A b d u m a jid m a d r a im o V gavhar fuzailo va


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/30
Sana15.12.2019
Hajmi6.7 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1.  Manbashunoslikning maqsadi nimadan iborat?
2.  Manbashunoslikning vazifalari nimadan  iborat?
3.  Qanday manbalarini bilasiz?
2-M A V ZU .  M A N B A SH U N O SLIK N IN G  
YO‘NALISHLARI
D a rsn in g   m azm uni:  U shbu  d arsda  talabalarga  am aliy   va  nazariy 
m anbashunoslik, yozm a m anbalarni qidirib topish, tavsifga olish va tadqiq 
qilish  tushuntiriladi.
Reja:
2.1.  M anbashunoslik  yo'nalishlarining  asosiy  m aqsad  va  vazifalari.
2.2.  N azariy  m anbashunoslik  (yo'nalishi).
2.3.  M anbalarni  turkum lash.
2.4.  Arxeografiya.Tarixiy  m anbalarni  aniqlash,  tan lash  va tahlil  etish.
2.5.  Am aliy  m anbashunoslik  (yo'nalishi).
2.6.  M anbalarni  ichki  belgilariga  qarab  tahlil  etish.
Asosiy  tushunchalar:  qog'oz,  qog'ozrez,  ohorlash,  muhrlash,  mistar, 
mistar  bog ‘lash,  o ‘lcham,  varaqlar  soni,  jild,  muqova,  sahhof  mujallid,
*  
U shbu m avzuni yoritishda  B. A hm edovning «O 'zbekiston tarixi  m anbalari» (2001) asariga 
tayanildi.  7—13-betlar.
10

jadval, jadvalkash,  vassol, juzy, paygir,  naqqosh, muzahhib, shams naqshi, 
sarlavha,  lavha, zarvaraq,  unvon,  lola naqshi,  turunj naqshi,  lachak, girih, 
islimiy  naqsh,  abri  bahor,  rassom,  musawir.
2.1.  Manbashunoslikning yo‘nalishlari  asosiy maqsad va 
vazifalari
M anbashunoslik  fani  asosan  ikki  y o ‘nalishga  ega  b o 'lib ,  u  nazariy 
m anbashunoslik  va  am aliy  m an bashunoslikdan  iboratdir.  Biz  quyida 
nazariy  m anbashunoslik  xususiyatlarini  bayon  etam iz.
2.2.  Nazariy manbashunoslik (yo‘nalishi)
N azariy  m anbashunoslik yo'nalishi am aliy m anbashunoslik tajribasini 
um um lashtirad i,  yozm a  m anbalarning  vujudga  kelishi  va  ularning  real 
tarixiy sharoitni o ‘zida aks ettirish qonuniyatlari,  m anbalarni izlab topish, 
turkum lash,  tavsifga  olish,  tartibga  solish  asoslarini  ishlab  chiqadi  va 
u lam i ilm iy m uom alaga kiritishning,  am aliy o ‘rganishning eng m aqsadga 
m uvofiq  asosiy  usul  va  yo'llarini  aniqlaydi  va  am aliyotga  tavsiya  etadi.
2.3.  Manbalarni turkumlash
S harq  yozm a  m anbalarni  turkum lashning  yagona  aniq  b ir  qoidasi 
hozirgacha ishlab chiqilmagan. Mavjud qo'lyozm a m anbalar fihristi bir qismi 
asarlar tili  nuqtayi  nazaridan  kelib  chiqib,  tuzilgan.  M asalan,  Angliyaning 
Britaniya  m uzeyida  saqlanayotgan  sharq  qo ‘lyozmalari  yirik  sharqshunos 
Charlz  Ryo tom onidan, ularning qaysi tilda yozilganiga qarab,  arab,  fors va 
turkiy  tildagi  qo'lyozm alarni  alohida-alohida  tavsifga  olib  fihrist  tuzilgan. 
F ransiya  poytaxti  P arijdagi  M illiy  ku tu b x o n ad a  saqlanayotgan  sharq 
qo'lyozm alari  haqida  Edgar Bloshe  ham   shu  tartibda katalog tuzgan.
T oshkentdagi Abu  R ayhon  Beruniy nom idagi  Sharqshunoslik instituti 
x a z in a s id a g i  q o 'ly o z m a la r   b irin c h i  b o r   s a q la n a y o tg a n   ta s h k ilo t 
“O 'zbekiston  F an lar akadem iyasi  Sharq  qo'lyozm alari  m ajm uasi”  nom i 
ostida turli  tildagi  va turli  m avzudagi  asarlar tavsifga olinib,  ularning o 'n  
bir jildi  n ashr  etilgan.  H o zir  qo'lyozm alarni  qaysi  fan  sohasiga  oidligiga 
qarab  tavsifga  olish  boshlab  yuborilgan  b o 'lib ,  m an a  shunday  kataloglar 
chop  etilm oqda.
B a’zi  m anbashunoslar q o'lyozm alarni m azm uniga qarab,  asarda qaysi 
m asala  bayon  etilganiga  qarab  turkum lashni  lozim   topsalar,  ularning 
boshqa  b ir  guruhi  asarning  kelib  chiqishiga,  y a’ni  qayerda  va  qachon 
yozilganligiga  qarab  tu rkum lashni  m a ’qul  k o 'rad ilar.  Y ana  b ir  guruh 
olim lar esa  ularni  rasm iy  hujjatlar,  tarixiy,  geo-kosm ografik va  biografik
11

asarlar  kabi  turlarga  b o 'lib   o ‘rganishni  tavsiya  qiladilar.  M an b alarn i 
avtograf, ya’ni m uallifning o 'z  q o ‘li bilan yozilganligiga yoki ko'chirilgan 
nusxa  ekanligiga  qarab  turkum lash  hollari  ham   uchraydi.
Hozirgi  pay tda tarixchi  m anbashunoslar m anbalar ustida  ishlashning 
faqat  bittasiga,  y a’ni  ularning  turlariga  qarab  tadqiq  etishni  m aqsadga 
m uvofiq  deb  hisoblaydilar.  C hunki  boshqa  ta d q iq o t  y o ‘llari  y ozm a 
m anbani  ch u q u r  va  atroflicha  o'rganish  ham d a  tahlil  qilish  vazifalariga 
to ‘la javob  bera  olm aydi.
Birinchidan, tarixiy m anbalar ichida faqat bir — ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, 
m adaniy masalaga butunlay bag'ishlangan asar deyarli  yo‘q yoki ju da kam.
T il b o ‘yicha  m anbalarni  o'rganish yom on  em as,  lekin biro r m avzuga 
oid  m anbalarni  o'rgangan da,  faqat  bir  yoki  ikki  tild a  yaratilgan  asarlar 
bilan  chegaralanish  tadqiqot  ilm iy  qiym atini  pasaytiradi.
M ana shularni inobatga olganda, tarixiy m anbalarni turlariga va qaysi 
davr voqealarini aks ettirganligiga qarab turkum lash m aqsadga muvofiqdir. 
A w algi paytlarda talaygina m arkaziy oliy o'quv yurtlarida o'qitilgan “SSJI 
tarixi m anbashunosligi” va “O 'rta  asrlar tarixi m anbashunosligi” darsliklari 
m an a  shu  qoidaga  asoslangan.
B.A.  A hm edov  O 'zbekiston  tarixi  (o 'rta   asrlar)  m an balarini  (yozm a 
m anbalarni)  quyidagi  u ch   turga  b o 'lib   o'rganishni  tavsiya  qilgan:  1) 
ashyoviy m anbalar, y a’ni arxeologik qazishlar natijasida topilgan ashyolar;
2)  rasmiy hujjatlar;  3)  tarixiy,  geo-kosm ografik  ham d a biografik asarlar. 
U shbu  tu rk u m d a  qayd  etilgan arxeologik yoki  ashyoviy  m anbalar,  y a ’ni 
qadim da ajdodlarim iz turm ush tarzi va ijtimoiy faoliyatini o'iganish  u chun 
asosiy  m anb a  b o 'lib   xizm at  qiluvchi  m anbalar,  asosan  arxeologiya  fani 
to m o n id an   o'rganiladi  va  biz  u ch u n   qo 'sh im ch a  yoki  yordam chi  dalil 
sifatida  tadqiqotlarga jalb  etilishi  m um kin.
Bizning  fikrim izcha,  O 'zbekiston  tarixi  yozm a  m anbalarini,  asosan 
ikki  turga  b o 'lib   o 'ig an ish   m a ’qul  ko'rinadi.
1)  R a sm iy   h u jja tla r   —  y o r liq la r ,  fa r m o n la r ,  in o y a tn o m a la r , 
vaqfnom alar,  hisob-kitob  daftarlari,  rahno m alar,  rasm iy  yozishm alar, 
m aktublar  va  boshqalar.  U m u m an ,  tarixiy  hujjatlarning  o 'ttiz d a n   ortiq 
turi  mavjud.  H ujjatlar  ijtim oiy-siyosiy  hayotni  bevosita  qayd  etishlari, 
y a’ni  feodal  yer egaligi,  ijtim oiy m unosabatlar,  davlat  tuzilishi va shunga 
o 'x sh a sh   m asalalar  b o 'y ich a  daliliy  m a ’lu m o tg a  boyligi  b ilan   tarixiy 
m anbalarning boshqa turlaridan ajralib turadi. U lar, asosan hujjatshunoslar 
tom onidan maxsus o'rganilsa-da, tarixiy m anba sifatida m anbashunoslikda 
ilmiy  qiym ati ju d a   katta.
2)  N arrativ  yozm a  m anbalar.  B unday  asarlarda  rasm iy  hujjatlarga

nisbatan tarixiy voqea va hodisalar keng va to 'la  yoritiladi.  S huning bilan 
b ir q ato rd a ul^r daliliy m a ’lum otlarga boyligi bilan  k o ‘zga tashlanadi.
Y ozm a  m anbalarni  faqat  zikr  etilganlari  bilan   cheklab  bo 'lm ay di. 
X ususan, badiiy adabiyotlarda ham  tarixiy voqealar,  shaxslar t o ‘g ‘risidagi 
m a ’lu m otlar bayoni m avjud bo'lib, faqat ularning o ‘ziga xos bayon uslubi, 
badiyatini  nazard an  qochirm aslik  kerak.  C hunki  tarixchi  b o r  haqiq atn i 
yozishi  kerak  b o ‘lsa,  sh o ir  yoki  ijodkor  badiiy  t o ‘q im a,  b o 'rttiris h , 
m ubolag‘aga y o ‘l q o ‘yishi,  y a ’ni o ‘z istagiga m uvofiq tasvirlash im koniga 
ega.  M a sa la n ,  A lis h e r  N a v o iy   b a d iiy   a s a rla rid a   s h o ir  d av rig a  va 
zam ondoshlariga oid qim m atli fikr,  m ulohazalar m avjud. X ususan,  uning 
asarlaridagi  shoir  biografiyasiga  oid  m a ’lu m o tlar  asosida  Izzat  S ulton 
“ N avoiyn ing   qalb  d a fta ri”  n om li  kitob  yozib,  u n d a   A lish er  N avoiy 
biografiyasini  tiklashga  harakat  qilgan.
Alisher N avoiyning “X am sa” asari tarkibidagi dostonlarida h am  tarixiy 
m a ’lum o tlar,  xususan  M irzo   U lu g 'b e k   shaxsi  va  u n in g   ilm iy  m erosi 
t o ‘g ‘risida ju d a   qim m atli  fikrlar  mavjud.
Y ozm a m anbalardagi o'zig a xoslikning biri shuki, ularda bayon etilgan 
voqea,  hodisalarga  subyektiv  yondashuv,  ayrim larini  xaspo‘shlash  yoki 
buzib  talqin  etish  hollari  u ch rab   turadi.  B unday  asarlar  ustida  tad qiq ot 
o lib  b o rilg a n d a ,  u la rg a   ta n q id iy   y o n d a sh ish   ta la b   e tila d i.  Bu  esa 
m anbashunoslikning  asosiy  ilm iy  talab  va  tam oyillaridan  biridir.
2.4. Arxeografiya
Arxeografiya — yozm a m anbalarni  ilk tavsifga olish yoki  ulam i qidirib 
top ib,  birinchi  m arta  tavsiflash,  ilmiy  m uom alaga  olib  kirishni  nazarda 
tu tad i.  Bu  ilmiy  yo'nalish  Respublikam iz  F an lar  akadem iyasining  Abu 
R ayhon Beruniy nom idagi Sharqshunoslik instituti va sobiq Q o ‘lyozm alar 
in stitu tid a   b o sh lan g an   b o ‘lib,  m a ’lum   davrgacha  F a rg 'o n a   vodiysi, 
S a m a rq a n d ,  B u x o ro   va  X o ra z m   v ilo y a tla rig a   q a t o r   a rx e o g ra fik  
ekspeditsiyalar uyushtirilgan.  U larda A.  M urodov, A.Irisov,  I.Abdullayev,
A .A hm edov,  B .H asanov,  O .Jalilov,  M .H akim ov,  A.  M adraim ov,  Yu. 
Tursunov va boshqalar ishtirok etganlar.  Bular natijasida bir q an cha nod ir 
q o 'ly o zm alar  va  hujjatlar  aniqlanib,  davlat  xazinalariga  olib  kelingan.
H a m id   S u la y m o n   (vaf. 1979)  A n g liy a,  F ra n s iy a   (1 9 6 8 )  va  A. 
M adraim ov V.  K yuner bilan birgalikda  H indiston kutubxonalariga (1976— 
1977)  arxeografik ekspeditsiyalar uyushtirgan edi.  B uning natijasida q ator 
yozm a  m anb alar  to 'g 'risid a   m a ’lu m otlar,  ayrim larining  m ikrofilm   va 
fotokopiyalari  yurtim izga  keltirilgan.
Hozirgi  paytda  Sharqshunoslik  instituti  va  Islom  universiteti  qoshida

sharq q oiyozm alarini qabul qilish arxeografik komissiyalari mavjud bo'lib, 
ularda aholi  o 'rta sid a mavjud yozm a m anbalarning qiym atini  aniqlashga 
qodir  m utaxassislar bor.
2.4.1.  Tarixiy manbalarni  aniqlash,  tanlash va tahlil etish
N azariy  m anbashunoslikda  eng  za ru r  tarixiy  m anb alarn i  aniqlash, 
ta n la sh   va  n ih o y at  u n i  ilm iy  tah lil  qilish  h a r  q an d a y   k a tta -k ic h ik  
tadqiqotning  dastlabki  bosqichi  hisoblanadi.
Tanlangan mavzuning ilmiy ham da nazariy jihatdan to ‘g‘ri hal etilishi ko‘p 
jihatdan  har qanday tadqiqotning  asosini  tashkil  etadigan  manbaning  sifat  va 
salmog‘iga, ya’ni mukammalligiga va daliliy m a’lumotga boyligiga bog'liqdir.
M anbashunoslik talablaridan biri shuki,  biro r m avzuni tad q iq  etishda 
bir em as, balki b ir n ech a m anbalar turiga — rasm iy hujjatlar,  solnom alar, 
geo-kosm ografik,  agiografik  va  biografik  asarlarga  asoslanib,  ulardagi 
m a ’lu m otlar qiyosiy solishtirilib tahlil etilsa,  ilmiy tadqiqot saviyasi oshib, 
xulosa va um um lashm alar ishonarli va asosli b o ‘lib, uning ilmiy aham iyati 
h am   k atta  b o ‘lishi  shubhasizdir.
Tadqiqot  u chun  yozm a  m anbalarning  qaysi  biri  asosiy  va  qaysilari 
yordamchi rol o ‘ynashi tanlangan mavzuning xarakterigabog‘liqdir. Masalan, 
iqtisodiy-ijtimoiy  masalalami  o ‘iganishda  rasmiy  hujjatlar  asosiy birlam chi 
m anba  rolini  o'taydigan  b o ‘lsa,  siyosiy  ham da  m adaniy  hayotni  yoritib 
berishda solnom alar — tarixiy asarlar va biografik tazkiralar ham da adabiy- 
badiiy asarlar yetakchi o ‘rinda turadilar. Lekin shunga qaramay, ilmiy tadqiqot 
olib  borishda  faqat  asosiy  hisoblangan  birgina  birlam chi  m an b a  bilan 
kifoyalanib  qolm ay,  im kon  qadar  boshqa  ikkinchi  darajali  m anbalaiga 
murojaat  etish,  ularni  ham  tadqiqotga jalb  etish  maqsadga  muvofiqdir.
M anbashunos olim lam ing tajribasi shuni k o ‘rsatadiki, aksariyat tarixiy 
asarlar ijtim oiy-iqtisodiy m asalalar ham d a m adaniy hayotga oid qim m atli 
m a ’lum otlaiga boy b o ‘ladi.  Rasm iy hujjatlarda va biografik asarlarda esa 
siyosiy tarixga  oid  qim m atli  faktlam i,  tarixiy  asarda  y o ‘q  m a ’lum otlarni 
uchratish  m um kin.
M anbashunoslikdagi  ilmiy  ishda  k o ‘p  va  turli  tipdagi  m anbalarga 
asoslanib,  tadqiq  etilm ish  m avzuga  oid  b arch a  m anbalarni  ishga  jalb 
etish b o ‘lajak  ilmiy  asarning  qiym atini  va  aham iyatini belgilovchi  asosiy 
va  hal  qiluvchi  om illardan  biridir.
2.5. Amaliy manbashunoslik  (yo‘nalishi)
Am aliy m anbashunoslik yo'nalishi bevosita yozm a m anbalarni nazariy 
m anbashunoslik tavsiyasiga b in o an  o'rganish,  izlab topish,  tavsif etish va
14

o ‘zi topgan, m avzu u chun yangi va kerakli m a’lu m o tlam i ilmiy m uom alaga 
olib kirishnijrazarda tutadi.
A m aliy  m anbashunoslikda tadqiq o tch i  o ‘zi u c h u n  b iro r m avzuga oid 
m anbalarni tanlab olgandan keyin ularning h a r birini tashqi yoki m oddiy- 
texnik belgilari  va  ichki  m azm uniga  k o ‘ra  guruhlarga  ajratib  ilm iy  tahlil 
etishi  lozim .
2.5.1.  Manbalarni moddiy-texnik ma’Iumotlariga qarab tahlil 
etish
M anbalarni  m oddiy-texnik  m a ’lu m otlari  deganda  q o ‘lyozm a  kitob 
y o h u d   hujjat  b itilg an   q o g 'o z n in g   o 'lc h a m i,  q o g ‘ozi,  v a ra q la r  so n i, 
m uqovasi,  m atn  o ‘lcham i, xati,  siyohi, xattoti, asar nom i, m uallifi, kitobat 
tarixi, joyi kabi m a’lu m otlar nazarda tutiladi.  Bu m a ’lum otlar asar yozilish 
sabablari,  uning  yozilgan  joyi  va  o 's h a   vaqtdagi  texnik  taraqq iyo t  va 
ijtim o iy -siy o siy   m u h itn i  o 'r g a n is h d a   m u h im   a h a m iy a tg a   ega.  B u 
m a ’lum otlarni  aniqlam ay  turib,  asarda  b ayon  etilgan  voqealar  haqida, 
u m u m a n   q o 'lyozm a  asar  haqida  to 'g 'r i  va  to 'la   tasaw u rg a  ega  b o 'lish , 
u nin g   xususida  fikr bildirish  m um k in  em as.
Q o 'ly o zm a  kitoblam ing  m uallifi,  asar  nom i,  yozilgan  vaqti  va joyini 
a n iq la s h   q iy in .  C h u n k i  q a d im g i  q o 'ly o z m a la rd a   b u g u n g i  k u n d ag i 
kitoblardagi  kabi  m uqovaning  o 'zid ay o q   asar nom i,  m u allif n o m i,  kitob 
boshlanishi  va  oxiridagi  kabi  zaruriy  m a ’lu m o tlar  keltirilm agan.  B a’zi 
h o llard a  asar  oxiri  —  k o lofon-xotim ada  uning  k o 'chirilgan  vaqti  va joyi 
h a m d a   kotibning  nom i  qayd  etiladi,  xolos.
M a ’lum otlar keltirilmagan taqdirda, asarning m atni, yozilish va kitobati 
tarixi,  qog'ozi,  xati ham d a tili va til uslubiga qarab taxm in an aniqlanadi. 
B unday  m a ’lum otlarni  aniqlash  tad q iq o tch id an   k atta  hayotiy  tajriba  va 
yuksak m alakani talab qiladi.  Bu ancha qiyin va m as’uliyatli ishdir.  B unday 
m asalalarni  m ash h u r  kitob  b ilim d o n lari  lb o d u lla   O dilov,  A b du qo dir 
M urodov,  A bdulla  N osirov  kabi  yuksak  m alakali  m utaxassislargina  b ir 
n e c h a   yozm a  m anbalarni  solishtirish,  qiyoslash  asosida  hal  qilishlari 
m um kin.
A sar m uallifi va uning shaxsini aniqlash q o 'ly o zm a kitobni ilm iy tahlil 
e tish d a  k a tta   aham iyatga  ega.  Bu  asarning  yaratilish  tarixi  va  uning 
yozilishiga  sabab  b o'lg an   ijtim oiy-siyosiy  m uh itn i  aniqlab  olish  uchun 
h am   zarurdir.
O datda,  qadimgi  qo'lyozm a  asaiiarda  k o 'p   hollarda  muallifning  ismi 
m a’lum  va ko'zga tashlanadigan joyda, m asalan, asarning boshi yoki oxirida 
qayd etilmaydi.  Ba’zan, u m uqaddim a qism ida yoki asar o'rtasida, voqealar
15

bayoni orasida biron masala yuzasidan tilga olinadi.  K o'p hollarda esa  muallif 
o'zining haqiqiy ismini aytmay,  "faqir-u  haqir” ,  “ojiz va xoksor” ,  “bu g'arib 
banda”  deb  atash  bilangina  kifoyalanadi.  Bunday  hollarda  asar  varaqm a- 
varaq,  satrm a-satr,  alohida  e ’tibor  va  sinchkovlik  bilan  o'rganilishi  lozim. 
Shunday ham bo'ladiki, asarning biron yerida muallif o'zi, otasi yoki yaqinlari 
haqida bir-ikki  kalima aytib o'tadi.  Yoki  bayon etilayotgan voqeaga o'zining 
munosabatini  (masalan,  “Abdullaxon  taxtga o'tirgan vaqtda  kam ina  Hofizi 
Tanish  ibn  M ir  M uham m ad  33  yoshda  edim ”)  bildiradi.
Asar m uallifiningshaxsi,  ya’ni  uning qaysi ijtimoiy guruhga mansubligi, 
u n in g   d u n y o q a ra sh in i  an iq lash   u c h u n   asa rn in g   u m u m iy   g 'o y a v iy  
yo'nalishini  to 'g 'ri  belgilab  olish  uchun  m uhim   aham iyat  kasb  etadi.
2.6.  Manbalarning  mazmunini  tahlil  etish
M anbalarning  m azm unini  tahlil  etish  deganda  qo'ly ozm a  asarning 
tarkibi  va  voqealar  bayonini  tahlil  qilish,  tushuntirish,  g'oyaviy-siyosiy 
saviyasi  va  ilmiy  qiym atini  aniqlash  m asalalari  anglashiladi.
Qo'lyozm a asarning ilmiy qiymatini  unda nimalar bayon etilganligi, voqea 
-hodisalarga muallifning xolis munosabati, keltirilgan dalil va m a’lumotlaming 
to'g'riligi  va  oldinga  surilgan  fikr va  g'oyalar bilan  belgilanadi.
Tarixiy  asarning  asl  nusxa,  original  bo'lishi  yoki  kompilyativ,  y a’ni 
boshqalar m a’lumotlami terib yoki aynan keltirishi, to'la va noqisligi, qisqaligi, 
voqealarning  qay  tarzda  bayon  etilishi  ham   m uhim   ahamiyat  kasb  etadi.
Ilmiy  tadqiqotlarda  original  va  m o 'ta b a r  qo'lyozm alarga  tayanib  ish 
olib  borish,  h ar  bir  dalil  va  m a’lum ot,  raqam lar  eng  ishonchli,  nodir, 
birlam chi  m anbalardan  olinishi  kerak.  B oshqalar  kitobida  keltirilgan 
m a ’lum otlardan  saqlanish  lozim.
O 'tm ish jam iyat  sharoitida  yozilgan  asarlarning  mualliflari  k o 'p in ch a 
o'zlari  keltirayotgan  dalillardan  to 'g 'ri  xulosa  chiqarm aydilar,  ularning 
fikrlarida  noaniqlik,  chalkashlik  va  qaram a-qarshilik  ham   uchraydi.  Bu 
tabiiy  hoi,  alb atta.  C h u n k i,  u lar  yashab  ijod  etgan  m u h itn in g   o 'z i 
ziddiyatlar  bilan  ajralib  tu rar  edi.
Y ozm a  m anbalarda  qaram a-qarshi  fikrlar  bilan  b ir  qatorda  xolisona 
m ulohazalar ham   uchraydi.  Bunday  paytlarda  m uallif k o 'p in cha  o 'z   fikr 
va  m ulohazalarini  pardozli  iboralar  va  istiorali  so 'z la r  orasiga  yashiradi. 
G oroskop  —  odam   tug'ilganda  uning  taqdirini  yoki  biron  ulug'  shaxs 
ishtirokida  sodir  bo'lishi  m um kin  bo'lgan  m uhim   voqeaning  natijasini 
sayyoralarning  o 'sh a  paytdagi  holati  va  o 'rniga  qarab  maxsus  jadvallar 
vositasida  oldindan  belgilash,  shuningdek,  k o 'p   asr aw al  bo'lib  o 'tg an   va 
aynan  m uallif bayon  qilm oqchi  bo'lgan  voqeaga  o'xshash  faktlarni  misol
16

tariqasida keltirish  yo'li  bilan bayon etganlar.
M anbaning  tarkibi  va  m azm unini  ilmiy  tahlil  qilishdan  kuzatilgan 
m aqsad,  uning m uhim  va qim m atli  tom onlarini aniqlash,  unda  keltirilgan 
dalillarning  ishonchliligi  va  to ‘g ‘risini  boshqalaridan  ajrata  olish  h am d a 
eng m uhim i asarda bayon  etilgan voqeani  xolis tarixchi  nuqtayi  nazaridan 
turib  baholay  olishdan  iboratdir.
M anbashunoslik  talablaridan  biri  shuki,  yozm a  m anbani  faqat  uning 
bir  o ‘zida  keltirilgan  dalil  va  m a’lum otlarga  qarab  baholab  bo'lm aydi. 
Ba’zi hollarda keltirilgan dalil soxta, bayon etilgan voqea esa soxtalashtirilgan 
b o lish i  ham   m um kin.  Shuning  uchun  ham   biron  asar  haqida  q at’iy  bir 
fikraytishdan avval  uni o ‘ziga o ‘xshash boshqalari  bilan  solishtirib  ko‘rish, 
keltirilgan  dalillam i  bir-biri  bilan  qiyoslash  va  tekshirish  zarur.
A m aliy m anbashunoslik qadim gi  davrlardan  boshlab to  shu  kungacha 
m a ’lum   darajada  tajriba  to ‘pladi.  Ko‘plab  yozm a  yodgorliklarning  eng 
asosiylari  asl  nusxada  —  faksimilesi,  tan q id iy   m atni,  tarjim a  va  izohli 
taijim asi am alga oshirilib,  chop etishga erishildi. Turli qo'lyozm a fondlari, 
kutubxona  va  m uzey,  shaxsiy  m ajm ualardagi  yozm a  yodgorliklar  tavsifi 
fihrist-kataloglarda e ’lon qilinib,  ularda am alga oshirilgan  m anbashunoslik 
sohasidagi  tadq iq otlar  natijalari  um um lashtirildi.
X ullas,  m an b ala rn i  o ‘rganish  b o ‘yicha  am alga  oshirilgan  ishlar, 
tajribalar um um lashtirilib,  kelgusida am alga  oshirilajak tadqiqotlar uchun 
eng  qulay  va  istiqbolli  tadqiq  m etod  va  usullarini  aniqlab,  belgilab  va 
ishlab  chiqib,  ularning  eng  zam onaviylari  va  sam aradorlarini  am aliyotga 
q o ‘llashni  tavsiya  etish  zarur.
So‘nggi paytda zam onaviy kom pyuterlam ing yozm a m anbalarni tadqiq 
etish im koniyatidan foydalanish  vaqti  keldi.  Bu o ‘rinda zam onaviy talaba 
va  pedagog  internet  xizm atidan  bem alol  foydalana  olishi  talab  etiladi.
U m um an,  nazariy  va  am aliy  m anbashunoslik  biri-birini  to ‘ldiradi, 
biri  ikkinchisi  uchun  asosiy  tadqiqot  y o ‘nalishi  va  uslublarini  belgilasa, 
ikkinchisi birinchisi  uchun  daliliy  m a’lu m o tlar jam lab,  asos b o ‘lib xizm at 
qiluvchi  dalillarni  yig‘adi.
A m a liy   m a n b a s h u n o s l ik   n a z a r i y   b ilim   va  t a j r i b a   a s o s id a  
m anbashunoslikning  konkret,  m uayyan  sohasi,  b o ‘limi,  davri  masalasi 
yoki  biror  m anba  yuzasidan  am aliy,  praktik  tadqiqot  olib  boradi,  arxiv, 
m uzey,  kutubxona  va  shaxsiy  m ajm ualarda  mavjud  yozm a  m anbalarni 
o ‘rg a n ib ,  en g   q im m a tlila rin i  ilm iy   m u o m a la g a   o lib  k irib ,  ken g  
jam oatchilikning  m a ’naviy  m ulkiga  aylantiradi.*
*  U shbu  m avzuni  yoritislida  B.  A hm edovning  «O 'zbekiston  tarixi  m anbalari»
n m —
и г  I 
илтргип  1 " п т   »  т и п ш и щ  ц
(2001)  asaridan  doydalanildi.  13— 19-betlar. 
I M A   Л&

Mavzuni mustahkamlash  uchun  savollar
1.  Manbashunoslikning qaysi yo ‘nalishini  bilasiz?
2.  Nazariy  manbashunoslikning maqsadi va  vazifasi nimadan  iborat?
3.  Amaliy  manbashunoslik deganda  nimani tushunasiz?
4.  Manbaning moddiy-texnik belgilari deganda  nimani tushunasiz?
5.  Manbaning mazmuni nimadan  iborat?
3-M AVZU.  MANBALARNI  0 ‘RGANISH  VA 
0 ‘RGATISH  USULLARI
Darsning mazmuni:  Mavjud m anbashunoslikka oid adabiyotlar asosida 
yozm a  m anbalarni  o 'rgan ish  va  talabalarga  o ‘rgatish  usullari  o'zig a  xos 
xususiyatlari  tahlili  beriladi.
Reja:
3.1.  Y ozm a  m anbalarni tavsif usuli va ularni talabalarga tushuntirish.
3.2.  K odikologik  m a’lum otlar.
3.3.  A sar  m uallifi  va  uning  davri.
3.4.  A sarning  tarkibi  va  m azm uni  tahlili.
3.5.  M anbaning  o'iganilishi  yoki  tarixshunosligi.
Asosiy  tushunchalar:  qo'lyozma  texnik  (moddiy  asosi)  xususiyatlari, 
raqamlash,  varaqlar  sonini  yozib  qo ‘yish  — paginatsiya,  matn  о ‘Ichami, 
sahifada satrlarsoni, debocha,  muqaddima, bob, fast, qism, daftar, xotima- 
kolofon,  kitobat tarixi, asar nomi,  uning mukammalligi, muallif nomi,  tarix, 
xat,  xattot,  xa t turi  va  uslublari,  muhrlar,  hoshiyadagi  izohlar,  turli yozuv 
va  qaydlar,  asarning boshlanishi  va  oxiridagi jumla.
Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 63%20Тарих%20фанлари
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti
63%20Тарих%20фанлари -> «0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi. 1-kitob. Shamsuddinov R, Karimov SH.pdf [Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim]
63%20Тарих%20фанлари -> Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi 2-kitob. Shamsuddinov R.pdf [Ahmadbekhoji mehmonxonasi]
63%20Тарих%20фанлари -> «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati
63%20Тарих%20фанлари -> Fayzulla boynazarov qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> O`zbekiston tarixidan universal qo`llanma tmp9232.pdf [Amudaryo xazinasi]

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling