A gurkiboy b kuntug'mish


Download 23.98 Kb.
Sana21.09.2023
Hajmi23.98 Kb.
#1683737
Bog'liq
Kuntug\'MISH TEST ARALASH


1. «Kuntug'mish» dostonida Mohiboyni jallodlar dorga osmoqchi bo'lib turganda tomoshabinlarga qarata: «O'lganning nesin qilasizlar tomosha, Yo'l beringlar, tomoshabin jonlarim», - deb yiglagan kim?
A) Gurkiboy B) Kuntug'mish
C) Xolbeka D) Xolmo'min
2.«Mard o'glonning pirga bo'lar doxili» («Kuntug'mish» dostoni) degan fikr kimga tegishli?
A) Qoraxon podshoga B) Kuntug'mishga
C) Xolbekaga D) cho'ponga
3. «Ikki oyoqliga to‘rt oyoqli nega yetqizsin, u ham qutulib ketdi».
Ushbu parcha «Kuntug'mish» dostonida qaysi voqeaga nisbatan qollangan?
A) Kuntug'mishning karvonda Xolbekani olib qochib ketayotgan Azbarxo'jaga yetolmaganiga nisbatan
B) yangi shoh bo'lgan Kuntug'mishning lashkari Mohiboy va Gurkiboyga yetolmaganiga nisbatan
C) Kuntug'mishning bolani og'zida olib qochib ketayotgan bo'riga yetolmaganiga nisbatan
D) cho'ponlarning bo'rining og'zidan Gurkiboyni tushirib olganlariga nisbatan
«Kuntug'mish» dostoni haqidagi noto'g'ri hukmni toping.
A) dostonning Nurmon Abduvoy o'g'lidan yozib olingan variant mavjud
B) ishqiy-qahramonlik dostoni hisoblanadi
C) dostonda Azbarxo'ja, Buvraxon, Zamonqul, Xolmo'min kabi qahramonlar qiyofasi o'ziga xos tarzda yoritilgan
D) dostonning Fozil Yoldosh o'g'li tomonidan yozib olingan varianti juda mashhur
4. Falak peshtoqidan uchgan yulduzim,
Ulug' daryolardan chiqqan qunduzim,
Har so'zingdan tandagi jon aylansin,
Ne tilovman tiiab olgan yolg'izim.
Ushbu fikrlar “Kuntug'mish” dostonida kimning tilidan aytilgan?
A) Kuntug'mish B) Qilichxon C) Xolbeka D) Sholr vazir
5. «Kuntug'mish» dostonida «G'aribning ko'nglini ovlamoq savob» fikrlari qaysi qahramon tilidan aytilgan?
A) Qoraxon podsho B) Xolbeka C)Gurkiboy D) Kuntug'mish
6. - Ey farzand, burungilardan bir so'z bor: «Musofirchilikda yo zar yarar, yo zo‘r yarar kuningga», - degan ekan.
Qoraxon podsho zar deganda nimani nazarda tutgan?
A) 40 xachirga ortilgan zarni B) 90 xachirga ortilgan zarni
C) 40 tuyaga ortilgan zarni D) 90 otga ortilgan zarni
7. «Kuntug'mish» dostonida Xolbeka bilan Kuntug'mish quduqdan chiqqach, necha kun yurgandan so'ng Xolbeka: «Ey mard to'ram, mendan rozi bo'l, men ham sendan roziman, kei», - deb aytgan?
A) 5 kun B)6 kun C) 7 kun D)9 kun
8. Kuntug'mish» dostonida Xolbeka dorga qarab aytgan nolasida kimdan yordam so'raydi?
A) Payg'ambardan B) Shohimardon pirdan
C) Bobo zangi podachidan D) Azbarxo'ja eshondan
9. Qaysi go'zalning husniga: «... Insof bilan qarasa, yer yuzining barnolari lining bir tola mo'yiga arzimaydi», - deya ta'rif berilgan?
A) Xolbeka B) Zulxumor C) Gulanor D) Barchin
10. «Е taqsir podshohim; osib o'ldirdingiz - ko'rdik, bosib o'ldirdingiz - ko'rdik, minordan tashladingiz - ko'rdik, to'pga solib otdingiz - ko'rdik». Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
A) «Ravshan» B) «Alpomish» C) «Rustamxon» D) «Kuntug'mish»
11. «Davlat ham egiz, mehnat ham egiz» maqoli «Kuntug'mish» dostonida qachon qo'llanilgan?
A) Kuntug'mish va Xolbeka Buvraxonning qo'liga tushganida
B) Kuntug'mish va Xolbeka suvsiz cho'lda qolganida
C) Kuntug'mishning o'g'illari biri daryoda oqib, ikkinchisini bo'ri olib qochganida
D) Gurkiboy va Mohiboy o'z ishlarini tashlab, biri cho'ponlardan, biri baliqchilardan qochib ketganida
13. «Alpomish» dostoniga nechanchi yillarda bu asar mehnatkash xalq manfaatini emas, balki yuqori tabaqalar manfaatini aks ettiradi, shuning uchun uni ommalashtirish zararlidir degan mafkuraviy ayblar qo'yildi?
A) XX asrning 40-yillarida B) XX asrning 50-yillarida
C) XX asrning 60-yillarida D) XX asrning 70-yillarida
14. Qaysi dostondagi go'zal qizlarning vasliga yetish uchun oshiqlar ular tomonidan qo'yilgan shartlarni bajarishi kerak bo'ladi?
A) «Kuntug'mish», «Rustamxon» B) «Alpomish», «Ravshan»
C) «Alpomish», «Malika ayyor» D) «Alpomish», «Kuntug'mish»
15. «Kuntug'mish» dostonida qaysi qahramonlar qiyofasi o'ziga xos yoritilgan?
A)Azbarxo‘ja, Buvraxon, Kuntug'mish, Xolbeka
B) Zamonqul, Buvraxon, Mulla- vachcha, Mohiboy
C) Azbarxo'ja, Buvraxon, Zamonqul, Xolmo'min
D) Kuntug'mish, Buvraxon, Xolbeka, Xolmo'min
16. Xalq dostonlarida qanday holatlar she’riy yo'l bilan ifodalanadi?
A) qahramonlar tavsifi, jang tasviri
B) ruhiy kechinmalar, maydon tala- shayotgan otlar
C) qahramonlar tavsifi, tabiat tasviri
D) qahramonlar tavsifi, ruhiy kechinmalar
17 Chiltanlar yordamida bir xil tushning bir necha kishi tomonidan ko'rilishi qaysi asarlarda uchraydi?
A) «Kuntug'mish», «Rustamxon» B) «Alpomish», «Ravshan»
C) «Alpomish», «Malika ayyor» D) «Alpomish», «Kuntug'mish»
18. Nigin - uzuk timsoli qaysi xalq dostonlarida uchraydi?
A) «Kuntug'mish», «Rustamxon»
B) «Alpomish», «Ravshan», «Rustamxon»
C) «Ravshan», «Malika ayyor», «Kuntug'mish»
D) «Alpomish», «Kuntug'mish», «Ravshan»
19. Avliyoyi Qoraxon Kuntug'mishning dardini bilish uchun qanday choralarni ko'rgan?
1) qushnochga; 2) mullaga; 3) baxshiga;
4) eshonga; a) boqtiradi; b) qoqtiradi;c) o'qitadi; d) halqa qilib qaratadi.
A) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d B) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d
C) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d D) 1-b, 2-c, 3-a, 4-d
20. Kuntug'mishning dardini ayyor qushnoch qanday bilib oladi?
A) may ichirib B) qo'shiq kuylab C) ertak so'ylab
D) yaqin do'stini ishga solib
21.«Kuntug'mish» dostonida qo'llanilgan qudoq so'zining ma’nosini toping.
A) quduq B) tuya C) quloq D) tulup
Xolbeka bolalarini qutqarish uchun dorga nola qilganida qaysi avliyodan madad so'raydi?
A) Ahmad Yassaviydan B) Xizrdan C)Shohimardan pirdan
D) Bobo Zangi podachidan
22«Kuntug'mish» dostonida qaysi oshiq-ma’shuqlar nomi tilga olingan?
1) Yusuf va Zulayxo; 2) Layli va Majnun; 3 Zebo va Yozi; 4) Vomiq va Uzro.
A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,2 D) 1,2,4
23.«Hayotda ko'rayotganlarim go'yo yuragimning ustini shilib tashlagandek bo'ldi. Shundan buyon mening qalbim har bir nohaqlikdan, adolatsizlikdan ta'sirlanib, achishadigan bo'lib qoldi». Ushbu fikr muallifi kim?
A) Abdulla Qodiriy B) Abdulla Qahhor C) Maksim Gorkiy
D) Anton Chexov
24. Bir yor uchun aslo, bolam, g'am yema,
Obberay paridan ortiq sanamni.
Ushbu parcha qaysi xalq dostonidagi otaning ruhiy kechinmasini namoyon qilgan?
A) “Ravshan” B) “Alpomish” C) “Kuntug'mish” D) ‘'Rustarnxon”
25. «Kuntug'mish» dostonida qaysi qahramonlar qiyofasi o'ziga xos yoritilgan?
A)Azbarxo‘ja, Buvraxon, Kuntug'mish, Xolbeka
B) Zamonqul, Buvraxon, Mullavachcha, Mohiboy
C) Azbarxo'ja, Buvraxon, Zamonqul, Xolmo'min
D) Kuntug'mish, Buvraxon, Xolbeka, Xolmo'min
26. Toza gulday so'lar bo'ldim men emdi,
Daryoday bo'p to'lar bo'ldim men emdi,
Sendan judo bo'lar bo'ldim men emdi».
Bu fikrfar kim tomonidan kimga qarata aytilgan?
A) Qoraxon podsho tomonidan o'g'li Kuntug'mishga qarata
B) Kuntug'mish tomonidan Mohiboyga qarata
C) Kuntug'mish tomonidan Gurkiboyga qarata
D) Xolbeka tomonidan Kuntug'mishga qarata
.27. Qaysi misralar «Kuntug'mish» dostonidan olinmagan?
A) Diyoridan ayrilgan, qanotidan qayrilgan,
Yo yoridan ayrilgan, qaydin kelasan, ayg'il
B) Quloq solgin alvon-alvon tillarga, Bulbul oshno bo'lar bog'da gullarga
C) O'laman deb mard qavlidan toyama, Yo'qchilik jo'mardning ko'zin
o'yama?
D) Hammasi «Kuntug'mish» dostonidan olingan «Eshitib ol bu otangning so'zini,
29. Do'st-dushmanga tuban qilma yuzini». Bu so'zlar qaysi asar qahramoniga
tegishli?
A) «Rustamxon»da Sultonxonga B) «Kuntug‘mish»da Qoraxon podshoga
C) «Ravshan»da Hasanxonga D) «Ravshan»da Go'ro'g'liga
30. Kuntug'mish» dostonidagi Kun­tug'mish va Xolbeka taqdirini qaysi timsollarsiz to'laqonli tasavvur qilish qiyin?
A) Mullavachcha, Zamonqul, Qosim
B) Xolmo'min, Qilichxon, Azbarxo'ja
C) Sholr vazir, Avliyoyi Qoraxon, Mullavachcha
D) Xolmo'min, Toir vazir, Zamonqul
31. «Qirga chiqqan xotinning bolasi», «mo'ltonining bolasi», «qozoqning bolasi» deb taxmin qilingan obrazni toping.
A) Kuntug'mish B) Ravshan C) Mohiboy D) Gurkiboy
32. Quyida keltirilgan qaysi hukm to'g'ri?
1) Buvraxon - Zangar shahrining
podshohi; 2) Xolbeka - Toir vazirning o'g'li; 3) Xolmo'min - Sholr vazirning o'g'li;
4) Kuntug'mish - No'g'ay podshosining o'g'li.
A) 1,2,3 B) 1,4 C) 2, 3,4 D) 2, 3
33. Bolalarni o'ldirishga ko'zi qiymag.m Kuntug'mish ularni qanday yo'l bilan ozod qilmoqchi bo'ladi?
A) Ayblarini bo'yniga olib, chin dildan pushaymoniik biidirishsa, ozod qiimoqchi bo'ladi
B) Agar bu ishni biz qilmadik deya javob berishsa, ozod qiimoqchi bo'ladi
C) Ularni tanigan biror kishi kafillikka olsa, ozod qiimoqchi bo'ladi
D) Bolalarning yoshligini hisobga olib ozod qiimoqchi bo'ladi
34. «Kuntug'mish» dostonida kimning onasi yoshligida to'satdan vafot etadi?
A)Kuntug'mishning B)Xolbekaning C) Xolmo'minning D) Buvraxonning
35. Kuntug'mish» dostonida Qoraxon yolg'iz farzandi behush bo'lib yotganida kimga halqa qilib qaratdi?
A) qushnochga B) baxshiga
C) mullaga D) eshonga
36. «Kuntug'mish» dostonida Bahragul Xolbekaga kim deb murojaat qiladi?
A) malikam B) buvishim C) oybibim D) bekam
36. Qaysi asarda Mansur Xalloj bilan Bobo zangi nomi birga qo'llangan?
A) «Ravshan» dostonida B) «Alpomish» dostonida
C) «Kuntug'mish» dostonida D) «Rustamxon» dostonida
37. «Hech kim bilan ishi yo'q, odam bilan hushi yo'q, o'zidan boshqa kishi yo'q; chekadi bang, aytadi vadavang». Ushbu ta’rif kimga tegishli?
A) Sultonxonga B) Hasanxonga C) bir nashavandga
D) Kuntug'mishga
38. Qaysi xalq dostoni badiiy jihatdan nlhoyatda yetuk asar bo'lib, yaxlit m kompozitsiyaga ega, asarda kishini Mosiy voqealardan chalg'itadigan o'rinlar uohramaydi, aksincha, har bir voqea, har ini opizod dostonni to'ldiradi?
A) «Alpomish» B) «Ravshan» C) «Rustamxon» D) «Kuntug'mish»
39. «Falak peshtoqidan uchgan qunduzim,
Ulug' daryolardan uchgan qunduzim».
Bu misralar kim tomonidan kimga qarata aytilgan?
A) Qoraxon podsho tomonidan o'g'li Kuntug'mishga qarata
B) Kuntug'mish tomonidan Mohiboyga qarata
C) Kuntug'mish tomonidan Gurkiboyga qarata
D) Xolbeka tomonidan Gurkiboyga qarata
40. Sening to'rang nomardlardan emasriii Mard o'g'lon sevdigin tashlab ketarmi Ushbu misralar qaysi doston qahramoni tilidan aytilgan?
A) “Rustamxon”da Rustam B) “Kuntug‘mish”da Kuntug'mish
C) “Alpomish”da Alpomish D) “Ravshan”da Ravshan
40. Ilohi kelmasin senga mahosil,
Qaytayin, bo'lmadi maqsudim hosil,
Yurarga quvvating, holing qolmasa
Kel, orqamga, ko'tarayin bir fasl.
Bu parchada qaysi asar qahramoni kimga murojaat qilgan?
A) “Kuntug'mish” dostonida Kuntug'mish Xolbekaga
B) “Alpomish” dostonida Barchin Hakimbekka
C) “Ravshan” dostonida Zulxumor Ravshanga
D) “Rustamxon” dostonida Rustam Oftoboyimga
41. «Kuntug'mish» dostonida Azbarxo'ja karvonidagi Qosim qanday yigit edi?
A) xasis, xudbin B) razil, bag'ritosh C) botir, qo'rqmas
D) insofli, diyonatli
42. “Kuntug'mish” dostonida qaysi qahramon Xolbekaga “Kofirmisan, dorga yalinasan?" deya tanbeh beradi?
A) Mohiboy B) Gurkiboy C) Xolmo'min D) Kuntug'mish
Kuntug'niish” d0stoni haqida berilgan qaysi ma’lumot not0‘g‘ri?
A) Qoraxon podsho r»cha yillardan beri o'zining o'rniga qushbegjSjnj qo'yib, Kuntug'mishning o'tiga kuyit, tagzaminga kirib, toat-ibodatga mashg^ bo'lib yotar edi.
B) El Xolbeka va lymo'minning sut emganini bilmas edi va Xolbeka Xolmo'minning baxshanda^j deb aytib yurishar edi.
C) Odamlar bo'ri olib ketgan bolaning ismini Mohiboy, baliq olib ketgan bolaning otini Gurkiboy deb atashdi.
D) Kuntug'mish bir kosg suv va n0n evaziga ajdahoni o'ldiradi.
43«Kuntug'mish» dostonida Kun tug'mish va Xolbekaning xom teri ichidan chiqib olishiga nima yordam beradi?
A) baytal B) quzg'un C) cho'l jonivorlari D) it
44. Kuntug'mish necha kundan keyin Xolbekani izlab qaysi daryoga yetadi?
A) bir hafta deganda Tajan daryosiga B)bir hafta deganda Oynako'l daryosiga C)bir hafta deganda To'polon daryosiga D)o'n kun deganda Oynako'lga
45. Buvraxon Xolbekani huzuriga olib borgandan keyin Azbarxo'jaga nisbatan qanday yo'l tutadi?
A) mukofotlaydi B) saroydan haydaydi
C) o'limga mahkum qiladi D) zindonga tashlaydi
46. «G'aribning ko'nglini ovlamoq savob» hikmatli so'zi «Kuntug'mish» dostonida kim tomonidan aytilgan?
A) Kuntug'mish B) Xolbeka C) Gurkiboy D) Mohiboy
47. «Kuntug'mish» dostonida Kun­tug'mish to'raning vujudidan kasal topmay, ishqdan gumon qilgan ayyor qushnoch podshoga nima deydi?
A) «Siz shikorga chiqib turing» B) «Siz saroydan chiqib turing»
C) «Siz dalaga chiqib turing» D) «Siz bog'ga chiqib turing»
48. «Sen muncha bo'lib shaydo, muncha qilib vovaylo,
Yusufmisan, Zulayxo, qaydin kelasan, ayg'il.
Sen muncha bo'lib purxun, ko'z yoshing oqar Jayhun,
Yo Laylimisan, Majnun, qaydin kelasan, ayg'il».
Ushbu misralar kim tomonidan aytilgan?
A) Kuntug'mish B) Xolbeka C) cho'pon D) Buvraxon
49. Mohiboy va Gurkiboy Zangar shahrida dastlab kimni uchratadi?
A) Xolbekani B) darvozabon qo'rboshini C)Xolmo'minni
D) mirg'azabni
50. Gurkiboy va Mohiboyni kim «soyasi yerga tushmagan xonzoda» deya ta’riflaydi?
A) cho'pon B) Olim sayyod C) Kuntug'mish D) Xolmo'min
51. «Mardlarning parvoyi- bo'imas o'limdan,
Musulmonman, kalma kelar tilimdan,
O'laman deb mard ham ikki so'zlarmi?
Munkir kelsam, mardlik ketar qo'limdan».
Ushbu parcha kimning nutqidan olingan?
A) Gurkiboy B) Mohiboy C) Kuntug'mish D) Azbarxo'ja
52. «Nima kelar quv og'ochning qo'lidan,
Kofirmiding, elanasan og'ochga...»
Dorga qarab nola qilgan Xolbekaga
«kofirmisan, yog'ochga yalinasan» deya kim dashnom beradi?
A) Gurkiboy B) Mohiboy C) Kuntug'mish D) Xolmo'min
53. Yozma dostonlar qaysi xusu- siyatlarga ega bo'lmagani uchun xalq dostonlariga tenglasha olmaydi?
1) fantastik unsurlar mavjudligi; 2) mubolag'ali o'rinlarga egalik; 3) syujet erkinligi; 4) favqulodda qiziq voqelarga egalik.
A) 1,2,3,4 B) 1,3,4 C) 2,3,4 D) 3,4
54. “... bir qiz turibdi qaqqayib, chikka bel bo'lib taroqqos bo'ylab, labini burib, shirin kulib... insof qilib qarasa,... bu dunyoning go'zallari teng kelolmaydi”. Ushbu ta’rifda qaysi xalq qahramoni tasvirlangan?
A) “Kuntug'mish’da Xolbeka B) “Ravshan”da Zulxumor
C) “Rustamxon”da Oftoboy D) “Kuntug'mish”da Gulanor
55. «Е taqsir podshohim; osib o'ldirdingiz - ko'rdik, bosib o'ldirdingiz - ko'rdik, minordan tashladingiz - ko'rdik, to'pga solib otdingiz - ko'rdik». Ushbu parcha qaysi shohga qarata aytilgan?
A) Buvraxonga B) Avliyoyi Qoraxonga C) Kuntug'mishga
D) qushbegiga
56. «Falak peshtoqidan uchgan yulduzim,
Ulug' daryolardan chiqqan qunduzim».
Bu misralar «Kuntug'mish» dostonida kimga kim tomonidan aytilgan?
A) Kuntug'mish Gurkiboyga aytgan
B) Xolbeka o'g'illariga aytgan
C) Kuntug'mish Mohiboyga aytgan
D) Qoraxon podsho Kuntug'mishga aytgan
57. Qaysi javobdagi ma’lumot “Kuntug'mish” dostoni qahramonlaridan biri haqida?
A) Qur’oni Karimni o'rtaga qo'yib do'st tutiladi, lekin qasamiga xiyonat qiladi.
B) Ikki o'g'ilni asrab olib, “ikkovini ulim deb, iskasam gulim deb, jon-u dilim deb, tobutimning chegasi, el-u yurtimning egasi, o'lsam merosxo'rim deb,... “bolam- bo'tam "deb parvarish qilar edi.”
C) “...Juda masxaraboz edi, har tusli bo'la berar edi. Agar birovni aldamoqchi bo'lsa, har tusli bo'lganda o'zining jo'ralari ham tanimas edi” deya tasvirlanadi.
D) ...o'g'iining o'zga yurtda zindonband qilingani haqida xabar topib, zudlik bilan otini minib yo'lga chiqadi va uch oylik yo'lni yigirma kunda bosib o'tadi, o'g'lini dordan qutqaradi.
58. «Kuntug'mish» dostonida qaysi daryo nomi keltirilgan?
A) Mug'ol B) Tajang C) Amudaryo D) Sirdaryo
Berilgan qaysi javobda “Kuntug'mish” xalq dostoni voqealari aks etgan?
A) Sulton o'z o'g'lini topish uchun yo'lga chiqqanda qalandarlarga qo'shilib yuradi.
B) Asar bosh qahramonlaridan biri yolgo'n do'stning makri tufayli yoridan va o'g'illaridan ayriladi va qalandar qiyofasida shaharga kelib qoladi.
C) Asar qahramonlaridan biri yoshligidan “sovuq shamol yemagan” bola bo'lib, uylanmoqchi bo'lgan qizini bermaganlarida jahllanadi va uzukda bir qizning rasmini ko'rib, shu qizning yurtiga ketib qoladi.
D) Asar qahramonlaridan biri tush ko'radi va boshqa oila a’zolarida farqli ravishda musulmon dinini qabul qiladi.
59. Gurkiboy va Mohiboyni cho'pon- larni. oidirib, barcha yilqilarni haydab ketgani uchun ushlab kelishga qancha lashkar jo'natiladi?
A) yigirma ming B) yetti ming C) o'n ikki ming D) o'n ming
Xonumonim bo'ldi chun barbod dastingdan, falak,
60. Bo'lmadi g'amgin ko'nglim shod dastingdan, falak».
Bu misralar kimning tilidan aytiladi?
A) Kuntug'mishning B) Xolbekaning C)Qosimning D) Gurkiboyning
61. Kuntug'mish va Xolbeka qaysi tog'da necha yil yashagan?
A) Olatog'da 3 yil B) Ko'klamtog'da 1 yil
C) Mug'oltog'da 4 yil D) Darband tog'ida 2 yil
62. Kuntug'mishning baliq yutgan bolasini kim qutqaradi?
A) cho'ponlar B) Olim sayyod C) Qosim D) Rajabxo'ja eshon



Download 23.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling