A. kesim B. hol C. aniqlovchi D. to’ldiruvchi


Download 24.67 Kb.
bet1/2
Sana12.11.2021
Hajmi24.67 Kb.
  1   2

1.Mehnat bilan suyagi qotgan, mehnat tufayli ezozlangan har bir ota-ona bolasining ham mehnat bilan yashashini, mehnat bilan el-yurt oldida sharaf topishini xohlaydi.Gapda fe’lning vazifa shakllari qaysi bo’lak vazifasida kelmagan?

A.kesim B.hol C.aniqlovchi D.to’ldiruvchi

2.Arablarda bir so’z bordir, yaxshi boq

Odobsiz boladan yo’g’i yaxshiroq

Yaxshilik yordamin yaxshilarga qil

Yaxshiga yaxshilik yaxshi shuni bil. Matndagi sifatlar necha xil sintaktik vazifani bajargan?

A.3 B.4 C.5 D.6

3.Qaysi qatorda paronim noto’g’ri qo’llangan?

A.Yoriq joyni yamash uchun rosa harakat qildi.

B.Ularning hayoti shunchaki bir ro’zg’or tebratish taxlitida o’tdi.

C.Bir asrga tatigulik yillarni bosib o’tdik.

D.Qadr bilmas qarindoshdan qadr qilgan yod yaxshi.

4.Qaysi qatorda berilgan so’zlarning uchalasi ham shakldoshiga ega?

A.mushak, kadr, chang B.davlat, oz, qil

C.karam, kuy, et D.barchasi shakldosh

5.Qaysi yasama so’z tarkibidagi birinchi qo’shimcha shakl yasovchi qo’shimcha bilan, ikkinchi qo’shimcha esa sifat yasovchi qo’shimcha bilan omonim bo’la oladi?

A.tinchlik B.qaynatma C.bilimdon D.g’amginlik

6.Shunchaki sevilmoq baxtiqarolik

To’la tole uchun bu kemtik, bu kam

Mening qalbim shunday sevgiga molik

Bir chirsillab yonay so’ngra so’nsam ham.Ushbu she’riy parchada qatnashgan yasama fe’l qaysi gap bo’lagi vazifasida kelgan?

A.kesim B.aniqlovchi C.ega D.hol

7.Qaysi gapda yasalish asosi yasama sifat bo’lgan ot ishtirok etgan?

A.Garchi bu ishga o’ta sezgirlik bilan yondashgan bo’lsa ham, natijasidan biroz cho’chib turardi.

B.U qisiq ko’zlari bilan dengiz ufqiga boqar ekan, shodligini yashirolmay toqatsizlanayotgan bolaning ahvolini ham sezib turardi.

C.Bo’ron guvullab turganida yonginadagi arava tagidan o’tib, Zavrak bilan Zulfiqor emaklab kirib kelishdi.

D. Eshkakchilar ham ajablanib, bola ko’rsatgan tomonga qarashdi.

8. Ravishning ma’nosiga ko’ra faqat bir turi qatnashgan gapni aniqlang.

A.Bu bino qurulishida yuzlab ishchilar astoydil mehnat qildilar.

B.Keyin u tez-tez yurib bog’ tomonga burilib ketdi.

C.Men ham bunga arang ko’nikdim, sen esa hali ko’nikmayapsan.

D.Dastlabki kunlar sezilmadi sal og’riq berayotganini bugun bilib oldim.

9.Qaysi javobda paronimi mavjud bo’lgan ot berilgan?

A.hush B.kabutar C.adil D.ahil

10.Kumush qishdan, zumrad bahordan

Qolishmaydi kuzning ziynati. Ushbu gapda qaysi bo’lak uyushgan?

A.aniqlovchi B.ega C.hol D.to’ldiruvchi

11.Qaysi gapda sof ko’makchi sabab holini shakllantirgan?

A.Bu yerga Madali akaning jig’iga tegish, rashkini keltirish uchun kirganligimni eslab, mulzam bo’ldim.

B.Aytgil, do’stim nima qildik Vatan uchun?

C.Betob bo’lib qolgani uchun Nasimjon bugun darsga kela olmadi.

D.Dunyoda to’g’ri yashab yurtga xizmat qilib o’tishdan ortiq baxt bormi inson bolasi uchun?

12.Qaysi javobda paronim bilan bog’liq xatolik mavjud emas?

A.O’zbekni qon qaqshatgan o’zbek siylar,

Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar

B.Xalq ganchin yulmoqqa cho’zilgan qo’lga

Biz alvon guldasta tutibmiz faqat

C.Sen-shohlari osmonlarga

Tegib turgan chinorim

D.Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi yod yaxshi.

13.Insonparvarlik so’zining yetakchi morfemasidagi barcha undoshlar qaysi tasnifga ko’ra birlashtiruvchi belgiga ega bo’la oladi?

A.jarangli yoki jarangsizligiga ko’ra

B.hosil bo’lish usuliga ko’ra

C.hosil bo’lish o’rniga ko’ra

D.shovqinli yoki sonorligiga ko’ra

14.Chegaralarimiz dahlsizligini ta’minlash maqsadida zaruriy chora-tadbirlar ko’rildi.Ushbu gapda qanday gap bo’lagi imlosida xatolik kuzatiladi.

A.to’ldiruvchi B.hol

C.aniqlovchi D.kesim

15.Mazkur gapdagi munosabat shakllari sonini ko’rsating.

Hammamiz ham shu yurtning farzandimiz uning ravnaqi uchun bor kuchimizni sarflashga tayyormiz.

A.11 B.8 C.9 D.10

16.Omonimiga ega otni aniqlang?

A.ahil B.podshoh C.tuzmoq D.devon

17.Qaysi javobda gap bo’laklari bilan aloqaga kirishmaydigan bo’lak modal so’z bilan ifodalanmagan?

A.Og’lim, nega shunday azim terakni nobud qilding?

B.Chamasi, yetti-sakkiz yil bo’ldi, shekilli

C.Bizga ham nasib etsa edi, koshki, bu kunlar.

D.Xayriyatki, men “Muboraknoma”ni o’qitib ko’rgan ekanman.

18.Qaysi javobda o’zaro sinonim so’zlar juftligi berilgan.

A.kecha-kunduz B.ganch-boylik C.tantiq-erka D.sur’at-rasm

19.Qaysi javobda paronimi mavjud bo’lgan yasama so’z berilgan?

A.Devonda o’tirganlar sukut saqlab turishardi.

B.Bu suv ichishga yaroqli

C.Shamolda daraxtning katta shoxi sinib tushibdi.

D.Erinchoq va dangasalar hech qachon sanoqda bo’lmaydi.

20.Quyida berilganlardan nechtasi sof modal so’z hisoblanadi?

Ehtimol, shekilli, faqat, shubhasiz, aftidan, nahotki, xullas, koshki.

A.2 B.3 C.5 D.4

21.Dunyoning yarmini zabt etgan hukmdor og’ir xastalik oldida ojizlik qildi.Yasama so’zlar soni nechta?

A.3 B.2 C.3 D.4

22.Sanab sanog’iga yetolmadi.Fonetik hodisalar soni nechta?

A.4 B.5 C.3 D.6

23.Boshimda o’ynar qamchilar, qon ko’zlarimdan tomchilar... Ushbu gapda to’rtta morfemadan iborat so’zlar soni nechta?

A.4 B.1 C.3 D.2

24.Qaysi javobda modal, undov va taqlid so’zlarning har biriga misol berilgan?

A.oh, g’iyq, avvalambor B.qars-qurs, kisht, dod

C.yilt-yilt, shekilli, albatta D.dag’-dag’, g’a-g’a, haqiqatan

25.Qaysi javobda Abdulla Qahhorning faqat hikoyalari berilgan?

A.”Og’riq tishlar”, “Shohi so’zana”

B.”Bemor”, “O’g’ri”

C.”Sarob”, “Ayajonlarim”

D.”Sinchalak”, “Daxshat”

26.Qaysi javobda faqat U.Nosirning she’riy to’plamlari nomi keltirilgan?

A.”Atlas”,”Zafar”,”So’nggi kun”,”Dushman”

B.”Norbo’ta”,”Naxshon”,”Yurak”

C.”Mehrim”,”sayha”,”Soz”

D.”Quyosh bilan suhbat”,”Safarbar satrlar”,”Traktrobod”

27.Millatim nasli bashardur, Vatanim kurrayi arz,

Ikkisin xizmati farzdur, ikkisindin jon qarz.Ushbu misralar muallifi kim?

A.Avloniy B.U.Nosir C.Hamza D.Cho’lpon

28.Qaysi javobdagi asar Oybek qalamiga mansub emas?

A.”Mahmud Torobiy” B.”Nur qidirib”

C.”Oltin vodiydan shabadalar” D.”Tirilgan murda”

28.Qaysi ijodkor turmushdagi oddiygina holatdan-choy quyilayotganda choynakning piyolaga “egilishi”, choy ichayotganda inson piyolaning “peshonasidan o’pishi”dan foydalanib ajoyib she’r yozgan?

A.Muhammad Yusuf B.Abdulla Oripov

C.Xayriddin Saloh D.Erkin Vohidov

29.Musa Jalilning qaysi asarida Temirbulat va Fayro’zaning sof, samimiy, insoniy kechinmalari aks ettirilgan?

A.”Kechir yurtim” B.”Oltin soch” C.”Xat tashuvchi” D.”ishonma”

30.O’lmas Umarbekovning qaysi asaridan boshlab milliy adabiyotimizga fojia tasviri qayta kirib keldi?

A.”Sevgim,sevgilim” B.”Fotima va Zuhra” C.”Yoz yomg’iri D.”Odam bo’lish qiyin”

31.Navoiy yoshlik chog’larida mashhur o’zbek va fors shoirlaridan 50ming bayt she’r yod olganini qaysi asarda beriladi?

A.”Hayrat ul-abror” B.”Mahbub ul-qulub”

C.”Muhokamat ul-lug’atayn” D.”Munshaot”

32.Dostonda Qoraxon ismli No’g’ay podshosi bo’lib, uning Qilichxon degan laqabi bor edi, o’sha vaqtning odamlari uni Avliyo ota der edilar.Ushbu parchadagi ma’lumot qaysi doston haqida?

A.”Kuntug’mish” B.”Ravshan” C.”Rustamxon” D.”Alpomish’

33.Said Ahmadning qissalarini toping.

A.”Qadrdon dalalar”,”Hukm”

B.”Tengdoshlar”,”Studentlar”

C.”Jimjitlik”,”Ufq”

D.”Qishloq hukm ostida”, “Muhabbat”

34.O’ttim fash-u dastorini devonalig’ aylab,

Parvonasifat jonimi o’tqa qalab o’ttum.Parchada qanday badiiy san’atdan foydalanilgan?

A.tashbeh B.tarse C.talmeh D.tardi aks

35.Ba’zida bir nafas olgulik muddat

Ming yulduz so’nishi uchun yrtgulik... Ushbu takrorlanmas misralar muallifini toping.

A.Usmon Nosir B.Asqad Muxtor C.Cho’lpon D.G’afur G’ulom

36.Qaysi javobda fe’l+fe’l qolipidagi qo’shma fe’l qatnashgan?

A.Xushxabar olib kelgan yigitga hamma quvonch bilan tikildi.

B.Majnuntol suvga egilib salom berayotir.

C.Oygul turishi bilan saroy charaqlab ketdi.

D.Kech kuz kelib barglar sarg’ayib to’kilmoqda.

37.”....asirlikda va tutqunlikda yozgan 115 she’ri bor.U shular uchun qayg’uradi.Shuning uchun 115 she’rning 60 tasini hamki ko’chirishga ulgurdi”.Ushbu ma’lumot Musa Jalilning qaysi to’plami haqida?

A.”Okopdan xatlar” B.”Ordenli millionerlar”

C.”Maobit daftari” D.”Oltin soch”

38.


Download 24.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling