A bo‘lim. 1-topshiriq. 16-savol


Download 22.34 Kb.
Sana10.06.2020
Hajmi22.34 Kb.


A bo‘lim. 1-topshiriq. 16-savol.

Futbol bo‘yicha jahon chempionati va sport o‘yinlari kabi ommabop hodisalar xalqaro vaziyatlarni yumshatish, vatanparvarlik tuyg‘ularining xavfsiz ifodalanishi uchun zarur hisoblanadi. Bu haqda siz nima deb o‘ylaysiz? O‘z fikr-mulohazalaringizni misollar bilan asoslab bering.

Dunyo bo‘ylab tinchlikni mustahkamlash, mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro yaxshi aloqalarni o‘rnatish hamda yuz berishi mumkin bo‘lgan xalqaro vaziyatlarni yumshatish nafaqat siyosiy kelishuvlar, diplomatik aloqalar va davlatlarning siyosiy liderlari sa’y-harakatlari orqali, balki sport musobaqalari va boshqa ko‘plab ommaviy tadbirlar orqali ham amalga oshiriladi. Jahonda tinchlik va millatlar aro tutuvlikning hukm surishida sportning qanday aloqasi bor? Insoniyat tarix davomida juda ko‘plab geosiyosiy va sovuq urushlar, inson qadr-qimmatini poymol qiluvchi qadriyatlar bilan yuzlashgan vaqtda ham, biz hali yodimizdan chiqarmagan 2-jahon urishi davomida ham olimpiada o‘yinlari, futbol bo‘yicha jahon chempionatlari o‘tkazilar edi. O‘sha davrlarda xalqaro vaziyatlarning yumshaganligini, vatanparvarlik tuyg‘ularining xavfsiz ifodalanganligi qani? Bu kabi savollarni beruvchi insonlarning ham topilishi rost.

Vaholanki, o‘sha vaqtlarda bu hodisalarni muhim deb bilishmagan va “Sport – tinchlik elchisi” kabi iboralar hozirgidek muhim ahamiyat kasb etmagan. Jahon chempionatlari uchun alohida tayyorgarliklar ko‘riladi. U o‘tkazilayotgan davlatga butun dunyodan nafaqat sportchilar, balki o‘z yurtdoshlarini qo‘llab-quvvatlashga millionlab muhlislar, tomoshabinlar tashrif buyurishadi. Shu jumladan boshqa sport o‘yinlari va ommabop hodisalar o‘tkazilgan vaqtda ham. Ayni shu damlarda insonlar dunyoda tinchlik hukm surayotganiga, xalqaro vaziyatlarning yaxshiligiga shukrlar aytadilar.

Dzyodo bo‘yicha jahon chempionatlaridan birida Rossiyalik sportchi jahon chempionligini qo‘lga kiritganida, musobaqani zaldan jonli kuzatayotgan Rossiya prezidenti V.V.Putin o‘z sportchisini tatamiga chiqib tabrikladi hamda ikkinchi o‘rinni olgan bo‘lsa ham Britaniyalik sportchiga o‘zining soatini sovg‘a qilgan edi. Yoki, yurtdoshlarimiz Braziliyada bo‘lib o‘tgan yozgi olimpiadada g‘alabalar qozonib, yurtimiz madhiyasi arena bo‘ylab yangraganida va butun dunyo O‘zbekistonni tan olgan vaqtda vatanparvarlik tuyg‘ularini sportchilarimiz aynan xavfsiz ifodalab qo‘yishgandi.

Xulosa qilib aytganda, bu kabi musobaqa va tadbirlarning o‘tkazilishi hamda ularning sonining ortishi faqat yaxshilik uchun xizmat qiladi. Butun dunyoga koronavirus balosi xavf solmaganda edi, kim biladi deysiz, hozir Tokyo-2020 olimpiadasiga, butun dunyodagi tinchlikning va vatanparvarlikning go‘zal namunalariga guvoh bo‘larmidik?

B bo‘lim. 2-topshiriq. 18-savol.

Mutasaddi tashkilot tomonidan so‘raladigan universitet bitiruvchisiga tavsifnomani yozing.

Toshkent davlat yuridik univеrsitеti Jinoiy-huquqiy faoliyat fаkultеtining 4-bosqich tаlаbаsi, ...-yildа tug‘ilgаn, o‘zbеk, ...... ......gа

Tаvsifnоmа

(F.I.SH) kollejni а’lо bаhоlаr bilаn tаmоmlаgаch, 2016-yildа Toshkent davlat yuridik univеrsitеtiga hujjаt tоpshirib, tеst sinоvlаridаn yuqоri nаtijаlаrgа erishdi vа univеrsitеtning 1-kursigа tаlаbа sifаtidа qаbul qilindi. 2017-2020-yillarda universitetning Jinoiy-huquqiy faoliyat fakultetida tahsil oldi.

O‘qishning dаstlаbki kunlаridаn bоshlаb u o‘zining salohiyati va bilimi bilаn bоshqа tаlаbаlаrdаn аjrаlib turdi. Jаmоаt ishlаridа fаоl qаtnаshа bоshlаdi. Univеrsitеt ichki hayotida bo‘lib o‘tgan bir qаtоr mа’nаviy-mа’rifiy tаdbirlаrda faol ishtirok etdi. U ingliz tilini chuqur bilаdi, IELTS sertifikati(7ball olgan)ga ega. Bu tildа bir qator ilmiy maqolalari ham chop etilgan.

U yaxshi spоrtchi. “Boks” bo‘yichа bir qаtоr musobaqalar sоvrindоri.

U o‘z ustidа tinmаy ishlаydi, а’lоchi, iqtidorli vа qоbiliyatli tаlаbа sifаtidа univеrsitеt tаlаbаlаri оrаsidа yaxshi оbro‘gа egа.

U dоimiy rаvishdа o‘z bilimini, siyosiy-mа’nаviy vа huquqiy savodxonligini оshirish maqsadida qаt’iyat vа sаbr-tоqаt bilаn ishlаydi.

U kаmtаrin, to‘g‘riso‘z, do‘stlаrigа nisbаtаn g‘аmxo‘r, mеhribоn va ular orasida o‘z o‘rniga ega.

Tаvsifnоmа Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman prokuraturasiga taqdim etish uchun berildi.

4-kurs dеkаni (imzо) prоf. ..........

Guruh rаhbаri (imzо) prof. ..........

(muhr) (sаnа)

V bo‘lim. Mantiqy kazus. 2-savol.

Аnton Chexov. Baxt.

Otliq qorovul tamaki chekmoq uchun cho‘ponlardan o‘t so‘ragani to‘xtagan edi. U trubkasini yondirib, indamay batamom chekib bo‘ladi, so‘ngra churq etmay egarga suyanganicha o‘ylanib qoldi. Yosh cho‘pon unga parvo ham qilmadi; u hamon osmonga qarab yotar edi, chol esa qorovulga uzoq tikilib turib so‘radi:

Makarov mulkidagi Panteley emasmisan?

Hа, shunday, — deb javob qildi qorovul.

— Hah-hа. Tanimabman — boy bo‘lasan. Qayerdan kelyapsan?

— Kovili yeridan.

Uzoqdan ekan-dа. Yerni teng sheriklikka beryapsizmi?

— Har xil. Teng sherikka ham, ijaraga ham, poliz ekinlariga ham. Aslini surishtirsang, men tegirmonga borib kelyapman.

Sarg‘ish, junlari hurpaygan, ko‘z va tumshug‘ini jun bosgan qari ovcharka begonaga go‘yo beparvo bo‘lgandek, otning tevaragidan uch marta aylanib o‘tdi, keyin birdan xirillab, irillaganicha otliq qorovulning orqasidan yugurib qoldi, boshqa itlar ham qarab turolmay, har tomondan yugurishib keldilar.

Chol tirsagiga tayanib ko‘tarilganicha:

— Tur ket, la’nati! Hu qorning yorilib o‘lsin bachchag‘ar! — dedi.

Itlar jim bo‘lgach, chol yana boyagi vaziyatga kelib salmoqlab dedi:

— Xuddi Voznesenie hayiti kuni Efim Jenya Kavilida qazo qilgan. Tunda bunday odamning nomini tilga olish ham gunoh bo‘ladi, yaramas chol edi. Eshitgan chiqarsan?

— Yo‘q, eshitmaganman.

— Efim Jmenya Stepka temirchining amakisi bo‘ladi. Butun atrof uni biladi. Bay-bay, la’nati odam edi! Men uni oltmish yildan beri, fransuzlarni quvgan podsho Aleksandrni Taganrogdan aravada Moskvaga olib jo‘nashgan vaqtdan beri bilaman. Biz ikkimiz podshoning o‘ligini kutib olishga chiqqan edik, u vaqtda katta yo‘l Baxmutga bormay, Esaulovkadan Goradishchaga borar edi, hozirgi Kovilida ola to‘g‘anoqlar in qo‘ygan edi — har qadamda ola to‘g‘anoq ini ko‘rinardi.
Berilgan dialogni monologik matnga aylantiring.

Anton Chexov. Baxt.


Otliq qorovul tamaki chekmoq uchun cho‘ponlardan o‘t so‘ragani to‘xtagan edi. U trubkasini yondirib, indamay batamom chekib bo‘ladi, so‘ngra churq etmay egarga suyanganicha o‘ylanib qoldi. Yosh cho‘pon unga parvo ham qilmadi; u hamon osmonga qarab yotar edi, chol qorovulga uzoq tikilib turdi va undan Makarov yeridagi Panteley ekanligi yoki yo‘qligini so‘radi. Qorovul esa o‘zining Panteley ekanligini tasdiqladi. Chol kuldi, uni tanimaganligini(boy bo‘lishini) aytdi. Keyin undan qayerdan kelayotganligini so‘radi. Qorovul esa Kovili yeridan kelayotganligini aytdi. Chol qorovulning haqiqatan uzoqdan kelayotganligini tasdiqlab, yerni teng sheriklikka berayotgan yoki bermayotganligini undan so‘radi. Qorovul yerni sherikka ham, ijaraga ham, polizga ham berayotganligi ta’kidladi. Aslini so‘rasa, tegirmonga borib kelayotganligini aytdi.
Sarg‘ish, junlari hurpaygan, ko‘z va tumshug‘ini jun bosgan qari ovcharka begonaga go‘yo beparvo bo‘lgandek, otning tevaragidan uch marta aylanib o‘tdi, keyin birdan xirillab, irillaganicha otliq qorovulning orqasidan yugurib qoldi, boshqa itlar ham qarab turolmay, har tomondan yugurishib keldilar.

Chol tirsagiga tayanib ko‘tarildi, itni la’nati, qorning yorilib o‘lsin bachchag‘ar deb haydadi. Itlar jim bo‘lgandan keyin boyagi vaziyatga kelib aynan Voznesenie hayiti kuni Efim Jenya Kavilida qazo qilganligini salmoqlab aytdi. Tunda bunday odamning nomini tilga olish ham gunoh bo‘lishini, uning yaramas chol bo‘lganligini aytdi. Chol qorovuldan u haqda eshitgan yoki eshitmaganligini so‘radi. Qorovul esa eshitmaganligini aytdi. Chol unga Efim Jmenya Stepka temirchining amakisi bo‘lishini, butun atrofdagilar uni bilishini aytdi, la’nati odam bo‘lganligini qo‘shib qo‘ydi. Chol uni oltmish yildan beri, fransuzlarni quvgan podsho Aleksandrni Taganrogdan aravada Moskvaga olib jo‘nashgan vaqtdan beri bilishini aytdi. Chol u bilan birga podshoning o‘ligini kutib olgani chiqqanliklarini, u paytlar katta yo‘l Baxmutga bormaganini, aksincha, Esaulovkadan Goradishgacha borganligini aytdi. Hozirgi Kovilida ola to‘g‘anoqlar in qo‘ygani, har qadamda ola to‘g‘anoqning ini ko‘rinishini aytdi.


Download 22.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling