A. S. Uralov, L. A. Adilova landshaft arxitekturasi


Download 11.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/23
Sana22.12.2019
Hajmi11.85 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
76752

A.S.  URALOV.  L.A.  ADILOVA
LANDSHAFT
ARXITEKTURASI
.9

0 ‘ZBEKIST0N  RESPUBLIKASI 
OLIY  VA  0 ‘RTA  MAXSUS  TA’LIM  VAZIRLIGI
A .S .  URALOV,  L.A. ADILOVA
LANDSHAFT  ARXITEKTURASI
0  
‘zbekiston  Respublikasi  oliy  va  o ‘rta  maxsus  ta ’lim  vazirligi 
tomonidan  5341000  —  «Qishloq  hududlarini  arxitektura-loyihaviy 
tashkil  etish»  ta ’lim  yo ‘nalishi 
talabalari  uchun  darslik  sifatida  tavsiya  etilgan
M e ’m o rch ilik  fa n la r i d o k to ri 
A. S.  U ralovning um um iy  ta h riri ostida
C h o(lpon  n om idagi n a sh riyo t-m a tb a a   ijo d iy  uyi 
Toshkent  —  2 0 1 4

U O ‘K:  712.01(075) 
KBK 
26.82(50*,1) 
L  20 
U-62
Taqrizchilar:
D.A.  Nozilov  —  arxitektura  doktori,  professor  (TAQI);
R.T.  Toshtemirov  —  arxitektura  nomzodi,  dotsent  (SamDAQI).
L  20 
Landshaft  arxitekturasi/A .  Uralov  [va  boshq.].  0 ‘zbekiston 
Respublikasi  Oliy va o ‘rta  maxsus ta ’lim vazirligi  — T.:  C ho‘lpon 
nomidagi  N M IU ,  2014.  384  b.
ISBN 978-9943-05-683-1
M azkur darslik  5341000 — «Qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy 
tashkil  etish»  ta ’lim  yo'nalishining  DTS  va  ushbu  yo‘naIishning  o ‘quv 
rejasiga  kiritilgan  «Landshaft  arxitekturasi*  fanining  o ‘quv  dasturi  asosida 
yozilgan  bo‘lib,  unda  landshaft  arxitekturasi  va  bog'dorchilikning  ilk 
sh a k lla n ish   aso sla ri  va  g e n e z isi,  b o g '-p a rk   s a n ’a ti  va  la n d sh a ft 
arxitekturasining  tarixi,  landshaft  arxitekturasining  zamonaviy  yo'nalish- 
lari  va  tajribalari,  landshaft  arxitekturasining  shaharsozlik  asoslari  va 
nazariyasi,  qishloq  aholi  punktlari  hududlarini m e’m oriy landshaft tashkil 
etish,  landshaft arxitekturasi elementlari va landshaft qurilmalari,  landshaft 
arxitekturasi  obyektlarini  loyihalash  tartibi  va  tarkibi,  ularga  qo'yiladigan 
asosiy  ta la b la r,  la n d sh a ft  a rx ite k tu rasi  fan id an   b ajarilad ig an   kurs 
loyihasining  mavzulari  va  ularni  bajarish  bo'yicha  uslubiy  ko'rsatm alar 
bayon  qilingan.
U shbu  kitob  nafaqat  qishloq  arxitekturasi  sohasida  o 'q iy o tg an  
talabalar  uchun,  balki  arxitektura,  shaharsozlik,  landshaft  arxitekturasi, 
dizayn,  sh a h a r  va  qishloq  x o 'jalig i  qurilish  t a ’lim   y o 'n a lish la rid a  
o 'q iy o tg an   talaba  yoshlar  va  lan d sh aft  arxitekturasi  bilan  sh u g 'u l- 
lanuvchilarga  ham   mo'ljallangan.
U O ‘K:  712.01(075) 
KBK 
2 6 .8 2 (5 0 ',1 )
•fr / 

i t
M
i l l  
©  A.S . Uralov  va  boshq.,  2014
©  Cho'lpon  nomidagi  NM IU,  2014
\ > V 'V
ISBN 978-9943-05-683-1  '  >.  ^
-

KIRISH
0 ‘rta  Osiyoda,  xususan,  0 ‘/.bckistonda  «Landshaft  arxitektu- 
rasi»  mavzusi va  fani  hanuzga  qadar  alohida  adabiyot  yoki  kitob 
tarzida  faqat  sanoqli  m ualliflar  (L.A.  Adilova,  A.S.  U ralov, 
K.J.  Raximov,  S.N.  Sadikova)  tom onidan  yozilgan.  Bu  sohadagi 
o ‘quv  adabiyotlari  sobiq  ittifoq  davrida,  asosan, 
Rossiyada  rus 
tilida chop etilib,  ular landshaft arxitekturasining turli muammolariga 
bag‘ishlangan  va  alohida  kitoblar  tarzida  nashr  etilgan.
Um uman  olganda,  bu  sohadagi  shu  choqqacha  chop  etilgan 
adabiyotlardagi  asosiy  e ’tib o r  bog‘-p ark   s a n ’atiga  qaratilgan. 
«Landshaft  arxitekturasi*  mavzusining  o ‘ziga  xos  xususiyati  shun- 
dan  iboratki,  ushbu  muammoni  nafaqat  bog‘-parkchilik  san’atini 
o ‘rganish,  balki  landshaft  arxitekturasidan  zam onaviy  estetik  va 
ekologik  maqsadlarda  foydalanish  ham da  bu  sohadagi  m adaniya- 
timizni  keng  va  uzviy  boyitib  borish  nuqtayi  nazaridan  ham   unga 
yangicha  yondashish  zarurdir.
Landshaft  arxitekturasining  serm azm un  va  serfayz  tajribalari 
bilan  tanishish  nafaqat  arxitektorlarga,  balki  m e’m orchilikning 
boshqa  sohalarida  ishlayotgan  arxitektorlar,  xususan,  qishloq  ar- 
xitektorlariga  ham  birday ahamiyatlidir.  Ushbu darslikni yozishdan 
maqsad  nafaqat  o ‘quv  adabiyotlarining  vetishmasligiga  barham  
berish,  balki  landshaft  arxitekturasi  va  bog‘-park  san’atining  eng 
qadimgi  davrlaridan to bizning kunlargacha  bosib o ‘tgan taraqqiyot 
jarayonida  orttirilgan  boy  tajribalari  haqida  tushuncha  berish  va 
hu  sohadagi  muhim  amaliy  ishlar  va  loyihalash  jarayonlari  bilan 
Inlabalarni  tanishtirishdir.
«l  andshnft  arxitekturasi*  atamasi  ilk  bor  bundan  150  yillar 
muqaddnm  avval  Angliyada  1850-yillardan  so‘ng Amerika qo‘shma 
shlallarlda  IH72-yildan  u  yerdagi  yirik  Xalqaro  ko‘rgazma  parklar 
va  milliy  parklami  tashkil  qilish  muam m olari  bilan  bog‘liq  holda
3

yuzaga keladi.  O'zbekistonda esa landshaft arxitekturasi fani,  asosan, 
mustaqillik  yillarida  shakllandi  va  rivojlanib  kelmoqda.  Landshaft 
arxitekturasining  taraqqiyot  yo'lini  yaxlit  tushunish  uchun  ushbu 
atam aning mohiyatini aniqlash,  landshaft arxitektorlarining nim alar 
bilan shug'ullanishlari va bu sohaning keng arxitektura dunyosidagi 
o 'm in i  chuqurroq  anglash  juda  m uhimdir.
A rxitektorlar,  m a’lumki,  nafaqat  bino  va  inshootlar  qurish, 
shaharlar  yaratish,  balki  ochiq  fazoviy  m uhitlar  arxitekturasi  va 
ularni tashkillashtirish bilan ham  shug‘ullanadilar.  Bularga k o 'ch a­
lar,  maydonlar,  gulzorlar,  xiyobonlar,  sohillar,  mikrorayonlar ichi­
dagi  bog'lar,  skverlar,  bulvarlar,  maxsus  parklar,  istirohat  bog'- 
saroylari,  milliy bog‘lar,  xiyobonlar,  m o ‘jaz bog'lar va tarixiy land­
shaftlar kiradi.  Sun’iy tarzda  yaratiladigan bunday ochiq maskanlar 
ro'yxatini  yana  ham   davom  ettirish  mumkin.  Landshaft  arxitek­
turasining  asosiy  maqsadi  ana  shunday  ochiq  maskanlar  m uhitini 
tab iiy   lan dshaft  va  su n ’iy  elem en tlar,  shu  ju m la d a n ,  m o 'jaz 
m e’m oriy  shakllar,  tashqi  obodonlashtirish  elementlari  va  infor- 
m atsion  axborot  qurilmalari  vositasida  kompozitsion  badiiy,  m e’­
moriy-rejaviy  va  landshaft  shakllantirishdir.
Arxitektura,  shaharsozlik va landshaft arxitekturasi  o'zaro uzviy 
aloqada bo'lib,  bir-biridan  m uhitni shakllantirishda qo'llaniladigan 
m ateriallari  va  vositalari  bilangina  farq  qiladi.  H ar  uchala  soha 
ham   kishilik jamiyatining  rivojlanish  tarixida um umiy bir yo'nalish 
va  m aqsadlar  uchun  xizmat  qilgan.  Landshaft  arxitekturasi  ham  
arxitektura va shaharsozlik kabi barcha tarixiy ijtimoiy bosqichlarda 
jamiyat ehtiyojlarini qondirib kelgan va o 'z davrining badiiy madaniy 
ham da  um uminsoniy  yutuqlarini  o'zida  mujassamlashtirgan.
Landshaft  arxitekturasi  va  uning  m uhim   tarm og'i  hisoblangan 
bog'-parkchilik san’atining o'ziga xos yorqin xususiyati — bu ularni 
yaratishda  qo'llaniladigan  tabiiy  «qurilish  materiallari»dir.  Bular 
safiga,  eng  aw alo,  o'simliklar  dunyosi,  suv  dunyosi,  yer,  toshlar 
va  u m u m an  jo y   relyefining  barcha  xususiyatlari  kiradi.  A ynan 
shu materiallar ochiq fazoviy muhitni shakllantirishda  asosiy manba 
bo'lib  hisoblanadi.
Landshaft  arxitekturasi  —  bu  kishilik jamiyatiga  xos  badiiy  va 
u m u m m a d a n iy   m erosning  cheksiz  va  beh ad   keng  sohasidir. 
Tabiiyki,  birgina  kitob-darslik  orqali  landshaft  arxitekturasining
4

dunyoviy bayonini to‘la ifodalash  qiyin.  U faqat bu sohaga qiziquv- 
chan talabalnriiniz uchun o‘ziga xos yo‘l ochuvchi va ochiq m uhitlar 
arxitekturasi  dimyosiga  taklif  ctuvi lu  daislik  tarzida  xizmat  qil- 
guvchidir.
Fanning maqsadi — talabalarda  arxiickturaviy  landshaft  dunyo- 
qarashni  shakllantirish,  ularninj',  landshall  loyihalash  malakasini 
egallashi  va  uni  amaliy  loyihalash  islil.ii nl.i  *|<>*llay  olishi  bo‘yicha 
ko‘nikmalar  bcrishdir.
Fanning  asosiy  vazifalari:
—  talabalarga  landshaft  ar\il<  kuuu  i  va  l>og‘  park  san’atining 
butun  olam  tajribasi  va  taraq<|iv"t  I«<>  cju  hi,mm  o'rgatish;
—  landshaft  arxitektma.i  u lm k ilaii  va  landshaflni  tashkil  etish 
asoslarini  shaharsozlik  rcjalaslitliish  va  loyihalashning  turli  bos- 
qichlari  bo‘yicha  o ‘rgatish
—  talabalarda  landshall  arxitekturasi  obyektlarini  funksional- 
rejaviy,  landshafi-t -.u-t ik  va  ekologik  yondashgan  holda  loyihalash 
ko'nikmalarini  tarblyalash.
Fanning  ishlab  chiqarishdagi  o ‘mi  va  roli.  Landshaft  arxitek­
turasi  jam iyatning  Iiayotiy  faoliyatini  o ‘rab  turgan  m uhitning 
ekologik, sanitai  ►
’igiycnik va estetik sifatlarini yaxshilashga bevosita 
ta ’sir  etuvchi  landir.
Landshall  arxitekturasining  obyektlari  yerusti  —  turli  rejaviy 
sathlaridagi,  lurli  tuman  funksional  maqsadlarga  xizmat  qiluvchi 
ochiq  va  yarimochiq  hududlardir.  Bu  shaharlar,  qishloqlar,  sanoat 
ishlab  chiqai ish,  rekreatsiya,  tabiat  muhofazasidagi  va  boshqa xalq 
xo'jnligiKa  legishji boMgan yer hududlaridir. Yerni landshaft obodon- 
lasliini .li  asosidagina  uning  ijtimoiy,  ekologik,  estetik  qulayliligi 
va  icnlalx  lligiga  erishish  mumkin.  Landshaft  arxitekturasi  shahar 
\.i  ickrcatsiya  xo ‘jaligi  yerlaridan  foydalanish  im koniyatlarini 
usliiradi,  chunki  bu  hududlarning jozibadorligi va manzaraviyligini 
kuchaytirib,  sh ah ar  va  qishloqlarda  yashovchi  va  rekreatsion 
imkoniyatlardan  foydalanuvchi  aholini  o ‘ziga  jalb  qiladi.  Rek- 
icaisiya  hordiq,  dam  olish,  aholi  sog‘lig‘ining  mustahkamlashuvi, 
m ikini(|lim ning  yaxshilanishi  va  boshqa  m aqsadlarda  foyda- 
liinilatlifaii  hududlarni  landshaft  obodonlashtirish,  k o ‘kalam - 
/iii1.
1
.hlliisli,  shuningdek,  m adaniy-m aishiy  xizm at  k o ‘rsatish 
.il.itmi  \av.liilush  natijasida  savdo-sotiq  va  boshqa  xizmatlardan
5

ko‘riladigan  foyda  ko‘payib,  shahar  xo‘jaligi  va  um um an,  xalq 
xo‘jaligi  uchun  bu  hududlam ing  rentabelligi  yanada  ko‘tariladi.
Landshaft  arxitekturasi  obyektlarini  k o ‘kalam lashtirishda 
manzaraviy  daraxt va butalar,  gullar,  chirmashuvchi  hamda yeryo­
par o'simliklar,  maysalar  m uhim   o ‘rin  tutadi.  Shuning  uchun  ham  
bu  san’atni  o ‘rganuvchilar  dendrologiya  fanini  yaxshi  bilishlari 
zarur.  Shu  sababdan  m azkur  darslikda  landshaft  arxitekturasida 
qo'llaniladigan  o ‘simliklar  dunyosini,  ulardan  tuziladigan  turli  xil 
yashil  kompozitsiyalami  talabalarga  o ‘rgatish,  ularni  amaliyotga 
qo‘llay  bilish  masalalariga  ham  e ’tibor  qaratilgan.
Landshaft  arxitekturasi  ochiq  muhitdagi  landshaft  qurilmalari 
bilan shunchalik bog‘liqki,  landshaft arxitekturasining  tarixi butkul 
landshaft  qurilmalari  bilan  bisyordir.  Landshaft  arxitekturasi  bu 
umumiy  so‘z  bo'lsa,  landshaft  qurilmalari  uni  to ‘ldiruvchi,  uning 
barcha  obyektlariga  sifat va  mazm un  bag‘ishlovchi,  landshaft  bilan 
bog'liq  m o‘jaz  m e’moriy  shakllar,  tashqi  muhitni  obodonlashtirish 
elem en tlari,  bularning  b arch asi  lan d sh aftn i  sh ak llan tiru v ch i 
qurilmalardir.
Landshaft  arxitekturasi  nazariyasi  va amaliyotini  o'rganayotgan 
har  bir  mutaxassis  yoki  ijodkor  uning  tarkibiy  qismi  bo ‘lmish  — 
landshaft  qurilmalari,  ularning  shakllari,  tasnif  tizimi  va  tiplari, 
ularni amalga oshirish uslublarini o ‘rganmay turib, bu sohada biron- 
bir  muvaffaqiyatga  erishishi  qiyindir.  Shu  boisdan  mazkur  masala 
darslikning  alohida  bobi  sifatida  qaralib,  masalaga  chuqur  va 
kompleks  yondoshildi.
M azkur  t a ’lim   y o ‘n alish in in g   o ‘quv  rejasida  «L andshaft 
arxitekturasi»  faniga  38  soat  nazariy,  114  soat  amaliy,  kurs  loyihasi 
va  138  soat  mustaqil  ta ’lim  soatlari  ajratilgan.  Shu  boisdan  mazkur 
darslikni  yozishda  114  soat  amaliy  dars  jarayonida  bajariladigan 
kurs  loyihasining  mavzusi  va  topshirig‘ini,  kurs  loyihasini  bajarish 
b o ‘yicha uslubiy ko‘rsatma  ham da tavsiyalar,  shuningdek,  talabalar 
m ustaqil  ishlarining  m azm uni  va  m avzulari,  fan  ham da  kurs 
topshiriqlarini  baholash  mezonlari, joriy,  oraliq va  yakuniy  nazorat 
reyting savollari,  «Landshaft arxitekturasi» fanining atamalar lug‘ati, 
0 ‘zbekistonda  landshaft  arxitekturasida  qo'llaniladigan  daraxt 
hamda  butalar  turlari  va  ularni  tanlash  tamoyillari  ham  ko‘rsatib 
berilgan.
6

M azkur  dasrlikning  tarbiyaviy  ahamiyati  shundaki,  landshaft 
arxitekturasi  m u h itn i  orasta  va  g o ‘zallashtirish  orqali  inson 
tafakkurini  tabiat  bilan  bog'lash,  unga  yaqinlashtirish,  uni  sevish 
hamda  ardoqlash  kabi  tushuncha  va  ko'nikmalarni  shakllantirib, 
insonning  ekologik  tarbiyasiga  ijobiy  ta ’sir  qiladi.
Mazkur  darslikda  bayon  etilgan  va  asrlar  davomida  shakllanib, 
qo‘llanib  kelingan  bog‘-park  san’ati  hamda  landshaft  arxitekturasi 
merosi  hozirgi yoshlarni, bo'lajak qishloq arxitektorlarini  kelajakda 
m o‘jizaviy bog'lar va  landshaft  arxitekturasining yangi  obyektlarini 
yaratishga  da’vat  etsa  ajab  emas.
Shuni  alohida  ta ’kidlash  kcrakki,  landshaft  arxitekturasida 
qo'llaniladigan  o'sim liklarning  barchasi  ham  o'zbek  tiliga  to'liq 
o'girilm agan.  Shu  sababdan  m azkur  darslikda  ko'rsatilayotgan 
o'simliklarning  nomlari  rus  tilida  berilmoqda.
Mazkur  darslik  shu  choqqacha  landshaft  arxitekturasi  bo'yicha 
yozilgan  boshqa  d arslik   va  o 'q u v   q o 'lla m a la rd a n   o 'z in in g  
takomillashganligi, ko'tarilgan mavzu ham da masalalarning to'laligi 
va  yangiligi  bilan  ajrilib  turadi  (V III—IX  boblar  va  keltirilgan 
ilovalarga  qarang).
Ushbu  darslikda berilayotgan rasm va fotolar  Respublikamizda 
nashr  etilgan  adabiyotlar  (L.A.  Adilova  (2011 -y),  R.J.  Raximov, 
A.S.  Uralov  (2013-y)  va  xorijiy  davlatlarda  chop  etilgan  yangi 
nashrlar  (P.  C ooper  (2001-y),  V.V.  D orm inontova  (2004-y.), 
E.V.  Z abelina 
(2005-y),  V.Y.  K urbatov 
(2007-y))  ham da 
IN TERN ET materiallaridan olinib,  montaj qilindi va mualliflarning 
shaxsiy  arxividan  keltirilgan  foto  va  chizm alar bilan  to'ldirildi.
Darslikning  2.5;  2.6;  6.1  va  6.3-paragraflari  va  rasm larnini 
L.A.  Adilova,  qolgan  barcha  bo b lar  va  paragraflar  m atni  va 
rasmlarini  esa  A.S.  Uralov  yozdi  va  tayyorladi.
Mualliflar darslik qo'lyozmasiga ijobiy taqriz yozgan arxitektura 
doktori,  professor  D.A.  Nozilovga,  arxitektura  nomzodi,  dotsent 
R.T.  Toshtemirovga  ham da  darslik  qo'lyozm asini  kompyuterda 
tcrgan  va  unga  tegishli'rasm larni  joylashtrishda  yordam  bergan 
T.F.  Kushmanov,  G .S.  Sidikova,  Y.B.  Sharifova  va  L.A.  Raz- 
zakovalarga  o'z  minnatdorchiligini  izhor  etadi.

I  bob
LANDSHAFT  ARXITEKTURASINING  ILK 
SHAKLLANISH  ASOSLARI. 
OBYEKTIV  VA  SUBYEKTIV  OMILLAR
D ars  rejasi
1.  Landshaft  arxitekturasining  dastlabki  ildizlari  (genezisi)  va  shakllari.  Ilk 
bog'dorchilik  va  bog'-park  madaniyatining yuzaga  kelish  sabablari.
2.  Bog'dorchilik  va  bog'-park  s a n ’atining  tarixiy  shakllanish  va  rivojlanish 
jarayonlari.
3. Bog'-park san ’ati va landshaft arxitekturasining me ’moriy-rejaviy va landshaft 
yechimlariga xos stillar.
1.1. 
Landshaft arxitekturasining dastlabki ildizlari 
(genezisi) va shakllari.  Ilk bog'dorchilik va bog‘-park 
madaniyatining yuzaga kelish sabablari
Landshaft  arxitekturasi  —  bu  kishilik  jamiyatiga  xos  badiiy  va 
um um m adaniy  merosning  cheksiz  va  bexad  keng  sohasidir.
Landshaft arxitekturasini biz a n ’anaviy m e’moriy amaliyot bilan 
taqqoslasak,  hal  qiluvchi  narsani  uning  tabiatni  jonlantirishda, 
estetik,  ekologik  va  m e’moriy  muhitning  sog‘lomlashtiruvchi  roli 
va ta ’bir joiz bo‘lsa,  insonparvarlikning ibtidosida ko‘ramiz.  Muhitni 
shakllantiruvchi  odatiy  funksional  va  ayniqsa,  texnik  tom onlar 
qanchalik  m uhim  b o ‘lsa-da,  landshaft  arxitekturasida  ular  yor- 
damchi  o'rinni  egallaydi.  Birinchi  o ‘ringa  o'sim liklar  dunyosi,  suv 
dunyosi, joyning tabiiy relyefi chiqadi. Aynan ushbu holat landshaft 
arxitekturasining  alohida  sanat  turi  mazmunida  keng  tarqalishiga 
sabab  bo'lgan.
Landshaft  arxitektori  go'yo  tirik  tabiat  bilan  ishlayotgandek 
bo'ladi,  asosan,  shu tabiat elementlaridan foydalanib,  inson ehtiyoji 
uchun  muhit  yaratadi.
Bunda  u  tabiiy  elementlar  va  atrof-muhitga  iloji  boricha  kam 
ta ’sir  ko'rsatish  va  undan  samarali  foydalanishga  harakat  qiladi. 
Boshqa  tom ondan  esa  u  butunlay  yangi  «sun’iy  tabiat»  yaratib, 
uni  inson  maqsadlari  va  badiiy  ehtiyojlariga  moslashtiradi.  Ushbu 
yo'nalish  landshaft  arxigekturasi  tarixiy  taraqqiyotining  butun

davomida  turli  ko‘rinish  va  bog‘lanishlarda  nam oyon  b o ‘lib  keldi 
va kelmoqda.
Landshaft  arxitekturasining genezisi  deganda  uning  yer  yuzida 
dastlab  paydo  boMish  shakllari,  taraxiy  ildizlari,  sabablari,  yuzaga 
kelishidagi  obyektiv  va  subyektiv  om illar  tushuniladi.
Landshaft  arxitekturasining  dastlabki  ildizlari  qadimgi  bog‘dor- 
chilikka borib taqaladi.  Yer yuzida  ilk  shaharlarning  yuzaga  kelishi 
bilan  bog‘dorchilikning  mevali  va  manzarali  turlari  shakllanadi. 
Ular  kishilik  jamiyatining  utilitar  estetik,  xo'jalik  va  rekreatsion 
ehtiyojlarini  qondirishga  moMjallangan.  Bunday  bogMar  dastlab 
jamiyatning  amaldorlari,  hukmdorlari,  ruhoniylar  sinfiga  mansub 
boMgan.  Ular  yer  yuzining  ilk  sivilizatsiyalari  rivojlangan  minta- 
qalarida,  insonlarning  tabiatga  boMgan  ehtiyojlarining  oshishi,  suv 
va  sug'orish  inshootlari  tizimining  shakllanishi  jarayonida  yuzaga 
kelgan.  Bog'dorchilikning rivojlanishi bilan jamiyatning rekreatsion 
ehtiyojlari asosida bog‘-parkchilik san’ati ham yuzaga kelgan.  Bog‘- 
parkchilikning ilk vatanlari Qadimgi Misr,  Bobiliston,  Eron,  Qadimgi 
Yunoniston,  Rim,  Hindiston  va  Xitoy,  ya’ni  iqlimi jihatdan  issiq, 
geografiyasi  sersuv  daryolarga  boy,  tropik  va  suptropik  m intaqalar 
hisoblangan.
Bog‘-park  m adaniyatining  turli  m am lakatlardagi  rivoji  turli 
davrlarda turlicha  kechgan  boMsa-da,  ularning  shakllanishi  hamma 
vaqt joylardagi muayyan tabiiy iqlim sharoitlariga,  ijtimoiy-iqtisodiy, 
madaniy,  diniy  e ’tiqodlarga,  insonlarning  atrof-m uhit  va  tabiatga 
bo'lgan  munosabatiga  bogMik  boMgan.
Dekorativ bog‘dorchilik va bog‘-park san’atining vujudga kelishi 
va rivojlanishidagi asosiy sabablar (tarixiy ildizlar).  Landshaft arxi­
tekturasining  vujudga  kelishi,  shakllanishi  va  rivojlanishining  bir 
qator ijtimoiy sabablari,  boshqacha aytganda,  tarixiy ildizlari borki, 
ular  fikrimizcha  quyidagilardan  iborat:
1)  insoniyatning  tabiat  go‘zalligi  va  landshaftga  boMgan  ijobiy 
munosabati  tufayli  o ‘zining  yashashi,  faoliyat  ko‘rsatishi  hamda 
dam  olish  muhitiga  tabiat  elem entlarini  kiritishga,  ularni  o ‘ziga 
yaqinlashtirishga,  ulardan  huzur-halovat  olishga  intilish  ehtiyoji;
2)  noqulay tabiiy iqlim sharoitlarining insoniyatga salbiy ta ’sirini 
pasaytirish,  soya-salqin  yaratish  va  ayni  paytda,  go‘zal  manzaraviy 
landshaft  muhitini  yaratish  imkoniyatlarini  izlash  ehtiyoji;
9

3)  jamiyatning  rivojlanish  jarayonida  dehqon  va  bog‘bonlar, 
olim  hamda  muhandislarning  turli-tum an  sug'orish  inshootlari  va 
qurilmalarini  yaratish,  suvni  bir  joyga  to ‘plash,  saqlash,  uzatish 
ham da  balandlikka  ko‘tarish  texnikasi  ilmi  va  amaliyotiga  ega 
bo‘lish  tajribalarining  oshib  borishi;
4)  hukm dorlar  va  m ansabdorlarning  firdavsm onand  b o g '- 
saroylar,  yozgi  bog'lar,  ov  qilish  bog'lari  va  istirohat  bog'larini 
yaratishga  bo'lgan  ehtiyoji  va  intilishi;
5)  inson  o'zi  yaratgan  shaharlar ochiq  muhitida  tabiat  elem ent 
(suv,  o'sim lik,  tog‘-u  toshlar  va  hayvonot  dunyosi  shakllari  va 
manzara)larining  bo'lishligini  xush  ko'rishi.
Bularning  barchasi  oxir-oqibatda  landshaft  arxitekturasi  so- 
hasining  inson  faoliyatining  muayyan turi tarzida vujudga  kelishiga 
sabab  bo'lgan.
Bog'dorchilik  va  bog'-park  san’atining  tarixiy  shakllanish 
va  rivojlanish jarayonlari
Bog'chilik 
san’atining  ilk 
shakllanish  davri 
(eramizgacha 
2000-yillardan 
to  eramiz 
boshlarigacha)
Bu  davr  bog'lari  haqida  turli  xil  yozma 
m an b alar  va  ad ab iy o tlar  va  xalq  og'zaki 
ijodidagi  ayrim  m a’lum otlar  saqlanib,  biz- 
gacha  yetib kelgan.
Bog'chilik  san’atining  ilk shakllanish davri, 
asosan,  Osiyo  hududidagi  issiq  iqlimli  mam- 
lakatlar  (Misr,  Bobil,  Eron,  Hindistonlar)ga 
to 'g 'ri  kelib,  bu  davr  bog'chilik  san’ati  inso- 
niyat  sivilizatsiyasining  vujudga  kelishi  va 
sug'orish  inshootlarining  yaratilishi  bilan 
bog'liq. 
Bu  davr  bog'lari  zodagonlar  va 
hukmdorlarga  tegishli  bo'lib,  ular,  asosan, 
uylar  va  saroylar,  ibodatxonalar  qoshidagi 
manfaatli bog'larni tashkil qilgan.  Bu bog'lar 
muayyan reja va tartib asosida  shakllantirilib, 
m e ’m oriy  yechim i  m untazam   sim m etrik 
k o m pozitsiyalarga  asoslangan. 
Bu  davr 
bog'larining maydoni nisbatan kichik bo'lgan. 
Biroq,  Eron  shohlari  eramizgacha  b o ig a n  
davrlardayoq manzarali tog' vohalarida  ulkan 
ov  bog'lari  —  «paradiz»larni  tashkil  etgan.
10

Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 26%20Ер%20хакидаги%20фанлар(геодезия,%20геофизика,%20геология%20ва%20география)
26%20Ер%20хакидаги%20фанлар(геодезия,%20геофизика,%20геология%20ва%20география) -> Sinoptik vakosmik meteorologiya
26%20Ер%20хакидаги%20фанлар(геодезия,%20геофизика,%20геология%20ва%20география) -> Kartashunoslik
26%20Ер%20хакидаги%20фанлар(геодезия,%20геофизика,%20геология%20ва%20география) -> Va kartografiya, g a t texnologiyalari
26%20Ер%20хакидаги%20фанлар(геодезия,%20геофизика,%20геология%20ва%20география) -> Turob tilovov e k ol ogi y a
26%20Ер%20хакидаги%20фанлар(геодезия,%20геофизика,%20геология%20ва%20география) -> O'zbekiston tabiiy geografiyasidan amaliy mashg'ulotlar. Baratov P.pdf [Amu-Buxoro mashina kanali]
26%20Ер%20хакидаги%20фанлар(геодезия,%20геофизика,%20геология%20ва%20география) -> M. J. M axm udova, E. A. Soliyev geografiyadan nostand art testlar
26%20Ер%20хакидаги%20фанлар(геодезия,%20геофизика,%20геология%20ва%20география) -> R. A. Ibragimova, M. T. M irakmalov
26%20Ер%20хакидаги%20фанлар(геодезия,%20геофизика,%20геология%20ва%20география) -> Umumiy tabiiy geografiya
26%20Ер%20хакидаги%20фанлар(геодезия,%20геофизика,%20геология%20ва%20география) -> Strukturaviy
26%20Ер%20хакидаги%20фанлар(геодезия,%20геофизика,%20геология%20ва%20география) -> Gidrologiya va iqlimshunoslik

Download 11.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling