A V l o n I y t a n L a n g a n a s a r L a r


Yetsa  umringni  bahori,  kelgusidur  bulbuling


Download 4.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/18
Sana15.03.2020
Hajmi4.35 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Yetsa  umringni  bahori,  kelgusidur  bulbuling,
Bo‘lg‘usi gullar,  chamanlar bulbuliston,  chekma  g‘am,
Bo‘lmag‘il  navmid  hargiz,  bexabarsan  g‘aybdan,
Parda ichra bo‘lg‘usi ko‘b sim  pinhon,  chekma g‘am.
Har  kishi  olamda  sargardon  kezar  g‘amxorsiz,
Oxiri  yordamchi bo‘lg‘ay  anga bir jon,  chekma  g‘am.
Ka’ba  istab  gar  qadam  qo‘ysang  biyobonlar  aro,
Bersa zahmatlar sanga  orí  mug‘Uon,  chekma g‘am.
Bir  tarafdan  dog‘i  hijron,  bir  tarafdan  ta’nalar, 
Qayg‘uliklar  holini  bilmazmi  rahmon,  chekma  g‘am.
Sel  kelub  dunyoni  barbod  etgali  qilsa xuruj,
Nuh suvchidur,  sanga tegmaz bu to‘fon,  chekma g‘am.
Garchi  manzildur  xatarlik,  ham  yiroq  maqsudimiz, 
Hech yo‘l yo‘qdurki, bo‘lmas anda poyon, chekma g‘am.
Hofizo,  faqr uyida  tanho  qorong‘uda  yotub,
Toki  virdingdur  duo-u  darsi  Qur’on,  chekma  g‘am.
Har  kishida  bir  g‘arazdur,  har  ko‘ngulda  bir  xayol, 
Har kim o ‘z umidining  qurboni,  Hijron,  chekma g‘am.
MAKTAB
Maktabdur  oftobi  jahon  saodating,
Maktabdur  osmoni  zamon  sabovating.
Maktabdur  eng  ziyoli  puranvor  jilvagar, 
Maktabdur  oshyoni  hama  fayz  qudrating.
Maktab  qoshina  kimni  chaqirsa,  qilur  adib,
Maktab  makoni  manba’i  insof-u  g‘ayrating.
Maktab  u joyi  dilkash  shirin  maqomdur,
Maktab  behisht-u  jannat  hur  tabiating.
Maktab  jahonni(ng)  bir  chamani  lolazorkim, 
Maktabki,  sarvi  sunbulidur  qadr-u  qimmatAig-
Maktab  nasimi  subh  kabi  fikra jon  verar,
Maktab  hayot  ziynatidur  odamiyating.
121

Maktab  qilur jaholat-u  nodonlig‘a  iloj,
Maktab  baloyi  ofatidur  qayg‘u,  kulfating.
Maktab  ko'ngulni  zulmat-u  g'amdan  qilur  xalos, 
Maktab  kalidi,  ochquchidur  bobi  rohating.
Maktab  dilingga  sochg‘usi  ilm-u fununni,
Maktab  ziyoda  qilg‘uchidur  aql-u  hikmating.
Maktab  hakimi  hoziq  erur jahl  dardina,
Maktab  gulob  ma’junidur  dard-u  hasrating.
Maktab  dilingi  pok  qilur  zanggi  vahmdan, 
Maktab  egov-u  arrasidur  faqr-u  zillating.
Maktab  qo'lingni  tutdimi,  boshlar  hidoyata, 
Maktab  rais-u  rahbaridur  din,  millating.
Maktab  —  u  chashmaiki,  suyi  kavsari jinon, 
Maktab  —  u  manba’iki,  sochar  fayzi  rahmating.
Maktab  yo‘lini tutsa kishi tobg‘usi  najot,
Maktab  —  u  manziliki,  mururi  salomating.
Maktab  uyeki,  Ka’bayi  maqsud  shundadur, 
Maktab  sharafli  jome’i  har  bir  ibodating.
Maktab  zakot  ro‘za-yu  hajni  bayon  qilur,
Maktab  namoz  ta’lim  edar  ham  tahorating.
Maktab  — xulosa bog‘i  adab,  koni  ma’rifat, 
Maktab  hariq  vulqoni,  Hijron,  jaholating.
MAORIF  NADUR
Maorif oftobi  partavi  nuri  haqiqatdur,
Maorif jilvagarkim,  hosiloti  fayzi  rahmatdur.
Maorif  bir  chamandur,  gullari  ta’mini  istiqbol, 
Maorif  millatini  xor  qilmas,  sarvi  jannatdur.
Maorif  bir  behisht  —  hur-u  g'ilmonlar  makonikim, 
k'-rif  xobi  g‘aflatdan  qochar  bog'i  salomatdur.
Maorif o lmasaydi  nuri  ilma qiymat  o ‘lmazdi,
Maorif bir  adibi  taijimon  qadri  qiymatdur.
122

Maorif tarqatur  olamg‘a  har  xil  fayzi  ulviyat,
Maorif noshiri  ravnaqfizoyi  qalb-u  fikratdur.
Maorif bir  uzukkim,  qaysi  millat  taqsa  bolodur,
Maorif xotami  muhri  Sulaymoni  tabiatdur.
Maorif bir  suvekim,  qaysi  millat  ichsa,  ul  o ‘lmas, 
Maorif chashmayi  obi  hayoti  odamiyatdur.
Maorif  bir  sadafdur  (to)  mahmini  qomida  dur  aylar, 
Maorif tarbiyat  baxshoyi  qiymat,  sha’ni  millatdur.
Maorif bir  sahob-u  so‘ng  bahori  nozparvarkim, 
Maorif-la o‘son dillarda anvori sadoqatdur.
Maorif  o ‘yla  bir  ohangrabodur  fikr,  vijdona,
Maorif joziba  fan,  dof ei jomi jaholatdur.
Maorif bildirur  ilm-u  funun  yo‘lini  insona,
Maorif bir  muallimdurki  darsi  aqla  rif atdur.
Maorif  sham’durkim,  ravshan  aylar  dili  shabro‘ni, 
Maorif nurining  parvonasi  ozod  ummatdur.
Maorif rahnamo  —  yo‘lboshchidur  rohi  haqiqatga, 
Maorifdan judo  millatni  holi  ya’si  hasratdur.
Maorif soyasinda chiqdi buncha yangi  san’atlar, 
Maorifning  vujudi  turmushi  bir  ilmi  hikmatdur.
Maorif-la  taraqqiy  qildilar  ag‘yor,  biz  qolduk, 
Maorifsizlaring  chekdiklari  olomi  g‘urbatdur.
Maorif birla qilsa ahli olam kasbi ulfatni,
Maorifdin  qochib,  Hijron,  bo‘lub  bizg‘a  nadomatdur.
GIRDOBI  G‘AMDAN  BIR  FO‘RTANA
Keldi  gulzori  jahonga  qaysi  gul,  xor  o ‘lmadi?!
Qaysi  bir  bulbul  jafoyi  yordan  zor  o‘lmadi?!
Ko‘rdingizmi  bir  chechak  — dahr  ichra  oxir so‘lmasun, 
Qaysi  gulni  ko'rdingiz,  bog‘  ichra  bexor  o ‘lmadi?!
Qavmiga  ming  yil  nasihat  qildi  Nuh  —  kor  etmadi, 
Qaysi  payg‘ambar  xaloyiqdan  dilozor  o‘lmadi?!
123

Ko‘rsating  bir  Yusufi  qardoshlari  zulm  etmagan,
Qaysi  bir  Ya’qub  dog‘i  hajri  diydor  o ‘lmadi?!
Qaysi  Muso  chekmadi  ranj-u  alam  fir’avndan,
Bormi  bir  Ilyos  qavmidinki,  bezor  o ‘lmadi?!
Ash’iyo  qilsa  nasihat  qavmiga,  qildi  shahid,
Qaysi Zikriyo boshida  arra tayyor o‘Imadi?!
Tashladi  Namrud  o ‘t  ichra  (ul)  Xalilullohni,
Qaysi  bir  Yahyo  shahidi  tig‘i  xunxor  o ‘lmadi?!
Qaysi Yunus  otmadi  dengiz  quchog‘ina  o‘zin,
Bormi  bir  Isoyi  Ruhullohki,  bardor  o ‘lmadi?!
Barcha payg‘ambar jahonda  qavmidin  chekdi jafo, 
Bormi  bir  Ahmad,  duchori  zulmi  kuffor  o ‘lmadi?!
Bormi  bir  Siddiq,  og‘u  ichmasin  bu  dahrda,
Qaysi  bir  Umar  shahodatga  giriftor  o‘lmadi?!
Bormi  bir  Usmon  shahodat  sharbatin  no‘sh  etmagan, 
Qaysi  Haydar  boshida  tig‘i  sitamkor  o'lmadi?!
Xonadoni  Mustafokim,  zahr  ichib  o ‘ldi  Hasan,
Qaysi  sahrodur  Husayn  qoni-la  anhor  o ‘lmadi?!
Bormi  bir  Suqrot  olam  ichra  og‘u  ichmasun,
Kimki  hikmat  sohibidur  dahr  anga  yor  o ‘lmadi?!
Qaysi  Bistomiyni  ko‘rding  xalq  takfir  etmagon,
Bormi  bir  Mansur  «Analhaq»  desa  sangsor  o ‘lmadi?!
Laylining  Majnunina  yo‘l  vermadi kajrab  zamon, 
Kimki  oshiqdur,  jahonda  vasli  dildor  o ‘lmadi.
Bermadi  Farhodina bu bevafo  Shirinini,
Vomiqing  Uzrosina bu  charx g‘amxor o'lmadi.
Ko‘rmadingmi:  sham’  yonmazmi  visoli  yor  uchun, 
Bormi  bir  parvona,  Hijron,  shu'lai  nor  o‘hnadi?!
PARISHON  HOLLAR
Haqiqatdan,  saodatdan  yiroq  ahli  fano  bizlar, 
Safolatda,  razolatda  chekarmiz  bing jafo  bizlar.
Sanoye’  soyasida kasbi shavkat aylasa ag‘yor,
G ‘arib  millat  boshiga  behunar  bitgan  balo  bizlar.
124

Maorifsiz,  sanoatsiz,  tijoratsiz,  ziroatsiz,
Yotib  xobi  kasolatda jahondan  mosuvo  bizlar.
Zamonning  iqtizosi  yangi  olmoq,  eskini  otmoq,
Kulunj  ahvolimizdur,  eski  fikr  Abdulqafo  bizlar.
Nechun  bizlarda  qadrin  bilmayur hech  kim  badan  ilmin, 
Qolub  g‘aflat  ichinda  ko‘rmayin  ro‘yi  ziyo  bizlar.
Tamaddun  olamindan  darsi  ibrat  olmayurbiz,  oh, 
Jahondan  ko‘rmayin  o ‘tmakda  osori  zako  bizlar.
Bizim  xilvatda  ko‘rsa,  qilmishimizdin  qochar  shayton, 
Xaloyiq  oldida  xo‘b  muttaqiy,  so‘finamo  bizlar.
Biza  lozim  kelurmi  eski  hammom,  eski  tos  o‘lmoq, 
Taraqqiy yo‘lina  yuzlandi  olam  ro‘dafo  bizlar.
Funun-u  ilm  olub,  hamsoyalar  etdi  murodina, 
Jaholatga  bo‘lub  hamdam g‘arib-u  benavo  bizlar.
Sharorat aylamakda barcha millatdan o‘zub ketduk, 
Asiri  fisq  bo‘lduk,  misli  qavmi  naynavo  bizlar.
Ota  o‘g‘lin  o‘qutmas,  qizni  qilmas  tarbiyat  modar, 
0 ‘sub  beilm,  beta’lim,  besharm-u  behayo  bizlar.
0 ‘quvni  farz  der  bizni  shariat  har  o ‘g‘il-qizg‘a, 
0 ‘qutmay  qizlarimizni,  shariatdan  judo  bizlar.
Kiyib  xirqa-rido,  gardong‘a  solib  sotdimiz  taqvo, 
Vatandan, xonumondan, bog‘-u bo‘stondan raho bizlar.
Agar  ahd  aylasang,  qilg‘il  vafo,  der  tangri  bizlarg‘a. 
Ki  har  kun  va’dasin  bing  marta  buzgon  bevafo  bizlar.
Ilmsiz,  tarbiyasiz,  mol-u  sarvatsiz  bo‘lub  Hijron, 
Hamiyatsiz,  bilimsiz  darbadar  yurgon  gado,  bizlar.
FALAKDAN  BIR  SHIKOYAT
Bu  kajrab qurub bizlara turfa dom,
Qaro-oq  ila  aylayur  bizni  rom.
Gunash  nuridan  ayladi  bizni  dur,
Hama  ilm subhidadur,  bizg‘a shorn.
Qamar  shu’lasindan  ololmay  ziyo,
Tanazzul  yo‘lin  qildimiz  ehtirom.
125

Ko‘rinmas  bizni  baxtimiz  yulduzi,
Zamon  to‘rba'sin  qilmayin  ko‘zg‘a  rom. 
Funun  ko‘kida  o ‘zgalar  barqdek,
Qilur jilvasin  boshimizda  davom.
Falak  markazidur  qaro  baxtimiz,
Qachondur  o ‘lur  chambari  kajmarom.
Ziyo  ro‘zi  ta’mini  ag‘yor  uchun,
Qaro  kechasin  pos  etar,  biz  g‘ulom.
Bu  zulmatni  bizdan  ko‘tar,  ey  falak,
Bahaqqi  Muhammad  alayhissalom.
Qachon  tebratur  ilm  subhing  nasim?
Nasib  o‘lmayin  go‘staro‘rmi  qiyom?
Havong bizlara tarbiyat vermasa. 
Emrilub-emrilub  buzulsun  tamom.
Qazo  bodi  Hijron  solub  charxinga,
Xarob  aylasun,  aylasun  vassalom.
QIT’ALAR
Bing ayshimni qiluram hadya birgina g‘amga —
Ki,  aysh-u  xobu  xayol-u  g‘amim  banga  yo‘ldosh, 
Agarchi  baxti  qaroyam,  ki  hech  g‘am  chekmam, 
Charoki,  baxtim  erur  holi  millata  o ‘xshosh.
*  *  *
Maorif uyini  bolosidur  o ‘y-u  vatanim,
Funun  bog‘ini  ra’nosidur  gul-u  chamanim, 
G ‘ubora do‘nsa g‘amim yo‘q vujuda ziri vahm, 
G ‘arib  millatimning  xokidur  go‘r-u  kafanim.
*  *  *
Suhbati  solih  qilur  komil  sani,
Suhbati  johil  qilur  fosiq  sani,
Tirgizodur  ko‘nglingni  arbobi  hoi, 
0 ‘ldurodir  qalbing(n)i  arbobi  zilol.
*  *  *
Yaxshi  do‘st  aybi  yor-do‘stini,
Ko‘zgudek ro‘baro‘sida so‘zlar.
Yamon  o ‘rtog‘  tarog‘cha  ming til  ila, 
Orqadan  burmalab  tarab  so‘zlar.
1 To‘rba — to'rva.
126

«ADABIYOT  YOXUD  MILLIY 
SHE’RLAR»dan
Qalam  qarosidur  ogoh  dostonimdin,
Hazin  qayg‘um  eshiting  и  tarjumonimdin. 
Nechun farah  bo ‘lay in,  oh,  beziyo  ko'ruram, 
Kelan  zamonimi,  Hijron,  kechan  zamonimdin.
*  1916-yilgi  (T.,  Orifjonov  litogr.)  ikkinchi  nashriga  asoslandik.
U CH IN CH I  JUZ*
127

H A M D
Ey  Xudovandi jahon,  loyiq  senga  hamd-u  sano,
Iki  harf ila  iki  olamni  san  qilding bino.
Har  nimakim,  bor-yo‘q  qilmoq  senga  oson  erur, 
Istasang  bo‘lg‘usi  barpo,  istasang  bo‘lg‘ay  fano.
Bu  jahon(u)  ins(u)  jon  bir  kun  hama  yo‘q  bo‘lg‘usi, 
Bir  o ‘zingg‘a  xos  erur  qolmoq  hayot  ila  baqo.
Har  nafasda  iki  ne’mat  sandan  osori  hayot,
Barcha  mavjudoti  olam  iktisob  aylab  havo.
Gabr-u  tarso,  mo‘min-u  kofir  qilur  qulliq  sanga, 
Dargahingga  bosh  egar  yosh-u  qari,  shoh-u  gado.
Barcha millatlar senga o ‘z holicha toat qilur,
Qahr(u)  lutfmgdin  emas  xoli  adib-u  porso.
Gardishi  xoningda  alvon  ne’matingdan  yeb-ichar  — 
Suvda  mohi,  ko‘kda murg‘on,  yerda  inson,  chahorpo.
Bu  dabistoni  jahondan  har  kim  olgay  bir  sabaq, 
Ba’zilar  beldar  hudoni,  ba’zilar  beldar  xato.
Rahmatingdan  kesmagay  ummidini  har  bir  vujud, 
Borgohi  kibriyodan  aylayur  xavf-u  rijo.
Marhamat  bobida  ismingdurki:  «Rahmoni-r-rahim», 
Bizdan  isyon-u  xatolar,  sendan  ehson-u  ato.
Adl(u)  ehson-u  karimlik  sha’ning(g)a  shoyistadur,
Har ne bersang shokiriz, bo‘lmas demak chun-u charo.
Nur(u)  zulmat,  shod(u)  g‘am,  fagr-u  fano  sandan  etor, 
Zahr  ortidan  chiqar  bol,  to‘y  ortidan  azo.
Bir  kishin  aylab  funun-u  ilmdan  idroksiz,
Biming Aflotun  kabi  ko'nglina  solding  kimyo.
128

Ba’zini(ng)  johil,  dani  —  qilding  dilin  aylab  qaro, 
Ba’zini(ng)  allomai  dahr  aylading  -   verding  ziyo.
Bir  kase  afsun  o‘qur  o ‘rtaga  tafriq  solgali,
Birtasi  tasxir  uchun  boylar  tugun,  yozgay  duo.
Ba’zilar  bir  shayxni  ushlab,  pirim  deb,  qo‘l  berib, 
Xoki  poyini  qilurlar  ko‘zlariga  to‘tiyo.
Ba’zi  bir  soTinamolar  nafs  uchun  toat  qilur,
Hirs  ila  bo‘lmish  biri  aftodai  ko‘yi  riyo.
Ba’zilar  bo‘lmish  musaxxar  bir  go‘zal  dildorga, 
Bog'lamish  mehr(u)  muhabbat  zulfi  yor-u  dilrabo.
Obidu  zohid,  muridu  murshid-u  shogird-pir,
Nafsi  ammora alinda umrini  ay lar habo.
Zulm  edar  mazluma  zolim,  aylamas  sandan  haros, 
Qolmadi ushbu zamonda Odam o‘g‘lida vafo.
Ag‘niyolar  notavonlarga  qilur  zulm-u  sitam,
Faqr  ahli  bo'ldilar  sabr-u  qanoatdan  judo.
G ‘ayrat-u  nomus  ila  sharm-u  hayo  yo‘q  kimsada, 
Rahm-shafqatlar  ozaydi,  qolmadi  xayr-u  saxo.
Moyai  iqbol  uchun  ba’zi  qilur jahd-u jadal,
Sarvati  sarmoyai  davlatga ba’zi  mubtalo.
Aylading,  yo  Rab,  chibinga  qandi  shirindan  nasib, 
0 ‘tkarur  avqotini  yeb  ustixon  murg‘i  humo.
Sher dandoniga  qilding  luqma oh-u zomi,
Bo‘ri  changolida  qo‘yni  aylading  motamsaro.
Ankabuta pashshani  qilding yemush,  mushxora  mush, 
Chok  etar  bag‘rin  —  kabutami  qilur  lochin  g‘izo.
Chok  o ‘lur  miskin sadaf ko'ksida vor  durdona  chun, 
Bulbuli  sho‘ridani(ng)  solgay  qafasga  xush  sado.
Qayda  ko‘rsang  g‘olibi  mag‘lubni  aylar  poymol, 
Yerdadur,  suvda,  havoda  yo‘q  bo‘lish  g‘amdan  raho.
Ey Xudo,  hayratda  qolgan  aql  sun’ingg‘a seni,
Charxi  davron  o ‘zgarish-la  aylanur  subh-u  maso.
9  — A bdulla  A vloniy,  1-jild
129

Bir  zamon  bo‘lg‘ay  gunash  nuri  ila  ravshan jahon,
Bir zamon chiqg'ay bulut — ravshan jahon bo‘lg‘ay qaro.
Muncha  zulmat  ichra,  yo  Rab,  qoldi  Hijron  millatim, 
Millatim,  milliyatim  hajrida  bo‘lsun jon  fido.
NA’TI  SARVARI  OLAM
Tutundim  na’tinga,  ahmad,  qilub  himmatni  bologa, 
Sifoting jonga  marham deb  qalam tebratdim inshoga. 
Vujudingkim  muyassar  bo‘ldi  ul  kun  dori  dunyoga, 
Abiri  mushki  totoring  yetushdi  arzi  Bathoga 
Yiqildi  Ka’badin  but,  larza  tushdi  qasri  Kisroga.
Yuzing  riurini  ko‘rganda malaklar sajda  aylardi,
Ko‘zing shahlosiga Jabr(o)il o ‘zini banda aylardi,
Yer-u  ko‘k  xalqi,  ins-u jin(s)  boshin  afkanda  aylardi, 
Jamolingg‘a vuhush-u tayr tabriki  xanda  aylardi, 
Muqawas  qoshlaring  ta’rifi  yetti  go‘shi  anqoga.
0 ‘shal  kunkim,  Buroq-u  Rafraf ila  aylading  me’roj, 
Vujuding-la samoga Haq sanikim ayladi  ixroj,
Kiyib  erding  muborak boshing uzra  san  la’oliy toj, 
Tamomi  anbiyo  ruhi  yo‘lingda  erdilar  muhtoj,
Ziyorat  qilg‘ali  keldilar  ul  kun  Baytul  Aqsoga.
U  chohi  saltanatkim,  sanga  berdi  xilqati  lavlok, 
Tufaylingdur  iki  olam,  vujuding  nur(u)  nasling  xok, 
Quduming  gardidan  bo‘ldi  muattar  etti  qat  aflok, 
Jamoling  shavqida  huri jinon  etdi  yaqosin  chok, 
Tilarding  osiy  ummatni  chiqub  san  arshi  a’loga.
Bu dunyo  lazzatiga qilmas erding zarracha parvo, 
Qadamgohing  edi  ul jannati  firdavsdan  bolo, 
Pay(g‘)ambarlar  barisidan  sani  rutbang  edi  a’lo, 
Malaklar ham  sani ko‘rgan zamon  der erdi:  «Omanno», 
Nechuk  bosh  egmasunlar  sen  kabi  oliy  shahanshoga.
Hamisha go‘shi joningg'a yetub  ilhomi rabboniy, 
Payo-pay yetgay erdi  qalbinga  oyoti  Qur’oniy,
Jilo  bergay  edi  yuz gulshaningg'a  nuri  rahmoniy, 
Saxovat  sohibi  erding,  shafoat  javharin  koni, 
Sig‘inmasmi  bu  ummatlar  seningdek  durri  yaktoga?!
130

Qani  ummatki,  bilsa  gavhari  qiymatbahosini,
Yo‘lidan chiqmasa o ‘lguncha sandek rahnamosini,
Ajab  ermaski,  topsa  iki  dunyo  muddaosini,
Tufaylingdin  qabul  etsa  Xudo  shoyad  duosini,
Shafe’  aylab  sani  qilsa  tazarru'  robbi  Allo(h)ga.
Ilohiy — sen,  Rahim — sen, rahmating behadd-u bepoyon, 
Habibing  hurmatidan  millati  xor  etma,  ey  Rahmon, 
Bu  ummatlar  bu  kunda  qildilarkim  haddidan  tug‘yon, 
Gunoh  loyiga  botdi,  qolmadi  qo‘zg‘almoqa  darmon, 
0 ‘zing  yetkur  bu  Hijron  osi(y)lami  Ka’batullo(h)ga.
BIZLARDA  NIMALAR  BOR
Qaysi  millatning  bizimdek  voizi  xushxoni  bor?
Kimni  beshta  xotun  olgan  qomi to ‘q  eshoni  bor?
Ko‘zi  og‘riq  bir  kishi  borsa  tabib  surgi  berur, 
Ko‘rdingizmi,  kimni mundog4 Zufunun,  Luqmoni bor?
Ilm  uchun  sarf  aylayur  bor-u  yo‘qin  ag‘yorlar, 
Bazm-u to‘yga  kimni  bizdek sohibi  ehsoni bor?
Mehr-u  shafqat  o‘zgada,  bizlardadur  kin-u  nifoq, 
Qaysi  ummatning  bizimdek  besar-u  somoni  bor?
Gar  gadoy  don  topsa,  to‘rba  topmagay  degondek, 
Kimni bizdek belbog‘ida to‘rt  qabat hamyoni  bor?
Gar  safarga  chiqsamiz  xuijin  to‘la go‘sht-u  qazi,
Yog‘i  chiqg‘on  to‘rbasidin  kimni  so‘k-talqoni  bor?
Gar  qulay bo‘lsa yoturmiz  hafta  mehmonxonada, 
Kimni  bizdek  bemalol  ishsiz  —  bekor  mehmoni  bor?
Me’damizdur  boquvat1  —  xom-u  fishiq  birdek  biza, 
Kimni bizdek  mahmidaklik2  qora bug‘doy noni  bor?
Yengil  ishlarni  qilurlar  o ‘zgalar  san’at  bilan, 
Qof-qaro  xidmat  bizimkidurki,  o ‘lmas joni  bor.
Jon  suchukmi  halvo  deb  so‘rsa  agar  bizdan  birov, 
Halvo  shirin  deb javob  bermoqni  xo‘b  imkoni  bor.
1
 Baquwat.
2 Chamasi,  sedananing  bir  turi  haqida  gap  ketayotir.
131

Ota-bobodan  meros  qolgan  uchun  arzón  baho, 
Yerlarimizni(ng)  sotarmiz,  bizda  pulning  koni  bor.
Katta-katta  oqchalami(ng)  sarf edub  bid’atlara,
Qars  urub,  qarzdor  bo‘lub  qolmoq  yo‘lin  osoni  bor.
So‘ylagan,  yozgan  biJan  bo‘lmas  ado  hasratlarim, 
Qayda mendek millating qayg'usida Hijroni bor.
MILLAT  HOLINDAN  BIR  JIGARSO‘Z
Ey  Xudovandi jahon,  maxfiy  emasdur  sanga  hol, 
Bizlara berding jaholat,  o ‘zgag‘a  izz-u  kamol.
Buncha kulfat,  buncha g‘am to‘plandi  millat boshiga, 
0 ‘yla  behol  o‘ldikim,  qo‘zg‘olmaka  yo‘qdir majol.
Bir  tarafdan  ilmsizlik,  bir  tarafdan  xorlik 
Tutdi  millatning  yaqosindin  —  qutulmog‘i  mahol.
Ro‘shnolig‘  ko‘rmayur,  kundan  kun  ortur  mehnati, 
Bu  razolatdin  xalos  o ‘lmoqg‘a  yo'qdur  ehtimol.
Shul  qadar  ma’yus  holin  so‘rg‘oli  yo‘q  kimsasi, 
Barcha  avlodi  bilimsiz,  kar  qulog‘-u  gung(u)  lol.
Har  kim  o ‘z  nafsi  uchun  shom(u)  sahar  javlon  urar, 
Millating  ahvolidan  voqif  emasdur  yosh-u  chol.
Iki-uch  dona jaridasi  chiqodur  kuch  bila,
Bizni  Turkiston  maorif yo‘lig‘a  qilmas jadol.
Toza qotmish  uyquga,  kirmas  qulog‘iga  sado,
Qahf xobida  yotar  to  ro‘zi  mahshar  bemalol.
Bu  taraqqiy  davrida  nechun  ochilmas  ko‘zlari, 
Uyqumi,  g'aflatmi  bu  — bitmas-tuganmas  moh(u)  sol.
Sezmayur jismi  hisi,  tuyg'usi  yo‘q  surat  kabi, 
Tepsangiz  tebranmayur  boshiga  monandi  devol.
0 ‘ylamas,  afsus,  aslo  bir-da  istiqbolini,
Qoflamish  atrofmi  qayg‘umi,  hasrat  yo  xayol?
Buncha  Hijronlig‘da  afg'onlar  chekodur  har  zamon, 
Qil  tarahhum  holina,  lutf  et  o‘zing,  yo  Zuljalol.
132

RAM AZONI  SHARIF
Keldi  bizlarga  bu  kun  mohi  safodur  ramazón, 
Miskin-u  zorlara  xayri  saxodur  ramazón.
Kechasi  xatmi  tarovih,  kunidur  ro‘za  ila, 
Ichi-toshi  to‘la  nur  —  durri  bahodur  ramazón.
Kambag‘allarga  berur  mol-u  zakotin  boylar,
Siylar  iftor  qilub,  mehr-u  vafodur  ramazón.
Laylatu-l-qadr  kechasi  yoshirin  bu  oyda,
Kimki  bedor  esa,  albatta  topodur,  ramazón.
Har kim  ixlos  ila tutsa butun  oy  ro‘zasini, 
Ushlabon  ilkini jannatga  chopodur  ramazón.
Ro‘za tutmoq biza  islom  dinining bir rukini, 
Qoralangan  dilimiz  pok  yopodur,  ramazón.
Ilmi  tib,  hifz-u  sihat  yo‘llarina  hoviydur1,
Bobi  hikmatlarini  bizga  ochodur  ramazón.
Me’damizni qiladur toza va  ishlaydurgon,
Tomir-u  nervimiza  doru  sochodur  ramazón.
Qalbimiz  pok  qilur  ruhimizni  tasfiyasi2,
Ko‘b  yemoq  ayni  xatodurki,  qochodur  ramazón.
Halqini3  toza  qilub,  pok  qilur vijdonini,

Download 4.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling