A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti


Download 28.34 Kb.
bet1/2
Sana25.10.2023
Hajmi28.34 Kb.
#1719169
  1   2
Bog'liq
NZdlAwpa6appLIZMxTQ6SpCXVVMQZTqCygMhYhJ9


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARI, IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI, IXTISOSLASHTIRILGAN DAVLAT UMUMTA’LIM MAKTABLARI O‘QUV ISHLARI BO‘YICHA DIREKTOR O‘RINBOSARLARI UCHUN UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISH”


O‘quv-metodik jarayonini tashkil etish
o‘quv kursi
MAVZU: Ta’lim sifatini ko‘tarishda xodimlar mehnatini rag‘batlantirish


Ma’ruzachi: Z.Xaydarova


MAVZU: Ta’lim sifatini ko‘tarishda xodimlar mehnatini rag‘batlantirish


REJA:

  1. Xalq taʼlimi tizimi xodimlarining ijtimoiy mavqei va nufuzini oshirish maqsadida yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar

  2. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish

  3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rtа tаъlim muаssаsаlаrining o‘rnаk ko‘rsаtgаn xodimlаrini moddiy rаg‘bаtlаntirish tаrtibini tаkomillаshtirish to‘g‘risidа» 2019 yil 30 sentyabrdаgi 823-son qаrorigа o‘zgаrtirish vа qo‘shimchаlаr kiritish hаqidа” 831- sonli qarori

Dunyoda shunday kasblar borki, rohatidan mehnati, muvaffaqiyatidan zahmati ko‘p. Ustozu murabbiylarning fidoyi mehnatini ham shunga qiyoslash mumkin. Chindan ham, bilim olib, kamolot cho‘qqisiga etishishimizda ushbu kasb sohiblarining mashaqqatli mehnatlari bor. Ustoz-murabbiylarning zakiy ilmi, ta’lim-tarbiyasi, qalb qo‘ri ila bergan saboqlari tufayli unib-o‘samiz, jamiyatda o‘z o‘rinimizni egallaymiz.
Oilada o‘g‘il farzand dunyoga kelgan kuniyoq, u ustoz tarbiyasiga biriktirilgan. Jahon tamadduniga ulkan hissa qo‘shgan olimu fuzalolarimiz ham ustoz sabog‘ini olib, ulug‘lik maqomiga erishgan. Mustaqillik yillarida o‘qituvchilarning mashaqqatli mehnatlari munosib qadr topdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Har yili ushbu sanani umumxalq bayrami sifatida keng nishonlaymiz. Buni qarangki, o‘qituvchilik kasbi qanchalik ulug‘lanmasin, yer yuzining kamdan-kam davlatlarida yurtimizdagi kabi dam olish kuni sifatida nishonlanadi. Bu ham ilm-u ma՚rifat fidoiylarining sharafli kasbiga bo‘lgan yuksak e՚tibor va e՚tirof namunasidir
O‘quv dargohining ilmiy salohiyatini yuksaltirish borasida quyidagi ishlar qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni maʼnaviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga taʼlim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 14- avgustdagi PQ-3907-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, xalq taʼlimi tizimi xodimlarining ijtimoiy mavqei va nufuzini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019- yil 30- sentabrda 823-sonli qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq umumtaʼlim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayonining samaradorligi va sifatini oshirishni rag‘batlantirish, pedagog, psixolog va kutubxona xodimlariga oylik ustama belgilash, umumtaʼlim muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish, pedagog xodimlarning kasb mahorati va malakasini oshirishini rag‘batlantirishni kuchaytirish masalalari ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, umumta’lim muassasasining pedagog xodimlari faoliyati davomida xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarga o‘quvchilarni tayyorlab borish ishlariga munosib hissa qo‘shgan pedagog xodimlarga mazkur Nizomning 25-bandida ko‘rsatilgan ustamalar o‘rniga bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 100 foiz bo‘lgan ustama haq to‘lanadi.
Umumtaʼlim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini umumtaʼlim muassasasini rivojlantirishga qo‘shgan shaxsiy hissasi va o‘z faoliyatida yuqori ko‘rsatkichlarga erishganligi uchun hamda respublikamizda nishonlanadigan bayram sanalari munosabati bilan ularga kalendarь yili davomida jami ikki lavozim maoshigacha miqdorda mukofot puli to‘lash yo‘li bilan moddiy rag‘batlantiriladi. Umumtaʼlim muassasalari bitiruvchilarining oliy hamda professional taʼlim tashkilotlariga o‘qishga kirish hamda ishga joylashish ko‘rsatkichlari asosida har yili 1 fevralga qadar o‘tgan yilgi erishilgan natijalardan kelib chiqib, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan umumtaʼlim muassasalari rahbar xodimlari quyidagi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorida rag‘batlantiriladi:

  • o‘quvchilarining 90 foizi va undan ortiq qismi oliy hamda professional taʼlim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan umumtaʼlim muassasalarining direktorlari — 12 baravar, direktori o‘rinbosarlari — 6 baravardan;

  • o‘quvchilarining 85-89 foiz qismi oliy hamda professional taʼlim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan umumtaʼlim muassasalarining direktorlari — 9 baravar, direktor o‘rinbosarlari — 4,5 baravardan;

  • o‘quvchilarining 80- 84 foiz qismi oliy hamda professional taʼlim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan umumtaʼlim muassasalarining direktorlari — 6 baravar, direktor o‘rinbosarlari — 3 baravardan.

Umumtaʼlim muassasalari xodimlariga moddiy yordam ularning murojaatiga ko‘ra yoki umumtaʼlim muassasasi kasaba uyushmasi tashkilotining tashabbusi bo‘yicha favqulodda hollarda, yaʼni yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) vafot etganda, xodim va uning yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) og‘ir jarohat olganda, og‘ir kasallikka chalinganda, xodim tabiiy ofatdan zarar ko‘rganda ko‘rsatiladi.
Umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan tadbirlarning taʼsirchanligini hamda maktablar rahbarlari va pedagogik jamoalarning masʼuliyatini yanada oshirish, umumtaʼlim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlari faoliyatining natijadorligi asosida ularni rag‘batlantirishning shaffof tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2020-yil 31-dekabrda “Umumiy o‘rtа tа’lim muаssаsаlаrining oʼrnаk ko‘rsаtgаn xodimlаrini moddiy rаg‘bаtlаntirish tаrtibini tаkomillаshtirish to‘g‘risidа» 2019 yil 30 sentyabrdаgi 823-son qаrorigа oʼzgаrtirish vа qoʼshimchаlаr kiritish hаqidа” 831-sonli Qarori qabul qilindi.
Respublika taʼlim markazi tomonidan tayyorlangan nazorat materiallari asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari tomonidan 100 foizlik ustama haq olishga daʼvogar pedagog xodimlarning mashg‘ulot olib boradigan fanlari bo‘yicha o‘quvchilarining bilimlari tashqi monitoring tarzida o‘quv yili yakuniga qadar baholanadi hamda 100 foizlik ustama haq olish huquqini qo‘lga kiritgan pedagog xodimlar (ustama olish davrida) shartli ravishda «Аʼlo darajali» pedagoglar deb yuritiladi.
Аyrim normalardagi mavhumliklarga aniqlik kiritish lozimligi umumiy o‘rta taʼlim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish zaruratini yuzaga keltirdi.
Shuning uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi “Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta taʼlim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019 yil 30 sentyabrdagi 823-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 831-sonli qarori qabul qilindi.
Kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar asosida quyidagilar ko‘zda tutilgan:
*umumtaʼlim maktablaridagi pedagog, psixolog va kutubxona xodimlari faoliyatini ochiq maʼlumotlar orqali baholash;
*xalqaro fan olimpiadalarga o‘quvchilarni tayyorlab borish uchun o‘qituvchilarda motivatsiyani orttirish;
*o‘quvchilarni xalqaro baholash tadqiqotlariga tizimli ravishda tayyorlab boradigan o‘qituvchilarga har oylik 100 foizlik ustamalar belgilash;
*maktablarda taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan metodik xizmatni yaxshilashni rag‘batlantirish maqsadida fan metod birlashmalari rahbarlari uchun har oylik ustamalarni 5 foizdan 10 foizga oshirish;
*bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga kirishga puxta tayyorlash, kasbga yo‘naltirish va bandligini taʼminlash borasida maktab rahbarlarini rag‘batlantirish;
*pedagogik jamoalar va taʼlim muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratishga erishish ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, yangi qarorga asosan:



  1. Umumtaʼlim maktablaridagi psixolog va kutubxona xodimlariga ustama belgilashda ushbu ustamaga loyiq ko‘rilgan xodimlar 50 foizdan oshmaslik cheklovi bekor qilindi.

  2. Maktablarning fan yo‘nalishlari bo‘yicha uslubiy birlashmalari rahbarlari bazaviy tarif stavkalariga ustama belgilashda aniq 6 turdagi mezon belgilandi.

  3. Baholash mezonlarining shaffoflashuvi va qisqarishi natijasida jami mezonlar soni maqbullashtirilib, 20 foizga kamaydi.

  4. Ustama olish uchun talabgorlar tomonidan to‘ldirilishi kerak bo‘lgan hujjatlar soni 60 foizga kamayib, endilikda talabgor faqatgina 3 nomdagi hujjatni to‘ldirishi nazarda tutilmoqda.




Download 28.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling