A "A" alifbo quyoshi "A" dan boshlanar alla Harflarga karvonboshi "A" harfin tez egalla. B


Download 28.5 Kb.
Sana29.11.2020
Hajmi28.5 Kb.
#154751
Bog'liq
sheʼr


Fargʻona davlat universiteti

Boshlangʻich taʼlim va sport tarbiyaviy ish

yoʻnalishi 19.38-guruh talabasi

Oripova Shaxzodaning

Ona tili va bolalar adabiyoti fanidan

Amaliy ishi

A

"A" alifbo quyoshi

"A" dan boshlanar alla

Harflarga karvonboshi

"A" harfin tez egalla.

B

Baliq dedi e baqa,

Beraymi senga chaqa.

D

Dengiz osha bolalar,

Miriqib sayohat qilishar.

E

Echki dedi: Uloqqa

Endi ketamam uzoqqa

F

Fil fontanda choʻmildi,

Faqat yarmigacha koʻmildi

G

Gullar ekib, daraxtlarni oqlaganlar,

Tabiatni goʻzalligin saqlanglar,

Jonzodlarga kimda mehr kuchli, moʻldir,

Bilib qoʻying, bunday bola yaxshi, zoʻrdir

H

Ha, dadajon, qoʻrqmaymiz biz,

Mard va polvon boʻlamiz.

Ishonchingiz oqlash uchun

Kuch-qudratga toʻlamiz.

I

Ikki oyoq berdi, yana yurishga

Biri uyon biri bunday turishga.

J

Jaxli chiqib birdan uni

Javrab berdi hatto gulni.

K

Ketdi sovuq, ketdi qor,

Salom, senga bahor

L

Laylak keldi yoz boʻldi.

Qanotlari qogʻoz boʻldi.

M

Mard boʻlinglar, botir boʻling,

Shu otangiz tilagi.

Ezgu ishga qodir boʻling,

Yigitga shu keragi.

N

Niynachi, hoy ninachi,

Nogʻoramga oʻyna-chi?

O

Oftob chiqdi olamga,

Nuri tushdi xonamga.

P

Paqillogʻi paqillab,

Yursa kimdir laqillab

P harfidan beomon

Bir soʻz kelar -Pushaymon

Q

-Qaysi yurtning nonlari

Kiritadi jonlarni?

-Minoralari baland

Samarqand bu, Samarqand!

R

Rang barang bu olam

Gular chiqdi bir chaman

S

Sendan, mendan, bizdan,

Har bir oʻgʻil-qizdan

Vatan iqbol kutar,

Bizga imkon kutar.

T

Togʻni baland demangizlar,

Istasangiz yiqasiz,

Raqiblarni kuchli demang,

Gʻayrat qiling yengasiz.

U

Uyga keldi uyalib,

Ikki yuzi qizarib.

V

Vatanim qaydadir?

Qalbim soʼroqlar

Yuragim bogʻlangan

Yaqin yiroqlar.

X

Xoʻroz xonanda boʻldi,

Xoʻtik sozanda boʻldi.

Y

Yomgʻir, yomgʻir yogʻaver,

Hoy kamalak chiqaver.

Z

Zilol suvlar oqar edi,

Uni bogʻbon ochar edi.



Oʻrgimchak hoy oʻrgimchak,

Toʻqishni oʻrgat jindak.



Gʻozlar gʻuv gʻuv etadi,

Koʻnglimni shod etadi.

Sh

Shokir shaxmat oʻynadi,

Keyingi oʻyinga shaylandi.

Ch

Cha-cha-cha

Yur, oʻynaylik-chi

Cha -cha-cha

Xayr tongacha

Ng

Bodiring diring-diring,

Polizga kirib turing.
Download 28.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling