Abay Qo‘nonboyev


Download 45.26 Kb.
Sana07.10.2019
Hajmi45.26 Kb.

Abay Qo‘nonboyev



(1845–1904)

Qozoq klassik adabiyotining asoschilaridan biri, buyuk shoir va ma’rifatparvar Abay (Ibrohim) Qo‘nonboyev Qozog‘istonning Semipalatinsk uyezdiga qarashli Chingiztov tumanida chorvador oilasida tug‘ildi. Yoshlik cho‘g‘larida madrasada o‘qidi. Keyinchalik rus maktabiga qatnab, rus tili va adabiyotini o‘rgandi. Abay, bir tomondan, Sharq adabiyotining buyuk vakillari Firdavsiy, Navoiy, Nizomiy ijodi bilan, ikkinchi tomondan, A. S. Pushkin, L. N. Tolstoy, M. Ye. Saltikov-Shchedrin asarlari bilan qiziqib, o‘z bilimini oshirdi.

Abay ijodi yoshlik chog‘laridan she’r yozish va o‘lan aytishdan boshlandi. Uning juda ko‘p o‘lanlari xalq orasida mashhur.

O‘z davrining ilg‘or g‘oyali ziyolisi bo‘lgan Abay ma’rifatparvarlik harakatiga boshchilik qildi. U xalqni savodxon qilishga harakat qildi.

Abay lirik shoirdir. Uning she’rlarida tarqoq qozoq qabilalarini birlashtirish (“Sho‘rlik qozog‘im”(1885)), boylik va kambag‘allik o‘rtasidagi ziddiyatlarni ko‘rsatish (“Boy bolasi va kambag‘al bolasi” she’rlari), yoshlikdan hunar va ilm o‘rganish zarurligi g‘oyasi (“Ilm o‘rgan” she’ri) tarannum etildi.

Abay birinchi qozoq kompozitoridir. U o‘z she’rlariga xalq kuylari asosida kuy bastalagan. Abay S. Pushkinning “Yevgeniy Onegin” asaridan parchalarni qozoq tiliga tarjima qildi.



O‘zbek tilida Abayning “O‘lanlar” (1945) va “Abay Qo‘nonboyev” degan nom ostida ayrim asarlari tarjima qilib bosilgan.
Download 45.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling