A b d u m a jid m a d r a im o V gavhar fuzailo va


  0 ‘zbek  xalqining  shakllanishiga  oid  manbalar


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/30
Sana15.12.2019
Hajmi6.7 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30

11.5.  0 ‘zbek  xalqining  shakllanishiga  oid  manbalar
11.5.1.  0 ‘zbek  xalqining  shakllanishiga  oid  manbalar  umumiy 
xususiyatlari
O'zbek xalqining shakllanish  masalasi  yaxshi o ‘rganilmagan,  yechimini 
topm agan  ilmiy  m uam m ola rdan  biri.  Masalani  bir  m anba  bilan,  bir 
tadqiqotchi,  u  garcha  fan  mirishkori  bo'Iganda  ham ,  ycchib  berolmaydi. 
Buning  uchun  uzoq  o 'tm ishdan  qolgan  va  turli  tillarda,  qadimgi  eron, 
yunon,  rim,  xitoy,  arab,  fors  va  turkiy  tillarda  yozilgan  qo'lyozm a  va 
toshga,  yog'ochga,  sopolga  va  boshqa  buyumlarga  bitilgan  yozuvlarni 
o 'q iy   olad ig an   mutaxassis  —  m a n b a s h u n o s ,  arxeolog,  e t n o g r a f   va 
antropolog  olim,  adabiyotshunos  (folklorshunos),  tilshunos  va  geograf 
olimlar birgalashib,  bir ilmiy jam oa bo'lib  ishlashlari zarur bo'ladi. Afsuski, 
bizga shunday hamkorlik yetishmay turibdi.  Lekin,  bu  ishni o'zbek olimlari
113

yechib berishlari  kerak. Vaholanki,  muhtaram  Prezidentimiz  I.A.Karimov 
juda t o ‘g‘ri aytganlaridek,  «Odamzod borki,  avlod-ajdodi  kimligini,  nasl-u 
nasabini,  o'zi  tug‘ilib voyaga yetgan qishloq,  shahar,  xullaski,  Vatanining 
tarixini  bilishni  istaydi»1.  Demak,  bu  — xalq  talabi,  Vatan  talabi.
0 ‘zbeklarning  xalq  b o ‘lib  shakllanishiga  oid  biron  alohida  m anba 
y o ‘q.  Bu  masalaga  oid  m a ’lum otlar  tarixiy,  geografik,  lingvistik  va  xalq 
og‘zaki  adabiyotiga  oid  asarlarning  barchasida  mavjud.  Lekin,  ularni 
sinchkovlik  bilan  bittalab  terib  olish  kerak  b o ‘ladi.  Ularni  Tabariy  va 
arab  geografiya  o lim la r in in g   asa rla rid a ,  N i z o m u d d i n   S h o m iy   va 
S h a r a f u d d i n   Ali  Y a z d i y n i n g   « Z a f a r n o m a » s i d a ,   J u v a y n i y   va 
Rashiduddinning  yuqorida  tilga  olib  o ‘tilgan  asarlarida,  «Nusratnoma» 
va «Abdullanoma»da va X—XVI  asrda yozilgan barcha asarlarda uchratish 
mumkin.
XV  asr  oxiri  va  XVI  asr  boshida  ikki  azim  daryo  —  Am udaryo  bilan 
Sirdaryo  oralig‘ida  joylashgan  ko‘hna  mamlakatimizga  qo'shni  Dashti 
qipchoqdan  20  dan  ortiq  qavm:  qo'n g'irot,  naym an,  ming,  d o ‘rm on  va 
boshqa  qavm lar  k o ‘chib  kelib,  mahalliy  turkiyzabon  xalq  tarkibiga 
q o ‘shildilar.  «Tarixi  Abulxayrxoniy»,  «Abdullanoma»  va  «M aktuboti 
Allomiy»  (XVI  asr)  kitoblarida keltirilgan  m a ’lumotlarga qaraganda, o'zbek 
xalqi  tarkibiga  kirgan  qavmlar  soni  92  taga  yetgan.  Bu  haqda  m a ’lumot 
beruvchi  u c h ta - to ‘rtta  asarni  misol  tariqasida  tilga  olib  o'tam iz.
Manbalar  tavsifi 
11.5.2. «Tarixi  Abulxayrxoniy»
«Tarixi  Abulxayrxoniy»  asarida  Bag'dod  xalifaligining sharqiy qismida 
joylashgan  mamlakatlar  va  M ovarounnahrning  qadim  zam onlardan  to 
XV  asrning  60-yillarigacha  kechgan  tarixi  q isqacha  bayon  etiladi. 
Kitobning  so'nggi  qismi,  y a ’ni  Dashti  qipchoqda  Abulxayrxon  bosh 
bo'lgan  qismi  noyob  hisoblanadi.
«Tarixi  Abulxayrxoniy»  Shayboniy Abdullatif Sulton  (Samarqand xoni, 
1540-1551)  hukmronligining  boshlarida  Shayboniy  K o'c hkunchixon 
(1510—1530)ning  sobiq  kotibi  M as’ud  ibn  U sm on  Kuhistoniy  tarafidan 
yozilgan.  Asarda  Abulxayrxon  davlatiga  asos  solgan  va  XVI  asr  boshida 
Shayboniyxon  bilan  birga  M o v aro u n n ah rg a  k o 'c h ib   o 'tg a n   burkut,
1  K a rim o v   I.A .  T a rix iy  x o tira siz   k elajak  y o ‘q / /   K a rim o v   I.A .  B iz k elajag im izn i  o 'z  q o 'lim iz  
b ila n   q u ra m iz .  7 - to m .  T o sh k e n t:  O 'z b e k is to n ,  1999.  1 3 2 -b et.
114

d o ‘rmon,  iyjon, kenegas, qiyot, qo‘ng‘irot, qushchi, qurlovut,  masit, tuboyi, 
uyshin,  koonboyli,  qudag'ay,  mang'it,  muluj,  naym an,  uyg‘ur,  chimboy, 
qorliq,  yonqojar,  nukuz,  timat,  tu m a n -m in g ,  o ‘tarchi  qavmlari  haqida 
m a ’lumotlarni uchratamiz.
11.5.3.  «Nasabnomayi  o'zbek»
«Nasabnomayi  o ‘zbek» bor-yo‘g‘i  ikki  varaqdan  iborat  kichik bir asar. 
U n d a  92  o ‘zbek  qavmining  ro‘yxati  keltiriladi.  Ular  quyidagilar:  ming, 
yuz,  qirq,  o ‘zbek,  o ‘n  qajot,  jaloir,  saroy,  q o ‘ng‘irot,  olchin,  arg‘in, 
n a y m a n ,  q ip ch o q ,  c h a q m o q ,  azaq,  q a lm o q ,  torliq,  tudak,  burlo q , 
samarchiq,  kibcha,  kelachi,  kinakash,  buyrak,  urot,  qiyot,  xitoy,  tunidi, 
o ‘zjulachi,  qoychi,  o ‘taji,  b o ‘lotchi, juyut, job,  chilchut,  buymaut,  orlot, 
kerait,  ungut,  tangut,  manbit,  chilchuvit,  mesit,  markit,  burkut,  qurlas, 
o ‘kalan,  qori,  arab,  ilochi, juburg‘an,  tishliq,  keray,  turkm an,  d o ‘rmon, 
tobin,  tam a,  ram adan,  k o ‘ytan,  uyshin,  badiyi,  hofiz,  qirg‘iz,  mojor, 
k o ‘chalik,  savron,  baxrin,  uyris,  jubrot,  biday,  tatar,  tabash,  michqor, 
s u l d u s ,   t u b o y i ,   ti lo v ,  k i r d o r ,   b a k t i y a ,   q a r q i n ,   s h i r i n ,   o ‘g ‘l o n ,  
qurlat(qurlavut),  bag'lon,  chinboy,  chexilkas,  uyg‘ur,  agar,  yobu,  targ‘il, 
turkan,  kohat.
11.5.4.  «Asomiyi  navadu  du  firqayi  o ‘zbck»
«Asomiyi  navadu  du  firqayi  o'zbek»  («To‘qson  ikki  o ‘zbek firqasining 
nomlari»  t o ‘rt  nafar  mustaqil  asar  « M a jm a ’  al-g‘aroyib»,  «Solnomayi 
xoja Abdulhakim Termiziy»,  «Tarixchiyi  Somiy»  va nomi  aniq b o ‘lmagan 
geo-kosmografik  asar  bilan  bir  m uqovada,  0 ‘zR   FA  Sharqshunoslik 
in s t itu t i   f o n d id a g i  1 3 3 0 -r a q a m li  k i t o b   t a r k i b i d a   m av ju d .  U n d a  
Chingizxondan  to  Ashtarxoniy  Abulfayzxon  (17 1 1 -1 7 4 7 )  davrigacha 
kec hgan  vo q ea la r  qisqacha  bayon  etiladi.  «S olnom ayi  A b u lh ak im  
Termiziy»dan  keyin  «Asomiyi  navadu  du  firqayi  o ‘zbek»  asari  boshlanadi 
va  o ‘zbek  xalqi  tarkibiga  kirgan  92  qavm ning  nomi  keltiriladi.  U lar 
quyidagilardir:  ming,  yuz, qirq,  o ‘ng,  unkajot, jaloir, saroy,  xitoy,  qipchoq, 
naym an,  chaqm oq,  urm oq,  tudaq,  b o ‘ston,  samarchiq,  qalmoq,  qorliq, 
qatag‘on,  orlot,  arg‘in,  barlos,  bo'ytay,  kenagas,  kelachi,  buyrak,  uyrot, 
qiyot,  q o ‘ng‘urot,  q o n g ‘li,  o ‘z, julovchi, jusulovchi,  kaji  (xoji),  o'tarchi, 
qirlovchi, juyut  (jiyut), jid,  chulchut,  buyozit  (bayozit),  uymovut,  keray, 
bag‘lon,  long‘it,  tangut,  m a n g ‘it,  marki,  burkut,  modi  qiyot,  o'kalan, 
olchin,  qori,  g'arib,  shibirg'on,  qishliq,  turkm an,  d o 'rm o n ,  tabai,  tam , 
tobin,  ramadan,  miton,  uyshun, b o ‘sa,  haft,  qirg‘iz,  tatar, bochqir, suldus, 
kelovchi,  dujor, jurat,  badayi,  o ‘g‘lon,  quryuvut,  chimboy,  mehdi,  chilkas,
115

uyg‘ur,  farkon,  nukus,  q o ra tu sh lu b ,  yobu, torg‘il,  ko‘xat,  shuran,  shirin, 
tam a, baxrin,  keray,  taxtiyon,  m ug‘ol,  qoyon.
XVII 
asrda o ‘tgan  shoir Turdi  Farog‘iy ham  o ‘z b e k la ro ‘sha davrda 92 
qavmdan  iborat ekanligini aytadi.
T o r  ko‘ngillik  beklar,  m a n m a n   demang,  kenglik  qiling,
T o ‘qson  ikki  bori  o'zbek  yurtidir,  kenglik  qiling!
Birni  qipchoq-u,  birni  yuz,  birni  nayman  demang,
Qirqu  yuz,  ming  son  b o l ib ,  bir jo n   oyinlik  qiling!
Bir  yaqodin  bosh  chiqorib,  barcha  bir  t o ‘ng‘a  kirib,
Bir  o ‘ngirlik,  bir  terezlik,  bir yaqo-englik  qiling!
Mavzuni  mustahkamlash  uchun  savollar
1.  Manbashunoslik fa n i qachon  shakllangan ?
2.  Eng qadimgi  zamon  tarixchilari  voqea,  hodisalarni  qanday  bayon  qilgan ?
3.  0 ‘rta  asr tarixchilarining manbaga  munosabati  qanday  bo'lgan?
4.  О ‘zbekiston tarixiga oid qo ‘lyozma asarlar qaysi kataloglarda tavsifga olingan ?
5.  Qaysi  o'zbek  manbashunoslaruni  bilasiz?
116

II  BOB.  0 ‘ZBEKIST0N  TARIXI 
MANBALARI
1 -M A V Z U .  Q A D IM G I  Z A M O N   M A N B A L A R I
Darsning  mazmuni: 
0 ‘zbekiston  qadimgi  tarixi  arxeologik  manbalari, 
Eron,  hind,  yunon  va  Rim  manbalari  t o ‘g ‘risida  u m um iy  tushuncha 
beriladi.
Reja:
1.1.  Asosiy  siyosiy-ijtimoiy  voqealar.
1.2.  Qadimgi  Eron  va  hind  manbalari.
1.3.  Qadimgi  Y unon  va  R im   manbalari.
Asosiy  tushunchalar. 
«Avesto»,  arxeologik  manbalar,  Xitoy,  Eron, 
yunon  va  Rim  manbalari,  katiba,  tasvir,  surat,  tarixiy  yozuvlar,  relyef.
1.1.  Asosiy  ijtimoiy-siyosiy  voqealar
0 ‘z b e k i s t o n   h u d u d i   h a m   E r o n ,   H i n d i s t o n ,   M e s o p o t a m i y a ,  
Yunoniston,  Rim,  Misr va Xitoy  singari  m am lakatlar kabi  ilk  madaniyat 
o ‘choqlaridan  hisoblanadi.  Lekin,  uning  qadimiy  madaniyati  haqida 
m a ’lum otlar juda kam  saqlanib qolgan.  Biz yurtimizning faqat  miloddan 
awalgi VI  asrlardan keyingi  ijtimoiy-siyosiy hayoti haqida m a ’lum darajada 
yozma  m a ’lumotlarga  egamiz.
Eron,  Hindiston va ayniqsa,  qadimgi  Yunoniston va  Rim  manbalarida 
s a q l a n g a n   m a ’l u m o t l a r g a   q a r a g a n d a   q a d i m   z a m o n l a r d a   h o z irg i 
0 ‘zbekiston  hududida  istiqomat  qilgan  sak,  massaget va boshqa qabilalar 
u ru g 'c h ilik   tu z u m i n i   b o s h d a n   k e c h ir g a n la r,  c h o rv a c h ilik ,  q ism a n  
dehqonchilik  ham da  hunarm andchilik  bilan  shug‘ullanganlar.
Miloddan  awalgi  VI  asrda  yurtimiz  Ahamoniylar  davlati  (m iloddan 
awalgi  550—330-yillar)  asoratiga  tushib  qoldi.  Ana  shu  davrda  bu  yerda 
istiqomat  qilgan  xalqlar  hayotida  m uhim   ijtimoiy-siyosiy  o ‘zgarishlar 
sodir  b o ‘ldi.  Urug‘  jamoalari  orasida  tabaqalanish  boshlandi:  yangidan 
paydo  bo'lgan  urug‘  aslzodalari  serunum   yerlami  egallab  oldilar,  qul 
m ehnatidan  foydalanish  h am d a  erkin jam o a  a ’zolariga  zulm  qilish  yo‘li 
bilan boyib bordilar.  Shu tariqa jamiyatning tabaqalanish jarayoni  kuchaydi 
va  quldorlik jamiyati  paydo  b o ‘ldi.
Bu  davrning  o ‘ziga  xos  xususiyatlaridan  biri  shuki,  m iloddan  awalgi
VII  asrda  yurtimiz  hududida,  masalan  Balx  va  Xorazmda  otashparastlik
— zardushtlik dini  paydo b o ‘ldi  va keng tarqaldi.
117

Ahamoniylar va ularning  mahalliy noiblari baribiraholini t o ‘la itoatda 
tutib  tura  olmadilar.  Xalqimizning  chet  el  bosqinchilariga  qarshi  kurashi 
kuchaydi.  Natijada  miloddan  awalgi  VI  asr  o ‘rtalariga  kelib  Xorazm 
mustaqillikni  qo'lga  kiritib  oldi.  Sak  va  massagetlar  ham  o 'z   ozodligi 
uchun  tinm ay  kurash  olib  bordilar.  Eron  hukmdorlari  bilan  yurtimiz 
xalqlari  o'rtasida  uzluksiz  davom  etgan  urushlar  Ahamoniylar  davlatini 
kuchsizlantirdi va  Eronning  Iskandar Zulqarnayn  (miloddan awalgi  336— 
323-yy.)  tarafidan  bosib  olinishini  birm uncha  osonlashtirdi.
Iskandar  Zulqarnaynning  yurishlari  (miloddan  awalgi  334—324-yy.) 
yurtimiz  ijtimoiy-siyosiy  taraqqiyotiga  t a ’sir  ko'rsatdi:  katta  yer  egalari 
bo'lmish  mahalliy  aslzodalarning  mavqei  yanada  mustahkamlandi.
M a ’lumki,  Iskandar  Zulqarnayn  vafotidan  (miloddan  awalgi  323-yil 
13-iyun)  m a ’lum  vaqt  (taxminan  75  yil)  o'tgach,  uning  ulkan  saltanati 
m ayda-m ayda  davlatlarga  bo'linib  ketdi.
Miloddan  awalgi taxm inan  250-yili  Buyuk  Makedoniya saltanatining 
Baqtriyadagi  noibi  Diodot  mustaqillik  e ’lon  qildi  va  Yunon-Baqtriya 
davlatiga asos soldi.  Bu  davlat  tarkibiga  Sirdaryo bilan  lnd daryosi  yuqori 
oqimlarigacha  bo'lgan  yerlar  va  xalqlar  qarar  edi.
Hozirgi Turkmanistonningjanubiy tumanlari ham mustaqillikka erishdi. 
Bu yerla hokimiyat tepasiga nufuzli Arshakiylarurug'ining boshliqlari o'tqizildi.
Miloddan  awalgi  190-yili  Magnesiya1  yonida  bo'lgan janglarda  Rim 
qo'shinlari  Buyuk  Antiox  (miloddan  awalgi  242—187-yy.)  qo'shinlarini 
to r-m o r  keltirib,  Salavkiylar  hukmronligiga  qaqshatqich  zarba  berdilar. 
Bu  hoi Yunon-Baqtriya, ayniqsa  Parfiyaning kuchayishiga yo'l ochib berdi.
M iloddan  aw algi  II  asrning  40-yillarida  Partiya  butun  Eron  va 
Mesopotamiyaning katta qismini o'ziga qaratib olib, yirik quldor davlatga 
aylandi.  Poytaxt  Ekbatana  (H a m a d o n )d a n   Evfrat  bo'ylariga,  hozirgi 
Bag'dod  yonida  joylashgan  Ktesifonga  ko'chirildi.
T a x m i n a n   o 's h a   v a q t l a r d a   Y u n o n - B a q t r i y a   d a v la ti  h a m   o 'z  
chegaralarini  birmuncha kengaytirib oldi.  Evfidem,  Demetriy va  Eakradit 
zam onida  So'g'diyona,  Baqtriya,  Araxosiya  (hozirgi  Afg'onistonning 
G'arbiy qismini o'z ichiga olgan  hudud)  va Ariya  (hozirgi Afg'onistonning 
markaziy  qismi),  boshqacha  so'z  bilan  aytganda  hozirgi  O'zbekiston, 
Tojikiston,  Eronning  sharqiy  qismi  ham da  Afg'onistonning  katta  qismi 
Yunon-Baqtriya  davlati  tarkibiga  kirar  edi.
Lekin,  Yunon-Baqtriyaning  ichki  ahvoli  u qadar mustahkam  emas edi. 
Mahalliy  xalq  bilan  yunon-makedoniyalik  hokimlar  o'rtasidagi  ziddiyat
1  M a g n e siy a   —  L id iy a n in g   q a d im iy   s h a h a rla r id a n ,  T u rk iy a n in g   h o zirg i  M a n isiy a   s h a h ri 
o 'r n i d a   b o 'lg a n .
I  18

tobora  chuqurlashib  bordi,  chet  el  bosqinchilariga  qarshi  q o ‘zg‘olonlar 
kuchaydi.  Xalq  harakati,  ayniqsa,  S o'g 'd iyonada  keskin tus  oldi.  Natijada 
miloddan awalgi  II asroxirlari va I asr boshlarida So‘g‘diyona mustaqillikni 
qo‘lga  kiritishga  muvafTaq  b o ‘ldi.  Yunon-B aqtriya  imperiyasining  boshqa 
o'lkalarida  ham   mustaqillik  uchun  kurash  kuchaydi.
Q a dim dan  Shimoliy Xitoyda  istiqomat  qilib  kelgan  xunnlar  miloddin 
awalgi  II  asr oxirlarida  xitoylar tazyiqi  ostida g ‘arbga  qarab  chekinishga 
majbur  bo'ldilar va  Sharqiy  Turkiston  ham da  Yettisuv  vohasida  ko'chib 
yurgan  skif  (xitoy  manbalarida  yuechji,  antik  adabiyotda  toxarlar  nomi 
bilan  mashhur)  va  usun  qabilalarini  surib  chiqardilar.  Oqibatda  yuechji 
(toxar)  va  usunlar  S o‘g‘diyona  va  Baqtriya  hududiga  ko'chib  o'tdilar  va 
bu  yerda  sak  va  boshqa  mahalliy  qabilalar  bilan  qo'shilib,  aw al  So'g'd, 
milodning  taxm inan  128-yili  Y unon-B aqtriya  davlatiga  qaram   boshqa 
o'lkalarni  h am   to  Ind  daryosigacha  istilo  qilishga  muvafTaq  bo'ldilar.
Shunday  qilib,  Yunon-Baqtriya  davlati  o'rnida  yuechjilar  (toxarlar) 
davlati  tashkil  topti.  Bu  davlat  tarixda  K ushonlar  davlati  nom i  bilan 
mashhurdir.  Kushonlar  davlatiga  hozirgi  O'z bekistonning  katta  qismi, 
Afg'oniston,  Shimoliy  Hindiston  va  Pokistonning  shimoli-g'arbiy  qismi 
qaragan bo'lib,  ayniqsa  Kanishka va uning taxt vorisi Xuvishka hukmronlik 
qilgan  yillari  kuchaydi.  Lekin,  milodning  II  asri  o'rtalarida  bu  davlatning 
ham   inqirozi  boshlandi  va  IV asrga  kelib  mayda  davlatlarga  bo'linib  ketdi.
Yurtimiz  hududida  hukm   surgan  qadimiy  davlatlardan  yana  biri  -  
Qang'  va  Farg'ona  (Parkana)dir.
Qang'  davlati  tarkibiga  Buxoro,  Shahrisabz,  K a ttaqo'rg'on,  Toshkent 
viloyati  va  X orazm ning  shimoliy  qismi  kirgan.  Davlat  tepasida  jabg'u 
(xitoy  manbalarida  chaovu)  turgan.
M iloddin  aw alg i  I I —I  asriarda  F a rg 'o n a d a   h am   mustaqil  davlat 
b o 'lg a n .  X itoy  m a n b a la rid a   keltirilg an   m a ’lu m o tla r g a   q a r a g a n d a , 
Farg'onada hunarmandchilik,  ayniqsa  dehqonchilik rivoj topgan qadimiy 
mamlakat  bo'lib,  uning  70  ga  yaqin  katta-kichik  shaharlari  Kuba-Quva, 
G a u sh a n -O 'z g a n ,  Ershi  —  M arham at,  G o 'y - S h a n   -   Koson  va boshqalar 
bo'lgan.  Mahalliy xalq dehqonchilik va  bog'dorchilik bilan shug'ullangan, 
а ф а ,   bug'doy,  sholi,  beda,  uzum ,  anor,  poliz  ekinlari  va  boshqalarni 
yetishtirgan.
104—101-yillar orasida Xitoy qo'shinlari  Farg'onaga  ikki  marta bostirib 
kirdilar.  Birinchi yurish  104-yili  xitoy qo'shinlarining to r-m o r keltirilishi 
bilan  tugadi.  Ikkinchi  m arta  101 -yili  60  000  kishilik  xitoy  qo'shini 
F arg'onaning  yirik  shaharlaridan  Ershini  (hozirgi  Andijon  viloyatiga 
qarashli  M arham at  qishlog'i  o 'r n id a   bo'lgan)  qam al  qildilar.  Lekin,
119

shaharni  ola  olmadilar,  sulh  tuzib  va  ozgina  o ‘lpon,  3000  bosh  ot  olib 
qaytib ketishga  majbur bo'ldilar.
1.2.  Qadimgi  Eron  va  hind  manbalari
1.2.1.  Qadimgi  Eron  manbalari
1.2.1.1.T osh  va  sopolga  o ‘yib  yozilgan  katibalar  (mixiy
yozuvlar)
B u nday  yozuvlar  A h a m o n iy la r n in g   qadim gi  poytaxti  P ersopol, 
shuningdek  Suza  va  Ekbatana  (hozirgi  H am adon)  shaharlari  va  uning 
atrofida  topilgan.
Masalan,  pishiq  sopol  taxtachaga  o ‘yib  yozilgan  bir  katibada  Doro  1 
(m iloddan  aw algi  522—486-yy.)  hukm ronligining  dastlabki  yillarida 
(miloddan awalgi 494—490-yillar orasida)  Suzada bunyod etilgan saroyning 
qurilish  tafsiloti,  a n i q r o g ‘i  qurilishga  ketgan  m ateria lla rn in g   qaysi 
mamlakatdan keltirilganligi yozilgan. Taxtachadagi m a’lumotlarga ko'ra oltin 
Lidiya  bilan  Baqtriyadan,  qimmatbaho  toshlar,  lazurit  va  serdolik  (qizil  va 
qizg‘ish  rangli  tosh)  So‘g‘diyonadan,  firuza  Xorazmdan  olib  kelingan.
Persopoldan  (Sherozning  shimoliy  tarafida,  undan  taxm inan  50  km 
masofada  joylashgan  520—450-yillar  orasida  qurilgan  shahar)  topilgan 
yozuvlar va tasviriy suratlar — relyeflar katta  ilmiy qiymatga ega.  Ularning 
ayrim  namunalari  XVII— XVI11  asrlarda  (1621-y.)  italiyalik sayyoh  Pedro 
Della  Valle  va  daniyalik  olim  K.  Niburning  nom i  bilan  bog'liq.  1931 — 
1934,  1935-1939  va  un d an   keyingi  yillari  nem is  olimi  E.Xertsfild, 
amerikalik  E.Shmidt,  fransuz  A .G o d ar  ham da  eronlik  M.T.Mustafoviy 
va  A .Som iy  tarafidan  o ‘tkazilgan  arxeologik  ta d q iq o tla r  natidasida 
Persopolda juda  k o ‘p  noyob  yodgorliklar ochildi.  Ular  orasida  Apadana 
zinalari  ustiga  ishlangan  tasviriy  suratlar  alohida  ahamiyat  kasb  etadi. 
Suratlarda  (balandligi  3  fut  -   ingliz  o'lchovi  30,  479  santimetrga  teng) 
ahamoniylarga tobe b o ‘lgan  23  satraplikdan  (qaram  mamlakatdan)  o'lpon 
olib  kelgan  kishilar  qiyofasi  tasvirlangan.  Bular  orasida  baqtriyaliklar 
turli  idishlar,  teri,  m o ‘yna  va  tuya  bilan,  so‘g ‘dliklar  turli  mato,  teri  va 
qo'ylar bilan,  saklar ot  va  chakm onlar bilan,  parfiyaliklar idishlar va tuya 
bilan  va  xorazmliklar  ot  va  qurol-aslaha  bilan  tasvirlangan.
Persopoldan  6  milya  —  qariyb  5  km  masofada,  uning  shimol  tarafida 
Husaynkuh  qoyalarida  ahamoniylardan  Doro  1,  Ksereks  1  (miloddan 
awalgi 486—465-yy.), Artakserks  1  (miloddan awalgi 465-424-yy.)  hamda 
Doro  II  (miloddan awalgi 424—404-yy.)larning maqbaralari  hamda ularga
120

kiraverishda  o 'yib  yozilgan  katibalar  bor.  M a z k u r  yodgorlik  sosoniy 
sarkardalardan  Rustam (636-yili arablar bilan bo'lgan jangda halok bo'lgan) 
nomi bilan  ham  bog'liq va tarixda k o 'p in c h a   Naqshi  Rustam  deb ataladi.
Katibalarda,  ayniqsa  D o ro   1  surati  ostiga  yozilgan  katibada,  uning 
davlati ko'klarga ko'tarib maqtaladi, uning tarafidan bosib olingan xalqlar 
esa  itoatkorlikka  va  halol  m e h n a t  qilishga  chaqiriladi,  bo'ysunm aganlar 
va  shu  sababdan  jazoga  m a h k u m   etilganlarning  nomlari  qayd  etiladi. 
M uhim i  shundaki,  katibada  ahamoniylarga  tobe  bo'lgan  23  satraplik  va 
x a l q l a r n in g   t o ' l a   r o 'y x a t i   y o z ilg a n .  B u l a r   o r a s id a   p a r f i y a l ik la r , 
baqtriyaliklar,  so'g'diyonaliklar  h am d a  xorazmliklar  ham   bor.
Y o d g o rlik   o ra s id a   m u h i m l a r i d a n   y a n a   biri  m a s h h u r   B e h is tu n  
yozuvlaridir.  Bu  yozuvlar  uzunligi  22  m,  u m u m iy   balandligi  7,8  m 
bo'lib,  u lar S him oliy  E ro n d a ,  K i rm o n sh o h d a n   30  km  m asofada,  daryo 
b o 'y la b   o 'tg a n   qadim gi  karvon  yo'li  yoqasida,  uning  ch a p   tarafida, 
Zagros  nom li  tik  qoyaga,  ta x m in a n   105  m e tr b alandlikda  D o ro   1  ning 
amri  bilan  yozilgan g'a la b a yodgorligidir.  Yozuv elam,  bobil  va qadimgi 
eron tillarida bitilgan  va  m ilodda n aw algi  523—522-yillari A h a m oniylar 
s altan a tin i  larzaga  keltirgan  G a u m a t a —522-yil  2 9 - s e n ta b rd a   halok 
b o 'lg a n ,  F rada  —  m a rg 'iy o n a lik ,  522-yil  10-dekabrida  asirga  olingan, 
Skunxa —  hozirgi  Q ozog'iston va O 'zbekiston  hududida istiqomat  qilgan 
sak  q a b i l a l a r in in g   y e ta k c h is i  kabi  b o s h l i q l a r   ra h b a rlig id a g i  xalq 
harakatlari  haqida  hikoya qiladi.
1 .2 .1.2 .  «Avesto»
Zoroastrizm  —  otashparastlik  (m iloddin  awalgi  VI  —  m ilodning  VI 
asri)  dinining  m uqaddas  kitobi  bo'lib,  m iloddin  awalgi  VI  —  milodning 
VI  asrlarida  yozilgan,  Eron  h am d a  O 'r ta   Osiyo  xalqlarining  qadimgi 
madaniyati,  e ’tiqodi,  tili,  adabiyoti va qisman  tarixini  o'rganishda  asosiy 
m anba  hisoblanadi.
Asarning yozilgan joyi  haqida turlicha fikrlar mavjud.  B irguruh olimlar
—  fransuz  J.D arm steter,  Ozarbayjon  olimi  I.Aliyev,  “Avesto”  Midiya  — 
hozirgi  Eronning  shimoli-g'arbiy  qismi  va  Ozarbayjonda  yozilgan,  desa, 
ko'pchilik — V.V.Struve,  S.P.Tolstov,  F.Altxaym va boshqalar Am udaryo 
bo'yida  joylashgan  viloyatlarda,  Balx  va  Xorazm  oralig'ida  yaratilgan, 
deb  hisoblaydilar.  Oxirgi  fikr  so'ngi  vaqtlarda  Eron  olimlari,  masalan 
Ibrohim   Pur  Dovud  tarafidan  h am   e ’tirof etildi.
“ A vesto”  m atni  to 'liq   saqlanm agan.  Bizgacha,  uning ju d a   oz  qismi 
yetib  kelgan,  xolos.  M a ’lum ki,  “A v e sto ”  Kayoniy  h u k m d o rla rd a n  
G i s h to s p —Vishtosp  z a m o n i d a   kitob  holiga  keltirilgan.  Rivoyatlarga
121

qaraganda  uning  gatlar  deb  ataluvchi  asosiy  qismi  xudo  —  Z aratu sh tra 
to m o n id a n   yozilgan  va  M a s ’udiy,  Tabariy  va  Beruniylarning  s o ‘zlariga 
qaraganda  12  000  h o ‘kiz  terisidan  tayyorlangan  maxsus  pergam entga 
oltin  harflar  bilan  yozilgan.  O 's h a   vaqtlarda  uning  uch   nusxasi  mavjud 
bo'lgan,  lekin  bir nusxasi  Iskandar Z ulqarnaynning farmoni  bilan  yoqib 
yuborilgan.  Ikkinchi nusxasi Yunonistonga olib ketilgan,  uchinchi  nusxasi 
esa  otashparastlar diniga  o ‘ta  e ’tiqodli  bo'lgan  kishilar q o ‘lida  saqlanib 
qolgan.  Lekin  bu  nusxa  t o ‘liq  emas.
Asarning  saqlanib  qolgan  qismlarini  t o ‘plash  va  kitob  holiga  keltirish 
ishlari  Parftya  podshosi  Valgash  III  (148—192)  h a m d a   S o so n iy la r 
(milodning  III  asri) davrida ham  davom ettirildi.  “Avesto” sosoniy Shopur 
II  (309—379)  davrida  tartibga  solindi,  izohlar  va  qo'shim chalar  (zand) 
bilan  boyitildi  va  t o ‘la  kitob  holiga  keltirilib,  asosiy  qismlari  pahlaviy 
tiliga  tarjima  qilindi.  Bu  kitob  “Z a n d   Avesto”  nomi  bilan  mashhur.
Afsuski,  “ Zand Avesto”  ham  bizning zamonimizgacha t o ‘la holda yetib 
kelmagan.  Uning bir qismi  Iskandar Zulqarnayn yurishlari vaqtida, boshqa 
bir qismi  esa arablar istilosi  (674—715-yy.)  vaqtida yo‘q qilingan.  Asarning 
bizgacha  yetib  kelgan  qismi,  professor  E.E.Bertelsning  m a ’lum otiga 
qaraganda1,  83  000  so‘zdan  iboratdir.  U,  asosan  t o ‘rt  qismdan  —  yasna, 
yashtov,  vispered,  vendidaddan  tashkil  topgan.  Yasna  tarkibiga  kirgan  gat 
deb ataladigan q o ‘shiqlar “Avesto”ning eng ko‘hna va qimmatli qismlaridir.
“A v e sto ” ning  q o 's h iq la ri  va  qissalari  A bulqosim   Firdavsiyning 
(taxm.940—1030)  “ S h o h n o m a ”  dostoniga  m anba  b o ‘lib  xizmat  qilgan.
“Avesto”  nisbatan  yaxshi  o'rganilgan  (K .Z alem en,  X.Bartolomey, 
E.E.Bertels,  V.V.Struve  va  boshqalar).  U  fransuz  (Anketel  dyu  Perron, 
Y . D a r m s t e t e r ) ,  rus  (K .A .K o s so v ic h ),  ingliz  (L .X .M a y ls),  D a n iy a  
(A.Xristensen)  va  fors  (Ibrohim   P ur  Dovud)  tillariga  tarjima  qilingan. 
Uning  Kopengagenda  (Daniya)  saqlanayotgan  yagona  nusxasi  asosida 
tayyorlangan  fotomatni  1937—1944-yillarda  olti  jild  qilib  nashr  etilgan. 
0 ‘z b e k is to n d a   bu  asarni  M . I s ’h o q o v ,  H . H o m i d iy ,  T . M a h m u d o v ,  
A.Qayumov  va  boshqalar  o'rgangan.
Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 63%20Тарих%20фанлари
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti
63%20Тарих%20фанлари -> «0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi. 1-kitob. Shamsuddinov R, Karimov SH.pdf [Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim]
63%20Тарих%20фанлари -> Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi 2-kitob. Shamsuddinov R.pdf [Ahmadbekhoji mehmonxonasi]
63%20Тарих%20фанлари -> «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati
63%20Тарих%20фанлари -> Fayzulla boynazarov qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> O`zbekiston tarixidan universal qo`llanma tmp9232.pdf [Amudaryo xazinasi]

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling