qaychi qog‘ozni kesadi, tosh qaychini sindiradi, qog‘oz toshni o‘rab oladi). Dastur tasodifiy 0, 1, 2 sonini generatsiya qiladi, mazkur sonlar tosh, qaychi, qog‘ozni ifodalaydi. Dastur foydalanuvchi tomonidan 0, 1, 2 sonlaridan birini kiritishni taklif etadi, ekranga foydalanuvchi yoki kompyuterning qaysi biri g‘olibligini ko‘rsatuvchi satr namoyon bo‘ladi. Masalan, kompyuter 0 ni tasodifiy son qilib olgan bo‘lsa va foydalanuvchi 1 ni kiritsa, “Kompyuter g`olib bo`ldi” jumlasi chop etilishi kerak. 11. (Unli yoki undosh). Foydalanuvchi tomonidan belgi kiritilganda, mazkur belgi unli harf bo’sa “Unli harf”, undosh harf bo’lganda “Undosh harf” yoki harf bo’lmaganda “Harf emas” yozuvini ekranda chop etuvchi dastur kodini tuzing. Elsatma: Unli harflar A/a, O/o, U/u, I/I va E/e. Natija quyidagicha bo‘ladi: Kiruvchi ma'lumot: A Chiquvchi ma'lumot: Unli harf
Natija quyidagicha bo‘ladi: Kiruvchi ma'lumot: A Chiquvchi ma'lumot: a Kiruvchi ma'lumot: 9 Chiquvchi ma'lumot: Harf emas 15. Foydalanuvchi tomonidan konsoldan kiritilgan satrdagi agar u katta harf bo`lsa kichik harfga, kichik harf bo‘lsa, katta harfga aylantirib chop etuvchi dastur tuzing. Agar kiritilgan belgi harf bo‘lmasa, “Harf emas” jumlasi chop etilsin. Natija quyidagicha bo‘ladi: Kiruvchi ma'lumot: A Chiquvchi ma'lumot: a Kiruvchi ma'lumot: 9 Chiquvchi ma'lumot: Harf emas Download 18.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling