Abadiy muzlik jinslaridagi yer osti suvlari Reja I. Kirish II. Asosiy qism Abadiy muzlik jinslaridagi yer osti suvlari


Download 492.7 Kb.
bet1/3
Sana21.11.2023
Hajmi492.7 Kb.
#1791700
  1   2   3
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (1)


Mavzu: Abadiy muzlik jinslaridagi yer osti suvlari
Reja
I. Kirish
II. Asosiy qism
1. Abadiy muzlik jinslaridagi yer osti suvlari
2. Muzlagan qatlam usti suvlari
3. Muzlagan qatlamlar aro suvlar
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish

Yer osti suvlari planetamizdagi mavjud ichimlik suvining asosiy qis- mini tashkil etadi. V.V.Vernadskiyning taxminicha, yer qobig‘idagi (yer sathidan 16 km chuqurlikdagi) yer osti suvlarining miqdori 460 mln km3 ni tashkil etadi. Golland olimi Vonxonsning ta’kidlashicha, yer qobi- g‘idagi yer osti suvlarini Yer shari yuzasiga chiqarilsa, 90 m qalinlikdagi suv qatlami hosil bo‘ladi. Fransuz mutaxassisi Rene Koyanining ko‘rsati- shicha, yer bag‘riga qazib tushilgan burg‘i quduqlarining chuqurligicha bo‘lgan tog‘ jinslarining g‘ovaklarida 8 mln km3 hajmdagi suv mavjud. Yer osti suvlari tabiatda mavjudligi bilan insonlarning chuchuk ichimlik suviga bo‘lgan talabini qondiradigan, xalq xo‘jaligining hamma sohalarida, jumladan, qishloq xo‘jaligida, meditsinada va boshqa soha-larda ishlatiladigan birdan-bir suv manbayi bo‘lib hisoblanadi.


Respublikamiz hududlaridagi mavjud minerallashganlik darajasi 5 g/l gacha bo‘lgan hamma yer osti suvlarining prognoz zaxirasi N. A. Ahme- dov, A. A. Mavlonovlarning ma’lumotiga ko‘ra (2003-yil) 66 mln m3/sut bo‘lib, uning 34,5% Farg‘ona vodiysiga, 25,7% Toshkent viloyati hududiga, 18% Samarqand viloyati hududiga, 9% Surxandaryo viloyati hududiga, 5,5% Qashqadaryo viloyati hududiga to‘g‘ri keladi. Umumiy yer osti suvlarining 22,9% chuchuk, kam minerallashgan (mineral- lashishi 1 % dan kam) suv hisoblanadi. 2002-yilning 1-yanvariga bo‘lgan ma’lumotga asosan respublikamizdagi hamma maqsadlar uchun yer ostidan olinayotgan suvning umumiy miqdori 17367,2 ming m3/ sut bo‘lib, undan 6913,8 ming m3/sut xo‘jalik-ichish maqsadlari uchun, 1849,5 m3/sut sanoat va texnikaviy; 4486,5 m3/sut sug‘orish maqsad- lari uchun ishlatiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuni aytish kerakki, yer osti suvlari- ning paydo bo‘lish, sarflanish qonuniyatlarini bilish, ularning turlari, tarkibi, fizik, kimyoviy xususiyatlari, vujudga kelish, o‘zgarish sabablari to‘g‘risida bilimga ega bo‘lish nihoyatda zarur. Talabalarning bunday bilimga ega bo‘lishi respublikamiz hududidagi hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan yer osti suv zaxiralarini ekologik jihatdan ehtiyot qilish, saqlash, tejamkorlik bilan ishlatish imkoniyatini beradi.

Download 492.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling