Абдулла авлоний ҳаёти ва ижоди


Download 93 Kb.
Sana11.06.2022
Hajmi93 Kb.
#750976
Bog'liq
Anorboyev Shodiyor kurs ishi, 9-sinf-ozbekiston-tarixi, 3 мустақил иш, bolgali maydalagich, bolgali maydalagich, 2021- бух, OF SAINTS SHRINES AND TRACTORS UNTANGLIN, papaya carica papaya osimligini fargona sharoitida iqlimlashtirishni bioekologik xususiyatlari, papaya carica papaya osimligini fargona sharoitida iqlimlashtirishni bioekologik xususiyatlari, Ekspert sistemalar, Ekspert sistemalar, Ekspert sistemalar, Kristallotgogidratlarning hosil bo'lish issiqliklarni o'rganish, Highway, Geografiya darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish yo’llari

Abdulla Avloniy hayoti va ijodi
(1848-1934 YIL)
Reja:



  1. Avloniyning hayot yo’li.

  2. Ma’rifatparvarlik qarashlari.

  3. Noshirlik va teatrchilik faoliyati.

  4. Avloniy – yetuk shoir. Avloniy – dramaturg.

O’zbek adabiyotining yuksak bosqichga ko’tarilishida o’zining benazir fazilatlari bilan ulkan hissa qo’shgan Abdulla Avloniy 1848 yil 12 iyul Toshkentning Eski shahar Shayhontohur daha Mergancha mahallasida faqir bir oilada tug’ilgan. Otasining ismi Miravlon, onasining ismi Fotima bo’lib, otasining tub kasbi to’quvchi. U Yarmarka bozorida yoymachilik qilib, bo’z va chit bilan savdo qilar edi. Shunday bo’lsa-da, farzandlar ta’lim-tarbiyasiga katta e’tibor bergan Miravlon aka o’g’li Abdullani 1885 yilda boshlang’ich maktabga o’qishga beradi. Bu yerda u Akromxon domlada savodini chiqaradi. Shoir Abdulla o’z tarjimai holida ibtidoiy o’qish yillarini shunday yozadi: «1890 yilda maktabni bitirib, mahalladagi madrasada dars o’qiy boshladim. Yoshim 13 ga yetgach, yo’qsillik menga ta’sir qildi. Yoz kunlarida mardikorlik qilib, ota-onamga biroz yordamda bo’lib, qish kunlarida o’qir edim. So’ngra O’qchi mahalladagi domlamizning kam hafsalaligidan o’quvda davomsizligidan O’qchi madrasasin tark etib, 14 yoshimda Shoyhontovurdagi Abdulmalikboy dahmasiga kelib Mullo Umar Oxunddan dars o’qiy boshladim. Bu chog’larda ham qish kunlarida o’qib, yoz kunlarida mardikor ishlamoqqa majbur edim. 1894 yildan boshlab she’r yozishga tutindim. Zamonga muvofiq, har xil mavzuda she’rlar yoza boshladim. 18 yoshdan boshlab, mardikorlikdan qutulib, ustochilik darajasiga erishdim. G’isht ustochiligi, suvoqchilik, pechkachilik, duradgorlik ustolig’ini qilar edim. 1890 yilda uylanib, oila boshlig’i bo’lib qoldim. Shu yilda otam o’lib, o’gay onam bilan bir ukam qaramog’imda menga boqim bo’lib qoldi. Bu vaqtda butun oilani boqmoq uchun qish kunlarida ham ishlamoqg’a to’g’ri kelganligidan quvvati muhofazam o’rta daraja bo’lg’on holda madrasani tashlab chiqib ketuvg’a to’g’ri keldi. Shul chog’larda o’zim mehnat ichida yashaganligimdan boylarga va mullalarga qarshi she’rlar yoza boshladim. Madrasadan chiqib ketsam ham maorif ishlaridan chiqib ketmadim. Turli gazetalara o’qishga tutindim. Shul zamonlarda Rusiyaning turli shaharlarida matbuot va jurnallar bilan tanishib, o’qib ma’lumotimni orttira bordim. «Tarjimon» gazetasini o’qib zamondan xabardor bo’ldim».
Avloniy siyosiy faoliyatini ma’rifatparvarlik bilan qo’shib olib borishini eng to’g’ri yo’l deb bildi. Furqat va Sattarxonlar boshlab bergan, Saidrasul Aziziy, Mahmudxo’ja Behbudiy, Shakuriylar tomonidan yangicha shakllarda davom ettirilgan ma’rifatparvarlikni rivojlantirdi. U Mirobodda «usuli savtiya» deb ta’riflangan maktab ochdi. Unda o’qitishning bepul bo’lishidan tashqari, savod tez chiqarilar edi. Yangi maktab haqidagi bunday iliq gaplarning el orasida tez tarqalishi tabiiy, albatta. Eshitganlar kambag’albop maktab ochilganligidan xursand bo’lib birin-ketin oqib kela boshladilar. Bu esa eski usuldagi maktabdorlar g’azabini kuchaytirdi.
Avloniy kamsitildi, tahqirlandi, ta’qib ostiga olindi. Lekin bu fitnalar uning qalbidagi ma’rifat olovini bir lahza bo’lsa-da, so’ndira olmadi, aksincha alangalantirdi. 1908 yilga kelib Avloniyga qarshi fitnalar yanada kuchaydi. G’arazgo’ylar Miroboddagi maktabning yopilishiga erishadilar. Oradan bir yil o’tgach, Avloniy xuddi ana shunday maktabni Degrez mahallasida ochadi.
Abdulla Avloniyning ijtimoiy-siyosiy faoliyati Oktyabr inqilobidan keyin yanada rivojlandi. U bu inqilobga zo’r ishonch bilan qaradi. U «O’lka ishchi va soldat deputatlari soveti»ga saylandi. «O’qituvchilar soyuzi»ni tuzdi. Bundan tashqari, bir qator mas’ul vazifalarda ishladi. Toshkent firqa tashkilotining faollaridan biri sifatida jonbozlik ko’rsatdi. 1918 yilning 17-29 dekabrida bo’lib o’tgan Turkiston Kommunistik firqasining II-qurultoyida Markaziy Qo’mita a’zoligiga saylandi.
1921 yildan boshlab u maorif sohasiga o’tdi. O’sha yili Toshkentdagi o’lka o’zbek bilim yurtida, 1923 yilda Toshkent xotin-qizlar bilim yurtida mudirlik, 1924 yilda V.I.Lenin nomli harbiy maktabda o’qituvchilik qildi. 1925-1930 yillarda O’rta Osiyo Kommunistik universiteti (SAKU), O’rta Oliy Qishloq xo’jaligi maktabida (SAVKS – XIII), O’rta Osiyo davlat universiteti (SAGU) da dars berdi». 1930 yilda A.Avloniy SAGUning professori bo’ldi. U bu yillarda asosan, til sohasi bo’yicha ilmiy ishlar qildi. Bir qator asarlarni o’zbek tiliga tarjima qildi.
Abdulla Avloniy 1934 yil 25 avgustida vafot etdi.
Xalqni ma’rifatli qilish orzusida sa’y-harakatlar qilgan ziyolilar safida, shubhasiz, Abdulla Avloniyning ham alohida o’rni bor. U yangi usuldagi maktablar uchun darslik yozgan muallif sifatida ham bir talay xayrli ishlarni amalga oshirdi. Uning ilk darsligi «Birinchi muallim» dunyoga keldi. A.Avloniy darsligida bola harflar, ularning yozilish qoidalari bilan tanishtirilgach, sodda va ixcham qilib tuzilgan matnlarga o’tiladi. Darslikdan o’rin olgan matnlar har jihatdan bolalarbop qilib tuzilgan.
1912 yilda A.Avloniyning «Ikkinchi muallim» deb nomlangan darsligi bosildi. Bu kitob «Birinchi muallim»ning mantiqiy davomi bo’lib, undagi matnlar o’zining badiiyligi, hayotiyligi, tilining puxta, ravonligi, sodda va samaradorligi bilan ajralib turadi. Unda ham ta’lim va tarbiya masalalari yetakchilik qiladi. Muallif xalq og’zaki ijodi namunalaridan ustalik bilan foydalanadi. Bu kitob ham xuddi birinchi kitob kabi yangi usuldagi maktab madhiga bag’ishlangan she’r bilan ochiladi. U o’quvchilarga qarata:

Maktab sizni inson qilur,


Maktab hayot ehson qilur,
Maktab g’amni vayron qilur,
G’ayrat qilub o’qing, o’g’lon.

Deb murojat qiladi. Abdulla Avloniyning «Maktab gulistoni» (1913) kitobi avvalgi darsliklarning mantiqiy davomi bo’lib, asosan, yuqori sinf o’quvchilariga mo’ljallab yozilgan. Kitobdan o’rin olgan asarlarning ko’pchiligini I. Krilovning tarjima qilingan asarlari tashkil qiladi.


A.Avloniyning darslik sifatida yaratilgan asarlari ichida, shubhasiz, «Turkiy Guliston yohud axloq» (1913) kitobi alohida qimmatga ega. Bu kitob ham «Maktab gulistoni» kabi asosan yuqori bosqich o’quvchilariga mo’ljallab yozilgan bo’lib, odobnoma ruhidagi asardir. Bu kitob Sa’diyning «Guliston»i ta’sirida yaratilgan.
Avloniy serqirra ijodkor edi. Bu betakror ma’rifatparvar muallim, bir qator darsliklarning muallifigina emas, balki yetuk noshir, ajoyib tashkilotchi, davrning muhim qirralarini ilg’ab, unga o’z munosabatini bildira oladigan maqolanavis ham ediki, bu haqda shoir o’z tarjimai holida shunday deydi: “1906 yilda «Taraqqiy», «Xurshid» gazetalari chiqib, eski hukumat tomonidan to’xtatilganidan so’ng 1907 yilda men o’z muharrirligim bilan hamda temir yo’l ishchilarining sosial-demokrat firqasining aloqa va yordami bilan «Shuhrat» ismidagi gazetni sapyorniy ko’chada chiqardim. 1915 yilda Toshkentda chiqqan «Sadoi Turkiston» gazetasiga muharrirlik qildim hamda shu yilda ustav-qonun tuzib, «jamiyati hayriya» ochdik”.
Abdulla Avloniy o’zbek milliy truppasining vujudga keltirgan va uni sahna asarlari bilan ta’minlagan ijodkor sifatida ham bir talay ishlarni amalga oshirdi. U 1913 yilda o’zbek teatri truppasi – «Turkiston»ni tuzdi. U bu davrda ozor va tatar maslakdoshlari bilan ijodiy hamkorlik qildi. Tatar rejissyori Zakki Boyozidskiy bilan hamkorlikda bir qator ishlarni amalga oshirdi. U bu truppaning aktyori, rejissyori, muallifi ham edi. Truppa 1914-1915 yillarda tashviqot ishlarini olib borishida faol ishtirok etdi.
Professor B.Qosimov fikrlariga tayanib shuni aytish mumkinki, «Advokatlik osonmi?», «Pinak», «Ikki sevgi», «Biz va siz», «Portugaliya inqilobi» kabi dramalarini yozgan va o’zi sahnalashtirgan bo’lsa-da, ulardan ayrimlarining qo’lyozmalari yoki nashr qilingan nusxalari saqlanib qolmagan.
Avloniy she’riyatida ham millat taqdiri, Vatan qismati alohida o’rin tutadi. U «g’unchasi maorif uchun zor o’lan Vatan» obrazini chizar ekan, uning ertangi kuni haqida umidbaxsh satrlarni keltirish bilangina chegaralanmaydi, balki Vatan mustaqilligi uchun xalqni uyg’otishga undaydi:

Yetarsan tobakay g’aflat quchog’inda, uyon millat,


Jaholat jomasin ustingdan irg’it tur zamon millat

A.Avloniy she’rlarida, yuqorida ta’kidlaganimizdek, millat va Vatan mavzulari doimo yonma-yon keladi. U millat istiqbolida Vatan erkini, Vatan istiqbolida milliy tuyg’ular tantanasini ko’radi. Jumladan, u «Vatan» she’rini shunday satrlar bilan boshlaydi.


Sening isming bu dunyoda muqaddasdur,


Har kim sening qadring bilmas aqli pastdur.
Sening tuyg’ung yuraklarga savdo solur,
Sening darding boshqa dardni tortib olur.
A.Avloniyning 20-yillarda yaratgan bir qator asarlarida ma’rifatni ulug’lovchi fikrlar ustuvor turganligining guvohi bo’lamiz. U yaratgan asarlar, shubhasiz, yangi davr adabiyotining go’zal namunalari sifatida yoshlar uchun ibrat maktabi bo’lg’usidir.
Download 93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling