A. Navoiy nomidgi samarqand davlat universiteti o”zbek filologiya fakulteti hozirgi zamon o`zbek adabiyoti kafedrasi


Download 59.4 Kb.
Sana30.06.2020
Hajmi59.4 Kb.
#122447
Bog'liq
ERTAK JANRI


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

A.Navoiy nomidgi

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

O”ZBEK FILOLOGIYA FAKULTETI

HOZIRGI ZAMON O`ZBEK ADABIYOTI KAFEDRASI

“Adabiyotshunoslik nazariyasi” fani

Mavzu: ERTAK JANRI.

Kurs ishi

2013-2014 o`quv yili

Bajardi: 1-kurs 02-guruh talabasi

Toirova V.Sh.

Ilmiy rahbar: f.f.n.dots. Qobilov U.

Kurs ishi Hozirgi zamon o`zbek adabiyoti kafedrasi komissiyasida himoya qilindi va _________ ga baholandi. (Bayonnoma №___ 2014)

Komissiya raisi:_________________________________

Komissiya a`zolari: ______________________________

Samarqand – 2014
MAVZU: ERTAK JANRI.

REJA:


  1. Kirish.

  2. Asosiy qism:

  1. Ertak janri haqida o`zbek adabiyotshunosligidagi qarashlar.

  2. Ertak janrining qonun-qoidalari.

  3. Ertakda konflikt.

  1. Xulosa.


K I R I SH

Badiiy adabiyotda bo`lganidek, folklor asarlari ham tuzilishi va g`oyaviy-badiiy xususiyatlariga ko`ra, o`zaro o`xshash hamda farqli tomonlarga ega bo`lib, guruhlarni tashkil etadilar. Bunday farqli va o`xshash tomonlarni ko`rsatish uchun fanda adabiy turlar va janrlar terminlari qo`llaniladi. Adabiy tur va janrlar hayotni badiiy tasvirlash shakli sifatida tarixan shakllangan bo`lib, ularning paydo bo`lishi, taraqqiyoti va inqirozi adabiyot hamda folklor tarixida yetakchi jarayon hisoblanadi.

Qadim zamonlardanoq taniqli adabiyotshunos olimlar so`z san’atining asosan uch jinsga bo`linishini ta’kidlaganlar. Xususan, bu uch tur epos, lirika va dramadan iboratdir. Xalq og`zaki ijodiga oid badiiy asarlarni ham ana shu tamoyil asosida uch turga bo`lish mumkin bo`ladi:


  1. Epos

  2. Lirika

  3. Drama

Epik turning spetsifik xususiyatlari haqida gap ketganda, avvalo, voqeabandlik tilga olinadi. Darhaqiqat, epik asarda makon va zamonda kechuvchi voqea-hodisalar tasvirlanadi, so`z vositasida o`quvchi tasavvurida haqiqatga monand jonlana oladigan to`laqonli badiiy voqelik yaratiladi.

Epik turga mansub asarlar asosan nasriy yo`lda yozilishi, shuningdek, nasriy yo`lda lirik asarlar ham yaratilishi mumkinligini ilgari aytildi.Bu turdagi asarlarda, odatda, makon va zamonda kechuvchi voqealar tasvirlanadi, muallif yoki hikoyachi tomonidan hikoya qilinadi. Bu esa epik asarlarda rivoya, tavsif, dialogning qorishiq holda kelishini taqozo qiladi, zero, ularning bari birlikda o`quvchi tasavvurida badiiy voqelikni plastik jonlantirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, eposda rivoya an’anaviy ravishda yetakchi o`rinni egallaydi, uning vositasida asarga dialog hamda tafsilotlar (peyzaj, portret, narsa-buyumlar va h.k.) olib kiriladi.Rivoya bu unsurlarning barini yaxlit butunlikka birlashtiradi.

Epik janrlar bir-biridan badiiy shakl xususiyatlari bilan ham farqlanadi. Masalan, syujet nuqtai nazaridan olinsa, roman ko`p planli murakkab syujetga egaligi, qissa syujeti asosan bosh qahramon tevaragida uyushishi, hikoya syujeti odatda bitta yoki bir-biriga uzviy bog`liq bir necha voqea asosiga qurilishi kuzatiladi.

Hikoya, qissa va roman eposning asosiy janrlari sanaladi. Shu bilan birga epik turning asosiy bo`lmagan qator janrlari ham mavjud. Ularni hayotni badiiy qamrash ko`lami jihatidan quyidagi tartibda tasniflash mumkin:



  1. kichik epik shakllar: latifa, masal, hikoyat, rivoyat,ertak, afsona, badia, etyud,ocherk, esse;

  2. o`rta epik shakllar: qissa (povest)

  3. katta epik shakllar: epos, epik doston, roman, epopeya.

Epik turning kichik shakli hisoblangan ertak janri azaladan xalqni, ayniqsa, yosh avlodni insonparvarlik, vatanga muhabbat, rostgo`ylik va halollik, mehnatsevarlik, xushmuomalalik va kamtarlk ruhida tarbiyalab kelgan.

Ertak janri ham folklorning janrlari kabi ijtimoiy-siyosiy va hayotiy mundarijaga ega, to`la yoki qisman badiiy fantaziyalardan foydalanish orqali uzoq asrlardan buyon xalq kurashi, orzu-umidi, intilishlari bilan chambarchas bog`liq holda yashab kelayotgan xalqimizning ma’anaviy yo`ldoshidir. Ertaklarning dastavval ko`zga tashlanadigan xususiyatlaridan biri undagi xalq fantaziyasining boyligi, xilma-xilligi, qaynab-toshib, jilolanib turishidir. Bu fantaziya, albatta, o`z davrining hayoti, kurashi, orzu-umidlari bilan bog`lanadi. Inson o`zini o`rab olgan tabiat hodisalari, jamiyat o`zgarishlaridan ta’sirlanadi. Uning ongida hosil bo`lgan butun fantastik holatlar, badiiy uydirmalar ertak, afsonalar shaklida namoyon bo`ladi. Shuning uchun ham ulug` rus ertakchisi P. P Bajov: “Folklor nihoyatda ajoyib sohadir… Ertaklar orqali hayotni ko`rasan va uni yaxshi his eta boshlaysan kishi!”-degan edi.

Demak, keng mehnatkash ommaning kollektiv badiiy ijodi hisoblangan ertaklar xalq tarixini, dunyo qarashini, tushunchasini, psixologiyasini, urf-odatlarini, donishmandligini, porloq istiqbolga ishonch tuyg`ularini badiiy ravishda ifodalab keladi. Mana shu g`oyalar ertaklarning kishilar obrazi, personajlarning faoliyatida aks etadi. Shuning uchun ertaklarning tarbiyaviy va estetik qiymati buyukdir.

Biz yoshligimizdan ertaklar mamlakatida sayr qilishni orzulaganmiz. Shoir Hamid Olimjon aytganidek:

“Bolalik kunlarimda,

Uyqusiz tunlarimda,

Ko`p ertak eshitgandim.

So`ylab berardi buvim.

Esimda o`sha damlar,

O`zi uchar gilamlar,

Tohir-Zuhra, Yoriltosh,

Oyni uyaltirgan qosh.

O`t bog`lagan qanotlar

Beqanot uchgan otlar

Baxtiyor bilan Oygul,

Qiz bo`lib ochilgan gul,

So`ylaguvchi devorlar,

Bola bo`b qolgan chollar.

Buvimning har qissasi,

Qilgan har bir hissasi,

Fikrimni tortar edi,

Havasim ortar edi.

Haqiqatan, Tohir-Zuhra, Yoriltosh bizni hamisha o`ziga jalb qilgan, havasimizni o`ziga tortgan. Ota-bobolarimiz ham tuyog`idan gavhar sochgan kiyiklarni ko`rish umidida bo`lganlar. Oxir pirovardida xayoldan o`tkazilgan mo`jiza voqealarni hayotiylashtirish maqsadi g`olib kеlib, mif, afsona, rivoyatlar zaminida ertaklar yaratila boshlangan. Ertaklar dunyodagi boshqa xalqlar og`zaki ijodida keng tarqalganidek, o`zbeklarda ham ommaviy janr sifatida turli viloyatlarimizda yashaydigan yurtdoshlarimiz tomonidan sevib aytib kelingan. Bu janr o`zbek folklorining epik turiga mansub. Ularda oddiy maishiy hayotda ro`y bergan ibratli voqealar hikoya qilingan. Keyinchalik inson fantaziyasi bu hodisalarga har xil to`qima lavhalar qo`shgan va yangi-yangi ertaklar milliy ma'naviyat xazinasidan o`rin olgan. Bu orzu-havaslar natijasiz bo`lmadi, albatta. Masofalarni bir zumda bosib o`tish, dunyoning turli burchaklaridagi voqealardan xabardor bo`lish niyatlari jam bo`lib, bugungi kunda raketa, samolyot, avtomobillarning, televizor, masofadan boshqaruvchi texnikaning; qolaversa, telefon-telegrafning kashf etilishiga olib keldi.

Ertak syujetlarinig ibtidoiy davrlardagi boshlang`ich namunalari sodda va qisqa bo`lib, turmushdagi biror qiziqroq voqeani hikoya qilish shaklida tashkil topardi. Ertaklarning alohida janr sifatida shakllanishi esa sinfiy jamiyatning boshlang`ich davrlariga to`g`ri keladi.

Ertak termini Mahmud Koshg`ariyning XI asrda yozilgan “Devonu lug`atit-turk” asarida etuk shaklida uchraydi va biror voqeani og`zaki tarzda hikoya qilish ma’nosini bildiradi. Hozir folkloristik termin sifatida ertak so`zi qabul qilingan bo`lsa-da, Surxandaryo, Samarqand, Farg`ona o`zbeklari orasida matal deb yuritiladi. Buxoro atrofidagi rayon va qishloqlarda, shuningdek, boshqa yerlaradagi ikki tilda (o`zbek va tojik tillarida) so`zlashuvchi aholi orasida ushuk deb ataladi. Xorazmda varsaqi, Toshkent shahri va uning atrofida cho`pchak termini ham ishlatiladi. O`zbeklar orasida ertak, matal, cho`pchak terminlaridan boshqa yana hikoya, afsona, o`tirik, total kabi atamalar uchraydi. Alisher Navoiy asarlarida afsona, ertak va masal ma’nolarida cho`rchak so`zi ishlatilganki, u ham cho`pchak so`ziga to`g`ri keladi.

Habibim husni vasfin uyla muhlik onglakim, bo`lg`ay

Qoshinda qissasi Yusuf bir uyqu kelturur cho`rchak.1

“Cho`r” ingichka, kichik, cho`p, xas ma’nosida keladi. Cho`r-cho`p so`zlarining ma’nosi bir:”cho`p” so`zidan yasalgan “cho`pchimoq” so`zi borki, cho`plarni yig`ish, to`plash ma’nosida bo`lgani uchun topishmoqdagi “cho`pchak” so`zi ham xuddi shuning o`zidir. Cho`pchak kichik hikoyalarni to`plash, hikoya qilish, topish, izlash ma’nosida bo`lgani uchun ba’zan topishmoq o`rnida ham qo`llanilgan.

Ertaklar xalq ijodining epik turiga kiradi. Uning o`ziga xos xususiyati-voqeabandligi, biror voqeani mukammal hikoya tarzida bayon qilishidir. Ertaklar turmush voqeligini ajoyib va g`aroyib, jozibali qilib, kishilarda badiiy zavq uyg`otadigan holda aks ettiradi.

Ertak folklor asari. Shuning uchun ham xalq og`zaki ijodiga xos barcha sifatlar: kollektivning ijodiy mahsuli bo`lib, ko`pchilik tomonidan aytilishi, og`zaki yo`l bilan tarqalishi, an`anaviylik, ijodchisinig noma’lumligi-anonimlik, bir syujetning xalq orasida bir qancha variantlarda ijro etilishi-ertaklarga ham xosdir.

Turli davrlarda ertaklar ham turlicha o`zgarishlarga uchrab kelgan. Shu sababdan ertaklarning g`oyaviy yo`nalishi, kompozitsiyasi, qahramonlarining vazifalari o`zgarib, yangidan-yangi versiyalar yuzaga kelib turadi Buning ustiga har bir ertak aytilganda ijrochining ijodiy qobiliyati, dunyoqarashi, turmush voqeligini aks ettira olishi, ertak an’analarini qay darajada bilishi, tajribasi, psixologik holatlariga qarab turib yangidan tug`iladiki, natijada bir ertakning o`zi bir necha variantlarda xalq orasida yashab yuradi. Ertaklarning badiiy formasi va poetikasi o`ziga xos bo`ladi.

Ertaklarning janr xususiyatlarini belgilaganda, yozuvchi A.M. Gorkiyning nazariy qarashlaridan, ertak asosini tashkil etgan fantastika haqidagi fikridan kelib chiqamiz. ”Ertaklarda hammadan ham “uydirma” hodisalarni oldindan ko`ra biluvchi tafakkurimizning ajoyib xususiyati ibratlidir. Ertakchilar xayoliy “uchar gilamlar” ni aeroplanlar ixtiro qilinmasdan necha asrlar ilgari, afsonaviy tez harakatlarni parvoz, gaz va elekromotorlar bunyodga kelmasdan birmuncha vaqt ilgari bilar edi… Fikrimcha, ajoyib xususiyatlaridan biri-“faraz” ni ham fantaziya, “uydirma” vujudga keltirib tarbiyalagan”2.



Fantastika ertak mezoni, uning joni va qonidir. Ertaklar fantastikaning tutgan o`rni, me’yori va vazifasiga qarab ikki guruhga bo`linadi. Birinchi guruhga fantastika elementlari ustun bo`lgan ertaklar, ikkinchisiga esa, fantastika elementlari kuchsiz element shaklida keladigan yoki umuman bo`lmaydigan, hayotiy uydirmalar asosida yaratilgan ertaklar kiradi. Hayvonlar haqidagi ertaklar bilan sehrli ertaklar syujeti ko`proq fantastik voqealar asosiga qurilgan. Maishiy va hajviy ertaklar sujeti asosida esa, hayotiy voqealar asosiga quriladi.

Fantastik uydirmalar hayot haqiqati bilan aloqador bo`lib, qadimiy tushuncha, urf-odat, marosimlarining izlarini o`zida aka ettiradi. Binobarin, har bir uydirmaning zaminida real voqelik yotadi. Shuning uchun ham “Ertaklar hech vaqt bekorchi, ermak narsalar emas, ular hamma vaqt zo`r ijtimoiy va tarixiy ahamiyatga egadirlar. Bahaybat maxluqlar haqida hikoya etuvchi ertak va afsonalar hamda bu boy janrning boshqa turli ko`rinishlarida u yoki bu davrning ijtimoiy, hayotiy kurashlari, xalq manfaatlari o`zining badiiy ifodasini topgandir”.3

Ertaklarning tarbiyaviy ahamiyati katta. Bu haqda M.Gorkiy: “Dunyoda ibrat bo`lmaydigan hech narsa yo`q, o`zida “didaktika”, ibrat vositalarini mujassamlantirmagan birorta ham ertak topilmaydi”4 ,-degan edi.

Ertaklarda voqealar asosan mo`jizali tarzda ifodalanadi. Binobarin, mo`jiza yoki fantaziya voqea va hodisalarni hayot bilan bog`lab, haqiqat, ozodlik, to`g`rilik, odamiylik kabi didaktik g`oyalarni tashviq etadi, syujet rivojiga kuch bag`ishlaydi, tinglovchi e’tiborini o`ziga jalb qilib, ajoyibotlar olamiga olib kiradi, shirin tuyg`ular dunyosiga g`arq etdi.

Demak, hayot haqiqati bilan bog`liq bo`lib, fantastik hamda hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan didaktik g`oya tashuvchi og`zaki hikoyalar ertak deb ataladi. Ertaklar obrazlar talqini, g`oyaviy mazmuni va konflikti, syujet va kompozitsiyasi, fantastik uydirmaning o`rni va funksiyasi hamda tili va stiliga ko`ra shartli ravishda quyidagi turlarga bo`linadi:



  1. Hayvonlar haqidagi ertaklar.

  2. Sehrli ertaklar.

  3. Hayotiy-maishiy ertaklar.

Havonlar haqidagi ertaklar. O`zbek xalq ertakchilari repertuarida hayvonlar haqidagi ertaklar anchagina o`rinni tashkil etadi. Hayvonlar haqidagi ertaklar qadim zamonlarda vujudga kelgan bo`lib, unda ibtidoiy tuzum davridagi insonni hayoti, mehnati, dunyoqarashi, tabiat haqidagi tushunchalari ifodalangan. Hayvon bilan bog`liq bo`lgan ibtidoiy tushuncha, fikr va mulohazalar, hayotiy detallar hayvonlar haqida yuzaga kelgan ertak syujeti va motivlarining tashkil topishida asos bo`lib xizmat qilgan.

Hayvonlar haqidagi ertaklarda ibtidoiy animistik, totemistik tushunchalar bilan bog`liq ravishda, ot, qo`y, echki, sigir kabi uy hayvonlari, yo`lbars, bo`ri, ayiq, tulki singari yovvoyi hayvonlarning xarakter-xususiyati, ularning o`zaro va odamlar bilan bo`lgan munosabati hikoya qilinadi. Binobarin, “Ibtidoiy o`z atrofini o`rab olgan tabiatda yashagan qush va hayvon tovushini inson tovushi va xatti-harakatlariga o`xshatadi. Hayvon va qushlar ham ibtidoiy inson tushunchasiga ko`ra, odamlar kabi… psixologik kechinmalarini boshidan kechiradi. Hayot, o`lim, iroda, fikrlash qobiliyati, tush ko`rish kabi ruhiy momentlar bor, deb o`ylaganlar”.5 Shuni e’tiborda tutgan nemis olimi Yakov Grimm ibtidoiy tushunchalar hayvonlar haqidagi ertaklarning tashkil topishiga sababchi bo`lgan, degan mulohazani ilgari suradi. Haqiqatan ham hayvonlarga nisbatan animistik va totemistik qarashlar hayvonlar haqidagi ertaklarning yuzaga kelishiga olib kelgan.

Sof hayvonlar haqidagi ertaklar nisbatan keyin, totemlar o`z kuchini yo`qota boshlagan davrda, u yoki bu hayvonni ulug`lash, unga sig`inish susaygan paytlarda yaratilgan. Masalan, “Tulkivoy”, “Kampir bilan shaqal”, “O`tinchi yigit bilan she’r”, “Ovchi bilan bo`ri” singarilar ana shular jumlasidandir. Bu turkumdagi ertaklar sehrli ertakarga o`xshash fantastik uydirmalar asosiga qurilgan bo`lsa ham o`ziga xos xususiyati bilan ajralib turadi. Ularda odamning hayvondan aqliy ustunligi ta’kidlangan, hayvonlar talqini esa majoziy ma’no ola boshlagan. “Tulkivoy” ertagida ayyor tulki soddadil kampir bilan cholni aldab ketadi, nihoyat, u tadbirkor ovchiga duch keladi. To`qnashuvda tulkivoy yengiladi. Yoki ”O`tinchi yigit bilan she’r” ertagida yigit: “kel ikkovimiz kuch sinaymiz”,-deb do`q bilan she’rni aldab, daraxtga bog`laydi, keyin savalaydi, nihoyat, she’r “endi odamzodga yo`liqmayman”,-deb va’da beradi. Ko`ramizki, mazkur ertaklarda ibtidoiy odamning o`z kuchiga ishonchi, u yoki bu hayvonni o`ziga bo`ysundirishi, xizmat ettirishga urinishi hikoya qilinadi.

Hayvonlar haqidagi ertaklarning personajlari-tulki, bo`ri,she’r va boshqalar qadimiy tasavvurning unutila boshlashi bilan jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichlarida majoziy ma’no kasb eta boshladi. Majoziy ertaklar hayvonlar haqidagi ertaklar zaminida vujudga kelib, tanqidiy vazifaga bo`ysundirildi. ”Bo`ri bilan tulki”, “Tulkining taqsimoti”, “Ikki boyqush”, “Chumchuq”, “Ilonning ishi zahar solmoq”, “Qarg`a bilan qo`zi”, “Chivinboy”, “Qo`ng`iz bekach”, “Hiylagar bedana”, “Qumursqa”, “Echkining o`ch olishi”, “Tulki bilan xo`roz” kabilar majoz asosida qurilgan ertaklar hisoblanadi. Bu ertaklar, asosan feodalizm jamiyatida shakllanib, alohida turkumga aylandi.

Ba’zi hayvonlar haqidagi ertaklar masalnamo shaklda keladi. Bunday ertaklar ko`pincha dialog asosiga qurilgan bo`lib, mazmuni shartli, obrazlari majoziydir. Ertak yakunida qissadan hissa chiqadi.

Xulosa qilib aytganda, hayvonlar haqidagi ertaklar xayoliy-uydirma voqealardan tashkil topgan bo`ladi. Bunday etaklarda hayvonlar dunyosi insonlar bilan bir vaqtning o`zida to`qnashadi, so`zlashadi. Hayvonlar xuddi odamlardek harakat qiladi. Hayvonlar haqidagi ertaklarda boshdan-oyoq bir fikr-zo`rlik, jismoniy kuchdan, nohaqlikdan, adolatsizlikdan aql kuchi bilan qutulish mumkin degan xulosa kelib chiqadi. Ertaklar majoziy xususiyatga ega bo`ladi-hayvonlar kishilarning harakatlari, so`zlari, qiliqlarini bajaradilar. Ertak mazmunida ijtimoiy ma’no yotadi. Hayvonlar haqidagi ertaklarning voqeasi juda qisqa va sodda, bir-ikki epizoddan iborat bo`lishi mumkin. U ham ko`pincha dialoglardan-savol-javoblardan tashkil topadi. Ertak oxirida qissadan hissa chiqariladi. Hayvonlar haqidagi ertaklar hozirgi paytda, asosan bolalarga aytiladi. Bu ertaklar ibratomuz g`oya va ta’limiy funksiyasi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

Sehrli ertaklar. O`zbek xalq ertakchiligi repertuarida sehrli ertaklar katta o`rin egallaydi. Bu xildagi ertklar sehrli, fantastik uydirmalar asosiga qurilganligi bilan ajralib turadi. Sehrli ertaklarning yuzaga kelishi qadimiy tarixga ega bo`lib, ildizi boshlang`ich jamiyatga borib yetadi. Sehrli ertaklarda personajlar, voqea va hodisalar odatdan tashqari, g`ayritabiiy holda, tasvirlanadi. “Ularning ma’nosi qadimgi ishchi odamlarning o`z mehnatlarini osonlashtirish, uning mahsuldorligini oshirish, to`rt oyoqli va ikki oyoqli dushmanlarga qarshi qurollanish, shuningdek, so`z kuchi “qarg`ish” va “afsunlar” vositasi bilan tabiatga va insonga qarshi hodisalariga ta’sir qilish istagidan iboratdir”.6 Sehrli ertaklarning har bir epizodi qahramonlarning xatti-harakatlari sehr, jodu, mo`jiza, xayoliy obrazlar bilan bog`lanadi. “Devsafit”, “Ilon og`a”, “Yalmog`iz”, “Semurg`”, “Ilon pari”, “Devbachcha”, “Kenja botir” kabi ertaklar zaminida ibtidoiy dunyoqarash-tabiat kuchlarini ilohiylashtirish, hayvonlarni muqaddas bilib, ularga topinish asosiy o`rin tutadi.

Sehrli ertaklarda pari, yalmog`iz, dev, ajdar, semurg` kabi fantastik va mifologik obrazlar sistemasi mavjud. Bularning ko`pchiligi salbiy xususiyatlarga ega. Shulardan pari obrazi, bir tomondan, donishmand va go`zalikka ega bo`lgan ijobiy personaj, ikkinchi tomondan, yovuz kuch, xiyonatkor, jodugarlikka ega bo`lgan salbiy personaj sifatida ifodalangan.

Parilar ertaklarda kaptar, o`t, ilon, kampir, kiyik, maymun, odam, baliq va boshqa turli qiyofalarda ko`rinadilar, afsonaviy Eram bog`i, Ko`hi Qof tog`ida yashaydilar. Uylarni dahshatli devlar qo`riqlaydi. U qahramon bilan to`qnashuvda sinab ko`rish uchun qiyin shart, topshiriqlar qo`yadi.

Sehrli ertaklar poetikasida tilsim alohida o`rin tutadi. Tilsim va tilsimli hodisalar ta’sirchanlikni orttirib, ertakarga xos tabiat yaratadi, voqea va hodisalar mazmunini ochadi, qahramon ruhini belgilaydi. Tilsim syujetning asosiy bezagi, ertak poetikasining tarkibiy qismidir. Sehr-jodu va tilsim vositalari ertak syujetini harakatga keltiradi, qhramonlar xarakerini belgilaydi.

Sehrli ertaklarning qahramonlari ikki xil kuchga-bir tomondan, afsonaviy, sehrli, yovuz kuchlarga qarshi kurashsa, ikkinchi tomondan, turmushdagi adolatsizlik, nohaqlik, zulm, adovat, fitnachilikka qarshi kurashadilar. Ijobiy qahramonlar doimo mehnat kishilarining oddiy vakillari-kenja o`g`illar, yetim qizlar, tuhmatga uchragan kelinlar, cho`pon, hunrmand yigitlardir.

Hayotiy-maishiy ertaklar. O`zbek xalq og`zaki ijodida hayotiy-maishiy ertaklar alohida o`rin tutadi. Ular real, hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan bo`lib, fantastika elementlari yordamchi motivlar shaklida namoyon bo`ladi. Sarguzasht, ishqiy-sarguzasht, oilaviy mojarolar asosiy mavzu bo`lgan bunday ertaklarda inson markaziy siymo-asosiy qahramon bo`ladi. Ertak qahramonlari-hayotning faol kishilari, ular ajoyib va g`aroyib yordamchilarsiz ish ko`radilar, aql kuchi, tadbirkorlik, chidam, jasorat, iroda kuchi, do`stga vafodorlik, sadoqat, adolatsizlikka nisbatan murosasizlik ularning asosiy sifatlaridir. Undagi barcha epizodlar zamonaviy-ertak tinglovchiga tanish bo`ladi. Ertak syujetini, asosan ijyimoiy-maishiy motivlar tashkil qiladi. Hayotiy-maishiy ertaklar sehrli ertaklar asosidagi an’analardan kelib chiqqan va ko`p jihatlardan ularga o`xshab ketsa-da ( masalan, kishilarga yaxshilik qilish, yurtda adolat o`rnatish uchun kurash, kompozitsion o`xshashliklar, ertak sxemalaridagi umumiylik, g`oya o`xshashligi, epik qoidalar birligi va h. k.), biroq ulardan real hayot voqealari asosida qurilganligi bilan ajralib turadi. Bu tur ertaklarda bosh qahramon-inson, boylar, qozilar, mulla-eshonlar, jallodlarni o`z kuchi bilan yengib chiqadi.

Hayotiy-maishiy ertaklarda ko`proq ijtimoiy tengsizlik, adolatsizlik, zulm va zo`rlik qoralanib, ezgulik, haqiqatning g`alabasi ulug`lanadi. “Ziyod Botir”, “Boltakay botir”, “Uch og`a-ini botirlar”, “Oygul bilan Baxtiyor”, “Ozoda chehra”, “Tohir va Zuhra”, “Zolim podsho”, “Farhod va Shirin” va boshqalar shu turkumdagi ertaklar sirasiga kiradi.

Hayotiy-maishiy ertaklarni mavzu yo`nalishi va g`oyaviy mazmuniga ko`ra jangovarlik, ishqiy-sarguzasht va topishmoqli ertaklarga bo`lish mumkin.

Jangavorlik ertaklarida asosiy mavzu elat va yurt mudofaasi hisoblanadi. Ularda ko`proq jangu jadallar bilan bog`liq bo`lgan voqea va hodisalar o`rin oladi. Shuning uchun ham adolatsiz shohlar qoralanib, xalqparvar shohlar orzu qilinadi. Ajoyib va g`aroyib hodisalar, yechilishi qiyin bo`lgan shartlarni bajarish, mardlik va jasorat ko`rsatish rang-barang ta’sirchan epizodlarda tasvirlanadi. Voqea va hodisalar, obrazlar konkret qo`yiladi. Bosh qahramon bosqinchi, qonxo`r, kambag`allarni zor qaqshatgan, qo`shni yurtlarni talon-taroj qilgan, haramda qirq xotini, to`rt yuz cho`risi bo`lgan, noinsof, zolim shohga qarshi kurashda katta mardlik, jasorat namunalarini ko`rsatadi va uni yengadi, yovuz kuchlarni yo`q qiladi. Ziyod botir, Boltakay botir, Bekmon botir, Uch og`ayni botirlar xalq ideali, tinchlik, mustaqillik, mardlik, to`g`rilik, mehribonlik, do`stlik, adolatparvarlikning ramziy ifodasidir. Bunday bahodirlar qahramonlik tipidagi ertaklarda tasvirlangan pahlavonlarning tadrijiy rivoji bo`lib, demokratik g`oya, yuksak axloq normalari bilan bog`liq xususiyatlar aks ettirilgan. Bu hol “Boltakay botir” ertagida yaqqol ko`rinadi. Botir va uning xususiyatlari pahlavonlar singari ta’riflansa-da, talqindagi bo`rttirish hayotiy: “Guljon suluv Boltakay botirga tegmasdan ilgari ko`p yigitlar bilan olishib, yengib chiqqan ekan, qilich urishda, ot chopishda, yoy otishda unga yolg`iz Boltakay botir bas kela olgan ekan. Shuning uchun Guljon suluv Boltakay botirga xotin bo`lgan ekan”. Demak, qahramonning jasorat ko`rsatishi hayotiy an’ana bilan bog`liq.

Boltakay siymosida vatanparvarlik g`oyalari barq urib turadi.Dushmanni quvib yurtdan chiqib ketayotgan botir ona tuproqdan bir siqim olib: “O`lsam kafanim bo`lasan, o`lmasam choponim bo`lasan”,-deb cho`ntagiga solib qo`yadi. Ideal obrazning ana shu shaklda aks etishi jangovarlik tipidagi ertaklarning o`ziga xos xususiyatini belgilaydi.

Hayotiy-maishiy ertaklarning bosh qahramonlari bo`lgan oddiy xalq vakillari-dehqon, cho`pon, dono qiz, kambag`al yigit, hunarmand podachilar adolatsizlikdan keyin, ig`vo va fitna kabi yaramasliklarga qarshi shafqatsiz kurash ochadilar. Hikoya qilingan voqea va hodisalar xayoliy-fantastik joylar-yer osti, osmon usti, qoyalar, suv osti, qush uchsa qanoti, odam yursa oyog`I kuyadigan joylarda emas, balki real, hayot qaynagan shahar va qishloq, bog`-rog`larda bo`lib o`tadi. Mifologik obrazlar-dev, ajdar, yalmog`izlar umuman qatnashmaydi, ba’zi-ba’zida uchraydigan shayton, alvasti, baxt qushi, davlat qushi, shum kampir singarilar ko`proq poetik vosita funksiyasini bajaradilar.

Xullas, hayotiy-maishiy ertaklar, ilm-hunar, mehnat, do`stlik, qahramonlik, mehr-muhabbat, vafodorlik, chin sevgi, sadoqat, donishmandlikni targ`ib etadi, do`stni dushmandan, oqilni nodondan, samimiylikni soxtalikdan ajratishga da’vat etadi.

Xalq ertaklarida bir qator umumiy xususiyatlar mavjuddir.Bu xususiyatlar ko`proq ertaklarda badiiy vositalarining qo`llanilishida ko`zga tashlanadi. Xususan, ertaklar hamisha “ bir bor ekan, bir yo`q ekan, qadim zamonda…” kabi jumla bilan boshlanadi va “murod maqsadlariga yetibdi” jumlasi bilan yakunlanadi. Ertaklarda tasvirning ta’sirli chiqishi uchun go`zal qizlar yuzi o`n to`rt kunlik oyga o`xshatiladi. Yigitlar esa dunyoda tengi yo`q va jasur botirlarga qiyoslanadi. Bu janrga mansub asarlarda hamisha qilichlar keskir, dasturxonlar ochil, xumlar qaynama xususiyatlarga ega bo`ladilar. Ertaklarimiz o`xshatish, sifatlash va mubolag`alarga boy so`z san’ati namunasidir.

Ertaklar o`ziga xos kompozitsiyasi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, kirish qism, boshlanma, tugallamalar alohida ko`zga tashlanadi.

Kirish qismi, avvalo, ertakchining mahoratini ko`rsatadi, qolaversa, tinglovchilar diqqatini jamlab, ertak eshitishga hozirlaydi.

Boshlama ertakning dastlabki qismini ta’riflaydi. Ertaklarda an’anaviy boshlama voqeaning qay vaqt bo`lib o`tganini bildirmaydi, noaniq, umumiy tarzda ifodalaydi:”Sizga bog` bo`lsin, bizga hayot, zamonlarning zamonida, qadimlar ayyomida, bir podshohi zolim bor ekan”. Ba’zan boshlama qisqa bo`ladi. “Bir bor ekan, bir yo`q ekan, bir podachi bor ekan”. Ba’zan esa, u voqelik bilan qo`shilib ketadi. “O`tgan zamonda bir podshoh yakka o`zi ovga chiqib, ov qilib yurib, uzoqda bir narsa ko`ribdi”.



Tugallama ertakning yakuniy qismini ta`riflaydi. Sehrli ertaklarda tugallama doimo voqelikni to`y-tomosho tasviri bilan yakunlaydi. “Qirq kecha-yu qirq kunduz to`y berib, ota-onasi bilan topishib, oshlarini oshab, yoshlarini yashab, murod-maqsadlariga yetdilar”. Tugallamada optimistik ruh ustunlik qiladi.

Turli xalqlar ijodida o`xshash syujetli ertaklarni ko`p uchratish mumkin. Bunday ertaklarning mavzu va obrazlar sistemasi o`ziga xos aynanlikka ega. Bularni ko`pchilik “sayyor syujetli ertaklar” deb yuritishadi. Biroq ular qanchalik o`xshash bo`lmasin, badiiy shakl, obrazlar talqini, til vositalari jihatidan o`zaro farq qiladi. Ularda har bir xalqqa xos an’ana, milliy ruh, falsafiy-estetik qarashlar namoyon bo`ladi. Bu xildagi o`xshash syujetlar u yoki bu xalqning bir xildagi iqtisodiy, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot yo`lini bosib o`tganligidan kelib chiqadi.

«Alf layla va laylaning o'zbek tiliga tarjima qilinishi va xalq orasida o`zining rango-rang syujetlarida bayon etilgan qiziqarli hangomalari bilan mashhur bo`lganligi epik janrlarning mavzu qamrovini kengaytiruvchi bosh omillardan biri bo`ldi. Arab ertaklari ta’sirida o'zbek xalq ertaklari syujetida ham yangi motivlar yuzaga keldi. Ayrim syujetlar to`laligicha transformatsiyalashib, alohida bir ertak sifatida o'zbek folklorining milliy boyligiga aylandi. «Ming bir kecha»dagi ertaklar syujetida alohida motiv si­fatida qayd qilingan kompozitsion element o'zbek folklori epik an’analari ta’sirida mustaqil ertakka aylangan holatlar ham uchraydi. Bu epik hodisaning ikkinchi bir qirrasi, ya’ni bir xalq ertagiga asos bo`lgan syujet ikkinchi bir xalq folkloriga singib ketishi jarayonida epik asar badiiy to`qimasidagi muayyan estetik unsur (motiv)ga aylanish holati ham kuzatiladi.

«Ming bir kecha»ning 509-kechasida quyidagi ertak keltiriladi: «Jonshoh ko`p narsalarni ko`rib, ularga taajjub qildi. Uy ichidagi saroyga kirdi, hovuz yonidagi ayvonga o`rnatilgan taxtga chiqdi va taxtdagi chodirga kirib, bir oz uxladi. Keyin uyg`onib saroy eshigidan chiqdi, saroy eshigi oldiga qo`yilgan kursida taajjub qolib o`tirgan vaqtida, havodan kabutarga o`xshagan uch qush kelib, ko`lning bir tarafiga tushdi. Bir-birlari bilan o`ynashib, ustlaridagi pat-kiyimlarini yechishgan edi, dunyoda misli yo`q, oydek uch qizga aylandi. So`ngra ko`lga tushib suzishdi, o`ynashdi va kulishdi»7.

Bu lavhada dunyo xalqlari folklorining an’anaviy unsurlaridan biri — evrilish, ya’ni epik qahramonning sirli qudrat vositasida o`z shaklu shamoyilini o`zgartirib, boshqa qiyofaga kirishi motivi o`zining yuksak badiiy ifodasini topgan. Umuman, «Ming bir kecha»ga kiritilgan arab ertaklarida evrilish motivi ko`p uchraydi. Masalan, «Shoh Shahram, o`g`li Qamaruzzamon va malika Budur qissasi»da Dahnash dev «bir dumalab» burga suratiga kirishi tasvirlangan [MBK. 3. 146—147]. «Ajib va G`arib qissasi» ertagida tasvirlanishicha, sehrgar Dovul degan bir moridini chiqaribdi-da, unga bir misqol banj berib: «Isbonir madoinga bor-da, chumchuq qiyofasiga kirib, G`arib qasriga kirib, uni behush qilib huzurimga keltir!»— deb buyuribdi [MBK. 6. 256—257].

Ko`rinadiki, Daxnash dev o`zining magik qudrati, ya’ni sehrli yo`sinda o`zga qiyofaga kira olish amalini bilgani uchun burgaga aylanadi. Dovul morid esa sehrgar bergan sirli ashyo va uning magik aytimlari vositasida tusini o`zgartiradi. «Ajib va G`arib qissasi»dagi Dovul moridning chumchuq (qush) suvratiga kirib, ertak qahramonining raqibi buyurgan vazifani bajarishi xarakterli motivdir. Bunga o`xshash evrilish o'zbek ertaklarida ham uchraydi.

«Maston va uch aka-uka» ertagida yovuz niyatli shum kampir botir og`a-inilarni ta’qib qilish uchun o`z ko`rinishini o`zgartirib, qushga aylanadi. Bu ertakda evrilish motivi obrazlar tarkibining miqdoriy belgisiga monand holda uch marta takrorlanadi. Maston kampir Bo`ronbekni kalxat bo`lib, Dovulbekni boyo`g`li bo`lib, Arslonbekni esa quzg`un bo`lib ta’qib qiladi8.

Endi yuqorida keltirilgan yetakchi motiv — qushlarning o`z patini tashlab, qizga aylanishi o'zbek xalq dostonlari va ertaklarida ham uchraydi. Bu motiv o'zbek folkloriga shubhasiz, «Ming bir ke­cha» ertaklaridan o`tgan.

«Ahmadlar» ertagida dunyoda yo`q gulni topib kelishi zarur bo`lgan qahramon xotini — Dilafro`z parining maslahati bilan ko`ziga surtsa hech kimga ko`rinmas bo`lib qoladigan g`aroyib surmani surtib, Bog`i Eramni tomosha qilib yuradi. Bir vaqt «shov» etib bir to`da chiroyli kaptarlar kelib, hovuzga tushishga tayyorlanibdilar. Ahmadjon ne ko`z bilan ko`rsinki, kaptarlar bir silkinib, birin-ketin o`zini suvga tashlayveribdi. Shu vaqt yana uch kaptar osmondan uchib kelib, qiz bo`lib, o`zlarini suvga tashlamoqchi bo`lib turganida, shu uch qizdan birisining bo`ynida Ahmadjon qulfni ko`rib qolibdi»9.

Arab va o'zbek ertagida kaptarlarning qizga aylanishi motivi o`zining bayoniy usuli, ertak syujet to`qimasidagi badiiy o`rni va vazifasi, personajlar tarkibi, makoniy talqiniga ko`ra aynanlikka ega. Jonshoh kaptar-qizlardan birining husnu jamoliga shaydo bo`lib, uni sevib qoladi. Ahmadjon esa bo`yniga kalit osilgan qiz sehrli gul sohibi ekanligini bilib oladi. Har ikkala ertak qahramoni ham o`z maqsadiga yetish yo`l-yo`riqlarini yordamchi-epik ko`makchi vositasida bilib oladilar. Jonshohning oshiq bo`lganini bilgan shayx Nasr unga shunday tadbir o`rgatadi: «Ular (ya’ni kaptar-qizlar — Sh. Sh.) kelib ko`lda suzishadi, o`ynashib-kulishadi. Ular kiyimlari turgan joydan uzoqlashganda, sen o`zing xohlagan qizning kiyimini ol...» [MBK. 5. 181].

Podsho shartini bajarishga bel bog`lagan Ahmadjonni safarga jo`nayotgan Dilafro`z eriga «kaptarlar bir silkinib, qizga aylanib suvga tushishgach, boshlab bo`yniga qulf osilgan qizning kiyimlarini, keyin hammasining kiyimlarini» olishni maslahat beradi. Demak, har ikkala ertak qahramonining maqsadiga erishish usulining epik talqinida ham mushtaraklik mavjud.

Kaptarlarning qizga aylanishi motivi qadimgi odamlarnnig jon haqidagi animistik tasavvurlari asosida yuzaga kelgan. Folklorshunos F. Akramov o'zbek xalq ertaklarida ko`p uchraydigan motivlardan biri — jonivorlarning o`z po`sti yoki terisini yirtib, inson qiyofasiga kirishi «animatik mifologiya»ga aloqador deydi10.

Kaptarlarning qizga aylanishi arab va o'zbek xalq ertaklarining an’anaviy motivlaridan biri ekanligini quyidagi tipologik mushtarakliklar ham tasdiqlaydi:

«Basralik Hasan qissasi» (778—831-kechalar) ertagining bosh qahramoni hovuz bo`yida o`nta qush turganini ko`rib qoladi. Bir payt parrandalar har biri o`z changali bilan o`z qobig`ini yoribdi—ularning ustidagi terisi qush patidan ishlangan chopon ekan. Teri ichidan husni oyni sharmanda qiladigan o`nta qiz chiqibdi. Ular hovuzga tushib, cho`milishibdi (MBK. 7. 246).

«Abdullo ibn Fozil va uning birodarlari» (978—989-kechalar) ertagida qahramon tog`da ajdarhoni o`ldirib, u ta’qib qilayotgan oq ilonni qutqaradi. Go`zal qizni qo`lga kiritish uchun akalari Abdulloga dushmanlik qiladilar: uni daryoga tashlaydilar. Abdullo suv betiga qalqib chiqqanida odam gavdasidek keladigan bir qush kelib, uni changalida ko`tarib uchib ketadi. Quruqlikka chiqqach, haligi qush bir silkinib, yog`du sochib turgan quyosh kabi ajoyib bir qizga aylanibdi (MBK. 8. 507).

«Misr podshosi» nomli o'zbek ertagida bu motiv shunday badiiy ifoda qilinadi: Hamro Hurliqoni izlab, boqqa boradi. Hovuz bo`yidagi olmazorda dam olib o`tirsa, bir gala kaptarlar «duv» etib ke­lib, hovuz labiga qo`nishadi. Ular bir yumalab, dev-parilarga aylanibdilar (Gulpari. Namangan ertaklari. Toshkent, 1969, 55-bet).

Ikki xalq ertagidagi bu motivning mushtarakligini ko`rsatuvchi badiiy unsurlarni quyidagicha tasniflasa bo`ladi:

  1. qahramoning sehrli bog` yoki hovuz (ko`l) bo`yiga borishi;

kaptar (qush)larning uchib kelib, patini tashlab (terisini yorib) go`zal qizlarga aylanishi;

  1. qizlarning hovuzda cho`milishi;

  2. qahramon qizlardan birining qush terisi — libosini o`g`irlab olishi;

  3. kaptar qiz yordamida qahramon o`zi ko`zlagan maqsadiga yetishi (izlagan narsasini topishi) yoki xushsurat qizga uylanishi.

Bu motiv ozarbayjon ertaklarida ham bor: kaptar-parilar cho`milishidan avval, taom yeyish yoki shaxmat o`ynash ehtiyoji tug`ilganda o`zlarining «qush libos»larini yechadilar11.

Kaptarlarning o`z «libosini» tashlab, qizga aylanishi motivi pari to'g'risidagi mifologik tasavvurlarga ham aloqador. G. P. Snesarev to`plagan etnografik ma’lumotlarga ko`ra, xorazmlik shomonlarnnng homiylari — parilar kaptar suratida namoyon bo`lishar ekan. Xorazm xalq afsonalarining an’anaviy mifologik personajlaridan biri Hubbi ham kaptarga aylanib, onasining huzuridan uchib ketganligi tasvirlanadi12.

Bu motivning tarixiy ildizlarini mifologiyaning epik janrlarga diffuziyasi aspektida tekshirgan B. Sarimsoqov «ko`k kaptar qiyofasida uchib kelib, bir dumalab go`zal malikaga aylanadigan mi­fologik obraz» xususida shunday yozadi: «Agar xalq orasida yuruvchi turli xalqdagi rivoyat va naqllarga diqqat qilinsa, ularning barchasida ham parilar faqat kaptar qiyofasida uchrashini kuzatish mumkin. Bu narsaning sababi shundaki, kaptar o`zining turli xislatlari bilan insonga yaqin turadi. Qolaversa, qadimgi insonlarning animistik qarashlari, ya’ni kishilarning joni bevosita kaptar qiyofasida uchrashi bilan izohlanadi.Ko`pgina xalq ertak va dostonlaridagi mifologik obrazlar (masalan, maston, ajdar, dev kabilar)ning joni topilishi mushkul bo`lgan joylarda, kaptar qiyofasida yashiringan bo`ladi... Qadimgi insonlarning jon haqidagi tasavvurlari kaptar bilan bog`liq ekan, demak, tirik jon — pari obrazining ham kaptar bilan bog`liqligi o`z-o`zidan tabiiy hisoblanadi. Parining kaptar qiyofasidan inson qiyofasiga yoki aksincha aylanishi uning gayritabiiy qudratga ega ekanligini anglatishdan, aniqrog`i, inson tasavvuridagi parining mifologik zaminini sehr pardasiga chulg`angan holda ifodalashdan iborat».

Nazarimizda, jonning qushga aylanishi haqidagi animistik tasavvurlar insonning qushga yoki aksincha, qushning odamga evrilishi to'g'risidagi miflarni yuzaga keltirgan. Bu mif qushning go`zal qizga aylanishi motivi sifatida keyinchalik ertakka transformatsiyalashgan. Shuni ham aytish kerakki, tarixiy-genetik asosiga ko`ra, bu motiv arab folklorida shakllangan bo`lib, Markaziy Osiyo xalqlari animistik miflarining hind-eron asotirlari orqali arab folklori epik janrlarining syujet tizimiga singib ketishi biz tahlil qilayotgan an’anaviy motivning yaratilishi uchun epik asos bo`lgan.

«Ming bir kecha» ertaklari ta’sirida o'zbek folklorida ommalashgan bu motiv ertaklardan tashqari ayrim dostonlarda ham qahramon epik sarguzashtlarini boyituvchi badiiy detal sifatida ishtirok etadi. «Malikai ayyor» dostonida Go`ro`g`lining Shakarko`lda parilarni uchratishi tasviri yuqorida keltirilgan epik motiv — kaptarlarning ko`l bo`yiga uchib kelib, patlarini tashlab, go`zal qizlarga aylanishi lavhasi asosida bayon qilinadi.

Nazarimizda, bu motivning tarixiy ildizlarida evrilish haqidagi qadimgi eposlar va ibtidoiy marosimlarga aloqador ma’lumotlar jamlangan. Qadimgi odam magik kuchga ega bo`lgan kishilar totem jonivor qiyofasiga kirishi mumkin deb bilganlar. Ibtidoiy marosimlarda ma’lum bir jonivor terisini yopinish o`sha jonzotga aylanishning ramziy ifodasi deb qaralgan. Shu marosim udumlari ertakda deyarli aynan saqlangan: kaptarlar pari-qizlarga aylanish uchun ustidagi «qush libosi»ni yechishadi xolos. «Tong otgach, qizlar pat-kiyimlarini kiyib, yana kabutar qiyofasiga kirib, uchib ketibdilar» (MBK. 5. 178).

Syujeti olov bilan bog`liq motivlarga asoslagan ertaklarda yalmog`iz, maston, jodugar kabi obrazlar ko`p uchraydi. Qadimiy negizi matriarxat davrga borib taqaluvchi bu obrazlar ertak qahramonining goh epik raqibi, gohida esa uning ishlarini osonlashuvi uchun bir vositadir: u qahramonga yordam beradi. Maqsad uchun kurashida unga ko`maklashadi, jumboqlarni yechishning to'g'ri va yengil yo`llarini, shartlar sehrini aytib beradi. Kampir kasallarni sog`aytirish yo`llarini ham biladi. Chunonchi «Abulqosim» ertagida qahramon malikaga mushuk berib, har kuni uy supurilganda topilgan mayizning yarmini mushukka berish lozimligini aytadi. Lekin qiz shartni buzadi, natijada mushuk qizning olovini o`chirib ketadi. Qiz olov qidirib yalmog`iz huzuriga keladi va yalmog`iz har kuni qizning qonini so`ra boshlaydi. Ahvoldan xabar topgan akalar yalmog`izni ushlab qizni unga yutqazadilar va qiz tuzalib, chiroyli bo`lib uning og`zidan qaytib tushadi. So`ng yalmog`iz qo`lsiz yigitni yutib, qo`llarini avvalgi holiga keltirib chiqaradi. Olovi o`chib qolgan qahramonning o`t qidirib yalmog`iz kampir huzuriga kelib qolishi sehrli ertakka xos an’anaviy motivlardan biridir. Bu syujet elementi, ya’ni o`tning ramziy egasi kampir bo`lganligini ko`rsatadi. Haqiqatan ham qabilachilik davrida urug` olovini qo`riqlash va uning hamisha yonib turishi uchun javobgarlik ayollar zimmasiga yuklatilgan. Agar qabila ikkiga bo`linib, birorta urug` ajralib chiqmoqchi bo`lsa, o`t egasi hisoblangan kampir qabiladagi eng hurmatli ayolga olov bergan va u ana shu olovni yangi qabila o`chog`ida doim o`chirmay saqlashi kerak bo`lgan .

Ertak qahramonining o`z sevgilisi, vafodorini qidirib o`zga yurtga otlanishi safar davomida turli to`siq-qiyinchiliklarni yengib o`tib, barcha shartlarni bajarib, maqsadga erishishi motivlari ham xalqimizning qadimiy oilaviy maishiy marosimlari, qabilachilik davri udumlari zaminida yaratilgan. Davrlar o`tishi bilan bu marosim unutilib, uning zaminida ertaklarga xos an’anaviy motivlar vujudga keladi. O'zbek xalq ertaklarida podsho o`z farzandlari uchun o`zga yurtlardan kelin qidirishi, shahzodalarni boshqa mamlakat, urug` qizlariga uylantirishi o'zbek folklori epik janrlari uchun xarakterli motivlardan biri hisoblanadi.

Xalqimizning o`gay ona va qiz syujeti bilan bog`liq ertaklari ham qadimiy marosimlar zamirida shakllangan bo`lib, o`zga xalqlarning shunday motivli ertaklaridan farqli o`ziga xos xususiyatlarga ega. O`gay ona obrazining prototipi bir urug`dagi erkak va ayolning birga turmush qurishi taqiqlanishi tufayli o`zga urug`dan kirib kelgan ayoldir. Ma’lumki, qadimda yetim bola tog`asi, xolasi va boshqa qarindoshlari qaramog`ida bo`lib, otaning merosxo`ri hisoblangan. Otaning o`zga urug`ga mansub ayolga uylanishi udumi vujudga kelgach, u (yetim bola) merosxo`rlikdan mahrum etilgan. O`gay ona va uning farzandlari yetim bola uchun begona hisoblanganlar. Natijada yetim bola bilan o`gay ona o`rtasida ziddiyat tug`ilishiga sabab bo`lgan va bu holat xalq ertaklarida o`zining badiiy aksini topgan. Natijada «Zumrad va Qimmat» tipidagi ko`lab ertaklar yuzaga kelgan.

O'zbek xalq ertaklarida xalqimizning juda qadimiy urf-odat va udumlari, chunonchi, yangi tug`ilgan chaqaloqlarni beshik ketti yo`li bilan yoshlik chog`idanoq unashib qo`yish odati ham ko`plab ertak va dostonlarda o`z ifodasini topgan. Qadimda beshik, belanchakdagi bolalar qabila oqsoqollari tomonidan unashtirilgan. Muayyan magik ma’noga ega bo`lgan unashuvni buzishga hech kimning haqqi bo`lmagan. Ana shu udum asosida «Tohir va Zuhra» ertagi va «Alpomish» dostonidagi unashtirish yoki qudalashishga ahdlashuv motivi" yuzaga kelgan.

Nikoh to`yi bilan bog`liq urf-odatlar sirasiga kiradigan yana bir odat — qizning otasi tomonidan o`z bolasi uchun qalin olishi udumining tarixiy ildizlari ham qadimiy xalq qarashlariga borib taqaladi. Bu odat hozirga qadar xalqimiz orasida saqlanib, turli-tuman ko`rinishlardagi motivlar sifatida folklor asarlariga, jumladan ertaklarimizga ham singib ketgan. Hayotda qiz uzatuvchi oila bolasi uchun qalin sifatida pul, qo`y, guruch, un va boshqalarni oladi. Ertaklarimizda esa bu udum qahramon, ya’ni bo`lg`usi kuyov oldiga juda qiyin, bajarilishi og`ir bo`lgan shartlarni qo`yish va ularning hal etilishi tarzida namoyon bo`ladi. Ko`pincha qirq yoki yuz tuya tilla berish, usti osmonga, osti yerga tegmagan oltin qasrni qurish kabi qiyin shartlar qo`yiladi. Yigit podsho qo`ygan shartlarni sehrli kuchlar yordamida bajaradi. Bu, albatta, hayotiy voqelikning ertaklarda xalq didiga, istagiga mos qilib tasvirlanishi an’anasining o`ziga xos badiiy ifodasidir. Ertak qahramoni boyligi bilan emas, balki ilmi, odamiyligi, odobliligi, tadbirkorligi, bahodirligi, to'g'ri so`zligi, mardligi kabi yuksak insoniy hislatlar bilan sinaladi va baholanadi.

O'zbek xalq ertaklari syujet tizimidagi ko`pgina an’anaviy motivlarning kelib chiqishi xalqimiz hayoti, yashash tarzi, dunyoqarashi, ruhiy olami, urf-odatlari va udumlari bilan uzviy bog`liqdir.

Bilamizki, hayot ziddiyat va qarama-qarshiliklardan, ezgulik va yovuzlik o`rtasidagi to`qnashuvlardan iborat. Buni hech kim inkor eta olmaydi. Shunday ekan adabiy asar ham konfliktsiz bo`lishi mumkin emas. Ammo shuni unutmaslik kerakki, hayot ziddiyati bilan badiiy asar konflikti aynan bir narsa emas. Hayotdagi konflikt-ijtimoiy hodisa, asar syujetining konflikti esa estetik hodisadir.Dastavval, konflikt nima degan savolga javob beraylik.

Konflikt (lot. conflictus-ixtilof, to`qnashuv)-badiiy asarda ishtirok etuvchi shaxslar o`rtasidagi yuzma-yuz kurash yoki qahramonning o`z atrofini qurshab olgan muhiti, o`z-o`zi bilan ruhiy to`qnashuvi, olishuvi. Konflikt-syujetni harakatga keltiruvchi asosiy kuch.Badiiy asar voqelikni badiiy aks ettirgani va uning markazida inson obrazi turgani uchun ham insonning real hayotida mavjud konfliktlarning bari unda badiiy aksini topadi. Shu nuqtai nazardan badiiy konfliktning uchta turi farqlanadi:

  1. Xarakterlararo kopnflikt

  2. Ijtimoiy konflikt

  3. Psixologik konflikt

Ayish kerakki, konfliktning mazkur turlari badiiy asarda aralash holda namoyon bo`ladi.O`zbek xalq ertaklari syujeti ham ziddiyat va to`qnashuvlar asosiga qurilgan. Ularda ham konfliktning turli ko`rinishlari uchraydi.

Ertak-novellalarda konflikt o`zining hayotiy voqealarga asoslanishi bilan ajralib turadi. Syujet qisqa bo`lsada, konflikt g`oyaviy yetuk, keng falsafiy mushohadalarga asoslanib, u yoki bu davrga xos muammolarni aniq va to`liq ifodalaydi. Konfliktning o`ziga xos tomonlari shundaki, asosiy ziddiyat kutilmaganda, qisqa to`qnashuvlar chatijasida hosil bo`ladi. Uning yechimi esa o`sha soniyada yuz berishi bilan ajralib turadi.

Ertak-novellalarda konfliktlar xarakter xususiyatiga ko`ra ijtimoiy-maishiy, oilaviy-maishiy va ta’limiy-didaktik ma’noli qarama-qarshiliklarni o`zida mujassamlashtiradi.

1. Oila jamiyatning kichik bir zarrachasi. Davr, jamiyat o`zgarsa-da, oilaning ayrim o`ziga xos qonun-qoidalari, an’analari, ba’zi bir muammolari o`zgarmaydi. Umuminsoniy fazilatlar hammavaqt birday qimmatga ega bo`lib qolaveradi. Ertak-novellalarda xuddi ana shu nozik insoniy tuyg`ular qarshilikka uchraganda yoki kamsitilganda konflikt yuzaga keladi va u oilaviy-maishiy mazmun kasb etib, murakkab hissiyot, ichki tuyg`u, kechinmalarda yuz beradi. Shu o`rinda «Xasis boy va uning o`g`illari», «Chol bilan kampir», «Dono xotin» singari ertak konfliktlari xarakterlidir. Mazkur ertaklarda konfliktning natijasi bo`lmish asosiy g`oya yetakchi qahramondagi donolik, tadbirkorlik, mehr-oqibat, sadoqat, mehnatsevarlik kabi ijo biy sifatlarni ulug`lash bilan uni salbiy holatlarga qarshi qo`yadi.

«Xasis boy va uningo`g`illar13 ertagida asosiy konflikt och­ko`zlik zaminida kelib chiqadi. Topib olingan oltinni uchga bo`lsak ozginadan tegadi degan fikr bilan akalar kichik ukani o`ldirishga qaror qiladilar. Kichik ukaning ruhiyatida esa ochko`zlik yana ham kuchli. U oltinni bir o`zi olish maqsadida akalarining ovqatiga za­har qo`shib qo`yadi. Xuddi ana shu hodisa sabab konfliktning maishiy mazmuni qat’iylashadi. Oltin tufayli oqibatsiz aka-ukalar hayotdan ko`z yumadilar. Ertakda qarama-qarshilik boylik uchun kurash oqibatida kelib chiqadi. Konflikt ochko`zlik, ziqnalik, bemehrlik, boylikka hirs qo`yish, nihoyat, shafqatsizlikdan saqlaning, degan g`oyani ilgari suradi. Maishiy ma’no kasb etgan konflikt personajlar xususiyatini belgilab, ta’limiy vazifani ado etadi.

Sehrli ertaklarning aksariyat qismida konflikt ijobiy qahramon foydasiga hal bo`ladi. Ertak-novellalarda esa ba’zan raqib personaj g`olib bo`lib o`z maqsadiga erishganday tuyuladi. Biroq, u ruhan yengiladi. Bu narsa uning ruhiyatida ro`y beradi. Demak, ertak-novellalarda salbiylikning ma’naviy jihatdan yengilishi ijobiy fazilatning ustunligidan kelib chiqadi. Konfliktning bunday xal etilishi asosan novella turidagi ertaklarga xosdir. Xulosa qilib aytganimizda, oilaviy-maishiy mazmundagi konfliktlar qarama-qarshi xislat, his-tuyg`u va istaklar to`qnashuvidan iborat bo`lib, yechimda ba’zan yaxshi fazilatlarning ustuvorligi to`g`ridan-to`g`ri ko`rsatilsa, ko`pchilik hollarda yomonlikning oqibatini ko`rsatish orqali yaxshilik ulug`lanadi.

2. Ijtimoiy-maishiy ma’nodagi konflikt asosan satirik ertak­larga xos. Satirik ertaklarda konfliktning yuzaga kelishida ijti­moiy voqealar asos qilib olinadi va bu nuqsonlarni fosh etish aso­siy maqsadga aylanadi. Ertak-novellalarda esa buning aksi o`laroq, maishiy hayot ziddiyatlarining kelib chiqish sabablari ijtimoiylikka bog`langan holda badiiy aks etadi. Ertak-novellalarda bu xil konflikt asosan ikki xil sharoitda yuz beradi. Biri, oila a’zolarining o`zaro munosabatida, ikkinchisi esa hokim tabaqa vakillari bilan to`qnashuvda. Birinchi sharoitda konflikt moddiy boylik yaratuvchining o`z boyligidan bebahra qolishi patijasida yuz beradi. Demak, boylik bilan kambag`allik o`rtasidagi nomutanosiblik konfliktni keltirib chiqaradi. «Avom folchi», «Mulla tappak», «Arab laqqi» ertaklarida ana shu tipdagi konfliktni ko`rishimiz mumkin. Savodsiz, qarib ishlashga kuchi yetmay dolgan chol o`lgan folchi qo`shnisining kitobini olib folbinlik qilishga majbur. Konflikt aslida ana shu oiladagi yo`qchillik, yetishmovchilikdan kelib chiqadi. Konflikt fol ochishni bilmaydigan chol ruhiyatida sodir bo`ladi: «Bir kuni mushkul ish kelib, topib berolmay sharmanda bo`laman»14 degan qarshilik ko`nglida bosh ko`tarib tursada, o`zi xohlamagan holda yana shu ishni davom ettiradi. Favqulodda yuz bergan hodisalar konflikt mazmunini chuqurlashtiradi. Fol ko`rish va uning tasodifan to'g'ri chiqishi ruhiy ziddiyatni kuchaytiradi: «Podsho bir chigirtkani qo`lida ushlab: «qo`limdagi nima?», dedi. O`zini qo`lga tushgan chigirtka hisoblab taqdiridan noligan chol: «Bir qutildi bu malax, ikki qutildi bu malax, oxiri tutildi bu malax», deydi. «Barakalla, dedi shoh va qo`lini ochdi». So`nggi tasodif cholning dono va tadbirkorlik vaziyatni to'g'ri fahmlashi kabi xususiyatlarini oydinlashtiradi. Ertakda qashshoqlikka qarshi norozilik g`oyasi ilgari suriladi va bu g`oya avom folchi ruhiyatida uning munosabatida umumlashtirilgan. Bunday umumlashmalar konfliktga ijtimoiy tus beradi.

Ijtimoiy-maishiy mazmunni keltirib chiqaruvchi ikkinchi sharoit esa qarama-qarshi tabaqa vakillari o`rtasidagi munosabatga asoslanadi. Bu tur ertaklarda ham voqea oddiy oilaviy muammolardan boshlanib, ijtimoiy tengsizlikka kelib taqaladi. Ba’zi hol­larda bu hodisa rivojlanib, ijtimoiy-siyosiy qarama-qarshilikkacha borib yetadi. Mazkur turdagi ertaklarda endi maishiy mazmunga nisbatan ijtimoiy ma’no yetakchilik qiladi.

«Arab laqqi»15 ertagida shu mazmunni ifodalagan konflikt nihoyatda sodda va aniq aks etadi. Podshohlik muhiti saroy va hukmron tabaqalar o`rtasidagi ijtimoiy ziddiyat xizmatkor qiziqchi bilan bog`lik munosabatlar misolida beriladi.Qozi, ulamo,vazir, va mullalarning bir-biriga qarshi fitnalari shoh qarshiligiga uchraydi. Podsho qozi, ulamolari oldida qiziqchining qulog`iga bir nima deydi. Yuzaga kelgan tugun konfliktni ijtimoiy mazmun tomon yo`naltiradi. Mazkur voqeadan xavotirlangan ulamolar cholga sovg`alar bera boshlaydilar. Ana shu epizod konfliktning ikki toifaga mansub kishilar o`rtasidagi ziddiyatda yechilishiga sabab bo`ladi. Konfliktda ijtimoiy, maishiy hayot taomillarining buzilishi qoralanadi.

3. Ta’limiy-didaktik xarakterdagi konfliktlar ma’rifiy, tarbiyalovchi g`oyalarning ochilishiga xizmat qiladi. Bu xil konfliktlar endi ma’naviy barkamollik bilan axloqiy qashshoqlik o`rtasidagi ziddiyatni badiiy aks ettiradi. Yana bir tomoni va eng muhimi u yetak­chi qahramonni ideallashtiradi.

Ta’limiy-didaktik mazmundagi konfliktlarga asoslangan ertaklarning ma’lum bir qismini ota-ona va farzandlar munosabati bi­lan bog`liq muammolar tashkil etadi «Shirin uyqu», «Ota vasiyati», «Hunarsiz kishi o`limga yaqin» kabi ertaklarda konflikt mehnatsevarlik va dangasalik, rostgo`ylik va yolg`onchilik, mehr va oqibatsizlik, bilim va bilimsizlik o`rtasidagi qarama-qarshiliklar natijasida paydo bo`ladi. Mazkur turdagi ertaklarda konflikt qahramonning ichki kechinmalarida yuz beradi.

«Ota vasiyati»da16 dangasalik mehnatsevarlikka qarshi qo`yiladi. Vasiyat sabab, o`zi xohlamagan xolda bog`dan mo`l hosil olgan o`g`il ruhiyatida, fikrida ijobiy o`zgarish paydo bo`ladi. Dastlab «otam aldamadimikin?» deb o`ylagan o`g`il oltin o`zining halol mehnati ekanligini tushunib yetadi. Yoki, «Teshik danak»da17 dastlab xotinining "gapiga kirib onasiga zulm qilgan o`g`il ruhiyatidagi qarama-qarshilikda farzandlik mehrining ustun kelishi ulug`lanadi. «Hunarsiz kishi o`limga yaqin»18 ertagida esa ilm-ma’rifatni ulug`lash g`oyasi olg`a suriladi. Demak, ta’limiy-didaktik mazmundagi konfliktlarning aksariyati ikki xil fazilat, qarama-qarshi axloq o`rtasida yuz beradi va yaxshi fazilatlarni ulug`laydi. Shuning natijasida asosiy g`oya inson manfaatlarining eng yuksak tomonlarini bo`rttiradi.

Ta’limiy-didaktik ertaklar orasida topishmoqli ertaklar ham alohida bir turkumni tashkil etadi. Bunday ertaklarda syujet aqliy sinov asosiga quriladi. Ertakdagi topishmoqli epizodning birinchi asosiy vazifasi qahramondagi topqirlik va hozirjavoblikni sinash va aniqlash bo`lsa, boshqa bir vazifasi konflikt mazmunini belgilashdan iboratdir.

Ertak-novellalarda sof topishmoqning ramziy yoki ko`chma ma’nodagi shakllari mavjud. «Dono yigit va uning qaylig`i»19, «Ayoz»20 ertak­larida topishmoqning sinov shaklini uchratamiz. Konflikt ana shu aqliy tortishuvda yuz beradi, uning yechimi esa topilmaning aniqlanishida hal bo`ladi. Yechim bilim va donolikni ulug`laydi. Konfliktning ta’limiy xarakteri topishmoq turidagi tortishuvlarda oydinlashadi.

Xulosa qilib aytganimizda, ertak-novellalar konflikti turli ko`rinishlarda, turli xil sharoitda, turli toifadagi kishilar muno­sabati, ichki kechinmalarida yuzaga kelib, xalqchil, milliy, ta’limiy- didaktik g`oyalarni ilgari suradi.
X U L O S A

Xulosa o`rnida shuni aytish mumkinki, ertaklar xalq og`zaki ijodiyotining eng qadimiy, ommaviy va keng tarqalgan janrlaridan biridir. Ertaklarda mehnatkash xalq ommasining eng yaxshi sifatlari-insonparvarlik, vatanparvarlik, do`stga sadoqat, yorga vafodorlik, shu yo`lda qahramonlik, jasorat ko`rsatish kabi fazilatlari hikoya qilinadi, axloq va odobning yuksak namunalari ulug`lanib, zulm zo`rlik qoralanadi. Ertaklar kishilarda hayotga muhabbat uyg`otadi, kelajakka umid ko`zi bilan qarashga, eng yaxshi turmush, farovon hayot uchun kurashishga chaqiradi, yer yuzida adolat va insofning tantana qilishiga ishonch hosil qiladi. Xalq ertaklarining g`oyaviy yo`nalishida shu ertakni yaratgan xalqning orzu-umidlarini ifoda qilish bilan umuminsoniy mavzularni bayon etish muhim o`rin tutadi. O`zbek xalq ertaklari xalqimizning uzoq davrlardagi hayoti, ijtimoiy munosabatlari, urf-odatlari, siyosiy va axloqiy tushunchalarini, dunyoqarashlarini, o`zbek tilining xususiyatlarini, boyligi va rang-barangligini yaqqol namoyish qiladi. Ertaklarni o`zbek xalqining badiiy tarixi, jonli san’ati deyish mumkin. Ular o`tmishning belgilarini saqlagan holda, kishilarning bugungi hayoti bilan ham hamohang bo`ladi; estetik lazzat bag`ishlaydi. Shu sababdan ham bunday ertaklar o`lmaydi, sevib tinglanadi.

Bugungi istiqlol shabadasi esayotgan bu zaminda adabiyot sohasiga bo`lgan e’tibor kundan kunga oshib bormoqda. Jumladan, ertak janri sohasida qator izlanishlar olib borildi. O`zbek xalq ertaklaridan ayrim ertak to`plamlari maydonga chiqdi. Har yilgi tashkil etilayotgan folklor ekspeditsiyalari yaxshi natijalar bermoqda. Ertaklarni yozib olish va nashrga tayyorlash ishlari hamon davom etmoqwda. O`zbek xalq ertakchilaridan biz Nurali Nurmat o`g`li (Qo`qon), Hasan Xudoyberdi o`g`li (Namangan), Husanboy Rasul o`g`li (Marg`ilon), Sharif Musayev (Toshkent), Mahfura Sobirova (Xorazm), Murodilla Ziyodov (Andijon) kabi iste’dodlarni tilga olamiz. Hozirda esa Surxandaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi Abdug`ofur Abdushukurovdan ham ancha ertaklar yozib olingan. Ulardan boshqa O`zbekistonning turli viloyat, tuman va qishloqlarida hali bizga ma’lum bo`lmagan, lekin repertuari boy bo`lgan ertakchilar borki, ulardan biz tez orada ertaklarni yozib olishimiz kerak.

Bugungi kunda ertaklar nafaqat to`planmoqda, balki chet tillarga ham tarjima qilinmoqda. Hozirgi kungacha xalq og`zaki ijodi durdonalaridan hisoblanmish ertaklar olmon tiliga bir necha to`plamda rus, rumin, bulg`or tillari orqali, keyingi yillarda esa bevosita o'zbek tilidan o`girilib, nemis kitobxonlarining sevimli asarlariga aylanganligi hammaga ayon. Professor Karl Rayxl zo`r mahorat bilan turkiyzabon xalqlar eposi namunalaridan o`girayotgan va olmon o`lkasidagi nashriyotlar «jon-jon» deb chop etayotgan silsilalar ham bizga yetib turibdi. Lekin o'zbek tilini mukammal o`rganib, bu tilda maqolalar yozib, asarlar yaratib, tinib-tinchimagan olima I. Laude-Sirtaustasning «O'zbeklarning ertaklari» to`plamining yangi nashri alohida diqqatga sazovordir. Chunki olima bir necha marta yurtimizda bo`lganida, xalq og`zakn ijodi bilan qiziqib namunalar yozib oldi, har tomonlama o`rganib, xalqimiz orasida keng tarqalgan, ularning sevim­li asarlariga aylanib qolgan ertaklarni o`girib, nemis xonadoniga yetkazish havasi uyg`ongan edi. I. Laude-Sirtaustasning bir necha yillik mehnati buni ro`yobga chiqardi. Boshqa to`plamlardan farqlash maqsadida bo`lsa kerak, tarjimon aynan o`z to`plamiga «O'zbek­larning ertaklari» deya nom qo`ydi.



Ulug` rus shoiri A.S.Pushkin ertaklar haqida gapirib: “Ertaklarning go`zalligiga qarang! Har biri bir doston!”-degan edi. Ertaklar keng mehnatkash omma-kollektiv ijodining mevasi bo`lib, ularda xalqning turmushi, kurashi, xarakteri xuddi oynada aks etganidek ifodalanib keladi. Ertaklarda keng mehnatkash ommaning ming yillik o`ziga xos tarixi ko`z oldimizda gavdalanadi va uning fantaziyasi real hayot bilan bog`langan. Ularda ham xalqning sotsial-siyosiy hayoti, tarbiya-axloq normalari ilgari suriladi.

Ertaklar bizga yaxshini-yomondan, to'g'rini egridan, soddani ayyordan, ishchanni yalqovdan, saxiyni ochko`zdan, kambag`alni boydan, aqllini ahmoqdan ajratishni va ijtimoiy hayot normalarini o`rgatadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. O`zbek xalq og`zaki poetik ijodi. Toshkent,1980.

  2. O. Madayev, T. Sobitova. Xalq og`zaki poetik ijodi. Sharq, 2010.

  3. D. Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish. Toshkent, 2004.

  4. T. Bobyev Adabiyotshunoslik asoslari. O`zbekiston, 2002.

  5. Z. Usmonova. Ertak-novellalarda konflikt. “O`zbek tili va adabiyoti” 1997-yil,6-son

  6. Sh. Shomurodov Arab va o`zbek ertaklari syujet tizimining tahlili”. “O`zbek tili va adabiyoti”,1996-yil, 5-son

  7. M.I.Afzalov. Ertak janri. “O`zbek tili va adabiyoti”, 1961-yil, 4-son.

  8. “O`zbeklarning ertaklari”. “O`zbek tili va adabiyoti”,1997-yil,5-son.




1 Алишер Навоий. Хазойин-ул маоний. «Наводир-уш шабоб» 1953, 321-бет.

2 М.Горкий. Адабиёт ҳақида, Тошкент, 1962,319-бет

3 Мухтор Авезов. Мысли разных лет, Алма-Ата,1961,стр.32.

4 М.Горький. Адабиёт ҳақида, Тошкент, 1962, 319-бет.

5 Э.Тейлор. Первобытная культура, М., 1939, стр 285.

6 М.Горкий. Адабиёт ҳақида, Уздавнашр, Тошкент, 1962. 263-бет.

7 Минг бир кеча. 5-том. Тошкент, 1962. 178-бет [Бундан кейин шу манбадан олинган мисолларга «МБК (жилд ва саҳифа разами)» хаволаси бериб борилади].

8 Оймомода аждахо. Ўзбек ҳалқ фантастикаси. 1-китоб. Тошкент, 1983. 91-96-бетлар.

9 Олтин бешик. Тошкент, 1985. 140-141-бетлар.

10 Акрамов Г. Аниматик мифология//Ўзбек тили ва адабиёти. 1977. 3-сон, 52-бет.

11 Гезалов Ф. Х. Структура азербайджанских волшебных сказок. АКД. Ташкент, 1990. С. 19.

12 Снесарев Г. П. Релиткы домусульманских верований и обрядов у узбеков Хорезма. М., 1969. С. 48, 255.

13 Олтин олма. Тошкент, 1966, 291-бет.

14 Олтин олма. 1966. 124-бет.

15Ойжамол. Тошкент, 1969, 172-бет.

16 Ойжамол. Тошкент. 1969, 205-бет.

17 Олтин олма. Тошкент. 1966. 288-бет.

18 Олтин олма. Тошкент, 1966, 38-бет.

19 Ойжамол. Тошкент. 1969, 10-бет.

20 Луқмони ҳаким. Тошкент. 1990, 23-бет.

Download 59.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling