A n t I b I o t I k L a r


Download 51.46 Kb.
bet1/5
Sana04.10.2022
Hajmi51.46 Kb.
#830493
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Bolalarning yurak qon tomir va nafas olish organlarining yosh xususiyatlari
Презентация (3) Dalil, Polvonov Farmakognoziya-kurs ishi, Polvonov Farmakognoziya-kurs ishi, 4 клиник амалий код 1234, камолов-урозмансур-2-оралиқ, Abu Abdullo Muhammad Ibn Muso al, sinf-rahbar-ish-rejasi-tayyor-2019-yil, Kombinatorika elementlari (1), 2 5406785190490017232, Metadata GKS obsh uzb , Metadata GKS obsh uzb , Вебинар, одилжановбобуржонхба 80русскийязык, Анкета- Сўровнома 2020-2021 (5), Rul boshqarmasining vazifasi va avtomobilning burilish chizmasi. (1)

OQSIL VA ANTIBIOTIKLAR ISHLAB CHIQARISH BIOTEXNOLOGIYASI
Reja:


1. Antibiotiklar haqida tushuncha.
2. Antibiotiklarning ta`sir etish mexanizmi.
3. Zamburug`lardan olinadigan antibiotiklar.
4. Bakteriyalardan va aktinomitsetlardan olinadigan antibiotiklar.
5. Hayvonlardan olinadigan antibiotiklar.
6. Yuqori o`simliklardan olinadigan antibiotiklar.
Antibiotiklarni (grekcha so`z bo`lib «anti» — qarshi, «bios» — hayot degan ma`noni anglatadi) ko`pincha qancha roqda yashoovchi aktinomitsetlar, mog`orlar, sporalik va sporasiz mikroblar, o`simliklar va hayvon organizmlari hosil qiladi.
Antibiotiklar bir qator sezgir mikroblarga ta`sir etib, ularning rivojlanishini va bioximiyaviy aktivligini pasaytiradi. Antibiotiklarniig mikroblarga ta`siri har xil bo`lishi mumkin. Bir xil antibiotiklar mik­roblarga ta`sir etib, ularning ko`payishiga yo`l qo`ymaydi. Antibiotikning bunday ta`sir etishi bakteriostatik ta`­sir deyiladi. Antibiotiklar mikroblarga kuchli ta`sir etib, ularni uldirishi ham mumkin. Antibiotikning bun­day ta`sir etishi bakteritsid ta`sir etish deyiladi. Ayrim antibiotiklar mikrobni eritib yuborishi ham mumkin, bunday ta`sir etish bakteriolitik tasir etish deyiladi. Gramm-musbat bakteriyalarga ta`sir etuvchi antibiotiklar bilan bir qatorda gramm-manfiylarga ham ta`sir etuvchi antibiotiklar bor. Agarda antibiotiklar gramm-manfiy va gramm-musbat mikroblarning ko`pchilik turlariga ta`sir etsa, bu bakteriyalarga keng kulamda ta`sir etuvchi antibiotiklar deyiladi, aksincha, oz turdagi mik­roblarga ta`sir etsa — oz kulamda ta`sir etuvchilar deyiladi.
Rus olimi V. A. Manassein (1871) yashil mog`orning bakteriyalarga ta`sir etishini o`z tajribalarida tasdiqlangan. 1872 yilda esa A. G. Polotebnov yiringli yaralarni yashil mog`or bilan davolagan. M. G. Tartakovskiy (1904) tovuqlarning pasterellez kasalligini penitsilium mog`orining mahsuloti bilan davolagan. Angliyalik olim Fleming (1928) oziq muhitida rivojlangan yashil mog`or atrofida stafilokokklarning rivojlanib o`smaganligi, ya`ni ulariing antagonizminn aniqlagan. Sut kislotasi hosil qiluvchi mikroblar sut kislotasi hosil qilishdan tashqari, ulardan yuqori temperatura va kislotalarga chidamli va ko`pchilik mikroblarga halokatli ta`sir etuvchi antibiotiklar tayyorlanadi.
Hozirga qadar necha yuzlab antibiotiklar topilgan bo`lsa ham, bulardan meditsina va veterinariyada atigi bir necha o`n turi ishlatilmoqda; buning sababi shuki, ko`pchilik antibiotiklar zaharli xususiyatga ega bo`lib, kasallikni davolaganda ularni qo`llash mumkin emas. Mog`or zamburug`ning penitsillium va aspergillium gruppalaridan aktiv antibiotiklar tayyorlanadi. Penitsillium mog`oridan penitsillin (kristall holdagi, kaliy tuzli, fenoqsimetillin, bitsillin va boshqalar), aspergillium mog`oridan aspergillin, fumigatsin, klavatsin antibiotiklari tayyorlanadi.
Nursimon zamburug`lar hosil qiluvchi antibiotiklardan srteptomitsin, biomitsin, aureomitsin, xlormitsetin, terramitsin, eritromitsin, neomitsin gruppasi (kolimitsin, mitserin, monomitsin) juda aktiv bo`ladi.
Batsitratsin, polimiksin, gramitsidin va subtilin bakteriyalar ishlab chiqaruvchi antibiotiklarga kiradi. Bu antibiotiklarning mikroblarga ta`sir etishi zamburug`lardan olinadigan antibiotiklarga nisbatan ancha kuchsizdir. Hayvon organizmidan olinadagan antibiotiklar qo`yidagilardan iborat: qondan – eritrin, baliq to`qimalaridan – ekmolin, organizmning turli to`qima va suyuqliklaridan (sutda, qon zardobida, tuxumda, so`lakda, ko`z yoshida va boshqalardan) lizotsim antibiotiklari hosil bo`ladi.
O`simliklar organizmidan olinadigan antibiotiklar fitontsidlar deyiladi. Hayvon organizmi va o`simliklardan olinadigan antibiotiklar hozircha to`liq o`rganilmagan, shu sababli ular juda kam qo`llaniladi.
Antibiotiklarning ximiyaviy tuzilishi har xildir. Ba`zi bir xillarining ximiyaviy tuzilishi hali aniqlanmagan. Bir qancha antibiotiklar kristall holda olingan bo`lib, ximiyaviy formulasi aniqlangan. Masalan, xlormitsetindan sun`iy sintezlash bilan sintomitsin va levomitsetin antibiotiklari tayyorlangan.
Antibiotiklarning aktiv ta`sir etish birligi «YeD» bilan aniqlanadi. «YeD», ya`ni ta`sir etish birligi – bu antibiotikning aktivligini ko`rsatadigan miqdordir. Halqaro ta`sir etish birliklari mavjud. Masalan: penitsillinning bir halqaro ta`sir etish birligi 0,6 mkg ga, streptomitsinning — 1 mkg ga va biomitsinning — 0,001 mkg ga teng.

Download 51.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling