Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Download 0.89 Mb.
Sana05.06.2020
Hajmi0.89 Mb.
#114808
Bog'liq
sherzod Nurmonov 301


OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

TARIX FAKULTETI

TARIX O`QITISH METODIKASI FANIDAN

KURS ISHI

MAVZU: XVII – XIX –ASRLARDA ANGLIYA


Bajardi: 301-guruh talabasi

Nurmonov Sherzod

Qabul qildi: Razzoqova G.
JIZZAX 2020

REJA:


Kirish.

I. BOB. XVII-asrda Angliya……………………………………

1.1. XVII asr boshlarida siyosiy taraqqiyot.

1.2. Inqilob arafasida Angliyadagi ijtimoiy iqtisodiy tuzum.

1.3.Angliyada inqilobiy vaziyatning vujudga kelishi va inqilobiy harakatlarning boshlanishi.

1.4. Parlament va qirol tarafdorlari o`rtasidagi kurash.

1.5. Oliver Kromvel va Angliyada Respublikaning o`rnatilishi.

1.6. Inqilob natijalari va yuz bergan o`zgarishlar.

II. BOB. XVIII-asrda Angliya…………………………………….

2.1. XVIII-asrda Angliyaning davlat tuzumi.

2.2. Tashqi siyosat.

2.3. Qishloq xo`jaligidagi o`zgarishlar.

2.4. Sanoat to`ntarishi.

2.5. Ishchilar ahvoli.

2.6. Yangi ixtirolar.

2.7. Ludchilik harakati.

III. BOB. XIX-asrning birinchi yarmida Buyuk Britaniya.……………………..

3.1. Iqtisodiy taraqqiyotning asosiy yo`nalishlari.

3.2. Burjuaziya mafkurasi va uning vakillari.

3.3. Viktoriya davrining boshlanishi.

IV. BOB. XIX-asr o`rtalarida Buyuk Britaniya……………………………….

4.1. Sanoat to`ntarishining yakunlanishi.

4.2. Mustamlakachilik siyosati.

V. BOB. XIX-asrning ikkinchi yarmida Buyuk Britaniya………………………

5.1. XIX-asrning 70-yillarida Buyuk Britaniya.

5.2. Yangi mafkuraning paydo bo`lishi.

5.3. Ishchilar harakati.

KIRISH

I. BOB. XVII-asrda Angliya.

XVII asr boshlarida siyosiy taraqqiyot.Tarixda shunday voqealar yuz beradiki, bu voqealar jahon siyosiy taraqqiyotida muhim rol` o’ynaydi. Ana shunday voqealardan biri XVII asr 40-yillarida bo`lib o`tgan Angliya burjua inqilobidir.

XVII asr 40-yillardagi ingliz inqilobi ilk bor burjua jamiyati va davlati tamoyillarini e`lon qildi. Bu inqilob Fransiya, Italiya, Germaniya, Pol`shada yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar bilan bir vaqtda bo`lib, qo`shni Fransiyaga juda katta g’oyaviy ta`sir ko`rsatdi. Inqilob Angliyada rivojlangan falsafiy va siyosiy xarakterdagi burjua g’oyalari, ayniqsa XVIII asr Fransiya burjua inqilobi arafasida Fransuz burjua mafkurasining shakllanishiga yordam berib, Angliyaning o`zida kapitalizm taraqqiyoti uchun keng imkoniyat ochib berdi. Natijada XVIII asr 2-yarmida bu yerda tarixiy ahamiyatga ega bo`lgan sanoat to’ntarishi yuz berdi.

Angliya XVI-XVP asrlarda agrar mamlakat bo`lib, XVII asr boshida Angliyadagi aholining 1|5 qismi shaharlarda yashar edi. XVII asr 1-yarmida ingliz savdo floti kichik edi. Shu sababli, Golland kemalaridan foydalanib, turli mamlakatlardan va hatto mustamlakalardan ham Angliyaga juda ko`p mahsulotlar tashib kelinar edi. Angliyaning chetga chiqaradigan mollaridan biri dag’al movut bo`lib, u Gollandiyada qayta ishlanar edi.

Movut sanoati Angliyaning turli sharqiy grafliklarda (asosiy markazi-Norfolkdagi Norich shahri), shimoliy okruglarda Yorkshir grafligi, markaziy grafliklarda-N`yuberi shahri va janubiy-sharkda Devonshir, Uiltshir va Dosert grafliklarida rivoj topgan edi. Movut ishlab chiqarishda sex hunarmandchiligining roli ishlab chiqarishning manufaktura shakliga qaraganda ancha kichik edi. Lekin hali yashab kelayotgan hunarmandchilikdan ham kapitalistik elementlar ajralib chiqa boshlayotgan edi.

Shunday qilib, inqilobdan oldingi davrda, ingliz sanoati uchun, garchi kapitalizm hali qisman niqob ostida maydonga chiqayotgan bo`lsa ham, ishlab chiqarishning kapitalistik shakli yetilib kelayotganligi xarakterlidir.

XVI asr 2-yarmi va XVII asr boshlarida dengiz ortidagi turli mamlkatlar bilan savdo qiluvchi ko`plab monopol kapitalistik kompaniyalarning paydo bo`lishi ingliz kapitalining yer sharining hamma taraflariga panja sola boshlaganligidan dalolat berardi. Rossiya bilan savdo qilish maqsadida tuzilgan Moskva kompaniyasi Ost-Hind kompaniyasi eng yirik aksiyali savdo tashkilotlari edi.

Amerikani kolonizatsiya qilishda dastlabki qadam qo`yilishi, Hindistonda va g’arbiy Afrika qirg’oqlarida ba`zi tayanch punktlarining bosib olinishi, ingliz lustamlakachilik siyosati boshlaganligidan dalolat berardi. Mustamlakachilik siyosati ko`proq. Yuqori tabaqa dvoryanlar manfaati bilan bog’lik, edi, bu tabaqa dvoryanlar esa o`ziga yer olishni istar va Evropa talab qilayotgan ba`zi mahsulotlarni ko`paytirishdan manaatdor edi.

Shu tariqa kapitalistik munosabatlarning qishloq xo`jaligiga kirib kelishi, ingliz feodalizmining yemirilishiga muhim turtki bo`ldi. Ingliz qishlog’i ilk davrdan boshlab dastlabki tashqi bozor bilan bog’langan edi. Ayniqsa XIII-XIV asrlardan boshlab Angliyadan Evropa qit`asiga juda ko`p jun chiqarilar edi. Angliyaning o`zida movut to`qish qanchalik rivojlanayotgan bo`lsa mamlakat ichida shunchalik ko`p jun talab qilinar edi. Tashqi va ichki bozorda ingliz juniga talabning o`sishi Angliyada qo`ychilikning rivojlanishiga olib keldi. Qo`ychilikning rivojlanishi esa XV-XVI asrlardagi va XVII asrning birinchi yarmida mashhur bo`lib ketgan “g’ov tutish” ning boshlanishiga turtki bo`ldi. Qo`y boqishning ommaviy suratda ko`paytirilishi muhim iqtisodiy natijalar berdi. Gov tutishni ingliz qishlog’ida katta yer egalari majburiy ravishda ochiqdan-ochiq ekspropriasiya qilishnig ayovsiz formalari orqali amalga oshirdilar. Yerdan mahrum qilingan dehqonlarning ko`payishi g’ov tutishning natijasi bo`ldi.

Angliyada kapitallarni o`z qo`liga to`plangan yirik burjuaziya sinf sifatida o`smoqda edi. Burjua manufakturachilari savdo burjuaziyasi bilan birlashib ularga davlat qarz berib turgach chet el bilan aloqador bo`lgan bank-sudxo`r burjuaziyasiga yaqinlashdilar. Yer egasi bo`lgan ingliz feodallari XVI asrdayoq bo`linib ketayotgan edi. O`z xo`jaligini kapitalistik izga qo`yayotgan yangi dvoryanlar rivojlana bordi, bular asosan o`rta va mayda dvoryanlardan iborat edi. Bularning bir qismi XVII asr boshiga kelib lord lavozimini ola oldi. Dedford, Pembrok, Sesil va boshqa nomlar buning yaqqol misolidir. Yangi dvoryanlar asosan Angliyaning janubiy-sharqida va markaziy grafliklarida shakllangan edi. Inqilob arafasida Angliyada sinfiy ziddiyatlar keskinlashdi. “Yuqori tabaqalar” bilan “Quyi tabaqalar” o`rtasidagi farq chuqurlashdi. Nagijada qirol boshchiligidagi rahbar sinf bo`lgan feodallar bilan dehqonlar o`rtasida kelishmovchiliklar kuchaydi. Dehqonlar yeriga g’ov tutish va kapitalistik fermerlikning rivojlanishi jamoa manoreal tartibni darhol tugata olmadi. Kopigolder-dehqonlar va boshqa ijorachilar hali ham bor edi. Lekin ularning yerini ijaraga olib egalik qilish sharoiti borgan sari og’irlashib bordi. Lord va jentel`menlar odatdagi "eski" rentani oshirmay dehqonlarni ekspluatatsiya qilishning va boshqa usullarini izlab topardilar. Ular juda katta miqdorda fayn to’lashni talab qilardilar. Ya`ni ijorachilar uchun yillik rentadan bir necha bor ko’proq, bo’lgan bir yo’la olinadigan bir qator tulovlarni tayinlar edilar. Revolyutsiyadan oldingi davrda shaharlarda ham xalq, ommasining chiqishlari yuz berib turdi. Burjuaziya revolyutsiyaning dastlabki davrida o’z manfaati uchun ustalik bilan foydalandi. Keyinchalik u o’zining qirol va eski feodal dvoryanlarga qarshi kayfiyatidan ham foydalanib, dehqonlardan harbiy otryadlarini tuzdi.

Feodal-absolyutistik davlat uzoq vaqt davomida burjuaziya bilan ittifoq, bo’lib turdi. XVI asrda tuyudorlar dinastiyasi davrida bu davlat burjuaziyaga yon berib keldi va bu bilan burjuaziyani XVI asrda g’alayonlar ko`tarish oldida turgan dehqon plebey revolyutsion kuchlar bilan ittifoq tuzishga yo’l qo`ymay, o’z tomonida saqlab qoldi. Tuyudorlar absolyutizmi faqat feodallarga emas burjuaziyalashgan yangi dvoryanlarga tayanar edi. Tyudorlar davlati dvoryanlar davlatligicha qolaverib, kapitalizmning rivojlanishiga va burjua oppozitsiyasining kuchsizlanishiga yordam bergan siyosat olib bordi. Buni shunda ko`ramizki parlament toifa vakillari organi bo`lib butun XVI asr davomida namoyon bo`ldi. Parlamentning umumpalatasida yangi dvoryanlarning vakillari o`tirib burjuaziyaning manfaatlarini yo`qlardi. Ammo parlamentning bunday kelishtiruvchilik roli burjuaziyaning rivojlanishi va kuchayishi bilan o`zgarib bordi. Parlament asta-sekin absolyutizmga nisbatan opiozitsiyaga bo`lgan organga aylandi. Tyudorlar dinastiyasining so`nggi vakili bo`lgan qirolicha Yelizavetta I davrida qirollik bilan parlament o`rtasida kelishmovchilik namoyon bo`ldi. Umumpalata qirolicha hukumatining bir qator ya`ni taxt vorisi to`g’risidagi, diniy masalalar to`g’risidagi savdo-sanoat monopoliyalarini sotish to`g’risidagi tadbirlaridan noroziligini bildirardi. Tyudorlar davrida xalq ommasining chiqishlari o`sib bordi. Irland xalqining ozodlik kurashi ham jiddiy ahamiyat kasb eta boshladi.



1603 yil Yelizavettaning vasiyatiga ko`ra Yakov VI Angliyaning qiroli qilib tayinlandi. Angliyada u Yakov I nomini oldi. Yangi dinastiya davrida feodal tuzum bilan burjuaziya o`rtasidagi ajralish yaqqolroq ko`rindi. Yangi qirol Angliyaning oq suyak feodal elementlariga tayanib ish ko`rdi. Parlament Yakov I ga soliq yig’ish huquqini bermaganda u juda g’azablanardi. U 1610 yilda g’azab bilan “Axir, Fransiya, Daniya, Ispaniya qirollari boj oladilarku, nega men boj olmas ekanman?” der edi. Pul topishgp intilib, Yakov I savdo va sanoat monopoliyalari tuzish huquqini beradigan patentlar sotishni qizitib yubordi. Ammo parlament bu gal ham qiroldan suiste`mol qilishlarni tugatishni talab qildi. 1624 yilda Yakov I davridagi so`nggi parlament moliya ministri graf Midlseksni sud javobgarligiga tortdi. Qirolning o`zi ordonans chiqarib, unda “qirollikda nimaiki bo`lmasin sotish, tortib olish, ishlab chiqarish yoki iste`mol qilishga monopol huquq beruvchi» hamma patentlar bekor qilindi, deb e`lon qildi. Parlament qirolning ichki siyosatidangina emas, balki tashqi siyosatidan ham norozi bo`lgandi. Yelizaveta ispanlarga va katoliklarga qarshi kelgan bo`lsa, Yakov I tashqi siyosatni o`zgartirib men Ispaniya bilan urush holatda emasman deb e`lon qildi. Angliya 1588 yil tuzilgan ittifoq shartnomada xilof ravishda Ispaniyaga qarshi urushda Nederlandiyaga yordam berishdan bosh tortdi. Bunday siyosat ingliz burjuaziyasiga qarshichiqish degan gap edi, chunki ingliz burjuaziyasi Ispaniyani va mustamlakachilik savdosi sohasidagi raqibi edi. Ispaniya va Nederlandiya o`rtasida urush davom etayotganligi sababli, ispanlar gollandalarni yoki Golland tovarlarini qidirish bahonasi bilan ingliz kemalarini tez-tez tutib qolar edilar. Ingliz hukumati o`z savdogarlarining arzlariga quloq solmay kelayotgan edi. Yevropada O`ttiz-yillik urush boshlanib ketganda Yakov I german protestantlarining boshlig’i Fredrix Pfalsning qaynatasi sifatida gabsburglarga qarshi urushda qatnashdi. Ammo Yakov I Germaniya protestantlariga yordam berish o`rniga, Fridrix Pfalsga imperator tortib olgan yyerlarni qaytarib olib bermoqchi bo`ldi. Ispan diplomatlari chunonchi Yakov I ning cheksiz ishonchiga sazovor bo`lgan elchi Gondomar uni necha yillar ahmoq qilib keldi, chunki Ispan Gabsburglari Avstraliyalik Gabsburglar bilan yagona siyosat yuritayotgan edilar. 1624 yilda Yakov I o`z o`g’li Karl I ni Ispan malikasiga uylantirish to`g’risidagi masalalarni hal qilish uchun Madridga jo`nadi. Bu diplomatik niyatlaridan, tabiiyki hech nima chiqmadi. Yakov I ning yana shu maqsadga Fridrix Pfalsga yordam berish uchun Fransiya bilan ittifoq tuzishga urinishi muvofaqqiyatsiz chiqdi. Shahzoda Karl I bilan Fransuz malikasi Genrietta –Mariya o`rtasidagi nikohni angliyaliklar sovuqqina qabul qildilar. Bu nikoh natijasida ingliz saroyi katoliklarining ig’vo markaziga aylanib ketadi deb xavfsiradilar. Haqiqatdan ham shunday bo`ldi. Yakov I 1625 yil bahorida vafot erdi. Uning o`rniga taxtni egallagan Karl I (1625-1649) otasi kabi u ham qirol hokimiyatini cheksiz deb hisobladi. Gersog Bekengemning maslahatlariga amal qilib, faol tashqi siyosat olib borishga urindi. Lekin muvafaiyatsizlikka uchradi. Ispaniyaga qarshi urush boshlab, Bekengem 3-ta ekspeditsiya uyushtirdi. Bu ekspeditsiyalarning asosiy maqsadi Amerikadan Ispaniyaga kumush tashiyotgan Ispan kemalarini qo`lga kiritish, qo`lga kiritilgan mahsulotlarni sotib, qirolning moliyaviy ahvolini yaxshilash, shu yo`l bilan hukumatni parlamentdan mustaqil qilib olish nazarda tutilgan edi. Ispaniyaning Kadis portini qo`lga kiritish va Ispaniyaning hududiga ekspelitsion korpus tushirish ham mo`ljallangan edi. Urush natijasida ingliz kemalari sharmanda bo`lib, ko`p soldat va matroslarini yo`qotib o`z yurtiga qaytib keldi. Holbuki, Fransiya bilan ittifoqda bo`lgan ingliz hukumati fransuz qiroli tomonida turib, La-Roshel qal`asida to`plangan Gugenotlarga qarshi kurashda ishtirok qilishi lozim edi. Bu esa Angliyada styuartlar siyosatidan yana norozilikni oshirdi. Shundan keyin Angliya jamoatchilik fikri tazyiqi ostida Fransiya bilan ittifoqni buzdi va urush e`lon qildi. Ammo gersog Bekengemning qamal ostidagi La-Roshelga uyushtirilgan yordami hech narsa bermadi. Va 1628 yil kuzida fransuz qo`shinlari qal`ani ishg’ol qildi. Karl I yana sharmanda bo`ldi. Styuartlar istibdodiga qarshi parlament oppozitsiyasi Yakov I davridayoq namoyon bo`lgan edi. Har gal parlament chaqirilganida Yakov tashqi siyosati tanqidga uchrardi. Karl I davrida ham parlament oppozitsiyasi vakillarining chiqishlari yanada keskin tus oldi. Parlamentning umumpalatasi gersog Bekingemning iste`fo berishini talab qildi. Karl I ning 1625 yilda chaqirilgan 1-parlament yig’ilishi juda qisqa bo`ldi. Qirol uni bir necha hafta o`tgach, tarqatib yubordi. Ana shu parlamentdagi oppozitsiya a`zolaridan yetuk notiqlar ajralib chiqdilar. Shulardan yurist ser eduard Kok Buyuk ozodlik xartiyasining ixlosmand tarafdori polkovnik Jon eliot, bekingemshirlik boy skvayr Jon Gempden va Kokrshlik dvoryan-yurist Tomas Uent-vort parlamentdagi notiqlardan edilar. 1626 yilda chiqarilgan parlament ham tarqatib yuborildi. Karl I ning 3-parlamenti gersog Bekengemni sud qilishni, katoliklarga qarshi qonunlarni amalga oshirishni, qonunsiz soliqlar to`plashni to`xtatishni talab qildi. Parlament qabul qilgan va qirol tasdiqlagan hujjat 1628-29 yillarda siyosiy kurash olib borilanligining yorqin misolidir. Bu huquq to`g’risidagi 1629 yilgi petitsiya edi. U 4 moddadan iborat bo`lib: jumladan

1. Aholi va parlament tasdiqidan o`tmagan zayomlar olishga va soliqlar to`lashga majbur etilmasligi lozim;

2. sudning qonuniy hukmisiz hech kim qamoqqa olinishi va mulkidan mahrum qilinishi mumkin emas;

3. Harbiy davr qonunlari asosida fuqarolarni qamash to`xtatilishi lozim;



4. Qo`shinlarning aholi uylarida turish tartibi tugatilishi lozim.
Petetsiyada XIII asrdagi Buyuk erkinlik xartiyasi pesh qilingan edi. Karl I ko`p o`tmay Petetsiyani buza boshladi. 1629 yil martda 3-parlament ham tarqatib yuborildi. Parlament aholini soliq to`lamaslikka chaqiruvchi rezolyutsiya qabul qildi. Karl I ning mamlakatni parlamentsiz idora qilishga qaror qilishi natijasida mustabid hukumatning ahvoli yanada tang bo`ldi. Parlamentning soliqlar to`lanmasi degan chaqirio`i keng xalq ommasiga ma’qul tushdi. Ispaniyaga hamda Fransiyaga qarshi urushning davom etishi tashqi savdo sohasida krizisga olib keldi. Parlamentsiz idora davrida Karl I maslahatchilaridan uchinchisi xazinachi – lord Richard Uetson bo`lib, u Karlni nohaq yig’inlar joriy qilishga undadi. Parlamentsiz davridagi moliya siyosati shunday ediki, bunda saltanat xususiy mulkchilikka qo`pol aralashar edi. Hukumat parlament tasdiqlamagan yangi soliqlar undirib olish uchun har - xil bahonalar qidirib topar edi. Parlamentga bog’liq bo`lmagan moliya bazasini yaratish va doimiy armiyani tashkil etish, absolyutizmning aniq maqsadi bo`lib qoldi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun qilingan urinishlar revolyutsion portlashni tezlashtirdi xolos.

Karl I tomonidan turli-tuman nohaq yig’inlar, nihoyat Angliyada XI-XII asrlarda joriy qilingan kema pullari Yana olinadigan bo`ldi va bu hukumatga mablag’ tushib turishini ta`min etmadi, balki davlat byudjetiga yamoqday kichik bir madad bo`ldi, xolos. Bunday soliqlar yer soliqlaridan ko`ra keng aholi ommasining g’azabini qo`zg’atdi. 1635 yilda hukumat “kema solig’i”ni joriy qilgandan so`ng soliq yig’ishga qarshi norozilik harakatlari boshlandi. Natijada mamlakatda inqilobiy vaziyat yuzaga kela boshladi. Bu Shotlandiya bilan Karl I ning urushiga sabab bo`lib, Shotlandiya qo`zg’aloni Angliyada iqilobning boshlanishi uchun turtki bo`ldi. Shotlandiya qo`zg’aloni mutlaq hukumatning Shotlandiya ustidan nazoratni kuchaytirishiga urinishi natijasida kelib chiqqan bo`lib, Shotlandiya 1603 yilda Yakov I vaqtida Angliya bilan shaxsiy uniya asosida birlashgan bo`lsada, hali avtonomiya huquqini saqlab qolgan edi. Shotland dvoryanlari o`z mustaqilliklarini himoya qilishlarining sababi shundan iborat ediki, quyi Shotlandiya burjuaziyasi Angliya savdogarlarining raqobatidan qo`rqib, Angliya bilan batamom birlashishdan qo`rqar edi.Shotland dvoryanlari Yakov 1 ning onasi Mariya Styuart vaqtida qo`lga kiritgan feodal erkinliklarni saqlab qolishga intilar edi. XVI asrdan boshlab Shotlandiyada keng tarqalgan oppozicion ruhda bo`lgan dvoryanlarga qo`l kelgan presvetirianlik shaklidagi kalvinizm bu ikki sinfning ittiqoqini mustahkamlab,Styuartlarga qarshi kurashda qurol bo`lgan edi.Shotlandiyada ingliz episkop cherkoviga nafrat bilan qarar edi.Lord 1637 yilda Shotlandiyani ingliz cherkovi tarkibiga kiritmoqchi bo`lganida, Karl 1 ga qarshi qo`zg’olon ko`tarishga sabab bo`lganligi bejiz emas edi.Shotlandlar maxsus hujjutga imzo chekib, papa oldida “haqiqiy dinni” himoya qilish majburiyatini olgan edi.Shotlandiyada juda tez ko`ngilli qo`shin tashkil topdi va 1639 yilda Angliyaga bostirib kirdi. Angliyada xalqning keng qatlamlari, shotlandlarga xayrixohlik bildirdilar.Yollanma qo`shinlar yordamida Shotlandiyaga qarshi urush Yana boshlanib ketdi.Karl 1 1640 yil 13 Aprelda Parlament chaqirdi. Parlamentga Jon pim va jon gempden kabi oldingi parlamentdagi oppoziciya a`zolari Yana qaytadan saylandi. Parlament urushni davom ettirishga pul ajratmadi. Natijada 1640 yil 5 mayda Karl 1 bu parlamentni ham tarqatib yubordi va bu qirol hukumatiga qarshi namoyish qilinishiga sabab bo`ldi.Xalq 6 mayda qamaldagi «to`polonchilarni” qutqarish uchun qamoqxonalarga hujum qildilar.Dehqonlar bu siyosiy krizisni o`z iqtisodiy manfaatlari yo`lida oshkora kurash olib borish uchun qulay fursat etganligini hisobga olib,1640 yilning yozidan boshlab inqilobiy harakatlarni kuchaytira boshladi.Ana shu hol inqilobning negizini tashkil qildi. Shotlandlar esa parlament tarqatilgandan so`ng Yana hujum boshladilar.1640 yil 24 sentyabrda York shahrida to`plangan lordlar palatasi a`zolari ham yangi parlamentni chaqirishi kerak deb o`z fikrlarini bildirdilar.Karl 1 1640 yil 30 sentyabrda parlament chaqirilishini e`lon qildi.Oktyabrda Angliyada favqulodda keskin bir sharoitda parlament saylovi bo`lib o`tdi.Puritanlarning peshvolaridan Pim, Gempden,shuningdek, 1628-29 yillardagi parlament deputati bo`lgan Kromvel saylov vaqtida faollik ko`rsatdilar.Saylov eskicha tartiblar asosida Shtkazilishiga iuaramay, saylovda parlament –burjuaziya oppoziciyasi ustidan g’alaba qozondi. Pim parlament rahbari qilib belgilandi.

Angliyada vujudga kelgan inqilobiy vaziyat nihoyat inqilobga aylandi.1640 yil 3 noyabrda chaqirilgan parlament to 1653 yil aprelgacha o`z faoliyatini davom ettirdi. Uning a`zolari orasida asl burjuaziya namoyondalari oz bo`lsada, boshlanib ketgan Angliya burjua inqilobida ular katta rol o`ynadilar. Sal kam 13 yil Ushbu parlament feodal absolyut lagerga qarshi kurashni uyushtiruvchi markaz bo`la oldi.

Burjua tarixchilari inqilobning boshlanishini parlament bilan qirol o`rtasida chiqqan «konstitutsion kelishmovchilik” edi deydilar. Bu esa haqiqatga uncha to`g’ri kelmaydi. Aslida puritanlar qirolga qarshi targ’ibot ishlarini ancha oldin boshlab yuborganlar. Fermyerlar va shaharliklardan uzluksiz parlamentga xatlar kelib turdi. Bu xatlarni ko`rib chiqish uchun maxsus qo`mita tuzish lozim bo`ldi. Uzoq parlament devorlari orqasida va ko`pgina grafliklarda dehqonlar urushining alangasi lovullamoqda edi.

Bir tomondan parlament ijtimoiy kuchlardan madad olib ikkinchi tomondan ularni «tinchlantirish” ga intilib , o`z zarbalarini Karl 1 ning eng yaqin yordamchilariga qarshi qaratdi. Uzoq parlament chaqirilgandan keyin ko`p vaqt o`tmay , Strafford qamoqqa olindi.

Straffordning sudi bir necha oy mobaynida parlamentning diqqat markazida turdi. Lekin 1641 yilning may oyining boshida Londa xalq ommasi Straffordni aybdor deb e`lon qilishga majbur bo`ldilar.

Karl I ham yon berishga majbur bo`ldi va 1641 yil 1 mayda xalq oldida Strafford qatl qilindi.

Shu narsa diqqatga sazovorki, 1641 yil may oyining o`rtalarida parlament absolyut rejimning qurbonlari Jon Lilbernni va siyosiy mahbuslarni ozod qildirdi. Demokratik kuchlar o`rtasida Jon Lilbern juda mashhur edi.

O`sha 10 may kuni parlament qirolni yana yon berishga majbur qilib, parlament roziligisiz parlamentni tarqatish mumkin emas degan hujjatga qirolni imzo chektirishga majbur yetdi. Uzoq parlament 1641 yilning may oyida London shahri mehnatkashlarining g’alayonlaridan foydalanib, qirolni yana g’oyat muhim siyosiy masala ya`ni parlament ruxsatisiz olinadigan har qanday soliq g’ayri qonuniy ekanligi yana bir marta qat`iyroq tasdiqlandi.

1640-1641 yillarda dehqonlar harakati kuchayib bordi. Shunday qilib, lordlar palatasi a`zolari manfaatlarinigina emas, balki umumpalatasida ko`pchilikni tashkil qilgan yangi dvoryanlarning manfaatlari ham xavf ostida qolgan edi. Hatto burjuaziyaning Milton kabi ideologi “boltaning juda aniq xavfi” borligini ogohlantirdi. Shuning uchun ham parlamentning ko`pgina a`zolari islohotlar yordamida dehqon – plebeylar qo`lidagi bolta “zarbasining” oldiniolish mumkin, deb reformalar o`tkazishni talab qildilar.

Parlament yozgi kanikuldan keyin 1641 yil oktyabrda yana ish boshladi. Absoyutizm bilan kurash davom yetdi.

Karl I hatti-harakatlaridan g’ashi kelgan, uzoq parlament 1641 yil noyabrida Ulug’ remonstratsiya degan nom bilan muhim hujjat ishlab chiqdi. 204-moddadan iborat bo`lgan hujjatda Karl I suiste`molliklari sanab ko`rsatilgan edi. Ulug’ remonstratsiyada uzoq parlamentning tadbiri ham ko`rsatilgan bo`lib, bundan keyin ministrlar parlamentning ishonchini qozongan kishilaridan tayinlanishi talab qilingan edi. Savdo va sanoat erkinliklari masalalari, burjuaziya presviteran cherkovini barpo qilish parlament oldida javobgar hukumat tuzish haqidagi fikrlar ulug’ remonstratsiyada yo`q edi. Burjuaziya va yangi dvoryanlar xalq ommasi manfaatlarini ko`zlab jiddiy sotsial demokratik reformalar o`tkazmoqchi emas edilar. Vaholanki, parlament o`zi Angliya xalqining eng noroziligi asosida siyosiy kuch bo`lib qaror topgan edi. Jon Gempdenga “ko`maklashgani” kelgan Gxekingemsher grafligining dehqonlari, ayniqsa, katta faoliyat ko`rsatdilar. Qirol parlament binosidan chiqib, olamon oldida gapirmoqchi bo`ldi, ammo xalq uning so`ziga quloq solmadi. Natijada qirol oppoziciya peshvolarini qamoqqa olish to`g’risidagi farmonini bekor qildi. 10 yanvarda Karl I Londonni tark etib, dvoryanlardan madad olish niyatida, York shahriga jo`nadi. Bu hol Angliyada grajdanlar urushi xavfi kuchayib borayotganligini ko`rsatar edi.

Ulug’ remonstratsiyada ingliz burjuaziyasi bilan yangi yirik dvoryanlar, manufakturachi-mofutchilar va indipendentlar manfaatlari aks etgan edi. Bu sinfiy kuchlarning hammasi o`z dasturida Angliya feodal munosabatlariga qarshi kurash g’oyalarini ilgari surgan edilar. Grajdanlar urushi yillarida sinfiy manfaatlar bir biridan ajraldi. Bu ziddiyatlar shuning uchun ham kuchaydiki, eng radikal kuch deb talqin qilingan ingliz puritanizmi g’oyalari xalq ommasiga singib borib, xalqni yanada revolyutsiyani kuchaytirishga otlantirdi.

1642-1648 yillardagi grajdanlar urushi jarayonida yirik burjuaziya Angliyaning feodal absolyut kuchlari bilan murosaga kelishga intila boshladi.

Karl I parlamentga qarshi kurash uchun harbiy kuch to`plash maqsadida, 1642 yilning yanvarida poytaxtni tashlab, kichik bir otryad bilan Gun shahridagi qurolxonani olishga urinib ko`rdi. Bu urinish muvaffaqiyatsiz bo`lgach, Notingem grafligiga yo`l oldi va o`z kuchini mustahkamlab olishga erishdi. Parlament esa qirol bilan kelishishga harakat qildi. Jumladan, 1642 yilning yozida qirolga 19 taklif deb atalgan hujjat – Ulug’ remonstratsiyada qo`yilgan talablarning qisqacha ro`yxati yuboilib, Parlament papa tarafdorlarining lordlar palatasidan chiqarilishini va yangi myerlar parlamentning ikkala palatasi roziligi bilan tayinlanishini va nihoyat, ushbu tayinlash parlament ixtiyoriga o`tkazilishini talab qildi.

Qirol bu talablarni rad qildi. Natijada parlament bilan qirol o`rtasida kelishmovchilik kelib chiqdi. Bu voqealardan so`ng parlament armiyasi tuzila bordi va unga ko`proq kishilar yozila boshladilar. Angliyani shimoli bilan g’arbi asosan qirol qo`lida edi. Lekin Angliyaning shimolidagi yirik sanoat markazlari esa parlamentni quvvatlar edi. Barcha eng yirik dengiz portlar parlament tomonida edi. Bu mamlakatning barcha hududlarini parlement atrofida birlashishga keng imkon berdi. Ammo Fransiyadan qurol aslaha keltirishni qiyinlashtirdi.

Angliya territoriyasi shu tarzda ikki qismga bo`lindi. Bu bo`linish Angliyaning sinfiy jihatdan ham ya`ni feodallar va burjua Angliyasiga bo`linishiga olib keldi. Shunday qilib, qirol armiyasining sinfiy negizi eski dvoryanlardan tashkil topgan edi.

1643 yilning may-iyun oylarida janubiy g’arbiy Angliyada dehqonlarning katta qo`zg’olonlari bo`lib o`tdi. Jamoa yerlarining o`rab olinishiga turli guruhdagi dehqonlarning munosabatlari turlicha edi. Shunday bo`lishiga qaramay, grajdanlar urushining birinchi yillarida bo`lib o`tgan dehqonlar harakatlari yer-suv egalariga qarshi qaratilgan, ammo yaxshi uyushmagan va stixiyali kurash edi. Katolizmga moyil bo`lgan anglichan cherkovi qirolga tayanch bo`ldi, ammo ingliz puritanizmi tarkibiga kiruvchi presvetirianlar bilan independentlar parlamentni qo`llab quvvatladi. Kalvinizm Angliyadagi burjuaziyanigg eng ilg’or qismining diniy va siyosiy ideologiyasi bo`lib qoldi, bu idnologiyani u monarxiyaga qarshi kurashning “tayyor jangovor nazariyasi” deb bildi. Iqtisodiy jihatdan qoloq hisoblangan katoliklar Irlandiyasi ham, qirol tomonida edi. Qirol tarafdorlari “kavallyerlar” degan umumiy laqab oldi, parlament tarafdorlari esa “dumaloq boshlilar” (sochi olinganlar) deb atala boshlandi. Grajdanlar urushining birinchi katta janggi 1642 yilning kuzida edjgillda bo`ldi. Qirolning otliq askarlari parlament qo`shinlariga og’ir talofot etkazishdi.

Qirol Oksfordni bosib olib, london tomon yo`l oldi. Biroq u erda matonatli xalq lashkarlarining qattiq qarshiligiga duch keldi. Qurolli kurashning dastlabki davrida qirol poytaxtni ro`paradan zarba berish yo`li bilan ololmay, Oksfordga chekindi. Oksford butun grajdanlar urushi davrida qirolning asosiy qarorgohi bo`ldi. Parlamentning ikkala palatasidagi qirol tarafdorlari nihoyat Oksfordga qochdilar.

1643 yilning yozida parlament kuchlari yana katta xavfga duch kelib, parlament qo`shinlari mag’lubiyatga uchradilar, buning natijasida qirol qo`shinlari Devonsher bilan Bristolni bosib oldilar. Bu joylarda Karl I ko`p qurol aslahalarni qo`lga kiritdi. Ammo Londonga shimoldan ya`ni Oksforddan, Temza vodiysi orqali hujum qilish uchun qirolning kuchi kamlik qildi.

1643 yilning 25 sentyabrida Angliya parlamenti bilan Shotlandiya parlamenti o`rtasida ittifoq “kovenant” tuzildi, bu “kovenant”ga muvofiq inglizlar bilan shotlandlar o`z zimmalariga Angliya hamda Shotlandiya parlamentlarining erkinliklarini saqlab qolish majburiyatlarini oldilar.

“Kovenant” tuzilishi natijasida 1644 yilda harbiy vaziyat parlament uchun birmuncha qulay bo`ldi. Shimoldan bostirib kirgan Shotlandiya armiyasi parlament qo`shinlari bilan birgalikda harakat qildi, va bu armiya, shubhasiz, grajdanlar urushining dastlabki paytida katta rol o`ynadi.

Parlament armiyasi qirolning asosiy qarorgohi bo`lmish Oksfordga hujum qildi. Ammo Karl I parlamentning ikki generali- Esseks va Uoller qo`shinlarini batamom tor-mor qildi. Parlament armiyasining mag’lubiyatga uchrashishning ikki sababi bor edi. Birinchidan parlament armiyasi doimiy qo`shinlardan va xalq lashkrlaridan iborat edi, ular uchun harbiy xizmat kasbday bo`lib qolgan edi. Ikkinchidan grajdanlar urushining birinchi yillarida qirol tomonidan qozonilgan g’alabalarning qirol armiyasining “kovalyerlar”dan iborat armiyaning harbiy jihatdan ustunligi emas, balki parlament qo`shinlariga shunday kishilar boshchilik qilar ediki, bu kishilar qirol bilan kelishishni xoxlar va revolyutsiyaning yanada chuqurlashib borishidan qo`rqar edi. Bu armiyaning bosh qo`mondoni eski arestokrat graf Esseks bo`lib, uning qo`l ostidagilar asosan zodagonlardan iborat edi. Bular qirol bilan parlament o`rtasidagi janglarni faqat “konstitucino” janjal deb qarashar edi. Shuning uchun ular qirolga kamroq shikast etkazishga intilar edilar. Bu armiyaning bosh qo`mondonlaridan biri Lord Manchester o`z mavqeini quyidagicha ifodalagan edi: “Biz qirolni hatto 999 marta tor-mor keltirsak ham, baribir u qirolligicha qolaveradi, ammo qirol bizni biror marta tor-mor keltirsa, hammamiz osilamiz, avlodlarimiz qullikka tushadi”.

Urushning birinchi yillaridayoq Kromvel o`zining zo`r harbiy tashkilotchilik qobiliyatiga ega ekanligini ko`rsatdi. Parlament armiyasining kamchiliklarini ko`rib, Kromvel` o`z mablag’lari hisobidan otliq askarlar otryadini tuzishga kirishdi va bunga erishdi. Kromvel intizomga ongli ravishda buysunadigan kishilarni tanlab, bunday kishilarni u Kembridjdagi dehqon-yomenlar va hunarmandlar ichidan osongina to`play oldi. Kromvel shular bilan bir vaqtda askarlikka faqat sektantlarni, o`z kurashiga diniy kurash deb qarovchi kishilarni ham oldi. Kromvelning nazarida , bu xususiyatlar xalqning jangovor kuchini, dvoryan burjua rahbarligida buysundirish uchun imkon beradi. Kromvel otryadi «temir biqinlilar” dushman safini yorib o`tib, jang natijalrini hal qildi. Bu g’alaba inqilob tarafdorlarining ruhini juda ham ko`tarib yubordi. Shundan keyin qirol tarafdorlarini tor-mor keltirish mumkin ekanligi aniq bo`lib qoldi. Ammo armiya qo`mondonligi buni e`tiborga olmadi. Kromvel esa qo`mondonlarning bu hatti-harakatlaridan norozi bo`lib, xalq madadiga tayangan holda Yangi armiya tuzishga kirishdi va barcha qo`mondonlar o`z vazifasidan chetlashtirildi. Natijada keng xalq ommasi Kromvelning bu siyosatini har jihatdan ma`qullashdi. Ommaning 1644-1646 yillardagi inqilobiy harakatlari o`ziga xos ikki shaklda ya`ni parlament nazoratidagi hududda bu harakat sekstanlik guruhlari va jamolarning faoliyati formasida va kambag’allarning inqilobiy faolligi esa eski feodal-absolyutizm usul idorasiga qarshi qaratilgan diniy oppozitsiya tusida namoyon bo`ldi. Parlament 1643 yilning kuzida «konvent” qabul qilish bilan eski ingliz davlat cherkovini bekor qildi va yangi davlat presvetirian cherkovini joriy etgan edi. Ana shu davlat diniga barcha sektalar qarshi chiqdi. Qabul qilinishi majbur qilib qo`yilgan bu dinga qarshi olib borilayotgan kurashning yashirin shakli edi. Har bir diniy jamoaning tamoman mustaqil bo`lishi sektalar oppozitsiyasining asosiy masalasi bo`lib qoldi. Shimoliy Amerikalan qaytib kelayotgan qochoq puritanlar bu erkinlik ruhini avj oldirib yubordi. Xalq harakatining boshqa bir shakli Angliyaning g’arbida va janubiy g’arbida ro`y berdi. Bu harakat «tayoqchilar” yoki “klobmenlar” deb atalgan nom bilan mashhurdir. (“Glubs” tayoq degan ma`noda bo`lib, dehqonlar qurol topa olmaganlaridan tayoqlar bilan ham qurolangan edilar). Klobmenlar harakati dehqonlarning tizimli harakati bo`lib, uning g’oyasi yo`q edi. Ammo bu harakatning rahbarlari tomonidan ilgari surilgan fikrlardan ma`lumki, harakat rahbarlari badavlat kishilar edi.

Klobmenlar parlament armiyasiga ham dushmanlik bilan qaragan yoki goh unga, goh bunga yordam berayotgan guruh bo`lib, bu parlamentning dehqonlar manfaatiga befarq qaraganini bildirar edi. Dehqonlarni qirol armiyasi qanday xonavayron qilgan bo`lsa, parlament armiyasi ham shunday xonavayron qildi. Dehqonlar qandaydir «uchinchi bir guruh” tashkil qilishga urindilar. Klobmenlar “Bizning niyatimiz zo`ravonlikdan va aldanishdan saqlab qolishdir, haqiqatan biz istagan baxtli dunyoning dushmani kim ekanligini bilib olmaganimizcha hech kimga qo`shilmaslik va hech kimga qarshi ish ko`rmaslikdir” dedilar. Shubhasiz, bir xil guruhlar ba`zan klobmenlarni qirol qo`shinlari tomonidan turib parlamentga qarshi jang qilishga tortdi. Kromvel tomonidan qayta tuzilgan armiya 1645 yilning 14 iyunida Nezbi yonida qirol armiyasi ustidan katta g’alabani qo`lga kiritdi. G’oliblar qirolning qarorgohini va u yerdagi “shaxsiy kabinetini” (bu kabinetda diplomatik “yozishmalar bo`lib” bu yozishmalar Karl I ni batamom fosh qilib tashladi) qo`lga kiritdi. Qirolning Irlandiya katoliklari bilan shartnoma tuzilganligi, Yevropada chet yeldan harbiy yordam olishga harakat qilganligi aniqlandi. Karl I shotlandlar bilan parlament o`rtasidagi ziddiyatlardan foydalanish maqsadida, 1646 yilning mayida shotlandlar lageriga qochib bordi. U shuningdek, tog’lik klanlarning (urug’ jamoalarining) boshliqlaridan ham yordam olish umidida ularga murojaat qildi. Bunday boshliqlarning biri, Montroz 1645 yildayoq ochiqdan –ochiq Karl I tomoniga o`tgan edi. Ammo shu yilning avgustida Montroz tor-mor keltirildi. Qirolning Shotlandiyani o`z tomoniga og’dirib olish umidlari puchga chiqdi: unga ishonmadilar. Parlament Shotlandiya armiyasiga 1645-1646 yillarda ko`rsatgan yordami uchun to`planishi lozim 400 ming funt sterling maoshni endi darhol to`lay boshlashni taklif qildi vash u pulga qirolni shotlandlardan sotib oldi. 1647 yilning fevralida Angliya vakillari qirolni Nezbi yaqinidagi Golmbi qal`asiga soqchilar bilan olib ketdilar. Presviterianlardan iborat ko`pchilik o`z muvaffaqiyatlarini yangi mazhab-presviterianlar (kalvinistlar) cherkovini joriy etish yo`li bilan mustahkamladi. Hamma yerda oqsoqollikka mahalliy puldor kishilar ko`tarila boshladi, bu oqsoqollar, parlamentning presviterian siyosatini ayniqsa, so`ldan turib qilinadigan har qanday tanqiddan himoya qlishga harakat qildilar. “Levellyerlar”-“tenglashtiruchilar” ijtimoiy tarkibi xilma-xil bo`lgan bir guruh edi. Levellyerlar, asosan, 17 asrning 40-yillaridagi ingliz burjuaziyasining eng revolyutsion tizimining manfaatlarini aks ettirardi. Ammo levellyerlar o`z faoliyatining dastlabki davrlarida (1848 yilning oxirigacha) xalqing independentlardan ixlosi qaytgan tabaqalarini –o`z ketidan ergashtira oldi.

Ammo bu partiyaning birinchi bosqichidagi asosiy g’alabalari keng siyosiy reformalar o`tkazish; umumiy saylov huquqi joriy etish, hammani qonun oldida rasmiy ravishda teng qilish va boshqa demokratik o`zgarishlar edi. Iqtisodiy sohada levellyerlar to`la savdo va sanoat erkinligi joriy etilishini, talab qildi.

Lilbern asarlari soldatlar orasida zo`r berib o`qilar edi, hamda xalq orasida keng tarqalgan edi. Lilbern 1646 yilning noyabrida Trauerda qamoqda yotgan vaqtidayoq “Lordlar zalemona hukumronligining anatomiyasi” degan asar yozdi. Bu asarda u Vilgelmni gersoglar, graflar, baronlar deb atalgan safdoshlarining avlodlaridan , deb atadi. Karl I ning parlamentga ushlab berilishi va uning keyingi taqdiri masalasi bayon qilingan bo`lib, qirolning o`limga mahkum etilishi aytilgan edi.

Parlament revolyutsion xalqning tazyiqidan so`ng Karl I ning o`z taxtiga qaytib kelish shartlari haqida u bilan muzokara olib borish niyatida edi. Ammo independet qo`mondonlikning amaldagi siyosati esa bu hayoliy umidlarga mutlaqo to`g’ri kelmas edi. Shunday bo`lsa ham 1647 yilning yozi va kuzida soldatlar ommasining tazyiqi ostida armiya kengashi davlatning yangi, demokratik asosda tuzishga urindi.

1647 yil iyul oyining o`rtalaridayoq targ’ibotchilar armiyani poytatga kirishini va parlamentning hech qanaqa bahona bilan unga qarshilik qila olmasligini ma`lum qilayotgan edilar. Uayt oroliga qochib ketgan qirol yirik feodallarning Shotlandiyada g’alaba qilgan o`ng presviteran partiyasi bilan 1647 yil dekabrining oxirlarida mahviy shartnoma tuzdi. Unga ko`ra Shotlandlar qurol kuchi bilan qirol hokimiyatiningg tiklashlari hamda armiya va parlamentni tarqatib yuborishlari kerak edi. Angliyaning o`zida ham qirolni yoqlovchi harakatlar tayyorlanayotgan edi.

Karl I parlament bilan aloqani uzdi. 1648 yilning mart oyidan boshlab, bir qator hududlarda qirolni yoqlab dehqonlar qo`zg’alonini ko`tarishga urindilar. Ammo hech narsaga erisha olmadilar. 1848 yilning aprel oyida London ko`chalarida parlament soldatlari bilan qirol taraf soldatlar o`rtasida to`qnashuvlar bo`lib o`tdi.

Bir necha kemalar, qo`zg’alon ko`tarib, gollandiyaga jo`nab ketdi, bu yerda ular bilan Karl I ning o`g’li shahzoda Uelskiy aloqa bog’ladi. Shimoldan Angliyaga shotlandlarning 20 ming armiyasi bosib kelmoqda edi.

1648 yil avgustda Kromvel armiyasi bilan Shotlandlar armiyasi Prestonda to`qnashdilar va Shotlandlar batamom tor-mor keltirildi.

1648 yil sentyabr oyida ingliz qo`shinlari Shotlandiya poytaxti Edinburgni ishg’ol qildilar Shotlandiyada hokimiyat Angliya parlamentining ittifoqchisi bo`lgan so`l presviteranlar qo`liga o`tdi.

Biroq endi boshqa tomondan xavf tug’ildi. Armiya Londondan tashqarida bo`lganidan foydalanib presviteranlar parlamentda yana ustun bo`lib qoldi. Bundan foydalangan qirol o`z talablarini parlament oldiga qo`ya boshladi.

G’olib parlament armiyasi Londonga qaytib keldi, barcha muzokaralarni to`xtattirdi va qirol ustidan sud o`tkazilishini, parlamentni tozalashni talab qildi.

1648 yil 5 dekabrda polkovnik Prayd boshchiligidagi otryad parlament majlis o`tkazayotgan binoning barcha zinapoyalarini va unga kiradigan eshiklarni ishg’ol qildi. Karl I asr olindi.

Qirol ustidan sud o`tkazish uchun 135 kishidan iborat maxsus oliy tribunal tashkil qilindi. Bu tribunal tarkibiga ikkala palata a`zolari, mashhur yuristlar, katta ofitsyerlar kirdilar.

1649 yilning 27 yanvarida Oliy sud Karl I ni o`lim jazosiga hukum qildi. 30 yanvarda Karl I qatl qilindi. Shunday qilib, Angliya 1649 yil fevralidan boshlab qirolsiz va lordlar palatasiz respublika bo`lib qoldi.

Yosh Angliya burjua respublikasi tez kunda ham tashqi ham ichki sohada katta qiyinchiliklarga duch keldi. Qirolning qatl qilinishi royalistlarning revolyutsiyaga nafratini oshirdi. Royalistlar safida endi faqat kovalyerlargina bo`lmay, balki ko`pgina dvoryanlar, shuningdek presvetireanlar ham bor edi. Angliyaning 1649 yildagi xo`jalik ahvoli nihoyatda og’ir edi...

Hatto o`rta hollar ham kambag’allashib qoldilar. Xalq ommasi hukumatning bunday siyosatiga revolyutsion chiqishlar bilan javob berdi. XVII asrning 50-yillari boshlarida diggyerlarham levellyerlarning ham siyosiy roli tugadi. Ammo xalq revolyutsion quyi tabaqalarining dahshatli stixiyali qizg’in harakati Angliyadagi ijtimoiy –siyosiy sharoitni belgilovchi kuch bo`lib qolaverdi. Burjua dvoryan blokining respublikadan voz kechib, Kromvelning harbiy diktaturasiga o`tishga sabab ham shu edi. Kromvel armiyani Irlandiyaga qarshi qaratib, imtiyozlar bergandan keyin armiyaning revolyutsion ruhi tugadi.

1649 yilda Irlandiyani bo`yso`ndirish uchun armiyaga bosh bo`lib, Kromvelning o`zi bordi. Bu jazo ekspeditsiyasi bo`lib, 1641 yilgi qo`zg’olonlari uchun jazo berish bahonasi bilan ko`rilgan chora edi, amalda esa Irlandiya xalqi hisobiga parlament kreditlari bilan hisob-kitob qilish uchun qilingan tadbir edi. Inglizlar Irlandiyaning barcha istehkomlari va shaharlarini birin ketin bosib oldi. 1652 yilning mayida harbiy operatsiyalar asosan tugashi bilan inglizlar o`z rejalarini amalga oshira boshladilar. Irlandiya dehqonlariga parlamentning dilenventlar va papachilarning yyerlarini hatlash to`g’risidagi farmon va aktlar ham tayyorlandi. Irlandiya to`g’risidagi 1652 yilda “tuzilgan” aktga asosan “Ko`k orol” aholisining yyerlari talana boshlandi va dehqonlar ommaviy suratda ekspropriatsiya qilindi. Ko`pgina Irlandlar majburiy orolning g’arbiga ko`chirildi, Irlandiyada qolgan aholi esa ochlikdan asta-sekin qirilib ketishga mahkum bo`lgan mayda ijarachilarga aylandi. KarlI qatl qilingach uning Niderlandiyaga qochib yurgan o`g’li Karl II nomi bilan qirol deb e`lon qilindi. Karl II ingliz kapitali mafaatlarini nazarda tutib, 1649-1651 yillarda katta flot qurishga kirishdi va Gollandiya qismlaridan ustun bo`lgan Yangi yangi kema qurish uchun 1654 yilda Daniya bilan shartnoma tuzdi. Shartnoma Angliya kemalariga zund orqali Boltiq dengiziga chiqishga yo`l ochib berdi, Fransiya bilan boshlangan to`qnashuvlar 1653-1655 yillarda bir-birining yaqinlashuvi bilan, 1655 yilda esa Ispaniyaga qarshi ittifoq tuzish bilan yakunlandi. 1655 yilda Kromvel Fransiya bilan birgalikda Angliyaning bir vaqtlar dushmani bo`lgan Ispaniyaga qarshi kurash boshladi.

Kromvelning Irlandiya va Shotlandiya ustidan qozongan g’alabalari unga yengilmas deb nom olishga sabab bo`ldi. 1648 yilda va 1650-1651 yillarda ikki marta tor-mor qilinishi Kromvel harbiy mahoratining yorqin misolidir. 1653 yilning iyunida mahalliy diniy tashkilotlar tomonidan ko`rsatilgan nomzodlardan kichik parlament chaqirildi. Nomzodlar ro`yxati Kromvel` tomonidan tasdiqlandi va kichik parlamentga sektalarning ko`pgina vakillari saylandilar. Bularning hammasi so`l qanotni tashkil etardi. 1654 yilda yangi Konstitutsiyaga muvofiq saylangan birinchi parlament yig’ildi. Saylanganlar orasida harbiy diktaturaga dushman bo`lgan bir qancha kishi bo`lib, ular yangi Konstitutsiyaga sodiqliklari haqida qasamyod qilishdilar. Shunisi xarakterliki, parlament ham armiyani qisqartirishni talab qila boshladi. Shundan keyin Kromvel parlamentni tarqatib yubordi.

Kromvel Gollandiya va Portugaliya urushlaridan keyin Ispaniyaga qarshi urush olib bordi. Kromvel Ispaniya hukumati bilan kelishib, Angliyaning erkin savdo qilishiga ruxsat olishga urinib ko`rdi. Bu natija bermagach. 1655 yilda Ispan mustamlakalarini bosib olish uchun Vest-Indiya qirg’oqlariga askar yubordi. Inglizlar Yamayka orolini bosib oldilar. Bu orol birinchi ingliz mustamlakasi edi.



II. BOB. XVIII-asrda Angliya.

XVIII asrda Angliyaning davlat tuzumi.

XVIII asrda hokimiyat to'laligicha ikki palata – lordlar palatasi va jamoa palatasidan iborat parlament qo'lida edi. Jamoa palatasi aholi tomonidan saylansa-da, mamlakatning 5,5 mln aholisidan faqat 250 ming ki shigina saylov huquqiga ega edi. Ko'pgina yirik sanoat shaharlari parlamentda yoki butunlay o'z deputatlariga ega emas yoki deputatlar soni juda kam edi. Masalan, 500 ming aholiga ega bo'lgan London shahri 4 ta deputatlik o'rnigagina ega edi. Asr oxiriga kelib qirolning parlamentda ko'pchilik o'ringa ega bo'lgan partiyalar vakillaridan vazirlarni tayinlashi odat tusiga kirdi. Bu paytda parlamentda o'ringa ega bo'lgan asosiy partiyalar ikkita tori va vigi edi. Ular bir-biridan nimasi bilan farq qilar edi.


Torilar qirolning huquq va manfaatlari hamda mavjud tartiblarning buzilmasligini quvvatlardi. Vigilar esa parlament huquqlarini faol himoya qilardi va mamlakat hayotida muhim iqtisodiy va siyosiy islohotlar o'tkazilishining tarafdorlari edilar. Asr boshlarida bu partiyalarning eng ko'zga ko'ringan arboblari gertsog Malboro (vig) va vikont Bolingbrok (tori) edi. Ko'pchilikning quvvatlashidan mahrum bo'lgan partiya hokimiyatga bo'lgan huquqini ham yo'qotar va hukumat iste'foga chiqar edi. 1707 yili parlament Angliya bilan Shotlandiya o'rtasidagi uni- yani qonunlashtirdi. Endi mamlakat Buyuk Britaniya deb atala boshladi. Shotlandiya parlamenti tugatilib, uning deputatlari Angliya parlamenti tarkibiga qo'shildi. 1716 yili parlament vakolatining uch yillik muddati o'rniga olti yillik muddat o'rnatildi. Bu bilan mamlakatni idora qilishda professional boshqaruvchilar qatlamining shakllanishiga keng yo'l ochildi. 1714 yili Angliya taxtida turgan Oranskiylar sulolasining oxirgi vakili vafot etdi. 1701 yili qabul qilingan «Taxt vorisligi to'g'risida bill» Styuartlarning taxtga qaytishi uchun imko- niyat qoldirmagan edi. Bill Yakov II ning qizi Annani taxt vorisi deb e'lon qiladi va uning vafotidan so'ng (agar u farzandsiz bo'lsa) taxt Yakov I nevarasining avlodlari bo'lgan gannoverliklar sulolasiga o'tishi tartibini o'rnatadi. Sudyalarni tayinlash va ishdan olish parlament ixtiyoriga o'tadi. Qiroldan tashqari yana bir vazir (odatda qonun loyihasini parlament muhokamasiga kiritgan vazir) tomonidan ham imzolangan qonun aktlarining haqiqiyligi belgilab qo'yiladi. Vazirlarning parlament oldida mas'ulligi printsipi kiritiladi. Shunday qilib, davlat siyosatining muhim masalalarini hal qilish bo'yicha amalda parlament ustuvorligi o'rnatiladi. Yakov II Styuartning taxtga kelishidan qo‘rqib (u katolik edi) va yuqorida aytilgan «Taxt vorisligi to‘g‘risida bill'»ga asoslanib parlament gannoverlik nemis knyazlari sulolasidan, Yakov I ning ajdodi Georg I (1660–1727) ni Angliya taxtiga taklif qiladi. Gannoverliklar protestantlar edi va ingliz taxtini butun XVIII asr davomida va XIX asr boshlarigacha egallab turdilar. Bu sulo- ladan bo‘lgan dastlabki qirol Georg I inglizcha so‘zlashmas va davlat ishlariga aralashmas edi. Gannoverliklarni viglar qo‘llab- quvvatlaganligi tufayli Georg I ham, Georg II (1683–1760) ham shu partiyaga suyanardi. Amalda hokimiyat viglar partiyasining Robert Uolpol1 singari yo‘lboshchilari qo‘lida edi. R. Uolpol 20 yildan ortiqroq (1721–1742) viglar partiyasiga, parlamentga, hukumat va mamlakatga boshchilik qildi. Uning timsolida viglarning xarakterli tomonlari o‘z aksini topdi: beburdlik, tadbirkorlik, ustamonlik va iqtisodiy faollik. Uolpol olib borgan nisbatan tinch tashqi siyosat viglarning asosan mustamlakalar hisobiga boyib borayotgan qismini qanoatlantirmas edi. Ular yangi yerlarni bosib olishni, yangi bozorlarni egallashni talab qilardi. Muxolifatga Katta Uil'yam Pitt boshchilik qildi. U mustamlakalar talonchilari oilasidan edi. Uolpol hukumatning siyosati parlamentni qanoatlantirmay qattiq tanqidga uchray boshlaganda butun kabineti bilan iste'foga chiqqan birinchi bosh ministr bo‘ldi. 1756–1761 yillari bosh ministr lavozimini Katta Pitt egallab turdi.
1760 yili hokimiyatga kelgan Georg III (1738–1820) otasi va bobosidan farqli o‘laroq hokimiyatni amalda boshqarishga harakat qiladi. U vazirlarni shaxsan tayinlash huquqidan foydalanib, bu lavozimlarga qirolga sodiq va asosan bo‘ysunuvchi kishilarni tanlaydi. Bu kishilar «qirolning do‘stlari» nomini olib, 60–70 yillar ularning siyosiy terror va boshboshdoqlik yillari bo‘ldi.
Georg III ning siyosatini torilarning ham bir qismi quvvatlaydi, chunki bu paytga kelib torilarning asosiy qismini hali ham skvayrlar tashkil qilayotgan bo‘lsda, iqtisodiy o‘zgarishlar tufayli ular faoliyatining xarakteri bir qadar o‘zgargan, ya'ni ularning ko‘pchiligi foyda olishning burjuacha usullarini o‘zlashtirib olishgan edilar.
1773 yili hukumatga Kichik Pitt1 boshchiligidagi yangi torilar keldi. Kichik Pittning parlamentni isloh qilish borasidagi harakatlari deputatlarning qarshiligiga uchradi. Shunda Kichik Pitt parlamentni tarqatib yubordi va yangi saylovlar e'lon qilib, unda g‘alaba qozondi. Biroq Kichik Pittning parlament islohoti qirol va viglar qarshiligi tufayli amalga oshmadi. Keyin esa boshlanib ketgan Fransuz inqilobi va uning oqibatlari islohotga to‘sqinlik qildi...
Tashqi siyosat.
Angliyaning tashqi siyosatida ikkita bosh yo‘na- lish bor edi: birinchidan, qit'adagi biron-bir davlatning kuchay- ib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va ikkinchidan, yangi mustamlakalarni egallash. Angliyaning bu yo‘ldagi bosh raqibi Fransiya edi. Ikkala davlat o‘rtasidagi ispan taxti uchun bo‘lgan urush (1701–1714) Angliya uchun foydali bo‘lgan Utrext sulhi bilan yakunlandi. Angliya Gibraltar, Minorka oroliga, Fransiyaga qarashli bo‘lgan Gudzon ko‘rfazi qirg‘oqlaridagi keng yerlarga, ispan mustamlakalari bilan savdo qilish huquqiga hamda Amerika mustamlakalariga qullar yetkazib berish huquqi – «asiento»ga ega bo‘ldi.
Avvalroq Angliya Portugaliyaning iqtisodiy va siyosiy tobeligiga erishgan edi. Ispaniyadan Yamayka orolini hali protektorat paytidayoq tortib oldi, Ispaniya va Gollandiya bilan raqobat ham Angliya foydasiga hal bo‘ldi.
Butun XVIII asr davomida Angliya Fransiya bilan qizg‘in kurash olib bordi. O‘sha davr kishilari bu kurashni «ikkinchi yuz yillik urush» deb atadilar. 40-yillarda savdo raqobati Amerikaga ko‘chib, Kanada uchun ochiq urushga aylandi. 1760 yilga kelib inglizlar Fransiyaning Kanadadagi asosiy tayanch punktlari – Dyuken, Kvebek va Monrealni egallab oldilar, 1763 yili esa fransuzlarni Kanadadan umuman siqib chiqardilar.
Hindistondagi kurash esa shiddatliroq bo‘lib, uzoqroq davom etdi. Angliyaning Ost-Indiya kompaniyasi hali XVII asrdayoq Bombey (Mumbay) ni egallab, bir nechta mustahkamlangan portlarni barpo qildilar. Fransuzlar ham bir nechta dengiz bazalari va mustahkamlangan punktlarni qurdilar. Boburiylar imperiyasi qulagandan so‘ng paydo bo‘lgan hind knyazliklari o‘rtasidagi ziddiyatdan foydalanib, ikkala davlat ham ularning ichki ishlariga faol aralasha boshlaydi. Fransuzlar bilan inglizlar o‘rtasida ochiq urush XVIII asr o‘rtalarida boshlanib, inglizlar Hindistonning shimoli sharqi – Bengaliyani tortib oldi. Keyinchalik esa Benga- liya, Bixar, Madras va boshqa bir qator viloyatlar ham inglizlar qo‘liga o‘tdi. Qator yirik hind knyazliklari Angliyaga qaram bo‘lib qoldilar. Fransiya esa Hindistonda beshta punktni, uni ham mustahkamlamaslik sharti bilan qo‘lda ushlab qoldi.
Shunday qilib, XVIII asrning 60-yillaridayoq Buyuk Britaniya qo‘pgina mustamlakalarga ega bo‘ldi: Shimoliy Amerikada 13 ta shtat, Kanada, Nyufaundlend oroli, Karib dengizidagi orollar, Hindistonning bir qismi va Afrikadagi faktoriyalar shular jumlasidan edi.
Shu tariqa Buyuk Britaniya mustamlakachilik imperiyasiga asos solindi. Angliya «dengiz hukmroni»ga aylandi.
Qishloq xo‘jaligidagi o‘zgarishlar.
Angliyada ikki yuz ellik yil ichida yuz bergan «agrar inqilob» oqibatida yerlar yirik mulkdorlar qo‘lida to‘plandi, dehqonlar yo‘qoldi, qishloq xo‘jaligida yollanma ishchilar asosiy kuch bo‘lib qoldi. XVII asr 70-yillariga kelib an'anaviy yer egalari – dehqonlar qariyb qolmadi.
Qirollik yerlarini va irland dehqonlarining yerlarini sotib olgan yangi mulkdorlar ijarachilarni juda yuqori ijara narxi bilan siqib qo‘ydilar. Lendlordlarning o‘zlari esa xo‘jaligini yuritishmas edi. Yerni ular endi yirik tadbirkorlarga ijaraga berar, ular esa yollanma ishchilar mehnatini faol qo‘llar edi. O‘sha davrdagi ingliz qishlog‘i uchun xarakterli bo‘lgan piramida – lendlord, ijarachi fermer, batraklar – shakllanib kelayotgan edi.
XVIII asrdagi Angliya qishloq xo‘jaligi shaharlarni va sanoat qo‘rg‘onlarini muvaffaqiyat bilan boqardi.
Yirik yer egaligining shakllanishi don ishlab chiqarishni oshirish uchun sharoit yaratdi, bu esa don narxining tushishiga olib keldi. Shahar aholisining o‘sishi chorva mahsulotlariga, xususan go‘shtga bo‘lgan talabni oshirdi va fermerlar chorvachilik bilan faol shug‘ullana boshladilar. Oziq-ovqat uchun ishlatiladigan va qumloq yerlarda ham yaxshi o‘sadigan ekinlar ekila boshlandi va bu avvallari tashlandiq bo‘lib yotgan yerlarning ham o‘zlashtirilishiga olib keldi. Markazlashgan manufakturalarning soni oshib, shahar bilan qishloq o‘rtasida savdo rivojlandi. Hatto savdo yangiliklarini yoritadigan gazetalar ham paydo bo‘ldi. Tobora foydali bo‘lib borayotgan savdo manfaatlari uchun mamlakatda ariqlar qazildi, yangi yo‘llar va tosh ko‘priklar qurildi.
Sanoat to‘ntarishi.
XVIII asr o‘rtalariga kelib Angliyada sanoat to‘ntarishi uchun, ya'ni manufaktura ishlab chiqarishidan ma- shinalar keng qo‘llaniladigan fabrika ishlab chiqarishiga o‘tish uchun sharoit yetildi. Bu hol mamlakatning butun oldingi rivoji bilan tayyorlangan edi. Bu birinchidan, yakunlangan agrar inqilob juda ko‘p bo‘sh ishchi kuchlari zahirasini yaratdi. Aholining o‘sishi tezlashdi. 1700 yili mamlakat aholisi 6 million, 1790 yili esa 8,2 million kishini tashkil qildi. Ortiq ishchi kuchining hammasi sanoatda yollanib ishlashga tayyor edi. Ikkinchidan, mahsulotni sotish bozori shakllandi. Shaharlar soni va aholisi o‘sib bordi. Qishloqlardagi boy ijarachilarning asbob-uskuna va o‘g‘itga bo‘lgan ehtiyoji ham oshib bordi. Uchinchidan, mamlakat ichkarisida yer oldisotdisi, mustamlakalarni talash va qul savdosi natijasida savdogar va tadbirkorlar qo‘lida fabrikalar qurish va mashinalar xarid qilish uchun zarur bo‘lgan katta mablag‘lar paydo bo‘ldi. Mashinalar ixtiro qilish esa jamiyatning o‘ziga xos iqtisodiy ehtiyojiga aylandi. 1761 yili «San'at va sanoatni rag‘batlantirish jamiyati» tomonidan yigiruv mashinasi kashf etgan kishiga katta mukofot va'da qilingan edi.
Sanoat to‘ntarishi dastlab to‘qimachilikda boshlandi. Buning sabablari to‘qimachilikda ishlab chiqarishni chegaralaydigan sexlarning yo‘qligi, arzonligi va chidamliligi jihatidan hind matolari bilan bellasha oladigan mahsulotga ehtiyojning oshib borayotganligida edi. Bu ehtiyojni qondirishga faqat mashinalar yordamidagina erishish mumkinligini ko‘pchilik yaxshi tushunardi.
To‘quvchi va mexanik Jon Key (1704–1764) 1733 yili to‘quv dastgohi ixtiro qildi. Avvallari to‘quvchining o‘zi g‘altak ipla- ri orasidan o‘rmakni o‘tkazib turishga majbur edi. Endi o‘rmak oyoq qurilmasini bosish orqali o‘tkaziladigan bo‘ldi. Bu ixtiro to‘qish jarayonini 2 marta tezlashtirdi, lekin endi yigirilgan ip tanqisligi paydo bo‘ldi.
1765 yili lankashirlik to‘quvchi Jeyms Hargrivs (tug‘ilgan yili noma'lum – 1778) bir yo‘la 15–18 yigirgich ishlaydigan mexanik urchuq ixtiro qildi. U bu urchuqni o‘z qizining nomi bilan
«Jenni» deb atadi. Mashina arzon, qurilishi juda sodda edi va shu sababli tezda butun dunyoga tarqaldi.
1767 yili duradgor Xeys suv g‘ildiragi (charx) bilan harakatga keltiriladigan mashina yaratdi. Bunday mashina yuksak unumdor- ligi bilan ajralib turardi. Yigiruvdagi yutuqlar mexanik to‘quv dastgohlari yaratilishini keltirib chiqardi. Edmund Kartraytning (1743–1823) yangi dastgohi to‘quvchilik ishlab chiqarishi unumdorligini 40 martaga oshirdi.
Fabrikalar – mashinali ishlab chiqarishning butun bir tizimi paydo bo‘la boshladi. Suv dvigatellaridan foydalanish fabrikalarni faqat daryo bo‘ylaridagina qurishga majbur qilardi. Jeyms Uatt1 tomonidan universal bug‘ mashinasining yaratilishi esa boshqa yerlarda ham fabrikalar qurish imkoniyatini berdi.
XVIII asr oxirlari boshqa muhim ixtirolar bilan ham ajralib turadi. 1784 yili metallurg Korb2 prokat stanini3 ixtiro qildi, Modsli esa tokarlik dastgohini yaratdi.
Yangi texnika sanoatning yangidan tashkil etilishiga olib kel- di. Manufaktura o‘rnini fabrika egalladi. Sanoat to‘ntarishi mehnat unumdorligini ulkan yuksalishga olib kelgan haqiqiy sanoat inqilobi edi.
Natijada XVIII asr oxiriga kelib sanoat ishlab chiqarishining keskin darajada o‘sishi yuz berdi. Cho‘yan ishlab chiqarish 1740 yilgi 17350 tonna o‘rniga 1796 yili 125079 tonnani tashkil qildi, ko‘mir qazib olish 1700 yili 2,6 mln tonna bo‘lsa, 1795 yili 10 mln tonnaga yetdi. Yangi sanoat rayonlari paydo bo‘ldi. Lankashir to‘qimachilik sanoatining markaziga, Yorkshir, Uel's, Shotlandiya – ko‘mir qazib olish markazlariga aylandi.
Ishchilarning ahvoli.
Fabrika ishchilar hayotini ijobiy tomonga o‘zgartirdimi? Ko‘pincha fabrikada butun oila – otasi, onasi, bolalari birga ishlashardi. Ayollar ip yigiruvchi bo‘lib ishlashardi, bolalarga esa iplarning uzilgan joylarini ulash yoki chiqindilarni chiqarish topshirilardi. Erkaklar ham shu yerning o‘zida ishlardilar – ular yigirar yoki mashinalarni sozlashardi.
Fabrika oila a'zolarini bir-biridan ajratmagan holda ularning hayot tarzini o‘zgartirdi. Tarixda birinchi bor ish vaqtining aniq jadvali paydo bo‘ldi. Dushanbadan shanbagacha fabrika qo‘ng‘irog‘ining ertalab soat 6 yoki 7 da jaranglashi ish kuni bos langanidan darak berardi. Suv g‘ildiraklari va mashinalar tushgacha olti soat va tushdan keyin olti soat aylanardi. Qish va kuzning sovuq kunlarida ertalab ishni kechroq boshlash imkoniyati yo‘q bo‘ldi; seshanbadan shanbagacha g‘ayrat qilib ishlaganlik uchun beriladigan yana bir dam olish kuni – «muqaddas dushanba» ham bekor qilindi.
Ishchilar qanday sharoitda yashar edilar? Faqat ba'zi bir fabrika egalari, masalan, Richard Arkrayt1, ishchilar uchun uylar qurdirdi. Lekin bu juda kamdan-kam uchraydigan hol edi. Ishchi- lar uylarini ommaviy qurish asosan XVIII asr ikkinchi choragidan boshlandi.
Ko‘mir shaxtalari yaqinida qurilgan yangi fabrika shaharlarida oilalar katta eski uylardan bir-ikki xonani ijaraga olishar yoki muttaham pudratchilar qurgan yupqa devorli va zax polli, arzon uylardan biriga ko‘chib o‘tardilar. Bu uylarda sharoit juda yomonligi sababli ular xalq orasida «ishchilar uchun Bastiliya» nomini olgan. Korxona xo‘jayinlarining aksariyati fabrikalarda qat'i qoidalar zarurligiga sidqidildan ishonishardi. Ko‘plab jari- malar bor edi – kechikkani uchun, so‘kinish uchun, xunuk ko‘rinishi uchun. Lekin fabrikantlarning kamdan-kamigina ishchilariga og‘ir hayotlarini yengillatishda yordam berardi. O‘sha Arkraytning xuddi o‘zi ishchilariga uncha katta bo‘lmagan ijara haqi evaziga yer maydonlari ajratdi, eng yaxshi ishchilariga esa mukofot tariqasida sog‘in sigirlar berdi. Ayni paytda fabrikalarda ayollar va bola- lar mehnatidan foydalanish ommalashadi. 1788 yili Angliyaning to‘qimachilik sanoatida 26 ming erkak, 31 ming ayol va 35 ming bolalar mehnat qilgan. Ish kuni 14–17 soat davom etardi. «Yordamchi ishchilar» deb hisoblanadigan bolalarga odatda qo‘pol muomala, sifatsiz ovqat va og‘ir mehnat tegardi, xolos. Ular 5–8 yoshlaridan ishlay boshlashardi. Ishchilar, ayniqsa bolalar o‘rtasida o‘lim darajasi juda yuqori edi.
Yomg‘irdan keyingi qo‘ziqorinday ko‘payib borayotgan fabrika- larda ishchilar sog‘ligi va mehnatining hech qanday muhofazasi mavjud emasdi.
Yangi ixtirolar.
XVIII asrda Angliyada cho‘yan olishning yangi usullarini, quyish ishini, dastgohlar ixtiro qilishni rivojlan- tirishga ulkan hissa qo‘shgan fabrika egalarining butun bir sulolalari paydo bo‘ldi. Ular orasida Darbilar va Uilkinsonlar sulolalari ayniqsa mashhur edi.
Abraxam Darbi (1677–1717) murakkab shakldagi buyumlarni, masalan, tuvaklarni quyish imkonini beradigan cho‘yan quyishning yangi uslubini ixtiro qildi. U toshko‘mirdan koks olish usulini ham yaratdi. Toshko‘mir uyumi toki mayda, yaltiroq, qattiq zarralarga aylanmaguncha sekin qizdiriladi. Bu xuddi o‘sha temir rudasi bilan birga domna pechiga kiritiladigan «koks» (koksli qoldiq) edi. Koks yog‘och ko‘mirga o‘xshab uqalanib ketmas va pechga ko‘proq ruda ortish imkonini berardi. Darbi pechning hajmini va havo oqimini oshirdi. Natijada pechda yuksak harorat hosil bo‘lib, cho‘yan suyuqroq bo‘lar va uni murakkab shakllarda quyish mumkin bo‘lardi. Darbining buyumlari: tuvaklar, dazmollar, pechka va kaminlar uchun qismlar butun mamlakat bo‘ylab tarqaldi.
Abraxam Darbining o‘limidan so‘ng ish uning o‘g‘li Abraxam Darbi II ga (1711–1763) o‘tdi. U Nyukomen mashinasi yordamida domna pechining parraklarini harakatga keltiruvchi suv charxi ustida joylashgan zavod hovuziga suv chiqardi. Bu hatto ariqlar qurib qolganda ham pechga doimiy havo berilishini ta'minladi. Fabrika markaziy grafliklarda talab katta bo‘lgan sifatli quyma po‘lat ishlab chiqarardi.


Abraxam Darbi III (1750–1791) zavodni 1768 yildan 1781 yilgacha boshqardi. Uning davrida dunyodagi birinchi cho‘yan ko‘prikning qismlari quyildi. 1779 yili ko‘prikning qismlari murvatlar bilan mustahkamlandi va ko‘prik Ayronbrij yaqinidagi Severn daryosining ikki qirg‘og‘ini birlashtirdi.
Jon Uilkinson (1728–1808) cho‘yan quyish zavodlarini boshqa- rardi. 1774 yili u cho‘yan bo‘lagi markazida qurolning o‘q chiqaradigan teshigini ochish imkonini beradigan tokarlik dastgohini ixtiro qildi. Kelgusi yili Angliya bilan uning Amerikadagi mustamlakalari o‘rtasida jang boshlanib ketganida to‘plarni ana shu usulda yasay boshladilar.
1775 yili Jeyms Uatt o‘zining bug‘ mashinasini ixtiro qildi va bu dvigatellar uchun silindrlarni Uilkinsonning quyish zavod- larida yasay boshladilar.
Uilkinsonning o‘zi ham o‘z ishxonasi uchun bir necha bug‘ mashinalarini sotib oldi. 1788 yili u Parijning suv ta'minoti uchun quyilgan cho‘yan quvurlarni tayyorlab berdi (quvurlarning uzunligi 40 mil' edi).
Angliyada Uilkinsonni «cho‘yan jinnisi» deyishardi, chunki u cho‘yanni qo‘llaydigan yangidan-yangi sohalarni tinimsiz izlardi. Uilkinson cho‘yan kema yasashga urinib ko‘rdi, uning qiyofasi tushirilgan cho‘yan taqinchoklar markaziy grafliklarda tanga sifatida qo‘llanardi. Uilkinson 1808 yili vafot etdi. Vasiyatiga ko‘ra uni cho‘yan tobutda ko‘mishdi.
Luddchilik harakati.
Ishchilar har doim ham yangi turmush tarzi va sanoat inqilobi paytida tashkil topgan mehnat sharoitini itoat bilan qabul qilgan emas. Ularni xo‘jayinlar zulmidan himoya qiladigan qonunlar yo‘q edi. Shuning uchun ular o‘z kurash vositalarini qo‘llashga majbur bo‘ldi. Aholining o‘sishi va yollanma mehnatning joriy qilinishi natijasida ishsizlik ortib, ishchilarning siyosiy ongi ham o‘sib bordi.
Sanoat to‘ntarishi davrida ishchilarning birinchi ommaviy harakati – mashina va dastgohlarni buzuvchilar harakati paydo bo‘ldi. Bu yillarda maoshlar qisqarib ketdi, ishsizlik ko‘paydi. Ko‘pgina ishchilar o‘z kulfatlariga, o‘zlarining achinarli ahvollariga mashinalarni aybdor deb hisoblardilar. Shu sababli mashinalarni buzish harakati keng ko‘lamda avj oldi. Bu harakat ishtirokchilari go‘yoki birinchi bo‘lib dastgoh tuzgan afsonaviy ishchi Ned Ludd nomi bilan o‘zlarini luddchilar deb atashdilar.

Tobora keng quloch yoyib va avj olib ketayotgan luddchilikdan qo‘rqib ketgan tadbirkorlar parlamentdan himoya qilishini talab qildi va parlament 1769 yili mashinalarni buzganlik uchun o‘lim jazosi berish haqida qonun qabul qildi. 40ta luddchi qatl qilindi.

Buyuk ingliz shoiri Jorj Bayron bu voqealar xususida afsus bilan yozgan edi:


Ajabmasmi, ochlik mehmonga kelib,

Qashshoq jon holatda faryodlar ursa.

Dastgoh sindirganning suyagi sinib,

Hayot paypoqdan ham arzonroq tursa.


Ingliz xalqi uchun qishloq xo‘jaligi va sanoatdagi taraqqiyot, savdodagi birinchilik juda qimmatga tushdi.
Shu tariqa Angliyada yuz bergan inqilob tufayli hokimiyat feodallar qo‘lidan burjuaziyaga o‘tdi, feodal munosabatlar va ularning qoldiqlari yo‘q qilindi. Kapitalizm taraqqiyoti uchun shart-sharoitlar paydo bo‘lib, ishchilarning shaxsiy ozodligi, kapitalning to‘planishi, ichki bozorning rivojlanganligi, mustamlakalardan ko‘plab boyliklarning tashib kelinishi, manufakturadan fabrika ishlab chiqarishiga o‘tish, chetga kapital chiqarishning boshlanishi kabilar jamiyatning qiyofasini tubdan o‘zgartirib yubordi. Yangi texnik ixtirolar odamlarning mehnat sharoitlarini yaxshilashga, ishlab chiqarish samaradorligining oshishiga olib keldi. Kishilarda boylik yig‘ish, munosib hayot kechirish hissi kuchaydi.

XVIII asr oxiriga kelib Angliya dunyoning birinchi sanoat mamlakatiga aylandi.



XIX-asrning birinchi yarmida Buyuk Britaniya
Istisodiy tarashiyotning asosiy yunalishlari.

XIX asrning dastlabki o`n yili Angliyada kapitalizmning jadal tarakkiyot davri buldi. Avvallari yengil sanoat, birinchi navbatda tukimachilik va ayniksa uning yangi soxdsi bulgan ip gazlama sanoati jadal sur'atlar bilan rivojlangan edi. Endilikda sanoatning boshka soxdlari, jumladan, ogir sanoatda muvaffakiyatlarga erishildi. Armiya uchun artilleriya qurollariga davlat buyurtmalari metallurgiya

savdosining rivoji uchun katta turtki bo`ldi. Mexanik kuchdan

keng foydalanish tobora ommalashib bordi: 1810-yili Angliya

sanoatida 5 mingta bug` mashinalari ishlatilgan bulsa, keyingi

15 yilda ular soni uch barobarga oshdi. Mashinasozlik, ayniksa

1824 yili parlament Angliyadan tashkariga mashinalar olib chiqishga qisman ruxsat bergandan sung, jadal rivojlandi. 1811-yilga kelib savdo va sanoat soxasida Angliya axolisining 44%i band edi. Sanoat proletariatining soni xam tez o`sib bordi. Mashinali ishlab chiqarish bilan raqobatga bardosh bera olmagan,

xonavayron bulgan mayda ishlab chiqaruvchilar ishsizlarning

sonini tuldirib borganligi natijasida ishchilarning ish xaqi

ishlab chikarishga proporsional ravishda o`sib bordi. Kam ish

xaqi to`lanadigan ayollar va bolalar mexnatidan foydalanish keng

tarqalgan edi. Xukumat hali xamon davom etayotgan luddchilikka

qarshi keskin kurash olib bordi. 1813-yili mashinalarni buzganlik uchun o`lim jazosi belgilandi. 1820-yillarning boshlariga kelib Angliya Napoleon urushlari

oqibatida kelib chiqqan iqtisodiy qiyinchiliklarni yengib, sanoat taraqqiyoti davriga chiqib oldi. Angliya tovarlari uchun keng maxsulotlar bozoriga aylangan Lotin Amerikasi mamlakatlari xisobiga eksport ancha o`sdi. Iqtisodiy kon'yukturaning yaxshilanishi mamlakatda siyosiy vaziyatning xam yumshashiga olib keldi. So`l kuchlar, ayniqsa ularning asosiy vakili bulgan, 1822-yildan xukumatda tashqi ishlar vaziri lavozimini egallagan Jorj Kanning (1770-1827) ba'zi isloxotlarning amalga oshirilishiga erishdi: g`alla va sanoat xomashyosiga boj tulovlari pasaytirildi, tovarlarni chetga olib chiqish qoidalari yengillashdi. Jinoyat qonunchiligi xam qayta kurib chiqilib, ba'zi jinoyatlar uchun jazo yengillashtirildi.

Shu davrdagi muxim isloxotlardan biri ishchilarning turli xil ittifoqlarga birlashishlarini qatiyan taqiqlovchi 1799-yilgi qonunning bekor kilinishi bo`ldi. Yangi qonun kasaba uyushmalari tred-yunionlar faoliyatiga ruxsat berdi. Bu ishchilar xuquqlarini ximoya qilish, fukarolik jamiyatini shakllantirish

borasida katta kadam buldi.

1825-yili Angliyada kapitalizm tarixida birinchi marta sanoatning siklli inqirozi yuz berdi. U Angliya iqtisodiyotining deyarli barcha soxalarini qamrab oldi. Natijada mamlakatdagi siyosiy vaziyat yana keskinlashdi. Siyosiy kurashlar markazida parlament isloxoti masalasi turardi. Bu talab umumiy saylov

xuquqlari va boshka siyosiy erkinliklar uchun kurash olib borayotgan so`l radikal kuchlar tomonidangina qo`yilayotgan emasdi. Parlament isloxotlarini, albatta radikallarnikiga nisbatan cheklanganrog`ini, sanoat burjuaziyasi vakillari xam talab

qilayotgan edilar. Feodal aristokratiyaning xukmronligi, burjua inqilobidan so`ng shakllangan tuzum manfaatlarini ximoya qilayotgan bo`lsada, jamiyatning yangi xolatiga allaqachon mos kelmayotgan edi. Sanoat burjuaziyasi endi mamlakatni boshqarishda bevosita ishtirok etish talabi bilan chiqdi. Bu talabga kura

mamlakatdagi saylov tizimi shunday islox qilinishi lozimki, natijada parlament ustidan nazorat tuliq burjuaziya qo`liga o`tishi kerak edi. Kanning boshchiligidagi xukumat o`tkazgan isloxotlar bu asosiy masalani xal etmagandi. Uning o`limidan

so`ng xokimiyatga kelgan Artur Vellington (1769-1852) boshchiligidagi o`ng tori vakillari Angliyadagi tizimni mukammal deb xisoblab, xech qanday uzgarishlarni lozim topmadi. Natijada parlament isloxotlari uchun kurash yanada keskin tus oldi.

Burjuaziya mafkurasi va uning vakillari.

Burjua siyosiy iqtisodining yirik vakillaridan biri David Rikardo (1772—

1823) o`z asarlarida kapitalistik jamiyatning asosiy qonunlarini taxlil qilishga xarakat qildi. U xar qanday qiymatning asosida tovar ishlab chiqarish uchun sarflangan mexnat yotadi, degan nazariyaga asoslanib, ishchilarning ish xaqini pasaytirish kapitalistning daromadini oshiradi deya ta'kidlaydi. Shu sababli ishchilar bilan kapitalistlar manfaatlari bir-biriga ziddir, deydi u. Rikardo kapitalistik jamiyatni islox, qilish orqali uni mukammallashtirish, ziddiyatlarni yuqotib borish lozim, chunki bu abadiy jamiyat, zero uning asosini tashkil qiluvchi shaxsiy manfaat tarakkiyotning yagona xarakatlantiruvchi kuchidir, deydi.

O`sha paytda jamiyatning katta qismini, ayniqsa so`llarni g`azabga keltirgan fikrlar Tomas Mal'tus (1766-1834) asarlarida paydo bo`ladi. U 1798-yili nashr qilingan «Axoli ko`payishi qonuni xaqida tajriba» asarida kapitalistik jamiyatda ko`pchilik axolining qashshoqligi jamiyatdagi iqtisodiy va siyosiy tengsizlik oqibati emas, tabiiy sharoitning natijasi ekanligini isbotlashga xarakat qildi. Mal'tus tomonidan taklif qilingan «tabiiy» biologik qonunga ko`ra axoli soni geometrik progressiya buyicha (ya'ni, 1,2,4,16 va X - k .), yashash vositalari esa arifmetik progressiya buyicha (1,2,3,4,5 va X -K .) ko`payib boradi. Natijada axolining xaddan oshib ketishi va tabiiy ravishda katta qismining qashshokqlashuvi yuz beradi. Uning ta'limotidan o`nglar xam so`llar xam uz nazariyalarini isbotlash uchun foydalanishga xarakat qildilar. Natijada turli davrlarda «axolining mutloq ko`payib ketishi», «xayotiy kenglik»ning zarurligi, «axolining optimal soni», «geokenglik» va «geosiyosat» kabi tushunchalar paydo bo`ldi. Mal'tuschilik va undan kelib chiqadigan g`ayriinsoniy xulosalar o`z davrida Sh. Fur'e, P. Leru, P. Prudon, K.Marks, D.I. Mendeleev singari olimlar tomonidan tanqid qilingan.


Viktoriya davrining boshlanishi.
1837 yili gannoverliklar sulolasining sunggi erkak vakili vafot etdi va taxtga o`n to`qqiz yoshli Viktoriya (1819-1901) o`tirdi. O`shanda bu tortinchoqday bo`lib kuringan qizcha 64 yil taxtda o`tiradi deb xech kim o`ylamagan edi. Tarixga «Viktoriya Angliyasi», «Viktoriya davri», «viktoriancha axloq» va xatto «viktoriancha arxitektura» tushunchalari kirib, faqat Britaniyada emas, Kanadada, Avstraliyada, Hindistonda va xatto AQSh da xam keng qullaniladi. Shu kamgap, tuladan kelgan, uncha chiroyli bo`lmagan ayol Angliya o`z qudratining eng chuqqisiga chiqqanda uning ramziga aylanadi deb kim xam uylabdi?

Tajribasiz qizcha bo`lib taxtga kelgan Viktoriya unga xomiylik qilgan lord Melborn raxbarligida parlament an'analarini va konstitusiya odatlarini juda tez uzlashtirib oldi. Asta-sekin uning xarakteridagi qat'iyatlik, xukmini o`tqaza olish va shaddodlik singari sifatlari namoyon bo`la boshladi. U qirollik hokimiyati xuquqlarini juda yuqori qo`ydi va xech kimga unga

taxdid qilish imkonini bermadi. U parlament bilan ziddiyatga bormadi, otasi Georg III va amakisi Georg IV singari uning vakolatlariga taxdid qilmadi, bir necha bor qattik xo`rsinish bilan

o`ziga unchalik xam yoqmagan Gladstonni davlatning eng yuqori lavozimiga tayinladi; ammo barcha bosh vazirlar unga xatini «Tavoze bilan buysunib, o`z burchimni bajargan xolda...», deb boshlashardi va tik turib xisobot berardilar. U turmush o`rtogi Al'bert Saksen Koburg-Gotskiyni ham o`zi tanlagandi. Ular ko`p farzandli, namunali ingliz oilasi bo`lishdi. Eri vafot etgandan keyin Viktoriya qirq yil mobaynida motam tutdi.



IV. BOB. XIX-asr o`rtalarida Buyuk Britaniya
Sanoat tuntarishining yakunlanishi.
XIX asr 30-40-yillari Angliya tarixida kapitalizmning jadal rivojlanish davri hisoblanadi. Bu yerda boshqalardan oldinroq sanoat to`ntarishi o`zining yakunlovchi bosqichiga o`tdi va shu xol Angliyani kapitalistik dunyoning eng rivojlangan mamlakatiga aylantirdi. Bu davrga kelib Angliya sanoatining asosiy tarmoqlarida fabrikali ishlab chiqarish uzil-kesil g`alaba qozondi. hali 1830-yilda xatto eng rivojlangan tuqimachilik sanoatida xam ko`l kuchiga asoslangan stanoklar soni mexanik stanoklar sonidan uch barobar ziyod edi. Keyingi 20 yil ichida kulda mato to`qish mutlaqo yo`k bo`lib ketdi. Xuddi shunday jarayon ishlab

Chiqarishning boshqa soxalarida xam yuz berdi. Bunga birin-ketin amalga oshirilgan texnik ixtirolar imkoniyat yaratdi. Jumladan,. To`qimachilik sanoatida ip yigirish jarayonini mexanizatsiyalash imkonini beruvchi selfaktor (avtomat) deb ataluvchi moslama katta ro`l o`ynadi. To`qimachilik sanoatida 1834-1850 yillari

bug` dvigatellarining umumiy quvvati 3,5 martaga oshdi. Ishlab

chiqarishning konsentratsiyalashuvi jadallashdi, fabrikalarning

maydoni kengaydi. Shu yillari Angliyada sanoat rivojlanishining boshka bir muxim jixati ogir sanoatning jadal usishi bo`ldi. 1830-yildan 1847-yilgacha metall ishlab chiqarish 3 martaga ko`paydi. 1828-yildan boshlangan rudalarni eritishda issiq havo purkash usulini qo`llash 1 tonna metall olish uchun sarflanadigan

yoqilg`ini 3 martaga kamaytirdi va Angliyada ko`p bo`lgan past navli toshko`mirdan xam foydalanish imkonini yaratdi. Shu paytgacha chetdan keltiriladigan metallga bog`li` bo`lgan Angliya sanoati

endi uni kuplab chetga chiqara boshladi. 1826-yildan 1846-yilgacha,

20 yil ichida Angliyadan chetga temir va chuyan chiqarish 7,5 martaga oshdi. 1839-yili Fransiya, Belgiya va Prussiyadan olinganidan Angliyada 4 xissa ko`proq ko`mir qazib olindi.

Angliyada sanoat rivojlanishining bu davri uchun mashinasozlik va stanoksozlikning tez rivojlanishi xarakterlidir. Aniq va yuqori unumli randalovchi, tokarlik, frezerlik, shtamplovchi uskunalarning yaratilishi mexnat sharoitini yaxshilab, maxsulot sifatini oshirishga xizmat kildi. Sifati va narxining arzonligi

Bo`yicha Angliya stanoklari va mashinalari bilan raqobatlashadigani yo`k edi. Angliya butun dunyoga mashina va stanoklar yetqazib beruvchi davlatga aylandi.

Angliya iqtisodiyoti uchun transport kommunikasiyalarining, ayniqsa temir yo`llarning kurilishi katta axamiyat kasb etdi. 1830-yildan keyin temir yo`llar qurilishi tezlashdi. 1850-yilga kelib temir yo`llarning umumiy uzunligi deyarli 10 ming km ga yetdi. Temir yo`llar Angliya iqtisodiyotining bir butuni bo`lib birlashishida muxim rol o`ynadi va mamlakatning chekka xududlarini ham

jaxon savdosiga jalb kildi.



Mustamlakachilik siyosati.
XIX asrning ikkinchi choragidan boshlab Angliya Yer sharining barcha qit'alari va barcha dengizlarida faol bosqinchilik siyosatini olib bordi. Hindistonda o`zining mustamlakachilik faoliyatini kengaytirib, 1843 yili Sind vodiysini, 1846 yili Kashmirni bosib oldi. Shu yillari ingliz mustamlakachilari Afgonistonga qarshi bosqinchilik urushini olib bordilar, ammo afgon xalkining mardonavor qarshiligiga uchrab, 1842 yili Afgoniston amiri bilan sulx tuzishga va vaqtincha bu

mamlakatni bosib olishdan voz kechishga majbur bo`ldilar. Xitoyda

birinchi afyun urushlari (1839-1842) natijasida inglizlar Gonkongni bosib oldilar va Xitoydagi Sin xukumatini chet el, avvalo Angliya savdosi uchun (jumladan, afyun olib kirish uchun) qator portlarni ochishga majbur qildi. Dunyoning boshka joylarida ham Angliyaga qarashli hududlar kengayib bordi: 1840 yili Yangi Zellandiya, 1842 yili Borneo orolining shimoliy qismi, 1843 yili

Janubiy Afrikadagi bir kator xududlar bosib olindi. XIX asr o`rtalariga kelib Angliya dunyoning eng katta mustamlakachi imperiyasiga aylandi. Uning mustamlakalari xududi 2 mln kv km dan ziyod, aholisi esa 100 mln kishini tashkil qilardi.

Britaniya imperiyasi tarkibidagi mustamlakalarni uch turga ajratish mumkin.

Birinchisiga Kanada, Avstraliya va Yangi Zellandiya kiradi. Bularning axolisi asosan Angliyadan ko`chib kelganlardan iborat. Dastlab boshdanok bu yerlar boshqa mustamlakalarga nisbatan ancha qulay sharoitda bulib, boshkalardan oldin avval ma'muriy, keyin esa siyosiy avtonomiya rejimi o`rnatildi. Bu tipdagi mustamlakalar ichida Kanada birinchi bo`lib o`zini o`zi boshqarish xuquqini oldi.

Ikkinchi tip mustamlakalar ichida Hindiston uzining qadimiy

madaniyati, dini, urf-odatlariga va ko`pmillionli xalqiga ega bo`lgan mamlakat bo`lsa-da, uning xolati boshqacha edi. Bu yerda OstIndiya kompaniyasi to`la xokimiyatga ega bulib, undan mamlakatni, hind xalqini talashda keng foydalandi. 1857-yildagi sipoxilar quzgoloni va xind xalkining mardonavor kurashi natijasida

Angliya xukumati Hindistonni boshqarish tizimini o`zgartirishga

majbur buldi. Ost-Indiya kompaniyasi tugatildi. Hindistondagi ma'muriyatning yagona boshligi Hindiston ishlari buyicha vazirlik tomonidan tayinlanadigan general-gubernator deb e'lon kilindi.

Aslida deyarli xech narsa uzgarmadi. Aksincha, Angliya qirolichasi

Viktoriyaning «Hindiston imperatori» deb e'lon qilinishi

(1877) kadimiy xind xalki uchun xakoratli buldi.

Janubiy Afrikadagi ingliz mustamlakalari xam o`ziga xos ravishda rivojlanardi. Inglizlar XIX asr boshlarida fransuzlar bilan urush jarayonida bu yerlardagi Gollandiyaga karashli xududlarni egallagan edi. Usha paytdagi nomi Ezgu Umid burni bulgan bu mustamlaka uzlarini burlar deb atovchi (bur-gollandchasiga «dexkon» degani) gollandiyaliklar tomonidan uzlashtirilgan edi. Burlar mahalliy qora tanli axolining yerlarini zabt etib, uzlarini

qullarga aylantirishgandi va asosan chorvachilik bilan shugullanuvchi fermalarda ishlashga majbur qilishgandi. Bulrar dastlab inglizlar xukmronligini karshiliksiz qabul qildi, ammo burlarning yerlari ustidan nazorat o`rnatishga va bu yerda Angliya konunlarini joriy kilishga bulgan urinishlar burlarning kuchli noroziligiga sabab buldi. Ular 1836 yili yoppasiga shimolga, Oranj daryosi ortiga ko`chib o`tib, u yerda Oranj respublikasini, keyin esa Vaal daryosidan o`tib, Transval respublikasini tashkil qildilar. 1838 yil 16 dekabrda burlar maxalliy zulu

qabilasini qirgin qildi («Konli daryo ortidagi jang» deb nomlanadi tarixda). Burlarning ko`chishidan inglizlar yangi yerlarni egallashda foydalandilar. Ular Hind okeani qirgoqlarida burlar tomonidan tuzilgan Natal respublikasini 1843 yili anneksiya kildi. Oranj respublika burlari jiddiy qarshilik kursatganliklari tufayli 1852 yili Angliya uning mustaqilligini tan olishga majbur buldi.

Angliya mustamlakalarining uchinchi tipiga Irlandiya kiradi.

XII asrda zabt etilgan va Kromvel qo`shinlari tomonidan ikkinchi bor zabt etilish jarayonida ommaviy qirg`inning daxshatlarini boshdan kechirgan bu mamlakat 1800 yildan buyon «Buyuk Britaniya

Birlashgan Qirolligining» ajralmas qismi hisoblanadi.

V. BOB. XIX-asrning ikkinchi yarmida Buyuk Britaniya
XIX asr 70-yillaridan Angliya jaxon sanoat ishlab chiqarishidagi monopol o`rinni yo`qota bordi. Dunyo ustaxonasi makomini yo`qotayotgan bo`lsa-da,

Angliya hali juda katta mustamlakalarga ega, dengizda xukmronlikni, jaxon savdosida vositachilikni, sug`urta va bank ishlarida yetakchilikni egallab kelayotgan edi. Bu hol mamlakatni avvalgidek katta foyda bilan ta'minlab turardi. Jaxon iqtisodiyotida Angliya maqomining o`zgarishi, u o`zining sanoatdagi gegemonligini yo`qotishidan ancha oldin boshlangan edi. Bu yerda iqtisodiy

taraqqiyotning surati susaydi; 70-yillardan boshlab Angliya kapitalidan mamlakat ichkarisida kam foydalanildi, eng foydali soxa kapitalni chetga joylashtirish bo`lib koldi.

Ayni paytda bir kator Yevropa mamlakatlari va AQShda sanoat to`ntarishi yakunlandi. Ushbu mamlakatlardagi sanoat to`ntarishi Angliyadagidan ancha kech bo`lganligi sababli yuqori texnik asosda amalga oshirildi. XIX asrning o`rtalarida ko`plab Yevropa davlatlarida olib borilgan fritreder siyosat proteksionizmning

yangi to`lqini bilan almashdi va bu xol ushbu mamlakatlarda sanoat ishlab chiqarishini oshirdi, natijada ingliz tovarlariga talab pasayib ketdi. Chet el tadbirkorlari uz mamlakatlarida sanoatni yaratish uchun Angliya uskunalarini inglizlarning o`zidan olgan qarzlar evaziga sotib olishar edi. 70-80-yillarda hali ishlab chiqarishning umumiy xajmi va maxsulotning mutloq o`sishi buyicha

Angliya ustunlikni saqlab turgan bulsada, rivojlanish sur'atlari buyicha AQSH va Germaniya undan oldinlab ketgan edi.

Buning asosiy sabablaridan biri Angliyaning zavod va fabrikalaridagi uskunalar ancha eski, ilgari katta mablag` sarflanganligi uchun tadbirkorlar ularni yangilash extiyojini hali sezmayotgan edi. Boshqa mamlakatlarda esa yirik sanoat yangi va shunga yarasha eng so`nggi rusumli uskunalar bilan ta'minlangandi. Texnikadagi qoloqlik tez orada ishlab chiqarishning xajmida xam aks etdi.

AQSH po`lat eritish, cho`yan ishlab chiqarish va ko`mir qazib olish bo`yicha Angliyadan oldinlab keta boshladi, Germaniya savdo soxasida katta raqobatni vujudga keltirdi. 90-yillarga kelib nemislarning arzon tovarlari Angliya va uning mustamlakalari bozorlariga kirib keldi.

1878-1879 yillardagi inqiroz uzining miqyosi va davomiyligi bilan Angliya boshdan kechirgan inqirozlar ichida eng og`iri bo`ldi. Bu inqirozdan keyin hali odatdagi ko`tarilish yuz bermasdan turib, 1882 yil oxiridan Angliya iqtisodi navbatdagi inqirozga tortildi va u 1883-yili umumiy inqirozga aylandi. 1888 va 1889-yillar iqtisodning ko`tarilishi va jonlanishi ta'siri ostida o`tdi, ammo 1890-yili jaxon moliya inqirozi boshlanib, ortidan Angliyada yangi iqtisodiy inqiroz boshlandi va 1892-1893 yillari eng og`ir tus oldi; 1894 yili depressiyaga aylandi. Hatto iqtisod yaxshilana boshlagan 1889 yili fakat London shaxrida rasmiy ro`yxatga olingan 1 mln 300 ming ishsiz bor edi.

Yigirma yil (1875-1895) davom etgan agrar inqiroz davrida Angliyada qishlok xujalik maxsulotlarining narxi ikki barobar tushib ketdi. Bu ko`plab mayda va o`rta hol fermerlarning xonavayron bo`lishiga, qishloq aholisi daromadlarining keskin kamayib ketishiga olib keldi. Ishsizlarning yangi oqimi shaxarlarga kelib,

u yerdagi xarobalarni to`ldirdi. Agrar inqiroz 90-yillarning ikkinchi yarmida, lendlorlar renta xaqini 25% ga qisqartirgandan, g`allachilik esa intensiv rivojlanayotgan chorvachilik va parrandachilik uchun yem-xashak bazasiga aylantirilgandan so`ng yengib o`tildi.

Angliya sanoat ishlab chiqarishida ortda qolgan sari chetga kapital chiqarish katta axamiyat kasb etib, foyda olishning muhim manbalaridan biriga aylanib bordi. Angliyaning chet ellarga qilgan investisiyasi 70-yillari yillik urtacha 22 mln f.st. bulsa, 80-yillarning oxiriga kelib 103 mln f.st. ga yetdi. Bu hol Angliyada kapitalizmning sudxurlik tendensiyalari rivojlanib, texnik taraqqiyot va ishlab chiqarishni tashkil qilishning ortda qolishiga olib keldi.



Yangi mafkuraning paydo bulishi.

Iqtisodda imperialistik belgilarning kuchayishi jamiyatning mafkurasida ham o`z aksini topdi. 60-yillarning oxiridan bir qator olimlar jamiyatning

yangi iktisodiy xolatiga mos mafkuraviy tizimlarni taklif qila boshladilar. Shundaylardan biri Charl'z Dilk (1843-1911) o`zining

«Yanada Buyuk Britaniya» nomli asarida ko`chkinchi inglizlardan

tashkil topgan mustamlakalarda (Kanada, Avstraliya, Yangi Zellandiya, Janubiy Afrika) burjuaziyaning xuquqlarini kengaytirishni, amalda ularni mustamlakalarni boshqarishga sherik qilishni taklif kildi. Dilkning fikricha bu Angliyaning dunyodagi yetakchilik rolini saqlab qolishga yordam berar ekan. Shu bilan birga Dilk «erkin savdo» urniga Angliyani va butun Britaniya imperiyasini

chet davlatlar raqobatidan himoya qilishga qaratilgan «adolatli savdo»ni joriy qilish zarur deb xisoblaydi.

1883 yili Jon Silining (1834-1895) «Angliya ekspansiyasi» nomli kitobi nashr qilindi. Bu kitob mustamlakachilik g`oyalarini («Imperiya federatsiyasi» kabi) tarqatish maqsadida targ`ibot jamiyatlarining tashkil topishi uchun turtki buldi. Bu davrning ideologlari mustamlakachilik g`oyalarini «imperiyani qutqarish», «ishchilarning ijtimoiy xuquqlari» kabi shiorlar bilan qo`shib olib bordilar. XIX asr oxirida Angliya mustamlakachilik ekspansiyasining faollaridan biri Sesil Rods (1853-1902) o`z mafkurasining maqsadini ochiq bildirib: «Imperiya-qorin masalasi. Agar fuqarolar urushini xohlamasangiz, siz imperialist bulishingiz kerak», - degan edi.

Ishchilar harakati.

XIX asr 60-yillari oxiri 70-yillari boshidagi iqtisodiy yuksalish ishchilarga o`z ahvollarini yaxshilash uchun kurashish imkonini tug`dirdi. Kasaba uyushmalarining ish vaqtini qisqartirish va o`z faoliyatlarini legallashtirish

uchun kurashi ular saflarining sezilarli kengayishiga olib keldi. O`sha davrda ishchilarning faoliyatiga katta ta'sir kursatgan ijtimoiy fikrning yo`nalishlaridan biri «fabianlik» edi. Fabianlik jamiyati 1884-yilning boshida tashkil topdi. Fabianlar inqilobiy xarakatga keskin qarshi chiqib, ko`plab ishchilarni ham

bu yo`ldan qaytarishga xissa qo`shdilar. Fabianlar jamiyatining a'zolari orasida Beatrisa (1858-1943) va Sidney (1859-1947) Vebblar va taniqli yozuvchi Bernard Shou (1856-1950) kabi mashxur kishilar bor edi. Fabianlar jamiyatdagi muammolarni hal qilish yo`llarini inqilobiy xarakatdan emas, isloxotchilikdan izlash lozim, deb xisoblashardilar.

1881-yili Londonda «Demokratik federatsiya» deb nomlangan

tashkilot vujudga keldi. U dastlab ziyolilarning kichik guruhi sifatida faoliyat yuritib, 1884-yildan «Sosial-demokratik federatsiya» nomini oldi. Bu tashkilot ham sotsial-demokratik g`oyalarni tinch isloxotlar yo`li bilan amalga oshirish tarafdori edi.

1893 yili Mustaqil ishchi partiya tashkil topdi. Yangi partiya

tashkilotchilari uni Yevropadagi markistik pozitsiyada turgan sotsialistik partiyalar bilan adashtirmasliklari uchun partiya nomiga «sotsialistik» suzini qo`shmaslikni ma'qul ko`rdilar. Partiyaning raxbari konchi Jeyms Gardi (1856-1915) buldi. Partiyaning kuchi kasaba uyushmalari bilan aloqasi yaxshiligida edi. Ularning



yirik g`alabalaridan biri tred-yunionlarning 1893-yilgi kongressi tomonidan saylovoldi kurashi uchun pul mablaglari ajratish xaqidagi qarori bo`ldi.

XIX asr oxiri - XX asr boshlaridagi inqirozlar, Kontinental Yevropa davlatlarida inqilobiy xarakatning yuksalishiga qaramasdan Angliya ishchilari o`zlarining an'anaviy tredyunionistik qarashlarini saqlab koldilar.
Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling