Abdulla Qahhor
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
49A3wZgIiqXKFaWlCsvB (1)
163 TOMOSHABOG‘ «O‘tmishdan» Ey bus-butun ayolati vayron o‘lon vatan, Har go‘shasi zamonada zindon o‘lon vatan. «Ramuzot» Qadaqchi Hamroqulning tobi qochdi. Kim biladi, kecha kechqurungi xudoyi osh yoqmadimi, yo ertalab choynak qadaqlatib ketgan kishining nosida bir gap bor ekanmi... Ammo kecha ertalab ham lanjligi bor edi shekilli, bo‘lmasa hech jahonda choydan ham makkajo‘xori hidi keladimi! Uning a’zoyi badani qaqshab, kamoncha tutgani madori qolmadi. Yana bitta qadaq bilan bitadigan likopcha chala qoldi. Hamroqul naridan-beri dov-dastgohini yig‘ishtirib jo‘nadi. Uning isitmasi kuchli, boshi og‘rir edi, tashlagan qadami xohlagan yeriga tushmasdi. U nimani o‘ylasa, bu o‘yning oxiri xayolga aylanar edi: issiq-issiq choy ichib, o‘ranib yotgan ko‘rpasi havoga ko‘tarilib ketadi, dam soldirgani mahalla imomini chaqirtirsa, eshikdan lapanglab tobut kirib keladi. Hamroqul qo‘rqdi, tezroq uyiga yetib olgani jadalladi. Ko‘chaning narigi yuzidan uni kimdir chaqirdi, Hamroqul chaqirgan kishiga qarayman deb gandiraklab ketdi. Chaqirgan kishi tomoshabog‘ «Romanska»ning qorovuli Usta kulol edi. Uning asli oti Stokgulov, Hamroqul aytishga tili kelishimay, Usta kulol qo‘yib olgan. Yuzini keksalikdan ko‘ra ko‘proq ko‘rgiliklar g‘ijimlab tashlagan bu chol bilan u o‘tgan yil bahorda, gul qo‘yadigan vazasini qadaqlab berganida tanishgan edi. Bu vaza uning o‘lib ketgan o‘g‘lidan yodgor qolgan ekan..O‘g‘li Lena degan joydagi oltin konida ishlab, bir vajdan ko‘p kishilar qatorida otilgan ekan. Buning sababini Hamroqul o‘sha vaqtda ham, undan keyin ham bilolmadi, chunki Usta kulol bu to‘g‘rida gapirsa, gapdan ko‘ra ko‘proq so‘kinar, titrar edi. O‘g‘li o‘lgandan keyin chol kampiri bilan bu yoqqa kelgan ekan. Usta kulol Hamroqulning ahvolini ko‘rib, darrov boqqa olib kirdi va qayrag‘och ostidagi cho‘yan oyoqli zangor eshakka o‘tqizib, suv keltirdi. Hamroqul suvni ichib biroz o‘ziga kelganday bo‘ldi, ammo qayrag‘ochdagi chumchuq- 164 larning chig‘irlashi negadir ko‘nglini ozdirdi. U quloqlariga barmog‘ini tiqib, ko‘zini yumdi, biroz nafasini rostlagandan so‘ng, xuddi ko‘nglini bezovta qiladigan biron narsani ko‘rish- dan qo‘rqqanday, ko‘zini sekin ochdi. Ko‘zini ochdi-yu qarasa... Usta kulol xuddi o‘g‘lining o‘limi to‘g‘risida gapirayotganday so‘kinar, titrar edi. Yoshgina, xotinchalish bir ofitser rezinkaday qapchib cholning ko‘kragiga tepdi. Chol yiqildi. O‘shanday tepki hali es-hushini o‘nglab ololmagan Hamroqulning ham ko‘kragiga tushdi. U eshakdan ag‘darildi, ammo darrov turdi, bo‘yniga musht tushdi – munkib ketdi. Churr... – Mirshab! Qayerdandir Usta kulolning kampiri paydo bo‘lib, ofitser- ning oyog‘iga yiqildi. Ikki mirshab Usta kulol bilan Ham- roqulni bog‘dan olib chiqdi va butxonaning narigi tomonidagi mirshabxona tomon olib ketdi. Kampir dodlaganicha ergashib bordi. Olomon to‘plandi. – Yig‘lama! – dedi Usta kulol mirshabxonaning eshigi oldida kampiriga qarab: – Men bir turmadan ikkinchi turmaga o‘tayotibman, nega yig‘laysan! Mirshabxona eshigi ochilib ikki oshnani yutdi. Butxona qo‘ng‘irog‘i kechki ibodatga chaqirib, og‘ir va uzun darang- ladi. Bu tovush hali kun botmasdan mudrab yotgan shahar ustida to‘lqinlanib uzoqlarga ketdi. To‘plangan xaloyiq nima gap bo‘lganini bir haftadan keyin «Turkiston o‘lkasi» gazetasini o‘qib bildi: «... O‘tgan 23-sentabrda mazkur shaharda rusiya dahasidagi Romanovskiy bog‘ida ham shu qabila beadablik sodir bo‘lgan. Chunonchi, sartiyalardan biri o‘zlariga sohiblik qilib turgan rusiya to‘ralarining istirohatgohlariga kirgan, ya’ni nihoyatda beadablik qilgan...» 1935-yil MIRZO Mezbon uzoq yo‘ldan kelgan mehmonni ochiq chehra bilan qarshi olmasa, bir piyola choyini darig‘ tutsa, biron Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling