A b d u m a jid m a d r a im o V gavhar fuzailo va


 .3 .1 7 .  «Mulhaqot  as-suroh»


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/30
Sana15.12.2019
Hajmi6.7 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30

3 .3 .1 7 .  «Mulhaqot  as-suroh»
“ M ulhaqot  as-su ro h ”  ( “A s-suroh”ga  ilova” )  nomli  kitobning  muallifi 
X I I I —XIV  asr  boshlarida  yashagan  tilshunos  va  tarixchi  olim  Jam ol 
Qarshiydir  (1230-y.  tu g 1.).  Uning  asli  ismi  Abulfazl  M u h a m m a d   ibn 
U m a r   ibn  Xolid,  a m m o   olim   k o 'p in c h a   Jam ol  Qarshiy  (Qarshi  — 
m o ‘g ‘ulcha  “qasr” demakdir.)  nomi  bilan  m ashhur bo'lgan.  Olim  Olmaliq 
shahrida  ( I la  vodiysida,  G 'uljaning  g ‘arbi-shimoliy  tarafida  joylashgan 
yirik  o'rta  asr  savdo  va  madaniyat  markazlaridan  biri)  ruhoniv  oilasida 
tug'ilgan.  Otasi  Olm aliqning  m ashhur  hofizlaridan  ( “ Q u r’o n ” ni  qiroat 
bilan  o'quvchi),  onasi  esa  marvlik  shayx  Abu  Alining  avlodi  bo'lgan.
B o'lg'usi  olim   O lm aliq lik   m a s h h u r  shayx  A sh ra f  ibn  N ajib  al- 
Kosoniydan  t a ’lim  oldi,  so 'n g   Chingiziylarga  tobe  bo'lgan  m ahalliy 
h u k m d o r   S u g 'n o q   t a k i n n in g   (vaf.  1250—1253)  o 'g 'l i   E lb u ta rn in g  
ta r b i y a c h i s i   s if a t id a   x i z m a t g a   k ira d i.  Bu  h o i,  s h u n i n g d e k   s a d r  
Burhoniddinning homiyligi tufayli,  uning keyingi  yuqori  lavozim  — devoni 
inshoga ko'tarilishiga yordam berdi.  1264-yili Jamol  Qarshiy,  bizga  m a ’lum 
bo'lm agan  sabablarga  ko'ra,  iste’foga  chiqib,  Koshg'arga  ketib  qoladi.
Koshg'arda  Jam ol  Qarshiyga  sadrlardan  Kamoluddin  Abu  Abdulloh 
ibn  Husayn  va  S a ’duddin  homiylik  qildilar.  Olim  Koshg'arda,  asosan 
she’r  yozish  bilan  mashg'ul  bo'ldi  va  sadr  Sa’duddinning  taklili  bilan 
1302-yili  o'zining  “As-suroh  min  a s-S a h o h ”  ( “ Foydali  (m ulohaza)dan 
kelib  chiqqan  ochiq  g a p ”)  nomli  asarini  yozdi.  Jamol  Qarshiy  1269—
159

1294-yillar  orasida  0 ‘rta  Osiyoning  ko‘pgina  viloyatlari  b o ‘ylab  sayohat 
qilgan.
Masalan,  1269— 1270-yillari  llamishda (Andijondan Talasga boradigan 
y o ‘l  ustida  joylashgan  qadim iy  shahar),  bir  nec ha  bor  (1272,1293) 
Shoshda,  1273-yili  Barchinlig‘kent  va  Jan d d a  bo'lgan.  Olim  an a   shu 
sayohatlar  vaqtida  to'p langan  m a ’lumotlardan  o'zining  yuqorida  nomi 
qayd  etilgan  asarini  yozishda  keng  foydalangan.
Jamol  Qarshiyning  ushbu  asari  Abu  Nasr  h m o il  ibn  H a m m o d   al- 
Javhariyning  (vaf. 1008)  “A s-sahoh”  ( “ M ukamm al  lug'at”)  nomli asariga 
yozilgan  qo'shim cha  bo'lib,  ko'pincha  “ M ulhaqot  as-suroh”  nomi  bilan 
mashhurdir.
Asarda X I 11  asrda Olmaliq va unga qaram yerlarda  hukmronlik qilgan 
turk hukmdorlari,  Qoraxoniylar, xususan ularning  Koshg'arda hukmronlik 
qilgan  namoyandalari;  Koshg'ar,  X o'tan,  Farg'ona,  Shosh  viloyatlari, 
shuningdek  Sirdaryoning  quyi  oqimida  joylashgan  bir  qator  yirik  o 'r ta  
asr  shaharlari,  masalan  Barchinlig'kent,  J an d   haqida,  Jam ol  Qarshiy 
bilan  zamondosh  bo'lgan  m ashhur  kishilar  —  shayxlar,  olimlar,  shoirlar 
haqida  diqqatga  sazovor  m a ’lumotlarni  uchratamiz.
U m u m a n ,  Jam ol  Qarshiyning  ushbu  asari  M o v a ro u n n a h r  ham da 
Markaziy  Osiyo  xalqlarining  X III  asrdagi  tarixi,  m a d a n iy a ti,  yirik 
shaharlari  va  ularning  ahvolini  o'rganishda  zarur  m anbalardan  biridir. 
“ Mulhaqot  as-suroh”  hozirgacha bironta tilga tarjima qilinmagan.  Uning 
qo'lyozm a  nusxalari  Angliya,  Fransiya,  G e rm an iy a  kutubxonalarida, 
Rossiyaning  Sankt-Peterburg  shahrida  va  Toshkentda  mavjud.*
Mavzuni  niustahkamlash  uchun  savollar
/. 
Aral)  tilida  yozilgan  manbalar  va  ularning  yurtimiz  tarixini  о ‘rganishdagi 
ahamiyali qanday?
2.  Beruniyning  “Osor  ul-boqiya ”  asarining  tarixni  о ‘rganishdagi  aham iyati 
nimada ?
3.  Tabariyning  “Tarix ar-rusul va-l-muluk "asari tarixiy tnanba sifatida qanday 
xususiyatlarga  ega ?
4.  Shihobuddin  Nisoviyning  “Sirot  us-sulton  Jaloluddin  Menkburni ”  asari 
mazmuni  nimadan  iborat  va  uning  manba  sifatidagi  ahamiyati  nimada ?
5.  «Devonu  lug'at  at-turk  »  asarining  ilmiy  ahamiyati  nimada?
*  U s h b u   m a v z u   S3.  A h m e d o v   a s a r i g a   t a y a n i b   v o r i t i l d i .
160

4 -M A V Z U .  X III  -   X IV   A S R L A R   M A N B A L A R I
Darsning  mazmuni: 
Ushbu  darsda  vatanim iz  tarixiga  oid  yozm a 
m anbalarning  yaratilishida  fors  tilining  tutgan  o ‘rni,  u  tildagi  asosiy 
m anbalar  t o ‘g ‘risida  talabalarga  tushuncha  beriiadi.
Reja:
4.1.  Asosiy  ijtimoiy-siyosiy  voqealar.
4.2.  M o ‘g ‘ul  va  Xitoy  tillarida  yozilgan  manbalar.
4.3.  Huquqiy  hujjatlar  va  yozishmalar.
4.4.  Forsiy  tilining  m anbalarda  tutgan  o ‘rni.
4.5.  Fors  tilidagi  manbalarning  um um iy  xususiyatlari  va  ahamiyati.
Asosiy  tushunchalar: 
Forsiy  tildagi  yozma  manbalarga  oid  atam alar 
ham   deyarli  arab tilidagilar bilan  bir xil  ataladi  yoki  aynan  bir tushuncha 
ikkala  tilda  ham   ishlatiladi.
4.1.  Asosiy  siyosiy-ijtimoiy  voqealar
1219—1221-yillar ichida O'zbekiston  m o ‘g‘ullar tom onidan istilo etildi. 
1227-yili  Chingizxon Yettisuv,  Koshg‘ar,  M ovarounnahr va Xorazmning 
sharqiy  qismini,  shuningdek,  hozirgi  Afg'onistonning  shimoliy  qismini 
ikkinchi  o ‘g ‘li  C hig‘atoyga  ( 1 2 2 7 - 1 2 4 1-y.)  in ’om   qildi.  Bu  ulus  tarixda 
Chig'atoy ulusi  nomi bilan  mashhur.  Chig‘atoy ulusining oliy hukmdorlari 
ham ,  qoraxitoylar  singari,  ulusni  maxsus  ijaradorlar,  ya’ni  xorazmlik 
m a s h h u r  savdogar  M a h m u d   Yalavoch  (1 1 2 5 -1 2 3 8 )  va  uning  o ‘g ‘li 
M a ’sudbek  (1238—1289)  yordamida  idora  qildilar.
M unko  qoon  (1251 — 1260)  taxtga  o'ltirgandan  keyin,  Jo'ji  ulusining 
oliy hukmdori  Botuxon  (1227— 1255) bilan til biriktirib,  Chig‘atoy avlodining 
k o ‘pchi!igini  qatl  ettirdi  va  Chig‘atoy  ulusini  o'rtada  bo'lib  olishdi.
Lekin,  oradan ko'p vaqt  o'tm ay,  Olg'u  (1261 — 1266)  ulus mustaqilligini 
tiklashga  muvaffaq bo'ldi.  Muborakshoh  (1266)  va  Baroqxon  (1266—1271) 
davrida  mo'g'ul  hukmdorlari  mahalliy  aholi  bilan  yaqinlashish  maqsadida 
islom  dinini  qabul  qildilar.  Natijada,  1266-yili  xon  hamda  ba’zi  m o'g 'u l 
urug'lari  (masalan,  jaloiriylar)  Yettisuvdan  Movarounnahrga  ko'chib 
o'tdilar.  Bu  hoi  o'z  navbatida tarqoqlik  va  parokandalikka  olib  keldi.  XIV 
asrning 50-yillariga  kelib,  Chig'atoy  ulusi  ikkiga  ajralib ketdi  -   Yettisuv va 
Koshg'arda qolgan  m o'g'ullar mustaqillik e ’lon qilib,  o'z davlatlarini  tuzib 
oldilar.  Bu  davlat  tarixda  Mo'g'uliston  yoki  Jete  nomi  bilan  mashhurdir.
M o'g 'u llar hukmronligi  yillarida  M ovarounnahr xalqi  ikki  to m o n la m a
—  m o'g'ul  hukmdorlari  dorug'alar,  bosqoqlar ham da mahalliy yer egalari
161

zulmi  ostida qoldi.  U lar asosiy daromad solig'i  xirojdan tashqari talaygina 
boshqa soliq va jarimalar — dorug'agi,  sar shumor,  ulufa,  tam g'a,  qupchur 
yasog'i,  tag‘or,  bigor  va  boshqalarni  t o ‘lashga  majbur  etilgan  edilar.
O g ‘ir  chorakorlik  m e h n a ti,  m o ‘g ‘ul  hukm d o rlarin in g   beboshligi 
mehnatkash  xalqning  sabr  kosasini  t o ‘ldirdi.  Buxoro  viloyatining  xalqi 
kosib  M ahm ud  Tarobiy va  ilohiyot  olimi  Shamsuddin  Mahbubiylarning 
atrofiga  uyushib,  1238-yili  q o'z g'olon  k o ‘tardi,  lekin  u  boshqa  shahar va 
viloyatlarga  yoyilmadi.  N atijada  Buxorodagi  q o ‘zg‘olon  Yettisuv  va 
Xo'janddan  Ildiz  no'yon  ham da Chuqan  qurchi boshchiligida yuborilgan 
m o'g 'u l  q o ‘shini  tom onida n  bostirildi.
4.2.  M o ‘g ‘ul  va  xitoy  tillarida  yozilgan  manbalar
M o‘g‘ul  va  xitoy  tillarida  yozilgan  manbalarda  O'zbekistonning  X III— 
XIV  asrlardagi  tarixiga  oid  m a’lumotlar  uchraydi.  Ayniqsa,  Chingizxon  va 
mo'g'ullar xuruji  davri tarixi,  m o ‘g‘ul  imperatorlari hukmronligi davri tarixini 
bu  manbalarsiz  o ‘iganib  bo‘lmaydi.  Shuni  alohida  uqtirib  o ‘tish  kerakki,  bu 
manbalarda, xususan xitoy manbalarida, voqealar, birinchidan, yilma-yil bayon 
etilgan,  ikkinchidan,  ularning sodir bo‘lgan joyi  va  vaqti  aniq  ko‘rsatilgan.
4.2.1.  «M ongol-un  niucha  tobchan»
“ Mongol-un  niucha tobchan”  (“ M o‘g‘ullarning  maxfiy tarixi”)  XI11  asr 
boshida o ‘rta asr uyg‘ur imlosida yozilgan va bizgacha xitoy imlosi,  ierografida 
xitoycha  tarjimasi  bilan  yetib  kelgan.  Asarning  xitoycha  nomi  “Yuan-chao 
bi  s h i ”  ( “Y uan  su lo la s in in g 1  maxfiy  tarixi” )  deb  ataladi.  U  Xitoy, 
M o‘g‘uliston,  Markaziy Osiyo va O'zbekistonning XIII asrdagi tarixi bo'yicha 
muhim  manba  hisoblanadi.  Unda  nayman,  kerait,  o ‘ng‘ut,  uyg'ur,  qorliq 
va  boshqa  turkiy  xalqlaming  Chingizxon  xuruji  paytidagi  tarixi  va  ularning 
mo'g'ul  asoratiga tushib qolishi haqida qimmatli  m a’lumotlarni  uchratamiz.
“ Mongol-un  niucha tobchan” xitoy tiliga  1404-yili tarjima qilingan.  1800- 
yili  istifodaga  kiritilgan.  Asar  1866-yili  P.Kafarov  tarafidan  rus  tiliga  tarjima 
qilingan  va  so'zboshi,  xitoycha  matni  va  lug'atlar  bilan  qo'shib,  1941-yili 
S.A.Kozin  tomonidan  “Сокровенное  сказание”  nomi  bilan  chop  etilgan. 
Asarning  E.Xyonning  tarafidan  amalga  oshirilgan  nemischa  nashri  mavjud.
4.2 .2 .  «Szin-shi»
“ Szin-shi”  (“Szin sulolasining2 tarixi”) nomli asarso'nggi yuan imperatori
1  Y u an   su lo la si  —  X ito y n i  1259— 1 3 3 2 -y ilIa rd a   id o ra   q ilg a n   su lo la .  A so sc h isi  X u b ila y x o n  
(1 2 6 0 -1 2 9 4 ) .
!  S zin   su lo lasi  —  2 6 5 —4 2 0 -y y .
162

Shindi  (To‘g‘o n   Temur)  davrida,  xitoy  olimi  va  yozuvchisi  Ouyan  Sian 
tomonidan yozilgan.  Unga m o‘g‘ul imperatorlari davrida yozilgan va keyincha 
yo'qolgan  “ Shilu”  (“ Sahih  yozuvlar”)  nomli  solnomasi  asos  bo'lgan.
“ Szin-shi”  t o ‘rt  qismdan  iborat:  1)  Szin  sulolosining  siyosiy  tarixi;  2) 
Szin davlatining m a ’muriy,  harbiy,  huquqiy,  moliyaviy,  iqtisodiy,  m a ’naviy 
va ilmiy tizimlari; 3)  Szin imperatorlari;  4)  imperatorlar va ularning oilalari, 
davlat  arboblari,  sarkardalari  va  madaniy  arboblarining  taijimai  holi.
Asarning t o ‘rtinchi qismida o ‘sha vaqtlarda Markaziy Osiyoda istiqomat 
qilgan  turkiy  xalqlar,  uyg‘urlar,  o ‘ng‘itlar  va  boshqalar,  ular  bilan  olib 
borilgan  elchilik  m unosabatlari,  ularning  boshliqlarini  harbiy  xizmatga 
jalb  qilish  haqida  m a ’lum otlar bor.
4 .2 .3 .  «Yuan-chao  min-chen  shi-lyue»
“ Y u a n - c h a o   m i n - c h e n   s h i - l y u e ”  ( “ Y u a n   s u l o l a s i   m a s h h u r  
mansabdorlarining  qisqacha tarjimai  holi”)  nomli  asar  15  bobdan  iborat 
b o ‘lib,  uni  tarixchi  Su  Tyanszyue  yaratgan.  Kitobda  saltanatda  xizmat 
qilgan  47  yirik  m ansabdorning  tarjimai  holi  bayon  etilgan.  U lar  orasida 
turkiy  qavmlardan  chiqqanlari  ham   bor.
Bu uch  kitobdan iborat  asarning ko‘pgina nashrlari  mavjud.  Eng yaxshi 
nashri  1962-yili N ankin  universiteti  professori Xan-Julin tarafidan  amalga 
oshirilgan.  Noshirning  so‘zboshisi  m uhim   ilmiy  ahamiyatga  ega.
4 .2 .4 .  «Shen-u  sin  chjen-lu»
“ Shen-u  sin  c h jen -lu ”  ( “ Muqaddas  sarkarda  Chingizxonning  harbiy 
yurishlari  tafsilotlari”)  nomli  asarasli  m o ‘g ‘ul tilida yozilgan,  lekin  uning 
shu  nomdagi  xitoycha  tarjimasi  bizgacha  yetib  kelgan,  xolos.  U nda 
Chingizxonning  harbiy  yurishlari  va  m o ‘g ‘ullar  xuruji  vaqtida  turkiy 
xalqlarning  ijtimoiy-siyosiy  hayoti  haqida  hikoya  qilinadi.
“ S hen-u  sin  c h jen -lu ”  asarini  birinchi  marta  Yuan  Chjon  1894-yili, 
Van  Govey  ismli  tarixchi  1925— 1926-yillari  keng  izohlar  bilan  chop 
etgan.  1872-yili  P.Kafarov asarning  ruscha tarjimasini, so‘zboshi  va zarur 
izohlar  bilan  q o ‘shib,  nashr  etgan.  1951-yili  Pelo  va  G a m b u s   uning 
fransuzcha  nashrini  amalga  oshirganlar.
4 .2 .5 .  «Yuan-shi»
“ Yuan-shi”  ( “Yuan sulolasi  tarixi” )  — Yuan sulolosining to'liq  rasmiy 
tarixidir.  Uni  Sun-lyan (1310—1381) boshchiligidagi  16 muallif-tuzuvchilar 
y a r a t g a n   deb   h i s o b l a y d i la r .   K ito b   M in  s u l o l a s i n in g   i m p e r a t o r i  
Tayqchuning  buyrug‘i  bilan  1369-yiIi  yozib  tamomlangan.
163

A s arto 'rt  qismdan  iborat:
Birinchi qismda Yuan sulolasi  shajarasi,  ya’ni  Xubilayxondan boshlab 
13  mo'g'ul  imperatori,  ularning shaxsiy hayotida b o ‘lib o'tgan va ularning 
davrida  mam lakatda  kechgan  asosiy  voqealar  berilgan.
Ikkinchi  qismda  samoviy  voqealar tafsiloti,  mamlakatda  b o ‘lib  o ‘tgan 
hududiy voqealar,  mamlakatning m a’muriy bo‘linishi haqida,  mamlakatdagi 
daryolar va nahrlar,  xalqining liboslari,  amaldorlarni  mansabga tayyorlash 
oldidan o ‘tkaziladigan imtihonlar va boshqalar haqida m a ’lumot keltiriladi.
Uchinchi  qismda  im perator va  uning  xonadoni  a ’zolarining  shajarasi 
o ‘rin  olgan.
T o ‘itinchi  qismda  im perator  xonadoni  a ’zolarining  tarjimai  holi  va 
q o ‘shni  mamlakatlar  haqida  qisqacha  m a ’lumot  keltiriladi.
Turkiy  xalqlar  tarixi  va  turk  aslzodalarining  m o ‘g ‘ul  imperiyasining 
ijtimoiy-siyosiy  hayotida  tutgan  o ‘rni  haqida  “Y uan-shi”ning  t o ‘rtinchi 
qismida,  yettinchi  bobda  ju d a  qimmatli  m a ’lum otlar  beriladi.  U nda 
keltirilgan  m a ’lumotlarning  tahlili  shuni  ko'rsatadiki,  turklar,  jamiyatda 
tutgan  mavqeiga  ko‘ra  xitoylardan  keyin  ikkinchi  o ‘rinda  turgan  xalq 
b o ‘lgan.  Yirik  turk  amaldorlari,  asosan  uyg‘ur,  qorliq,  qipchoq,  q o n g ‘li, 
o ‘ng‘ut,  arg‘in,  naym an  va  kerait  qavmlaridan  chiqqan.  Ular,  asosan 
mo'g'ul  imperiyasining m a ’muriy idoralari va harb ishlarini boshqarganlar.
Turklar orasida  olimlar  ham  ko‘p  bo‘lgan.  Bular  —  qorluqlardan  chiqqan 
Bayon,  o ‘ng‘ut  Maqchuzan,  qipchoq  Toybug‘a,  Boboxudu,  Ulchaybotir, 
qong'lidan chiqqan Buxulu, O lms, Tabrikchi va boshqalar. M o‘g‘ul imperatorlari 
xizmatida bo'lgan turklar orasida uyg'urlardan 300 mansabdor va olim bo'lgan.
“Y uan-shi”ning  ayrim  qismlari  turli  yillarda  N.Ya.Bichurin,  Pelo, 
L.Gambis,  E.Xyonish,  S.A.Kozin,  A.Vayli,  G .F ranko,  F.V.Klavaza  va 
G .F .S h u rm an n   tarafidan  tarjima  qilingan.
4.3.  Huquqiy  hujjatlar  va  yozishmalar
Xoja  Ahrorga  tegishli  vasiqa  va  vaqfnomalar.  Bu  turdagi  hujjatlar 
ko'p va ularni  arxiv va  muzeylarning fondlaridan,  shuningdek qo'lyozm a 
kitoblar saqlanayotgan kutubxonalardan topish mumkin. Yirik sharqshunos 
olima  O.D.Chexovich  (1912—1982)  0 ‘zbekiston  Respublikasi  F anlar 
akademiyasining  Sharqshunoslik  instituti  va  0 ‘zbekiston  Respublikasi 
Davlat  arxivi  fondlarida  saqlanayotgan  vasiqa  va  vaqfnomalar  fondini 
ko'p  yillar  davomida  qunt  bilan  o'rgandi  va  ular  ichida  Xoja  Ubaydulla 
Ahrorga  tegishlilarini  ajratib  olib,  matni  va  ruscha  taijimasi  va  maxsus 
tadqiqot bilan birga qo'shib  1974-yili  “С амаркандские документы  XV— 
XVI  веков”  nomi  bilan  nashr  etdi.
164

Xoja  Ubaydulla  A hror  o ‘z  davrining  badavlat  o b ro ‘li  kishisi  b o ‘lib, 
m am lakatning  ijtimoiy-siyosiy  hayotida  katta  nufuzga  ega  bo'lgan.  Uni 
shu  darajaga yetkazgan om illardan  biri  bu  uning q o ‘lida t o ‘plangan  katta 
yer-suv  va  m o l-m ulk  bo'ldi.  Tarixiy  m anbalarning  guvohlik  berishicha, 
uning  300  jufti  nov  (bir juft  ho'kiz  yordamida  haydab  ekiladigan  yer) 
yeri,  shaharlarda tim   (usti  yopiq bozor), d o ‘kon,  h a m m o m ,  karvonsaroy, 
tegirmon,  moyjuvozlari  bo'lgan.
X o ja   U b a y d u l l a   A h r o r   m a ’rifa tli  va  r a i y a t p a r v a r   k ish i  edi. 
Daromadining bir qismini xayrli  ishlarga sarflagan, xalq  manfaatini himoya 
qilgan.  Masalan,  1463-yili  Temuriyzoda  Umarshayx  Mirzo  Toshkent 
xalqidan  katta  m iqdorda  xiroj  talab  qilganda,  Xoja  Ubaydulla  Ahror  uni 
o 'z  hisobidan to'lab yuborgan;  hunarm andlar va bozor ahlidan olinadigan 
tam g 'a  solig'iga  qarshi  chiqqan,  uning  o'zi  va  mulki  barcha  soliqlardan 
ozod  qilinganiga  qaramay,  ayrim  yillari  h a m m a   qatori  xiroj,  ushr  va 
boshqa  soliqlar  —  m a ’unoti  devoniya  va  navoibi  sultoniya  to'lab  turgan.
Xoja  Ubaydulla  Ahror  har  yili  Sulton  A hm ad  Mirzo  (1458—1494, 
M ovarounnahr hukm dori)ning  devoniga  80  ming  m an  (4,32  kg.ga  teng) 
g'allani  xiroj  o 'rn id a   yuborib  turgan;  yiliga  unga  xirojning  bir  qismini—
10  ming  kumush  tanga  berib  turgan.
Xoja Ubaydulla Ahrorga tegishli vasiqa, vaqfnoma va boshqa huquqiy hujjatlar 
hali boshqa yeriardan ham topiladi.  Lekin, O.D.Chexovich nashr qilganlarining 
o'zi  ham  O'zbekistonning  XV—XVI  asr  boshidagi  ijtimoiy-iqtisodiy  ahvolini 
o'rganishda birinchi  darajali  manbalardan  biri  bo'lib xizmat  qiladi.
4.3.1.  Vasiqa
Alloh jumlai jahon egasidir,  uning shon shavkati yuqori  bo'lsin!  (Hijriy) 
859-yil jum odi  ul-oxir  oyining  12-kuni.
Bayramxo'ja  o'g'li  Hasan,  mulkiga  niutasaddiy bo'lishga  haq-huquqi 
bo'lgan holda,  dedi:  “ Samarqandning  So'zangaron  ko'chasida joylashgan 
ikki xonalik uyimni, tahoratxona va ayvoni bilan,  Ubaydullaxoja Jaloliddin 
M ahm udga  sotdim.
M azkur  hovli-joyning  g'a rb  tarafi  olijanob,  hurm at-ehtirom ga  loyiq 
bo'lgan  olg'uvchining  do'koni  bilan  tutash,  shimoliy  tarafi  podshohlik 
yerlari va qisman A m ir S h erm u h am m ad  xojaning uyi  bilan,  sharqi-janub 
tarafdan  esa  halqa  ko'chalar  bilan  tutashdir.
Ushbu  m ulkni,  b archa  haq-huquqlari  bilan,  hozirda  m uom alada 
bo'lgan  1500  dinori  adliyaga1  sotdim.
1  D in o ri  ad liy a  —  M irz o   U lu g ‘b e k   d a v rid a  z a rb   e tilg a n   o ltin   ta n g a   p u l,  v azn i  4 ,4  g r.g a  teng.
165

M azkur sado-sotiqning kafilligi  o ‘zimning zimm am da.
Savdo  quyidagi  shaxslaming  guvohligida  b o ‘ldi:
Abu  Mansur  M uham m ad;
S a’dulla  M uham m ad  al-Ispijobiy;
Ahmad  Ali  al-Xorazmiy;
Xoja  Sulton  Jahongir  o ‘g ‘li;
Bayramshoh  Junayd  R am azon  o ‘g ‘li.
Hammasi  bo ‘lib  26  guvoh.”  1
4.4.  Fors  tilidagi  manbalar
4 .4 .1 .  «Buxoro  tarixi»
“ Buxoro tarixi”, “Tarixi Narshaxiy” va “Tahqiq ul-viloyat” (“Buxoro viloyati 
tahqiqi”)  nomlari  bilan  mashhur  bo‘lgan  bu  asar  Buxoro  va  Quyi  Zarafshon 
vohasida joylashgan shahar va qishloqlaming jo‘g‘rofiy holati, aholisining V ll— 
X asrlardagi  ijtimoiy-siyosiy hayotini  aks ettirgan  qimmatli tarixiy manbadir.
Kitob  muallifining  nom i  qisqacha  Narshaxiy  (899—959)  deb  ataladi. 
Uning  to'liq  ismi  Abu  Bakr  M uham m ad  ibn  J a ’far  ibn  Zakariyo  ibn 
Xattob  ibn  Shariq  b o ‘lib,  X  asrda  ijod  qilgan  buxorolik  yirik  tarixchi 
sifatida  m ashhurdir.  Tarixchi  S a m ’oniyning  m a ’lum otiga  qaraganda 
Narshaxiy asli  Buxoroning Narshax (hozirgi Vobkent yonida)  qishlog‘idan. 
Narshaxiy  o ‘z  asarini  944-yili  yozib  tugallagan.
“ Buxoro  tarixi”  asarining  Narshaxiy yozgan  arab  tilidagi  asli  saqlanib 
qolmagan.  Asar  1128-yili  farg'onalik  (Quva  shahridan)  Abunasr Ahmad 
ibn  M uham m ad  ibn  Nasr al-Qubaviy tarafidan  ilk b or qisqartirilib,  forsiy 
tilga  tarjima  qilingan.  Oradan  taxminan  50  yil  o ‘tgach,  1178-yili  kotib 
M uham m ad  ibn  Zufar ibn  U m a rto m o n id a n   “ Buxoro tarixi” asari  ikkinchi 
marta  tahrir  etildi.
“ Buxoro  tarixi”  asarining  bizgacha  yetib  kelgan  nusxalarida  1178—
1220-yilgi  voqealar  bayoni  uning  tarkibiga  kiritib  yuborilgan.  Shunga 
qaraganda,  Narshaxiyning  asari  uchinchi  m arta  n o m a ’lum  m uharrir 
tom onidan  t o ‘ldirilgan  k o ‘rinadi.
“ Buxoro  tarixi”  0 ‘zbekistonning  arablar  tom o n id a n   bosib  olinishi, 
bu  yerda  islom  dinining  tarqatilishi  ham da  mam lakatning  Somoniylar 
hukmronligi  yillaridagi  tarixini  bayon  etadigan  noyob  manbadir.
Bu  asarning  forsiy  matni  1892,  1894,  1904  va  1939-yillarda  Parij, 
Buxoro  va  Tehronda  chop  etilgan.  Kitob  rus,  ingliz  va  o ‘zbek  tillariga 
(1897,  1954,  1966-yillari)  tarjima  qilingan.
1  A h m e d o v   B.A.  0 ‘z b c k is to n   tarix i  m a n b a la ri.  7 4 —7 5 -b c tla r.
166

4.4.2.  «Siyosatnoma»
Bu mashhur asar muallifi Nizomulmulk tahallusini olgan Saljuqiylar davlatida 
vazir sifatida xizmat qilgan yirik davlat arbobi va tarixchi  olimdir.  Uning asli 
ismi  Abu  Ali  al-Hasan  ibn  Ali  ibn  Is’hoq  at-Tusiy  (1018—1092)  boiib, 
Saljuqiy hukmdorlar Sulton Alp Arslon (1063—1073) hamda Sulton Malikshoh 
I  laming bosh vaziri bo'lgan va bu davlatning ijtimoiy-siyosiy hayotida katta 
rol  o ‘ynagan.  U  saltanatdagi  tarqoqlikka  barham  berish,  markaziy  davlat 
tuzumini mustahkamlash, davlatning moliyaviy ishlarini tartibga solish uchun 
harakat  qilgan.  Shuning  uchun  unga  mamlakatni  tartibga  soluvchi,  ya’ni 
Nizomulmulk nomi berilgan.  Nizomulmulk Bag‘dodda “ Nizomiya” atalmish 
musulmon huquq-aqoid maktabiga asos solgan.
“ S i y o s a t n o m a ”  a s a r i n i n g   b o s h q a   n o m i   “ S i y a r   a l - m u l u k ” 
( “ Podshohlarning  turm ushi”)dir.  Kitob  1092-yili  yozib  tugallangan.  U 
51  bobdan  iborat bo'lib,  unda  davlat tizimi,  moliyaviy hisob-kitob  ishlari, 
q o ‘shin  tuzulishi,  m ansablar  va  ularga  am aldorlarni  tayinlash  tartibi, 
am aldorlar  faoliyati  muammolari  xususida  fikr  yuritiladi.
Asarda  0 ‘zbekiston  tarixiga oid  m uhim   va qimmatli  m a ’lum otlar bor. 
S o m o n iy la r  z a m o n id a   turk  g ‘ulom larini  davlatning  ijtimoiy-siyosiy 
hayotida  tutgan  o ‘rni,  Turkiston  xonlari  Qoraxoniylar  saroyida  xizmat 
qiluvchi  xodimlarning  maishiy  ahvoli,  S om oniylar  xizmatida  bo'lgan 
am irlar  unvonlari,  Xorazmshoh  Oltintosh  (1017—1032)  bilan  Sulton 
M ahm ud  G'aznaviyning vaziri Ahmad  ibn  Hasan  o'rtasidagi  yozishmalar 
ana  shular jumlasidandir.  Asarda,  bundan  tashqari,  karmatlar,  botiniylar 
harakati,  M u q an n a  qo'zg'oloni  haqida  h am   ayrim  diqqatga  sazovor 
m a ’lum otlar  mavjud.
“ S iyosatnoma” ning  forschasi  1931,  1956-yillari,  fransuzchasi  1893- 
yili,  inglizchasi  1960-yili  ham da  ruschasi  1949-yili  B.  D.  Z axode r 
tom o n id a n   chop  qilingan.  Kitob  o'z bek  tiliga  ham   tarjima  qilingan  va 
bosib  chiqarilgan.
Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 63%20Тарих%20фанлари
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti
63%20Тарих%20фанлари -> «0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi. 1-kitob. Shamsuddinov R, Karimov SH.pdf [Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim]
63%20Тарих%20фанлари -> Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi 2-kitob. Shamsuddinov R.pdf [Ahmadbekhoji mehmonxonasi]
63%20Тарих%20фанлари -> «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati
63%20Тарих%20фанлари -> Fayzulla boynazarov qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> O`zbekiston tarixidan universal qo`llanma tmp9232.pdf [Amudaryo xazinasi]

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling