A-a-a-a~a, b-b-b-b-a, v-v-v-v-a


Download 13.22 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi13.22 Kb.
#266283
Bog'liq
muxammas


Aim.uz

Muxammas

O‘zbek mumtoz she’riyatidagi eng faol janrlardan biri muxammasdir. «Muxammas» arabcha so‘z bo‘lib, beshlik ma’nosini anglatadi. Muxammas har biri besh misralik bandlardan tashkil topadi. U a-a-a-a~a, b-b-b-b-a, v-v-v-v-a va h. k. shaklida qofiyalanadi. Muxammaslar qanday asoslarda yaratilishiga ko‘ra: a) mustaqil muxammaslar; b) taxmislar tarzida ikki turli bo‘ladi.

Mustaqil muxammaslar shoirning o‘z ta’bi, ilhomi, istagi natijasida paydo bo‘ladi. Uning besh misralik bandlardan tashkil topishi tasvir yo‘nalishidan kelib chiqib, muallif ixtiyori bilan amalga oshiriladi. Bunday muxammaslarning bandlari soni cheklanmagan. U juda ko‘p bandlardan iborat bo‘lishi ham mumkin. Taxmislar esa boshqa biror shoir g‘azalidan ta’sirlanish, unga ergashish, unga o‘xshatma qilishga urinish natijasida dunyoga keladi. Taxmis ham besh yo‘llik bandlardan tashkil topadi. Lekin har beshlikning dastlabki uch yo‘ligina muallifga tegishli bo‘lib, so‘nggi bayt boshqa shoirning g‘azalidan olingan bo‘ladi. Taxmis bandlarining miqdori g‘azal baytlariga teng bo‘lishi shart. Taxmis yo‘li bilan bitilgan muxammaslar shunchaki beshliklar bo‘lmay, g‘azal ruhiga mos keladigan, undagi yetakchi fikrni rivojlantiradigan, ikki shoirning ijodiy imkoniyatlarini namoyon qiladigan tarzda yaratiladi.

Zavqiyning «Yuzingni ko‘rsatib avval... «shaklida boshlanadigan she’ri mustaqil muxammas bo‘lib, muhabbat tuyg‘usini o‘ziga xos tarzda ifodalaganligi, qahramon holatini berishdagi samimiyati va ta’sirchanligi bilan ajralib turadi. Bu muxammas asosida go‘zal qo‘shiq yaratilgan.
Download 13.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling