A. Qodiriy nomli Jizzax Davlat Pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti Boshlang’ich ta’lim va sti yo’nalishi 209-guruh talabasi Jabborova


Download 12.95 Kb.
Sana13.01.2022
Hajmi12.95 Kb.
#329639
Jabborova Go`zalga tavsifnoma
Bog'liq
Sinf rahbari jurnali, amaliyot yuzi, Ethernet Texnologiyasi Va Uning Rivojlanishi, Учебное пособие Номенклатура, Doc2

A. Qodiriy nomli Jizzax Davlat Pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti Boshlang’ich ta’lim va STI yo’nalishi 209-guruh talabasi Jabborova Go`zalga Jizzax shahar Xalq ta’limiga qarashli 15-son umumiy o’rta ta’lim maktabi jamoasi tomonidan
TAVSIFNOMA
Jabborova Go`zal 2021 yil 26-apreldandan 22-maygacha Jizzax shahar Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 25-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida amaliyotda bo’lgan. Shundan so’ng Jizzax davlat pedagogika instituti rektorining 29.04.2021 yildagi №223-U buyrug’iga asosan 3-maydan yashash hududidagi 15-maktabda o’tadi.

Amaliyot davrining birinchi o’n kunligida dars jarayonida o’quvchilar fe’l-atvorini, maktab shart-sharoiti bilan tanishdi. Ikkinchi o’n kunlikda o’quvchilar bilan muloqot qilib, o’quvchilarga va sinf raxbarining ishlariga yordam berdi.

Uchinchi o’n kunlikdan boshlab dars o’tish jarayonlarida ishtirok etishni boshladim. Dars o’tish jarayonlariga qund bilan tayyorgarlik ko’rib, o’z ustida muntazam ravishda ishladi.

Dars ko’rgazmali qurollar turli o’yinlar bilan boyitishga harakat qildi. Ona tili, o’qish va matematika, atrofimizdagi olam darslaridan dars o’tib berdi.

Darsida maktab o’qituvchilari ishtirok etdi. Ular dars jarayonini yaxshi deb baholadi va omad tiladilar.

Jabborova Go`zal amaliyot davomida o’qituvchilarga xulqi, tirishqoqligi, berilgan vazifani mukammal bajarishi, tartib-intizomi bilan o’zini ko’rsata oldi.

Men tavsifnoma beruvchi o’qituvchi sifatida Jabborova Go`zalga xalqning bolasi, millatning kelajagini tarbiyalovchi pedagogik ishlarga loyiq deb topdim va unga omadlar tiladim.
Maktab direktori: Joniqulov .O`
Boshlang’ich sinflar bo’limi mudiri:

Sinf rahbari: O`tayev. A


A. Qodiriy nomli Jizzax Davlat Pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti Boshlang’ich ta’lim va STI yo’nalishi 309-guruh talabasi Jabborova Go`zalning Jizzax shahar Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 25-son umumiy o’rta ta’lim maktabida o’tagan o’quv (tanishuv) yuzasidan
HISOBOTI
Men Jabborova Go`zal 2021 yil 26-apreldan 22-maygacha Jizzax shahridagi 25-son umumiy o’rta ta’lim maktabining o’quv (tanishuv) amaliyotini o’tadim. 26-aprelda fakultetda o’quv (tanishuv) amaliyotga bag’ishlangan konferentsiya bo’lib, unda so’zga chiqqanlar dekanimiz dots. F. Ibragimova, Boshlang’ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri f. f. d., G. Jumanazarova, Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri dots. G. Xolboyevalar o’z fikr-mulohazalarini bildirdilar. 27-aprel kuni amaliyot rahbari Nazokat Hayitova bilan birgalikda Jizzax shahar Xalq ta’limiga qarashli 25-maktabga bordik u yerda bizni Boshllang’ich sinfar bo’yicha direktor o’rinbosari________ kutib olib sinflarga biriktirildi, men maktabda 2-A sinfga tushdim. Sinf rahbari Madaminova Zulfizar . Shundan so’ng 2021 yil 29-aprel Jizzax davlat pedagogika instituti rektorining №223-U buyrug’iga asosan 30-apreldan hamma talabaarga onlaynda bajarish vazifasi yuklatilgan bo’lsa, biz amaliyotdagilar yashash hududlarida amaliyotlarni o’tkazish buyicha ko’rsatma berildi. Keyin 3-may kuni yashash hududidagi Jizzax viloyati G`allaorol tumani XTB qarashli 15-maktabga bordim. U yerda meni 15-son umumiy o’rta ta’lim maktabida Boshlang’ich sinflar bo’limi mudiri _____________ kutib oldi. Keyin esa Maktab direktori Joniqulov O`tkir maktab tarixi va maktab imkoniyatlari bilan tanishtirib, meni 2 sinf rahbarligi topshirildi. Sinf rahbari O`tayev Asqarga biriktirildi.

Birinchi kundan boshlab maktab o’quv xonalari bilan tanishib chiqdim. Maktab rahbariyati va jamoasi bilan tanishdim. Barcha boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan tanishdim. 2- sinf rahbari bilan muloqot qilib, sinf o’quvchilarining psixologik xususiyatlarini o’rgandim. Dastlabki ikki hafta davomida men sinf o’quvchilari, sinf rahbari va sinf rahbarining darslarini kuzatib taxlil qildim. Keying haftalardan boshlab sinf raxbari ko’magida darslarni uta boshladim. Bir necha darslarga kirib o’qituvchilarning dars o’tish metodlarini o’rganib, darslarini taxlil qildim.



Xullas mana shu 4-haftalik o’quv (tanishuv) amaliyot davomida juda ko’pgina ma’lumotlarni, usullarni o’rgandim. Shu amaliyot davomida malakali o’qituvchilar va ustozlarim yordamida olgan bilimlarimni kelajakda o’qituvchilik sharafli kasbni egallashimga va faoliyat yuritishishga albatta o’z natijasini ko’rsatadi.
Maktab direktori: Joniqulov. O`

Sinf raxbari: O`tayev. A

Amaliyot raxbari: Hayitova.N
Download 12.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling