A b d u m a jid m a d r a im o V gavhar fuzailo va


 .1 0.  «Tarixi jahonkushoy»


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/30
Sana15.12.2019
Hajmi6.7 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30

4.4 .1 0.  «Tarixi jahonkushoy»
175

Muham m ad,  “ Kitob  al-faxriy”  asari  muallifi  Abu  J a ’far  Jaioluddinning 
otasi  boshchiligida  unga  qarshi  zimdan  kurash  boshladilar.  Oqibatda,  ular 
Juvayniyni mansabini suiiste’mol qilib, xazinani birqismini o ‘zlashtirganlikda 
aybladilar.  Juvayniy  odam   yollab  qozi  Tojuddin  Alini  o'ldirtirdi,  lekin  bu 
bilan  muxoliflarining  t a ’qibidan  qutulib  qololmadi.  O 'sha  yilning  o ‘zida 
Abaqaxon  Bag'dod  devonini  taftish  qilish  uchun  odam  yubordi.  Taftish 
natijasida  250  tum an  (bir tum an  10000  kumush  dinorga  teng)  kam om ad 
borligi aniqlandi. Juvayniy qamab q o ‘yildi va kamomad undirib olingandan 
keyin  hibsdan  ozod  qilindi  va o ‘z  mansabiga tiklandi.
Oradan  o ‘n  yil  o ‘tgach,  1281-yili,  Tojuddin  ismli  bir  shaxs  uni  yana 
xazinaga  “q o ‘l  c h o ‘zishda” va yashirincha  Misr bilan aloqa bogMaganlikda 
aybladi.  Bag‘dodning  moliyaviy xo'jaligi yana taftish  qilindi va 300 tum an 
kamomad borligi aniqlandi. Juvayniy yana hibsga olindi,  lekin  kamomadni 
t o ‘lashga  so‘z  bergani  uchun  qam oqdan  ozod  qilindi.  Lekin,  butun  yer- 
suv  va  qim m atbaho  buyumlarni  sotsa  ham,  kam om adning  faqat  170 
tum anini  qopladi,  xolos.  Juvayniy  yana  qam oqqa  olindi,  uni  qiynoqqa 
soldilar,  Bag‘dod  k o ‘chalari  b o ‘ylab  yalangg‘och  qilib  olib  o'tdilar. 
Juvayniy  T o ‘qudar  Ahm ad  davri  (1282—1284)  da  og‘asining  yordamida 
hibsdan  ozod etildi,  musodara qilingan  mol-mulki qaytarib berildi.  Lekin, 
oradan  k o ‘p o ‘tmay,  shahzoda Arg‘un  Bag‘dod devonini  qaytadan taftish 
qilish  va  Juvayniyning  mol-mulkini  musodara  qilishni  buyurdi.  0 ‘sha 
vaqtda  Juvayniy  Ozarbayjonning  Arronida  edi.  Bu  xabar  fojiaga  olib 
keldi  —  1283-yili  Juvayniy  yurak  xurujidan  vafot  etdi.
A lo uddin  O tam alik   Juvayniy  M o ‘g ‘uliston,  0 ‘zbe k isto n   h a m d a  
Eronning  XIII  asrdagi  ijtimoiy-siyosiy  tarixidan  hikoya  qiluvchi  asari 
bilan  shuhrat  topti.  Kitob  1260-yili  yozib  tam om langan.
“Tarixi jahonkushoy”  asari  uch  qismdan  iborat:  1)  M o ‘g ‘ullar,  ularning 
Chingizxon  davridagi  istilochilik yurishlaridan to Guyukxon  (1246—1249) 
davrigacha,  shuningdek,  Jo'jixon,  C hig‘atoyxon  va  avlodlari  tarixi,  2) 
Xorazmshohlar  va  Xurosonning  m o ‘g ‘ul  hukmdorlari  davridagi  (1258- 
yilgacha)  tarixi,  3)  Eronning  1256— 1258-yillardagi  ijtimoiy-siyosiy ahvoli, 
shuningdek,  Ismoiliylarning diniy-harbiy uyushmasi va  Ismoiliylar davlati 
(1090—1258)  tarixi.  Ismoiliylar  tarixi  M aym anduzdagi  kutubxonada 
t o p i l g a n   a s a r l a r ,   x u s u s a n   I s m o i l i y l a r n i n g   k o ‘z g a   k o ‘ r i n g a n  
namoyandalaridan  Hasan  Sabohning  (taxminan  1055—1124)  hayoti  va 
faoliyati  haqida  hikoya qiluvchi  “ Sarguzashti  sayyidmo”  ( “ Sayidimizning 
sarguzashtlari”)  nomli  kitob  asosida  yozilgan.
0 ‘rta  Osiyo  va  0 ‘zbekiston  tarixi  uchun  “Tarixi  ja h onkushoy” ning 
I—II  qismlari alohida ahamiyatga ega. Asarning Xorazm va Xorazmshohlar
176

tarixiga oid qismi  (II  qism)  bizgacha yetib kelmagan  “ Mashorib at-tajorib 
va  g ‘avorib  a l - g ‘a r o ib ”  ( “ Im tih o n n i  salqinlashtirish  joyi  va  ajoyib 
narsalaming yuqori darajasi”),  Faxriddin  Roziyning (1210-yili vafot etgan) 
“J a v o m e ’  u l - u l u m ”  ( “ Ilm lar  m ajm uasi” )  kitoblari  asosida  yozilgan. 
M o varounnahr  va  Sharqiy  Turkiston  tarixi,  shuningdek,  M o ‘g ‘uliston 
haqidagi xabarlar, asosan  muallifning shu  mamlakatlarga qilgan sayohatlari 
vaqtida  to 'plangan  m a ’lum otlar  asosida  yozilgan.
“Tarixi  ja h o n k u sh o y ” ning  forsiycha  matni  Mirzo  M u h am m ad x o n  
Qazviniy to m o n id a n   1912,  1916  va  1937-yillarda  nashr etilgan.  Asarning 
inglizcha va turkcha-usm onlicha  (1 jildi) tarjimalari bor.  Kitob t o ‘g ‘risida 
N.  Toshev  nom zodlik  dissertatsiyasini  yoqladi.
4.4 .1 1 .  «Jome’  ut-tavorix»
“J o m e ’  ut-tavorix”  ( “Tarixlar  majmuasi”)  asarining  muallifi  mashhur 
qomusiy olim,  tarixchi, tilshunos, tabib va yirik davlat arbobi  Rashiduddin 
Fazlulloh ibn  Imoduddavla Abuixayral-Hamadoniydir.  Uning ota-bobolari 
ham   o ‘z  zamonining  o'qimishli  kishilaridan  bo'lganlar.  Masalan,  bobosi 
dastlab yirik qomusiy olim  Nosiruddin Tusiy (1201 — 1274) bilan birgalikda 
Alamut qal’asida1  Ismoiliylar xizmatida bo'lgan,  so'ng  m o'g 'ullar tarafiga 
o'tib ketgan. Otasi  Imoduddavla Abulxayr o'rtahol  kishi bo'lib,  Hamadonda 
tabibchilik bilan kun kechiigan, keyinchalik  Elxoniylar saroyiga taklif qilinib, 
u  yerda  ham   o'z  kasbi  bilan  shug'ullangan.
Rashiduddin  1247-yili  Hamadonda tug'ilgan.  Yoshligidan yaxshi o'qib, 
ota  kasbidan tashqari,  ko'pgina ilmlarni — ilohiyot, tabiiy fanlar,  m um toz 
adabiyot,  tarix,  geografiya  va  boshqa  fanlarni  puxta  egallagan.
Rashiduddin  Elxon  Abaqaxon  (1265—1282)  davrida  uning  shaxsiy 
tabibi  b o 'lib   xizm at  qilgan,  keyincha  G 'o z o n x o n   ( 1 2 9 5 - 1 3 0 4 )   va 
O'ljoytuxon  (1304— 1317)lar vaziri  bo'lgan.  Ushbu xonlarning  homiyligi, 
ayniqsa  o'z ining  tadbirkorligi  orqasida,  davlatning  moliyaviy  muassasasi 
t a m o m a n   uning  qo'lida  edi,  Rashiduddin  vazirlik  yillari  (1298—1317) 
o 'z   d avrining  eng  badavlat  va  nufuzli  kishilaridan  biriga  aylandi. 
Halokuiylar  davlatining  turli  viloyatlarida  uning  80  000  gektar  hosildor 
yer-suvi,  bog'lari,  o'nlab  ham m om ,  karvonsaroy,  hunarmandchilik  va 
savdo  do'konlari,  yaylovlarda  esa  250  000  qo'yi,  30  000  yilqisi,  10  000 
tuyasi  bo'lgan.  Rashiduddinning  shaxsiy  boyligi,  tarixiy  manbalarning 
guvohlik  berishicha,  35  000  000  dinorga  teng  bo'lgan.  Uning  ko'p   sonli
1 A la m u t  q a l’asi  —  Q a z v in n in g  sh im o li-g ‘arb iy  ta ra fid a ,  E lb u rs to g 'id a  jo y la sh g a n   m u sta h k a m  
q a l’a .  Ism o iliy la rn in g   m u h im   q a ro rg o h la rid a n .
177

o ‘g ‘illari  (16  nafar)  Bag‘dod,  Rum,  Gurjiston,  Ardabil,  Isfahon,  Fors, 
Xuziston,  Kirmon va  D o m g ‘on  viloyatlarining  hokimi  edilar.
R ashid u d d in   feodal  tarqoqlik  va  ayirm achilik  tarafdori  b o ‘lgan 
ko'c hm anchi  turk-m o'g'ul  katta  yer  egalaridan  farqli  o'laroq,  o'troqlik 
ham da  markaziy  davlat  muassasini  mustahkamlash  tarafdori  edi.  Uning 
G ‘ozonxon  davrida  o ‘tkazgan  m a ’muriy  va  moliyaviy  islohotlari  shunga 
qaratilgandi.  Oxiri  Rashiduddin  elxoniylar  saroyida  hukm  surgan  fitna 
qurboni  b o ‘ldi.  Endigina  taxtga  o ‘tqazilgan  Abu  S a’idxon  (1317—1335) 
R a s h id u d d in n i  s a ro y d a n   ch e tla sh tird i.  O ra d a n   b ir  yil  o 't g a c h ,   u 
0 ‘ljoytuxonni zaharlab o'ldirishda ayblanib,  1318-yilning  18-iyulida qatl 
etildi,  barcha  mol-mulki  musodara  qilindi.  0 ‘shanda  uning  Tabrizdagi 
600  000 jild  kitobga  ega  boy  kutubxonasi  ham   talon-taroj  qilindi.
Rashiduddin  tarixda  o'zining  yirik  asarlari  bilan  ham  nom  qoldirdi. 
Ilohiyot  ilmining  ayrim  masalalariga  bag'ishlangan  “A l-m ajm uot  ar- 
Rashidiya”  ( “ Rashiduddinning  m ajmualari”),  tibbiyotga  oid  “Al-osor 
v a - l - i h y a ” ( “ T irik   n a r s a l a r n i n g   q o l d i q l a r i ” ),  “ B ayon  a l - h a q o i q ” 
( “ Haqiqatlar bayoni”), qurilish  masalalariga bag'ishlangan  “Asila va ajiba” 
( “Ajib va asil  narsalar” )  va  nihoyat, jahon tarixini o 'z   ichiga olgan  “Jom e 
ut-tavorix”  uning  qalamiga  mansub  asarlar  jumlasidandir.
Olimning bizning zamonamizgacha to 'la  yetib  kelgan birdan-bir asari 
ana  shu  “Jom e  ut-tavorix”  bo'lib,  u  o 'r ta   asr  tarixnavisligining  o'ziga 
xos  noyob  obidasi  hisoblanadi.  Bu  kitob  o 'rta  asr  Sharq  tarixchiligida 
yangi a n ’anani  boshlab bergan asar.  Unda umumiy tarix sifatida musulmon 
m am lakatlari  tarixi  bilan  birga,  G 'a r b   m am lakatlari,  Xitoy  h am d a 
Hindiston  tarixini  ham  yoritishga  intilgan,  Sharq  mamlakatlari  tarixi 
um um   jahon  tarixining  bir  qismi,  deb  hisoblagan.
“J o m e   ut-tavorix”  asari  1301 —1311 -yillar  orasida  G 'o z o n x o n n in g  
topshirig'i  bilan  yozilgan.  Asar uch  qismdan  iborat:  1)  M o'g'ullar va  ular 
asos  solgan  davlatlar  Ulug'  yurt,  ya’ni  M o'g'uliston,  Elxoniylar  davlati 
ham da  m o'g'ullar asoratiga  tushib  qolgan  mamlakatlar,  Shimoliy  Xitoy, 
O 'rta   Osiyo  va  Yaqin  ham da  O 'rta  Sharq  mamlakatlari  xalqlarining 
m o'g'ul  istilosigacha  bo'lgan  qisqacha  tarixi;  2)  Sharq  mamlakatlari 
xalqlarining  islomiyotdan  avvalgi  tarixi,  Arab xalifaligi  va  uning tarkibida 
tashkil  topgan  G'aznaviylar imperiyasi,  Saljuqiylar davlati,  Xorazmshohlar 
davlati  tarixi;  Xitoy,  qadimgi  yahudiylar,  franklar,  Rim  imperiyasi  va 
Hindiston  tarixi;  3)  Yer  kurrasi  ham da  yetti  iqlim  mamlakatlarining 
geografik  holati.  Afsuski,  asarning  so'nggi,  uchinchi  qismi  saqlanmagan. 
Q o'lyozm a  1318-yili  Rashiduddinning  shaxsiy  kutubxonasi  talon-taroj 
qilingan  vaqtlarda  yo'qolgan  bo'lishi  mumkin.
178

M azkur asar, ayniqsa uning turk va m o ‘g ‘ul  xalqlarining Chingizxonga 
qadar kechgan tarixi  M ahm ud  Koshg‘ariy va Alouddin  Otamalik Juvayniy 
asa rla ri,  E lx o n iy la r  k u tu b x o n a sid a   s a q l a n a y o t g a n   “ O ltin   d a f t a r ” , 
Chingizxon va uning ota-bobolari tarixi, shuningdek, tu rk -m o ‘g ‘ul xalqlari 
tarixi  va  rivoyatlarini  yaxshi  bilgan  kishilar,  P o ‘lod,  C h je n -s y a n , 
G 'o z o n x o n   va  boshqalarning  og‘zaki  axborotlari,  G ‘arb  mam lakatlari, 
Xitoy va  Hindiston xalqlari  tarixiga  oid  qismlari  o 'sh a  vaqtlarda  Eronga 
kelib qolgan  fransiyalik  ikki  katolik  rohib,  ikki xitoylik olim va kashmirlik 
rohibning  ishtirokida yozilgan.  To'plangan  m a ’lumotlarni  tartibga solish 
ishlarini  muallifning  yordamchilari  Abdulla  K oshoniy  h a m d a   A hm ad 
Buxoriylar bajarganlar.
“J o m e   ut-tavorix”  asarining ayniqsa t u r k - m o ‘g ‘ul  xalqlari tarixini  o ‘z 
ichiga  olgan  qismi  Markaziy  Osiyo  xalqlari  tarixini  o'rganishda  katta 
ahamiyatga ega.  Kitobning O 'rta Osiyo,  Eron va  Kavkaz orti xalqlarining
X I 11  asr  bo sh larid ag i  ijtim oiy-siyosiy  h a y o tig a   oid  q ism la ri  h a m  
benihoyatda  qimmatlidir.
Asarning  ayrim  qismlari  Katrmer  (1836),  E.Bloshe  (1911),  K.Yan 
(1941),  I.N.Berezin  (1858—1888)  to m o n id a n   rus,  fransuz  h am d a  nemis 
tillariga tarjima qilingan  va  forscha  m atni,  so'zboshi  bilan  chop  qilingan. 
U n i n g   o 'z b e k   tilig a  q ilin g a n   ik k ita   ta r j i m a s i   b o r.  U l a r d a n   biri 
S hayboniylardan  K o'chkinchixonning  (1510—1530)  topshirig'i  bilan 
M u h a m m a d   Ali  ibn  Darvish  Ali  Buxoriy  t o m o n i d a n   q ilin g a n   va 
m uqaddim a  va  uch  jilddan  iborat.  Bu  tarjimaning  noyob  qo'lyozmasi 
O 'z bekiston  Respublikasi  Fanlar  akademiyasining  Abu  Rayhon  Beruniy 
n o m id a g i  S h a rq s h u n o slik   instituti  fo n d id a   2 -ta r tib   ra q am i  ostid a 
saqlanmoqda.  Ikkinchi  tarjima  esa  1556-yili  Niso  shahrida  Solur  bobo 
ibn  Qul  Ali  tom onida n  Urganch  hokimi  Ali  Sultonning  (1572-yili  vafot 
e tg a n )  b u y ru g 'i  bilan  bajarilgan  b o 'l i b ,  u n in g   q o 'l y o z m a   nusxasi 
Ashxobodda  T urk m an isto n   F anlar  akadem iyasining  Til  va  adabiyot 
institutida  saqlanadi.
“J o m e  ut-tavorix”  asarining  to'liq  ruscha  tarjimasi  7  nafar  m o 'ta b a r 
q o 'ly o zm ala r  asosida  1946—1960-yillarda  S an k t-P eterb u rg d a  amalga 
oshirilgan.
4.4 .1 2 .  «Tarixi  guzida»
“Tarixi guzida”  (“ Saylangan tarix”)  asari  muallifi  Hamdulloh  Qazviniy 
bo'lib,  u X III  asrso'nggi  choragi va XIV asrning birinchi yarmida yashab 
o'tgan  yirik geograf va tarixshunos olimdir.  U ning to'liq  ismi  Hamdulloh 
ibn Abubakr ibn Ahmad  ibn  Nasr Mustavfiy Qazviniy bo'lib,  kelib chiqishi
179

b o 'y ic h a   arab  va  1281-yili  E ro n   O zarbayjonining  Qazvin  sh ah rid a 
tug‘ilgan.
Hamdulloh  Qazviniy  Rashiduddin  davrida  Qazvin,  Abhar va  Zanjon 
viloyatlarining  moliya  ishlarini  boshqargan.  Rashiduddin  qatl  etilgandan 
so‘ng, uning o'g'li G ‘iyosuddin  M uham m ad  (1327— 1336-yillarda  Elxoniy 
Abu  Sa’idning  vaziri  b o ‘lgan)ning  xizmatida  bo'lgan.  Tarixchi  1350-yili 
vafot  etgan.
Hamdulloh  Qazviniy  “ Z afarnom a” ,  “Tarixi  guzida”  ham da  “ N uzhat 
ul-qulub”  nomli  asarlar  muallifidir.
“Tarixi  guzida”  umumiy tarix y o ‘nalishida yozilgan  asar b o ‘lib,  unda 
qadim  zam onlardan  to  1330-yilgacha  Eron  va  qisman,  0 ‘rta  Osiyoda 
bo'lib o ‘tgan voqealar bayon  etilgan.  Hamdulloh Qazviniy vafotidan  keyin 
o'g'li  Zaynuddin tom onida n asar davom ettirilgan va unga  1392-yilgacha 
E ronda  b o i i b   o ‘tgan  voqealar  qo'shilgan.  Kitobning  asosiy  qismi  hoji 
G 'iyosuddin  M uham m adga  bag'ishlangan.  Asar  m uqaddim a-fotiha  va 
olti  bobdan  iborat:  1)  Payg‘am barlar va  avliyolar;  2)  islomiyatdan  avval 
o ‘tgan  Eron  podshohlari;  3)  M uham m ad  Payg‘ambar,  xalifayi  roshidin, 
umaviylar va  Abbosiylar  tarixi;  4)  Abbosiylar davrida  Eron,  Afg‘oniston 
va 0 ‘rta Osiyoda hukmronlik qilgan Safforiylar,  Somoniylar,  G'aznaviylar, 
G ‘uriylar,  Daylamiylar,  Saljuqiylar, Xorazmshohlar,  m o ‘g‘ullarva boshqa 
sulolalar tarixi;  5)  Islomiyat  davrida  o ‘tgan  shayxlar,  olimlar va  shoirlar; 
6)  Qazvin  shahrining  tarixi.
“Tarixi  guzida”  Eron,  0 ‘rta  Osiyo  ham da  0 ‘zbekistonning  X II I— 
XIV  asrning  birinchi  yarmidagi  tarixini  o'rganishda  muhim   ahamiyat 
kasb  etadi.
1910-yili  ingliz sharqshunosi  E.Braun tom onidan  matn va qisqartirilgan 
inglizcha  tarjimasi  hamda  1960-yili  Abdulhusayn  Navoiy  asar  matnini 
nashr  qilgan.
4.4.13.  «Ravzat  uli-l-albob»
“ Ravzat  uli-l-albob”  yoki  “ Ravzat  uli-l-albob  fi  tavorih  al-akobir va- 
1-ansob”  (“Akobir  va  asil  (kishilar)  tarixi  xususida  oqillar  bog‘i” )  nomli 
asa rn in g   ijodkori  F a x ru d d in   Abu  S u la y m o n   D ovud  ibn  Abulfazl 
M uham m ad  Banokatiy  (1330-yili  vafot  etgan)  bo'lib,  u  XIII  asrning  II 
yarmi  va  XIV  asr  I  yarmining  birinchi  choragida  o'tgan  shoir  va  yirik 
tarixchi  olimdir.  U,  ko'proq  Banokatiy  nomi  bilan  mashhur.
Banokat  Toshkentning  eski  shahar  nomlaridan  biri  b o l i b ,  u  Iloq, 
y a ’ni  O hangaron  daryosining  Sirdaryo  bilan  qo'shilish  joyi  yaqinida 
joylashgan  qadimiy shahar,  1392-yilidan  boshlab  Shohruhiya  nomi  bilan
180

atalgan.  Tarixchi  m a n a  shu shaharda tug'ilgan.  Elxon  G 'o z o n x o n   ham d a 
O'ljoytuxon saroyida xizmat qilgan va  1301-yili  malik ush-shuaro (shoirlar 
podshohi)  unvoniga sazovor bo'lgan.
Lekin,  Banokatiy  k o 'p ro q   tarixchi  olim  sifatida  va jahon  tarixini  o'z 
ichiga  olgan  “ Ravzat  u li-l-albob”  nomli  asari  bilan  m ashhur bo'ldi.  Asar 
1317-yili  yozib  tam o m la n g a n   va  m uqaddim a  ham da  to 'qqiz  qism dan 
iborat:  1)  Odam  Atodan to  Muso payg'ambaigacha o'tgan davrda yashagan 
payg'ambarlar;  2)  Qadimiy Eron podshohlari;  3)  M uham m ad payg'ambar, 
xalifayi  roshidin,  im om lar,  Umaviya  va  Abbosiya  xalifalari  davri;  4) 
Abbosiylar  bilan  ha m a sr  bo 'lg an   Tohiriylar,  Safforiylar,  Somoniylar, 
Xorazmshohlar  va  boshqa  sulolalar;  5)  Yahudiylarning  payg'ambarlari 
va  podshohlari;  6)  Xristianlar  va  franklar  tarixi,  xristianlarning  dini  va 
e ’tiqodi,  A rm aniston  va  frank  m am lakatlarining  geografik  holati;  7) 
Hindiston  tarixi,  hindlarning  dini  va  e ’tiqodi;  8)  Xitoy  tarixi  va  uning 
geografik holati, xitoylarning dini va urf-odatlari;  9)  M o'g'ullarning tarixi 
va  ularning  istilochilik  yurishlari.
“ Ravzat  uli-l-albob”  asari  Rashiduddinning  “Jom e  ut-tavorix”  asari 
asosida  yozilgan  b o 'lib ,  unin g   qisqartirilgan  tahriri  deb  aytish  ham  
mumkin.  Lekin,  Banokatiy asarida  Rashiduddin  kitobida  uchram aydigan 
m a ’lum otlar  ham   bor.  Masalan,  yetti  iqlim  m amlakatlarining  tavsifi, 
l-ronning  1310— 1317-yillar  orasidagi  tarixi  shular jumlasidandir.
Xullas,  Banokatiyning  mazkurasari O'zbekistonning X III—X IV asm ing 
birinchi  choragidagi  tarixi,  geografik  holati  va  aholisining  turm ushini 
o'rganishda  m uhim   m anbalardan  hisoblanadi.
“ Ravzat  uli-l-albob”  XVII  asrdan buyon ilmiyjamoatchilikning diqqat- 
e ’tiborini  o'ziga tortib  kelmoqda.  Uning ayrim  qismlari  lotin,  turk,  ingliz 
ham da  fransuz  tillariga  tarjima  qilinib  chop  etilgan.  Kitobdan  Alisher 
Navoiy  o'zining  tarixiy  asarlarini  yaratishda  foydalangan.
Asarning  q o'lyozm a  nusxalari  Toshkent,  Sankt-Peterburg,  Qozon, 
Dushanbe  va  xorijiy  m am lakatlar  kutubxonalarida  mavjud.*
Mavzuni  mustahkamlash  uchun  berilgan  savollar
/. 
Mahmud  Koshg'ariyning  «Devonti  lug'otit-turk»  asarida  nima  haqida  so 'i 
boradi?
2.  Ihruniyning  «Osor  ul-voqia»  asari  nima  haqida?
.1.  «ЛI komil fi-t-tarix»  asari muallifi  kim?
■/ 
Abu  Safar  Tabariyning tarixiy  asari nomi  nima?
*  

Islih u  
m av zu   B.  A lim c d o v   a s a rig a   ta y a n ib   y o ritild i.
181

5 -M A V Z U .  T E M U R IY L A R   D A V R I  M A N B A L A R I
(X IV   asr  7 0 -y illa ri  —  1 5 0 6 -y illa r)
Darsning  mazmuni: 
Temuriylar davri.
Reja:
5.1.  Asosiy siyosiy-ijtimoiy voqealar.
5.2.  0 ‘zbek  tilidagi  manbalar.
5.3.  Fors  tilidagi  manbalar.
Asosiy tushunchalar: 
Temuriylar, tuzuk, suyurg'ol, xon, amir,  podshoh.
5.1.  Asosiy  siyosiy-ijtimoiy  voqealar
XIV 
asr ikkinchi yarmiga kelib Chig'atoy ulusining janubi-g‘arbiy qismini 
tashkil etgan Movarounnahrda siyosiy tarqoqlik yanada kuchaydi.  Bu, ayniqsa 
amir  ul-umaro  Qazag'on  vafotidan  (1358-yili)  keyin  kuchayib,  mamlakat 
m ayda  qismlarga  b o ‘linib  ketdi.  Masalan,  Shahrisabzda  Hoji  Barlos 
mustaqillik  bayrog'ini  ko'tardi.  Xo'jandda  Boyazid jaloir  mustaqillik  e ’lon 
qildi.  Balxda  Amir  Husayn  xon  etib  ko'tarildi,  Shibirg‘onni  M uham m ad 
Apardi  egalladi.  Xuttalonda  Kayxusrav  o ‘zini  podshoh  deb  e ’lon  qildi. 
Badaxshon  mahalliy  hukmdorlar —  Badaxshon  shohlari  qo'liga  o ‘tdi.
Feodal  tarqoqlikdan barlos amirzodalaridan Am ir T em u r ustalik bilan 
foydalandi  va  1370-yili  oliy  hokimiyatni  q o ‘lga  oddi.  U  1370— 1378- 
yillarda  mamlakatdagi  tarqoqlikni  tugatib,  M ovarounnahr  va  Xorazmni 
o ‘ziga bo'ysundirdi.  1381 — 1402-yillarda Amir T em ur qo'shni  mamlakatlar 
ustiga  harbiy  yurish  qilib,  Eron,  Kavkaz  orti,  Iroq,  Kichik  Osiyo  va 
Shimoliy  Hindistonni  istilo  qildi,  Oltin  0 ‘rda xoni To'xtam ishga  (1376— 
1395)  qaqshatqich  zarba  berib,  uning  poytaxti  Saroy  Berkani  egalladi.
Amir  T em u r  va  Tem uriylar  davlati  mayda  uluslarga  bo ‘lingan  holda 
idora  qilindi.  Masalan,  Amir T em u r saltanati  t o ‘rt  qismga  b o ‘lingan  edi: 
X u ro so n ,  Ju rjo n ,  M o z a n d a ro n   va  Seiston  (m arkazi  H irot  shahri) 
Shohruxga;  G ‘arbiy  Eron,  Ozarbayjon,  Iroq  va  Armaniston  (markazi 
Tabriz),  Mironshohga;  Fors,  ya’ni  Eronning  janubiy  qismi  (markazi 
Sheroz),  Umarshayxga;  Afg‘oniston  va  Shimoliy  Hindiston  (markazi 
G ‘azni,  keyinchalik  Balx)  Pirmuhammadga suyurg'ol  (shahzoda amirlarga 
toj-u  taxt  oldidagi  katta  xizmatlari  uchun  shartli  tarzda  in’om  qilingan 
yer-suv  va  uni  idora  qilish  huquqi)  berilgan  edi.
Amir Temur vafotidan (1405-yil  18-fevral) keyin  1409-yilgachao‘zaro kurash 
davom etdi. Shohruh  Mirzo (1409—1447),  Mirzo Ulug‘bek (1409—1449), Sulton
182

Abu Said Mirzo (1451-1469), Sulton Husayn Mirzo (1459—1506) davrida davlat 
nisbatan markazlashgan edi va xalqaro obro‘ga ham ega edi.
XV 
asrning  80-yillaridan  boshlab,  o'z aro  hamjihatlik  ju d a   susaydi. 
M ovaronnahrning  bir o ‘zida  deyarli  uchta  mustaqil  davlat  b o ‘lib,  ularda 
Sulton Abu  Said  Mirzoning o ‘g‘illari  Sulton Ahmad  Mirzo  Samarqandda, 
Umarshayx  Mirzo  F arg'onada va  Sulton  M ahm ud  Mirzo  Hisor,  Xuttalon 
ham da  Badaxshonda  hokimi  mutlaq  hisoblanar  edilar.
A m i r   T e m u r   va  T e m u r i y l a r   d a v r i d a   h a m   y e r - s u v   h a m d a  
h u n arm a ndchilik  korxonalarining  katta  qismi  p odshoh  xon ad o n i  va 
badavlat  kishilar  q o ‘Iida  b o ‘lib,  m ehnatkash  xalq  ularning  yerini  ijaraga 
olib kun  kechiraredi.  Ularxiroj, dorug'agi,  mirobona, jo n  solig‘i,  avorizot, 
boj, tam g‘a, zakot, peshkash, sovari  kabi soliq v ajarim ato'lashar,  hukumat 
va  katta  yer  egalarining  turli-tum an  yumushlarini  bajarishar  edilar.
Amir T em ur davrida davlat  tepasida  rasman Chingiz avlodidan bo'lgan 
Suyurg'atmish  (1370—1380)  va  Sulton  M ahm udxon  (1380—1402)  turdi. 
Keyincha  xon  ko'tarish  tartibi  bekor  qilindi  va  oliy  h u k m d o r  o ‘zini 
podshoh  deb  e ’lon  qildi.  Viloyat  va  tum anlarda  hokimiyat  markaziy 
hukum at  tarafidan  tayinlangan  dorug‘alar  qo'lida  b o i d i .   Davlat  ishlari, 
asosan  turli  muassasa  —  devonlar,  devoni  oliy  -   markaziy  ijroiya  organi, 
devoni  mol  —  moliya  ishlari  mahkamasi  va  devoni  tavochi  —  harbiy 
ishlar mahkamasi  va  boshqalar qo'lida bo'lgan.  Din,  shariat  bilan  bog'liq 
ishlar  qozi  va  shayxulislom  qo'lida  edi.
Amir  T em u r  va  Temuriylar  davrida  Movarounnahrdagi  Sam arqand, 
Shahrisabz,  Buxoro  kabi  shaharlar  iqtisodiy  va  madaniy jihatdan  o'sdi, 
hunarmandchilik  va  savdo-sotiq  rivoj  topti.  M ovarounnahrning  Xitoy, 
Hindiston,  Arabiston  mamlakatlari,  M o 'g ’uliston,  Oltin O 'rda va Yevropa 
mamlakatlari  bilan  iqtisodiy  va  madaniy  aloqalari  kengaydi.  Bu  davrda 
ilm-fan  va  madaniyat  rivojlandi.  Nizom iddin  Shomiy  va  Hofizi  Abru, 
S harafuddin  Ali  Yazdiy  va  A bdurazzoq  S am arq a n d iy ,  M u h a m m a d  
Mirxond va G'iyosiddin  X ondamir kabi  muarrix olimlari,  Alisher Navoiy 
va  Abdurahm on Jomiy,  Bisotiy  Samarqandiy va  Xoja  Ismatulla  Buxoriy, 
Shayx  Ahmad  Suhayliy  va  Kamoluddin  Binoiy  kabi juda  k o'p  iste’dodli 
shoir  va  olimlar  yetishib  chiqdi.
Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 63%20Тарих%20фанлари
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti
63%20Тарих%20фанлари -> «0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi. 1-kitob. Shamsuddinov R, Karimov SH.pdf [Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim]
63%20Тарих%20фанлари -> Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi 2-kitob. Shamsuddinov R.pdf [Ahmadbekhoji mehmonxonasi]
63%20Тарих%20фанлари -> «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati
63%20Тарих%20фанлари -> Fayzulla boynazarov qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> O`zbekiston tarixidan universal qo`llanma tmp9232.pdf [Amudaryo xazinasi]

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling