“A” sinf Mavzu: Afinada demokratiya


Download 372.28 Kb.
Sana18.11.2021
Hajmi372.28 Kb.
#175417
Bog'liq
Afinada demokratiya


27. 01. 2020 6 – “A” sinf

Mavzu: Afinada demokratiya

Darsning maqsadlari:

a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga Afinada demokratiya mavzusi haqida umumiy tushuncha va ma’kumot berish;

b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni Vatanga, mustaqillikka, demokratiyaga muhabbat ruhida tarbiyalash;

c) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarni o’z-o’zini rivojlantirish va mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars turi: aralash

Dars uslubi: savol-javob metodi

Dars jihozlari: darslik, o’quv qurollari, ko’zgazmali qurollar (fotolavhalar)

D a r s r e j a s i:




Dars taqsimoti

Daqiqa

1

Darsni tashkil qilish jarayoni

2 daqiqa

2

O'tilgan va uyga berilgan mavzuni so'rash, takrorlash jarayoni

10 daqiqa

3

Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni

20 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va msutaqil ishlar bajarish jarayoni

8 daqiqa

5

Darsga yakun yasash, baholash metodlari

3 daqiqa

6

Uyga vazifa berish

2 daqiqa




Jami:

45 daqiqa



D a r s n i n g b o r i s h i:

I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:

a) o’quvchilar bilan salomlashish;

b) sinfxonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish;

c) o’quvchilar davomatini aniqlash.



II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:

Uyga berilgan vazifa savol-javob orqali aniqlanadi:

1. Yunon koloniyalari qachon tashkil topgan?

2. Qora dengiz sohillarida qaysi shaharlar vujudga keldi?

3. Yunonlar o‘zlarini va o‘z vatanini qanday atashgan?



III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:

Afina shahrida markaziy maydon bo‘lib, uning tevaragini turli-tuman imoratlar qurshab turgan. Maydon esa agora deb yuritilgan. U xalq yig‘ini maydoni bo‘lgan. Shahar aholisining ko‘pchiligini hunarmandlar va savdogarlar tashkil etgan.

Afinani idora qilishda Oqsoqollar kengashi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Shu kengash hokimlar va sudyalarni saylagan. Ular kengash a’zolari singari faqat Afina aslzodalaridan iborat bo‘lgan. Afinada aholining bir qismini zodagonlar (aristokratlar) tashkil etib, boshqa bir qismi oddiy xalq – «demos»ular ning foydasiga ishlashga majbur edi. Shu bois Afina davlati aholisi o‘rtasi da kelishmovchilik va nizolar vujudga kelgan. Adolat qaror topishini xohlagan har ikkala tomon Drakont ismli hukmdorga murojaat etadi. Ular Drakontdan huquq va majburiyatlar borasida hammani tenglashtiruvchi qonunlar yozishni iltimos qilishadi.

Afina davlatida xalq aslzodalar hukmronligidan norozi edi. Xalqning ahvoli tobora yomonlashaverdi, shunda odamlar o‘z haq-huquqlari uchun kurashga bel bog‘ladilar. Ular zodagonlarning uy-qo‘rg‘onlariga hujum qila boshladilar. O‘z yeri va jonidan xavotirlangan zodagonlar yon berishga va xalq talablarining bir qismini bajarishga majbur bo‘lishadi.





IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:

1. Demokratiya nima? Afinada demokratiya qaysi shaklda namoyon bo‘ldi?

2. Solon islohotlari o‘tkazilgandan keyin aholi turmushida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?

3. Solon islohotlari bo‘yicha Afina davlat boshqaruvining asosiy organlarini sanab bering.

O’qituvchi tomonidan o’quvchilar fikri umumlashtirilib to’ldiriladi

V bosqich: Darsga yakun yasash, baholash metodlari:

Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimida baholanadi.



VI bosqich: Uyga vazifa berish:

Ushbu mavzuni o’qish, mavzu oxiridagi savol va topshiriqlarni daftarga yozib bajarish, Afina davlati hamda demokratiya haqida kengroq ma’lumot izlab-topib o’rganish hamda Afina demokratiyasi bilan bugungi kunda mamlakatimiz demokratiyasini solishtirib o’rganib, ularning o’xshash va farqli jihatlarini o’rganish.


O’qituvchi: S. Nurumbetova

O’IBDO’ ______________
Download 372.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling