А IX –xii a. O’rta Osiyo davlatlari


Download 69 Kb.
Sana18.05.2020
Hajmi69 Kb.

2- Topshiriq

А) IX –XII a. O’rta Osiyo davlatlari




Davlatlar

Davlat tuzilishi

Mavjud bo‘lgan davri

Boshqaruv tizimi

Ihtisodiy hayot

Hudud

Madaniy xayot

Zaiflashish sabablari




Somoniylar davlati

Yagona markazlashgan davlat

888-999-yillar

Amir- oliy dargox- shayxulislom- devonlar- mustafiy devoni- (davlat hazinasi)- vazirlik devoni- mushriflar

Temir, mis qo’rg’oshin, kumush, oltin, bronza, qazib olingan Farg’onada toshko’mir van eft topilgan

Buxoro, Samarqand, Movaraunnaxr

Somoniy maqbaralari, suv inshootlari qurdilar

Kambag’al tabaqalar va yersiz axolining qo’zg’alonlari uning zaiflashuviga olib keldi

Qoraxoniylar davlati

Yagona markazlashgan davlat

10-asrning o’rtasi 1141-yillar

Eloqxonlar maxalliy xukmdorlar- xoqon- bosh vazir devoni

Iloqxonlar o’z nomlari bilan chaqa tangalar zarb qiladilar, yirik yer egalari o’z yerlaridan ayriladilar

O’zgan, Samarqand, Belaseg’un, Taroz

Buxoro, Samarqand, Toshkent, ichki va tashqi savdo uchun maxsulot

Yer, mol-mulk, dunyo, davlat talanib g’aznaviy saljuqiy va qoraxoniylar bilan olib brogan urush natijasi

Xorazmshoxlar davlati

6 nafarlik davlat kengashi Muxammad Xorazmshox boshqaruvida

1057-1231-yillar

Harbiy nazoratchi

Dexqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, ipak yo’lining o’tganligi,

Bog’dod, Nishopur, Hirot, G‘azna, Ray,

Madaniy rivojlanish jarayoni ancha tezlashdi, shaxarlar hayoti yuksaldi

Xalqning norozilik xarakatlari xorazmshoxlarni zaiflashtirdi

B) Venn diagrammasi

А – Shayboniylar davlatining o‘ziga xos tomonlari –

Shayboniylar davlatining poytaxti dastavval Samarqand boʻldi. Ubaydullaxon (1533-1539 yy.) hukmdorligi davrida murakkab harbiy-siyosiy vaziyatga qaramasdan fan va madaniyat rivojiga katta eʼtibor berilgan. Ubaydullaxon oʻta savodli inson boʻlgan, u Qur'oni Karimni mohirona qiroat qilib, turkiy tildagi sharhlar bilan taʼminlagan, shuningdek, usta sozanda va iqtidorli xonanda boʻlgan. Abdullaxon II (1557-1598yy.) nomi bilan yagona kuchli davlat barpo etish harakati bogʻlangan. U 1557 yil Buxoroni zabt etadi, 1561 yil bu yerga poytaxt koʻchiriladi va davlat Buxoro xonligi nomi bilan yurita boshlanadi. Abdullaxon II hukmdorligi davrida bunyodkorlik ishlari quloch otadi- Karmanada Zarafsxon daryosi ustiga koʻprik quriladi, Balx va Buxoroda koʻp sonli madrasalar qad rostlaydi. Xon imom Abubakr Saadiy maqbarasi atrofida masjid, madrasa, turar joy binosi va boshqa imoratlardan tashkil topgan majmuani bunyod etadi. 1598 yilda Abdullaxon vafot etgach yagona oʻzbek davlatini yaratish umidi ham soʻnadi. Shayboniylar sulolasining soʻnggi vakili Pirmuhammad oʻrtamiyona shaxs boʻlib, joylardagi hukmdorlar oʻrtasida siyosiy taʼsir kuchiga ega emas edi. Natijada yuzaga kelgan boshboshdoqlikka barham bera olmay, u tez orada oʻzaro janjallarda qurbon boʻladi. Buxoro xonligining ichki va tashqi dushmanlari markaziy hokimiyat inqirozi va mamlakatdagi porakandalikdan zudlik bilan foydalanib qolishdi. Janubda Eron shohi Abbos Sabzavor, Mashhad va Hirotni egallab oldi, Balx hokimligiga oʻz gumashtasi Muhammad Ibrohimni tayinladi. Qozoq sultonlari yirik hududlardan biri Toshkentni zabt etishdi. Xorazm yana mustaqillikka ega boʻldi. "Butun davlatda tartibsizlik va boshboshdoqlik yuzaga keldi, hech kim boshqa birovga bo`ysinishni istamasdi",- deb yozgan edi oʻsha yillar haqida Muhammad Yusuf Munshiy. Oʻzaro nizolar va urushlar oqibatida Buxoro, Xiva va Qoʻqon xonliklari tashkil topdi.

B – Temuriylar davlatining o‘ziga xos tomonlari –



Temuriylar 1370-1858 yillarda Movarounnaxr, Xuroson, Hindistonlarda hukmronlik qilgan sulola. Asochisi Amir Temur.

Temuriylar, Temuriylar davri — oʻrta asrlarda sohibqiron Amir Temur asos solgan markazlashgan buyuk saltanatni idora etgan sulola. T. hududi shimolda Ili daryosi va Xorazm (Orol) dengizidan jan.da Fors qoʻltigʻiga qadar, sharqda Xitoy va Hindistondan gʻarbda Trabzun (Qora dengiz)ga qadar ulkan maydonni qamragan. Davlat tuzilishi, qonun va qoidalari jihatidan T. musulmon Sharqida oʻrta asrlarda hukm surgan davlatlardan katta farq qilmasada, ammo uning boshqaruv tizimi Turkiston va Movarounnahr davlatchiligining asriy anʼanalari, saltanatga kirgan mamlakatlar bilan madaniy aloqalar asosida yangi tartib va qoidalar bilan takomillashtirilgan.

Markazlashgan davlat tepasida: Temur ibn Taragʻoy Bahodir (1370—1405); Shohrux ibn Temur (1409—47); Ulugʻbek ibn Shoxrux (1447—49); Abu Sayd ibn Sulton Muhammad (1458—69);Movarounnahrda (poytaxti Samarqand): Xapil Sulton (1405—09); Ulugʻbek (140949); Abdullatif (144950); Abdullo Mirzo (1450—51); Abu Sayd ibn Sulton Muhammad (1451—69); Sulton Ahmad Mirzo (1469—94); Sulton Mahmud Mirzo (1494—98); Sulton Ali Mirzo (14981500).

Xurosonda (poytaxti Hirot): Shohrux (13961447); Ulugʻbek (144749); Abulqosim Bobur (1449—57); Shoh Mahmud Mirzo (1457); Abu Savd ibn Sulton Muhammad (1458—69); Yodgor Mirzo (1470), [[Husayn Boyqaro (1470— 1506); Badiuzzamon ibn Sulton Husayn (1506—07); Muzaffar Mirzo (150607).

АB – Ushbu davlatlarning o‘ziga xos xususiyatlari –

1.Xar ikki davlat xam Movorounnaxr va Xuroson hududlarida mavjud bo’lgan.

2.Ikki davlatning xam davlat boshqaruvi 2 asosiy bo’g’inga ega bo’lgan.



3.Ikki davlat xam sulolalarining ichki ziddiyatlari tufayli tanazzulga yuz tutgan.


Download 69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling