Abdulla Qahhor "Muhabbat"


Download 34.34 Kb.
Sana11.05.2020
Hajmi34.34 Kb.
#104871
Bog'liq
Dilnoza



T/r

Adib nomi

Qissalar

Nashriyoti

1.

Abdulla Qahhor

“Muhabbat”

G‘ofur G‘ulomNMIU,1969

2.

Ch.Aytmatov

“Oq kema”

Yangi asr avlodi.Tosh.2018.153bet

3.

Abdulla Qahhor

“Sinchalak”

Ziyouz.com

4.

G‘ofur G‘ulom

“Shum bola”




5.

Ch.Aytmatov

“Birinchi muallim”

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi,Tosh.2018.60bet.

6.

Ch.Aytmatov

“Jamila”

G‘.G‘ulom,NMIU.2005

7.

O‘.Hoshimov

“Dunyoning ishlari”

“O‘qituvchi”NMIU,2019

8.

Muhammad Ismoil

“Sen-qalbimning ardog‘idasan!”

T.:“O‘zbekiston”NMIU,2010

9.

Muhammad Ismoil

“Zabarjad”

T.:”O‘zbekiston”NMIU,2010

10.

Muhammad Ismoil

“To so‘nggi nafasgacha”

T.:”O‘zbekiston”NMIU,2010

11.

Muhammad Ismoil

“Taraddud”

T.:”O‘zbekiston”NMIU,2010

12.

Muhammad Ismoil

“Yulduzlari kuygan tun”

T.:”O‘zbekiston”NMIU,2010

13.

Muhammad ismoil

“Yangi oy chiqqan kecha”

T.:”O‘zbekiston”NMIU,2010



Oq kema

Chingiz Aytmatovning bu qissasi boshida uncha yoqmadi.Zerikarliroq,lekin qissasini o‘qib tugatgach ijobiy qarashlarim ortdi.Qissada Mo‘min chol va o‘z otasini kutib yurgan jajji bolakay ta’sviri,ayniqsa bug‘u haqidagi qissa meni ancha ta’sirlantirdi.Bu hikoya qissa ichida berilgan.Unda ona bug‘uning inson bolalarini o‘z mehr va suti bilan boqqani,lekin oxirida insonlar bug‘ularni o‘z avlodi sifatida ko‘rmay ularga qirg‘in keltiradi.Men bu holatdan juda ham ta’sirlandim.

Umuman olganda,qissada bolaning beg‘ubor va soddagina ko‘ngil o‘ylari, insonlarning yaxshilikka yomonlik bilan javob qaytarishi,zug‘um,tubanlikka ketib o‘z avlodini voyaga yetkazib kelajakka,yashashga taqdim qilib o‘stirib ulg‘aytirgan ona bug‘uning bolalarini,avlodlarini o‘z foydasi uchun pullab nafs quliga aylangan insonlar ta‘sviri berilgan.Qissa oxirida ona bug‘u qaytadi.U bug‘ular avlodlari,ya’ni insonlar bug‘u bolalarini o‘ldirgani uchun ketib qolgan edi.Lekin u qaytib keldi.Bola ona bug‘uni ko‘rdi.Uzooqdan Mo‘min chol uning qaytishiga ishongan edi.

Shum bola

G‘ofur g‘ulomning “Shum bola” qissasi juda kulgiga boy.Qissa juda qiziqarli,ta’sirli.Shum bola aslida shum emas,u soddagina bola.U uyidan chiqib ketib ancha paytgacha qaytmaydi.U har xil insonlar,voqealarga duch keladi.Har xil insonlar qo‘lida xizmat qiladi.U o‘z uyiga qaytishi uchun hech qanday to‘siq yo‘q edi.U shunchaki o‘z oilasiga o‘z mehnati bilan halol pul topib qaytmoqchi edi.Shu yosh bola qalbida shunchalik yigitlik g‘ururi,sha’ni bor.Shum bolaga qoyil qolmay iloj yo‘q.Bir tarafdan juda sodda ko‘rinsa,bir tarafdan mug‘ombir.Bolaning soddaligi qissada huddi shumlikdek ko‘rinadi.U Hindistonga borishni orzu qiladi.Bu haqida do‘stlariga cho‘pchak ham to‘qiydi.Boy bilan bo‘lgan voqealar,ho‘kizni bo‘gizlayman deb eshakni so‘yib qo‘ygani hamma-hammasi aslida bu soddalik.

Dunyoning ishlari”

Bu qissani o‘qigan har qanday inson borki o‘z onasini eslaydi.U dunyodagi jamiki onalar haqidagi kitob.Beixtiyor onasini eslab sog‘ingan inson ko‘zlariga yosh qalqiydi.O‘zingni huddi yosh boladek his etasan.Ayniqsa “Alla” haqidagi kichkina hikoya menga juda yoqdi.har qanday tilda aytilgan alla ham insonni o‘ziga tortadi.Onasini eslaydi.Alladagi sehr,onaning yurakdagi butun mehri shu allada jamlangandek huddi.Menimcha,bundan-da tushunarli sodda,sehrli kuy bo‘lmasa kerak dunyoda.Bu qissa hech qanday bo‘yoqsiz soddagina.Onalar haqidagi sodda,mo‘jaz hikoyalar jamlangan.Lekin shu soddalik har qanday dabdaba va bo‘yoqdorlikdan ustun,bebaho.



Birinchi muallim

Bu qissa juda ham ta’sirli.Kichkina bo‘lsa ham olam ma’no jamlangan.Qissa qahramoni Dyushen mehnatkash,fidoyi,sodda ko‘ngli toza inson.U hech qachon bolalarga bilim berish,sovuq qish kunlari ham o‘qitishdan to‘xtagani yo‘q.U bolalarni har birini uylaridan olib chiqishga erinmaydi.Dyushen matonatli o‘qituvchi va ustoz.Lekin uning bilimi unchalik ko‘p emasdi.Biroq hamma gap bilimda emas insoniylikda.Dyushen o‘z o‘qituvchilariga insoniylikdan dars berdi desam,adashmasam kerak.Ha,Chingiz Aytmatov shunday bir obraz yaratganki bu qissada,o‘qituvchining asl namunasi,eng a’losi shu Dyushen.

Jamila”

Asarning bosh qahramoni Jamila juda quvnoq va cho‘rtkesar.U erkaklar bilan baxslashishdan ham qaytmaydi.Doim yuzlari kulib turadi.To‘g‘ri u qissa oxirida o‘z oliasidan kechib,sevgisi uchun qochib ketadi.Uning bu ishini hech kim oqlamasa kerak.Men ham oqlamayman.Lekin Jamila haqiqiy sevgisini topdi,u o‘z baxti uchun qochdi.Jamila yengiltak ayol emas.Urush bo‘lgani uchun eri urushga ketgan.Lekin unga Umar va boshqa erkaklar gap otib,uning ko‘nglini olishga intildi,tegajoqlik qildi.Biroq Jamila hech qaysiga ko‘ngil berib,aysh-ishrat qilgani yo‘q.Chunki ular Jamilani sevmaydi.Ularning niyati boshqacha.Jamila sof sevgiga uchradi.Qayni ukasi ham Jamilaning ketishiga jimgina qoldi.U yangasini hammadan qizg‘onardi.Qissadan har bir inson o‘zi xulosa qilgani ma’qul.Jamilaning ketishi o‘zbek urf-odati,milliyligiga umuman to‘g‘ri kelmaydi.



Muhammad Ismoil qissalari

Muhammad Ismoilning “Bahorning eng so‘nggi lolasi” kitobida sevgi haqida qissa va hikoyalar berilgan. U qissalaqahramonlarni siz bilan biz yashab turgan hayotdan olgan. Jumladan, “Sen qalbimning ardog‘idasan” qissasida Sheroz va Farangizning muhabbati, ayriliq, xullas bir sevgi qissasi hikoya qilinadi.Farangiz yoshlikdan qo‘shiq kuylashni yoqtirardi. U mashhur xonanda bo‘ladi. Uning har bir qo‘shiqlarida Sherozga bo‘lgan muhabbati kuylanadi. Lekin Sheroz qamalgan,Farangizga endi uning qo‘li yetmasdi.Biroq Sheroz Farangizni deb qamalib ketdi.Shu voqealar juda ta’sirli.Sheroz Farangizni Toshtemir degan yigitdan qutqaradi.Toshtemir bilan yoqalashib uning boshini yorib qo‘yadi. Biroq Farangiz hech qachon Sherozni esidan chiqarmadi. Sevgisidan vos kechmadi.Garchi,Farangizning oshiqlari ko‘p bo‘lsa ham,unga qancha pul va sovg‘alar berishsa ham hamma-hammasini rad qildi.Sheroz qamoqdan chiqib Farangizni uzoqdan kuzatib yurar,chunki u o‘zini unga teng ko‘rmas edi.Lekin qissa oxirida Sheroz va Farangiz bir-biriga yetishdi.Ha,ular sadoqati,vafodorligi bilan o‘z muhabbatlarini asrashdi.

Yozuvchining qolgan qissalari ham muhabbat,sevgi haqida. “Zabarjad”, “Yangi oy chiqqan kecha”, “To so‘nggi nafasgacha”, “Taraddud”, “Yulduzlari kuygan tun” shular jumlasidan.

Muhammad Ismoil bir she’rida shunday yozgan ekan:

Seni ko‘rmoq bahor,

o‘ylamoq bahor

Muzlar eriganday,ko‘zlarimda yosh.

Men seni yo‘qotib,bo‘laman



abgor

Men sening poyingda gullayman qiyg‘os.
Download 34.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling