A 1917-yil 5-mart b 1917-yil 9-iyun


Download 22.4 Kb.
Sana14.05.2020
Hajmi22.4 Kb.
#106079
Bog'liq
10 sinf test 100 ta


1. Xiva xoni Asfandiyorxon Yosh xivaliklar partiyasining islohot to‘g‘risidagi manifestiga

imzo chekkan sanani aniqlang?

A) 1917-yil 5-mart B) 1917-yil 9-iyun

C) 1917-yil 5-aprel D) 1917-yil 12-may

2. Yosh xivaliklar partiyasi tashkil etilgan sanani aniqlang?

A) 1914-yil B) 1915-yil

C) 1916-yil D) 1917-yil

3. Ma’lumki, Xiva xoni Asfandiyorxon Yosh xivaliklar partiyasining islohot to‘g‘risidagi manifestiga imzo chekkan edi. Ushbu manifestda nimalar ta`kidlangan edi?

1) yangi usul maktablari ochilishi;

2) mamlakatda temiryo‘l, pochta, telegraf barpo etilishi zarurligi;

3) davlat xazinasi nazorat ostiga olinishi;

4) barcha amaldorlarning saylanishi va maosh bilan ta’minlanishi;

5) butun aholining shariat oldida tengligi;

6) jadid maktablarini sovet maktablariga almashtirish

A) 1,2,3,4,5,6 B) 1,2,3,4,5

C) 1,2,3,4 D) 1,2,4,5,6

4 Ma`lumki, Xiva xoni Asfandiyorxon Yosh xivaliklar partiyasining islohot to‘g‘risidagi manifestiga imzo chekkan edi. Ushbu islohotlarni amalga oshirilishini nazorat qilish uchun necha kishidan iborat Idorai mashruta tashkil qilindi?

A) 20 B) 25 C) 30 D) 35

5. XX asr boshlarida Quyidagi qaysi davlatda islohotlarni amalga oshirilishini azorat qilish uchun necha kishidan iborat Idorai mashruta tashkil qilingan edi?

A) Buxoro amirligi

B) Xiva xonligi

C) Turkiston Muxtoriyati

D) Farg`ona Muvaqqaat hukumati

6. Xiva xonligida islohotlar loyihasi e`lon qilingandan keyin kim boshchiligida Majlis(a) va Nozirlar Sho‘rosi(b) tashkil etildi?

A) a-Polvonniyoz Yusupov; b-Anvar Ochilkbekov

B) a-Bobooxun Salimov; b-Husaynbek Matmurodov

C) a-Polvonniyoz Yusupov; b-Bobooxun Salimov

D) a-Ortiq Oxun; b-Is’hoqxo‘ja Xo‘jayev

8.Qachon Yosh xivaliklar partiyasi rahbari Polvonniyoz Yusupovboshchiligidagi delegatsiya Muvaqqat hukumat vakillari bilan muzokara o‘tkazish uchun Toshkentga keldi?

A) 1917-yil mart B) 1917-yil iyun

C) 1917-yil aprel D) 1917-yil may

9. Muvaqqat hukumatning Xivadagi vakili to`g`ri berilgan javobni aniqlang.

A) Kazakov B) Skobelov

C) Mirbadalov D) Ostroumov

10. Asfandiyorxon Muvaqqat hukumatning Xivadagi vakili general …….boshchiligidagi harbiy kuchlarga tayanib, Majlisni tarqatib yubordi.

A) Kazakov B) Skobelov

C) Mirbadalov D) Ostroumov

11. Asfandiyorxon Muvaqqat hukumatning Xivadagi vakiliga tayanib qachon Majlisni tarqatib yubordi?

A) 1917-yil mart B) 1917-yil iyun

C) 1917-yil aprel D) 1917-yil may

12. Ma`lumki, Asfandiyorxon Muvaqqat hukumatning Xivadagi vakiliga tayanib qachon Majlisni tarqatib yuboradi. O`sha vaqtda kimlardan iborat Majlis(a) va Nozirlar Sho‘rosi(b) yangidan tashkil etildi?

A) a-Polvonniyoz Yusupov; b-Anvar Ochilkbekov

B) a-Bobooxun Salimov; b-Husaynbek Matmurodov

C) a-Polvonniyoz Yusupov; b-Bobooxun Salimov

D) a-Ortiq Oxun; b-Is’hoqxo‘ja Xo‘jayev

13.Xiva xoni Asafandiyorxon buyrug`i bilan Husaynbek Matmurodov boshchiligidagi Majlisning necha nafar sobiq a’zosi qamoqqa olindi va keyinchalik qatl etildi?

A) 12 nafar B) 14 nafar

C) 16 nafar D) 17 nafar

14. Asfandiyorxon Majlisni butunlay tugatgan sanani aniqlang.

A) 1917-yil noyabr B) 1917-yil iyun

C) 1917-yil aprel D) 1917-yil dekabr

15. 1917-yilda Asfandiyorxon Majlisni kimlarning yordami bilan butunlay tugatgan edi?

A) turkamlar yordami bilan

B) qozoqlar yordami bilan

C) qoraqalpoqlar yordami bilan

D) rus kazaklari yordami bilan

16. Asfandiyorxon tomonidan qachon JunaidxonXiva xonligi qurolli kuchlari qo‘mondoni qilib tayinlandi?

A) 1917-yil B) 1918-yil

C) 1919-yil D) 1920-yil

17. Quyidagi javoblardan qaysi biri Junaidxon haqida aytilgan fikrlarga mos kelmaydi?

A) 1918-yil JunaidxonXiva xonligi qurolli kuchlari qo‘mondoni qilib tayinlandi

B) Junaidxonning asl ismi Qurbon Mamed Sardor edi

C) Junaidxon chovdur urug‘iga mansub bo‘lgan

D) Junaidxon turkman qabilalaridan hisoblangan

18. Xivada bo‘lgan saroy fitnasi oqibatida Asfandiyorxon o‘ldirilgan sanani aniqlang.

A) 1918-yil 30-oktyabr B) 1918-yil 3-noyabr

C) 1918-yil 10-noyabr D) 1919-yil 5-may

19. Xiva xoni Asfandiyorxon o`ldirilgandan keyin taxtga kim keladi?

A) Is`hohbek B) Davlatbek

C) Said Abdulla D) Nurullaboy

20. Xiva xonligida 1918-1920-yilllarda hukmronlik qilgan xonni aniqlang.

A) Is`hohbek B) Davlatbek

C) Said Abdulla D) Nurullaboy

21. Xiva xoni o`ldirilgandan keyin hukumat boshlig`i bo`lgan shaxsni aniqlang.

A) Bobooxun Salimov

B) Husaynbek Matmurodov

C) Polvonniyoz Yusupov

D) Davlatmurod mahram

22. Junaidxon qo‘shinlari qachon Amudaryodan o‘tib, To‘rtko‘lga hujum qildi?

A) 1918-yil oktyabr B) 1918-yil dekabr

C) 1918-yil noyabr D) 1919-yil 5-may

23. Junaidxonninng qizil askarlarga olib borgan kurahsi qancha davom etdi?

A) 1 yil B) 1,5 yil C) 2 yil D) 2,5 yil

24. Xiva yaqinidagi Taxtaqishlog‘ida Junaidxon bilan sovet hokimiyati vakillari o‘rtasida shartnoma imzolangan sanani aniqlang.

A) 1919-yil 9-aprelda B) 1919-yil 25-aprelda

C) 1920-yil 3-martda D) 1920-yil 24-iyunda

25. Taxta shartnomasi imzolangan sanani aniqlang

A) 1919-yil 9-aprelda B) 1919-yil 25-aprelda

C) 1920-yil 3-martda D) 1920-yil 24-iyunda

26.Sovet Rossiyasi tomonidan mamlakatni industirlashtirish siyosatini birinchi besh yilligi qaysi yillarni o’z ichiga oladi?

A)1927-1931 yillar B)1926-1930 yillar C)1928-1932 yillar* D)1925-1930 yillar

27.Sovet Rossiyasi yuritgan mamlakatni industirlashtirish siyosatini besh yillik tamoyilida ko’zda tutilgan asosiy vazifa nima edi?

A)SSSRni agrar mamlakatdan sanoati rivojlangan va kuchli harbiy davlatga aylantirish*

B)SSSRni agrar mamlakatdan sanoat mamlakatiga aylantirish

C)Faqat og’ir sanoat turlarini rivojlantirish

D)Yengil sanot turlarini rivojlantirish

28.SSSRda industirlashtirish siyosatining besh yillik rejasiga ko’ra qancha yirik korhona qurildi?

A)1650 ta B)1500 ta* C)1455 D)1640 ta

29.SSSRda mamlakatni kollektivlashtirish siyosati qaysi yillari amalga oshirildi?

A)1927-1931 yillar B)1926-1930 yillar C)1928-1932 yillar D)1928-1933 yillar*

30.Sovetlar yuritgan mamlakatni kollektivlashtirish dasturi natijasida nimalar ro’y berdi?

A)Yer egalari mulklaridan mahrum etildi, quloq sifatida ko’pchiligi qamaldi, qatl etildi*

B)Mamlakat oziq-ovqat tanqisligiga barham berildi, hususiy yer egaligiga barham berildi

C)Belorussiya, Kavkazorti, O’rta Osiyo o’lkalarida quloq qilish ishlari avjga chiqdi

D)Mamlakat ishlab chiqarish sohalari tiklandi, sakkiz soatlik ish soatlari joriy etilishiga erishildi, og’ir iqtisodiy tanglik holatidan chiqib olish imkonini berdi

31.Mamlakatni kollektivlashtirish siyosati oqibatida SSSRda qancha odam o’z joyidan mahrum etilgan?

A)15 mlnga yaqin* B)14 mlnga yaqin

C)15 mlndan ortiq D)16 mln

32.1933 yillarda SSSRda ro’y bergan ocharchilik oqibatida qaysi o’lkalarda odamlar halok bo’lganligi qayd etilgan?

A)Ukraina, Kuban, Volgabo’yi , Belorussiya

B)Ukraina , Kuban, Volgabo’yi, Qozog’ison*

C)Belorussiya, Kavkazorti, Ukraina

D)Belorussiya, Kuban, Qozog’iston, Volgabo’yi

33.1933 yilda SSSRda ro’y bergan ocharchilik tufayli qancha odam halok bo’lgan?

A) 6 mlnga yaqin B)7 mlndan ortiq*

C) 6,5 mln D) 8mln

34.SSSRda olib borilgan mamalakatni sanoatlashtirish dasturini ikkinchi besh yilligi qaysi yillarni oz ichiga oladi?

A)1932-1936 yillar B)1933-1937 yillar* C)1934-1938 yillar D)1935-1939 yillar

35.SSSRda sanoatni rivojlantirish dasturi orqali sanoati o’sishiga erishildi va dunyoda sanoati rivojlangan davlatlar qatorida nechanchi o’ringa chiqib oldi?

A)birinchi o’ringa B)ikkinchi o’ringa* C)uchinchi o’ringa D) to’rtinchi o’ringa

36.SSSR sanoati rivojlanishining uchinchi besh yilligi qaysi yili amalga oshirilgan?

A)1933 yil B)1937 yil

C)1936 yil D)1938 yil*

37.SSSR sanoatini rivojlantirishning uchinch besh yilligida asosan qaysi sanoat sohasi rivojlantirilishi rejalashtirildi?

A)yengil sanoat B)kimyo sanoati

C)harbiy sanoat* D)tog’-kon sanoati

38.SSSRda majburiy boshlang’ich ta’lim qachon joriy qilingan?

A)1929 yil B)1930 yil* C)1934 yil D)1932 yil

39.SSSRda “madaniy inqilob” amalga oshirilishi natijasda nimalar ro’y berdi?

A)ko’plab milliy ziyolilar qatag’on qilindi, milliy madaniyat zarar ko’rdi, lekin, savodsizlikka qarshi kurash ijobiy natijalarga olib keldi*

B)san’at, adabiyot va fan sohalari rivojlantirildi, markscha-lenincha mafkura halqning turmush darajasiga singdirila boshlandi, milliy ziyolilar safi kengaydi

C)savodsizlikka to’liq barham berildi, diniy qarashlar nazariyasiga oid konsepsyalar ishlab chiqildi

D) mamlakat sanoati va qishloq ho’jaligi sohasida ko’plab yutuqlar qo’lga kiritildi, lekin ta’lim tizimi to’liq isloh etilmaganligi uchun usbu sohalarda kadrlar muammosi butun sovetlar o’lkasini qamrab oldi

40.1931-1932 yillarda……..

A)Yaponiya Manjuriyani bosib oldi*

B)SSSRda kollektivlashtirish siyosati amalga oshirildi

C)SSSRda “madaniy inqilob”davri boshlandi

D)Yaponiya SSSR hududiga bostirib keldi

41.Yaponiya SSSR hududiga qachon bostirib keldi?

A)1932 yil B)1938 yil*

C)1936 yil D)1934 yil

42.1939 yil Yaponiya hujum qilgan qaysi hududga SSSR harbiy qoshin jo’natib, yordam ko’rsatdi?

A)Mo’g’uliston* B)Xitoy C)Shimoliy Koreya D)V`etnam

43.Halxin-go daryosi yaqinidagi jangda mag’lub bo’lgan davlat qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?

A)SSSR B)Mo’g’uliston C)Xitoy D)Yaponiya*

44.1941 yili……

A) Ikkinchi jahon urushi boshlandi

B)sovet-yapon shartnimasi imzolandi*

C)Sovet ittifoqi Millatlar Ligasi a’zoligiga qabul qilindi

D)Rossiya va Germaniya o’rtasida o’zaro hujum qilmaslik haqidagi shartnoma imzolandi

45.Sovet ittifoqi Millatlar Ligasi ittifoqiga qachon a’zo bo’lgan?

A)1941 yil B)1938 yil C)1934 yil* D)1940 yil

46.Rapallo shartnomasi qaysi davlatlar o’rtasida imzolangan?

A)SSSR va Yaponiya B)SSSR va Germaniya* C)SSSR va Xitoy D)Germaniya va Yaponiya

47.Rapallo shartnomasi qaysi yili imzolangan?

A)1922 yil* B)1924 yil

C) 1926 yil D) 1932 yil

48.SSSR va Germaniya o’zaro hujum qilmaslik haqidagi shartnoma qachon imzolandi?

A)1941 yil 20 mart B)1939 yil 23 avgust* C)1941 yil 15 mart D)1938 yil 17 iyun

49.Molotov-Ribbentrop nomi bilan tarixga kirgan hujjatning nomi qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?

A)SSSR va Yaponiya B)SSSR va Germaniya * C)SSSR va Xitoy D)Germaniya va Yaponiya

50.Germaniya va SSSR o’rtasidagi shartnomaning maxfiy protokolida SSSRga qaysi hududlar berilishiga kelishilgandi?

A)Pol’shaning shimoliy qismi, Bessarabiya, Finlandiya

B)Pol’shaning sharqiy qismi, Bessarabiya, Shvetsiya, Finlandiya

C)Bessarabiya, Finlandiya, Norvegiya, Boltiq bo’yi davlatlar

D)Pol’shaning sharqiy qismi, Finlandiya, Boltiq bo’yi davlatlari, Bessarabiya

51. Mulla Abdulqahhor qayerda qizil askarlarga qarshi bo‘lgan janglarning birida halok bo`ladi?

A) Nurota B) Issiqko`l C) Qizilqum D) Qoraqum

52. Mulla Abdulqahhor qayerda qizil askarlarga qarshi bo‘lgan janglarning birida qachon halok bo`ladi?

A) 1921-yil B) 1922-yil C) 1923-yil D) 1924-yil


53. Sharqiy Buxoro hududida o‘zining boshqaruv usulini amalga oshirgan shaxsni aniqlang.

A) Ibrohimbek B) Davlatmandbek

C) Mulla Abdulqahhor D) Bahrombek
54. Buxorodagi istiqlolchilik harakati rahbarlari o‘rtasida Turkiyadan kelgan generallarni aniqlang.

A) Ibrohimbek va Davlatmandbek

B) Mulla Nafis va Ibrohimbek

C) Anvar va Salim Posho

D) Davlatmandbek va Mulla Nafis
55. Anvar Posho Kavkazdan Buxoro shahriga kelgan yilni aniqlang.

A) 1921-yil oktyabrda B) 1921-yil noyabrda

C) 1921-yil dekabrda D) 1922-yil yanvarda

56. Anvar Posho 1921-yil 9-noyabrda Qarshi yaqinidagi Qiliko‘l atrofida kim bilan uchrashadi va bayonot beradi?

A) Ibrohimbek B) Davlatmandbek

C) Mulla Nafis D) Salim Posho


57. Anvar Poshoning sa’y-harakatlari bilan Sharqiy Buxoroda amalga oshirilgan ishlarni aniqlang.

1) birlashgan qismlar bunyod etildi;

2) turk zobitlari bilan mustahkamlandi;

3) g‘arbcha qo‘mondonlik uslubi joriy qilindi

4) vaqf mulklari askarlarga bepul bo`lib berildi

A) 1,2,4 B) 1,3,4 C) 2,3,4 D) 1,2,3


58. Anvar Posho qachon qizilllar bo`lgan jangda halok bo`ladi?

A) 1921-yil oktyabrda B) 1921-yil noyabrda

C) 1921-yil dekabrda D) 1922-yil avgustda
59. Anvar Posho xotirasiga bag‘ishlab “Baljuvon” marsiyasini yozgan shoirni aniqlang.

A) Fitrat B) Cho`lpon

C) Avloniy D) Mirza Salimbek
60. BXSR Markaziy Ijroiy Qo‘mitasi raisi to`g`ri berilgan javobni aniqlang.

A) Usmon Xo‘ja

B) Abdulhamid Oripov

C) Muhiddin Maxsum Xo‘jayev

D) Ali Rizo Afandi

61. BXSR harbiy ishlar noziri to`g`ri berilgan javobni aniqlang.

A) Usmon Xo‘ja

B) Abdulhamid Oripov

C) Muhiddin Maxsum Xo‘jayev

D) Ali Rizo Afandi

62. Avval Rossiya imperiyasi keyinroq Xiva xonligiga qarshi kurashgan Junaidxon qachondan qizil askarlarga qarshi mustaqillik uchun jangga kirgan edi?

A) 1918-yil o‘rtalaridan B) 1919-yil o‘rtalaridan

C) 1920-yil o‘rtalaridan D) 1921-yil o‘rtalaridan

63. “Rossiya hukmronligi oldida bo‘yin egishni xohlamagan davlat qahramoni” sifatida ta’riflangan shaxsni aniqlang.

A) Usmon Xo‘ja B) Abdulhamid Oripov

C) Madaminbek D) Junaidxon

64. “Xotiralar” kitobi muallifni aniqlang.

A) Ahmad Zaki Validiy B) Usmon Xo‘ja

C) Abdulhamid Oripov D) Mirza Salimbek

65. Junaidxon Xorazmda o‘z faoliyatini yanada kuchaytirgan yilni aniqlang.

A) 1920-yildan B) 1921-yildan

C) 1922-yildan D) 1923-yildan

66. Junaidxon Xorazmda o‘z faoliyatini yanada kuchaytirgan davrda askarlar soni qancha edi?

A) 10 ming B) 12 ming C) 15 ming D) 20 ming


67. 1922-yil aprel oyida Junaidxon qo‘shinlari qayerni ozod qilishdi?

A) Alieli B) Porsu

C) Bog`ot D) Hazorasp

68. Uchinchi chaqiriq XXSR MIK II sessiyasi bo`lib o`tgan davrni aniqlang.

A) 1923-yil 12-yanvarda B) 1924-yil 10-dekabr

C) 1925yil 18-mart D) 1926-yil 22-may

69. Junaidxon 1924-yil 17-iyunda o‘zining necha hamrohi bilan Afg‘onistonga yetib keldi?

A) 20 nafar B) 25 nafar C) 30 nafar D) 35 nafar

70. Junaidxon 1924-yil 17-iyunda o‘zining bir necha hamrohi bilan Afg‘onistonning qaysi shahariga yetib boradi?

A) Hirot B) Marv C) G`azna D) Charjo`y

71. M.Frunzening ta`rificha Turkiston marvaridi deb qayerga aytiladi?

A) Samarqand B) Andijon C) Xiva D) Farg`ona

72. Qurolli kurashning birinchi davri yakunlangan davrni aniqlang

A) 1918-yil B) 1919-yil C) 1921 D)1924-yil

73. Qaysi voqeadan keyin qurolli kurashning birinchi davri yakunlangan?

A) Birinchi jahon urushi boshlangandan keyin

B) Birinchi jahon urushi tugagandan keyin

C) Turkiston Muxtoriyati tugagandan keyin

D) milliy-hududiy chegaralanish o‘tkazgandan keyin

74. Qurolli kurashning ikkinchi davri qaysi yillarda bo`lib o`tgan?

A) 1925-1935-yillar B) 1926-1936-yillar

C) 1927-1935-yillar D) 1929-1937-yillar

75. Qurolli kurashning ikkinchi davri necha yil davom etgan?

A) 10 yil B) 12 yil C) 14 yil D) 16 yil

76. Qaysi voqea ikki buyuk davlatlar o‘rtasida yadro urushi xavfini keltirib chiqardi ?

A) Kubada hokimiyatga kelgan F. Kastro rejimiga qarshi AQSH olib borgan tajovuzkor siyosat*

B) AQSHning sotlialistik davlatlarga qarshi siyosati

C) AQSH prezidenti J. Kennedi bilan sovet rahbari N. Xrushchyov o‘rtasidagi kelishuv

D) Qayta qurish siyosati

77. AQSH prezidenti J. Kennedi bilan sovet rahbari N. Xrushchyov o‘rtasidagi kelishuv natijasida ………

A ) AQSH va boshqa davlatlar SSSRga qarshi bo’lib qoldi

B) Yadro urushi xavfi kuchaydi

C) Ikki buyuk davlatlar o’rtasida munosabat keskinlashdi

D) Dunyoni yadro urushi halokatidan asrab qoldi.*

78. Qachon Afg‘onistonga sovet qo‘shinlari kiritiladi ?

A) 1979* B) 1980 C) 1981 D) 1982

79. Qachon Favqulodda holat davlat ko mi teti (GKCHP) tuzilganligi to‘g‘risida e’lon qilindi ?

A) 1991-yil 19-avgustga B) 1990-yil 19-avgustga C) 1991-yil 19-avgustga* D) 1992-yil 19-avgustga

80. GKCHP mamlakatning bir qator hududlarida favqulodda holat e’lon qildi, 1977-yilgi konstitutsiyaga

xilof ravishda faoliyat yuritayotgan hoki miyat tizimlari tarqatib yuborildi, muxolifatdagi partiya va harakatlar faoliyati to‘xtatildi, ommaviy axborot vositalari ustidan qat’iy nazorat o‘rnatildi, Moskvaga qo‘shin

kiritildi .

Yuqoridagi islohotlarni qaysi davlat organi amalga oshirdi ?

A) KPSS B) MK C) GKCHP * D) Oliy sovet

81. GKCHP islohotlarda nechanchi yildagi konstitutsiyaga xilof ravishda faoliyat yuritayotgan hokimiyat tizimlari tarqatib yubordi ?

A) 1977* B) 1978 C) 1979 D) 1980

82. GKCHP ga qarshi kimlar kurash olib bordi ?

A) Liberalizm tarafdorlari

B ) Demokratik kuchlar *

C) Muxolifat partiyalar

D) Ommaviy axborot vositalari

83. Qaysi sanada Rossiya Oliy Soveti ning favqulodda sessiyasi ochildi.

A)23-avgust kuni B) 22-avgust kuni

C)21-avgust kuni* D) 20-avgust kuni

84. 22-avgust kuni …….. a’zolari qamoqqa olindi ?

A) KPSS B) MK

C) GKCHP * D) Oliy sovet

85. 1953-yil 5-mart kuni I. Stalin vafot etdi ?

A) M. Gorbachyov B) I. Stalin*

C) N. Xrushchyov D) Chernenko

86. 1991-yil 8-dekabr kuni Minsk shahrida Rossiya, Ukraina, Belorussiya rahbarlari …..yilgi Ittifoq

shartnomasini bekor qilib, Mustaqil Davlatlar Ham do‘stligi (MDH) tuzilganligini e’lon qildi ?

A)1922* B) 1923 C) 1924 D ) 1925

87. Mustaqil Davlatlar Ham do‘stligi (MDH) qachon tuzildi ?

A) . 1994-yil 8-dekabr. B) 1993-yil 8-dekabr.

C) 1992-yil 8-dekabr. D) 1991-yil 8-dekabr*

88. Quyidagi qaysi davlat MDHga a’zo bo’lib kirmadi ?

A)Gruziya va Latviya,

B) Litva va Estoniya

C)Faqat Litva

D) Barcha javoblar to’gri*

89. Korrupsiya nima ?

A) tashkilotlar, partiyalar, aholining ma’lum guruhlar vakillarining yig‘ilishi, anjuman.

biror tashkilotga saylangan rahbar organ lari yoki sud a’zolarining yig‘ilishi

B) mansabdor shaxs tomonidan o‘z lavozimini, vakolatlarini suiiste’mol qilish yoki o‘z lavozimidan davlat va

jamiyat manfaatlariga zid ravishda foydalanish, pora olish va berish.*

C) mahsulot, xizmat yoki kapitalni o‘z mamlakatidan tashqariga chiqarish.

D) umumxalq so‘rovi, davlat ahamiyatidagi muhim masalani hal qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan umumxalq ovoz berishi

90. Eksport nima ?

A) tashkilotlar, partiyalar, aholining ma’lum guruhlar vakillarining yig‘ilishi, anjuman.

biror tashkilotga saylangan rahbar organ lari yoki sud a’zolarining yig‘ilishi

B) mansabdor shaxs tomonidan o‘z lavozimini, vakolatlarini suiiste’mol qilish yoki o‘z lavozimidan davlat va

jamiyat manfaatlariga zid ravishda foydalanish, pora olish va berish.

C) mahsulot, xizmat yoki kapitalni o‘z mamlakatidan tashqariga chiqarish.*

D) umumxalq so‘rovi, davlat ahamiyatidagi muhim masalani hal qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan umumxalq ovoz berishi

91. Ikkinchi jahon urushidan keying Germaniya o’zining qancha hududini yo’qotgan edi ?
A) ikki qismini B) uch qismini

*C) bir qismini D) deyarli hammasini

92. Ikkinchi jahon urushidan keyin Germaniyada qaysi davlatlarning akkupatsion zonalari mavjud bo’lgan edi?
1) Polsha 2) Fransiya 3) Italiya 4) AQSh

5) Yaponiya 6) B. Britaniya 7) Ispaniya

A) 1,2,5 B) 3,4,7 C) 2,5,6 * C) 2,4,6

93. Rasman GFR tashkil topgan sanani aniqlang?


A) 1948- yilda *B) 1949- yilda

C) 1950- yilda D) 1947- yilda

94. GFR ni rasman tuzilganligini e’lon qilgan hukumat rahbarini aniqlang?
A) Gelmut Kol B) Vayzenker C) Roman Prodi *D) Konrad Adenaur

95. Germaniyaning sharqiy va g’arbiy qismga bo’linishi qariyib qancha vaqt davom etgan edi?


*A) yarim asr B) bir asr C) chorak asr D) bir yarim asr

96. GFR raqiblarini siyosiy qarama- qarshiligini yengin qachon NATO ga a’zo davlatga aylangan edi?


*A) 1955- yilda B) 1954- yilda C) 1958- yilda D) 1934- yilda

97. Nemis iqtisodiy mo’jizasi davri qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan edi?


A) 50- 60- yillar *B) 60- 70- yillar

C) 70- 80- yillar D) 80-90- yillar

98. Xristian- demokrat Gelmut Kol qaysi yilda GFR ga konsler etib tayinlandi?
A) 1978- yilda B) 1980- yilda

C) 1976- yilda *D) 1982- yilda

99. Quydagilardan Germaniya birlashtirish muzokaralari davom etib samarali yakunlandi va qachon har ikkala qism birlashdi?
*A) 1990- yil 3- oktyabrda

B) 1990- yil 1- noyabrda

C) 1989- yil 14 noyabrda

D) 1989- yil 21- oktyabrda



100. GDR dagi inqilob qaysi yilda bo’lib o’tgan edi va bu oxir oqibat Germaniyaning birlashuvi bilan yakun topdi?
A) 1990-yilda B) 1989- yilda C) 1987- yilda D) 1991- yilda
Download 22.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling