A natsional sotsialistlar partiyasi


Download 187.07 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi187.07 Kb.
#189774
Bog'liq
test 28.07.2020





TEST №1. 28.07.2020

1. XIX asr oxiri Avstriya-Vengriyada qaysi partiya arboblari "Buyuk Germaniya" g'oyasini, sinfiy tinchlikni targ'ib qilish, antisemitizmni targ'ib qilish g'oyalarini ilgari surdi?

A) Natsional sotsialistlar partiyasi

B) Pangerman partiyasi

C) Avstriya sotsial-demokratik partiyasi

D) Xristian sotsialistlar partiyasi

2. 1921-yil dekabrda Tinch okeani havzasidagi o'z orollariga egalik qilish huquqlari kafolatlangan davlatlarga kirmaydigan davlatni belgilang.

A) Italiya B) Fransiya C) Yaponiya D) AQSh

3. "Turg'unlik davri"(a), "Iliqlik davri"(b), "Qayta qurish" (c) davrlarini SSSR rahbarlari bilan moslashtiring.

A) a-N.Xrushchev, b-M.Gorbachov, c-L.Brejnev

B) a- L.Brejnev, b-M.Gorbachov, c-N.Xrushchev

C) a-M.Gorbachov, b-N.Xrushchev, c-L.Brejnev

D) a-L.Brejnev, b-N.Xrushchev, c-M.Gorbachov

4. Vizantiya imperatori Yustinian I harbiy

yurishlarni amalga oshirgan hududlar xaritada

qaysi raqamlar bilan berilgan?



A) 2, 4 B) 1, 3 C) 1, 4 D) 2, 3

TEST №1. 28.07.2020

5. Yer-suv islohotini ikkinchi bosqichini amalga oshirish uchun "Agrar inqilob"ning strategiya va taktikasi qachon tasdiqlandi?

A) 1927-yil oktabr

B) 1925-yil noyabr

C) 1926-yil dekabr

D) 1928-yil fevral

6. 1873-yil "Gandimiyon" sulhiga ko'ra, Amudaryo bo'limi qaysi viloyat tarkibiga kirgan?

A) Turkiston B) Zarafshon C) Sirdaryo D) Kaspiyorti

7. Haj safari vaqtida vafot etgan hukmdorlarni belgilang.

1) Subxonqulixon 2) Xudoyorxon 3) Nodir Muhammad 4) Shohrux

A) 1, 2 B) 2, 3 C) 1, 4 D) 2, 4

8. Qayerda faxriylarimizga barcha qulayliklarga ega 150 o'rinli "Nuroniy shifoxonasi qurildi?

A) Samarqand B) Shohimardon C) Toshkent D) Chimyon

9. Quyidagilardan qaysi biri sahna asari emas?

1) Hamid Olimjon "Muqanna" 2) Maqsud Shayxzoda "Jaloliddin Manguberdi" 3) P.Meksika "Byuyk Temur tarixi" 4) Sadriddin Ayniy "Muqanna" 5) X.Morlo "Buyuk Temur"

A) 3, 4 B) 2, 3, 4 C) 1, 4, 5 D) 1, 3, 5

10. XX asr boshlarida Fransiyaning Afrikada bosib olgan hududlari xato berilgan javobni aniqlang.

A) Dogomeya B) Kap koloniyasi C) Gambiya D) Nigeriya

11. Butun Sharqda parlament raisi bo'lgan birinchi ayol 1970-1974-yillarda qanday faoliyat bilan shug'ullangan?

A) SSSR Oliy Soveti Millatlar Soveti raisi

B) O'zbekiston SSR Ministrlar Soveti raisi

C) Pokiston Bosh vaziri

D) Hindiston Bosh vaziri

12. Rasmda tasvirlangan magnitlangan temirdan yasalgan uzun dastali qoshiqni eslatuvchi asbob qadimda quyidagi qaysi davlatda ixtiro qilingan?



A) Xitoy B) Rim C) Misr D) Finikiya

13. Angliyada dehqonlar kurashi nechanchi asrdan boshlab kuchayadi?

A) IX-XII asrlarda B) XII-XIII asrlarda C) XIII-XIV asrlarda D) XIV-XV asrlarda

14. Siyosiy jihatdan tarqoq bo'lgan qaysi davlat XVI asrda Papa boshliq katolik reaksiyasining barcha daxshatini o'zida his qildi?

A) Germaniya B) Italiya C) Fransiya D) Ispaniya

15. Quyidagilardan qaysi biri teatr nomi emas?

A) Kabuki B) Pantomima C) Konsyuy D) Xokku

16. Davlat madhiyasini yozgan shoirga nisbatan "Milliy shoir" maqomi berilgan davlat nomini toping.

A) O'zbekiston B) Turkiya C) Pokiston D) Hindiston



17. Quyidagi jadvalning qaysi qatorlaridagi ma’lumotlar mos ravishda berilgan?

A) 2, 3, 6 B) 1, 4, 5 C) 1, 3, 5 D) 2, 4, 6

18. Malayziyaning mamlakatni rivojlantirish dasturiga ko'ra qaysi yilga kelib rivojlangan davlatlar qatoriga qo'shilishi ko'zda tutilgan?

A) 2025-yil B) 2049-yil C) 2022-yil D) 2020-yil

19. Quyidagi ma'lumotlarni xronologik ketma ketlikda joylashtiring.

1) Argentinada defolt e'lon qilindi 2) Peruda "Oydin yo'l" qo'zg'olonchi terrorchilik tashkiloti faollashdi 3) Meksikada hindularning ommaviy qo'zg'oloni boshlandi 4) Braziliya, Argentina, Meksika G-20 klubi a'zoligia qabul qilindi

A) 2, 3, 1, 4 B) 2, 1, 3, 4 C) 1, 3, 2, 4 D) 1, 4, 3, 2

20. Qaysi davlatdagi parlament saylovlarida 2010-yil kutilmaganda Muxolifatdagi sunniylar g'alaba qozondi?

A) Suriya B) Iroq C) Eron D) Afg'oniston

21. "Tarixi nafoe"(Foydali tarix) asari muallifini aniqlang.

A)Mirza Salimbek B)Validiy C)Baljuvoniy D)Ahmad Donish

22. Buyuk Ipak yo'li asoschisi Chjan Syan nomi bilan bog'liq noto'g'ri ma'lumotni aniqlang.

A) U Di tomonidan yuborilgan

B) Xunnlar qo'liga asr tushadi va 10yilcha hibsda bo'ladi

C) Oltoy vodiysidan o'tib vataniga qaytadi

D) Xitoyga Farg'ona otlaridan birini va beda urug'i olib borgan

23. Quyidagilardan Bayt ul hikmada faoliyat yuritmagan allomani belgilang.

A) Farobiy B) al-Xorazmiy C) al-Abbos Javhariy D) Yahyo bin Abu Mansur

24. "Aprel inqilobi"(a) va "Lola inqilobi"(b) dan so'ng hokimiyatdan ketgan Qirg'iziston prezidentlarini belgilang. A) a-Roza Atunbayeva, b-A.Akayev

B) a-K.Bakiyev, b-A.Atambayev

C) a-A.Akayev, b-K.Bakiyev

D) a-A.Atambayev, K.Bakiyev

25. O'zbekisonda ...-yildan boshlab barcha bolali oilalar uchun yagona nafaqa joriy etildi(a) , ...-yilda esa "Bolali oilalarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish to'g'risida" yana bir muhim farmon qabul qilindi(b).

A) a-1992-yil, b-1997-yil B) a-1993-yil, 2017-yil

C) a- 1994-yil, 1996-yil D) a-1996-yil, 1999-yil

26. 1983-1988-yillarda O'zbekistonga kim rahbarlik qilgan?

A) Sharof Rashidov B) Inomjon Usmonxo'jayev

C) Inomjon Xidiraliyev D) Normuhammadi Xudoyberdiyev

27. Gumanizm dastlab qaysi davlatda(a) va qachon (b) paydo bo'lgan?

A) a-Ispaniya, b-XIV asr oxirida

B) a-Italiya, b-XV asr o'rtalarida

C) a- Ispaniya, XV asr o'rtalarida

D) a-Italiya, b- XIV asr o'rtalarida

28. Quydagilardan qaysi biri qolganlari bilan bir yilda Jaloliddinga taslim bo'lmagan?

A) G'azna B) Sheroz C) Tabriz D) Marog'a

29. 1946-1990-yillar jahon madaniyati tarixiga oid noto'g'ri ma'lumot berilgan javobni aniqlang.

A) Bu davrda fanning rivojlanishi ilmiy inqilobga sabab bo'ldi

B) San'atda abstraksionizm yo'nalishi ommalashdi

C) Adabiyotda postmodernizm paydo bo'ldi

D) 1960-yillardan keyin adabiyotda realizm jamiyatdagi yangi dolzarb muammolarni aks ettirish quroliga aylandi

30. 1918-yil 30-oktabrda Xiva xoni Asfandiyorxon o'ldirilgandan keyin hukumat boshlig'i bo'lgan shaxsni aniqlang.

A) Bobooxun Salimov

B) Husaynbek Matmurodov

C) Polvonniyoz hoji Yusupov



D) Davlatmurod mahram


Download 187.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling