A. Navoiy hayoti va ijodi


Download 57.93 Kb.
Sana08.01.2020
Hajmi57.93 Kb.
#93626
Bog'liq
A.navoiy
603525, Fazluddin Iqroruddin. Nikoh va oila risolasi, Fazluddin Iqroruddin. Nikoh va oila risolasi, Ananaviy usulda davlat xizmatidan foydalanishning avfzalliklari xamda kamchiliklari ma, вопросы (2), Serdar kurs ishi tayarr 2020 II kurs, Serdar kurs ishi tayarr 2020 II kurs, Лекция 4-тема. философия, Image To Text [, TIM, tim10, milliy goya, 1, aktualn-e-problem-innovatsionnogo-razvitiya-ekonomiki-uzbekistana



A.Navoiy hayoti va ijodi
Tavallud sanasi - 1441- yil 9- fevral (844- yil, 17- ramazon) .

  1. Vafoti sanasi_ 1501- yil 3- yanvar (906- yil, 12-jumodiloxir)

  2. To’liq ismi: Nizomiddin Mir Alisher .

  3. Taxalluslari: Navoiy( “Navo”navo, ohang, bahr, dard)- turkiy

Foniy- “o’tib “ ketuvchi , yo’q bo’luvchi-firsiyda

  1. Otasi: G’iyosiddin Muhammad (“Kichkina Bahodir”)

  2. Onasi:Shayx Abu Said Changning qizi .

  3. Bobosi:Qandahor amri bo’lib, Amir Temurning o’gli Umar Shayx bilan emikdosh .

  4. Ukasi:Darveshali, jiyani-Amir Haydar Sabuhiy .

  5. Tug’ilgan joyi: Hirot Bog’i Davlatxona, Shohruxmirzo zamondosh .

  6. O’qigan joylari:Hirot, Taft, Mashhad, Samarqand .

  7. Qosim Anvar she’rini yodlagani – 3-4 yoshlarda .

  8. Maktabga borgan vaqti 5 yoshida .

  9. Maktabdosh do’sti : Husayn Boyqaro .

  10. Homiylari: Abulqosim Bobur, H,Boyqaro, Ahmad Hojibek .

  11. Otasi hokim bo’lgan shahar: Sabzavor .

  12. Amallari: muhrdor (1469-72), vazir(1472-76),Astrobod hokimi(1487-88y)

  13. Samarqandagi ustozi : Fazlulloh Abullays .

  14. Ustozlari: Lutfiy, Jomiy (“Huran mahdum”).

  15. G’azalchilikdagi ustozlari: ”Sohiri Hind”-Dehlaviy “Iso nafaslik rindi Sheroz “ –Hofiz Sheroziy, “orifijom- A.Jomiy .

  16. Hamsachilikdagi ustozlari :Nizomiy, Dehlaviy .

  17. Tog’alari: Muhammad Ali G’aribiy, Mir Said Kobuliy .

  18. Maqbarasi :Hirot, Musallo.

Asosiy sanalari .

1447-yil –oilasi Iroqqa ko’chdi, tarixchi S.A.Yazdiy bilan uchrashdi (Xondamir) 1451- yilda Hirotga qaytdi, yolida yazd cho’lida adashdi .1452- yil Abulqosim Bobur taxtga o’tirdi, G’iyosidin Muhammad Sabzavor hokimi bo’ldi .Alisher “Guliston”,”Bo’ston”(Sadiy),”Mantiq ut tayr”(Attor)ni o’qidi, So’ngisini yod oldi .

1453 yil-otsi vafot etib, Alisher saroy xizmatiga kirdi, Sabzavvor va Mahsxadga yashadi .Bir munasabat bilan 100000 misra- 50000 bayt yod olganini aytdi. 1464 yil –Hirotga qaytdi , tog’alari qatl etilgan, mol-mulki musodara qilingan, bosh panasi yo’q edi . Do’stlari Pahlavon Muhammad (“Shamsul-millat), Sayd Hasan Ardasher (turk va sart orasidagi ondin tamamroq kishini ko’rmadim)

1466-yil A.Navoiy Samarqandga ketdi, ketish oldidan S.H.Ardasherga maktub yozdi (“masnaviy” nomi bilan,”Xazoyin- ul maoniy”ning 1- devoni “G’aroyibus sig’arda”ga kiritilgabn) maktub mazmuni:

1. S.H.Ardasher ta’rifi.

2.Judolik azobi

3..so’z qudrati “Xamsa”yozishga tayyorlik(24-25 yoshda)

4.”Shohnoma” 30 yilda, Navoiy esa 30 oyda yozadi.

5.Ganjaviy 30 yilda , Navoiy esa 2-3 yilda tugatdi.

6.mablag’ ,boshpana do’stlar yo’q

1466-1469 yil Samarqanda yashadi. Sabablari:

a) o’qish uchun bordi. (Xondamir)

b) Abusaid ixroj (surgun) qildi (Bobir)

1465- 66-yillar - muxlislari “Ilk devon”ni tuzdilar, S.A. Mashhadiy ko’chirgan.

Samarqanddagi homiysi – Ahmad Hojibek, do’stlari – Xo’ja Xurd (mudarris) Uloyi Shoshiy, Yusufshoh, Badiiy Safoiy, Andijoniy, Javhariy, Riyoziy, Xavofiy – shoirlar.



1469-y- Boyqaro maktub bilan uni Hirotga chaqirib oldi, Navoiy “Hiloliya” qasidasini yozdi. Boyqaroning taxtga chiqishi – yangi oy (hilol) 1469-72, 1472-76- muhrdor va vazir

Boyqarodagi haqi-bir fikrni 9 marta aytishni (Xurosondan Xorazmga ko’chirish masalasi)



1470-y. Yodgor Mirzo qo’zg’oloni bostirildi. “Chashmayi gildan Mashhadga 80 kmli ariq keltirilgan. (D. Samarqandiy) “Injil arig’I bo’yida “Ixlosiya”, “Xalosiyada” quron tilovat qilinadi, taom tarqatiladi. Har yili 2000 po’stin, chakmon, ko’ylak-ishton, to’ppi-kovush ulashiladi.(Xondamir)

“Navoiy “Jome’ masjidini ta’mirlab, 1500- yil 16 III da xalqqa osh berdi o’zi ham ishladi va 100 ga yaqin ustani mukofotladi”. (Xondamir) Ahli fazl va ahli hunarga Alisherbekcha murabbiy va muqavviy bolmagan… (Bobur) “Bobom Mirxondga “Xalosiya”dan hujra berib, “Ravzatus-safo”ni yozishga buyurgan (Xondamir) Navoiy, Lutfiy, H. Bayqoro yomg’ir torlari haqida. (“Majolisun- nafois”)

1472-76-y- “Badoye ul- bidoya” (H.Boyqaro topshirig’i bilan tuziladi 1- devon)

1476-83-y- “Navodurun- nihoya”

1481-82-y “Vaqfiya” yozildi

1483-85-y “Xamsa” yozildi. (6 oyda)

“Xamsa”ning taqdirlanishi, pir va murid masalasi, shohning shoirga javobgarlik qo’yishi

(Zayniddin Vosifiy “ Badoye’ ul – vaqoye’”) 1487-y- Majididin Muhammad (parvonachi) shohga mablag’ topib berib, A.Navoiyni saroydan uzoqlashtirdi (Bobur)

1487-88-y- Astrobod hokimligi Boyazid II va Ahmad podsho shoir g’azallarini ta’rifladi. Mozandaron, Jirjon taslim bo’ldi, Iroq va Ozarbayjon sulh tuzdi, turkman hukmdori Yoqubbek tabrik etgani keldi. A.Navoiyni zaharlamoqchi bo’ldilar. Amir Haydar bunda shohning qo’li bor dedi…Mirxond “ Ravzatus-safo”

A.Navoiy va Lutfiyga Xusrav Dehlaviyning bir bayti manzur bo’ldi. “oshiq yomg’ir torlariga osilib turdi” Husayn Boyqaro buni ma’qullamadi: “yomg’ir torlari emas, o’rgimchak iplari” desa to’g’ridir. 1488-y. Balxda Navoiyning ukasi Darvishali isyon ko’tardi. Shoh Majididdinni saroydan uzoqlashtirdi, uning o’rniga Nizomulmulk tayinlandi. U Xadichabegim (H.B.ning “beaql va sergap xotin”) bilan til biriktirib yangi fitnalar hozirlandi.

1488-y. “Tarixi Muluki Ajam” yozildi. Uni “Muhokamatul –lug’atayn”da Navoiy “ Jubdatut- tavorix” deb atadi. 14..-y. “Tarixi hukamo va anbiyo” “Sirojul- muslimin” (X.Ahror topshirig’i bilan) yozildi. 1489-y. Sayyid Hasan Ardasher vafot etdilar

1493-y. Pahlavon Muhammad. 1492-y. Abduraxmon Jomiy Navoiy ularga atab xotira- memuar asarlar yozdi.

1491-y “Risolayi muammo” (“Muftadot”) – forschada yozildi. Navoiy 500 ga yaqin muammo yozgan, 52 tasi turkiy tilda bitilgan.

1492-98-y. “Xazoyinul – maoniy” tuzildi; 1490-98-y “ Majolisun- nafois” tuzildi.

1495-96-y. “Nasoyimul – muhabbat” yozildi. 1497-y. zentabrda Mo’min Mirzo qatl qilindi. 1499-y. Navoiy hajga otlandi, lekin H.Boyqaroning o’g’li Abulmuhsin Mirzo Marvda qo’zg’olon ko’tarib, Navoiyni talab qildi. “Siz mamlarkatda qolsangiz, nimani xohlasangiz, hammasin bajaraman” dedi H. Boyqaro.

Ravzatus-safo”, Mirxond

Navoiy A. Ansoriy xonagohida supuruvchi bo’ldi. 1498-1499-y. “Munshaot” yozildi.1500-y. dekabr. H.Boyqaroning o’g’li Muhammad Husayn isyon ko’tardi (Astrobod urushi). Navoiy H. Boyqaroga peshvoz chiqdi.

“Meni saqlashdan g’ofil bo’lmang, ahvolim o’zgarib qoldi”, dedi Navoiy Xo’ja Shahobiddin Abdullaga Xondamir.

Uch kun hushsiz yotib, 1501-y 3 I da A.Navoiy vafot etdi.

Merosi Lirik asarlari

1. Ilk devon (1465-66-y shogirdlari tomonidan tuzilgan)

2. “Badoye ul- bidoya” 1472-76-y- (H.Boyqaro topshirig’i bilan A. N tomonidan tuzilgan 1- devon)

3. “Navodur-ul nihoya” 1476-83-y

4. G’aroyib us- sig’ar”

5. Navodir ush- shabob “Xazoyinul – maoniy”

6. Badoye ul- vasat” (“Chor devon”)

7. Favoyid ul – kibar

8. “Devoni Foniy” “Devon Foniy”da g’azal, musaddas, tarkibband, ruboiy, qit’a, to’rix, gasida, muammo, lug’z bor, jami 1131 ta She’rlar bor, jami 12000 misra II E p i k a s a r l a r i
“Hayratul –abror”

Farhod va Shirin”

1.Xamsa” “ Layli va Majnun” 2.”Lisonut –tayr”

“ Sabbayi sayyor”

“Saddi Iskandariy

III Tarixiy asarlari:

1. 1488-y. “Tarixi Muluki Ajam”( Uni “Muhokamatul –lug’atayn”da Navoiy “ Jubdatut- tavorix” deb atadi.


  1. “Tarixi hukamo va anbiyo”

IV Diniy asarlari:

  1. “Nasoyimul-muhabbat” – 750 ta shayx haqida tazkira, A. Jomiy asarlari tarjimasi.

  2. “Nazmul- javohir” -266 ta ryboiy, hazrati Ali asari tarjimasi

  3. “ Sirojul- muslimin” – islomning 5 farzi haqida.

  4. “Arbayin” -40 ta ruboiyda 40 hadis sharhlangan

VI Tarixiy – memuar asarlari:

1. “Holoti Sayyid Hasan Ardasher”.

2. “Holoti Pahlavon Muhammad”

3. “Xamsatul- mutaxayyirin” – Jomiy haqida



V Adabiyotshunoslik asarlari:

  1. “Majolisun – nafois” -459 ta shoir haqida, 8 – majlis Husayn Boyqaro haqida

  2. “Mezonul – avzon” –aruz haqida

  3. “Mufradot” (“Risolayi muammo”), fors tilida (“Xazoyinul – maoniy”da 52 ta o’zbek tilidagi muammosi kiritilgan.) fors tilidagi muammosi 500 ta

  4. “Arbain” (40 ruboiydan iborat Hazrat Alining “Nasr ul- laoliy” asarining she’riy tarjimasi)

  5. ‘Nazm ul- javohir” (266 ta ruboiydan iborat)

VI tilshunoslik asari:

1. “Muhokamatul – lugatayn” a) turk va fors (sort) tili taqqoslangan; b) 99 ta harakat nomi, sinonimlar kelirilgan; v) turkiy tilning kelib chiqishi Nuhning o’g’li Yofas (“Abut – turk”) bilan bog’langan. g) “Umidim uldurki va ko’nglimga andaq kelurkim, so’zim martabasi avjdin quyi yoqtimagay”

VII Boshqa asarlari:


  1. “Vaqfiya” – vaqf yerlari haqida moliyaviy hujjat

  2. “Munshaot” -88 ta xat

  3. “Risolayi tir andoxtan” – lug’atshunoslik haqida

VIII Yozolmagan asarlari:

  1. Husayn Boyqaro tarixi (“Tarixi muluki ajam”da)

  2. “Yusuf va Zulayxo” (“Tarixi hukamo va anbiyo”)s-“O’z muhabbat tarixi” (“Lisonut -tayr”da shayx San’on qissasida)

Alisher Navoiy lirikasi.

Xazoyin ul-maoniy” asari mundarijasi.





  1. Navoiy 7-8 yoshidan she’r yozgan, 15 yoshida Lutfiyning tahsiniga sazovor bo’lgan. “Orazin yopg’och” g’azali tufayli (Xondamir) “Turkiy tilda hech kim Navoiydek ko’p va xo’p she’r yozmagan hamda nazm gavharini tizmagan” -Jomiy “Bahoriston”

“… iyhom yoki xosa ma’ni kabi nozik san’atlar bilan ziynatlanadigan she’rdan bir kunda yuz baytni bitish men uchun holva” Navoiy, 1465-y

“Xazoyinul – maoniy” – devon ichra devonlardan iborat.

“…Ammo xaloyiq orasida ming bayt, 2000 bayt ortiqroq – o’ksukroqkim, o’zlari jam’ qolib erdilar, bag’oyat mashhur erdi” A. Navoiy “ Badoye ul – bidoya” debochasida “Ilk devon” haqida.

Xazoyin ul –maoniy” (“Ma’nolar xazinasi”)



  1. ‘G’arouib us- sig’ar” ( Bolalik (Yoshlik) g’aroyibotlari “) 650 ta g’azal. – 7- 8 yoshdan 20 yoshgacha – bahor fasli

  2. “Navodir ush – shabob” (“Yigitlik nodirliklari”) 650 ta g’azal 20-35 yosh, yoz fasli

  3. “Badoye ul – vasat” (“O’rta yosh badialari" (go’zalliklari) 650 ta g’azal 35-45 yosh, kuz

“Favoyid ul – kibar” (“Keksalik foydalari”) 650 ta g’azal, 45-60 yosh, qish Jami: 2600 ta g’azal Shoirning so’nggi 3-4 yillik she’rlari devonlarga kiritilmagan. “Xazoyinul-maoniy” janrlar bo’yicha:

  1. g’azal – 2600 ta 5) muxammas – 10 ta 9) qasida – 1 ta

  2. musaddas – 5 ta 6) tarjiband – 4 ta 10) soqiynoma – 1 ta

  3. musamman – 1 ta 7) tarkibband - 1 ta 11) qit’a – 210 ta

  4. mustazod – 1 ta 8) masnaviy – 1 ta 12) ruboiy – 133 ta

13) muammo – 52 ta 14) chiston – 10 ta 15) tuyuq – 13 ta 16) fard – 86 ta

Masnaviy – Sayyid Hasan ardasherga maktub, soqiynoma – 458 bayt

“Devon ichra devon” – “Xazoyin ul –maoniy”

“G’azal mulkining zultoni” (M. Shayxzoda ta’biri)

M. Fuzuliy 3 ta buyuk g’azalnavisni ajratgan:

1) arabda Abu Nuvos; 2) forsiyda Nizomiy; 3) turkiyda A.Navoiy “ Navoiyi suxandon, Manzuri shahanshoxi Xuroson” deb A.Navoiyni M.Fuzuliy atagan “So’zchi Navoiy, so’zchilar sultoni, madadkori Navoiy”

Ishqning turlari: 1) Ishqi haqiqiy (Olloh ishqi) 2) ishqi majoziy (insonga muhabbat) “Majoz – shartli ravishda bir narsaning boshqa narsaga ko’chgan ma’nosidir. “Mahbubul - qulub” da A. Navoiy ishqni 3 turga ajratadi:


  1. avom ishqi – oddiy odamlar ishqi

  2. xos ishqi – so’fiylar ishqi ”Mahbubul – qulub”da izohlaydi.

  3. siddiq ishqi – valiylar ishqi

G’azalning tuzilishiga ko’ra turlari:

  1. mustaqil baytlardan tuzilgan baytlar (parokanda g’azal)

  2. yakropa g’azal 3) voqeaband g’azal 4) musalsal g’azal

G’azallar tahlili

  1. Yordin ayri ko’ngil mulkidir sulton yo’q…”

I – sultonsiz mulk – jonsiz jism I bayt

II – yorsiz ko’ngil – sultonsiz mulk

III – jonsiz jism – rayxonsiz qora tuproq

rayxonsiz qora tuproq – oysiz tun II bayt

oysiz tun – obihayot bo’lmagan zulmat

obi hayot bo’lmagan zulmat – jannat bo’g’idan

yiroq zulmat

VII bayt – lirik xotima: hajrning shunday azobi bo’lsa ham yordin voz kechma.

G’azal turi: musallas g’azal Tasvir usuli: tadrij , Sheriy san’atlari : tazod, tashbeh

Gazal vazni: ramali musammani mahzuf Ruknlar: foilotun, foilotun,foilotun, foilun

- V- - , - V - - , - V - - , - V - Radifi: yo’q sozi

2 “Ot’g’a solg’il sarvni ul qaddi mavzun bo’lmasa…”

G’oya: “inson insondek yashashi kerak” G’azal turi: musalsal Tasvit usuli: tadrij, Istioralar: qad maxzun, ruxsori gulgun, g’am, hijron to’gi; She’riy san’atlar: tashbeh, istiora, tazod; G’azal vazni: ramali musammani mahzuf Rukunlari: foilotun, foilotun,foilotun, foilun

- V- - , - V - - , - V - - , - V - Radifi: bo’lmasa.

3.“Gar jafo qil, gar vafokim, dilistonim sen mening”

G’oya: haqiqiy muhabbat odamni manmanlikdan, kibru havodan, hafsdan tozalaydi.

G’azal turi: yakpora, G’azaldagi san’atlar: tazod,tardu aks, tashbeh, G’azal vazni: ramali, musammani mahzuf, Ruknlari: foilotun, foilotun, foilotun, foilun - V- - , - V - - , - V - - , - V - Radifi: sen mening

4.” Ko’rgali husningni zor-u mubtalo bo’ldim sango”

G’azal uslubi: sharhi hol, She’riy san’atlar: tazod, tashbeh, mubolag’a, talmeh tajnis:

Jomi, Jam, Xizr suvi- tajnis , Radifi: bo’ldim sango. G’azal turi: parokanda

G’azal vazni: ramali musammani mahzuf

Ruknlari: : foilotun, foilotun, foilotun, foilun - V- - , - V - - , - V - - , - V -


  1. Xil’atin to aylamish jonon qizil, sarig’, yashil…”

G’oya: tabiat, jamiyat, ruhiyat uyg’unligi tasviri, ranglar jilosi orqali butun olamning yaxlitligini tasvirlash. Asosiy tasvir usuli: mubolag’a, She’riy san’atlar: istiora, tashbeh, ta’zod , tanosub, istioralar: shu’lagi ohim, ishq sahrosi, samimiy oh, gulzoro husn. Radifi: qizil, sariq, yashil, G’azal vazni: ramali, musammani mahzuf: Ruknlari: : foilotun, foilotun, foilotun, foilun - V- - , - V - - , - V - - , - V -

  1. Kimki bir ko’ngli buzug’ning xotirin shod aylagay…”

G’oya: Ko’ngli buzuq mazlumning dodiga yetish buzulgan Ka’bani obod qilish bilan barobar; Mavzu: Ishqiy – tasavvufiy G’azal turi: parokanda g’azal, Badiiy san’atlar: tazod, talmih, tashbeh, takrir; Radif: aylagay so’zi; Qofiyalari: shod – obod, ozod- bunyod, mu’tod- barbod, irshod- odamizod, bedod- Astrobod. G’azal vazni: ramali musammani mahzuf; Ruknlari: : foilotun, foilotun, foilotun, foilun - V- - , - V - - , - V - - , - V -

  1. Lolazor ermaski, ohimdin jahonda tushti o’t”

G’oya: oshiq iztiroblariga teng alam yo’q. Tasvir usuli: tadrij, G’azal turi: yakpora g’azal; Bad. san’atlar: mubolag’a, tanosub, tashbeh, talmeh, vazni: ramali musammani mahzuf; Ruknlari: : foilotun, foilotun, foilotun, foilun - V- - , - V - - , - V - - , - V - Radifi: tushdi o’t

  1. Husni ortar yuzda zulfun anbarafshon aylagach…”

G’oya: oshiq jafolari tigamaydi, G’azal turi: parokanda g’azal, Sh’eriy san’atlar: tashbeh, qaytarish san’ati, mubolag’a, G’azal vazni: ramali musammani mahzuf

Ruknlari: : foilotun, foilotun, foilotun, foilun - V- - , - V - - , - V - - , - V - Radif: aylagach



  1. Junun vodiysiga moyil ko’rarmen joni zorimni

G’oya: tiriklikning tuganmas tashvishlari, charxning o’lchovsiz qilvirliklaridan bezgan donishmand holati tasviri, G’azal turi: parokanda g’azal, G’azal vazni: hazaji musammani solim; Rukinlari: mafoiylun (4) ta, V - - - - (4ta)

She’riy san’atlar: tashbeh, istiora,



  1. Kimga qildim bir vafokim, yuz vafosin ko’rmadim”

G’oya: yomonlik ko’rgan kishining tuyg’ulari ifodasi, G’azal turi: parokanda

She’riy san’atlar: tazod, istiora, tashbeh, tardu aks, G’azal vazni: ramali musammani mahzuf; Ruknlari: foilotun, foilotun, foilotun, foilun - V- - , - V - - , - V - - , - V - Radifi: ko’rmadim



  1. Bizning shaydo ko’ngil bechora bo’lmish”

G’oya: chorasiz ko’ngil iztiroblari, G’azal turi: yakpora g’azal; Bad. san’atlari: takrir, tashbeh, tazod; G’azal vazni: hazaji musaddasi mahzuf; Ruknlari: mafoiylun, mafoiylun, fauvlun; V - - - , V - - - , V - - Radifi: bo’lmish

  1. O’n sakkiz ming olam oshufi…” g’azali

G’oya: insonda ilohiy yetuklikni ko’rish , o’n sakkiz yoshdagi go’zal vasfi .G’azal uslubi:tarif va tafsif, G’zal turi:musalsal g’azal (tadrij usulda) G’azal o’rni:”Badoye ul- vasad”, 156- g’azal . Sheriy san’atlar:

  1. baytda qaytarish san’ati – raddul sadr ilol hashv

  2. baytda qaytarish san’ati – raddul hashv ilol ibtido

  3. bayt – ruju, istiora (hush shohi )

  4. bayt – takror istiora (hush naqshi, suniy naqsh)

  5. bayt – tazod, mubolag’a istiora muzmar- yashirin

  6. bayt – talmih, istiora(mug’, dayr xafashi)

  7. bayt – istiora (ul oy, bahr ashq )mubolag’a

G’azal vazni : ramali musammani mahzuf

Ruknlari : foilotun, foilotun, foilotun, foilun - V- - , - V - - , - V - - , - V -

G’azal ijrochisi: Berta Davidova


  1. Do’stlar , mahram deb elga ro’z ifsho qilmangiz” ( sir saqlash odobi)

G’oya sir saqlash madaniyatlardan bir saboq, G’azal uslubi:pand – nasixat

G’azal turi : musallas, G’azal o’rni: “Badoye ul vasad”, 216- g’azal qarilik lirikasi mahsuli; Sheriy san’atlar:



  1. baytda : mubolag’a;

  2. baytda :tanosub

  3. baytda: tashbeh qaytarish san’ati

  4. baytda: tanosib, tashbeh, iyhom (qalb – ko’ngil)

  5. baytda:tanosib

  6. baytda:istrora, (roz duru),tashbeh

  7. baytda:tashbeh, mubolag’a

  8. baytda:tazod, tashbeh , tajnis(tilni tilim)

  9. baytda:qaytarish san’ati: raddul hashf ilol hashf

Sir saqlash sabog’i: jondan ko’ngulga, ko’nguldan tilga, tildan “kimsaga”, “kimsadan” o’zgaga , o’zgagadan elga o’tib fosh bo’ladi . Sirni jonda asrash kerak .

G’azal vazni: romali musammani maqsur: Foilotin (3 ta) foilun (1 ta) - v - - - (3 ta) - v- (1 ta) G’azalning o’xshashi: 13. “Kimsani dard ahli deb sirimga mahram ayladim” g’azali . G’azal turi: Sharhi hol, yakpora g’azal . G’azal o’rni:”Navodirush shabob” Radifi : ayladim



14. “Jonga chun derman: Ne erdi o`lmakin kayfiyati?” Ishq o`ti – azal qismati”)

G`oya: qahramonning ishqiy qismati, kechinmalarini hajviy ruhda berish

G`azal turi: musalsal g`azal; G`azal ishqiy – falsafiy mavzuda bo`lib, sharhihol, izhor uslibida yaratilgan. She`riy san’atlar: tashbeh, tanosub, istiora, mubolag’a, tashxis. G’azal o’rni: “ Badoyeul – bidoya” → Favoyidul –kibar, 579 g’azal

G’azal hajmi 7 bayt: G’azal timsollari: jon,jism, bag’ir, ko’ngul, ko’z

G’azal unsuri: savol-javob G’azal vazni: ramali, musammani, mahzuf

Ruknlari: foilotun, foilotun, foilotun, foilun - V- - , - V - - , - V - - , - V -



15. “Orazin yopg’och, ko’zimdin sochilur har lahza yosh…”

(Lutfiyning lutfiga sazovor bo’lgan g’azal) G’oya: ilohiy go’zallik ta’rifi

G’azal turi: yakpora g’azal, G’azal yozilgan davr: shoir 14-15 yoshda bo’lgan

G’azalni ta’riflagan zot: Lutfiy, Ma’lumotlar: “Makorumul – axloq” da (Xondamir)

G’azal o’rni: “G’aroyib us-sig’ar” 249- g’azal, She’riy san’atlar:

I baytda: tashbeh, mushabbahlar: obrazi, yosh, mushabbar behilar: yulduz, quyosh, mubolag’a; II baytda tashbeh, mubolag’a, tanosib.


Qovoq qosh

Ijhom: bodom mehrob

Iymon masjid

III baytda: istiora (“Ul oy”), mehribonlik

Mehr

quyosh


IV baytda: istiora, tanosib

V baytda: tanosub, qaytarish san’ati, tashbeh, VI baytda: istiora, tamsil

VII baytda: tashbeh, husni ta’lil , G’azal vazni: ramali musammani mahzuf

Ruknlari: foilotun, foilotun, foilotun, foilun - V- - , - V - - , - V - - , - V -

Qofiyalari: yosh- quyosh, ko’z- u qosh- fosh-tosh-talosh-maosh- bosh

16. “Mehr umidi tutmangiz” g’azali

G’oya: zamona va zamona ahlidan shikoyat, G’azal turi: yakpora

G’azal o’rni: “Navodirush – shabob”, 212- g’azal, Navoiyning o’rta yosh lirikasi mahsuli. G’azal hajmi: 7 bayt, She’riy san’atlar: istiora, tazod, qaytarish san’ati, tanosub: mehrigardun- yuksak doira va martabadagi zamondoshlari

G’azal yozilishiga sabab: Nizomulk yoki Majididdin bilan to’qnashuv

G’azal vazni: ramali musammani mahzuf

Ruknlari: foilotun, foilotun, foilotun, foilun - V- - , - V - - , - V - - , - V -

17. “Do’stlar olam eliga yor-u hamdam bo’lmangiz

G’oya: lirik qahramon ruhiyasining “olam eli” bilan bog’liq kayfiyati tasviri

G’azal turi: yakpora g’azal, G’azal usuli: Shahri hol

She’riy san’atlari: ruju, qaytarish san’ati, ta’did, isteora, tazod, mubolag’a, tashbeh

“Oshnolig’” masalasida Maxtumquli va Munisning o’z fikrlari bor

Radifi: bo’lmangiz, G’azal vazni: ramali musammani mahzuf

Ruknlari: foilotun, foilotun, foilotun, foilun - V- - , - V - - , - V - - , - V -

1. “Baytlarni ma’nan, fikran va suratan bog’lash san’ati- yakpora g’azal M. Shayxzoda, A.Navoiy haqida”

2. “Bir bayt mazmuni visol bahorida” yana biri “firoq xazonida” (A.Navoiy- parokanda g’azal haqida)

3. Ma’lum bir fabula va hikoya ma’nosida emas, balki fikr va tuyg’ularning bir-biriga mantiqiy ravishda bog’lanib kelishligi” (M. Shayxzoda) – musalsal g’azal

4. asosiy sharti va belgisi shuki, unda voqelikning tugal bo’lagi ifodalanadi – voqeaband g’azaldir

18. “Qaro ko’zim…” g’azali

G’oyasi: dunyoviy va ilohiy ishq tavsifi, G’azal turi: yakpora, muraddaf

G’azal uslubi: sharhi hol, G’azal o’rni: yoshlik lirikasi mahsuli

She’riy san’atlar:I baytda: tardu aks ( qora ko’zim – ko’zim qorasi),

ko’z qorachig’i

Tajnis: mardum

Odamgarchilik

Fan- rasm, odat (2- manosi “purfon” shaklida makr-hiyla, nayrang, hunar, yo’l- yo’riq, va’daga vafo qilmaslik)


II baytda: istoiralar yor chehrasi

1) yuzing guli

haq jamoli
ko’ngil bog’I

2) ko’ngul ramzasi

ruhiy olam

yor qaddi

3) qading niholi

ilohiy ma’shuq qomati, jondagi alif


oshiqning vujudi

4) jon gulshani

jon so’zi- manzurning jilvongohi


III bayt: takovar- yo’rg’a ot, xino bog’lash –to`xtash

Tashbeh, istiora: jon rishtasi, bag’ir qoni

“it” – an’anaviy raqib obrazi, “g’amzoda” – ozor chekkan

IV bayt: istioralar: 1) firoq tog’I – fojia makoni, oshiqning abadiy maskani

2) tuproq – inson umrining ibtidosi va intihosi

3) ko’hkan Farhodning laqabi, mubolag’a

4) xamir -odam Atoning loyi

V baytda istioralar mashuqa visoli : 1. yuzing visoli; 2. Olloh jamoli


2) ko’ngullar – oshiqlar, sofiylar, 3) soch –ayriliq ramzi

4) chin ila shikan – halqa – halqa: tazod –bosh-oyoq

VI baytda istioralar, 1) bog’bon -yaratuvchi

2) bog’-bog’liq, 3) xazon sipohi – o’lim lashkari; tashbeh ignadin tikan

VII baytda istioralar: gulob (ter), gul bargi (yuz), ishtiqoq (gul, gulob)- tajalli nazariyasi bu baytda aks etgan.

VIII baytda istioralar: anjumani shavq- tasavvuf maqomlaridan biri: boshogliq o’qi – sham’i anjuman, kitobat san’ati – “jon” dan “alif”, “jim” va “nun” harflariga ishora

“Qaro ko’zum” g’azali “ Ushshoq” kuyi bilan ashula qilib aytiladi.

Vazni: Mujtassi musammani maxbuni maqtu’ musabba’

Rukunlari: Mafoilun, failotun, mafoilun, fa’lon;

Turoqlari: V – V - , V V - - , V – V - , V -



Boshqa lirik janrlar

1 Tarjiband – (“qaytarish, takrorlash”), “kishan, band, “qamoq”, bir necha banddan iborat bo`lib, g`azal singari qofiyalanadigan, I bandning maqtasi qolgan bandlarning so`ngida takrorlanadigan she`r turi

“Xazoyinul – maoniy”da 4 ta tarjiband bor

“G`aroyibus – sig`ar”da tarje`bandning quyidagi naqaroti bor:

Xarobot aro kirdim oshuftahol,

May istarga ilgimda sing`on safol.

Tarje`band 200 satrdan iborat bo`lib, soqiyga murojaat bilan boshlanadi. Tasavvuf timsollari: May-Alloh ishq, Xarobot- ahli darveshlar, soliklar

Soqiy – Alloh yo`liga boshlovchi piri murshid. Moy ichiladigan jom- oshiq qalbi, Qofiyalari: ulfatim-mehnatim-hayratim-fikratim-raj`atim-toatim-suhbatim-illatim-jur`atim. Vazni: mutaqoribi musammani mahzuf

Ruknlari: fauvlun, fauvlun, fauvlun,fauvl, Taqte`si: v--, v--,v--,v-

2. Ruboiylari: “Xazoyinul-maoniy”da 133ta ruboiy bor.

G`urbatda g`arib shodmon bo`lmas emish” ruboiysi

timsollari: g`arib , gul bulbul. qofiyalari: shodmon, mehribon, oshyon (a-a. b-a)

Radifi: bo`lmas emish, she`riy san`atlar: tashbeh, ta`zod so`nggi ikki satrida psixologizm asosida qiyos keltirilgan: oltin qafas va erkinlik (tikan)

Zohid senga huru menga jonona kerak” ruboiysi

timsollar: zohid,hur, jonona, soqiy,paymona. qofiyalari: jonona- mayxona- paymona-yona (a-a-a-a). Radifi: kerak so`zi;

She`riy san`atlari: tanosub, ta`did.urshid

Ko`z bir-la qoshing yaxshi, qabog`ing yaxshi” ruboiysi

Timsollar: ko`z, qaboq,yuz, so`z, eng, meng, saqoq, dudoq.

Qofiyalari: qabog`ing, dudog`ing, saqog`ing, oyog`ing (a-a-a-a)

Radifi: yaxshi so`zi, She`riy san`atlar: tashbeh, tanosub, tazod.

Yo`q dahrda bir besar-u somon mendek…” ruboiysi

G`oyasi: o`z holidan shikoyat mazmuni, Qofiyalari: somon- hayron- vayron – alomon (a-a-a-a); Qiyin so`zlar: 1) dahr- dunyo; 2) besar-u – somon – hayronlarda qolgan kishi; 3) sargashta – boshi aylangan; 4) ko`y – ko`cha; 5) xonumon – uy-joy; 6) aloxun-u alomon – uy – joysiz; 7) bekas – bechora; Radifi: - Mendek so`zi

Jonimdagi “ jim” ikki qo`lingga doli”ngga fido” ruboiysi

Timsollar: jon, xol, qosh, qad, soch, Qofiyasi: “doling”ga – niholingga - hilolingga – xolingga; Radifi: “fido” so’zi, She’riy san’atlar: kitobat san`ati “jim”, “dol” –soch, “alif”-qomat, “nun” – qosh, xollar-ikki nuqta, Istioralar: dol,nihol,kilol; tanosib,tashbeh; G`oya; harflar vazifasida manzur husnini ta`riflash; xurufiylik ta`limoti; Vazni:hazaji musammani axrobi makfufi majbub, Ruknlari: maf`ulu mafoiylu mafoiylu fa`ul; Taqte`si: --v v- - v v- - v v –

Andin berikim, qoshimda yorim yo`qdir” ruboiysi

G`oyasi: yordin ayriliq tuyg`ulari tasviri (a-a-a-a)

Yozilgan vaqti: qarilik lirikasi mahsuli; Timsollari: “quyon” (sagashto va beqaror)

Ruboiyga hammohang g`azali: “Bir iyosiz it bo`lib erdi Navoiy yorsiz bo`lmasin, yo rabki, hargiz banda sultondin judo. Vazni: hazaji musammani axrabi maqbuzi solimi azall; Ruknlari: maf’uluv mafoiylun mafoiylun –fo`

Taqte`si: - - v v – v – v- v –

Ruboiyga hammohang ruboiy: “Ko`pdin berikim yor-u diyorim yo`qtur” (Bobur)

Radifi: yo`qtur, qofiyalari: yorim – zorim- qarorim- ixtiyorim

Jondin seni ko`p sevarmen ey umri aziz” ruboiysi

G`oyasi: imkondin ortiq muhabbat madhi (qarilik lirikasi)

Badiiy san`atlari: radif, qofiya, tarse` tadrij

Qofiyalari: jondin – ondin – sondin (a-a-b-a)

Radifi: seni ko`p sevarmen, ey umri aziz (6ta so`z)

Vazni: hazaji musammani axrabi maqbo`zi ahtam

Ruknlari: mav`uluv – mafoiylun – mafoiylu – fa`ul

Taqte`si: - - v v – v - v - - v v-



Tuyuqlar A.Navoiy boshqa jiddiy va yirik turlarda asarlar yozish bilan band bo`lgani uchun 13 ta tuyuq yozgan. A.Navoiy “Mezonul – avzon” da: “Yana turk ulusu va tavsis chig`atoy xalqi aro shu avzondurkim… birisi tuyuqdurkim, tajnis aytilg`ay va ul vazn ramalimusaddasi maqsurdur” deb yozadi

Yorab, ui shahdu shakar, yo labmudur” tuyug`i.

yolabmudur -yoki labmidi?

tajnij yolabmudur - yolabdimi?

yolabmudur – o’q otishga yoy to’g’rilabdurmi?
Ruknlari: foilotun- foilotun-foulon; -v-- -v-- -v ~

San’atlari: tajnis, tajohuli orifona, tashbeh, istiora; Uslubi: vasf

Yo qoshingdin necha bir o’q ko’z tutay” tuyuqi
ko’z tutay- kutmoq

tajnis ko’z tutay – ko’zimni sadqa qilay

ko’z tutay – yangi oy ko’rgandek qaray.

San’atlari: tashbeh, istiora, tajnis

Uslubi: vasf

Tig’i ishqing yorasidur butmagan” tuyuq

butmagan - tuzalmagan

tajnis butmagan - tugamagan

butmagan – unib-o’smagan

San’atlari: tajnis, istiora (hajr sahrosi, ohim o’ti , ishq yarasi)

Uslubi: izhor uslubi a — a— b— a

La’lidin jonimg’a o’tlar yoqilur” tuyuq’i

lab ma’nosida

yoqilur egadi

qiladi yo qilmaydi

Sh’eriy san’atlar: istiora (la’l), tazod, tanosub, tashbeh; Uslubi: vasf

4. Qit’alari (qit’a – kesik, parcha, qism, bo’lak” ma’nilari)

qit’aning ko’pligi muqattaot.

Qofiyalanishi ab, vb, gb

“Xazoyinul – maoniyda 210 ta qit’a 503 bayt

Navoiy yozgan qit’alar soni 300 dan ortiq

1. Kamol et kasbkim … qit’asi

G’oya: inson komillikka intilishi kerak; She’riy san’atlar ;istiora, tashbeh

Qofiyalari; g’amnok- nopok , radifi; chiqmoq; Vazni ; hazaji musaddasi mahzuf ; Rukneati; mafoiylun , fauvlun; V - - -, v - - - v - -

2. Jahon ganjiga shoh erur ajdaho

G’oya; zolim podshohlar haqida ( Abusaid Mirzodek)

She’riy san’atlar: tashbeh, istiora; Qofiyalari; hangomida - komida

Vazni ; hazaji musaddasi mahzuf; Ruknlari; mafoiylun, mafoilun, fauvlun

v - - - v - - - v - -

3.Gadolig’ yaxshiroq ahli fanodin” … qit’asi

G’oya: “shohlikdan gadolik afzal”; She’riy san’atlar: tazod, istiora, tashbeh

Vazni: hazaji, musaddasi, mahzuf, Ruknlari: mafoilun, mafoilun, fauvlun

v - - -, v - - - , v - -



4. Navoiy she’ri: to’qqiz bayt-u, o’n bir bayt, o’n uch bayt…”

G’oya: o’z g’azallari ta’rifi; She’riy san’atlar: tanosub, istiora (“durri maknun)

Vazni: hazaji musammani maqsur; Ruknlari: mafoilun (3 ta), mafoiyl (1)

v - - - (3) v - ~

G’azalda uch kishi tavridur ul nav” qit’asi

G’oya: shoirning umuman g’azalchilikda, xususan, o’z she’riy salohiyatiga bergan bahosi; She’riy san’atlar: talmih, istiora, tashbeh

Hajmi: 6 bayt; Timsollar: Iso nafasliq Rindi Sheroz (Hofiz); Qudsi asarlik orifi Jom (Jomiy); Mo’jaz bayonlik sohiri hind (Dehlaviy) Vazni: hajazi, musaddasi mahzuf; Ruknlari: mafoilun, mafoilun, fauvlun; v - - - v - - - v - -

Oz so’z demakning manfaatida va ko’p so’zning mazarratida

G’oya: nutq odobi haqida; Hajmi: 3 bayt; Vazni: mutaqoribi musammani maqsur

fauvlun, fauvlun, fauvlun, fauvl; v - - v - - v - - v ~

She’riy san’atlar: tazod, tamsil; Timsollar: o’q, xuro’s

___________________________________________________________________



5. Lug’zlar

Lug’z (arabcha) – “yashirin ma’noli so’z” Lug’z, chiston – nazmiy topishmoq

A. Navoiy 10 ta lug’z yozgan; “Badoyeul bidoya” dan, keyinchalik “Badoyeul –vasat” dan o’rin olgan Lug’zlar “ chiston” deb berilgan



Lug’zlar: Qalam,tanga, igna, miqroz, o’q, anor, bel, yumurtqa, poki, panvoha (10 ta)

Anor” lug’zi

hajmi: 5 bayt, qofiyalanishi: ab – vb – db … she’riy san’atlar: tashbeh, istiora, ruju, ta’johuli orifona; anor o’xshatilgan narsalar: mijmar (cho’g’don)

sadaf donalari - duru gavhar; vazni: najasi solim musammani

Ruknlari: mafoilun (4 ta) v — — —



6. Fardlar

Fard (arabcha) “yolg’iz”, “yakka, yagona” ma’nolari

Bir baytdan iborat lirik janr farddir. Fard zo’zining ko’pligi: “Mufradot”

Fard haqida Mashrabning fikri: “ming ma’nini bir nuqta birla muxtasar etish”

A.N. 86 ta fard yozgan. Ular dastalb “Badoyeul – bidoya”, so’ngra “Fafoyidul – kibar” da kiritilgan.



1) Muruvvat barcha bermakdur, emak yo’q,

Futuvvat barcha qilmakdur, demak yo’q.

Mavzu: javonmardlik qoidalari bayoni; Timsollari: baxil- o’zi yemaydi, birovga bermaydi; xasis – o’zi yeb, birovga bermaydi; saxiy –o’zi yeydi, birovga ham beradi; axiy – o’zi yemaydi, birovga beradi; Axiylar – futuvvat ahli

San’atlar: tarse, muvozana, tashbeh, vazni hazaji musaddasi mahzuf

2. Kishi aybing desa dam urmagilkim , ul erur ko’zgu

Chu ko’zgu tiyra bo’ldi, o’zga aybing zohit aylarmu

G’oya: aybingni aytgandan xafa bo’lma, ya’ni : “Musulmon musulmonga ko’zgu

San’atlar : tashbeh , tajohuli orifona

3. Men siniq, ko’nglim - siniq , sabrim yeri xud yerda past ,

Bilmagay holim shikastin , ko’rmagan muncha shikast

G’oya: bechoralikni anglash; San’atlar: tanosub, tashbeh, istiora

Vazni: ramali musammani mahzuf; Foilotun (3 ta), foilun — v — — (3) —v ~

4. Ul parikim, ani demasman yor,

Odamiyligidin o’zga barchasi bor

G’oya: yorning “yetuk “ ligini tasvirlash; San’atlar: tazod, istiora, tanosub.

Vazni: ramali musaddasi maqsur; foilotun (3) , foilon — v — — (3) —v ~



Shohbayt

Shohbayt mustaqil asar yoki biror falsafiy lirik she’rdan olingan parchadir.

1. Erur shohsen agar ogohsen sen,

Agar ogohsen sen shohsen sen!

Bu shohbayt “Farhod va Shirin” dostoning 53- bobi 5586 – baytidir, bu bob “sultonzodayi olam” Abulfavoris Shohg’arib Bahodirga bag’ishlangan

2. Birovkim, qilsa olimlarga ta’zim,

Qilur go’yoki payg’ambarga ta’zim.

Navoiy nazdida olimlar ogohlarning ogohidir

3. Bu din ilmki, xomam qildi tahrir,

Erur fiqhu, hadusu, so’ngra taqsir

Haqiqat tilsimlaridan ogohlik istagan inson fiqh, hadis, tafsir ilmlarini o’zlashtirishi zarur.

Shohbayt – betakror mo’jiza. Mashrab ta’biri bilan aytganda:

“ming ma’nini bir nuqta bila muxtasar etgan” shohbaytdir.

Xamsa. “Hayrat ul-abror” dostoni tahlili

Xamsa (arabcha) “beshlik” degani, masnaviy yo’lida yozilgan

5 dostondan iborat. Xamsachilik an’analari:



I Ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy(1173-1201-yillarda, 28 yilda yozgan)

Panj ganj:.

1. “Maxzanul asror” – Arzinjon hokimi Faxriddin Baxromshohga

2. “Xusrav va Shirin” – Iroq hukmdori To’rg’ul II ga

3. “Layli va Majnun” – Shirvonshoh Axsatan I ga

4. “Haft paykar” – Alovuddin Ko’rpa Arslonga

5. “Iskandarnoma” –

II Xusrav Dehlaviy (1253-1325) ning Xamsasi (1299-1301)

1. “Matlaul –anvor” (1299-1301)

2. “Shirin va Xusrav”

3. “Majnun va Layli”

4. “Hasht behishti” (Sakkiz jannat)

5. “Oyinayi Iskandariy”



III A.Jomiy “Xamsa”si: “Haft avrang” (“Yetti taxt”)

Xamsa” yozishning 5 sharti:



1. Dostonlar jami 5 ta bo’lishi kerak.

2. Birinchi doston pand-nasihat ruhida bo’lishi kerak.

3. Ikkinchi doston Xusrav va Shirin mojarolari haqida

4. Uchinchi doston Layli va Majnun muhabbati haqida

5. To’rtinchi doston Baxrom va beshinchi doston Iskandar haqida bo’lishi kerak.

A. Navoiy “Xamsa”si 1483-1485-yillar yozilgan ( sarflangan vaqt 6 oy)

1. “Hayratul- abror”

1. Tarjimasi: “Yaxshi kishilarning hayratlanishi”

2. Doston turi: axloqiy-ta’limiy

3. Doston vazni: sari’ bahrida

4. Ruknlari: muftailun, muftailun, foilun; — v v —, —v v —, —v —

5. Dostonning boshlanishi: hamd (Olloh madhi) na’t (payg’ambar ta’rifi)

2 bob – ustozlar ta’rifi, 2 bob so’z va undagi ma’no haqida H. Boyqaro madhi, pirlar B. Naqshband, Xo’ja Ahrorga bag’ishlovlar

6. Asosiy voqealar 22 – bobdan boshlanadi.

7. Maqolatlar:

1- iymon haqida;

2-islom haqida;

3- maqolat –shohlar haqida – shoh G’oziy hikoyati ;

5-maqolat- karam haqida – Hotam Toy hikoyati;

8-maqolat vafo haqida – “Ikki vafoli yor” haqida;

10-maqolat rostg’o’ylik haqida- sher bilan Dirroj hikoyati

8. Vatan haqida – Xuroson va Hirot maqtovi

Xuroson jahonnig ko’ksi, Hirot esa shu ko’ksdagi yurakdir, bog’lari - jannat bog’lari, suvlari kuylaydi.

“Misr-u Samarqand ne monand anga,

Zimnida yuz Misr-u Samarqand anga

9. Sharq she’riyatidagi mubolag’a haqida:

Akzanaxu , akzabaxu “(“ Eng yaxshi she’r - eng yolg’on she’r)

Masjidi Jomiy masjidi Aqsoga o’xshaydi.

10. Nizomiy “Xamsa”dagi “Maxzanul asror” ga 40 ta nazira bog’langan, 3 tasi chig’atoy tilida, bittasi “Hayratul-abror” dir.

Farhod va Shirin” dostoni tahlili

“Farhod va Shirin” dostoni Xamsaning ikkinchi dostoni bo’lib, shartli ravishda “Mehnatnoma” deb ham nomlanadi. Navoiyning mukammal inson haqidagi orzu-o’ylari Farhod timsolida o’z ifodasini topadi. Dostonning asosiy obrazlari:

Farhod- Chin hoqonining yakkayu-yagona farzandi

Shirin- Arman mamlakati malikasi

Boshqa qahramonlar: hoqon, Mulkoro, Shopur, Mehinbonu , Baxrom Sheriya,



Tarixiy ma’lumotlar: Xusrav Parvez, 590 -yilda taxtga chiqib, 628-yilda o’ldirilgan. Tabariy (923-yil vafot etgan), “Shirinni Xusravning eng sevimli xotini bo’lgan” deydi

Bal’amiy (996-yil vafot etgan) “ Undan go’zal ayol bo’lmagan” degan.

Arab sayyohi Yoqut (1179 –yil 1229-yilda) Shirin muhabbati haqida Doro Besutun tog’ida yozdirgan yozuvlar haqida ma’lumot bergan.

Xusrav va Shirin haqida ilk marta Firdavsiy yozgan

Nizomiy dostonida Xusrav Eron shohi Xurmuzning o’g’li

Dehlaviy Farhodni Chin shahzodasi deb berdi.



Navoiyning xamsanavislarga e’tirozlari:

a) “Xusrav va Shirin” –shavq” dostoni;

b) o‘zga ijodkorning fikrini takroralsh shoirlikka munosib emas

d) Xusrav Shirin muhabbatiga loyiq emas, u ishda beqaror va unda taxt ishqi ham bor.

e) Xusrav haqida yozganlar unga mahliyo bo’lib, maddoh bo’ldilar

Ozarbayjon shoiri Orif Ardabeliy 1369 –yilda “Farhodnoma” yozgan.

Farhodning tug’ilishida hoqon 3 yillik xirojdan xalqni ozod qiladi

Farhod bir yoshida beshikdan chiqdi, 3 yoshida ilm o’rgana boshladi, uning ustozi Arastuning ham ustozi bo’lgan ekan.

- Farhod ustozlari: Qoran, Moniy, Boniy, Mulkori (tarbiyachisi)

- Farhod uchun qurilgan 4 qasr 4 yilda bitadi, hamalning I kuni (21 III oy) da bayram boshlanadi.

-Farhodga ism qo’yilishi haqida: “ Al asmo minal tanzul as samo”- “Ismlar osmondan tushadi”

- Farhod so’zining ma’nolari:

I Farhod- firoq, rashk, hajr, oh, dard

II Farhod – farri shohin, himmat, iqbol, davlat

Farhod Yunonistonda uchragan uch ofat: Ahriman dev, ajdaho, Iskandar tilsimi

Farhod qo’lga kiritgan uch narsa: Sulaymon uzugi, Jamshid jomi, Farudun ganji

Farhodga yordam berganlar: Suxaylo, Suqrot, Shopur.

Farhod Armanistonda ochgan ariq. “Nahrul hayot”, hovuz –“Bahrun najot”

Farhodni tutib berganlar: makkor odam, yosuman kampir

Farhod va Xusrav munozarasi Salosil g’orida bo’lib o’tadi.

Farhod tirikligini Shopur xalq to’qigan qo’shiqlardan biladi.

Farhodning Shiringa maktubi: “Nigoro, mahvasho, iffatpanoho..”

Shirinning Farhodga maktubi: “Nedur ahvoling, ey zor-u g’aribim”

Farhodning vasiyati: bodi saboga

Xusravning vaziri : Buzruk Ummid, o’g’li Sheruja (Maryam degan xotinidan)

Farhod va Shirindan, Mehinbonularning o’limidan so’ng 40 kishi bir xil tush ko’radi.

A. Navoiy, Farhod haqida: “ Haqiqatga badal bo’ldi majozi”

53- bob “amrizodayi olam” shahzoda Abul Favoris, Shoh G’arib mirzo madhidi deb nomlanadi.

Layli va Majnun” dostoni tahlili

Men turkcha boshlabon rivoyat,

Qildim bu fasonani hikoyat.


  1. Doston turi: ishqiy;

  2. vazni: hazajiy musaddasi axrabi maqbuzi makfuf;

  3. Ruknlari: maf’uvlu – mafo’ulun – fauvlun; - -V, V – V -, V - -

Dostonnig boshlanishi: Haybatli tun tasviri bilan;

Bosh qahramonlar: Qays – Majnun (jinni) Layli – “tungi”; Boshqa qahramonlar: Navfal, Zayd , Ibn Salom, Laylining otasi, Majnunnig otasi; Qabila nomlari: Bani Omir (Qays), Hay (Layli)



Tarixiy ma’lumotlar: qissa arab adabiyotida paydo bo’lgan, 13 asrlik tarixga ega.

Tarixchilar: Abu Bakr Al-Volibiy, abu Muhammad Qutayba, Ad-Dinovariy, Abulfaraj Isfahoniylar (VIII-X) o’z asarlarida ma’lumot beradilar.

Doston G’arb adabiyotidagi “Romeo va Juletta” ga qiyoslanadi.

Qays haqida: 1) u yig’ma obraz; 2) u tarixiy shaxs- Qays ibn Mulavvax, shoir bo’lgan, devon tuzgan, amakisi qizini sevgan.

Nizomiy dostonidagi hikoyat: Marv shohi odamxo’r itlarni saqlab edi…”

Doston g’oyasi: Qaysni jamiyat rad etdi, ammo tabiat o’z bag’riga oldi.

Dostonning eng ta’sirchan o’rni: Qaysning otasi bilan Ka’ba ziyoratiga borishi:

Chek aynima ishq to’tiyosin,

Ul qalbima ishq kimiyosin!

Laylining Majnunga maktubi: “Ki ey turfa yigit, ne holating bor”

Doston oxirida maxsus bob: “Ishq ta’rifida”

“Ey ishq, g’arib kimiyosen,

Bal oyinayi jahonnamosen”

Nizomiy dostoniga 118 ta nazira bitilgan: 67 tasi fors, 37 tasi turkiyda, rus shoiri v. Xlebnikov 1911-yil “Medjun i Leyli” ni yozgan. Fuzuliy “Laylovu Majnun” dostonini, Fozil Yo’ldosh o’g’li xalq dostonini yaratgan.



Asarning qisqacha mazmuni:

Majnun arab amirlaridan birining tilab ilgan o’g’li. Oti asli Qays.U chiroyli, esli-hushli bo’lib o’sadi. Lekin Qays tug’ilishidayoq ishq uchun tug’ilgan edi. Bu ishq maktabdayoq zohir bo’ladi,saboqdoshi Layliga bog’lanib qoladi va bu kundan-kun kuchayib boradi. Laylining otasi buni eshitib nomus qiladi, qizini unga bermaydi. Qaysning otasi qizini ka’ba ziyoratiga olib boradi, Ollohdan ishqdan xalos etishini so’ramoqchi bo’ladi. Qays esa “kam bo’lsa,ko’p qil” deb iltijo qiladi. Ota umidlari uzilib, o’g’lini olb qaytadi. Qays Majnunga aylanib, sahrolarga bosh olib ketadi. Hayvonlar orasida panoh topadi. Tasodif bilan ushbu voqeaning ustidan chiqqan jo’mard Navfal unga yordam qilmoqchi bo’ladi,o’rtaga tushadi. Laylining otasi ko’nmagach, qizni Qaysga zo’rlik bilan olib bermoqni o’ylaydi. Layli boshiga o’lim xavfi tushadi. Majnun bundan tushi orqali xabardor bo’ladi. Urushni to’xtatadi. Navfal uni o’z qiziga o’ylab qo’yidi. Biroq Majnun o’sha to’y kechsiyoq Laylini qo’msab sahroga chiqib ketadi. O’sha kuni soxta o’sha oshiq – Ibn Salomga nikoh qilib Layli bilan sahroga uchrashadi.Xullas, asar har ikkovining o’limi bilan yakun topadi. Asar xotimasida quyidagi baytlar keltirilgan:

Ya’ni bu sifat firoqnoma,

Bo’ldi manga qatrarez xoma.

Sog’in nechakim uzottim oxir,

Yig’lay-yig’lay tugattim oxir

Asarning so’nggida “ishq ta’rifida” degan maxsus bob bor. Shoir unga Layli va majnun taqdirida o’rab bergan mazmunida sharhlaydi. Ishqni misni oltinga aylantiruvchi kimyoga va jahonni yorituvchi oynaga o’xshatadi. Shunga ko’ra bu ishq tasavvuf mazmundagi ishqdir.

Sab’ayi Sayyor” dostoni tahlili.

(Yetti sayyora)

Asar 1484-yilda yozilgan bo’lib 38 bob, 5000 baytdan iborat.

Doston turi: ishqiy- sarguzasht. Doston vazni: hafif bahri

Ruknlari: foilotun, mafoilun, fauvlun

— v — —, v —v— , v — —

Bosh qahramonlar: Bahrom, Dilorom



Bahrom haqida ma’lumotlar:

- Bahrom (Mars, Mirrix) jang-u jadal, fitnalar timsoli tarixiyVaraxranV (420-438-y. podsho bo’lgan), xalq orasida Bahrom Go’r laqabi bilan mashhur bo’lgan), “go’r-qulon”

- Bahrom “”Shohnoma”da Eron shohi Yazdijurdning o’g’li, kanizakning ismi Ozoda. Ovdagi voqeada Ozoda uni Ahramanga o’xshatadi, Ozodani otlar tuyog’I ostiga tashlaydilar, Bahrom 20 yil o’ynab kuldi, 20 yil mamlakatni boshqardi, 20 yil Ollohga xizmat qildi.

- Nizomiy dostonida kanizak Fitna, ovdagi voqeadan so’ng, kanizak tasodifan omon qoladi. Nizomiy dostonga 7 iqlim malikalari va 7 ta hikoya keltirilgan. Bahrom ovda osilgan itni ko’radi, xiyonatni aniqlaydi, vaziri Rost-Ravshanni jazolaydi. Ovga borib g’ordan qaytib chiqolmaydi: “Kutmanglar, shohingiz ish bilan band”.

- Xusrav Dehlaviy dostonida kanizak Dilorom 7 hikoya hind eposidan olingan.

Navoiyning safarlariga 3 ta e’tirozi bor:

1) Bahromda “moyayi dard yoq!”

2) 7 qasrda 7 malikaning afsona aytishi asoslanmagan.

3) qissa aytish uchun boshqa qissaxon yo’qmi?

Sabbai sayyor voqealari 12-bobdan boshlanadi. Bahrom rassom Moniyni uchratadi.



Qoliplovchi hikoya: Bahrom va Dilorom hikoyasi

Hikoyatlar:

I shanba- qora qasr – hind malikasi – hind musofiri (saturn- Kayvon kuni) Farruh va Axiy hikoyati

II-yakshanba- Zarnigor qasr – Rum malikasi – rimlik musofir (Quyosh kuni) Zayd Zahhob hikoyasi.

III – dushanba – yashil qasr – shahrisabzlik musofir – Sa’d hikoyasi, (Oy kuni)

IV – seshanba – gulgun qasr – hind musofiri shoh Jo’na va saxiy Ma’sud hikoyasi. (Mars-Bahrom kuni)

V- chorshanba (Merkuriy – Atorud kuni) nilufar qasrda, beshinchi iqlim yo’lidan kelgan musofir, Mehr va Suxayl hikoyasi.

VI payshanba (Yupiter- Mushtariy kuni) sandal qasrda, oltinchi iqlim yo’lidan kelgan musofir, muqbil va Mudbir hikoyasi

VII juma (Venera –Zuhra kuni) oq qasrda xorazmlik musofir, Dilorom hikoyasi

Doston xotimasi: katta ov, ko’p qon to’kiladi, yomg’ir yog’ib, eski botqoq og’zi ochilib, hammani yer yutadi.



Navoiy xulosasi:

Ishq ila shohlik muvofiq emas,

Ishq bobida shoh sodiq emas

Dostonda Xorazm va Shahrisabz haqida ma’lumotlar bor.

37-bobda Navoiyning tushi keltiriladi, u Bahrom so’zlari bilan sulton Husaynga nasihat qiladi.

Navoiy dostonni 4 oyda bitganini aytadi.

XIX asrda ko’shg’arlik G’aribiy, “Shoh Bahrom va Dilorom” ni Umar Boqiy “Qissayi haft manzarayi Bahrom” asarini yozdi.

A.Navoiy dostonida Bahromni 400 tabib 2 yilda ham tuzata olmaydilar degan ma’lumotlar bor.

Saddi Iskandariy” dostoni tahlili
“Saddi Iakandariy” dostoni 1485-yilda yozilgan xamsaning eng oxirgi yirik dostonidir. Bu dostonda buyuk shoirning adolatli hukmdor, odil podshoh haqidagi orzulari o’z ro’yobini topgan.

Doston hajmi: 89 bob, 7215 bayt, 14430 misra

Doston turi: qahramonlik va sarguzasht

Doston vazni: mutaqorib bahri

Ruknlari: fauvlun, fauvlun, fauvlun, faul v - - , v - - , v - - , v –

Bosh qahramon: Iskandar. Iskandar haqidagi asarlar:

1. Arrian Flaviy “Iskandarning yurishi”

2. “ Iskandarnoma” (Nizomiy) “Sharafnoma”

“Igbolnoma”

3. Oyinayi Iskandariy (Dehlaviy)

4. “Xiradnomayi Iskandariy” (Jomiy)

5. “Shohnoma” (Firdavsiy)

Tarixiy ma’lumotlar: Aleksandr Makedonskiy (356-323) ning sharqcha nomi Iskandardir. Uning otasi Filipp, tarbiyachisi Aristotel (384-322). Isakndar 336-yilda taxtga chiqib, 336 -yil Doroni yengib Eronni, 329-y. Baqtriya, So’g’dni qo’lga kiritdi. Shahriston (O’tatepada) og’ir yarador bo’ladi. 327-y. Hindistonni egallaydi: Dunaydan Hind daryosigacha bo’lgan joylarni zabt etadi. 150 y.davomida Grek-Baqtriya davlati yuzaga keldi.

Zulqarnayn so’zining 2 ta ma’nosi bor:

1) shoxli degani; 2) Kun chiqish va kun botish hukmdori

-Navoiy dostoni bo’yicha Iskandar Faylaqusning asrandi o’g’li. Sulolalarga mansub emas.

- Navoiy Iskandar tarixini yozmoqchi emas, uning bilan bog’liq voqealarning ma’nolarini ochmoqchi.

- Darvesh Iskandarga qo’ygan 4 ta shart:

1) so’ngida o’lim yo’q hayot;

2) qarilik bilmaydigan yigitlik;

3) g’amsiz shodlik;

4) kambag’allikni ko’rmaydigan boylik

- Bir soatlik adolat farishtalarning, dunyodagi barcha insonlarning toatidan afzal. M. G’aznaviy Hindistonni olganda qilgan birgina adolati uchun jannatga tushgani haqida hikoyat.

“Hikmat” bobida Arastu bilan Iskandarning savol-javobi keltiriladi.

Iskandar va Doro. Rim eronga har yili ming oltin tixum xiroj to’lardi. Iskandar buni to’xtatdi. Doro unga chavgon, to’p va bir xalta kunjut yubordi. Doro: sen hali bolasan, koptok o’yna, mening lashkarlarim behisob” demoqchi, Iskandar: u menga yer yuzini hadya etdi” deb tushundi.

Doro urushidan oldingi ishora: ikki kaklik va burgut

Iskandar egallagan joylar: Movaraunnahr, Xuroson, Kashmir, Hind, Chin.

Devor qurilgan joy: Qirvon o’lkasi

Oxirgi sarguzashti: shisha sandiqda dengiz tubiga tushadi

Vasiyati onasi Bonuga: bir qo’limni tobutdan chiqarib qo’yinglar

Ustozlar bilan g’oyibona muloqot: Firdavsiy, Sa’diy, Nizomiy, Dehlaviy uni muborakbod etadilar.

“Iskandar” dostonini XIX asrda Abay yozgan

A. Navoiy haqidagi asarlar.

1. Lidiya Bat “Hayot bo’stoni”

2. Mirkarim Qosim “Yoshlik ayyomining ilk bahori”

3. Oybek “Navoiy” (doston), “Navoiy” (roman), “Bola Alisher” (qissa)

4. Uyg’un, Izzat Sulton. “A. Navoiy” (drama)

5. Inoyat Maxsum. “A. Navoiy Astrobodda”



6. “Navoiyni sharaflaymiz” (to’plam)

7. “El desa Navoiyni” (to’plam)
Download 57.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling