A b d u m a jid m a d r a im o V gavhar fuzailo va


  Fors  tilidagi  manbalar


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/30
Sana15.12.2019
Hajmi6.7 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30

5.3.  Fors  tilidagi  manbalar
5.3.1.  «Zafarnoma»
Mavlono  N izom uddin  Shomiy  yoki  mavlono  N izom uddin  Shanbiy, 
Shanbi  G 'o z o n iy   asli  Tabrizning  shimoli-g'arbiy  tarafida,  undan  ikki 
mil  masofada  joylashgan  joyda  tug‘ilgan.  Tarixchi  “ Z afarnom a”  asari 
bilan  mashhur bo'lgan.  U  1393-yili Amir Tem ur xizmatiga qabul  qilingan, 
1404-yilgacha u bilan bo'lib,  sohibqironning harbiy yurishlarida voqeanavis 
va  voiz  mansabida  ishtirok  qilgan.
1402-yili Amir T em u r unga o'zining tarixini  aniq  va sodda tilda  yozib 
berishni  buyurgan.  N izom uddin  Shomiy  bu  asarni  1402— 1404-yillar 
orasida  yozib  tamomlagan.  Asar jahongirning  hokimiyat  tepasiga  kelishi 
(1370  yil.)dan  to  1404-yilgacha  bo'lgan  voqealarni  o 'z   ichiga  oladi. 
“ Z afarnom a”  asari  haqiqatan  ham   sodda  tilda,  ravon  uslubda  yozilgan, 
daliliy  m a ’lumotlarga  boy.  Lekin,  Am ir  T em u r  hayoti  m azkur  asarda 
birmuncha,  Sharafuddin  Aliga  nisbatan  kam,  idealashtirilgan.
Asar O'zbekiston, Qozog'iston, Yaqin va O'rta Sharq  mamlakatlarining
XIV asr 11 yarmi va XV asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o'rganishda 
m uhim  va  ishonchli  manbalardan  biri  hisoblanadi.
N izom uddin  Shomiy  o 'z   asarini  yozishda  G'iyosidin  Ali  Yazdiyning 
“ Ro'znom ayi  g'azavoti  H induston” ,  Amir  Tem urning  uyg'ur  kotiblari 
t o m o n i d a n   y aratilgan  “ Tarixi  x o n iy ”  va  b o sh q a   saroyda  b itilg an  
kundaliklardan  foydalangan.
“Z afarn o m a”yi  Nizom uddin  Shomiyning  ikkita  tahriri  mavjud:  1)
1404-yili  Am ir  T e m u r  Ozarbayjon  yurishidan  qaytganda  unga  taqdim  
etilgan  nusxa.  2)  Mironshohning  o'g'li  Mirzo  Umarga  (1404-yil  26- 
martda  Amir  T e m u r  “ Halokuxon  taxti”ni,  ya'ni  G'a rbiy  Eron  ham da 
Ozarbayjonni  in’om   qilgan  paytida)  taqdim  qilingan.  U  yuqorida  qayd 
etib  o'tilgan  birinchi  nusxadan  deyarli  farq  qilmaydi.  Asar  “Z a fa rn o m a ” 
deb  ataladi.  Unga  ayrim  uslubiy tuzatishlar kiritilgan  va  debocha  ham da 
Mirzo  Umarga  bag'ishlangan  kichik  bir  ilova  (zayl)  qo'shilgan.  Shunga 
qaraganda,  Nizom uddin  Shomiy  umrining so'nggi  yillarida  Mirzo  U m ar 
xizmatida  bo'lgan  va  ona  yurti  Tabrizda  istiqomat  qilgan.
“Zafarnom a” ning qo'lyozma nusxalari Armaniston, Angliya,  Fransiya, 
Iroq  va  Turkiya  kutubxonalarida  saqlanmoqda.  Asarning  tanqidiy  matni 
F.Tauer  tom onidan  1937  va  1956-yillari  Pragada  chop  etildi.
1996-yili  N i z o m u d d i n   S h o m i y   “ Z a f a r n o m a ”  a s a r i n in g   Y u. 
Hakimjonov tom onidan  amalga oshirilgan  forscha tarjimasi A.O'rinboyev 
tom onidan  tahrir  qilinib  nashr  etildi.
194

“ Muntaxab  ut-tavorixi  M u ’iniy”  nomli  Temuriylar  davriga  oid  asar 
muallifi M u ’iniddin Natanziydir.  U  Isfahon shahriga qarashli, undan qariyb 
yigirma farsah masofada joylashgan Natanz shahrida tug'ilgan. Ch.A.Storining 
m a ’lumotiga  qaraganda  asli  seistonlik  bo'lgan1.  Fors  viloyatining  hokimi 
Temuriy Iskandar Mirzo (Amir Temurning  nabirasi,  Umarshayxning o'g'li, 
1415-yili inisi  Boyqaro  Mirzo tomonidan o'ldirilgan) saroyida xizmat qilgan. 
Davlatshoh  Samarqandiyning  so'zlariga  qaraganda:  “ M u ’iniddin  Natanziy 
Sulton  Iskandar  davrida  Iroqi  Ajam  va  Forsda  shuhrat  topgan  olimlar  va 
shoirlar jumlasidan bo'lib...,  ilmda o'z zamonasining yetakchisi edi va Mirzo 
Iskandaming  m aqom a  va  holati  hamda  tarixini  yozgan”2.
M u ’n i d d i n   N a t a n z i y   q a l a m i g a   m a n s u b   b o ' l g a n   va  b i z n i n g  
zam onam izgacha  yetib  kelgan  bu  asarning  aniq  nom i  m a ’lum  emas.  U 
ilmiy  jamoatchilik  orasida  “A nonim   Iskandera”  nomi  bilan  mashhur. 
Asar  1413-yili  yozib  tam om langan.  Uning  ikkinchi  tahriri  ham   bo'lib, 
“ Muntaxab  ut-tavorixi  M u ’iniy'’  ( “ M u ’iniyning  saylangan  tarixi” )  deb 
ataladi  va  Tem urning  o'g'li  Shohruh  Mirzoga  bag'ishlanadi.
“ Muntaxab  ut-tavorix”  um um iy  tarix  tipida  yozilgan  asar  bo'lib, 
o lam n in g   yaratilish id an   to   A m ir  T e m u r   vafotigacha,  1405-yil  18- 
fevralgacha  m usulm on  m amlakatlarida  yuz  bergan  voqealar haqida  bahs 
yuritadi.  Asar  m uqaddim a  va  uch  bobdan  iborat.
Muqaddima diniy m azm unda bo'lib,  unda olamning yaratilishi,  Odam 
Ato va uning farzandlari,  N uh payg'ambar va uning avlodi haqida umumiy 
gap  boradi.
Birinchi  bobda  qadimiy  Eron  va  Yunoniston  podshohlari,  Rim  va 
Vizantiya  imperatorlari,  Rim  papalari,  qadimiy  arab  ham da  Efiopiya 
podshohlarining  qisqacha  tarixi  bayon  etilgan.
Ikkinchi bobda M uham m ad payg'ambar va uning avlodi, xalifayi roshidin, 
Umaviya va Abbosiya xalifalari, Arabiston ham da  Misrda podshohlik qilgan 
Ali  va  Fotima  avlodi,  shuningdek,  Abbosiylar  bilan  zamondosh  bo'lgan 
Eron  va  Movarounnahr  hukmdorlari  tarixi  talqin  etilgan.
Asarning  noyob  va  qimmatli  qismi  uning  uchinchi  bobi  hisoblanadi. 
U  turk-m o'g'ul  qabilalari va ularning  kelib chiqishi,  Chingizxon va  uning 
avlodi,  Shimoliy  Xitoyda  hukmroniik  qilgan  m o'g 'u l  xonlari,  Chig'atoy 
ulusi  hukmdorlari,  Elxoniylar,  Jaloiriylar,  Cho'p oniylar,  Muzaffariylar,
5 .3 .2 .  «Muntaxab  ut-tavorixi  M u ’iniy»
1  С т о р и   Ч .А .  П е р с и д с к а я   л и т е р а т у р а .  1 -q ism .  3 3 9 -b c t.
’  D a v la tsh o h   S a m a rq a n d iy .  T a z k ira t  u s h -s h u a ro .E .B ra u n   n a sh ri.  —  L ey d en :  L o n d o n ,  1901. 
3 7 1 -bet.
195

Oq  0 ‘rda xonlari,  1346— 1370-yillar orasida  Movarounnahrda hukmronlik 
qilgan  amirlar  tarixini  o ‘z  ichiga  oladi.
Asarning  uchin ch i  qism ini  yozishda  m u a llif  Tabariy,  Juvayniy, 
Rashiduddin  ham da  turkiy  tilda  yozilgan  ’’Tarixi  xoniy”  kabi  asarlardan 
keng  foydalangan.
“ Muntaxab  ut-tavorixi  M u’iniy”  asarining  matni  1957-yili  Eronda  Jak 
Oben  tarafidan  chop  etilgan.  Uning  qo'lyozma  nusxalari  Sankt-Peterburg, 
Angliya,  Fransiya  va  Eron  kutubxonalarida  mavjud.  Bu  asar  to'g'risida  va 
undagi ayrim lavhalami G ‘.Karimov “A m irTem urva Ulug'bek zamondoshlari 
xotirasida” (T,  1996) va “Temuriylar bunyodkorligi davr manbalari”  (T,  1997) 
nomli  to'plamlarda  chop  etgan.  U  Amir Tem ur to'g'risidagi  m a’lumotlami 
taijima  qilib  “Jahon  adabiyoti” jumalida  2006-yili  e ’lon  qildi.
5.3.3.  «Majmu  at-tavorix»
“ Majmu at-tavorix” yoki  “Zubdat ut-tavorix”  nomli asar muallifi  Hofizi 
Abru  nomi  bilan  m ashhur bo'lgan yirik geograf va tarixchi  olimdir.  Uning 
haqiqiy  ismi  Shahobuddin  Abdulloh  ibn  Lutfulloh  ibn  Abdurashid  al- 
Xavofiydir. Abdurazzoq Samarqandiyning so'zlariga qaraganda Hofizi АЬш 
Hirot  hududidagi  Xavofda  tug'ilgan,  H am adonda tahsil  ko'rgan  va  1430- 
yilda  Zanjonda  vafot  etgan.  Boshqa  tarixiy  manbalarning  m a ’lumotlariga 
va uning so'zlariga qaraganda  Hofizi АЬш A m irT em u rv a Shohruh saroyida 
istiqomat  qilgan  va  har  ikkala  hukm dor  bilan  yaqindan  munosabatda 
bo'lgan.  Agar  u  Amir  Tem ur  bilan  faqat  saroydagina  yaqin  suhbatdosh 
bo'lgan  bo'lsa,  Shohruh  bilan  uning  yurishlarida  birga  bo'lgan.
Hofizi  Abru  Shohruhning  topshirig'i  bilan  ikkita  yirik  asar  yozgan.
Bulardan  biri  tarixiy-geografik  m azm unda  bo'lib,  1414—1420-yillar 
orasida yozilgan.  U  X asrda arab tilida bitilgan  n o m a ’lum bir kitob asosida 
yozilgan.  Yu.E.Borshevskiyning  so'zlariga  qaraganda,  bu  “ Kitob  al- 
masolik  va-l-m am olik”  deb  atalib,  Hasan  ibn  Ahmad  Muhallabiyning 
qalamiga  mansub bo'lgan.  Shohruh  Mirzo  1414-yili  Hofizi Abruga mazkur 
asarni  fors tiliga tarjima qilish  va boshqa m anbalar asosida  qayta ishlashni 
topshirgan.  Demak,  bu  asar  shunchaki  kompilyatsiya  va  tarjima  bo'lib 
qolmay,  balki  yangi  daliliar  bilan  boyitilgan,  diqqatga  sazovor  asardir. 
Shuni  aytish  kifoyaki,  u n d a   h ar  bir  viloyatning  geografik  holatini 
tavsiflashdan  tashqari,  uning  qisqacha  siyosiy  tarixi  ham  bayon  qilingan. 
Biz  uchun  asarda  Amudaryoning  Kaspiy  dengiziga  quyilishi  haqidagi, 
shuningdek,  Movarounnahr va uning yirik shaharlari  Buxoro,  Samarqand, 
Nasaf,  Kesh, Termiz,  Xo'jand va boshqalar haqida  keltirilgan  m a ’lumotlar 
muhim  ahamiyat  kasb  etadi.
196

Asarning  yaxshi  qo'lyozm a  nusxalari  Angliya  va  Rossiyada,  Sankt- 
Peterburg  shahrida  saqlanmoqda.
Hofizi  Abru  S hohruhning  ko'rsatmasi  bilan  o 'z id a n   a w a l  o 'tg an  
mazkur  tarixchilar  Tabariy,  Rashiduddin  h am d a  N izom uddin  Shomiy 
asarlariga  qo'shim chalar  (zayl)  ham  yozgan.  1412— 1418-yillar  orasida 
yozilgan  bu  qo'shim chalar  “ Majmua-yi  Hofizi  A b ru ”  deb  ataladi.
T abariy  asarining  Bal’am iy  tahririga  qilingan  q o 's h i m c h a   xalifa 
M uqtadir  (908—932)  zam onidan  to  M o 'ta sim   (1242—1258)  davrigacha 
xalifalikka kirgan mamlakatlarda bo'lib o'tgan voqealarni o 'z   ichiga oladi.
Rashiduddinning  “Jom e  ut-tavorix”iga qilingan qo'shim chaga  Kurtlar 
(Kartlar)  sulolasidan  chiqqan  podshohlar,  T u g 'a  Tem ur,  Am ir  Vali  ibn 
Shayx Ali  Hindu, sarbadorlar hamda Am ir Arg'unshoh tarixi,  ya’ni  Eronda 
1306— 1393-yillar  orasida  bo'lib  o 'tgan  voqealar  kiritilgan.
N izom uddin  Shomiyning  “Z afarn o m a”siga qilingan  ilovada esa Am ir 
T e m u r hukmronligining so'nggi  davri  va  Shohruh  tarixi  1416  yilga qadar 
bayon  etiladi.
“ M ajm ua” ning ayrim qismlari  matni  va tarjimasini Xonbobo  Bayoniy 
1938-yilda,  F.Tauer  1959-yili va  K .M .M aitra  1934-yili  nashr ettirganlar.
Hofizi  Abruning  asosiy  katta  tarixiy  asari  “ Majmu  at-tavorix”  bo'lib, 
uni  m uarrix  S h o h ru h n in g   o'g'li  B o y su n g 'u r  M irzo  (1433-yili  vafot 
etgan)ning topshirig'i bilan  1423- 1425-yillari  yozilgan.  Mazkur asar to'rt 
qismga  bo'lingan:  1)  islomiyatdan  a w a l  o 'tg an   payg'am barlar  va  Eron 
p o d s h o h l a r i ;   2)  M u h a m m a d   p a y g ' a m b a r   va  a r a b   x alifa la ri  (al- 
Muhtasimgacha);  3)  Eronning  Saljuqiylar  ham da  m o'g'ullar  davridagi 
(Elxon Abu  Said davrigacha)  tarixi;  4)  “Zubdat ut-tavorixi  Boysunquriy” .
Asarning  so'nggi,  to'rtinchi  qismi  asli  va  mustaqil  ahamiyatga  ega 
bo'lib,  unda Amir T em u r tarixi,  qayta ishlangan va birm uncha to'ldirilgan 
h a m d a   X uroson,  qism an  M o v a ro u n n a h rn in g   1427-yilgacha  b o'lgan 
ijtimoiy-siyosiy  ahvoli  bayon  etilgan.
“ Majmu at-tavorix”  asarining qo'lyozmalari  Toshkent  ham da Turkiya, 
O lm oniya,  Angliya,  Fransiya,  Eron  va  boshqa  xorijiy  m am lak atlar 
kutubxonalarida  saqlanmoqda.
5.3.4.  «Tarixnoma»
“T arixnom a”  yoki  “Zayli  Z afarnom a”  ( “Z afarnom a”ga  qo'shim cha”) 
deb ataladigan  muhim  tarixiy asar muallifi  Xoja Tojuddin as-Salmoniydir. 
U  yetuk  xattot  bo'lib,  Muzaffariylar1  saroyida,  devoni  inshoda  xizmat
1  1 3 1 3 — 13 9 3 - y illa r d a   F o r s ,  K ir m o n   v a  K u r d is to n n i  id o r a   q ilg a n   s u lo la .  A s o sc h is i 
M u b o riz id d in   ib n   M u z a ffa r  (1 3 1 3 —1359).
197

qilgan. Amir Temur Sherozni egallab,  Muzaffariylar sulolasi barham topgandan 
keyin  1393-yili  boshqa  ilm  ahli  bilan  Samarqandga  olib  kelingan  va  saroy 
xizmatiga tayinlangan.  1409-yili mart oyida amirlar isyoni bartaraf etilgach, 
oliy  hokimiyat  Shohruh  Mirzo  Xoja  Tojuddin  as-Salmoniy  uning  amri 
bilan  Hirotga  olib  ketiladi  va  oliy  hukm dom ing  topshirig‘i  bilan  o'zining 
mazkur asarini  yozishga  kirishadi.  Lekin,  uni  tamomlay  olmaydi.  Oradan 
ko‘p  vaqt  o'tmay,  saroyda  vazir  Faxruddinga  qarshi  uyushtirilgan  fitnada 
qatnashganlikda ayblanib, qamalib qoladi va jazoga tortiladi.
Xoja  Tojuddin  as-Salmoniy  mazkur  asarida  Amir  Temurning  so'nggi 
yillari va Shohruh  Mirzoning tarixini yozishni  niyat  qilgan edi.  Lekin, taqdir 
taqozosi  bilan  maqsadiga  erisha  olmaydi.  Faqat  1404— 1409-yillar  tarixini 
yozib  bitirishga  ulguradi,  xolos.  Asarda  1404-yilda  Xitoyga  yurish  oldidan 
Konigilda  o'tgan  katta  tantanalar,  shahzodalar  Ulug'bek,  Ibrohim  Sulton, 
Ijil  Mirzo,  Sidi  Ahmad,  Pirmuhammad  va  Mirzo  Boyqarolaming  nikoh 
to'ylari,  Xitoyga  yurishning  boshlanishi,  hazrat  sohibqironning  18-fevral
1405-yilgi  vafotidan  keyingi  og'ir  ahvol,  Xalil  Sultonning  noqonuniy  yo'l 
bilan oliy hokimiyatni  egallab olish voqealari batafsil bayon etiladi. Voqealar 
tafsiloti  1408-yil  mart  oyida  Xalil  Sultonning  amir  Xudoydod  boshliq  bir 
guruh  fitnachi  amirlar tarafidan  asir olinishi  haqidagi  hikoya  bilan  tugaydi.
Xoja Tojuddin as-Salmoniyning “Tarixnoma” asari bizning zamonimizgacha 
uch  nusxada  yetib  kelgan.  Ulardan  biri  suqutli  va  shu  kunlarda  Angliyaning 
muzeyida  (lnv.№  159)  saqlanmoqda.  Yana  ikkitasi  Turkiyada,  Istanbuldagi 
Sulaymon  Fotih  (Inv.№  4305)  va  Lala  Ismoil  afandi  kutubxonalarida  (Inv.№ 
304)  saqlanadi.  Birinchi  nusxa  suqutli,  ikkinchisi  to'la.
Asar  G . R .R y o m e r  to m o n id a n   nem is  tiliga  1956-yili,  Ismoil  Aka 
tom onidan  1988-yili  turk  tiliga  va  Z.M .Buniyatov  tom onidan  1991 -yili 
rus  tiliga  erkin  tarjima  qilingan.
5.3.5.  «Zafarnomayi  Temuriy»
“ Z a fa rn o m a y i  T e m u r i y ” ,  “ F a t h n o m a y i   s o h i b q i r o n i y ” ,  “ Tarixi 
jahonkushovi  T em uriy”  yoki  “ Z afarn o m a”  nomi  bilan  m ashhur bo'lgan 
asarning  muallifi o 'z  davrining yirik tarixchisi  Sharafuddin Ali  Yazdiydir. 
U,  asli  Eronning  Yazd  viloyatidagi  Taft  qishlog'idan  bo'lib,  turli  fan 
sohalarini  egallagan  edi.  S h u n in g   u c h u n   h am   Alisher  N avoiy  uni 
“ Sharafudin  davlat  va  din ” ,  y a ’ni  din  va  davlat  sharafi  deb  t a ’riflagan.
Sharafuddin  Ali  Yazdiy  Fors  viloyatining  hokimi  Temuriy  Ibrohim 
Sulton  (1415—1435)  saroyida xizmat  qilgan.  U  ilm-fan  homiysi  bo'lmish 
m azkur  shahzodanigina  emas,  balki  Shohruhning  ham  z o 'r   hu rm at- 
e ’tiborini  qozongan  edi.
198

Sharafuddin  Ali  Yazdiy  1442-yili  Shohruhning  nabirasi  va  Sultoniya, 
Qazvin,  R ay h am d a  Q um   hokimi  Sulton  M u h a m m a d   (1442—1446)ning 
taklifi  bilan  Q u m g a   keldi  va  s h a h z o d a n in g   xizmatiga  kirdi.  S ulton 
M u h am m ad   1446-yili  Shohruhning  og ‘ir  kasalligidan  foydalanib,  isyon 
ko'tardi,  H a m a d o n   ham da  Isfahonni  bosib  oldi,  Sherozni  qamal  qildi. 
S hohruh  unga  qarshi  q o ‘shin  tortti.  Sulton  M u h am m ad   Shohruh  bilan 
ochiq jang qilishdan qo'rqib toqqa q o c h d i1.  Shohruh  Sulton  M u h am m ad  
bilan  y aqin  b o 'l g a n   kishilarni,  s h u n in g d e k ,  m ahalliy  sayyidlardan 
birmunchasini  isyonda  ishtirok  etishda  ayblab  hibsga  oldi  va  ko'plarini 
o'lim ga  m ahkum   qildi.  0 ‘shanda  hibsga  olinganlar  orasida  Sharafuddin 
Ali  Yazdiy  ham   bor  edi.  Faqat  M irzo  Abdullatifning  (U lug'bekning 
to 'n g 'ic h   o ‘g ‘li)  aralashuvi  bilan  Sharafuddin  Ali  Yazdiy jazodan  qutulib 
qoldi.  S h ahzoda  uni  Sam arqandga,  otasi  huzuriga  jo 'n a tib   yubordi. 
Sharafuddin  Ali  Yazdiy  Sam arqandda  bir  yil  chamasi  istiqomat  qildi  va 
fikrimizcha,  Ulug'bekning ilmiy izlanishlarida ishtirok etgan bo'lishi kerak. 
S hohruh  vafotidan  (1447)  keyin  1449-yilda  Sharafuddin  Ali  Yazdiy 
Xurosonga qaytdi va Sulton  M uham m adning ruxsati  bilan yana o 'z  vatani 
T aftg a  qaytib  bordi  va  u m rin in g   oxirgi  qism in i  u z la td a   kechirdi. 
Sharafuddin  Ali  Yazdiy  1454-yili  vafot  etdi.
“ Z a fa rn o m a ”  asosan  N izom uddin  Shomiyning  shunday  nomli  asari 
asosida zo 'rb ad iiy  mahorat  bilan yozilgan.  Lekin,  Sharafuddin Ali Yazdiy 
Nizom uddin  Shomiy asarida bayon etilgan  voqealarning b a ’zilariga yangi 
tarixiy  m anbalar  asosida  aniqliklar  kiritdi,  uni  yangi  isbot  va  dalillar 
bilan  boyitdi.  Amir T em urning shaxsiyati  va  uning  faoliyatidagi  qaram a- 
qarshiliklar,  y a ’ni  bir  to m o n d an   qattiqqo'l  ekanligi,  ikkinchi  to m o n d an  
esa  Movarounnahrdagi  tarqoqlikka barham berib,  markazlashgan davlatga 
asos  solganligi  birm uncha  to 'g'ri  va  haqqoniy  yoritilgan.
Sharafuddin  Ali  Yazdiy  asarining  zo'r  qimmati  shundaki,  unda  Mo'g'ul 
imperiyasining tarkibida tashkil topgan Oltin O'rda, Elxoniylar davlati, Chig'atoy 
ulusi,  shuningdek  Movarounnahrning  Chingizxon  zamonidan  to  Tem ur 
davlatining paydo bo'lishigacha bo'lgan ijtimoiy-siyosiy tarixi qisqa tarzda yoritib 
berilgan. Asarning bu qismi “Tarixi jahongir”, yoki “ Muqaddimayi Zafarnoma” 
nomi  bilan  ataladi  va  1419-yili  yozib tamomlangan.
“ Z afarn o m a”  asarining  asosiy  qismi,  muallifning  dastlabki  rejalariga 
ko'ra,  uch  qism  —  maqoladan  iborat  b o'lm og'i,  birinchi  qismda  Am ir 
Femur tarixi,  ikkinchi qismda Shohruh  Mirzo va nihoyat,  uchinchi qismda
1  O r a d a n   b ir yil  c h a m a s i  v aqt  o 'tg a c h .  1 4 4 7 -y ili  S u lto n   M u h a m m a d   y a n a   h'o rsn i  e g a lla d i, 
S h o h ru h   v a fo tid a n   s o 'n g   (1 4 4 7 -y il  12  m a rt)  X u r o s o n n i  q o 'lg a   k iritd i,  lek in   1451-yili  inisi 
A b u lq o sim   B o b u rd a n   y e n g ild i  va  u n in g   a m ri  b ila n   q a tl  e tild i.
199

ushbu  asar yozishning  tashabbuskori  Ibrohim  Sultonning  davrida  o'tgan 
voqealar bayon etilishi  mo'ljallangan edi.  Lekin,  biz hozir asarning birinchi 
q ism igagina  egam iz,  xolos.  Lining  ikkinchi  va  u c h in c h i  qism la ri 
saqlanmagan.  Ehtimol,  ikkinchi  va  uchinchi  qismlari  yozilmay  qolgan 
bo'lsa  kerak.  “ Z a fa rn o m a ”  asarining  asosiy  qismi  1425-yilda  yozib 
tamomlangan.
Asarning  qo'lyozm a  nusxalari  ko'p,  xorijiy  mamlakat  kutubxonalari, 
xususan  Toshkentda  O 'z R   FA  Sharqshunoslik  institutida  uning  yigirma 
to 'rt  nusxasi  bo'lib,  ularning  ikkitasiga  (И нв.  №   3440  va  №   4472)  XV 
va  XVII  asrlarda  rasmlar ishlangan.  “ Z afarn o m a”  asari  matni  Hindiston 
(1 8 8 5 -1 8 8 8 ),  Eron  (1957)  va  1972-yili  A .O '.O 'rinboyev  t o m o n id a n  
Toshkentda  chop  qilingan.  Asar  ikki  marta  o'z bek  tiliga,  ingliz,  fransuz 
va  turk  tillariga  tarjima  qilingan.  U nda n  ayrim  parchalar  ingliz  ham da 
rus  tillarida  bosilgan.
“ Z a fa rn o m a ”  asarining  m uqaddim asi  te rm a   tarjimasi  va  10  yilgi 
M ovarounnahr  voqealari  bayoni  O.Bo'riyev  tom onida n  tarjima  qilinib,
1996-yili  nashr  qilindi.  Kitobning  O 'z b ek isto n   va  M arkaziy  Osiyo 
mamlakatlari  tarixini  o'rganishdagi  ilmiy ahamiyati juda  katta.  Keyincha 
yaratilgan  tarixiy  asarlarga  bu  kitobning  t a ’siri  yaqqol  seziladi.
5.3.6.  «Ulusi  arba’-yi  Chingiziy»
“ Ulusi  arba’-yi  Chingiziy”  ( “ Chingiziylar  to'rt  ulusi”  (tarixi)  yoki 
“Tarixi  arba’  ulus”  ( “T o'rt  ulus tarixi”)  nomli  asar asosiy  mualliflaridan 
biri,  uning  yaratilish  tashabbuskori  XV  asrda  o'tgan  buyuk  olim,  yirik 
davlat  arbobi,  Shohruh  Mirzoning  o'g'li  M u h am m ad   Tarag'ay  Mirzo 
Ulug'bekdir.  U  1394-yil  22-martda Amir Temurning  Iroq va Ozarbayjonga 
qilgan  navbatdagi  besh  yillik  harbiy  yurishi  vaqtida  Sultoniya  shahrida, 
Eron  O zarbayjonida  tug'ilgan.  A m ir  T e m u r   saroyida  hukm   surgan 
a n ’anaga  ko'ra,  shahzoda  Sohibqironning katta xotini  Saroymulk  xonim
-   Bibi  xonimning  tarbiyasiga  topshiriladi.  Oradan  bir  yil  chamasi  vaqt 
o'tgach,  1395-yili Amir T em ur Saroymulk xonim va nabirasini  Shohruhga 
qo'shib  Samarqandga jo'natadi.
1398-yili  Ulug'bekka  m ashhur  qissaxon,  shoir  va  olim,  shayx  O rif 
Ozariy  (1382—1462)  muallim etib tayinlandi va u dastlabki  asosiy t a ’limni 
ana shu  ajoyib insondan  oldi.  Shahzoda A m ir Tem urning bir qator harbiy 
harakatlarida,  1399— 1404-yillari  Turkiya  va  Suriyaga  qarshi  o'tkazilgan 
yurishda,  1404— 1405-yili  Xitoyga  qarshi  uyushtirilayotgan  yurishda 
qatnashdi.
Amir T em ur  1405-yil  18-fevralda vafot  etgach,  M ovarounnahr taxtini
200

nabirasi  Xalil  Sulton  zo'rlik  bilan  egallab  oldi.  Bu  vaqtda  U lug'b ek  otasi 
Shohruh xizmatida  bo'ldi.  1409-yili  Xalil  Sulton  o ‘z  amirlari  tom o n id a n  
asir  o lin g ach ,  S h o h r u h   X u ro s o n d a n   M o v a r u n n a h rg a   kelib,  M irzo 
Ulug'bekni  M ovaro u n n ah r va  Turkiston  hokimi  etib  tayinladi.  U  1449- 
yilning  25-oktabrigacha  bu  mamlakatni  boshqardi.
Mirzo  Ulug'bek  yirik  davlat  arbobi,  sarkarda  edi.  Lekin,  u  buyuk 
olim  va  ilm -fan  h a m d a   m adaniyat  homiysi  sifatida  tengi  y o ‘q  edi. 
S a m a r q a n d   u n in g   d a v r id a   S h a rq n in g   yirik  i lm - fa n   va  m a d a n iy a t 
markazlaridan  biriga  aylandi.
Mirzo  U lug'b ek  ikki  yirik  asar  yaratdi.  Biri  “ Ziji  jadidi  ko'ragoniy” 
( “ Ko'ragoniyning yangi  astronom ik jadvali” )  bo'lib,  1437-yili  yaratilgan 
kitobda  ilmi  nujum ning  nazariy  va  amaliy  masalalari  qam rab  olingan, 
o'sha  davrdagi  eng  yuksak  ilmiy jasorat  hisoblangan.
Olimning ikkinchi asari  “ Ulusi arba’-yi Chingiziy” bo'lib,  unda X II I—
XIV  asrlarda  M o 'g 'u l   imperiyasi  tarkibiga  kirgan  m am la k a tla rn in g  
ijtimoiy-siyosiy tarixi  qisqa tarzda  bayon etilgan.  Kitob  1425-yildan  keyin 
tugallangan.
“Tarixi  arba’  ulus”  m uq ad d im a  va  yetti  bobdan  iborat.  M uqaddi- 
m ada  o 'rta  asrlarda  tarixchilar  o'rtasida  hukm   surgan  a n ’anaga  ko'ra, 
tangri  taolo  va  uning  elchisi  M uh am m ad   payg'am bar  avlodlari  sh a ’niga 
ay tilgan  h a m d   va  n a ’t  ( m a q to v la r ),  O d a m   a t o n i n g   yaratilishi  va 
islomiyatdan  a w a l   o 'tg a n   payg'am barlar,  turklarning  afsonaviy  o ta- 
bo b o lari  h iso b la n g a n   Yofas  ibn  N u h   va  un in g   fa rza n d i  T u rk x o n , 
shuningdek,  tu rk -m o 'g 'u l  qabilalari  va  Chingizxon  tarixi  bayon  etilgan.
I  bobda  Turkxon  ibn  Yofas  va  uning  Turkiston  zam inida  podshohlik 
qilgan  avlodi  Abuljaxon,  Dibokuyxon,  Kuyukxon  va  boshqalar,  tatar- 
m o'g'ul  va  turk  qavmlari  va  ularning  podshohlari  tarixi  bayon  etilgan.
II  bob  tu rk -m o 'g 'u l  xalqlarining afsonaviy  onasi  Alangkuva  va  undan 
tarqalgan avlod, yani  podshohlar Buzunjon qoon,  Buqoxon,  Dutimenxon, 
Qobulxon  va  boshqalar  tarixi  bayonini  o 'z   ichiga  oiadi.
Kitobning  III  bobida  Chingizxon  tarixi  bayon  etilgan.
IV bob  Ulug'  yurt,  yani  Mo'g'iliston va  Shimoliy  Xitoyda  luikmronlik 
qilgan  Chingizxon  vorislari  tarixiga  bag'shlanadi.
V  bob  C hingizxonning  to 'n g 'ic h   o'g'li  Jo'jixon  naslidan  bo'lgan  33 
xonning  Dashti  qipchoqdagi  hukmromligi  bayon  etilgan.
VI  bobda  Elxoniylar,  ya’ni  Eron  ham da  Ozarbayjonning  X I 11—XIV 
asrlardagi  tarixidan  balls  yuritiladi.
VII  bobda  C hig'atoy  ulusining,  Koshg'ar,  Yettisuv,  M ovarounnahr, 
Shimoliy Afg'oniston  hududidagi X III—XIV asrlardagi tarixi talqin etilgan.
201

Shuni  h am   aytish  kerakki,  muallif m azkur ulusda  hukm ronlik qilgan  har 
bir h u k m dorxon ustida qisqa va alohida-alohida to ‘xtalib, ularning davrida 
sodir  b o ‘lgan  voqealardan  eng  muhimlarini  bayon  etgan.
“Tarixi  arba’  ulus”  asarining ayrim  qismlari,  xususan  uning t o ‘rtinchi 
qism i,  k o ‘p  j i h a t d a n   S h a ra fu d d in   Ali  Y azdiyning  “ M u q a d d im a y i 
Z a f a r n o r n a ”siga  o ‘xshab  ketadi.  Lekin,  U lu g ‘bek  asari  b i r m u n c h a  
m ukam m aldir.  Bundan  tashqari,  u n d a   t o ‘rt  ulus  o'rtasidagi  siyosiy 
munosabatlar,  “o ‘zbek”  etnonim ining  kelib  chiqish  vaqti  xususida  ham 
qimmatli  m a ’lumotlarni  uchratamiz.
Ushbu  kito b n in g   faqat  qisqartirilgan  ta h ririn in g   t o 'r t   m o 't a b a r  
q o ‘lyozmasi  bizgacha  yetib  kelgan.  Ularning  ikkitasi  Angliyada,  bittasi 
Hindistonda  va  to'rtinchi  nusxasi  AQShda  saqlanmoqda.
Mirzo  Ulug‘bek  tarixiy  asarining  inglizcha  tarjimasi  1838-yili  Mayls 
tom o n id a n   Angliyada  chop  etilgan.  0 ‘zbekcha  tarjimasi  B.Ahmedov, 
M.H asaniy va  N .Norqulovlar tom onida n  bajarilib,  1994-yiIi  Toshkcntda 
chop  etildi.
“Tarixi  arb a’  ulus”  Markaziy  Osiyo,  0 ‘zbekiston  va  O ozog‘istonning 
X III—XIV asrlardagi tarixini,  ayniqsa Chig'atoy ulusi tarixini  o'rganishda 
m uhim   manbalardan  biri  vazifasini  o ‘tashi  mumkin.
Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 63%20Тарих%20фанлари
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti
63%20Тарих%20фанлари -> «0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi. 1-kitob. Shamsuddinov R, Karimov SH.pdf [Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim]
63%20Тарих%20фанлари -> Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi 2-kitob. Shamsuddinov R.pdf [Ahmadbekhoji mehmonxonasi]
63%20Тарих%20фанлари -> «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati
63%20Тарих%20фанлари -> Fayzulla boynazarov qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> O`zbekiston tarixidan universal qo`llanma tmp9232.pdf [Amudaryo xazinasi]

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling