A b d u m a jid m a d r a im o V gavhar fuzailo va


  0 ‘zbck  tilidagi  manbalar


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/30
Sana15.12.2019
Hajmi6.7 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30

5.2.  0 ‘zbck  tilidagi  manbalar
5.2 .1 .  «Temur  tu/uklari»
“T em u r tuzuklari” ,  “Tuzukoti  Tem uriy” ,  “ Malfuzoti  T em u riy ”  yoki 
“Voqeoti  Tem uriy”  nomlari  bilan  atalgan  asar  Amir  Tem urning  yetti 
yoshligidan  boshlab  hayot  yo'li  haqida  hikoya  qiladi.
183

“T em ur tuzuklari”  —  m uhim  tarixiy  manba b o ‘lib,  unda A m ir T em u r 
davlatining tuzilishi va boshqarish xususiyatlari bayon etilgan. Asar dastlab 
turkiy-o'zbek  tilida  bitilgan.  Uning  bir  qo'lyozmasi  Yaman  mamlakati 
oliy  hukmdori  J a ’far  podshoh  kutubxonasida  saqlangan.
“T em ur tuzuklari” ning  fors  tiliga  tarjimoni  Mir Abu  Tolib  Husayniy 
at-Turbatiy  tarjima  m uqaddimasida  Arabistonning  muqaddas  joylarini 
haj  qilib  q a y t i s h d a ,   Y a m a n d a   b o 'l g a n   c h o g 'i d a   J a ’fa r  p o d s h o h  
kutubxonasida turkiy tildagi  mazkur asarni topgani  va u Amir Tem urning 
hayot  yo'li  haqidagi  o'zi  yozgan  ekanligini  t a ’kidlaydi.  Mir  Abu  Tolib 
Arabistondan  qaytib  kelgandan  keyin,  asarni  fors  tiliga  tarjima  qilgan. 
Lekin,  Arabistondan  olib  kelingan  asliyatdan  yoki  Hindistonda  bo'lgan 
biron  qo'lyozm a  nusxadan  o'girilgani  aytilmagan.
Mir Abu Tolib  1637-yilda “Tem ur tuzuklari” asarining forscha tarjimasini 
buyuk  Boburiylardan  S hohijahonga  tortiq  qiladi.  Keyin  bu  tarjim a 
Muhammad  Afzal  Buxoriy  (vaf.  1652-y.)  tomonidan jiddiy  tahrir qilingan.
“T em u r  tuzuklari”  ikki  maqoladan  iborat:
B i r i n c h i   m a q o l a   A m i r   T e m u r n i n g   d a v l a t n i   b a r p o   e t is h   va 
mustahkamlash,  qo'shinni  tashkil  etish  yuzasidan  tuzuklari,  rejalaridan 
tarkib  topgan.
Ikkinchi  maqolada  13  kengash  va  uning  qismlarida  Amir Tem urning 
hokimiyat  tepasiga  kelishi  va  harbiy  yurishlari  tafsilotlari  beriladi.
“Tem urtuzuklari” XV—XVI  asrlarda nafaqat hukmdorlarva m a ’lumotli 
kishilar  orasida,  balki  jahon  ilm  ahli  o'rtasida  shuhrat  topti.  Asarning 
qo'lyozma shaklida  ham,  toshbosma  shaklida  ham,  shuningdek jahonning 
ko'p  tillariga  qilingan  tarjima  shaklida  ham  (inglizcha,  fransuzcha,  urdu, 
rus  va  o'zbek  tillarida)  nashr  etilishi  so'zimizga  isbot-dalildir.
Ikki  fozil  shaxslar  M ir  Abu  Tolib  va  M u h a m m a d   Afzal  Buxoriy 
xizmatlari  tufayli  “T e m u r  tuzuklari”  fors  tilida  bizgacha  yetib  kelgan. 
Bu tarjimaning mo'tabar qo'lyozmalari  Rossiya,  Hindiston,  Eron, Turkiya, 
Misr,  Angliya,  Fransiya  va  boshqa  mamlakatlar  xazinalarida  mavjud.
“T em ur tuzuklari” ning  forsiy  matni  1783,  1785,  1890  va  1963-yillari 
yevropa  va  sharq  tillaridagi  tarjimalari  bilan  birga  nashr  etilgan.
“T em u r tuzuklari” ni  to'liq  1857-yili  Xivada  M uham m ad  Yusuf Rojiy 
to m onidan  va  1858-yili  Pahlavon  Niyoz  devon  tom onidan  turkiy-o'zbek 
tiliga  tarjima  qilingan.  Ularning  birinchisi  “Tuzuki  Tem uriy” ,  ikkinchisi 
“ Malfuzot”  nomi  bilan  m a ’lum.  Yana bir tarjima Xo'jand qozisi  Nabijon 
m a h d u m   tarafidan,  Q o 'q o n   xoni  M u h a m m a d   Alixon  ( 1 8 2 1 — 1858- 
yy.)ning  topshirig'iga  binoan  amalga  oshirilgan.
“T em u r tuzuklari”  asarini  Alixon  To'ra  Sog'uniy  1967-yili  Mir Abu
184

Tolib  taijimasini  o ‘zbekchaga  tarjima  qilgan  edi.  1990-yili  Alixon  T o ‘ra 
taijimasini “T em ur tuzuklari” ning  Bombay nashri  matni asosida  Habibullo 
Karamatov yana bir tarjimani amalga oshirib, bir necha bor nashr ettirdi.
“ T e m u r  tuzu k lari” ning  m an b a  sifatidagi  tarixiy  ahamiyati  buyuk 
ekanligi  mutaxassislarning unga b o ‘lgan  katta  e ’tiboridan  bilish  mumkin. 
Asarning  sakkizta  m o ‘tabar  qo'lyozm asi  Toshkentda,  Sharqshunoslik 
instituti  xazinasida  mavjud.
5 .2 .2 .  Alisher  Navoiyning  ijodida  tarixiy  mavzudagi  asarlar
Ushbu  m a ’ruzada  Alisher  Navoiy  (1441 — 1501)  nasriy  asarlarining 
tarixiy  m anba  sifatidagi  xususiyatlariga  e ’tibor  bermoqchimiz.  C hunki, 
Navoiyning  ulkan  s h e ’riy  merosi,  dostonlari  va  asarlari  badiiy  adabiyot 
namunasi  sifatida  keyingi  XX  asrda  h am   yurtimizda juda  katta  e ’tiborga 
sazovor bo'lgan b o ‘lsa-da, am m o uning tarix ilmiga q o ‘shgan ulkan hissasi, 
bizning  fikrimizcha,  tarixchi  olimlarimiz  e ’tiboridan  chetda  qolib  keldi. 
Maxsus  tarixiy  asarlari  ham   faqat  filologik  nuqtayi  nazardan  o'rganildi, 
xolos.
Alisher  Navoiy  asarlarini  manbashunoslik  nuqtayi  nazaridan  tadqiq 
qilish  uchun  mukam mal asarlar yigirma tomligini  asos qilib olish  mumkin.
Alisher Navoiy nasrda «Munojot»,  «Tarixi  anbiyo va hukamo»,  «Tarixi 
m uluki  Ajam»,  «Xam sat  u l - m u ta h a y y irin » ,  «H oloti  Sayyid  H asan 
Ardasher»,  «Holoti  Pahlavon  M u h am m ad » ,  «Vaqfiya»,  «Majolis  un- 
nafois»,  «Nasoyim  u l-m uhabbat»,  « M e z o n   ul-avzon»,  «M unshaot», 
«M uhokam at  ul-lug‘atayn»  kabi  asarlari  bilan  ham   aruz  nazariyasi,  ham  
tilsh u n o slik ,  h am   a d a b iy o ts h u n o s lik   b ilan  bir  q a t o r d a   tarixi  ilmi 
taraqqiyotiga  katta  hissa  qo'shdi.
5.2 .3 .  «Tarixi  anbiyo  va  hukamo»
Alisher  Navoiyning  «Tarixi  anbiyo  va  hukamo»  asari  890/1485  va 
9 0 4 / 1498— 1499-yillar  orasida  tasnif etilgan  bo'lib,  unda  Odam   Atodan 
boshlab, oltmish oltita payg'ambarlar va o 'n  bitta donishmandlar to'g'risida 
ixcham,  lekin juda jonli  va  qiziqarli  m a ’lum otlar  bayon  etilgan.
M a ’lum ki,  A lisher  Navoiyga  q a d a r   h a m   an b iy o lar  h aqida  turli 
rivoyatlar,  qissalar  mavjud  bo'lgan.  Ayniqsa,  «Q ur’oni  karim»da  va  eng 
qadimiy  manbalarda,  um um iy  tarixga  oid  Abu  J a ’far Tabariyning  (836— 
923)  «Tarixi  ar-rusul  va  muluk»,  Abu  Rayhon  Beruniyning  «Osor  ul- 
boqiya»  hamda Abu  Sulaymon  ibn  Dovud  binni  Abu-I-Fazl  M uham m ad 
binni  Dovud  al-Banokatiyning  (vaf.  730/1330)  «Ravzatu  Oli  al-bob  fi 
tavorix  al-akobir  va-I-ansob»  (1317)  yoki  «Tarixi  Banokatiy»  (XIV  asr)
185

nomli,  Hamdulloh  binni  Abu  Bakr binni  A hm ad  binni  N asr al-Mustavfi 
Qazviniyning  (vaf.  750/1350)  «Tarixi  guzida»  (744/1343),  Abulqosim 
Firdavsiyning  «Shohnoma»,  Nizomiy  Ganjaviyning  «Xamsa»  va  boshqa 
shu  kabi  asarlarda  tarixiy  voqealar,  shunin g d ek ,  diniy  tarixga  oid 
m a ’lum otlar  ko‘p.
0 ‘z  davrining  yirik  olimi  va  tarixchisi  sifatida  Alisher  Navoiy  ham  
bunday  m anbalam i  o ‘rganib chiqqan,  ular bilan  yaqindan  tanishgan.  Bu 
asarlar aksariyati arab va fors tilida bo'lgani uchun, Alisher Navoiy turkiy- 
o'zbek tilida, ko'plab qissalami qiyosiy o'rganish asosida o 'z  asarini yaratdi. 
U  asar  m azm un jihatidan  um um iy  tarixga  oiddir.
Bu  asar  ikki  qismdan  iborat.  Birinchi  qismda  O dam   Atodan  tortib, 
N u h ,   Iso,  M u s o ,   Y a q u b ,   S u l a y m o n ,   D o v u d ,   Y u s u f   va  b o s h q a  
payg'ambarlar hayotiga oid turli naqllami bayon etadi,  har bir tarix oxirida 
ruboiy  keltirilib,  ularning  hayotiga  lirik  xotima  yasaydi.
Kitobning ikkinchi  qismida m ashhur donishm andlar hayoti  lavhalari, 
ularning hikmatlari keltiriladi.  Masalan, G 'arbda Pifagorga nisbatan bergan 
bir iborani  Alisher  Navoiy  Buqrotus  hakim  nom idan  shunday  keltirgan: 
«Yaxshi so'z ko'ngulni yoritur va yaxshi  xat ko'zning n e ’mati arusidurkim, 
aning  mahri  shukrdir».
Butun umri  va faoliyati davom ida olimlami qadrlagan Alisher Navoiy 
ularning tarixini  anbiyo,  payg'am barlar tarixidan  keyin,  ularni  birgalikda 
bitgani  alohida  tahsinga  sazovor  holdir.  Bu  kitob  tarixchi,  olim  va 
shoirlarga  qadimgi  davr  izohi  uch u n   m uhim   m anba  vazifasini  o'tashi 
m um kin.  Bu  asarni  manbashunoslik  fanida  alohida  o'rganish  shuning 
uchun  ham   zarurki,  tarixga  oid  asarlarda  tafsilotlari  keltirilmay,  juda 
ko'p o'rinlarda payg'ambarlar va ularning hayotiga oid voqealarga murojaat 
qilish  uchraydi.  M ana  shu  jihatdan  Alisher  Navoiy  asari  ham   tarixchi 
olimlar,  ham   tarixni  o'rganuvchi  talabalar  uchun  katta  ahamiyat  kasb 
etadi.  Shuning bilan birga,  u asarda Alisher Navoiyning  m ashhur tarixchi 
Sharafuddin  Ali  Yazdiyga  m unosabati  bayon  etilgan.  Navoiy  uning 
«Zafarnoma»  asari  muqaddimasini  zikr  qilar  ekan,  tarixchini  «mavlono 
sharaf ul-millat  va davla»,  y a ’ni  «davlat va  millat  sharafi»  deb  t a ’riflaydi.
5.2 .4 .  «Tarixi  muluki  Ajam»
Alisher  Navoiyning  ikkinchi  tarixiy  asari  «Tarixi  muluki  Ajam»  dir. 
890/1485-yildan  so'ng  yaratilgan  bu  asarda  Eronda  hukmronlik  qilgan 
to'rt sulola:  Peshdodiylar,  Kayoniylar, Ashkoniylar va Sosoniylar to'g'risida 
m a ’lumot  keltirilgan.  Asar  oxirida  Sulton  Husayn  Mirzo  madhi  o'rin 
olgan.  Agar  biz  aw alro q   yaratilgan  «Saddi  Iskandariy»  dostonida  ham
186

t o ‘rt  sulola  haqidagi  m a ’lumot  borligini  nazarda  tutsak,  doston  yaratish 
jarayonida  Alisher  Navoiy  t o ‘plagan  m a ’Ium otlam i  maxsus  tarixga  oid 
asar sifatida ijod qilgan  ko'rinadi.  Bunda Alisher Navoiy yuqorida nomlari 
zikr etilgan  asarlar qatorida yana A b u -l-H a y r Nasiriddin Abdulloh  binni 
U m a r u l- Q o z i  Bayzaviyning (vaf.685/1266) «N izom  ut-tavorix»  (yozilgan 
674/1275),  Abu  H om id G ‘azzoliyning (1058—1 111)  «Nasihat  ul-muluk» 
va  b o s h q a   a s a r l a r n i ,   x u s u sa n   o ‘z  z a m o n d o s h i   M i r   M u h a m m a d  
M irxondning  «Ravzat  us-safo»  asaridan  boxabar  holda,  Eron  tarixiga 
oid  arab  va  fors  tillarida  tarixiy  asarlardan  farqli,  bu  kitobni  turkiy  tilda 
yaratdi.  Ushbu asardagi shaxslar t o ‘g‘risidagi  m a ’lum otlar Alisher Navoiy 
o 'zining  dostonlarida  ham   mavjudligini  eslatib  o'tgan.  Bu  asar  ilmiy 
tanqidiy matnini sharqshunos L.Xalilov tuzib,  nom zodlik dissertatsiyasini 
himoya  qilgan  edi.  Afsus,  ham o n   uning  tanqidiy  m atni  chop  etilmagan.
«Tarixi  muluki  Ajam»  asarini  m a ’lum  darajada,  «Xamsa»,  xususan 
«Saddi  Iskandariy» dostoniga tarixiy-ilmiy ilova sifatida ham   qabul  qilish 
m u m k in .  U n i n g   ichidagi  m a ’l u m o t l a r n i n g   s h e ’riy  ifodasi  «Saddi 
lskandariy»da  keltirilgan bo'lib,  ularni boshqa tarixiy asarlar bilan qiyosiy 
o'rganish  Alisher  Navoiyning  tarixchi  olim   sifatidagi  ijod  qirralarini 
ochishga  yordam  berishi  mumkin.
5.2 .5 .  «Xamsat  ul-mutahayyirin»
Alisher  Navoiyning  uchinchi  m e m u a r  biografik  asari  «Xamsat  ul- 
mutahayyirin»dir.  U  Abdurahm on  Jom iy  vafotidan  so'ng,  ya’ni  898/ 
1492-yildan  keyin  yaratilgan.  Bu  risola  Alisher  Navoiyning  piri,  ustozi 
va  do'sti  A bdurahm on  Jomiyga  bag'ishlangan  bo'lib,  ikki  buyuk  ijodkor 
o'rtasidagi g'aroyib voqealar bayoni, Jomiyning shajarasi, asarlari  nomlari 
va  ularga  berilgan  baholardan  iborat.  Uni  m e m u a r-y o d n o m a   asar  deb 
atash  mumkin.  Ikki  buyuk shaxs asarlaridagi  iavhalar,  xususan  «Nasoyim 
ul-m uhabbat»,  «Majolis  un-nafois»  ham da  ularning o 'z aro xatti  kitobati, 
ayniqsa,  « M u r a q q a ’i  M ir  Alisher»  t o 'p la m id a g i  Jo m iy n in g   dastxat 
maktublari  ushbu  risola  m azm unini  boyitishga  xizmat  qiladi.
5 .2 .6 .  «Holoti  Sayyid  Hasan  Ardashcr»
A lish er  N a v o iy n in g   t o 'r t i n c h i   tarixiy  asa ri,  m e m u a r   biografik 
xarakterdagi  risola  b o 'lib ,  u  «H oloti  Sayyid  Hasan  Ardasher»  deb 
nomlanadi.  O'ziga  «otaday»  m ehribon  bo'lgan  Sayyid  Hasan  Ardasher 
to'g'risidagi  asar to 'g'rida n  to'g'ri  «Holot»,  y a ’ni  biografiya  deb  ataladi. 
A sartasn if odobiga  ko'ra,  «Bism illohir-rahmonir rahiym»  so'zidan so'ng 
k e ladiga n  « H a m d »   A lloh  m a d h i  o 'r n i g a   n as im g a  m u ro ja a t  bilan
187

boshlanadi, asar mazmuni shunday xarakterlanadi:  «Soliki foniy va gavhari 
koniy,  orifi  maoniy  Sayyid  Hasani  Ardasher  (rahmatullohi)  siyar  va 
holotida».  Y a’ni,  bu  asar  «o‘tkinchi  foniy  dunyodagi  solik,  gavharlar 
koni  va  m a ’nolar  orifi  Sayyid  Hasan  Ardasher  biografiyasi»  deb  ataladi.
Asar  boshida  muallif  Sayyid  Hasani  Ardasherning  otasi  t o ‘g ‘risida 
qisqa  m a ’lumotlarni  keltiradi.  U ndan  so‘ng,  Alisher  Navoiy  uning  o ‘zi 
ham   yoshligida  otasi  kabi  Boysung‘ur  Mirzo  xizmatida  b o ‘lgani,  turli 
sohalar b o ‘yieha bilim  olganini yozadi.  Tem uriylar saroyida xizmat  qilib
doim  hurm at  va  e ’tiborda  b o ‘lgani,  hatto  Sulton  Husayn  Mirzo  unga 
katta  davlat  lavozimini  taklif  qilganida,  dunyo  ishlaridan  yuz  o ‘girib, 
d a rv e s h lik n i  ix tiy o r  e tg a n in i  zik r  e ta d i.  R iso la d a   Sayyid  H a sa n  
Ardasherning  tarixi,  uning  badiiy  didi,  turkiy  va  forsiy  tildagi  adabiyotni 
yaxshi  bilishi,  im om   G 'a z z o liy n in g   «Kim iyo-i  saodat»,  F a rid u d d in  
Attorning «Mantiq ut-tayr» asarlarini xush  ko‘rishi,  hayotida bo ‘lib o ‘tgan 
voqealar  tafsilotilarining  eng  muhimlari  zikr  etiladi.  Natijada,  kitobxon 
k o ‘z o'ngida Temuriylar zamoni ziyolilarining yorqin vakili  siymosi tarixi 
nam oyon  b o ‘ladi.  O 'sh a  davr  ijtimoiy  hayotiga  ta s a w u r   t a ’limoti  katta 
t a ’sir  o ‘tkazganini  ko'ram iz.  C hunki,  e ’tiqod  yuzasidan  Sayyid  Hasan 
Ardasher  davlat  lavozimidan  voz  kechgan  shaxsdir.
Sayyid  Hasan Ardasher nomini Alisher  Navoiy o'z ining  «Majolis  un- 
nafois»,  «Nasoyim  ul-muhabbat»  asarlarida  c h u q u r  hurmat  bilan  yod 
etadi.  U m u m an ,  «Holoti  Sayyid  Hasan  Ardasher»  risolasi  Temuriylar 
davri  ijtimoiy-madaniy  hayotini  aks  ettirgan  m uhim   tarixiy  manbadir. 
U n d a  Alisher  Navoiy  o'z ining  hayotida  juda  katta  rol  o'ynagan  katta 
zamondoshi  Sayyid  Hasan Ardasherga  munosib tarixiy yodgorlik o'rnatadi.
5.2.7.  «Holoti  Pahlavon  Muhammad»
Alisher  Navoiyning  beshinchi  tarixiy  asari  ham   m em u ar  biografik 
xarakterdagi  risola  b o 'lib,  o 's h a   davrning  eng  m as h h u r  va  b en a zir 
kurashchisi  va  turli  fanlar  bilim doni  t o ‘g ‘risidagi  «Holoti  Pahlavon 
Muhammad»dir. Alisher Navoiy «Majolis un-nafoyis» asarida ushbu shaxs 
t o 'g 'r is i d a   quyidagi  m a ’l u m o tn i  keltiradi:  « P ah lav o n   M u h a m m a d  
Kushtigirkim,  ko'p fazoyil  bila orastadurkim,  kushti bovujud  ulkim,  uning 
andoq  haq  va  mulkidurkim,  m a ’lum  emaskim,  hargiz  bu  fanda  andoq 
paydo  bo'lmish  bo'lg'oy.  O'z ga  fazoyiliga  ko'ra  va  din  martabasidur, 
musiqiyda  idvor  ilmida  davrining  benaziridur,  chun  kanioloti  izhor  min 
ash-shamsdur,  sharh  qilmoq  ehtiyoj  ermas».
Risolada  biz  Pahlavon  M uham m adning  o 'z   davrining  benazir  kishisi 
b o 'l g a n li g i ,  qirq  yil  d a v o m i d a   A lis h e r  N av o iy g a  m e h r ib o n c h ili k
188

ko'rsatganligi,  favqulodda  xotiraga  egaligi,  barcha  zam ondoshlari  izzat- 
hurm atiga  sazovor  b o'lgan,  yuksak  axloqiy  fazilatlarga  ega  kurashchi 
ekanligini  k o 'ra m iz .  U ni  b archa  kechik  z a m o n d o sh la ri,  Z a hiriddin 
M u h am m ad   Bobur,  Zayniddin  Vosifiy,  Mirza  M u h a m m a d   H aydar ham 
ajoyib  kurashchi  va  olijanob  inson,  bastakor  ekanligini  tasdiqlaydilar.
Bu  asar  Tem uriylar  davri  XV  asr  ikkinchi  yarmi  m adaniy  hayotiga 
oid  qimmatli  m a ’lum otlar  keltirilishi  bilan  m uhim   xususiyat  kasb  etadi. 
Bu  risola  ham awalgi  «Xamsat ul-mutahayyirin» va «Holoti  Sayyid  Hasan 
Ardasher»  kabi  XV  asr  ikkinchi  yarmi  Tem uriylar  davri  tarixi  to'g'risi- 
dagi  qimmatli  manbadir.
Nomlari zikr etilgan besh sof tarixiy asarlardan tashqari Alisher Navoiy 
quyidagi  asarlari,  y a ’ni  « M a h b u b   u l-q u lu b » ,  «M ajolis  u n -n a fo is» , 
«Munshaot»,  «Nasoyim  ul-muhabbat» va hatto sof lingvistik xarakterdagi 
«Muhokamat  ul-lug'atayn» asarida ham  tarix ilmi uchun  m uhim  m a ’lumot 
bor.
Alisher  Navoiy  tarixchi  olim  sifatida  asarlarida,  xususan  «M ahbub 
ul-qulub»da  ijtimoiy  guruhlar  to'g'risidagi  mulohazalarni  bayon  etgan, 
«Majolis  un-nafois»  asarida  450  dan  ortiq  davlat  arbobi,  shoir va  s a n ’at 
shaydolari  haqida,  «Nasoyim  ul-m uhabbat»  asarida  esa  750  dan  ziyod 
avliyolar  to'g'risdagi  m a ’lum otlar  keltirilgandir.
«Vaqfiya»  asarida  esa  Alisher  Navoiyning  qanday  m o l-m ulk  egasi 
bo'lgani,  ham da  ularni  jamiyat  uchun  vasiyat  qilganligi  bayon  etiladi. 
Alisher  Navoiyning «M unshaot» asari,  ham da u tartib bergan  « M ura qqa’ 
Mir Alisher»da jamlangan  maktublar mazmuni, Alisher Navoiyning hayoti 
va  faoliyati  turli  qirralarini  va  o 'z   davri  ijtimoiy,  siyosiy  va  madaniy 
hayotini  yoritishda ju d a   katta  tarixiy,  ilmiy  ahamiyatga  ega  hujjatlardir.
U  Xoja  Ubaydulloh Ahror,  uning muridlari va Abdurahm on Jomiyning 
dastxat  maktublarini  tartibga  keltirib,  maxsus  « M ura qqa’  M ir  Alisher» 
nomli  dastxat  avtograflardan iborat qimmatli  594 ta maktubni  kitob holiga 
keltirib,  bizga  m eros  qoldirgan.  Ushbu  m u ra q q a ’  asosida  doktorlik 
dissertatsiyasini  yozib,  sharqshunos  Asomiddin  O'rinboyev  tarix  fanlari 
doktori  degan  unvonga  ega  bo'ldi.  Keyingi  yillarda  olim  ular to'g'risida 
rus,  tojik,  fors  va  ingliz  tillarida  bir  necha  kitob  c h o p   etib,  Alisher 
Navoiyning tarix sohasidagi  ko'rsatgan xizmatini  dunyoga namoyish  etdi.
Alisher  Navoiy  yirik  tarixchilar  M u h am m ad   Mirxond,  Davlatshoh 
Samarqandiy va  G'iyosiddin  Xondamirlarning  homiy va  murabbiysigina 
emas,  balki  original  tarixiy  asarlari  ijodkori  sifatidagi  xizmatlari  ham 
alohida  e ’tiborga  loyiq,  deb  o'ylaymiz.
Am ir Tem urning  o'zi  tarix  ilmi  taraqqiyotiga juda  katta  e ’tibor berdi.
189

S ultoni  so h ib q iro n   o 'z   «Tuzuklar»ini  yaratib,  o 'z b e k   davlatchiligi 
taraqqiyotiga  bebaho  hissa  q o ‘shdi.  Mirzo  Ulug‘bek  «Tarixi  arb a’i  ulusi 
Chingiziy»nomli juda  qimmatli  tarixiy  asami  t a ’lif qilishda  shaxsan  o ‘zi 
qatnashdi.  Bundan tashqari bu  davrda yashab ijod etgan jahonga m ashhur 
tarixchilar G ‘iyosiddin Ali,  Nizomiddin  Shomiy,  Sharafuddin Ali  Yazdiy, 
H o fiz i  A b r u ,  M u ’i n i d d in   N a t a n z i y ,   A b d u r a z z o q   S a m a r q a n d i y ,  
M uham m ad  Mirxond, G ‘iyosiddin Xondamir va boshqalar asarlari  ham on 
mutaxassislar uchun qimmatli tarixiy m anba,  bitmas-tuganmas xazinadir.
Alisher Navoiyning «Vaqfiya»  asarida zikr etilgan  m ol-m ulk ham  uning 
o ‘z  davri  yirik  m o l-m u lk ,  davlat  egasi  ekanligini  k o ‘rsatadi.  M irzo 
M u h a m m a d   Haydarning  yozishicha,  Alisher  Navoiyning  bir  kunlik 
daromadi  o ‘n sakkiz ming shohruhiy ekan. Tarixchining yozishicha,  Sulton 
Husayn  davlat  tepasiga  kelgach,  butun  marhamatini  Alisher  Navoiyga 
ko'rsatadi.  U  esa  o ‘z  o ‘m ida  mol-mulkini  yurt  obodonchiligi,  olim -u 
fozillarga  homiylik qilishga qaratgan.  Tarixchilar G ‘iyosiddin  Xondamir, 
Zahiriddin  Bobur va  boshqalarning  yozishicha,  Alisher  Navoiycha  hech 
kim  k o ‘p  binoi-hayr,  xalq  uchun  imoratlar  va  binolar  qurmagan  ekan. 
Ahli  fazl  va  hunaiga  murabbiy  va  muqawiyligi  ham  juda  mashhur.
Alisher  Navoiy  o ‘zining  tarixiy  asarlarida  bo'lib  o 'tg an   voqea  va 
hodisalarga,  shaxslaiga baho berishda yuksak  insonparvarlik g'oyalaridan 
kelib chiqdi.  Uning tarixchi  olim  sifatidagi  amaliy  faoliyati  turkiy o'zbek 
tilidagi  tarix  ilmini  yuksaklikka  ko'tardi.  Maxsus  asar,  ixcham  risola, 
tazkira va  maktublar yaratib,  turkiy tildagi  tarix ilmining keyingi  rivoji va 
taraqqiyoti  uchun  zamin  yaratdi.
Alisher  Navoiy  o'zining  «M uhokam at  ul-lug'atayn»  asarida  siyosiy 
hokimiyat  va  til,  madaniyat  siyosati  xususida  quyidagi  haqli  fikrlarni 
bayon  etadi:  «...to  mulk  arab  xulafosi  va  salotinida  erdi,  falak  ul  vaqtda 
nazm dabiriga arab tili  birla jilva berdi...» Ya’ni  mamlakatlar arab xalifalari 
va  sultonlari  davrida  s h e ’riyat  kotibi  arab  tilida  ijod  etdi.
M am lakatlarning  b a ’zilarida  «sort  salotini  m ustaqil  bo'ldilar,  ul 
munosabat  bila  forsigo'y  shuaro  zu h u r  qildilar».
«To mulk arab sort  salotinidin turk xonlarg'a intiqol  topti,  Huloguxon 
zam onida sultoni  sohibqiron  T e m u r Ko'ragon  zam onidin  farzandi  xalafi 
Shohruh  Sultonning  zam onining  oxirigacha  turk  tili  bila  shuaro  paydo 
bo'ldilar».
Alisher Navoiyning yuqorida keltirgan  m uhim  fikrini  faqat sh e ’riyatga 
emas,  balki  u m um an  madaniyat,  shu  jum la d an   tarix  ilmiga  ham   to'la 
tadbiq etsa bo'ladi.  Buning yorqin  misoli sifatida Alisher Navoiy yaratgan 
nasriy  asarlar  bo'lib,  ulami  keyincha  Zahiriddin  M u h am m ad   Bobur,
190

M uham m ad Solih,  Darvish  M uham m ad  Buxoriy, Abulg‘oziy  Bahodirxon, 
Munis,  Ogahiy,  Bayoniy  va  boshqalar  davom   ettirdilar.
5 .2 .8 .  «Vaqoyi’»
“Vaqoyi” ’  («Voqealar»)  Zahiriddin  M u h a m m a d   B obum ing jahonga 
“ B oburnom a”  nomi  bilan  m ashhur bo'lgan  shoh  asarining  asl  nomidir. 
M uallif asarda  o'z ining o 'n   ikki  yoshida  F arg'ona  viloyati  podshohi,  deb 
ko'tarilgan  vaqtidan  boshlab,  hayotining  oxiriga  q adar  b o'lib  o 'tg an  
voqealarni  yilma-yil  bayon  qilgan.  D unyoda  mavjud  asarning  barcha 
q o 'ly o z m a la rid a   bir  n ec h a  yil,  xususan  1509—1518,  1521 — 1524-yil 
voqealari  bayoni  tushib  qolgan.
Bobur  F arg'ona  viloyati  hokimi  Tem uriy  U m a r  Shayx  Mirzoning 
(1461 — 1494)  to 'n g 'ic h   o'g'li,  1483-yilning  14-fevralida Andijon shahrida 
tug'ilgan.  U  1494-yilning 5-iyunida,  hijriy hisobda o 'n   ikki yoshida halok 
bo'lgan  otasi  o 'm ig a   Farg'ona  taxtiga  o'tqaziladi.  Lekin  oradan  k o'p 
vaqt  o'tm ay,  mamlakatda avj olgan o'zaro kurash  natijasida mag'lubiyatga 
uchrab,  Farg'onani  tashlab  chiqishga  majbur  bo'ladi.
Uning  1497— 1500-yiIlarda  Sam arqand taxti  uchun olib borgan kurashi 
ham   muvaffaqiyatsizlikka  uchraydi.
Bobur  1504-yilga  q adar  Farg'ona  va  S am arqand  uchun  kurashdi, 
a m m o   T e m u riy la r  o 'z a r o   birlasha  olm a d ila r.  N a tija d a ,  u  tajribali 
Shayboniyxon  bilan  bo'lgan janglarda  mag'lubiyatga  uchrab,  o 'z   yurtini 
tark etib,  om ad va baxt  izlab  Kobulga  yo'l  oldi.  Kobulni  egallagan  Bobur 
o 'z   mavqeini  asta-sekin  m ustahkam lab  bordi.
1511-yilning kuzida  Bobur Ozarbayjon va  Eron  podshohi  Shoh  Ismoil 
Safaviyning  (1502—1524)  harbiy  yo rd a m ig a  tayanib,  S a m a rq a n d n i 
uchinchi  bor egallashga  muvatTaq bo'ldi.  A m m o,  uning o 'z  xalqi e ’tiqodi
—  sunniy  mazhabni  inkor  etib,  kishilarga  shialar  kiyimida  ko'rinishi, 
aholini  undan  ixlosini  qaytardi.  Bu safargi  Boburning bobo meros poytaxt 
Samarqanddagi  hukmronligi  bir  yilga  ham  yetmadi.
1512-yilning  bahorida  Ko'li  Malik  (Xayrobod  bilan  Qorako'l  orasida 
joylashgan  mavze’)  degan  joyda  bo'lib  o 'tgan  jangda  Shayboniylardan 
U b a y d u i l a x o n ,   M u h a m m a d   T e m u r   S u l t o n ,   J o n i b c k   S u l t o n   va 
boshqalarning  birlashgan  kuchlari  uning  qo'shinlarini  to r-m o r  kcltirdi.
Bobur  Hisori  shodm on tom onga chekindi va qariyb ikki  yil  mobaynida 
o 'sha  viloyatda  kun  kechirdi  va  1514-yili  yana  Kobulga  qaytdi.
U  1514— 1525-yillar orasida  Shimoliy  Hindistonga,  uni  bo'ysundirish 
maqsadida  besh  marta  qo'shin  tortadi,  lekin  faqat  so'nggi  yurishi  (1525) 
natijasida boy va ulkan  mamlakatni egalladi.  Bobur tarixda yangi saltanatga
191

asos  soldi.  Uning  davlati  g ‘arbda  yanglish  Buyuk  m o'g'ullar  nomi  bilan 
m ashhur  b o ‘lib  ketgan,  aslida  esa  bu  Hindistondagi  Tem uriylar  yoki 
Boburiylar  davlatidir.
Bobur  1530-yilning 26-dekabrida  Hindistondagi  povtaxt Agra shahrida 
vafot  etdi.  A m m o  uning  vasiyatiga  k o ‘ra,  keyineha  uning  xoki  Kobul 
shahridagi  o ‘zi  asos  solib  obod  qilgan  bog'ga  k o ‘mildi.  Uning  qabr toshi 
k e y in e h a   chevarasi  N u r i d d i n   M u h a m m a d   J a h o n g i r   (1 6 0 5 —1627) 
tom onidan  o ‘rnatilgan.
Bobur iste’dodli  qalam  sohibi  sifatida ikki  devon  — she’rlar majmuasi, aruz 
ilmiga oid risola, islom qonunshunosligi masalalariga bag'ishlangan “Mubayyin” 
nomli  masnaviysi,  Ubaydulla  Xoja  Ahroming  “Volidiya”  risolasining  turkiy 
taijimasi,  musiqa  va  harbiy  ishga  oid  risolalari  muallifi,  maxsus  yangi  alifbo 
“Xatti  Boburiy”  ixtirochisi  hamda  “Vaqoyi”’  asarining  ijodkoridir.
“Vaqoyi” ’  metnuar-xotira  tipidagi  asar  b o ‘lib,  o'zining  bayon  uslubi 
bilan  “T e m u r   tu z u k la r i” ni  eslatadi.  K ito b d a  F a rg 'o n a ,  T o s h k e n t, 
Samarqand,  Hisori  shodm on,  C hag'oniyon,  Kobul,  Xuroson  poytaxti 
Hirot  hamda  Shimoliy  Hindistonning  XV asr  ikkinchi  yarmi  va  XVI  asr 
birinchi  o'ttiz  yilligidagi  ijtimoiy-siyosiy  ahvoli  batafsil  yoritilgan.  Asar 
mazmunini  shartli  uch  qismga  bo'lish  mumkin:
1.  Farg'ona  va  M ovarounnahr  voqealari  davri  (1494—1504);
2.  Kobul  va  Xuroson  voqealari  davri  (1504—1525);
3.  Hindiston  voqealari  davri  (1525—1530).
Siyosiy voqealar bayonidan  tashqari,  asar geografik  ham da  etnografik 
m a ’lum o tlarg a  boy.  U n d a n   F a r g 'o n a n i n g   t u r k - m o ‘g ‘ul  qabilalari, 
ko'chm anchi  o'z beklar  qo'shini  tuzilishi,  M ovarounnahr,  Xuroson  va 
Hindiston  xalqlarining  urf-odatlari,  hayvonoti,  nabototi,  parrandalari  va 
boshqalar  to'g'risida  tafsilotlar  ham   o 'rin  olgan.
“Vaqoyi” ’  asari asl  matni  uch  marta,  birinchi  marta  1857-yili  Qozonda 
N.I.Ilminskiy  tom onidan  Buxoro  qo'lyozmasi  va  ikki  marta  1905  va 
1970-yillari  Angliyaning  poytaxti  L ondon  shahrida  A.Beverij  xonim 
tom onidan  Haydarobod  qo'lyozmasi  asosida  chop  qilingan  edi.
1995— 
1996-yilIari  yapon  olimi  Eyji  M anu  “Vaqoyi” ’  asari  matnini 
to'rtta turkiy va uchta  forsiy qo'lyozmalari  asosida tuzib,  unga  mukammal 
ko'rsatkichlarni  alohida jild  sifatida  ilova  qildi.  Bu  tadqiqotchi  keyineha 
yapon  tilida  tarjima  va  ko'rsatkichlarni  ikki  jildda  chop  etdi.
Kirill-rus  alifbosida  1948— 1949-yillari  ikki  jildda  S.M irzayev  va 
P.Shamsiyev  tom onidan  birinchi  bor  va  1960-yili  bir jild  sifatida  chop 
qilingan  edi.  M.  Salye  tom onidan  rus  tiliga  tarjima  qiiinib,  1958,  1993- 
yillari  Toshkentda  bosib  chiqarildi.
192

2002-yili  S.Hasanov tomonidan P.Shamsiyev,  S.Mirzayevva Eyji  Manu 
nashrlari  asosida  “Vaqoyi” ’  asar  m atnini  chop  etildi.  A m m o,  bular  va 
boshqa  nashrlar  ushbu jahonga  m ashhur  asarning  asl  nusxasining  ilmiy 
akademik  nashri  emas.
Garchi  “Vaqoyi” ’  asl  nusxa  matni  ilmiy  asosda  tiklanmagan  b o ‘lsa- 
da,  uni  tarjim a  qilish,  o 'rg a n ish   hali  asar  t o ‘la  tu g a m a sd a n   oldin 
boshlangan  edi.
Ilk  marta  “Vaqoyi” ’  asarini  fors  tiliga  tarjima  qila  boshlagan  va  bir 
qismini  tarjima  qilgan  shaxs  Boburning  safdoshi  va  sadri  Shayx  Zayn 
Xavofiy  (vaf. 1534-y.)  edi.
Asarbutunlay tugam asdan turib, u n d a n  bir nusxani  Bobur ko'chirtirib 
iMovarounnahrga jo'n atg an   edi.
“Vaqoyi” ’ bilan tasodifan tanishgan  Boburning chevarasi Sulton Salim, 
b o ‘lg‘usi  J a h o n g ir  otalig'i,  m a ’naviy  ustozi  Q u tb iddin  M u h a m m a d  
Beklarbegi  o ‘g ‘li  Behruzxon  Navrangxondir.  LI  Mirzo  Poyanda  Hasan 
G'aznaviydan asarni fors tiliga tarjima qildira boshlaydi.  A m m o, tarjimon 
vafot  etgach,  M u h am m ad   Quli  Hisoriyni  bu  ishga  jalb  etib,  1586-yili 
tarjima  nihoyasiga  yetadi.
Uchinchi  m arta  “Vaqoyi’” ni  fors  tiliga  tarjima  qilish  tashabbuskori 
Boburning  nabirasi  Jaloliddin  M u h a m m a d   Akbar  (1556—1605)  edi.  U 
asarni  Bayramxon  o ‘g ‘li  Abdurahimxonga tarjima  qildirib,  uning  ko'plab 
nusxalarini  nafis  m o'jaz  rasmlar  bilan  bezattirgan.  Forsiy  tildagi  ushbu 
uchchala  tarjima  asl  m atnni  tiklashda  katta  ilmiy  ahamiyatga  ega.
“Vaqoyi” ’  asari  G ‘arb  olimlari  ichida  m ashhur  va juda  katta  o b ro ‘- 
e ’tiborga  molik.  Asar  ingliz  tiliga  uch  m arta  1826,  1921  va  1990-yillari 
t o ‘la tarjima  qilingan  bo'lsa,  uning  ixcham  va  qisqartirilgan  nashrlari  o ‘n 
beshdan ziyoddir.  Aytish  m umkinki,  so'nggi  ikki  yuz  yil  davomida  ingliz 
sharqshunoslari  “Vaqoyi” ’  asarini ju d a jiddiy  o'rganm oqdalar va  maxsus 
Boburshunoslik  ilmiy  yo ‘nalishiga  asos  solganlar.
Asarning  forsiy toshbosma  matni  ham   mavjud.  Kitob  yana  ikki  marta 
fransuz  tiliga,  nemis,  turk,  rus,  yapon,  hind,  urdu,  turk,  qozoq  tillariga 
tarjima  qilingan.
U m u m an , sharq tarixiga oid  asarlar ichida  “Vaqoyi” ’  yuksak  mavqega 
ega.  Shunday tarixiy obida t o 'g ’risida S.Azimjonova tom onidan  rus tilida 
uchta  kitob  chop  etilgan  b o ‘lsa-da,  o'z bek  tilidagi  tadqiqotlar,  asosan 
filologik  yo'nalishda  amalga  oshirilgan.
“Vaqoyi'”  birinchi galda tarixiy  manba va  u boshqa soha  mutaxassislari 
uchun  ham  bcbaho  obida  va  ibratli  namunadir.
193
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling