A. Nurqulov, M. Muydinova tarixdan hikoyalar 5-sinf o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma


Download 299.78 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.03.2020
Hajmi299.78 Kb.

A. Nurqulov, M. Muydinova

TARIXDAN 

HIKOYALAR

5-SINF

O‘QITUVCHILAR  UCHUN 

METODIK  QO‘LLANMA

“TAFAKKUR” nashriyoti

TOSHKENT – 2011

Kitobxon.Com

© “TAFAKKUR” nashriyoti, 2011

ISBN 978-9943-24-032-2



UDK: 372.893(072)

N-79

Nurqulov, Adham.

Tarixdan hikoyalar: 5-sinf: O‘qituvchilar uchun metodik 

qo‘llanma/A.Nurqulov, M.Muydinova. – T.: Tafakkur, 2011. – 144 b.



I. A.Nurqulov, II. M.Muydinova.

BBK 74.266.3

Taqrizchilar:

B. Mirkomilov – JDPI Tarix fakulteti dotsenti, tarix fanlari nomzodi;

A. Zamonov – Toshkent SHPXQTMOI katta o‘qituvchisi, dotsent.

Aziz ustozlar, ushbu qo‘llanmani tayyorlashda imkon 

darajasida sodda texnologiyalardan fi oydalanildi.  Berilgan 

qo‘shimcha ma’lumotlar esa dars jarayonida sizga asqotadi 

degan umiddamiz.

Metodik qo‘llanma Respublika Ta’lim Markazi huzuridagi tatix 

fani bo‘yicha ilmiy metodik kengashning 2011-yil 17-iyundagi 

yig‘ilish qarori bilan nashrga tavsiya etilgan

Kitobxon.Com


3

KIRISH SO‘ZI

Aziz ustozlar! Ushbu qo‘llanma 5-sinf «Тarixdan hikoyalar» darsligi 

asosida tayyorlandi. Siz ustozlarning mashaqqatli mehnatini yengillashtirish 

maqsadida, har bir darsni qanday tashkil qilish kerakligi haqida taxminiy 

dars ishlanmalarini tavsiya etdik. Zero, endigina tarix fanini o‘rganishga 

kirishayotgan murg‘ak qalblar uchun har bir dars yangi kashfi yot bo‘lsin. 

O‘quvchilarni tarix faniga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish aynan bugungi 

darsingiz qanday tashkil etilishiga bog‘liq.

Dunyoda xalqlar, millatlar ko‘p. Har bir xalqning o‘z o‘tmishi, 

rivojlanishi, bugungi kuni bo‘ladi. Yurtboshimiz aytganlaridek «...Odam-

zod borki, avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabini, o‘zi tug‘ilib voyaga etgan 

qishloq, shahar xullaski Vatanining tarixini bilishni istaydi».

O‘quvchilar o‘z yurti tarixini bilgan holda, dunyodagi boshqa xalqlar 

bosib o‘tgan taraqqiyot  yo‘lini ham yaxshi bilishi zarur. Insoniyat  bosib 

o‘tgan taraqqiyot yo‘lining muhim bosqichlarini darslikda va ushbu 

qo‘llanma orqali, qo‘shimcha ma’lumotlar bilan yoritishga harakat qildik.

Ushbu qo‘llanmada tavsiya etilayotgan barcha darslar o‘qitishning 

zamonaviy texnologiyalari asosida tayyorlangan bo‘lib, ma’ruza, savol-

javob, davra suhbati, juftlikda ishlash, guruhlarda ishlash kabi o‘qitishning 

xilma-xil usullarida tuzildi.

O‘qitishning ma’ruza shaklini o‘qituvchi yuqori saviyada, faktlarga 

boy, darslikdagi va mavzuga oid bo‘lgan turli rasmlardan foydalangan 

holda qiziqarli qilib o‘tkazishi mumkin. Biroq, ma’ruza 15 daqiqagacha 

bo‘lgani ma’qul. Savol-javob o‘qitishning samarali shakllaridan bo‘lib, 

o‘quv chilarni zukkolikka, ziyraklikka, aniq va to‘g‘ri so‘zlashga, ijodiy 

fi krlashga o‘rgatadi.

Qo‘llanmada dars o‘tishning «Zinama-zina», «Bumerang», «Charx-

pa lak»,  «Тushunchalar tahlili» va boshqa usullaridan foydalanish tavsiya 

etildi. Bular o‘quvchilarni qisqa vaqt ichida ko‘proq bilim olishga, 

mantiqiy fi krlashga, o‘z fi krlarini mustaqil ravishda erkin bayon etishga, 

yakka va guruhlarda ishlashga, boshqalar fi kriga hurmat bilan qarashga, 

ko‘p fi krlardan keraklisini ajratib olishga o‘rgatadi.

Uslubiy qo‘llanmada tavsiya etilayotgan metod va shakllar qat’iy emas. 

Ular o‘qituvchining ijodiy faoliyatiga to‘siq bo‘lmasligi kerak. Dars berish 

va tarbiyalashga bo‘lgan har qanday uslubiy yondashish pedagogning 

shaxsiy tajribasining kamol topishiga xizmat qilishi lozim.

Omad Sizga aziz ustozlar!

Kitobxon.Com


4

1-dars

KIRISH. «TARIXIY XOTIRASIZ KELAJAK YO‘Q» 

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: Tarix fani haqida bilimlarga ega bo‘lishadi.

Tarbiyaviy: O‘z vatani tarixini o‘rganishga qiziqishlari ortadi.  

Rivojlantiruvchi: Tarixiy manbalarni turlarga ajratish malakasi 

rivojlantiriladi.



Mavzuning mazmuni: Vatan ta’rifi ,«Tarixiy xotirasiz kelajak 

yo‘q», O‘zbekiston – bizning Vatanimiz,tarixdan hikoyalar darsligi 

haqida.

Kalit so‘zlar: Vatan, tarix, 1-sentabr, mustaqillik.

Kutilayotgan natija: O‘quvchilar vatan, tarix, mustaqillik va 

tarix fani haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.    



O‘quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi.

Metod: Aktiv.

O‘qitish shakllari: Aralash.

Vosita:  Darslik, O‘zbekiston Respublikasi xaritasi,  vatanimiz 

manzaralari aks ettirilgan fotosuratlar, dars davomida beriladigan 

atama, tushuncha, sanalar yozilgan kartoch kalar.

Nazorat: Savol-javob, baholash, rag‘batlantirish. 

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism. 5 daqiqa.

O‘quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash, darsga jalb 

qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O‘zbekistonda 

yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.



II. Yangi dars mavzusini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash.15 

daqiqa.

Bunda o‘qituvchi «Kichik ma’ruza» orqali mavzuni tushuntiradi. 

Mavzuni tushuntirish davomida vatanimizning go‘zal maskanlarini 

aks ettiruvchi rasmlardan foydalanish, xaritadan tarixiy 

shaharlarimizning joylashuvini ko‘rsatib borish talab etiladi.    

III. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash. 15 daqiqa.

O‘quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat qilish, ularning 

faolligini oshirish uchun esa xaritaga oid topshiriqlarni, ya’ni tarixiy 

shaharlarimiz joylashgan hududlarni ko‘rsatib berishlarini aytish 

mumkin.   

Kitobxon.Com


5

1. «Vatan» deb nimaga aytilar ekan?

2. Nima sababdan bizning vatanimiz – O‘zbekiston deyiladi?

3. Prezidentimiz nima uchun «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» 

deganlar?

4. Tarix fani nima maqsadda o‘rganiladi?  



V. Dars yakunlarini chiqarish. 5 daqiqa.

1. Mavzuga doir asosiy tushunchalarni qisqacha takrorlash.

2. O‘quvchilar bergan savollarga javob berish.

3. Baholarni e’lon qilish.



VI. Uyga vazifani tushuntirish. 5 daqiqa.

1. Mavzu oxirida berilgan savol va topshiriqlar bilan ishlash.



Kitobxon.Com

6

I bob

TARIX FANI NIMANI O‘RGANADI

2-dars

TARIXIY MANBALAR 

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: Tarixiy manbalar haqida bilimlar berish.

Tarbiyaviy: Tarix fanini o‘rganishga qiziqish uyg‘otish.

Rivojlantiruvchi: Tarixiy manbalarni turlarga ajratish malakasini 

rivojlantirish.



Kutilayotgan natija: O‘quvchilar tarixiy  manbalar haqidagi 

ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.    



O‘quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi

Metod: Aktiv.

O‘qitish shakllari: Aralash, jamoa, guruhli.

Vosita:  Darslik, yozuvsiz xarita, vatman, marker, skoch, 

dars davomida beriladigan atama, tushuncha, sanalar yozilgan 

kartochkalar.

Nazorat:Savol-javob,baholash, rag‘batlantirish.  

Darsning borishi

I. Tashkiliy qism. 2 daqiqa.

O‘quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash, darsga jalb 

qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O‘zbekistonda 

yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.



II. Uy vazifasini takrorlash. 15 daqiqa. 

O‘tilgan mavzuni takrorlash uchun savollar.

1. Tarix so‘ziga ta’rif bering.

2. «Vatan» deb nimaga aytilar ekan?

3. O‘zbekiston deyilganda qayerni tushunamiz?

4. «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» iborasining ma’nosi nimada 

ekan?

5. Tarix fani nima maqsadda o‘rganiladi?  



III. Yangi dars mavzusini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash. 

12 daqiqa.

 «Guruhlar ishi». O‘quvchilar  to‘rt  guruhga bo‘linadi va ularga 

topshiriqlar beriladi. Har bir guruh o‘z topshirig‘ini darslikdan 

foydalangan holda vatmanga yozadi.



Kitobxon.Com

7

1-guruhga: Tarixiy manbalarning tarix fanini o‘rganishdagi 

ahamiyatini yoriting?



2-guruhga: Qanday manbalar asosida tarixni o‘rganish osonroq?

3-guruhga: Xronologiya fanining ahamiyati nimada?

4-guruhga: Yilni hisoblash qanday boshlangan?

Guruh sardorlari doskaga vatmanlarni osib javoblarni izohlab 

berishadi. Javoblar o‘qituvchi tomonidan to‘ldiriladi va aniqlik 

kiritiladi.



IV. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash. 10 daqiqa.

Bunda «Bingo mashqi» dan foydalaniladi.

Kitob

Avesto


Xronologiya

Arxiv


Tarixiy manbalar

Iso payg‘ambarning tug‘ilishi

Tug‘ilish

Arxeolog


miloddan avvalgi  776-yil

O‘quvchilarga oldindan tayyorlangan kartochkalar tarqatiladi. 

Kartochkalarda atamalar, iboralar va raqamlar yozilgan bo‘ladi.

 Mashq savollari:

1. Yozma manbani qayd eting? (Kitob)

2. Milodiy yil hisobining boshlanishiga sabab bo‘lgan voqea? 

(Iso payg‘ambarning tug‘ilishi)

3. Tarixiy vaqt va hodisalarni aniqlovchi fan? (Xronologiya)

4. Vatanimiz tarixiga oid eng qadimgi yozma manba.(Avesto)

5. Tarixiy ma’lumotlarni to‘plash uchun asos bo‘luvchi ashyolar? 

(Tarixiy manbalar)

6. Eski hujjatlar, yozma yodgorliklar saqlanadigan joy nomi? 

(Arxiv)

7. «Milod» so‘zining ma’nosi? (Tug‘ilish)



8. Birinchi Olimpiada o‘yinlari o‘tkazilgan yil? (Miloddan 

avvalgi 776-yil)

9. Moddiy manbalarni o‘rganuvchi qadimshunos olimlar. 

(Arxeolog)



Iqtidorli o‘quvchilar uchun savollar:

1. O‘zga mamlakatlar olimlari manbalarida vatanimiz tarixiga 

oid ma’lumotlar keltirilishi sababi nimada? 

V. Dars yakunlarini chiqarish. 4 daqiqa.

1. Mavzuga doir asosiy tushunchalarni qisqacha takrorlash.

2. O‘quvchilar bergan savollarga javob berish.

Kitobxon.Com


8

3. Baholarni e’lon qilish.



VI. Uyga vazifa. 2 daqiqa.

1.Mavzu oxirida berilgan savol va topshiriqlar bilan ishlash.

2. Darslikdagi «O‘zingizni sinang» ruknini daftarga ko‘chirib 

to‘ldirib kelish.

3. Darslikda berilgan mustaqil ish topshiriqlarini bajarib kelish.

 

3-dars. 

TARIXDA YIL HISOBI 

Darsning maqsadi:

Ta’limiy:  O‘quvchilar kalendarning yaratilishi haqidagi 

bilimlarga ega bo‘lishadi.



Tarbiyaviy: Vaqtning qadriga yetish, undan samarali foydalanish 

ko‘nikmalari shakllantiriladi. 



Rivojlantiruvchi: Yillarni hisoblash va ularni turlarga ajratish 

malakalari rivojlantiriladi.



Kutilayotgan natija: O‘quvchilar kalendarlarning yaratilishi 

tarixi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ladilar, yillarni hisoblash 

malakasini shakllantiradi.    

O‘quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi

Metod: Aktiv.

O‘qitish shakllari: Aralash, jamoa, guruhli.

Vosita: Darslik, turli xil kalendarlar, atama, tushuncha, sanalar 

yozilgan kartochkalar.



Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism. 2 daqiqa.

II. Uy vazifasini takrorlash. 8 daqiqa. 

«Kim tez topar» o‘yini. Bunda o‘quvchilarga quyidagi savollar 

beriladi:

1. Tarixiy manbalar necha xil bo‘ladi? (Moddiy va yozma 

manbalar)

2. Moddiy manbalarga nimalar kiradi? (Turli xil buyumlar, 

binolar)

3. O‘zbekiston tarixiga oid eng qadimgi yozma manba. («Avesto»)

4. Tarix fanida asrlar qanday belgilanadi? (Rim raqamlarida)

5. Arxiv nima? (Eski hujjatlar, yozma yodgorliklar saqlanadigan 

joy)

Kitobxon.Com


9

6. Xronologiya qanday fan? (Tarixiy voqealar vaqtini aniqlovchi 

fan)

7. Milodiy yilning birinichi oyi? (Yanvar)



8. Iso payg‘ambar tug‘ilgan kun? (1-yanvar)

III. Yangi dars mavzusini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash. 

15  daqiqa. 

«Guruhlar ishi». O‘quvchilar to‘rt guruhga bo‘linadi va ularga 

topshiriqlar beriladi. Har bir guruh o‘z topshirig‘ini darslikdan 

foydalangan holda vatmanga yozadi.



1-guruhga: Kalendarning yaratilishi va inson hayotidagi o‘rni?

2-guruhga: Yuliy kalendarining misrliklar kalendaridan farqi 

nimada edi?



3-guruhga: Yuliy kalendaridagi xatoliklar qanday bartaraf 

qilindi? 



4-guruhga: Hozir hijriy yil hisobida nechanchi yil ekanligini 

hisoblang.



IV. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash: 15 daqiqa. «Klaster» 

usuli asosida. 



V. Dars yakunlarini chiqarish: 3 daqiqa.

VI. Uyga vazifa: 2 daqiqa. 

           

   Qo‘shimcha ma’lumot

Taqvim – vaqt o‘lchovlari-kun, hafta, oy, yilni hisoblash ti zimi. 

Vaqt o‘lchovlarini belgilash tabiat hodisalarining samoviy yoritqich-

lar harakati bilan bog‘liq davriyligiga asoslanadi. Taqvim hisobining 

asosi yil bo‘lib, yilning fasl va oylarga bo‘linishiga va davomiyligi-

ga qarab tuzilgan oy taqvimi, oy-quyosh taqvimi va quyosh taqvimi 

mavjud.


Turkiston zaminida yashab kelayotgan xalqlar taqvim-yil 

hisobidan foydalanishda dunyoning eng madaniy xalqlaridan biri 

Misrda

yaratilgan



Grigoriy

Yuliy


KALENDAR

Kitobxon.Com

10

hisoblanadilar. Bu o‘lkada taqvimlarga amal qilish qariyb uch ming 

yildan buyon davom etib keladi. Shu davr mobaynida Turkiston 

xalqlari qadimgi turkiy, xorazmiy, sug‘d, avesto (qadimgi eron), 

yazdigir, Hijriy-shamsiy, Hijriy-qamariy, milodiy yil hisoblaridan 

foydalanib kelganlar.  

Milodiy yil hisobi o‘rta asrlardayoq sharq olimlariga ma’lum 

bo‘lsada, undan amalda foydalanish Turkistonga Chor Rossiyasi 

istilosi bilan birga XIX asr ikkinchi yarmida kirib keldi. 

Milodiy yil hisobi aslida Sharqdagi eng qadimgi quyosh yili 

taqvimlaridan biri hisoblanadi.

Milodiy yil hisobidagi oylarning tartibi, nomlanishi va 

nomlanishining sabablari hamda kunlar miqdori quydagicha:

1. Yanvar – 31 kun. Qadimgi rimliklar xudosi Yanus nomidan 

olingan.

2. Fevral – 28 kun (kabisa yilida 29 kun). Qadimgi rimliklarning 

har yili 15 fevralda o‘tkazilgan fevruarius – poklanish marosimi 

nomidan olingan.

3. Mart – 31 kun. Qadimgi rimliklarning urush xudosi Mars 

nomidan olingan.

4. Aprel – 30 kun. Lotincha aprilis “quyosh bilan isitiladigan” 

degan ma’noni beruvchi so‘zdan olingan.

5. May – 31 kun. Qadimgi rimliklarning yer xudosi May nomidan 

olingan.


6. Iyun – 30 kun. Qadimgi rimliklar xudosi Yunona nomidan 

olingan.


7. Iyul – 31 kun. Qadimgi rim imperatori Yuliy Sezar nomidan 

olingan.


8. Avgust – 31 kun. Qadimgi rim imperatori Avgust (Yuliy 

Sezarning nabira jiyani) nomidan olingan.

9. Sentabr - 30 kun. Lotin tilida yettinchi degan ma’noni beradi. 

Qadimgi Rimda yil boshi -birinchi oy martdan hisoblangan, Sentabr 

esa yilning yettinchi oyi bo‘lib kelgan.

10. Oktabr- 31 kun. Lotin tilida sakkizinchi degan ma’noni 

beradi. Qadimgi Rim taqvimida yilning 8-oyi.

11. Noyabr - 30 kun. Lotin tilida to‘qqizinchi degan ma’noni 

beradi. Qadimgi Rim taqvimida yilning 9-oyi.

12. Dekabr - 31 kun. Lotin tilida o‘ninchi degan ma’noni beradi.



Kitobxon.Com

Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi

https://kitobxon.com/oz/asar/1208

 saytida.

Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси

https://kitobxon.com/uz/asar/1208

 сайтида.

Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можно

найти на сайте 



https://kitobxon.com/ru/asar/1208


Download 299.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling