A b d u m a jid m a d r a im o V gavhar fuzailo va


 .3 .7 .  «M atla’  u s-sa’dayn  va  majma’  ul-bahrayn»


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/30
Sana15.12.2019
Hajmi6.7 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30

5 .3 .7 .  «M atla’  u s-sa’dayn  va  majma’  ul-bahrayn»
“ M atla’  us-sa’dayn va  m ajm a’  ul-bahrayn”  ( “ Ikki saodatli  yulduzning 
chiqish  joyi  va  ikki  azim  daryoning  q o ‘shilish  yeri”)  nomli  yirik  tarixiy 
asar  muallifi  o ‘z  davrining  yirik  diplomati  va  tarixchi  olimi  Abdurazzoq 
S a m a rq a n d iy d ir .  U n in g   t o ‘liq  ismi  K a m o lu d d in   A b d u ra z z o q   ibn 
Jaloluddin  is’hoq  Samarqandiy  (1413—1482)  b o ‘Iib,  Hirotdagi  badavlat 
va  nufuzli  xonadonlarning biriga  mansubdir.  Tarixchining otasi  Shohruh 
huzurida  qozi  askar  va  imomlik  lavozimida  turgan.  Abdurazzoq  yaxshi 
o ‘qib,  fiqh,  tafsir,  hadis,  arab tili,  g‘azal  va tarix  ilmlarini  puxta egallagan 
o ‘z  zamonasining  yetuk  olimlaridan  biri  bo'lib  yetishdi.
Abdurazzoq  Samarqandiy  1438-yili  o'zining qozi  Azizuddinning arab 
tili grammatikasining ba’zi  masalalari,  yuklama va olmoshni tadqiq etuvchi 
“ Risolayi  Azudiya”  kitobiga  bag'ishlangan  sharhini  yozib  tam om ladi  va 
uni  Shohruhga taqdim qildi.  Hukm dor asar bilan tanishib va yosh olimdagi 
ulkan  salohiyatni  ko‘rib,  uni  saroy xizmatiga,  devoni  inshoga tayin  qildi. 
Shu vaqtdan boshlab to  1463-yilga qadar Abdurazzoq Samarqandiy dastlab 
Shohruh,  so‘ngra  Abulqosim  Bobur  (1451 — 1457)  va  boshqa  Temuriy 
shahzodalarning  saroyida  xizmat  qildi.
A b d u ra z z o q   S a m a rq a n d iy   k o 'p r o q   xorijiy  d a v la tla r  bilan  olib
202

boriiadigan diplomatik yozishmalami hoziriash, shuningdek elchilik ishlari 
bilan  m ashg‘ul  b o ‘lgan.  Masalan,  u  S hohruh  davrida  1441-yili  Janubiy 
Hindistonga  elchi  qilib  yuboriladi.  Kolikut  shahrida  ham da  Vijayanagar 
rojaligida b o l ib  oradan ikki yil o ‘tgach,  1444-yilning 27-dekabrida Hirotga 
qaytib  keladi.  M azkur  elchilik  Tem uriylar  davlatining  Hindiston  bilan 
b o ‘lgan  m unosabatlarini  m ustahkam lash  va  rivojlantirishda  k atta  rol 
o ‘ynaydi.  Abdurazzoq  Sam arqandiy  H indiston  safari  vaqtida  k o ‘rgan- 
bilganlarini  to'p lab,  bir  xotira  sifatida  yozib  qoldirgan  va  bu  m a ’lumot 
T em uriylar davlati bilan  H indistonning o ‘sha vaqtlardagi  ijtimoiy-siyosiy 
ahvoli,  ayniqsa  Hindistonning  ijtimoiy  va  m adaniy  hayotini  o'rganishda 
katta  o ‘rin  tutadi.
Abdurazzoq  S am arqandiy  1447-yili  S hoh ru h n in g   topshirig‘i  bilan 
G ilonga bordi va uning  hokimi  am ir M u h a m m a d  bilan  m uzokaralar olib 
bordi.  0 ‘sha yili u  Misrga elchi qilib tayinlandi,  lekin S hohruhning (1447- 
yil  12-mart)  vafoti  tufayli  bu  tashrif amalga  oshm ay  qoldi.
A b d u ra z z o q   S a m a r q a n d i y   A b u lq o s im   B o b u r  x iz m a tid a   b o 'l g a n  
kezlarida  uning  harbiy  yurishlarida,  masalan,  1458-yili  M o z a n d a ro n   va 
1454-yili  Samarqand ustiga qilgan yurishlarida qatnashdi.  1458-yili  Hirotni 
egallagan  Sulton  Abu  S a’id  Mirzo  uni  1463-yili  Shohruh  xonaqosiga 
shayx  qilib  tayinladi  va  Abdurazzoq  Sam arqandiy  um rining  oxirigacha 
o ‘sha  manzilda  istiqomat  qilib,  asosan  ilmiy  ish  bilan  mashg'ul  b o ‘ldi.
A bdurazzoq  S am arqandiy  yirik  tarixnavis  olim  sifatida  h a m   n om  
qoldirdi.  U  Eron,  0 ‘rta  Osiyo  va  0 ‘zbekistonning  XIV—XV  asrlardagi 
ijtim o iy -iq tis o d iy   va  m a d a n iy   h a y o t i d a n ,  sh u n in g d e k ,  T e m u r i y l a r  
davlatining  qo'shni  m am lakatlar  Hindiston,  Xitoy  va  boshqalar  bilan 
iqtisodiy,  siyosiy va  m adaniy  aloqalari  tarixidan  bahs  yurituvchi  “ M atla’ 
us-sa’dayn  va  m ajm a’  ul-b ah ray n ”  deb  ataluvchi  asari  bilan  m ashhur 
b o ‘ldi.  Kitob  1467—1470-yillar  orasida  yakunlangan.
“ M atla’  us-sa’d a y n ”  ikki  qism  —  daftardan  iborat:  1)  Elxon  Abu 
Sa’id  (1316—1335)  davridan to A m irT em u rn in g  vafoti va Xalil  Sultonning 
Sam arqand taxtiga o'tirishigacha,  y a ’ni  1405-yilgacha bo'lgan davrtarixi 
va  2)  S hohruhning  1405-yili  H irotda  Tem uriylar  imperiyasining  oliy 
hukm dori  deb  e ’lon  qilinishidan  to   Tem uriy  Abu  Sa’idning  1469-yili 
oldirilishigacha  b o ‘lgan  tarixi.  Asarning  1427-yilgacha  bo'lgan  davrni 
o ‘z  ichiga  olgan  qismi  kompilyatsiya  b o ‘lib,  Hofizi  Abruning  “ M a jm u ’ 
at-tavorix”  kitobi  asosida  yozilgan.
Asarda  voqealar  xronologik  tartibda,  yilma-yil  bayon  qilingan.  Bu 
hoi  kitobdan  foydalanishda  katta  qulayliklar  tu g ‘diradi,  albatta.
“ M a t la ’  u s -s a ’d a y n ” ning  q o ‘lyozm a  nusxalari  S a n k t - P e t u r b u r g ,
203

Toshkent,  Dushanbe  va  Angliya,  Fransiya,  Hindiston,  Eron  va  boshqa 
m amlakatlarning  kutubxonalarida  saqlanmoqda.
Asarning  ikkinchi  daftari  matni  M uham m ad  S hafe’  tom onidan  1941 
va  1949-yillari  Lohur  shahrida  chop  etilgan.
Abdurazzoq  Samarqandiyning  Hindistonga qilgan safari bayon etilgan 
qismi  ham da  ikkinchi  daftarning  1405— 1427-yillar voqealarini  o ‘z  ichiga 
olgan  birinchi  qism-juz  A.O'rinboyev  tom o n id a n   o ‘zbek  tiliga  taijim a 
qilinib,  1960  va  1969-yillari  chop  etilgan.
“ M atla’  us-sa’d ayn”  asarining  ikkinchi  qismi,  xususan  uning  1427— 
1469-yillar voqealarini o ‘z ichiga olgan qismi yangi bo'lib,  Eron,  Markaziy 
Osiyo  va  0 ‘zbekistonning  shu  davr  ichidagi  ijtimoiy-siyosiy  tarixi  va 
madaniy  hayotini  o'rganishda  asosiy  manba  vazifasini  o ‘taydi.
5.3.8.  «Ravzat  us-safo»
“ Ravzat  us-safo”  ( “S o f j a n n a t   b og'i”)  yoki  “ Ravzat  us-safo  fi  siyrat 
al-anbiyo  v a -l-m u lu k   v a-l-x u la fo ”  ( “ P ayg'am barlar,  p o d sh o h la r  va 
xalifalarning taijimai  holi  haqidagi sofjannat  bog‘i”)  nomi bilan  m ashhur 
b o ‘lgan  a s a ru m u m iy  tarixga  oiddir.  Uning  muallifi  Mir  M u h am m ad   ibn 
Sayyid  Burxoniddin  Xovandshoh  ibn  Kamoluddin  M ahm ud  al-Balxiy 
b o ‘lib,  asosan  Mirxond  (1433—1497)  nomi  bilan  mashhur.
Muarrixning  ota-bobolari  asli  Buxorodandir.  Mirxondning  otasi  sayyid 
Burxoniddin  Xovandshoh  ham  o'qimishli  va  keng  m a’lumotli  kishi  bo‘lib, 
Temuriylarhukmronligi davrida  Balxga ketib qolgan va o ‘sha yerda vafot etgan.
Mirxond  Balxda  tu g ‘ilgan,  lekin  um rining  k o ‘p  qismini  H irotda 
o ‘tkazgan.  Uning  nabirasi  X ondamirning  guvohlik  berishicha,  Mirxond 
Alisher  Navoiy  bilan  uchrashguncha  turli  ilmlar  bilan  shug'ullangan, 
am m o   birontasida  m u ta ’yin  emas  edi.  Tarixchi  Alisher  Navoiy  bilan 
uchrashgach,  shoir  o'zining  “ Ixlosiya”  xonaqohidan  unga  alohida  xona 
ajratib,  shaxsiy  kutubxonasidagi  kitoblardan  foydalanishga  ijozat  berib, 
olimni  um um iy  tarixga  oid  katta  asar  yozishga  undagan,  uni  bu  sohada 
doim o  moddiy q o ll a b  turgan.  Am m o,  Mirxond  ulkan asarini  m ukam m al 
tugata  olmay,  ya’ni  yettinchi jildi  va ju g ‘rofiy  ilova  materiallari  yig‘ilgan 
musavvada  hoiida qolganida vafot  etadi.  Uning asarini  nabirasi G'iyosiddin 
X ondam ir  yakuniga  yetkazadi.
“ Ravzat  us-safo”  asarini  yaratishda  Mirxond  qirqta  muallif,  y a ’ni 
arab tilida  ijod  qilgan  o ‘n  sakkizta va  fors tilida  ijod  qilgan  yigirma  ikkita 
olim  ijodiga  murojaat  qilgan.  Shak-shubhasiz,  bu asar zamonaviy tadqiqot 
darajasida  yaratilgan  tarixiy  yodgorlikdir.
Kitob  m uqaddima,  xotima  va  yetti  jilddan  iborat:
204

D unyoning  “yaratilishidan”  to  Sosoniy  Yazdijard  III  (632—651) 
davrigacha;
M u h am m ad   payg‘am bar  va  xalifai  Roshidin  davri;
12  im om   tarixi;  Umaviy  va  Abbosiy  xalifalari;
Abbosiylar  bilan  zam ondosh  sulolalar;
Chingizxon  va  uning  avlodi;
Am ir T em u r va  uning  avlodi  to  Sulton  Abu  Said  vafotigacha  (1469);
Culton  Husayn  va  uning  avlodi  tarixi  (1523-yilgacha)  bayon  etilgan. 
S o ‘nggi  7-jildi  m usawadaligicha  qolib  ketgan  va  uni  X ondam ir t o ‘ldirib, 
oqqa  ko'chirgan.
“ Ravzat  us-safo”  asarining  1—6-jildlari  kompilyatsiya  —  boshqalar 
asaridagi  m a ’lum otlar  asosida  yozilgan  b o ‘lsa-da,  ko'plab  m anbalardan 
foydalanish asosida yaratilgani  uchun  bu qismi  ham katta ilmiy ahamiyatga 
ega.  6-jildning  bir  qismi  va  7-jild  yangi  m a ’lum otlar  va  muallif  o ‘zi 
k o ‘rgan,  bilgan  va  shohidi  b o ‘lgan  voqealar bayonidan  b o ‘lganligi  uchun 
juda  katta  ahamiyatga  ega.
“ Ravzat  us-safo”  asarini  eng  m ash h u r va  m anzur um um iy tarixga  oid 
fors  tilidagi  kitoblardan  biri  deb  bah o lash   m u m k in ,  chunki  birgina 
T oshkentdagi  O 'z b ek isto n   FA  Abu  R ayhon  Beruniy  nomli  institut 
xazinasida  uning  yuzdan  ziyod  m o ‘ta b a r  q o ‘lyozmalari  mavjud.  Ushbu 
ulkan asarning o ‘zbek tiliga tarjimasi  Xorazm da bir necha yillar davomida 
y etu k   tarjim o n ,  shoir  va  ta rix c h ila r  M u n is  va  Ogahiy  ishtiroki  va 
rahbarligida  amalga  oshirilgan.
Kitob  matni  1845—1848-yillari  Bombey,  1853—1857,  1960-yillari 
T ehran,  1874—1883—1891-yillari  Lakhnav shaharlarida chop etilgani ham 
asarning  shuhrati  va  ahamiyatidan  dalolatdir.
Asardan  ayrim  parchalar  ingliz,  fransuz,  nemis va  rus tillariga  tarjima 
qilinib, chop etilgan.  Bu  kitob to ‘g‘risida  1999-yilda sharqshunos  M ahm ud 
Hasaniy  risola  e ’lon  qilgan.*
Mavzuni  mustalikamlash  uchun  savollar
1.  A lish e r   N a v o iy n in g   tarixga  o id   q a y si  asa rla rin i  bila siz?
2.  «T arixi  a n b iy o   va  h u k a m o »   asari  n im a g a   b a g 'ish la n g a n ?
3.  «T arixi  m u lu k i  A jatn»  asarida  q a y si  s u lo la la r   h a q id a   s o 1/   b oradi?
4 .  « X a m sa t  u l-m u ta h a y y ir in »   asari  k im g a   b a g 'ish la n g a n ?
5.  « H o lo t  S ayyid   H a sa n   A rd asher»  asari  k im   to 'g 'r isid a ?
6 .  « H o lo t  P a h la v o n   M u h a m m a d »   asari  m a z n u m in i  s o 'z la b   bcrin g.
*  U s h b u   m av zu   B.  A h m c d o v   a s a rig a   ta y a n ib   y o ritild i.
205

6 -M A V Z U .  S H A Y B O N IY L A R   D A V R I  M  AN BALARI
(1501—1602-yillar)
Darsning  mazmuni: 
Ushbu  darsda  Shayboniylar hukmronligi  davrida 
yaratilgan  o 'z b ek   va  fors  tillaridagi  m an b ala r  t o ‘g ‘risida  talabalarga 
tushuncha  beriladi.
Reja:
6.1.  Asosiy  siyosiy-ijtimoiy  voqealar.
6.2.  Fors  tilidagi  manbalar.
6.3.  0 ‘zbek  tilidagi  manbalar.
Asosiy  tushunchalar.  Shayboniylar davri,  xon,  imom  uz-zamon,  xalifat 
ul-rahmon.
6.1.  Muhim  ijtimoiy-siyosiy voqealar
XV 
asrning  80—90-yillarida  kuchayib  ketgan  tarqoqlik,  xususan 
Toshkent,  Farg‘ona  va  Hisorning  markaziy  hukum atga  itoat  qilmay 
qo'yishi,  ayrim  amirlarning  siyosiy  nufuzi  o ‘ta  kuchayib  ketishi  va  yosh 
T e m u riy la r n in g   t o j-u   taxt  u c h u n   kurashlari  d a v la tn in g   in q iro zin i 
tezlashtirdi.
1500-yili  M u h am m ad   Shayboniyxon  (1500—1510)  Dashti  qipchoq 
o ‘zbeklariga  tayangan  holda  M o v a r o u n n a h r,  X ora zm ,  X uroson  va 
Badaxshonni  bo'ysundirib,  yangi  sulola  —  Shayboniylar  davlatiga  (1501 — 
1602)  asos  soldi.  Lekin,  Shayboniylar  m a’lum  darajada  iqtisodiy,  ijtimoiy 
va madaniy sohada taraqqiyotga erishgan bo‘lsalar-da, lekin ular ham mahalliy 
yirik  yer-suv  egalarining  ayrimachilik  harakatiga  barham  bera  olmadilar.
Shayboniyxon  halokatidan  (1510-y.  10-dekabr)  s o ‘ng  uzoq  vaqt 
davomida  m am lakatda  parokandalik  va  tarqoqlik  hukm   surdi.
Ubaydullaxon  vafotidan  (1539)  keyin  esa  M ovarounnahrda  q o ‘sh 
hokimiyatchilik  boshlandi:  S am arqandda  Abdullatif  Sulton,  Buxoroda 
Abdulaziz  Sulton  xon  qilib  ko'tarildilar  (1540—1550).
1551—1556-yillari esa mamlakat toj-u taxt da’vogarlari Navro‘z Ahmadxon, 
Burxon  Sulton,  Abdullaxon  soniy o ‘rtasida  urush  maydoniga  aylandi.
Abdullaxon  soniy  1557-yili  Buxoroni  egalladi  va  uzoq  davom  etgan 
urushlardan  (1557—1582) so‘ng  Movarounnahrni birlashtirishdi, Toshkent 
va  Turkistonni  bo'ysundirdi,  1584-yili  Badaxshon  bilan  Ko‘lobni,  1588- 
yili  Hirotni  egalladi.  U  davlatni  markazlashtirdi,  lekin  uning  vafotidan 
(1598-y.  8-fevral)  keyin  ayirmachilik  harakati  avj  o!di.  Uning  o ‘g ‘li  va
206

taxt vorisi A bdulm o'm inning hukmronligi olti  oydan  (1598-y.  fevral-iyul) 
nariga o'tmadi.  U ndan keyin xon ko'tarilgan M in n u h a m m a d  soniy (1598— 
1601)  esa  nomigagina xon  hisoblanib,  aslida  hokimiyat  nufuzli  katta  yer 
egalari  qo'liga  o ‘tib  qoldi.  Bu  vaqtda  qozoq  xonlari  va  sultonlarining 
M ovarounnahrustigabosqinchilikyurishlari  kuchaydi.  Ular  1599 va  1600- 
yillari Toshkent, Jizzax,  Samarqand va Miyonqolgacha bostirib kirib,  o ‘troq 
aholini  talon-taroj  qildilar.  Janubdan  esa  E ron  hukmdorlari  yurtimizga 
tahdid sola boshladilar.
M ana  shunday  bir  sharoitda  movarounnahrlik  yirik  yer-suv  egalari 
ruhoniylar va zodagonlar bilan til  biriktirib, J o ‘jixonning o ‘n  uchinchi o ‘g‘li 
To'qay  Tem ur  naslidan  bo ‘lgan  Yorm uhammadxonni  taxtga  o ‘tqizdilar. 
Yangi  sulola  tarixda  Ashtarxoniylar  (1601 — 1785)  nomi  bilan  m ashhur1.
6.2.  Fors  tilidagi  manbalar
6.2.1.  «Fathnoma»
“ F a t h n o m a ”  nomli  tarixiy  mavzudagi  s h e ’riy  doston  muallifi  Mulla 
Shodiydir.  U ning  hayoti  va  ilmiy  —  adabiy  faoliyotiga  oid  m a ’lum otlar 
juda kam.  Shayboniyxonning inisi  M ah m u d   Sulton xizmatida bo'lganligi 
va  uning  topshirig'i  bilan  o'zining  “ F a t h n o m a ”  dostonini  yozganligi, 
uni  1502-yili  tugatgan  bo'lib,  ayni  shu  davrda  55  yoshda  bo'lganligi 
m a ’lum,  xolos.
“ F a th n o m a” tarixiy doston bo'lib,  unda  Shayboniyxon tavallud topgan 
1451 -yildan  to  Dashti  qipchoq  o'zbeklari  to m o n id a n   Sam arqandning 
istilo etilishi,  so'nggi  marta  1501-yil  iyun oyigacha bo'lgan asosiy ijtimoiy- 
siyosiy  voqealar  keng  yoritilgan.  Xorazm  va  uning  Urganch,  Vazir  va 
A d o q   s in g a r i   s h a h a r l a r i ,   D a s h ti   q i p c h o q n i n g   a h o l is i ,   x u s u s a n  
m ang'itlarning turish-turmushi, shuningdek,  Shayboniyxon askarlarining 
Turkiston,  Andijon,  Buxoro,  Dabusiya  va  Qarshi  viloyatlarini  ishg'ol 
qilganliklari  haqida  qimmatli  m a ’lum otlar  mavjud.
Asar  hozircha  bironta  tilga  tarjima  qilinm agan.  Uning  qo'lyozm a 
nusxalari  ko'pgina  mamlakatlarning  kutubxonalarida  saqlanadi.  Rossiya 
va  M D H   mamlakatlarida  “ F a th n o m a ”  dostonining  beshta  qo'lyozmasi 
m a v ju d .  B u l a r d a n   ikk ita si  S a n k t - P e t e r b u r g   D avlat  u n i v e r s i t e ti  
kutubxonasida,  ikkitasi  Dushanbeda  va  bittasi  O 'z R   FA  Sharqshunoslik 
institutida  (И н в .  №   5369)  saqlanadi.  Toshkentdagi  q o'lyozm a  ju d a 
qimmatli  bo'lib,  XVI  asrda  ko'chirilgan  va  u  turli  mavzudagi  9  ta  ajoyib 
miniatyura  bilan  bezatilgan.
1  A sli  X oji  ta rx o n   A s tn ix o n lik   b o 'lg a n la r i  u c h u n   s u lo la   s h u n d a y   a ta lg a n .
207

“ Shayboniynom a”  fors  tilida  bitilgan  she’riy  doston  b o ‘lib,  uning 
muallifi  shoir  va  tarixnavis  olim  Kamoliddin  Binoiydir  (1453—1512). 
Uning  asli  ismi  Ali  ibn  M uh am m ad   al-Haraviy.  K o'proq  Kamoliddin 
Binoiy  nomi  bilan  mashhur.  Hirotda  k o ‘zga  k o ‘ringan  m e ’m o r  ustod 
M uham m adxon  Sabz  oilasida  dunyoga  kelgan.  Yoshlik  paytlari  og‘ir 
sharoitda,  Shohruh  Mirzo  vafotidan  keyin  m am lakatda  kuchayib  ketgan 
toj-u  taxt  uchun  kurash  va  o ‘zaro  urushlar  sharoitida  kechdi.
M a ’lumki,  1458-yili  Qora qo'y unlularsulolasidan1  bo'lgan Jahonshoh 
(1438—1467)  Xurosonga bostirib  kirdi va  Hirotni  egalladi.  Lekin,  oradan 
k o ‘p  vaqt  o'trnay,  1459-yili  T em u riy z o d a  Sulton  Abu  Said  M irzo 
q o ‘shinlarining  tazyiqi  ostida  poytaxt  shahar  va  mamlakatni  b o ‘shatib 
chiqishga m ajb u rb o ‘ldi.  O 'shanda Jahonshoh yuz nafar hunarm and oilani 
o ‘zi  bilan  birga  Fors  viloyatiga  olib  ketdi.  B ular  orasida  m e ’m o r  
M u h a m m a d   Sabz  va  uning  oilasi  qariyb  uch  yil  Sherozda  istiqomat 
qilib,  1461-yili  yana  Hirotga  qaytib  keldi.
M anbalam ing guvohlik berishiga qaraganda,  Kamoliddin  Binoiy keng 
m a ’iumotli  kishi b o ‘lib,  she’riyat,  insho,  ilohiyot,  musiqa va tarix ilmlarini 
c h u q u r  bilgan.  Bundan  tashqari  u  m e ’m orchilik  s a n ’atida  ham   o ‘z 
zamonasining peshqadamlaridan  hisoblangan.  M uham m ad  Sabz va  uning 
o ‘g ‘li  ishtirokida  qurilgan  binolar  H irotda  va  m am lakatning  boshqa 
shaharlarida juda ko‘p bo'lgan.  Masalan,  1481-yili  hozirgi Afg‘onistonning 
Mozori  sharif shahrida,  eski  nomi  Xoja  hayron,  Ali  ibn  Abu Tolib  (656— 
661)  mozori  tepasiga  qurilgan  muhtasham   m aqbara  va  boshqa  binolar 
shular jumlasidandir.  Shoir  va  olimning  “ Binoiy”  deb  taxallus  tanlashi 
ham  m ana  shundandir.
Binoiy oradan ko‘p vaqt o ‘tmay Tabrizga kelib qoidi va  1492-yilga qadar 
Sulton  Ya’qub Oq  Qo‘yunlu  (1478—1490)  saroyida xizmat  qildi.  1492-yili  u 
yana  Hirotga  qaytdi.  1495-yili  ayrim  sabablarga  ko‘ra,  o ‘zining  so‘zlariga 
qaraganda,  ba’zi  hasadgo‘ylarning  ig'vosi  tufayli,  Samarqandga  ketib  qoldi.
Binoiy  dastlab  xoja  Ubaydulla  Ahrorning  t o ‘ng‘ich  o'g'li  va  sulukda 
vorisi  xoja  Qutbuddin Yahyo,  so‘ng Zahiriddin  Bobur,  undan  keyin  1501- 
yili  to  umrining  oxirigacha,  Shayboniyxon  huzurida  uning  saroy  shoiri 
va  tarixchisi  b o ‘lib  xizmat  qildi.
1507-yili  Binoiy  Shayboniyxon  bilan  birga  Hirotga  keldi  va  1510- 
yilgacha  ona  shahrida  istiqomat  qildi.  1511 -yili  shaharga  Ismoil  Safaviy
6 .2 .2 .  «Shayboniynoma»
1  Q o ra q o ‘y u n lu — 1380— 1468-yillari  Iroqi  A jam   va  O zarb ay jo n n i  id o ra  q ilgan  su lo la, asoschisi 
O o ra   M u h a m m a d   T u rm u s h   (1
3 8 0
— 1
3 8 9 -y y .).
208

qo'shinlari  yaqinlashishi  bilan,  u  yana  M ovarounnahrga  ketib  qoldi  va 
Qarshi  shahrida  kun  kechirdi.  K am oliddin  Binoiy  1512-yili  Qarshi 
mudofaachilari  safida  turib shaharni  Safaviylardan  himoya  qildi  va  o ‘sha 
jangda  halok  b o ‘ldi.
Kamoliddin  Binoiy iste’dodli shoirva ulkan tarixshunosolim sifatida tarixda 
qoldi.  U  Markaziy Osiyo, O'zbckiston va Qozog‘istonning XV asming so‘nggi 
choragi va XVI asming boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o'rganishda alohida 
qiymatga  ega  bo‘lgan  “Shayboniynoma”  nomli  tarixiy  dostonini  yozdi.
B i n o iy n i n g   “ S h a y b o n i y n o m a ”  a s a ri  h a m   “ T a v o r ix i  g u z i d a ,  
n u sra tn o m a ”  va  Mulla  Shodiyning  “ F a t h n o m a ”  asarlari  bilan  bir  rejada 
yozilgan  bo'lib,  Shayboniyxon tavalludidan to  Dashti  qipchoq  o ‘zbeklari 
tom onidan  M ovarounnahr va Xorazmni  1505-yili  bo'ysundirilishiga qadar 
shu  hududda  bo'lib  o ‘tgan  tarixiy  voqealar  haqida  hikoya  qilinadi.  Asar 
1505— 1507-yillar  orasida  yozilgan.
“ S hayboniynom a”da  1450— 1505-yillar  orasida  yuz  bergan  ijtimoiy- 
siyosiy  voqealar  qisqa,  lekin  aniq  bayon  etilgan.  U  m uhim   geografik, 
masalan,  Sirdaryoning o ‘rta oqimida joylashgan  Sabron,  Sig‘noq, Arquq, 
0 ‘tror,  Yassi,  0 ‘zgand,  O q q o ‘rg‘on  va  Xorazm ga  tobe  shaharlardan 
U rganch,  Vazir,  B uldum soz,  Adoq  va  boshqa  joylar  haqida  h am d a 
etnografik,  masalan  Dashti  qipchoqlik  o ‘zbek  qabilalari  va  ularning 
ijtimoiy-siyosiy hayotdagi  mavqei  haqidagi  dalillarga boy asardir.  Bundan 
tashqari,  asarda Shayboniy amirlar va askarlarining faoliyati  haqida muhim 
m a ’lumotlarni  uchratish  mumkin.
“ Shayboniynoma”  asari  matni chop etilmagan.  Lekin,  uning qo'lyozma 
nusxalari  k o ‘p  tarq a lg an .  Faqat  O lzR   FA  S h arq sh u n o slik   instituti 
qo'lyozmalari  xazinasida  yetti  m o ‘tabar  nusxa  mavjud.  Bulardan  biri  inv. 
№   844,  eng  qadimgi  bo ‘lib,  Shayboniyxon  hayot  chog‘ida  uning  shaxsiy 
kotibi  M u h a m m a d   M o ‘min  tarafidan  ko ‘chirilgan,  ayrim  satrlari  esa 
Shayboniyxonning o ‘z  qo'li  bilan  ko‘chirilgan.  Yana bir e ’tiborli  qo'lyozma 
raqami №  3422 bo‘lib, ushbu asarning xorazmlik mashhur tarixchi va taijimon 
M uham m ad  Yusuf  Bayoniy  (1858-1923)  tomonidan  qilingan  o'zbekcha 
taijimasidir.  Kitobdan ayrim parchalarrus tilidagi majmualarda e ’lon qilingan.
6.2 .3 .  «Mehmonnomayi  Buxoro»
“ M ehmonnom ayi  Buxoro”  nomli  nafaqat  0 ‘zbekiston va Qozog‘iston, 
balki  Markaziy Osiyoning XV asr  II  yarmi—XVI  asr boshlaridagi  voqealar 
bayoni  mavjud  qimmatli  tarixiy asar  ijodkori  Fazlulloh  ibn  Ruzbexondir. 
Uning t o ‘liq  ismi  Fazlulloh  ibn  Ruzbexon  al-Isfahoniy bo'lib,  ko'pincha 
xoja  Mullo  nom i  bilan  m a sh h u r  bo'lgan.  Ruzbexon  1457-yili  Fors
209

viloyatining Xunji qishlog‘ida tavallud topgan.  Otasi Jaloluddin  Ruzbexon 
yirik  ilohiyot  va  fiqh  olimi,  mansabdor bo'lgan.
Fazlulloh  ibn  Ruzbexon  asosiy  m a ’lumotni  lsfahon  maktablari  va 
m ad ra sa la rid a n   birida  oldi,  s o ‘ng  bilimini  y a n a d a   kengaytirish  va 
chuquriashtirish  maqsadida  ikki  marta  1474  va  1482-yillari  Arabistonga 
bordi  va  yirik  ilohiyot  olimi  shayx  Jam oluddin  Ardastoniy  (1474-yili 
vafot  etgan)  h am d a  misrlik  m ash h u r  tarixshunos  va  tilshunos  olim 
Shamsuddin  M uham m ad  as-Saqaviy  (1427— 1497)dan  t a ’lim  oldi.
Xullas,  F azlu llo h   ibn  R uzbexon  o ‘rta  asr  fa n in in g   b i r m u n c h a  
sohalarini,  xususan,  ilohiyot,  fiqh,  falsafa,  tarix  va  Sharq  adabiyotini 
keng  va  chuqur  egallagan  olim  bo'lib  yetishgan.  Bu  hoi  uning  Sulton 
Y a’qub  Oq  quyunlu  (1479-1490),  Sulton  Husayn  Mirzo  (1470—1506), 
Shayboniyxon, va,  nihoyat  Ubaydullaxon saroyida zo 'r e ’tibor qozonishiga 
va  xizmat  qilishiga  sabab  bo'lgan.  Bunda  tashqari  va  eng  m uhim i,  u  bir 
necha  fan  sohalarida  yirik  asarlar  yozib  qoldirdi.
F azlulloh  ibn  R uzbexon  “ Halli  t a ja r rid ”  ( “ A bstraksiyaning  hal 
etilishi”),  “T a ’liqot  bar  m uxolot”  (“Aqlga  sig'maydigan  (narsalar)ning 
izohi” ),  “ Badi’  u z-z a m o n   fi  qissayi  Xayy  ibn  Y a q z o n ”  ( “Xayy  ibn 
Y a q z o n ”  qissasida  z a m o n   bad iala ri” ),  “Tarixi  olam oroyi  A m in iy ” 
( “Aminiyning  olamga  bezak  bo'luvchi  tarixi” ),  “ Ibtol  najh  al-botil  va 
axmol  kashf a l-o ’til”  ( “ N oto'g'ri  yo'ldan  voz  kechish  va  bid ’atni  inkor 
etish”),  “Suluk al-m uluk”  ( “ Podshohlarning xulq-atvori  haqida  (risola)”) 
va  “ M ehm onnom ayi  Buxoro”  nomli  asarlarni  yaratgan.
1509-yili  yaratilgan“ M e h m o n n o m a y i  B uxoro”  asari  M u h a m m a d  
Shayboniyxonning  1508—1509-yil  qish  oylarida  qozoq  sultonlari  Jonish 
Sulton,  Ahmad  Sulton  va  boshqalarning  ulusi  ustiga  uyushtirgan  harbiy 
yurishi  tarixini  bayon  etadi.  Bu  yurish  Fazlulloh  ibn  Ruzbexon  keltirgan 
m a ’lumotlarga  qaraganda,  mazkur  sultonlarning  1508-yilning  kuzida  va
1508—1509-yilning qish oylarida  Movarounnahrning o'troq tumanlari ustiga 
qilgan talonchilikxurujlariga javoban uyushtirilgan.  Fazlulloh ibn  Ruzbexon 
bu  yurishda  shaxsan  ishtirok  etgan,  yuz  bergan  voqealarning  ko'pchiligini 
o 'z   ko'zi  bilan  ko'rgan,  b a ’zilarini  esa  xon  va  uning  yaqin  kishilaridan 
eshitgan.  Asar  XV  asrning  ikkinchi  yarmiga  oid,  shuningdek,  o'zbek  va 
qozoq  xon  va  sultonlarining  kelib  chiqishi  h a m d a   ularning  o 'z a ro  
munosabatlari  haqidagi  voqealar  esa  Shayboniyxonning  qo'Iida  bo'lgan 
“ Nasabnoma” yoki “Tarixi  H um oyun” deb ataluvchi kitob asosida yozilgan.
“ M e h m o n n o m a y i  B uxoro”  asarining  q o 'l y o z m a   nusxalari  kam. 
Hozirgacha dunyoda uning faqat  ikkita nusxasi borligi aniqlangan.  Ulardan 
biri  muallif  dastxati  bo'lib,  O 'z R   FA  Sharqshunoslik  institutida  1414-
210

tartib raqami ostida saqlanmoqda.  Ikkinchisi Turkiyada,  “ Nuri  Usmoniya” 
kutubxonasiga qarashlidir (Tartib  raqami  3431).  Ushbu q o ‘lyozma asosida 
asar matnini eron olimi  M anuchehr Setude  1962-yili  chop etgan.  Ruscha 
qisqartirilgan  tarjimasini  R.P.Jalilova  foto  matni  bilan  Moskvada  1976- 
yili  nashr  etgan.
Asaming biz uchun qimmati shundaki,  unda  Dashti qipchoq, Turkiston 
va  qozoq  ulusi  geografik  holati,  o'zbek  va  qozoqlarning  kelib  chiqishi, 
ularning  etnik  tarkibi,  turm ushi,  u rf-o d a ti,  shuningdek,  boylarning 
xo‘jaligida qul  m ehnatidan  foydalanish  hollari  haqida benihoyat  qimmatli 
m a ’lum otlar  uchraydi.
U n d a   Shayboniyxonning  qozoqlar ustiga  yurishini  g'ayridinlar  ustiga 
yurish  deb  oqlashga  harakat  qilingan.
Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 63%20Тарих%20фанлари
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti
63%20Тарих%20фанлари -> «0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi. 1-kitob. Shamsuddinov R, Karimov SH.pdf [Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim]
63%20Тарих%20фанлари -> Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi 2-kitob. Shamsuddinov R.pdf [Ahmadbekhoji mehmonxonasi]
63%20Тарих%20фанлари -> «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati
63%20Тарих%20фанлари -> Fayzulla boynazarov qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> O`zbekiston tarixidan universal qo`llanma tmp9232.pdf [Amudaryo xazinasi]

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling